cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Sariosiyo maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi

Ta'lim tizimidagi barcha yangiliklar

Show more
Advertising posts
2 121
Subscribers
-224 hours
-187 days
+11630 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

10:44
Video unavailableShow in Telegram
#brifing Sariosiyo tumanida Maktabgacha va maktab ta’lim sifatini yaxshilash hamda ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar xususida tuman Maktabgacha va maktab bo‘limi boshlig‘i T.O‘zbekov ishtirokida brifing. Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati Kanalga ulanish: t.me/sariosiyohokimligi |Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X
Show all...
👍 4👌 2
10:44
Video unavailableShow in Telegram
#brifing Sariosiyo tumanida Maktabgacha va maktab ta’lim sifatini yaxshilash hamda ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar xususida tuman Maktabgacha va maktab bo‘limi boshlig‘i T.O‘zbekov ishtirokida brifing. Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati Kanalga ulanish: t.me/sariosiyohokimligi |Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X
Show all...
#Sariosiyo_tumani 📚 Tumandagi barcha umumtaʼlim maktablarida Davlat imtihonlari oʻtkazilmoqda. 📸Jarayondan fotolavhalar... 🖋️ Sariosiyo tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi axborot xizmati. https://t.me/sariosiyommtb
Show all...
👍 2
#Sariosiyo_tumani 💫So`ngi qo`ng'iroq💫 ✨Bugun tunadagi barcha umumta'lim maktablarida So`ngi qo`ng'iroq tadbiri keng nishonlandi. ⚡️Ushbu jarayonda tumandagi mutasaddi tashkilotlar rahbarlari qatnashib, ular tomonidan mustaqil hayot ostonasida turgan bitiruvchi yoshlarga baxt, omad va kelgusi ishlariga muvaffaqiyatlar tilandi. 💎Ezgu tilaklar bilan davom etgan tadbir yoshlar ko`ngliga ulkan quvonch olib kirdi va xush kayfiyatda kuy qoshiqlar kuylanib ajoyib tarzda tashkil etilgan tadbir yakunlandi.
Show all...
👍 2👎 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Sariosiyo_tumani #So'ngi_qo`ng'iroq ⚡️Qadrli maktab bitiruvchilari!⚡️ ✨Sizlarni maktab ta’limini muvaffaqiyatli tugatib, mustaqil hayotga – umringizning yanada go‘zal va mas’uliyatli bosqichiga qadam qo‘yayotganingiz bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman. Mamlakatimizdagi barcha umumta’lim dargohlarida “so‘nggi qo‘ng‘iroq”lar yangrab, qadrdon maktabingiz, mehribon ustozlaringiz bilan xayrlashuv tadbirlari o‘tkazilayotgan ushbu quvonchli va g‘oyat hayajonli damlarda hammangizga kelgusi hayotda ulkan yutuq va omadlar tilayman. Umid va ishonch ramzi bo‘lgan yetuklik shahodatnomalari barchangizga muborak bo‘lsin!
💫Sariosiyo tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo`limi boshlig'i T.D. O'zbekov.
🌐Bizni kuzatib boring🌐 Telegram|Facebook|YouTube|Instagram
Show all...
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
🎁Bugun tug‘ilgan kun - Temirova Balxitosh Abriyevna. 🔹Sariosiyo tuman 4-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti Mudirasi Temirova Balxitosh Abriyevna, 1970-yil 25-mayda Sariosiyo tumanida tug‘ilgan. ✨Hurmatli, Temirova Balxitosh Abriyevna. ! 🎂Bugungi quvonchli kuningiz bilan Sizni Sariosiyo tumani Maktabgacha va maktab ta'limi boʻlimi boshlig'i Tojiddin Oʻzbekov hamda boʻlim xodimlari nomidan samimiy muborakbod etamiz. Ishlaringizga hamisha muvaffaqiyat, baxt-omad yor bo'lsin va kelajakda barcha orzu-istaklaringizga erishishingiz tilakdoshimiz! 🎉Qalbingiz hamisha quvonchga to'lsin, Shodlik, baxt doimo hamrohingiz bo'lsin. Har bir kuningizga Alloh fayz bersin, Bugungi ayyomingiz muborak bo'lsin! 🖋 Sariosiyo tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi axborot xizmati. https://t.me/sariosiyommtb
