Hazorasp tumani ixtisoslashtirilgan maktabi
Open in Telegram
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Hazorasp ixtisoslashtirilgan maktabining telegram kanali
Show more833
Subscribers
-124 hours
+17 days
-3130 days
Data loading in progress...
Similar Channels
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
September '26
September '26
+7
in 6 channels
August '26
+18
in 0 channels
Get PRO
July '26
+25
in 1 channels
Get PRO
June '26
+83
in 6 channels
Get PRO
May '26
+169
in 15 channels
Get PRO
April '26
+30
in 1 channels
Get PRO
March '26
+18
in 1 channels
Get PRO
February '26
+19
in 1 channels
Get PRO
January '26
+46
in 2 channels
Get PRO
December '25
+149
in 0 channels
Get PRO
November '25
+48
in 1 channels
Get PRO
October '25
+128
in 6 channels
Get PRO
September '25
+30
in 7 channels
Get PRO
August '25
+16
in 2 channels
Get PRO
July '25
+48
in 0 channels
Get PRO
June '25
+204
in 17 channels
Get PRO
May '25
+33
in 11 channels
Get PRO
April '25
+46
in 8 channels
Get PRO
March '25
+42
in 5 channels
Get PRO
February '25
+18
in 0 channels
Get PRO
January '25
+25
in 5 channels
Get PRO
December '24
+52
in 4 channels
Get PRO
November '24
+16
in 0 channels
Get PRO
October '24
+15
in 3 channels
Get PRO
September '24
+19
in 5 channels
Get PRO
August '24
+24
in 3 channels
Get PRO
July '24
+89
in 6 channels
Get PRO
June '24
+103
in 14 channels
Get PRO
May '24
+53
in 6 channels
Get PRO
April '24
+53
in 2 channels
Get PRO
March '24
+49
in 8 channels
Get PRO
February '24
+52
in 1 channels
Get PRO
January '24
+27
in 1 channels
Get PRO
December '23
+18
in 1 channels
Get PRO
November '23
+26
in 1 channels
Get PRO
October '23
+12
in 1 channels
Get PRO
September '23
+16
in 0 channels
Get PRO
August '23
+13
in 0 channels
Get PRO
July '23
+14
in 0 channels
Get PRO
June '23
+59
in 0 channels
Get PRO
May '23
+28
in 0 channels
Get PRO
April '23
+21
in 0 channels
Get PRO
March '23
+21
in 0 channels
Get PRO
February '23
+42
in 0 channels
Get PRO
January '23
+19
in 0 channels
Get PRO
December '22
+285
in 0 channels
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 10 September | 0 | |||
| 09 September | +1 | |||
| 08 September | 0 | |||
| 07 September | 0 | |||
| 06 September | 0 | |||
| 05 September | +1 | |||
| 04 September | +4 | |||
| 03 September | +1 | |||
| 02 September | 0 | |||
| 01 September | 0 |
Channel Posts
+4
#Hazorasp_IM
#Psixolog_soati.
🏢 Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabining yangi qabul qilingan 5-"B"sinf o'quvchilari bilan maktab psixologi tomonidan 🔖🔖 "Tanishuv"treningi tashkil etildi.
🔰🔰 Trening davomida: o'quvchilardan, maktabga moslashuv so'rovnomasi olindi va turli qiziqarli psixologik mashqlar o'tkazildi.
📌Maqsad: O'quvchilarda moslashuvchanlik xususiyatini shakllantirish, diqqat va xotirani rivojlantirish, pozitiv kayfiyat uyg'otish. Taqiqlangan xulq holatlari motivlarini aniqlash.
⚜⚜Yangi maktab,yangi muhit,yangi sinfdoshlar, yangi orzular olamiga xush kelibsizlar aziz o'quvchilar!
| 2 | ‼️‼️‼️
🔺 PISA 2025 xalqaro baholash dasturi natijalari e’lon qilindi — O‘zbekiston o‘quvchilari qanday natija qayd etdi?
