Yoʻldoshev | Kontentblog
Open in Telegram
4 272
Subscribers
-1124 hours
-187 days
-4230 days
Data loading in progress...
Similar Channels
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
September '26
September '26
+14
in 0 channels
August '26
+99
in 2 channels
Get PRO
July '26
+61
in 2 channels
Get PRO
June '26
+96
in 0 channels
Get PRO
May '26
+107
in 2 channels
Get PRO
April '26
+64
in 0 channels
Get PRO
March '26
+73
in 3 channels
Get PRO
February '26
+72
in 4 channels
Get PRO
January '26
+119
in 5 channels
Get PRO
December '25
+89
in 4 channels
Get PRO
November '25
+77
in 1 channels
Get PRO
October '25
+105
in 4 channels
Get PRO
September '25
+111
in 3 channels
Get PRO
August '25
+80
in 1 channels
Get PRO
July '25
+90
in 1 channels
Get PRO
June '25
+74
in 2 channels
Get PRO
May '25
+56
in 2 channels
Get PRO
April '25
+89
in 5 channels
Get PRO
March '25
+121
in 3 channels
Get PRO
February '25
+158
in 5 channels
Get PRO
January '25
+218
in 10 channels
Get PRO
December '24
+281
in 15 channels
Get PRO
November '24
+318
in 12 channels
Get PRO
October '24
+615
in 17 channels
Get PRO
September '24
+239
in 4 channels
Get PRO
August '24
+673
in 15 channels
Get PRO
July '24
+281
in 10 channels
Get PRO
June '24
+203
in 9 channels
Get PRO
May '24
+894
in 10 channels
Get PRO
April '24
+502
in 15 channels
Get PRO
March '24
+189
in 1 channels
Get PRO
February '24
+380
in 8 channels
Get PRO
January '24
+653
in 7 channels
Get PRO
December '23
+643
in 11 channels
Get PRO
November '23
+233
in 11 channels
Get PRO
October '23
+261
in 6 channels
Get PRO
September '23
+561
in 0 channels
Get PRO
August '23
+779
in 0 channels
Get PRO
July '23
+973
in 0 channels
Get PRO
June '23
+139
in 0 channels
Get PRO
May '23
+235
in 0 channels
Get PRO
April '23
+192
in 0 channels
Get PRO
March '23
+174
in 0 channels
Get PRO
February '23
+339
in 0 channels
Get PRO
January '23
+317
in 0 channels
Get PRO
December '22
+260
in 0 channels
Get PRO
November '22
+199
in 0 channels
Get PRO
October '22
+154
in 0 channels
Get PRO
September '22
+169
in 0 channels
Get PRO
August '22
+167
in 0 channels
Get PRO
July '22
+495
in 0 channels
Get PRO
June '22
+344
in 0 channels
Get PRO
May '22
+720
in 0 channels
Get PRO
April '22
+539
in 0 channels
Get PRO
March '22
+663
in 0 channels
Get PRO
February '22
+574
in 0 channels
Get PRO
January '22
+49
in 0 channels
Get PRO
December '21
+7
in 0 channels
Get PRO
November '21
+67
in 0 channels
Get PRO
October '210
in 0 channels
Get PRO
September '210
in 0 channels
Get PRO
August '210
in 0 channels
Get PRO
July '210
in 0 channels
Get PRO
June '210
in 0 channels
Get PRO
May '21
+185
in 0 channels
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 08 September | 0 | |||
| 07 September | +1 | |||
| 06 September | +3 | |||
| 05 September | 0 | |||
| 04 September | +1 | |||
| 03 September | +3 | |||
| 02 September | +3 | |||
| 01 September | +3 |
Channel Posts
#bugun
Avtobusda reklamalar
Bugun ertalab avtobusda reklamalarni kuzatib keldim. Fikrlarim bilan o'rtoqlashaman va lozim topsangiz o'sha brendlarning marketologlariga yuborib qo'ying
1. Oqteapadan bulling))
Avvaliga EVOSning Tohir Sodiqov ishtrok etgan sokinroq reklamasini ko'rasiz. Macho lavashni reklamasi ketadi, Tohir aka ham pozitiv tonda, bosiqlik bilan gapiradi. Reklama tugagacg Oqtepani shovqinli reklamasi boshlanadi: Talaba set, xx000 so'm...
