cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Qiziqarli Marketing

Marketing. Eng noyob usullar. Brendlar tarixi. "Nimaga iste'molchilar aynan shu mahsulotni xarid qilishadi?" - degan savolga javob izlaymiz.

Show more
The country is not specifiedThe language is not specifiedThe category is not specified
Advertising posts
1 266
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Repost from Kopirayting
Kontent uchun batafsil qoʻllanma Salom doʻstlar! Bu postni saqlab olishni maslahat beraman. • Informativ kontent Bu oʻrgatish toʻgʻrirogʻi ta'limdir. Uning vazifalari ayni vaqtda mijozga qiymat berish, tajribalarni ulashish, mijozlar ehtiyojlarini qondirishdir. Infokontentga misollar: - tavsiyalar; - yoʻriqnomalar; - sharhlar va izohlar; - yangiliklar, yangilanishlar haqidagi ma'lumotlar; - longridlar va maqolalar; - infografika, sxemalar, kartalar; - taqdimotlar; -life-hack va boshqalar. • Sotuv kontenti Bu yerda hamma narsa oddiy: kontent yordamida biz mahsulotlarni sotamiz. Lekin bu turkumda biz mahsulot/xizmat koʻrinishida ogʻriq orqali yechim beramiz va bu bir nechta xabarlarni oʻz ichiga olishi mumkin. Sotuvchi kontentga misollar: - holatlar; - mahsulotlarni koʻrib chiqish va taqqoslash; - brendning tarixi va tafsilotlari; - lid magnitlari — bepul, ammo foydali materiallar; - foydalanuvchilar bilan aloqalar misollari (yozishmalar skrinshotlari) va boshqalar. • Koʻngilochar kontent Odamlar nafaqat yangiliklarni sotib olish/oʻqish/ oʻrganish, balki dam olish, muammolardan qochish, yoqtirgan narsalarining rasmlarini koʻrish, kulguli izoh yozish va boshqa maqsadlarda ham kuzatishadi. Koʻngilochar kontentga misollar: - interaktiv; - konkurslar; - memlar va kulgili videolar; - estetik mazmun; - flashmoblar. UGC esa alohida mavzu — foydalanuvchilarning oʻzlari yaratadigan kontent (izohlar, sharhlar, fikrlar, sharhlar va boshqalar). 🔻Foiz tasnifida kontent turlari quyidagicha taqsimlanishi kerak: strategiya va vazifalarga qarab sotuv 20% va qolgan qism 80%. Foydali boʻldimi? Unda 👍 bosing va ulashing! Va tez orada ko'rishguncha 😉 @copirayt — sizning kopirayter doʻstingiz
Show all...
Repost from Kopirayting
Ushbu kanalda bugun kopirayting boʻyicha birinchi ochiq dars boʻladi 👇👇 https://t.me/kopykurs *tekinga) @copirayt
Show all...
Repost from Kopirayting
Photo unavailableShow in Telegram
Keling reklama bahonasida aniq moʻljalga olishni oʻrganamiz 1. Demak kurs reklamasi kanaldagi obunachilar uchun moʻljallangan edi. 2. Ular orasidan SMM menejerlarni ajratib oldik. 3. SMM menejerlar ichidan kopirayting bilan muammosi bor SMM menejerlarni ajratib oldik. 4. Va soʻnggi bosqichda ular orasidan kopirayter izlayotgan emas, kopiraytingni oʻrganmoqchi boʻlganlariga e'tibor qaratdik. Demak: 1. Siz bizni oʻqiyapsiz 2. Siz SMM menejersiz 3. Sizda kopirayting va kopirayter bilan muammo bor 4. Siz kopiraytingni oʻrganmoqchisiz. 4 kunlik SMM kopirayting kursi aynan siz uchun! Faqatgina kopiraytingni oʻrgatmaymiz) Roʻyxatdan oʻtish uchun @copirayter'ga ism-familiyangiz va telefon raqamingizni yuboring. Va 18:00 da sizni Progress oʻquv markazida birinchi darsda kutamiz. @copirayt — sizning kopirayter doʻstingiz
Show all...