Ta’lim forumi doirasida OECD tomonidan PISA 2025 xalqaro baholash dasturi natijalari rasman e’lon qilindi.
Ta’kidlash joiz, O‘zbekiston PISA tadqiqotida ikkinchi marotaba qatnashdi.
Mamlakatimizdan xalqaro tashkilot tomonidan tasodifiy tanlab olingan 233 ta maktabning 8 652 nafar 15 yoshli o‘quvchisi tadqiqotda ishtirok etdi.
❗️Tabiiy fanlar bo‘yicha
O‘zbekiston o‘quvchilari 438 ball to‘plab, 91 ta davlat va ta’lim tizimi orasida 48-o‘rinni egalladi.
↗️ Taqqoslash uchun, PISA 2022da tabiiy fanlar bo‘yicha natija 355 ball va 80-o‘rinni tashkil etgan. Shu tariqa, 2025-yilda natija qariyb 83 ballga oshgan.
💻 Raqamli dunyoda o‘rganish bo‘yicha:
O‘zbekiston o‘quvchilari 402,4 ball qayd etib, 72-o‘rinni egalladi.
Eslatib o‘tamiz, PISA 2025da asosiy yo‘nalish sifatida tabiiy fanlar savodxonligi belgilangan. Matematika va o‘qish savodxonligi bo‘yicha natijalar yuzasidan qo‘shimcha tahlillar olib borilmoqda.
📊 Ma’lumot o‘rnida: PISA 2025 Xalqaro tadqiqotida 91 ta davlat va ta’lim tizimi ishtirok etdi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin | 256 |
| 3 | 📣 “Kelajak soati” doirasida "Ustozga ehtirom" nomli videoroliklar tanlovida ishtirok eting!
👥 Tanlovga loyihaga qiziqqan barchani taklif etamiz.
Siz o‘z kasbiga fidoyi, shogirdlari qalbiga yo‘l topa oladigan, ta’lim va tarbiya yo‘lida munosib hissa qo‘shayotgan ustoz va murabbiylar faoliyati va ularning jamiyatdagi munosib o'rnini videoroliklar orqali yoritishni istaysizmi?
Unda ushbu tanlov aynan Siz uchun!
📩 Tayyorlagan videolaringizni @kelajak_soati_tanlov_bot orqali yuboring.
🏆 G‘oliblar munosib taqdirlanadi va ularning materiallari respublika miqyosida e’lon qilinadi!
🚀 Sizning g‘oyangiz navbatdagi “Kelajak soati” mashg‘ulotiga asos bo‘lishi mumkin!
📱 Telegram 🎬 Youtube 📱Instagram 🌐 Veb-sayt | 247 |
| 4 | 🌟🌟Yangi o‘quv yilida Hazorasp ixtisoslashtirilgan maktabiga yangi qabul qilingan 5- va 7-sinf o‘quvchilari hamda ularning ota-onalari maktab psixologi tomonidan iliq kutib olindi.
O‘quvchilar bilan samimiy suhbatlar o‘tkazilib, ularning yangi muhitga moslashishi, maktabga bo‘lgan qiziqishi va kayfiyatiga e’tibor qaratildi.
O‘quvchilarga yangi sinfdoshlari bilan do‘stona munosabat o‘rnatish, maktab qoidalariga rioya qilish va o‘qishga mas’uliyat bilan yondashish haqida tavsiyalar berildi.
🎓 Aziz o'quvchilar, hurmatli ota-onalar va qadrli ustozlar!!!
Barchangizni yangi 2026-2027- o'quv yili bilan chin qalbdan tabriklaymiz! Yangi o'quv yili barchamizga yuksak natijalar va unitilmas quvonchlar olib kelsin.