Bu reklama shovqin va yaxshi tasvir bilan EVOSni reklamasini miyangizdan yuvib tashlaydi va ayni shu jarayonda sizning xotirangizda faqat Oqtepa qoladi
Yechim: ADBUSga reklama berayotganda reklama materialidan avval yoki keyin raqobatchi brend reklamasi bo'lmasligini ham kelishish kerak
2. Safiyaning robotlari))
Safiyada qandaydir keshbeklar ishga tushibdi, oxirida sheriklarga tekin qahva dedi shekilli. Rolik yaxshi ishlangan, lekin ovoz berish juda yomon. To'g'ri, studiyada aktrisa ovoz bergan, lekin talaffuz juda sifatsiz. Ko'plab turkiy tillar, shevalarni tushunadigan odam sifatida fikrim: umuman tushunarsiz, urg'ular noto'g'ri. Reklamaning aniq maqsadi ham noma'lum, eslab qoladigan narsayam yo'q. Hatto Safiya so'zi ham juda past, sifatsiz ovozda
Yechim: aniq taklifni aniq fikr bilan yaxshi, tabiiy ovoz berib, qayta olsih kerak
3. Noma'lum brendlar
Bir brendlar chiqadi, nimalarnidir reklama qiladi. Oxirida na CTA bor, na telefon bor, na aniq taklif bor
Yechim: o'zi nimaga reklama beryapmiz, deb o'zingizdan so'rang. Marketing byudjetini havoga sovurmang
4. Universitet reklamalari
Ularda ham "Xorijda ishlashni istaysizmi, xalqaro diplom va juda ko'p va'dalar..." Oxirida 1 soniyada universitet nomi. Sizga orzu qilish imkonini berib, o'sha orzu amalga oshadigan joy haqida ma'lumot juda kam. Telefon raqam ham yo'q. Universitet logotipi, bo'ldi
Yechim: Brend insonlarning esida qolishi uchun u haqida ham gapiring, yechimlarni bering
Taklif Pro Max: e'tibor berdim, avtobusda reklama ovozi yetarlicha baland ekan. Shuni hisobga olib, reklama boshida "Hammani diqqat qilsin" deyilsa, yetarli. Yo'lovchilar telefondan ko'zini uzib, e'tiborini reklamaga qaratadi
*nega postlar kam? ish ko'p, kreativga buyurtmalar bo'lsa, akkauntim: @copirayter
@copirayt
| 2 | Qachon mijozda brendingizga nisbatan sodiqlik (loyalty) oshadi?
Siz mijozga qulaylik qilib bersangiz
Loyalty nima va nega kerak?
Soddaroq aytsak, mijoz sizning brendingizni qayta-qayta tanlashi. Mijoz brendingizni qancha ko'p tanlasa, sizda foyda oshaveradi.
Xo'sh, mijoz qanday qilib qayta-qayta sizni tanlashi mumkin?
Albatta, qulaylik bilan. Deylik, brendingiz uchun sayt qilasiz va unda faqat sizning mahsulotlaringiz bor. Mijoz saytingiz turib, boshqa sotuvchilarga chalg'imaydi.
Ta'lim yo'nalishida mobil ilova ham loyaltyni oshiradi. Chunki o'quvchi darslarni Telegram yoki YouTube orqali ko'rsa, boshqa, darsga aloqasi bo'lmagan kontentlarga chalg'ib ketadi va siz mijozni yo'qotasiz
Endi savol tug'iladi: sayt, CRM, ekotizim, AI agentlar kerak bo'lsa, kimga murojaat qilish kerak?
