Hazorasp tumani ixtisoslashtirilgan maktabi
Open in Telegram
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Hazorasp ixtisoslashtirilgan maktabining telegram kanali
Show more832
Subscribers
-124 hours
+17 days
-3130 days
Posts Archive
+7
#Hazorasp_IM
#Dolzarb_90_kun
🔆 "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasidagi yozgi to‘garaklar faoliyati davom etmoqda!🔆
🔰Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida tashkil etilgan yozgi to‘garaklar o‘z faoliyatini qizg‘in tarzda boshladi.
📚Jumladan, ingliz tili, shaxmat va informatika fanlaridan to‘garak mashg'ulotlari muntazam o'tkizilib kelinmoqda.
⌨️Mashg‘ulotlar davomida nazariy bilimlar amaliy kuzatuvlar bilan uyg‘unlashtirilib, o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.
✅️To‘garak mashg‘ulotlari yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish hizmar qiladi.
Quyida to‘garak mashg‘ulotlaridan fotolavhalarni e’tiboringizga havola etamiz.
🛎Bizni kuzatishda davom eting.
https://t.me/HazoraspIMA
O'yin yakunida Behruz Karimov daxshatli zarba yo'llagan edi. Chiroyli goldan bir necha santimetr ajratib qoldi.
🏆Jahon chempionatiga doir eng so'nggi yangiliklar: @Uzasport
🏆 Jahon chempionati. "K" guruhi, 1-tur
🇺🇿 O'zbekiston - 🇨🇴 Kolumbiya - 1:3
#Live
⚽️
Besh daqiqa o‘tib Kolumbiya yana hisobda oldinga chiqib oldi — 1:2 Maydon markazida to‘p yo‘qotilishi raqibning qarshi hujumiga sabab bo‘ldi va Luis Dias ushbu hujumni gol bilan yakunladi.O‘zbekiston terma jamoasi hisobni tenglashtirgandan so‘ng, kolumbiyaliklar tezkor javob qaytarib, yana oldinga chiqib oldi. Bahs keskin va murosasiz ruhda davom etmoqda. 🇺🇿🔥 Olg‘a, O‘zbekiston! 🇺🇿⚽️ https://t.me/Hazorasp_hokimligi
🏆 Jahon chempionati. "K" guruhi, 1-tur
🇺🇿 O'zbekiston - 🇨🇴 Kolumbiya - 1:1
🥅: Fayzullayev, 61'
🏆Jahon chempionatiga doir eng so'nggi yangiliklar: @Uzasport
+7
#Live
#GOOOOOL
OLG'A O'ZBEKISTON
https://t.me/Hazorasp_hokimligi
+6
🇺🇿⚽️ Hazorasplik muxlislar milliy terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlamoqda Futbol ishqibozlari milliy bayroqlar va vatanparvarlik ruhi bilan terma jamoamizga omad tilab, qizg‘in muxlislik qilmoqdalar.Mazkur bahs O‘zbekiston milliy terma jamoasining jahon chempionatidagi ilk uchrashuvlaridan biri bo‘lib, butun mamlakat qatori Hazorasp tumani aholisi ham bu tarixiy onlarga befarq emas.
Muxlislarning yagona tilagi — terma jamoamizning munosib o‘yin namoyish etib, yurtimiz sharafini himoya qilishidir.O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun Kolumbiyaga qarshi JCH–2026 guruh bosqichidagi tarixiy bahsini o‘tkazmoqda. Olg‘a, O‘zbekiston! 🇺🇿 https://t.me/Hazorasp_hokimligi
+6
#Live
⚽️ O‘zbekiston 🇺🇿 — 🇨🇴 Kolumbiya uchrashuvi davom etmoqda!
💚 Oq bo‘rilarimizga omad tilaymiz! 🇺🇿 Bir bayroq, bir jamoa, bir maqsad!