Maktab psixologi: D. Komiljonova | 687 |
| 5 | #Jarayon
#Hazorasp_IM
🇺🇿 “YAGONA VATAN, YAGONA XALQ BO‘LIB, YANGI HAYOT VA KELAJAK YARATAMIZ!”
🏢 Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Birinchi qo‘ng‘iroq” — Bilimlar kuni hamda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
✅ Tadbirda Hazorasp tumani hokimi R.Jumaniyazov qatnashib, ustozlar, o‘quvchilar va ota-onalarni Mustaqillik bayrami hamda yangi o‘quv yili bilan samimiy muborakbod etdi va, Prezidentimizning bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.
✅ Tadbirda mahalla faollari, ota-onalar, faxriy o‘qituvchilar hamda ichki ishlar xodimlari ishtirok etdi.
✅ “Birinchi qo‘ng‘iroq” sadolari ostida yangi o‘quv yiliga ilk bor qadam qo‘ygan o‘quvchilarimizga ulkan zafarlar, mustahkam bilim va yorqin kelajak tilaymiz!
🛎Bizni kuzatishda davom eting.
https://t.me/HazoraspIMA | 729 |
| 6 | Qadrli o‘quvchilar!
Hurmatli ustoz va murabbiylar!
Muhtaram ota-onalar!
Barchangizni jonajon Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi shukuhi bilan uyg‘un holda kirib kelgan yangi o‘quv yili — Bilimlar kuni bilan samimiy muborakbod etaman.
Ayniqsa, bugun “Birinchi qo‘ng‘iroq” sadolari ostida qalbi hayajon va orzularga to‘lib, maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘yayotgan aziz bolajonlarimizni hamda ularning ota-onalarini ushbu unutilmas kun bilan alohida qutlayman.
Davlatimiz rahbari boshchiligida ta’limni rivojlantirish, ustozlarning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini oshirish, farzandlarimizning zamonaviy bilim va kasb-hunar egallashi uchun munosib sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Maktablarimizning qiyofasi va mazmuni yangilanib, ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuvlarning kirib kelayotgani yoshlarimiz uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda.
Bu imkoniyatlarning amaliy natijasini o‘quvchilarimiz erishayotgan yutuqlarda yaqqol ko‘rib turibmiz. Yoshlarimizning xalqaro fan olimpiadalari, nufuzli tanlovlar, sport va ijodiy bellashuvlarda Vatanimiz sharafini munosib himoya qilayotgani, bitiruvchilarimizning yurtimiz va xorijdagi yetakchi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish imkoniyatini qo‘lga kiritayotgani barchamizga katta faxr bag‘ishlaydi.
Ishonamanki, yangi o‘quv yilida ham ustozlarimizning fidokorona mehnati, ota-onalarimizning doimiy qo‘llab-quvvatlashi va o‘quvchilarimizning bilimga intilishi yangi yutuqlarga zamin yaratadi.
Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, o‘qish va mehnat faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Yangi o‘quv yili barchamizga muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
E’zoza Karimova
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
✉️ Telegram 📱 Instagram 🗳 Facebook | 443 |
| 7 | O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari va ustoz-murabbiylariga tabrigi
Aziz farzandlarim!
Qadrli ustoz va murabbiylar!
Hurmatli ota-onalar!
Barchangizni Vatanimiz mustaqilligining 35 yillik qutlug‘ bayramiga uyg‘un va hamohang holda o‘tayotgan Bilimlar kuni bilan chin dildan samimiy muborakbod etaman.
Ushbu quvonchli ayyomda beg‘ubor nigohlarida hayrat va hayajon uchqunlari porlab, katta orzu-intilishlar bilan maktab ostonasiga qadam qo‘yayotgan 800 ming nafarga yaqin o‘g‘il-qizlarimizga, ota-onalar va pedagoglar jamoatchiligiga o‘zimning ezgu tilaklarimni bildiraman.