Shaxsan men Yurtal jamoasini tavsiya qila olaman. Hozirgacha texnologiya, sotuv, tizimlar bilan bog'liq 20+ loyihalarga yechimlar bergan
Murojaat uchun: @ceoyurtal | 1 073 |
| 3 | Davom etamiz))
*Metro hududidagi reklamalardagi oʻzgarishlar metro ma’muriyati bilan kelishilgan holda boʻlishi kerak ekan. Shu sabab birinchi variant olib tashlangan edi
@copirayt | 1 157 |
| 4 | Hamma katta brendlarda ishlashni istaydi. Lekin katta brendlar tajribalilarni izlaydi
Xo'sh, qanday qilib tajriba to'plash mumkin? Agentlikda
Chunki agentlik sizga turli soha, turli darajadagi o'nlab brendlar bilan bir vaqtning o'zida ishlash, tajriba orttirish imkonini beradi
Xo'sh, agentlikka qanday ishga kirish mumkin? Lokals tanlovida qatnashib
Qatnashing: https://t.me/lokalsmedia/80 | 1 466 |
| 5 | Senaristlarga savol: senariy yozdingiz, senariydagi voqealarni miyangizda 1:1 qilib chiza olasizmi? | 1 550 |
| 6 | Hayotim ajoyib hodisalarga boy)
Tasavvur qiling, bitta kompaniyaning 10 ta filiali va bosh ofisi bor. Filialga ishga topshirganimda doim “tajribam yetmasligi”ni aytishadi. Oradan 3-4 oy oʻtib, bosh ofisga ishga kiraman)
Bu 4-marta qaytarilyapti. Eng qiziq holat keyin boʻladi: oʻtgan hafta meet'da meni “tajribam yetmasligi”ni aytganlarni ishini tekshirishimni aytishdi. Digital jamoadagi xodimning ranggi oqarob ketdi))
*ishga adovat aralashtirmayman
@copirayt | 1 878 |
| 7 | Ish tartibi va rejalashtirish
Bugun hech qanday tadqiqotlar va nazariylar haqida emas, bugun bo'lgan meet bo'yicha yozmoqchiman
Men ishxonada 9+ (biznes, digital, mobil ilova, kreativ, ichki kommunikatsiya, PR, sayt, yuridik, HR...) bo'limga yordam beraman. Ularning hammasi Jira'ga vazifa qo'yganda priotitetni yoki high, yoki critical'ga qo'yadi. Ya'ni hamma vazifalar uchun ustuvorlik bir xil: eng muhim
Men kelgunimcha shunday bo'lgan ekan va bugun 4 ta bo'lim bilan buni to'g'riladim. Agar hamma topshiriq juda muhim bo'lsa, "juda muhim" so'zining ahamiyati qolmaydi. Shu tariqa endi ular haqiqiy ustuvorlikni belgilaydigan bo'ldi: low, normal, medium va hokazo
Mening pozitsiyam shunday: hech qaysi bo'lim boshqasidan ustun emas va men bittaman. Shuning uchun vaqt resursidan samarali foydalanish kerak. Agar "juda zarur, hozir qilish kerak" vazifalar ko'payaversa, oqibatda ularning hech biri bajarilmay qoladi. Shu sabab dedlaynlar va ustuvorlik bo'yicha aniq tartib bo'lgani yaxshi
*haqiqatda "yonib turgan" vazifalar bundan mustasno
@copirayt | 2 055 |
| 8 | Kopiraytingdan keyin qayerga?
Boshlovchilarning koʻpchiligi instagram, telegram uchun matnlar yozib boshlaydi. Keyin progrev, oddiy videolar uchun senariy yozib boshlaydi. Kimdir oʻzini SMMga uradi.
Qayerga borishni bilmaganlar nima qilsin?
Ular uchun shaxsiy kuzatuvlarim asosida yuzaga kelgan fikrlarni ulashmoqchiman. Kopiraytingda koʻpchilik uchun kelajak yoʻq.
Masalan, Said akani darajasida kopirayter boʻlish, senior darajaga mumkin. Lekin Oʻzbekiston bozori 500 ta senior kopirayter uchun torlik qiladi.
Nega?
Chunki kopirayterga $2000+ toʻlashga tayyor 500 ta joy yoʻq
Menga tushgan ish takliflariga koʻra eng tanqis mutaxassislar:
1. Kontent prodyuser. Jarayonni toʻliq nazorat qila oladigan odam.
Vazifalari: auditoriyani analiz qiladi, ehtiyojlarni aniqlaydi. Konsept yechimlar taklif qiladi, eng maqbul variantni tanlashda ishtirok etadi. Senarist bilan oʻtirib senariy yozadi. Suratga olish uchun lokatsiya va aktyorlarni tanlaydi (izlab topmaydi, tanlaydi). Suratga olish va montaj jarayonida qisman ishtirok etadi. Video haqida kutilmalarini aktyor, operator, montajyorlarga tushuntira olishi kerak
2. UX writer
Foydalanuvchi interfeysida qulaylikni ta’minlaydi. Bu koʻpchilik oʻylagan ilovadagi matnlarni oʻzbekchaga toʻgʻri tarjima qilish emas. Balki ilova mantigʻini dizayner va produkt menejer bilan muhokama qiladi
Vazifalari: UX analizlar natijalarini tushuna olish. Algoritmlar va dizayn boʻyicha boshlangʻich bilimlar. Dizayner va PM bilan ilova boʻyicha uchrashuvlar oʻtkazish. Keraksiz tugmalar, jumlalarni olib tashlash. Ilovani 7 yoshdan 70 yoshgacha har qanday inson tushuna olishini ta’minlash. Qaytaraman, bu yozuvlarni tarjima qilib chiqish emas.
3. Mahalliylashtirish (lokalizatsiya) boʻyicha mutaxassis
Ba’zida xalqaro yoki katta brendlarda oʻzbek tilida kommunikatsiya yetishmaydi. Ayni holatda oʻzbekchalashtirish boʻyicha menejer yetishmaydi
Vazifalari: reklama mantigʻini, auditoriya muammosi va kompaniya bergan yechimni tahlil qilish. Oʻzbekcha “rang”lardan foydalanib reklamani oʻzbekchalashtirish
Yuqorida aytilgan 3 ta mutaxassis ham $1500+ topa oladi. Faqatgina til bilsa (kamida rus tili)
*4. Senarist.
Ha, yaxshi senaristlar kim? Ular senariy yozadigan kishilar emas. Kecha yozgan senariysi qanchalik samarali ishlaganini tahlil qila oladigan, senariylarnu byudjet taraflama optimal ishlab chiqadigan odamlar. Ular kuniga 10 ta video olinadigan boʻlsa, 6 ta aktyordan 10 ta kombinatsiya chiqara oladi.
Masalan, 40 yoshli ayol bir rolikda turmush oʻrtoq boʻlsa, boshqasida ona, yana birida qoʻshni
*bularning hammasi shaxsiy tajriba, menga tushadigan ish takliflaridan kelib chiqqan fikrlar
@copirayt | 1 929 |
| 9 | 100 %lik kommunikatsiyaning o‘zi yo‘q
Bizning vazifamiz bitta: unga imkon qadar 100% ga yaqinlashtirish
Bu post yozilishi uchun 3-4 kun ketdi. Chunki men ham fikrlarimni to'liq yetkazmoqchiman
Sizda ham bu voqera bo'lgandir,. Kimgadir nimadir deysiz va quyidagi javobni eshitasiz:
“Ha, sen bunaqa demoqchi boʻldingmi?”
Siz esa hamma narsani aniq tushuntirdim deb o‘ylagan bo‘lasiz.
Muammo shundaki, fikrni bir miyadan ikkinchisiga shunchaki “ko‘chirib bo‘lmaydi”.
Avval siz g‘oyani shakllantirasiz. So‘ng uni so‘zlarga o‘girishga harakat qilasiz. Ammo til miyangizdagi bor narsani: his-tuyg‘ular, obrazlar, assotsiatsiyalar, kontekstni to‘liq ifodalab bera olmaydi.
Ana undan keyin eng qizig‘i boshlanadi.
Suhbatdoshingiz so‘zlaringizni eshitadi yoki o‘qiydi. Lekin ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushunmaydi. Buni ancha yillar avvala psixolingvist Gerbert Klark o'z tadqiqot6larida aytib o'tgan: har bir inson xabarni o‘zining tajribasi, bilimi va konteksti orqali talqin qiladi.
Boshqacha aytganda, miya yetishmayotgan ma’lumotni o‘zicha to‘ldirib oladi. Siz 100% lik nimadir aytasiz, u 70% tushunadi va qolgan 30% ni o'zidan qo'shadi.
Aynan shuning uchun ham muammolar yuzaga keladi.
*Bu faqat muloqotgagina tegishli emas.
Bu kontentga ham taalluqli.
Ko‘plab kontentmeykerlar shunday o‘ylaydi:
“Men nima demoqchiman?”
Lekin bu — noto‘g‘ri savol.
To‘g‘ri savol bu:
“Odam bu kontentni ko‘rganda nimani tushunadi?”