🔥 G‘alaba sari olg‘a, O‘zbekiston!
https://t.me/Hazorasp_hokimligi
+9
📣 JAHON CHEMPIONATINI BIRGA TOMOSHA QILAMIZ! ⚽️
Mamlakatimiz terma jamoasini chin dildan qo‘llab-quvvatlash maqsadida Hazorasp tumanidagi "Yoshlar" istirohat bog‘ida ulkan monitor o‘rnatildi! 📺✨
Keling, terma jamoamizning o‘yinini birgalikda tomosha qilib, ularga kuchli muxlislik qilaylik! 🙌
🇺🇿Olg‘a, O‘zbekiston! ⚽️ Birgalikda g‘alaba sari! 🇺🇿🔥
https://t.me/Hazorasp_hokimligi
🇺🇿 Oʻzbekiston milliy terma jamoasining Kolumbiyaga qarshi oʻyin uchun boshlangʻich tarkibi
Repost from Sevara Shakirova
🇺🇿 Bugun yoshlarimizni turli zararli illatlardan, ayniqsa, giyohvandlik va sintetik moddalar tahdididan himoya qilish har qachongidan ham muhim vazifaga aylandi. Shu ma’noda, Prezidentimiz tashabbusi bilan qabul qilingan yangi qonun va Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning bu boradagi qat’iy pozitsiyasini to‘liq qo‘llab-quvvatlayman.
🎓 Ta’lim tizimi vakili sifatida ishonchim komilki, narkotahdidga qarshi kurash faqat huquqni muhofaza qiluvchi organlarning emas, balki maktab, oila va butun jamiyatning umumiy mas’uliyatidir. Biz yoshlar ongida sog‘lom turmush tarzi, mustahkam hayotiy pozitsiya va zararli odatlarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishimiz kerak.
🇺🇿 Saida Mirziyoyeva ta’kidlaganidek, bu kurashda hech kim tomoshabin bo‘lib turolmaydi. Ota-onalar, ustozlar, mahalla faollari va keng jamoatchilik birlashgan taqdirdagina farzandlarimizni bu xavfdan asray olamiz. Yoshlar salomatligi va kelajagi — barchamizning eng katta mas’uliyatimizdir.
✨ Rasmiy sahifalar
💐 “Ma’naviyat yetakchisi” – Islom sivilizatsiyasi markazidan boshlangan ma’naviy safar
🇺🇿 Respublika tanlovi ishtirokchilari uchun ilk manzil Islom sivilizatsiyasi markazi bo‘ldi. U yerda ular yurtimizning boy ma’naviy merosi, buyuk allomalarimizning ilmiy-ma’rifiy faoliyati va milliy qadriyatlarimizni targ‘ib qiluvchi ekspozitsiyalar bilan yaqindan tanishdilar. Ushbu tashrif ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitish, tajriba almashish hamda kelgusidagi faoliyatlari uchun yangi g‘oya va tashabbuslar manbai bo‘ldi.
Shundan so‘ng “Renessans” oromgohida Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablar hamda maktab-internatlarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari “Ma’naviyat yetakchisi” Respublika tanlovida kuch sinashdilar. Bu shunchaki bellashuv emas, balki yosh avlod tarbiyasiga bag‘ishlangan haqiqiy ilhom va fidoyilik darsi bo‘ldi.✅ Tanlov davomida ishtirokchilar o‘zlarining kasbiy mahorati, liderlik salohiyati va innovatsion yondashuvlarini namoyish etdilar. Natijada eng sara yetakchilar aniqlandi: 🥇 I o‘rin — Rustamova Rushana Baxramjonovna (Andijon shahridagi Prezident maktabi) 🥈 II o‘rin — Begmuratova Zoya Asamaddinovna (Nukus shahridagi Prezident maktabi) 🥉 III o‘rin — Umarov Qobiljon Abdug‘opporovich (To‘raqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi)
✨ “Hurmatli tanlov ishtirokchilari va g‘oliblar! Sizlar ma’naviyat sohasida haqiqiy yetakchilik namunasini ko‘rsatdingiz. Sizlarning mehnatingiz va fidoyiligingiz yosh avlod tarbiyasida muhim poydevordir. Bunday tadbirlar ta’lim muassasalarida milliy o‘zlikni anglash, Vatanga sadoqat va yuksak ma’naviyatni targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Barchangizga katta muvaffaqiyatlar va yangi zafarlar tilayman!” — Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#qabul_2026
#infografika
🎓 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlariga tegishli muhim ma'lumotlar mazkur infografika ko‘rinishida taqdim etilmoqda.