Show all...
👍 8
Yoshlar doimiy e’tiborda! Sariosiyo tuman IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari M.Amanto‘rayev tashabbusi bilan maktab o‘quvchi-yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, bilim va dunyoqarashini kengaytirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida, sektor hududida joylashgan “Ma’dankon” mahallasi hududidagi ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi. Qiziqarli va murosasiz bahslar asosida o‘tgan “Zakovat” o‘yini yakuniy natijalariga ko‘ra, Zakovatning g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi. Yoshlar bilan manzilli va tizimli ishlash tadbirlari davom etadi. |Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X
Show all...
Repost from Hilola Umarova
Qadrli o‘quvchi-yoshlar, Aziz maktab bitiruvchilari!   Bugun katta hayot ostonasida yuraklaringiz to‘la hayajon, 11 yillik qadrdon maskan – maktab bilan, samimiy sinfdoshlarning har kungi diydori bilan xayrlashish iztirobi va ayni paytda ulkan orzular, aniq maqsadlar quchog‘iga talpinish zavqi ko‘nglingizni nurlantirib turibdi. Ushbu kun birgina sizlar uchun emas, balki, ota-onalaringiz, ustoz-murabbiylaringiz uchun ham umrbod unutilmas bo‘lib qoladi. Yuragida buyuk orzulari va rejalari mujassam, bolalik xayollarini endi chinakam maqsadlarga aylantirishga chog‘lanayotgan siz o‘g‘il-qizlar nafaqat o‘z oilalaringizning, balki jonajon vatanimizning chinakam faxru iftixoridirsiz. Har biringizda katta iste’dod, qat’iy ishonch mujassam. Tomirlaringizda dunyo taraqqiyotiga bemisl hissa qo‘shgan buyuk ajdodlar qoni jo‘sh urmoqda. Endi navbat sizniki, ularga munosib bo‘lib, jahonni lol qoldiradigan avlod sifatida kamol topshinigizni tilayman. Eng muhimi, ezgu orzular qilishdan va ularga yetishdagi mehnat va harakatdan hech qachon to‘xtamang. Yangi O‘zbekistonning ertangi rivoji va taraqqiyoti sizlarning qo‘lingizda. Shuni unutmang. Bugun maktabdagi saboqlar yakuniga yetganini anglatish uchun chalinayotgan so‘nggi qo‘ng‘iroq sizning yorug‘ istiqbolingiz, baxtli hayotingiz boshlanganidan dalolat beruvchi ilk quvonch sadosi bo‘lib yangrasin! Siz, aziz bitiruvchi yoshlarga hamisha mustahkam sihat-salomatlik, davomli muvaffaqiyatlar tilab qolaman.   Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri  
Show all...
👍 2
02:08
Video unavailableShow in Telegram
⚡️Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyevning bitiruvchilarga bayram tabrigi va tilaklari ☑️Ma'lumot uchun, 2023-2024-o‘quv yilida viloyatdagi 983 ta maktab, jumladan, 961 ta umumta'lim maktabi, 17 ta ixtisoslashtirilgan maktab, 1 ta Prezident maktabi va 4 ta nodavlat maktabni 47 ming 982 nafar 9-sinf, 33 ming 89 nafar 11-sinf o‘quvchilari yakunlamoqda. ✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Show all...
👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️Sariosiyo tumanidagi 18-maktab - 2023-2024-o‘quv yili davomida "Otalar yig‘ilishi" va "Otalar qabul kunlari"ni o‘tkazish bo‘yicha eng yaxshi namuna ko‘rsatgan maktab 🔹Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma yakuniga ko‘ra, Sariosiyo tumanidagi 18-maktab - 2023-2024-o‘quv yili davomida "Otalar yig‘ilishi" va "Otalar qabul kunlari"ni o‘tkazish bo‘yicha eng yaxshi namuna ko‘rsatgan maktab deb topildi. 🔸Mazkur maktab jamoasini Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev va boshqarma jamoasi nomidan qutlab, kelgusida ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz! 🗣So‘rovnomada ishtirok etgan barchaga rahmat! ✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Show all...
👍 11🔥 2😍 1