4 kunda kopirayting SMM menejerlarning eng katta muammosi: kopirayterlar Ya`ni yaxshi kopirayterlar qimmat yoki band, biznes egasi esa bu uchun mablag‘ ajratmaydi Shunday qilib, kopirayter yoki unga to‘lash uchun mablag‘ yo‘q. Progress o‘quv markazi bilan hamkorlikda SMM kopirayting bo‘yicha 4 kunlik (25-28- avgust) oflayn kursda qatnashing va kopirayter izlamang. Kursda: • sarlavha yozish texnikasi • matn yozish texnika va formulalari • kreativlik • ishlaydigan call to actionlar • va qo‘shimcha bilimlarni olishingiz mumkin Darslar 25-avgust 18:00 da boshlanadi. Kurs narxi: 290 000 so‘m ❗️Bugun 23:50 gacha ro‘yxatdan o‘tganlar uchun: 190 000 so‘m * kurs SMM menejerlar, kopirayterlar, dizaynerlar va boshqalar uchun mo‘ljallangan. ❗️O‘rinlar soni cheklangan Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting va kopirayter izlamang 👉 @copirayter
Show all...
Uchta narx qoidasi Bu uchun mijozga kamida uchta variantda mahsulot/xizmat taklif qilinishi kerak. Bunday holda, quyidagi algoritmga rioya qilinadi:Birinchi – taklif etilayotgan mahsulot/xizmat, xaridor uni to‘lashga tayyormi yoki yo‘qligidan qat’i nazar, maksimal narxga ega bo‘lishi kerak; • Ikkinchisi – sizning fikringizcha, mijozga mos keladigan narx va sifatni optimal tarzda birlashtirgan mahsulot/xizmat taklif qilinadi; • Uchinchisi – siz uchun maqbul eng past narxga ega bo'lgan mahsulot taklif etiladi. Keling, qanday ko'rinishi quyidagi misollar orqali ko'rib chiqaylik. 1-misol - kosmetika do'konidagi mijoz bilan suhbat: - Ushbu yuzni parvarish qilish vositalari qancha turadi? - Agar siz ushbu ajoyib niqob bilan birgalikda butun seriyani sotib olishni rejalashtirmoqchi bo'lsangiz, unda xarid narxi $150 bo'ladi. Bu eng oqilona yechimdir, chunki mahsulotlarning butun seriyasi kosmetikadan foydalanishdan maksimal samarani olishga imkon beradi. - To'plamning o'zi, niqobsiz, atigi 120 dollar'ni tashkil qiladi. Bu sizning tabiiy go'zalligingizni saqlab qolish uchun ajoyib imkoniyatdir. - Albatta, siz ushbu yuz kremi va tonik bilan teringizni parvarish qilishni boshlashingiz mumkin, uning narxi atigi 85 dollar'ni tashkil qiladi. 2-misol. Mebel do'konidagi suhbat: - Bu mebel qancha turadi? - Yetkazib berish va yig'ish bilan maksimal narx. - Faqat yetkazib berish bilan - 10% arzon. - Ombordan mebelni o'zingiz olib ketsangiz, do'kondagi asosiy narxidan 15% arzonroq bo'ladi. Ko'pchilikda "Bularning barchasi nega kerak?" – degan savol tug'ilishi tabiiy. Odamlar faqat taqqoslashdan keyin o'z tanlovini qiladilar. Agar siz ularga faqat bitta variantni taklif qilsangiz, ular sizning mahsulotingiz va raqobatchilarning mahsulotini solishtiradilar. Agar siz bir vaqtning o'zida 3 ta variantni taklif qilsangiz, ular faqat sizning tovarlaringiz yoki xizmatlaringizni solishtiradilar. Uchta narx qoidasi"Mijozning to‘lov qobiliyatini baholash uchun ham qo‘llanilishi mumkin. Buni amalga oshirish uchun siz mijoz nimani sotib olishini bilib olishingiz kerak. Unga har xil narxlardagi 3 ta variantni, keyin esa shu mahsulotlarning 3 ta narxdagi variantni taklif qilishingiz kerak." Amalda, uchta narx qoidasidan foydalanganda, ko'pchilik xaridorlar eng qimmat mahsulot yoki o'rtacha variantni tanlaydilar, shuningdek, ular oldindan rejalashtirganidan ko'ra ko'proq pul sarflashlari ham mumkin. @qiziq_marketing
Show all...
