fa
Feedback
SMART EDUCATION

SMART EDUCATION

رفتن به کانال در Telegram

📍Namangan viloyati. 📍Chust tumani. 📍Varzik qishlogʻi. 🔰 "SMART STUDY" oʻquv markazining telegramdagi rasmiy sahifasi. ☝Bizda barcha fanlarga mavjud! ⏩ Manzil: Varzik markazi. | Mo'ljal: Chinor kafe ro'pasi. Murojaat uchun: ☎️ Tel: +998772861086

نمایش بیشتر
683
مشترکین
-424 ساعت
-127 روز
-5430 روز
آرشیو پست ها
⚡️ Oktabr oyida boʻlib oʻtgan Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat natijalari ertaga KATTA EHTIMOL bilan e'lon qilinmaydi. E'lon qilinishi 8-dekabrda kutilyapti... Izoh: Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasi Qaror-73 son qaroriga muvofiq 9-dekabrgacha e’lon qilinadi. 

❗️ESLAB TURINGLAR...

Xuddi shu qarorni “Xalqaro munosabatlar” uchun ham joriy qilish kerak. 70 ball bilan grandda oʻqiydiganar bor, Karl…

HUQUQDAN MILLIY SERTIFIKAT JORIY ETILDIMI? ⚠️Tushuntiraman: Yo'q, hali bunday deb bo'lmaydi, hozircha prezident farmoni bilan Milliy sertifikat joriy etilishi belgilab qo'yildi. Bu esa, tegishli tartibda bir qancha protsesslarni o'z ichiga oladi. Hozircha ma'lum bo'lishicha, PF-232 8 (v) bandiga muvofiq huquqdan milliy sertifikat 2026/2027-o'quv yili uchun joriy etilishi belgilangan. ❗️BU MUHIM: Farmonda 2026/2027-o'quv yili uchun joriy etilishi belgilangan, inobatga olinishi emas. Agar farmonda 2026/2027-o'quv yilidan boshlab sertifikat natijalari inobatga olinadi deyilganida edi, sertifikat shu o'quv yilining o'zida joriy etilishi kerak bo'lardi. Kelib chiqadiki huquqdan sertifikat 2026-yil sentabrdan keyin joriy etilishi belgilangan. ⁉️Ungacha nima qilinadi? ✅ Ungacha esa, umumiy tartibda imtihonlarga tayyorgarlik ko'rilaveradi, 30 talik BMBA testlarini topshirib imtihon topshiraverasiz. Imtihon qanday bo'lishi, savollar qanday bo'lishi, uning saviyasi va boshqalar esa tabiiyki agentlik tomonidan belgilanadi. 📌 XULOSA: 1. Huquqdan milliy sertifikat hali joriy etilmadi; 2. 2026/2027-o'quv yili uchun joriy etilishi belgilandi; 3. Tartibi va shakli shamoili hali mavhum.

HUQUQDAN MILLIY SERTIFIKAT JORIY ETILDIMI? ⚠️Tushuntiraman: Yo'q, hali bunday deb bo'lmaydi, hozircha prezident farmoni bilan Milliy sertifikat joriy etilishi belgilab qo'yildi. Bu esa, tegishli tartibda bir qancha protsesslarni o'z ichiga oladi. Hozircha ma'lum bo'lishicha, PF-232 8 (v) bandiga muvofiq huquqdan milliy sertifikat 2026/2027-o'quv yili uchun joriy etilishi belgilangan. ❗️BU MUHIM: Farmonda 2026/2027-o'quv yili uchun joriy etilishi belgilangan, inobatga olinishi emas. Agar farmonda 2026/2027-o'quv yilidan boshlab sertifikat natijalari inobatga olinadi deyilganida edi, sertifikat shu o'quv yilining o'zida joriy etilishi kerak bo'lardi. Kelib chiqadiki huquqdan sertifikat 2026-yil sentabrdan keyin joriy etilishi belgilangan. ⁉️Ungacha nima qilinadi? ✅ Ungacha esa, umumiy tartibda imtihonlarga tayyorgarlik ko'rilaveradi, 30 talik BMBA testlarini topshirib imtihon topshiraverasiz. Imtihon qanday bo'lishi, savollar qanday bo'lishi, uning saviyasi va boshqalar esa tabiiyki agentlik tomonidan belgilanadi. 📌 XULOSA: 1. Huquqdan milliy sertifikat hali joriy etilmadi; 2. 2026/2027-o'quv yili uchun joriy etilishi belgilandi; 3. Tartibi va shakli shamoili hali mavhum.

