SMART EDUCATION
Open in Telegram
📍Namangan viloyati. 📍Chust tumani. 📍Varzik qishlogʻi. 🔰 "SMART STUDY" oʻquv markazining telegramdagi rasmiy sahifasi. ☝Bizda barcha fanlarga mavjud! ⏩ Manzil: Varzik markazi. | Mo'ljal: Chinor kafe ro'pasi. Murojaat uchun: ☎️ Tel: +998772861086
Show more684
Subscribers
-424 hours
-127 days
-5430 days
Posts Archive
❗️NEGA HALI HAM TAVSIYA ETILGAN DASTURLAR E'LON QILINMAYAPTI?
☑️ Chunki, e'lon qilishning so'nggi muddati imtihonlar boshlanishidan 6 oy avval etib belgilangan.
❗️ Batafsil:
Taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati, ularga mos keluvchi fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni, baholash mezonlari va javoblar varaqasi namunasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi hamda test sinovlari boshlanishidan kamida olti oy oldin rasmiy veb-sayti orqali eʼlon qilinadi.
Demak, imtihon 14-iyuldan boshlansa, e'lon qilishning so'nggi muddati 14-yanvar bo'ladi.
Yurisprudensiya yo'nalishiga qaysi imtiyozlar o'tadi?
Sodda qilib tushuntiraman:
❗️FAQATGINA quyidagi imityozlar o'tadi:
1) Fan olimpiadalarining g'oliblari;
2) Qurolli kuchlar harbiylari;
3) Ichki ishlar xodimlari;
4) Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga nisbatan tatbiq etiladigan imtiyozlar.
Ushbu imtiyozlardan IKKITASIGA yaxshilab tushuntirish berish lozim:
A) Qurolli kuchlar harbiylari;
B) Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar.
🅰️ Qurolli kuchlar harbiylari imtiyozlariga qaysilar kiradi? Qurolli Kuchlar tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa, ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar vazirliklarining, Milliy gvardiyasining, Davlat xavfsizlik xizmatining, boshqa vazirliklar va idoralarning tegishli boshqaruv organlari, qoʻshinlari, harbiy tuzilmalari va muassasalari kiradi. Xulosa, DXX, Milliy Gvardiya, Ichki ishlar, FVV hamda mudofaa vazirligining harbiylariga beriladigan imtiyozlar yurisprudensiya yo'nalishiga o'tadi. Chunki ularning harbiylari Qurolli kuchlari harbiylari hisoblanadi.
🅱️ Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar imtiyozlari: Nogironligi bo'lgan shaxslar; Ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar; Ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar; Besh yil mehnat stajiga ega bo'lgan xotin-qizlar.
⤵️ XULOSA, quyidagi imtiyozlar "Yurisprudensiya yo'nalishiga" o'tadi: 1) Fan olimpiadalarining g'oliblari; 2) Qurolli kuchlar harbiylari (DXX, Milliy Gvardiya, Ichki ishlar, FVV hamda mudofaa vazirligining harbiylariga beriladigan imtiyozlar); 3) Ichki ishlar xodimlari; 4) Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga nisbatan tatbiq etiladigan imtiyozlar (Nogironligi bo'lgan shaxslar; Ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar; Ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar; Besh yil mehnat stajiga ega bo'lgan xotin-qizlar).Imtiyozi xususida xavotirga tushgan tanishlaringizga yuboring.
❗️Ana kanalga yozganimiz oʻz tasdigʻini topdi...
⚡️Ana boʻlarkanku!
https://t.me/BaholashUz/8486
❓NEGA bugun Ona tili va Adabiyot fanidan noyabr oyida olingan Milliy seryifikat natijalar e'lon qilinmasligi MUMKIN?
Bilim va Malakalarni baholash agentligi 1-dekabrda e'lon qilinadi deb qoʻyilgan-ku?mazmunidagi savollar koʻpaymoqda. ❗️TUSHUNTIRAMAN! Ma'lumki Ona tili va Adabiyot fanlaridan Milliy Sertifikat agentlikning ijtimoiy tarmoqlarida test natijalari 1-dekabrda e'lon qilinadi deyilgan. Test sinovlari 1-2 noyabr, 8-9 noyabrda bo'lib oʻtgandi, shuning uchun test sinovlari natijasi 9-dekabrgacha e'lon qilinishi kutilmoqda... 🛑 Agar test sinovlari 1-2 noyabrda boʻlib oʻtganda edi, 1-dekabrda e'lon qilinar edi. ASOS: Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasi Qarorining 646-soniga 17-bandida test sinovlari toʻliq yakuniga yetkanidan 21(yigirma bir) ish kunida e'lon qilinadi.
