cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Frontend (JavaScript and Algorithms)⚜️🌐

💥JavaScript 💥 React 💥Web dasturlashga oid yangiliklar 💥Algorithms Alloh barchamizga manfatli qilsin JavaScript O'rganuvchilar uchun:https://t.me/FrontendAlgorithms

Show more
Advertising posts
198
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailableShow in Telegram
ВАҚТ ЎЛЧОВИГА ҚАРАНГ, АЛЛОҲУ АКБАР! Бир киши дўстидан: «уйингиздан ишхонангизга боргунча йўл қанча вақт олади?», деб сўрабди. Дўсти: «Агар йўл тиқилинч бўлса, саккиз юзта тасбеҳни, агар йўл очиқ бўлса, икки юз элликта тасбеҳни олади», деб жавоб берибди. Жавобнинг гўзаллигига қаранг! Саҳобалар ҳам вақтни ана шундай ҳисоб қилишар эди. Анас розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади: «Зайд ибн Собит розияллоҳу анҳу: «Биз Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам билан бирга саҳарлик қилдик. Кейин у зот намозга турдилар», деди. Мен: «Саҳарлик билан азоннинг (яъни, саҳарликлик тугаши ва бомдод иқомати) ораси қанча (вақт) эди», дедим. У: «Эллик оят (ўқиш) миқдорича», деди». Имом Бухорий ривоят қилган. Вақтни Қуръондан оятлар ўқиш миқдори билан ҳисоб қилишяпти. ТЕКИН СМС, ВИП МИНУТЛАР, ВАЙ-ФАЙ, ВИП МГБТ. ... АСЛИДА БУЛАР ТЕКИН ЭМАС! Булар бизга қимматга тушяпти! Энг қимматли умримизни совуряпмиз! Умримиз ўтиб кетяпти, умримиз текин эмас-ку!. ... Рамазонда вақтимизни тартибга солиб олайлик! (тўғрироғи бу ишни рамазонгача қилиб олишимиз керак) Вақтимизни беҳуда ўтказадиган айрим телеграм ва youTube каналларидан чиқиб кетайлик. Бу воситалардан зарурат даражасида фойдаланиб турайлик. Турли кўнгилхушлик ишларини ҳам тўхтатиб турайлик. Рамазон эшик қоқиб турибди. «Ҳикматлар чашмаси»дан © Устоз Қудратуллоҳ Сидиқметов ҳафизаҳуллоҳ Telegram  |  Instagram  |  Facebook | You tube
Show all...
#hali_beri_odam_bólmaymiz Yólkira narxi 2x 3x.....
Show all...
#maqola Javascriptda Number type haqida qisqacha gaplashamiz. ✅Number type 👉@js_problems👈
Show all...
-Dasturlashni boshlashda qaysi tildan boshlaganim maqul? -**ingliz tilidan** 👉@js_problems👈
Show all...
Repost from Bek Olimjon
Ingliz tilini endi boshlaganimda bir do’stim ”Sen Londonga borarmiding, ingliz tili o’rganyapsan?” deb hazillashgan edi. Biz har bir kunimizni hayotimizdagi muammolarga yechim topish harakatida o’tkazamiz. Tirikchilik muammosini yechish uchun pulga ishlaymiz. Kelajakdagi moliyaviy muammolarni oldini olish uchun institutga o’qishga kiramiz. Ohirat muammolarini oldini olish uchun tavba qilamiz (agar ulgurib qolsak). Boshliqqa yomon ko’rinib qolish muammosidan qochib ishga ertaroq boramiz, ishdan esa boshliq uyiga ketgandan keyin ketamiz. Men bir narsaga qattiq ishonaman. Hayotimizdagi barcha muammolarimizga bilim orqali yechim topa olamiz. Bizga kerakli bilim tekinga yoki juda arzon narhga bor. 7 millyard odam ichidan chiqib, butun umrini bir sohaga sarflagan mutaxassis bilimlar to’planmasini (kitobini) 2 lagan oshga sarflaydigan pulga sotib olish mumkin. Hozir bir kitob o’qiyapman. 700 sahifa atrofida. Muallif 15 yillik mehnat faoliyati xulosalarini 6 yil davomida umumlashtirgan xolda kitob qilgan. Narhi 109 ming so’m. Nechta tandir somsa beradi? Ko’pchiligimizdagi katta muammo bunday tekin va arzon bilimlarni o’zbek tilida mavjud emasligida. Eng achinarlisi bunday bilimlar 99,9999% qismi o’zbek tiliga hech qachon tarjima qilinmaydi. Bizda bilim olishga hohish bor. Savollarimiz ko’p. Muammoimiz esa savollarni o’zbek tilida berishimiz. Biz bilgan bir nechta shaxslar bor. Biz ularni ”savollarimizga javob bera oladiganlar” deb hisoblaymiz. Ulardan savollar so’rayveramiz, so’rayveramiz. Ularda esa savollarga to’liq javob berishga yo vaqti yo’q, yo yetarlicha bilimi yo’q. Kimlardir muammolarimizga tez yechim topa olishimizga yordam beraman deydi. 