​​Qanday yangilik ko'ramiz? Ingliz tiliga asoslangan "Cambridge" o'quv markazi va'da qilgan kun keldi! Bugun barcha intriga va qiziqarli izohlarga yakun yasaladi! 🤫 Nega ushbu markazning ijtimoiy tarmoqlari o'zgarib qoldi? Hamma yoqda mavjud "A big day" iborasi nimani anglatadi? 📌 13-avgust — bugun soat 20:30 dan boshlab quyidagi havola orqali "Cambridge" jamoasi tomonidan tayyorlangan yangilikni kuzatishingiz mumkin! Havola: https://youtu.be/3KOgQwAFLjA @qiziq_marketing
Show all...

Repost from N/a
Photo unavailableShow in Telegram
#kuzatuv Loyiha boshqaruvi [4] Loyiha boshqaruvi uslublari Bundan oldingi postda “waterfall” ya’ni, sharshara uslubi haqida qisqacha keltirib o’tilgan edi. Uslubning afzalliklari: ● Loyiha har doim qat'iy byudjet va muddatga ega. ● Jamoaga yangi a'zolarni jalb qilish oson, chunki vazifalar aniq keltirib o’tilgan. ● Hisobotlarni tuzish qulay: natijalarni to'g'ridan-to'g'ri rejalashtirish uchun Gante diagrammasida ko'rsatishingiz mumkin. ● Ko'pchilik loyiha boshqarishning ushbu uslubiga ko’nikib qolgan, deyarli har bir kishi uning texnologiyalari bilan tanish, shuning uchun xodimlar maxsus tayyorgarlikdan o'tishlari shart emas. Kamchiliklari: ● Loyihaga hech qanday o'zgartirish kiritib bo'lmaydi. Agar yangi talablar paydo bo'lsa, rejalashtirishni noldan boshlash kerak bo'ladi, bu esa ishning oxirini sezilarli darajada kechiktirishi mumkin. ● Belgilangan muddatlarning har qanday surilishi rejalashtirishga ta’sir ko’rsatadi. ● Ko'p ishlarni parallel ravishda bajarish mumkin emas, chunki ketma-ketlik printsipi buziladi. Masalan, siz har bir yangi ishlab chiqilgan xususiyatni sinab ko'rish qiyinlashadi. Ikkinchi eng tarqalgan uslub esa Agile metodologiya. Moslashuvchan loyiha boshqaruv uslubi xisoblanadi. Ushbu metodologiya IT-sohasi uchun maxsus ishlab chiqilgan bo'lib, lekin u hozirda boshqa loyihalarda ham qo'llanilmoqda. Rasmda ishlash tartibi yaqqol keltirib o’tilgan. Afzalliklari: ● To'liq moslashuvchanlik va o'zgarish erkinligi. ● Kam tavakkalchilik – jarayonning o‘zidayoq jamoa biznes va foydalanuvchilardan fikr-mulohazalarni oladi. ● Belgilangan muddatdagi o’zgarishlarga barqarorlik. ● Odamlarga e'tibor qaratilganligi va jamoa loyihada ko'proq ishtirok etishi. Kamchiliklari: ● Loyihaning aniq rejasi va tuzilishi mavjud emas. ● Xodimlar va biznes mijozlar yaqinroq hamkorlik qilishlari kerak. ● Ish jarayonida jamoani almashtirish qiyin bo’ladi. ● uslubni tatbiq etish qiyin bo'lishi mumkin, buning uchun maxsus xodim yoki loyiha menejeri talab qilinadi. @muhsumovich_blog
Show all...