• Agar fikrni ko‘rsatish mumkin bo‘lsa — ko‘rsating.
• Agar chizib berish mumkin bo‘lsa — chizing.
• Agar misol keltirish mumkin bo‘lsa — keltiring.
• Agar uzun matn o‘rniga video yozish mumkin bo‘lsa — yozing.
Muloqot kanallaridan qanchalik ko‘p foydalansangiz, o‘quvchi yoki mijozga o‘zicha taxmin qilishga shunchalik kam hojat qoladi.
Albatta, 100% odam sizni bir xil tushunishiga erishib bo‘lmaydi. Bunga tajriba, bilim darajasi, madaniyat, kayfiyat va yana o‘nlab boshqa omillar ta’sir qiladi.
Ammo noto‘g‘ri talqin uchun qoldirilgan bo‘shliqni sezilarli darajada qisqartirish mumkin.
Aynan shuning uchun ham kontentmeyker yoki kopirayterning vazifasi shunchaki chiroyli matn yozish emas.
Uning vazifasi: boshqa odamda shu kontent yaratilishiga sabab bo‘lgan aynan o‘sha fikr, o‘sha his-tuyg‘u yoki o‘sha harakatni uyg‘otishdir.
Chunki muloqot samarasi siz nima deganingiz bilan o‘lchanmaydi.
Balki suhbatdoshingiz nima tushungani bilan o‘lchanadi.
Muammolar insonlar bir-birini tushunmasligi ortidan kelib chiqadi
Yana bir narsani unutmang: tushunmaslik mumkin emas. Tushuntira olmaslik mumkin
@copirayt | 2 037 |
| 10 | Batafsil yozaman | 1 780 |
| 11 | Kanaldan keladigan daromadni 50 foizga qanday oshirish mumkin?
Mukammal yechim - GO "xush kelibsiz" boti
Obunachilarni xabar yuborish bazasiga yig'ish, va ularni bir nechta kanallar o'rtasida taqsimlash imkonini beradi.
Kanal bilan ishlash o‘zgarmaydi, daromad esa oshadi!
Asosiysi, bu bepul, GO-ni ulang | 1 929 |
| 12 | Marketing psixologiyasi: 30 ta ishlaydigan instrument
Bu shunchaki postlar to'plami emas - bu mijozning miyasi qanday qaror qabul qilishining to'liq xaritasi. Mijoz sizni birinchi ko'rganidan qaytib kelgunicha, har bir bosqichda ishlaydigan aniq qurol.
⚪️Yakor effekti
⚪️Decoy (aldov varianti)
⚪️Yo'qotish og'rig'i
⚪️Egalik effekti
⚪️Ijtimoiy dalil
⚪️Taqchillik
⚪️Veblen effekti
⚪️IKEA effekti
⚪️To'lov og'rig'i
⚪️Eksklyuzivlik
⚪️Tanlov falaji
⚪️Ramka effekti
⚪️Von Restorff
⚪️Avtoritet
⚪️Qarz hissi
⚪️Yoqimli kutilmaganlik
⚪️Charm pricing (9 effekti)
⚪️Default effekt
⚪️Zeigarnik effekti
⚪️FOMO
⚪️Pratfall effekti
⚪️Yangilik effekti
⚪️Aniqlik effekti
⚪️Halo effekti
⚪️Kognitiv yengillik
⚪️Kontrast prinsipi
⚪️Maqsad yaqinligi
⚪️Hikoya ustunligi
⚪️Goodhart tuzog'i
⚪️30 ta instrumet bitta promptda
Faqat bitta shart bor. O'qib qo'yish yetmaydi. Ochib, bittasini bugun o'z biznesingizga qo'llash kerak. Bitta instrument, bitta hafta, bitta o'lchov. Keyin ikkinchisi.
Bilim natija bermaydi. Qo'llangan bilim beradi.
Ushbu ro'yxatni o'zingizga saqlang va marketing bilan shug'ullanadigan tanishingizga yuboring - unga aynan shu kerak.