☎️ Call-markaz: 1206
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
+9
💐 “Ma’naviyat yetakchisi” respublika tanlovi g‘oliblari aniqlandi
✨ Joriy yilning 10–12-iyun kunlari “Renessans” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida Prezident, ijod, sport, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirokida “Ma’naviyat yetakchisi” respublika tanlovining yakuniy bosqichi hamda seminar-treninglar bo‘lib o‘tdi.
✨ Tanlov davomida ishtirokchilar o‘zlarining kasbiy mahorati, liderlik salohiyati, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishdagi tajribasi va innovatsion yondashuvlarini namoyish etdilar. Yakunda quyidagi ishtirokchilar g‘olib deb topildi:
🥇 I o‘rin — Rustamova Rushana Baxramjonovna (Andijon shahridagi Prezident maktabi);
🥈 II o‘rin — Begmuratova Zoya Asamaddinovna (Nukus shahridagi Prezident maktabi);
🥉 III o‘rin — Umarov Qobiljon Abdug‘opporovich (To‘raqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi).
Uch kun davom etgan seminar-treninglarda ishtirokchilar zamonaviy liderlik ko‘nikmalari, notiqlik san’ati, volontyorlik faoliyati hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni samarali tashkil etish bo‘yicha o‘z bilim va tajribalarini boyitdilar. Tadbir yakunida g‘olib va faol ishtirokchilar tantanali ravishda taqdirlandi.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#OAV_biz_haqimizda
💐 “Ma’naviyat yetakchisi” – eng sara tarbiyachilar bellashuvi
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, sport maktablari va maktab-internatlarning eng tajribali, eng bilimdon va eng tashabbuskor direktor o‘rinbosarlari bir maydonda kuch sinashdi.
“Ma’naviyat yetakchisi” Respublika tanlovi – bu shunchaki bellashuv emas, bu yosh avlod tarbiyasida o‘z hissasini qo‘shayotgan fidoyi insonlarning haqiqiy sinovidir.
Yuqori sifatli rolik effect.uz da
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
+9
💐 “Ma’naviyat yetakchisi” tanlovi va seminari: tarbiya va liderlik yo‘lida muhim qadam
🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, sport maktablari hamda maktab-internatlarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Ma’naviyat yetakchisi” Respublika tanlovi doirasida “Renessans” bolalar oromgohida seminar-trening jarayonlariga start berildi.
✅ Dastur doirasida ishtirokchilar uchun “Kelajak soati” loyihasining asosiy koordinatori Inobat Ahatova trening o‘tkazdi. Unda zamonaviy ta’lim muhitida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni samarali tashkil etish, liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirish va innovatsion yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, yoshlar ongiga vatanparvarlik tuyg‘ularini singdirish, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va ularni kelajak avlodga yetkazishda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning o‘rni xususida ham fikr almashildi.Seminarda taniqli mutaxassislar tomonidan quyidagi mavzularda treninglar tashkil etildi: ✅ Shirin Abidova (O‘zbekiston Ko‘ngillilar Assotsiatsiyasi rahbari) – “Volontyorlik” mavzusida; ✅ Raximboy Jumaniyozov (Notiqlik san’ati akademiyasi rahbari) – “Boshqaruvda germenevtik mahorat” mavzusida; ✅ Farrux Jabborov (“Til va adabiyot ta’limi” jurnali bosh muharriri) – “Davlat ramzlari orqali vatanparvarlik, yurtga sadoqat va milliy qadriyatlarga hurmat” mavzusida. Seminar davomida ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashib, respublika bosqichiga puxta tayyorgarlik ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar. Bunday tadbirlar ta’lim muassasalarida milliy o‘zlikni anglash, Vatanga sadoqat va yuksak ma’naviyatni targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