Tarixga kirgan marketing usullari "Mahsulotni sotish murakkab va qiziqarli jarayon bo'lib, unda ko'p narsa nafaqat sotuvchining bilimiga, balki uning ijodkorligi va ayyorligiga ham bog'liq" Bugun biz tarixga kirgan va marketing sohasida yangi bo'lganlar uchun yaxshi o'rnak bo'ladigan ajoyib "ayyorliklar" haqida gaplashamiz. • Bitta viski tarixi Andy Dyuar viskisi butun dunyoda tanilgan, ammo XIX asrning oxiriga qadar odamlar viski haqida eshitmagan va sinab ko'rishni xohlamagan edi. O'sha paytda brendi, rom, jin juda mashhur bo'lgan va viskini targ'ib qilish juda qiyin ish edi. Dyuar nimani o'ylab topdi? Ayyor ishlab chiqaruvchi barlarga boradigan odamlarni ishga oldi va barmendan viski quyishni so'rashi kerakligini aytdi. Bir necha hafta vaqt o'tgach, brend egasining o'zi barda paydo bo'ldi va ushbu ichimlikni yetkazib berish bo'yicha shartnoma tuzishni taklif qildi. Asta-sekin Dyuar kompaniyaning savdo hajmini 10 barobar oshirishga muvaffaq bo'ldi. • Coca-Cola va Santa Klaus Eng muvaffaqiyatli va uzoq muddatli marketing kampaniyalaridan biri bu Santa obrazini yaratgan Coca-Cola brendining loyihasidir. Ha, ha, qizil kostyum kiygan va soqolli yoqimli semiz odam - bu kompaniyaning kreativ ishidir. Coca-Cola sotuvchilari reklama olamida eng arzon va eng foydali moda modelini yaratish orqali juda katta natijaga erishishdi. • Sartaroshlarning "hikoyalari" Reklama biznesidagilar shahardagi barcha sartaroshlarni yangi ochilgan restoranga taklif qilgan ayyor restavrator haqida hikoya qiladilar. "Usta sartaroshlarlar har kuni to‘yib-to‘yib ovqatlanib, ertalab ishga ketishardi va har bir mijoziga restoran, u yerdagi taomlar va xizmatlar haqida gapirib berishardi. Juda tez fursat ichida Restoran mijozlar bilan to'la boshladi." @qiziq_marketing
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
"Cambridge"ga nima bo'ldi? Yurtimizda ingliz tili markazlari juda ko'p. Ammo ular orasida "Cambridge" alohida ajralib turadigan, o'z yo'nalish va qadriyatiga ega markaz hisoblanadi. 🧐 Lekin so'nggi bir necha kundan beri bu markazning ijtimoiy tarmoq sahifalari o'zgarib qoldi. Nima bo'ldi? Qanday yangilik bor o'zi? Hozircha noma'lum! 📌 Faqatgina bir narsa aniqki, 13-avgust kuni "Cambridge"ning YouTube sahifasida kutilmagan yangilikdan xabardor bo'lish mumkin ekan. Siz aynan qanday yangilik yoki o'zgarish deb o'ylaysiz? Izohlarda fikrlaringizni yozib qoldiring! 👇 @qiziq_marketing
Show all...
Repost from Kopirayting
30 daqiqadan keyin ovozli chatni boshlaymiz. Said Nazrillayevga savollaringizni ushbu post izohida qoldiring. @copirayt
Show all...