⚡️ Oktabr oyida boʻlib oʻtgan Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat natijalari ertaga KATTA EHTIMOL bilan e'lon qilinmaydi.
E'lon qilinishi 8-dekabrda kutilyapti...
Izoh: Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasi Qaror-73 son qaroriga muvofiq 9-dekabrgacha e’lon qilinadi.
Xuddi shu qarorni “Xalqaro munosabatlar” uchun ham joriy qilish kerak. 70 ball bilan grandda oʻqiydiganar bor, Karl…
HUQUQDAN MILLIY SERTIFIKAT JORIY ETILDIMI?
⚠️Tushuntiraman:
Yo'q, hali bunday deb bo'lmaydi, hozircha prezident farmoni bilan Milliy sertifikat joriy etilishi belgilab qo'yildi. Bu esa, tegishli tartibda bir qancha protsesslarni o'z ichiga oladi.
Hozircha ma'lum bo'lishicha, PF-232 8 (v) bandiga muvofiq huquqdan milliy sertifikat 2026/2027-o'quv yili uchun joriy etilishi belgilangan.
❗️BU MUHIM:
Farmonda 2026/2027-o'quv yili uchun joriy etilishi belgilangan, inobatga olinishi emas. Agar farmonda 2026/2027-o'quv yilidan boshlab sertifikat natijalari inobatga olinadi deyilganida edi, sertifikat shu o'quv yilining o'zida joriy etilishi kerak bo'lardi.
Kelib chiqadiki huquqdan sertifikat 2026-yil sentabrdan keyin joriy etilishi belgilangan.
⁉️Ungacha nima qilinadi?
✅ Ungacha esa, umumiy tartibda imtihonlarga tayyorgarlik ko'rilaveradi, 30 talik BMBA testlarini topshirib imtihon topshiraverasiz.
Imtihon qanday bo'lishi, savollar qanday bo'lishi, uning saviyasi va boshqalar esa tabiiyki agentlik tomonidan belgilanadi.
📌 XULOSA:
1. Huquqdan milliy sertifikat hali joriy etilmadi;
2. 2026/2027-o'quv yili uchun joriy etilishi belgilandi;
3. Tartibi va shakli shamoili hali mavhum.
HUQUQDAN MILLIY SERTIFIKAT JORIY ETILDIMI?
⚠️Tushuntiraman:
Yo'q, hali bunday deb bo'lmaydi, hozircha prezident farmoni bilan Milliy sertifikat joriy etilishi belgilab qo'yildi. Bu esa, tegishli tartibda bir qancha protsesslarni o'z ichiga oladi.
Hozircha ma'lum bo'lishicha, PF-232 8 (v) bandiga muvofiq huquqdan milliy sertifikat 2026/2027-o'quv yili uchun joriy etilishi belgilangan.
❗️BU MUHIM:
Farmonda 2026/2027-o'quv yili uchun joriy etilishi belgilangan, inobatga olinishi emas. Agar farmonda 2026/2027-o'quv yilidan boshlab sertifikat natijalari inobatga olinadi deyilganida edi, sertifikat shu o'quv yilining o'zida joriy etilishi kerak bo'lardi.
Kelib chiqadiki huquqdan sertifikat 2026-yil sentabrdan keyin joriy etilishi belgilangan.
⁉️Ungacha nima qilinadi?
✅ Ungacha esa, umumiy tartibda imtihonlarga tayyorgarlik ko'rilaveradi, 30 talik BMBA testlarini topshirib imtihon topshiraverasiz.
Imtihon qanday bo'lishi, savollar qanday bo'lishi, uning saviyasi va boshqalar esa tabiiyki agentlik tomonidan belgilanadi.
📌 XULOSA:
1. Huquqdan milliy sertifikat hali joriy etilmadi;
2. 2026/2027-o'quv yili uchun joriy etilishi belgilandi;
3. Tartibi va shakli shamoili hali mavhum.
Sertifikat hozirda maktab va akademik litsey va kollejlarda tahsil olayotgan 11-sinf yoki 2-kurslarga amal qilmaydi.
Ya'ni ular uchun sertifikat olib keyin oʻqishga topshirishning iloj joriy yil uchun amal qilmaydi.