Scaleup | @scaleupuz | 2 259 |
| 13 | Hammaga assalamu alaykum
Moskvadagi bitta loyiha uchun o'zbekcha memlar qilyapmiz. Hozir sizning yordamingiz kerak
Izohlarda eng mashhur o'zbekcha memlarni qoldirsangiz
O'zim boshlab beraman: Suvni tami muz bilan) | 1 871 |
| 14 | Blogimni kuzatadiganlar bilsa kerak, 2021-yilda kurs oʻtganman
Oxirgi paytlarda esa kanalda postlar ham kamaydi. Shu joyida shogirdlarim, menda oʻqiganlarning bloglarini ulashib ketmoqchiman
1. @tgads_haqida – Jamoliddin, birinchi shogirdimning blogi, hozir TgAds boʻyicha ishlaydi. Oylik €100-200K lik byudjetlar bilan ishlayapti
2. @jaydari_kopirayter – Doniyorbekning blogi. Kopirayting, layfstayl postlar qoʻyib boradi.
3. @ulmasbek_kontent – Oʻlmasbekning blogi. Oʻlmasbek ham ancha paytdan beri 3-4 yoʻnalishda bloglar yuritdi va hozir oʻz blogini ochibdi. Kuzatib borsangiz boʻladi.
Shunaqa gaplar. Hozir Unilever (London)da ishlab turibman. Undan tashqari Uzum bilan bir ajoyib loyiha qilyapmiz. Ishlarimdan ortib, foydali postlar qoʻyib boraman
@copirayt | 1 130 |
| 15 | )) | 3 041 |
| 16 | Qanchalik kreativligimizni bilmoqchi bo'lganlar, qilgan ishlarimizga boqsin)) | 2 227 |
| 17 | Zoʻr oʻyin boʻldi 🔥🔥🔥 | 2 605 |
| 18 | Bitta oʻrtogʻim Malayziyada MBAni bitirib keldi
Endi ikkov oʻtirib startap qilyapmiz)) | 2 507 |
| 19 | Biznesni ich-ichidan tushunadigan marketologlar sanoqli
Ko‘pchilik voronkalar, pozitsiyalash va mijoz yo‘li (customer journey) haqida chiroyli gapirishni biladi. Ammo gap aniq mahsulot, aniq bozor va aniq byudjetga taqalganda, nazariya chetda qoladi. Qo‘lda esa chiroyli rezyume va dovdiragan nigohli odamning o‘zi qoladi.
Shohzod Po‘latovning blogini ancha vaqtdan beri kuzatib boraman. Premier Electronics’ning sobiq marketing direktori — faqat o‘z tajribasidan o‘tgan narsalarni bo‘lishadiganlardan. Kitoblarni qayta aytib bermaydi, havoni pullamaydi.
Uning ortida $100 000 zarar ko‘rgan loyihasi bor. Lekin u bu yo‘qotishdan ko‘plab g‘alabalaridan-da ko‘proq narsa olgan. Bunday tajribani kurslarda sotib ololmaysiz.
Hozir Shohzod aka 30 kunlik chellenj boshlagan: har kuni marketing va savdo psixologiyasiga oid bittadan real instrument. Bular xaridor xulq-atvorini sezdirmay boshqaradigan o‘sha mexanikalardir.
Masalan, nima uchun menyudagi eng qimmat taomni deyarli hech kim buyurtma qilmaydi, lekin uni olib tashlab ham bo‘lmaydi. Nima uchun “10% tejab qoling”dan ko‘ra “10% yo‘qotyapsiz” degan gap kuchliroq ishlaydi. Har birining zamirida aniq qonun, nazariya va real misollar tahlili yotadi.
Aniq bilamanki, bu instrumentlarni o‘zlashtirgan mutaxassis bozor haqida butunlay boshqacha fikrlaydigan bo‘ladi.
Tavsiya qilaman 👉: @scaleupuz | 1 922 |
| 20 | Ayrim kompaniyalar mening taklifimni koʻrib chiqmaydi ham. Chunki men “mahalliy” mutaxassisman
Keyin ular xorijiy agentlikni yollashadi. Xorijiy agentlik kichik summaga ishlamaydi
Keyin xorijiy agentlik meni yollaydi. Men ham xorijliklar bilan kichkina summaga ishlamayman.
Oqibatda men va xorijiy agentlik yutuqda, kompaniya esa zararda
*shunday holatlar boʻlga, men qilgan ish uchun qoʻshni davlat agentligi TAF!da Gold olib ketgan | 2 016 |