Sertifikat hozirda maktab va akademik litsey va kollejlarda tahsil olayotgan 11-sinf yoki 2-kurslarga amal qilmaydi. Ya'ni ular uchun sertifikat olib keyin oʻqishga topshirishning iloj joriy yil uchun amal qilmaydi. Hozirda 11-sinf yoki 2-kursda oʻqiydigan oʻquvchilar shu yili oʻqishdan yiqilib keyingi yildan sertifikat olib oʻqishga topshirsa boʻladi! (Bunaqa ahmoq boʻlamaglar 2008 lar)

🏛 2026/2027 o‘quv yilidan: 🔹 “Yurisprudensiya” hamda “Davlat va jamiyat boshqaruvi” ta’lim yo‘nalishida bakalavr darajasiga ega shaxslarga qayta tayyorlov kurslaridan o‘tmasdan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida davlat va huquq asoslari fani bo‘yicha dars berishga ruxsat etiladi; 🔹 huquq fanidan bilish darajasini baholash bo‘yicha test sinovi tashkil etilib, uning natijalari asosida davlat namunasidagi SERTIFIKAT berish tartibi joriy etiladi. ✳️ 2026 yil 1 martdan Universitetda “Yurisprudensiya” bakalavriat ta’lim yo‘nalishidan boshqa turdosh ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchilari uchun 2 yillik magistratura mutaxassisligi joriy qilinadi.

#MASKA_TAQING! !

⚡️Biologiya, fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari sanalari e'lon qilindi Biologiya va fizika fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari 2025-yil 29-30-noyabr (shanba-yakshanba) kunlari bo‘lib o‘tishi belgilandi. ⚠️ Imtihonlar Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida quyidagi tartibda 2 smenada tashkil etiladi: ❗️29-noyabr kuni 1-smenada talabgorlar soat 7:00 dan 8:30 gacha kiritiladi. 2-smenada soat 13:00 dan 14:30 gacha kiritiladi. ❗️30-noyabr kuni 1-smenada talabgorlar soat 7:00 dan 8:30 gacha kiritiladi. 2-smenada soat 13:00 dan 14:00 gacha kiritiladi. 📍Belgilangan vaqtdan kech kelgan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi. Biologiya va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari 2025-yil 5-6-dekabr (juma-shanba) kunlari bo‘lib o‘tadi. ⚠️ Imtihonlar Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida quyidagi tartibda 2 smenada tashkil etiladi: ❗️5-6 dekabr kunlari 1-smenada talabgorlar soat 7:00 dan 8:30 gacha kiritiladi. 2-smenada soat 12:00 dan 13:30 gacha kiritiladi. 📍Belgilangan vaqtdan kech kelgan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi. 📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan olishlari mumkin. 📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

Hurmatli o‘quvchilar! ⚡️ Tarix fanidan milliy sertifikat imtihonigacha atigi 10 kun vaqt qoldi. Bu — vahima qilish uchun emas, aksincha, bor kuch va e’tiborni jamlab, bilimlarni tartibga solib olish uchun yetarli muddatdir. Tarixiy shaxslar 10 kunda imperiya qura olmagan bo‘lishi mumkin, ammo siz 10 kunda mavzularni mustahkam takrorlab olishingiz aniq. Har kuni oz-ozdan qaytarish, xarita va sanalarga e’tibor qaratish, kerak bo‘lsa, tarixiy voqealarni o‘zingizning “mini-serialingiz”ga aylantirib eslab qolish tavsiya etiladi. Albatta, dam olishni ham unutmang — tarixda hamma janglar uzluksiz 24 soat davom etavermagan. Ishonamizki, sizlar o‘z ustingizda mas’uliyat bilan ishlaysiz va imtihon kuni Amir Temurday qat’iyat, Mirzo Ulug‘bekday teran fikr, Beruniyday aniqlik bilan topshiriqlarni bajarasiz. Oldinda 10 kun — bu imkoniyat. Uni to‘g‘ri ishlata olsangiz, natija albatta sizni xursand qiladi. ❗️Omad siz tomonda bo‘lsin!

Avvalroq xabar berganimizdek, Tarix fanidan Milliy Sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar berish boshlandi. Imtihon sanasi: 6-dekabr

Tarix fanidan milliy sertifikat imtihon sanalari aniq bo'ldi. Namangan viloyatida 5-dekabr (juma, shanba) kunlari boʻlib oʻtadi. @smart_study_lc

⚡️ Quyidagi oʻquvchilarimiz birinchi saralash bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtdi: Q.SH ismli - 179,1 ball ✅ A. A ismli - 115,3 ball ✅ N. A ismli - 147,2 ball ✅ Ergashev Avazbek - ❌

MANDAT Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga 18-noyabrda saralash bosqichi uchun oʻtkazilgan test sinovi natijalari eʼlon qilindi! Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limi orqali bilishlari va natijani elektron tarzda yuklab olishlari mumkin. @smart_study_lc

✅ Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi: 🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja; 🔹 65 - 69,9 ball — A daraja; 🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja; 🔹 55 - 59,9 ball — B daraja; 🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja; 🔹 46 - 49,9 ball — C daraja. ✅ Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi: 🔸 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball; 🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball; 🔸 A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball. ❗️ Akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikatga ega o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.

⚡️Natijalar e'lon qilindi. 🎉 Bilimga tashlangan har bir qadam — kelajakka qurilgan eng mustahkam poydevordir. Oldinga intilishdan to‘xtamang! © SMART STUDY LC

⚡️Bugungi natija sizning kelajagingizni belgilamaydi. Mehnat, sabr va izlanish bilan istalgan cho‘qqini zabt etish mumkin. O‘zingizga ishonishda davom eting.

1⃣