Hozirda 11-sinf yoki 2-kursda oʻqiydigan oʻquvchilar shu yili oʻqishdan yiqilib keyingi yildan sertifikat olib oʻqishga topshirsa boʻladi! (Bunaqa ahmoq boʻlamaglar 2008 lar)
🏛 2026/2027 o‘quv yilidan:
🔹 “Yurisprudensiya” hamda “Davlat va jamiyat boshqaruvi” ta’lim yo‘nalishida bakalavr darajasiga ega shaxslarga qayta tayyorlov kurslaridan o‘tmasdan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida davlat va huquq asoslari fani bo‘yicha dars berishga ruxsat etiladi;
🔹 huquq fanidan bilish darajasini baholash bo‘yicha test sinovi tashkil etilib, uning natijalari asosida davlat namunasidagi SERTIFIKAT berish tartibi joriy etiladi.
✳️ 2026 yil 1 martdan Universitetda “Yurisprudensiya” bakalavriat ta’lim yo‘nalishidan boshqa turdosh ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchilari uchun 2 yillik magistratura mutaxassisligi joriy qilinadi.
⚡️Biologiya, fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari sanalari e'lon qilindi
Biologiya va fizika fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari 2025-yil 29-30-noyabr (shanba-yakshanba) kunlari bo‘lib o‘tishi belgilandi.
⚠️ Imtihonlar Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida quyidagi tartibda 2 smenada tashkil etiladi:
❗️29-noyabr kuni
1-smenada talabgorlar soat 7:00 dan 8:30 gacha kiritiladi.
2-smenada soat 13:00 dan 14:30 gacha kiritiladi.
❗️30-noyabr kuni
1-smenada talabgorlar soat 7:00 dan 8:30 gacha kiritiladi.
2-smenada soat 13:00 dan 14:00 gacha kiritiladi.
📍Belgilangan vaqtdan kech kelgan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.
Biologiya va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari 2025-yil
5-6-dekabr (juma-shanba) kunlari bo‘lib o‘tadi.
⚠️ Imtihonlar Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida quyidagi tartibda 2 smenada tashkil etiladi:
❗️5-6 dekabr kunlari
1-smenada talabgorlar soat 7:00 dan 8:30 gacha kiritiladi.
2-smenada soat 12:00 dan 13:30 gacha kiritiladi.
📍Belgilangan vaqtdan kech kelgan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.
📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan olishlari mumkin.
📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.
Hurmatli o‘quvchilar!
⚡️ Tarix fanidan milliy sertifikat imtihonigacha atigi 10 kun vaqt qoldi. Bu — vahima qilish uchun emas, aksincha, bor kuch va e’tiborni jamlab, bilimlarni tartibga solib olish uchun yetarli muddatdir. Tarixiy shaxslar 10 kunda imperiya qura olmagan bo‘lishi mumkin, ammo siz 10 kunda mavzularni mustahkam takrorlab olishingiz aniq.
Har kuni oz-ozdan qaytarish, xarita va sanalarga e’tibor qaratish, kerak bo‘lsa, tarixiy voqealarni o‘zingizning “mini-serialingiz”ga aylantirib eslab qolish tavsiya etiladi. Albatta, dam olishni ham unutmang — tarixda hamma janglar uzluksiz 24 soat davom etavermagan.
Ishonamizki, sizlar o‘z ustingizda mas’uliyat bilan ishlaysiz va imtihon kuni Amir Temurday qat’iyat, Mirzo Ulug‘bekday teran fikr, Beruniyday aniqlik bilan topshiriqlarni bajarasiz.
Oldinda 10 kun — bu imkoniyat. Uni to‘g‘ri ishlata olsangiz, natija albatta sizni xursand qiladi.
❗️Omad siz tomonda bo‘lsin!
Avvalroq xabar berganimizdek, Tarix fanidan Milliy Sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar berish boshlandi.
Imtihon sanasi: 6-dekabr
Tarix fanidan milliy sertifikat imtihon sanalari aniq bo'ldi.
Namangan viloyatida 5-dekabr (juma, shanba) kunlari boʻlib oʻtadi.
@smart_study_lc
⚡️ Quyidagi oʻquvchilarimiz birinchi saralash bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtdi:
Q.SH ismli - 179,1 ball ✅
A. A ismli - 115,3 ball ✅
N. A ismli - 147,2 ball ✅
Ergashev Avazbek - ❌
MANDAT
Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga 18-noyabrda saralash bosqichi uchun oʻtkazilgan test sinovi natijalari eʼlon qilindi!
Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limi orqali bilishlari va natijani elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.
@smart_study_lc