2 kun seminarimga qatnashsang pul topishni o’rgataman deydi. Bilmaymizki bizni maxsulot sifatida ishlatishayotganini. Eng mashhur investorlardan biri Warren Buffet bilimlari tekinga bor. Hohlagan odam saytidan o’rganishi mumkin. Bilim olishdagi eng katta muammo yechimi - bu ingliz tilini o’rganish. O’zbek tiliga hech qachon o’girilmaydigan manbalardan bilim olmoqchimisiz - ingliz tili o’rganing. Tanqidiy fikrlashni yaxshi o’rganmoqchimisiz - ingliz tili o’rganing. Yaxshi qarorlar qabul qilishni o’rganmoqchimisiz - ingliz tili o’rganing. O’z sohangizda taniqli bo’lmoqchimisiz - ingliz tili o’rganing. Olti oy davomida ingliz tilidagi kitobni o’qib bemalol tushunadigan bo’lasiz, suhbatda fikringizni hotirjam tushuntira oladigan bo’lasiz. Iloji yo’q demang. Buni isbotlaganlarni avvalgi postlarimda bir necha marta eslatib o’tganman. Ular ham oramizdagi odamlar. Guruhdoshimiz, tengdoshimiz. Talabalik vaqtimizda har yili 2 oydan ko’p vaqtni paxtada o’tkazar edik. Magistraturada o’qiganimda bir kursdoshim bor edi. Bir yil davomida 90 kunini Minecraft o’ynab o’tkazgan edi. Sizning bir yilingiz necha kuni nima bilan o’tyapti? 6 oy vaqt ajratib til o’rganish muhim. Bilim olish muhim. Shunda butun hayotingiz o’zgaradi, kelajak o’zgaradi. Avlodlaringiz kelajagi o’zgaradi. Do’stim aytganidek siz Londonga borarmidingiz. Aslida chetga chiqish muhim emas. Bilim olish muhim. Tilni bilim olish uchun o’rganing. Londonga ham borasiz, Nyu-Yorkga ham borasiz. Men misol. Bek Olimjon 16.03.23 Norvegiya
Show all...
Repost from Josh*Developer
IT sohasi hammaga ham emas. Buni aytishni xohlamayman, ammo, hozir dasturlash bo'yicha mutaxassis va mentor bilan suhbatimdan keyin, buni ham aytmasam bo'lmaydi. Boshqa yo'nalishdagilar uchun ham muhim. - Agar IT'dan tashqarida biror narsani o'rganishni qoyillatib qo'ymagan bo'lsangiz, IT'ga kirib ovora bo'lmang. Masalan, ingliz tili yoki rus tili. Yoki matematika kabi fanlarni o'rganib ko'rgan va eplagan bo'lsangiz, IT'ni eplashingiz ham birozgina oson bo'ladi. Mantiqiy fikrlash ham shu o'rinda. Agar hech vaqoni o'rganmagan, o'rganishga layoqatingiz bo'lmasa, IT'da qiynalib ketasiz. Chunki bu soha "O'rganish"dan iborat. O'z ustingizda ishlashni shakllantira olmasangiz, sizga pul berib eng zo'r kursga yuborsak ham foydasi yo'q. Eng qimmat kurslarni tekin qilib bersak ham foydasi yo'q. Agar shundaylar qatorida bo'lsangiz, yaxshisi boshqa sohalarda o'zingizni sinab ko'ring. Masalan savdogarlik va hkz. Bu gaplarimni qandaydir nafratdan yoki jahldan yozayotganim yo'q. Bloger sifatida, Musulmon sifatida, haqiqatlarni aytishim kerak. Siz eshitayotgan falon ming dollar'lik oyliklar yo'q. Ularga yetishish uchun juda katta sinovlar bor. O'z ustingizda davomiy ishlamasangiz, unga yetib bora olmaysiz. Oylik tugur, ish topishni o'ziga 2-3 yil ketib qoladi bu yo'nalishda ba'zilar uchun. "Hayp" ortidan quvmasdan, o'z qobiliyatingiz nimaga yetsa, nima ish sizga yoqsa, halol bo'lsa, shunda o'sing. Qo'lingizda pichoq bo'lsa, daraxt kesa olmaysiz, arra bo'lsa non kesa olmaysiz. Nimangiz borligiga qarang. IT'ni boshlayotganlarga yuboring. #maslahat @JoshDeveloper
Show all...
"Dasturchi bo'lish sirlari" nomli onlayn BEPUL masterklass https://t.me/+xrY3vOSaDDcyZDYy
Show all...
3-mart. "Dasturchi bo'lish sirlari" onlayn masterklass

Ushbu kanalda 3-mart soat 20:00 da "Dasturchi bo'lish sirlari" nomli BEPUL Masterklass bo'lib o'tadi! Jonli efir va xabarlarni o’tkazib yubormaslik uchun kanalga obuna bo'lishni unutmang!🔔

Repost from Nizamoff
Show all...
Josh*Podcast | React.js: Yaxshi frontend dasturchi bo'lish

Josh*Podcast | React.js: Yaxshi frontend dasturchi bo'lish Mehmonlarimiz 👥: - Khumoyun Inoyatov (Senior Software Engineer @ EPAM) - Azizbek Jonibekov (Software Engineer @ Toptal)