Yangi o‘quv yili mamlakatimizning butun ta’lim tizimida, maktab, litsey, texnikum va oliygohlarimiz hayotida yangi ma’rifiy yuksalish yili bo‘lsin!
Hurmatli bayram ishtirokchilari!
Keyingi yillarda ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirayotgan keng ko‘lamli islohotlarimiz tufayli Yangi O‘zbekiston maktablari butunlay yangicha qiyofa kasb etib, ta’lim sifati takomillashib borayotganini barchamiz ko‘rib turibmiz.
Ana shunday muhitda ulg‘ayib, kamolga yetayotgan, o‘qish, kasbiy ta’lim, “Ay-ti”, ijodiy izlanishlar, sport, jamoat ishlarida dastlabki yutuqlari bilan ota-onalar va ustozlarni xursand qilayotgan o‘g‘il-qizlarimiz – bizning nurli kelajagimiz, oltin fondimizdir.
Bunday bilimli, zukko, tirishqoq va intiluvchan, saflari yil sayin kengayib borayotgan farzandlarimiz timsolida biz Uchinchi Renessans nihollarini ko‘ramiz. Ularning har birini gurkirab o‘sadigan azim daraxt, yorug‘ istiqbolimiz ustunlari etib tarbiyalash – muqaddas vazifamizdir.
Hech shubhasiz, bunday ulug‘ maqsadlarga yetishda mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladigan ta’lim-tarbiya sohasini rivojlantirishga biz bundan buyon ham ustuvor ahamiyat qaratamiz. Maktab bag‘ridan katta hayotga yo‘llanma oladigan farzandlarimiz puxta bilim bilan birga, albatta kamida bitta zamonaviy kasb-hunarni egallab chiqishi uchun barcha sharoitlarni yaratamiz. Buning uchun hududlarda “Kasblar shaharchalari”ni yaratib, zamonaviy tajriba hamda ilg‘or mutaxassislarni jalb etamiz.
Aziz farzandlarim, sizlarga baxtli va saodatli hayot eshiklarini ochadigan kalit ham, umr yo‘llaringizda paydo bo‘ladigan murakkab savollarning yechimi, sinov va mashaqqatlarni yengib o‘tishning kafolati ham faqat bilim, bilim va bilimdir. Go‘zal yoshlikning har bir daqiqasini qadrlab, yangi ilm, g‘oya va innovatsiyalarni, kasb va hunarlarni, ona tilimiz, boy tariximiz va madaniyatimiz asoslarini puxta egallang. Jahon tarixi va xorijiy tillarni ham astoydil o‘rganing. Izlanish va harakatdan hech qachon to‘xtamang.
Ajdodlarimizdan meros bo‘lgan tabarruk zaminimizni butun qalbingiz, yuragingiz bilan seving, xalqimiz va Vatanimizga cheksiz sadoqat tuyg‘ulari bilan yashang!
Shu yo‘lda mehribon ustozlaringiz, ota-onalaringizni eng yaqin do‘st va maslahatchi deb biling!
Sizlarga yangi o‘quv yilini a’lo baholar bilan boshlab, har bir o‘quv choragini muvaffaqiyatli yakunlashni, sihat-salomatlik, omad va zafar yor bo‘lishini tilayman.
Bilimlar bayrami barchangizga muborak bo‘lsin, aziz farzandlarim!
Shavkat Mirziyoyev,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 372 |
| 8 | Qadrli yurtdoshlar, hurmatli ustozlar va aziz o‘quvchi-yoshlar!
Barchangizni xalqimiz uchun eng ulug‘ va eng aziz bayram — O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etaman!
Bugun davlatimiz rahbari tomonidan ta’limga qaratilayotgan yuksak e’tibor, maktabgacha va maktab ta’limi tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar zamirida ham ulug‘ bir maqsad mujassam — farzandlarimizning baxtli kelajagini ta’minlash, ularni bilimli, mustaqil fikrlaydigan, Vatan taqdiriga daxldor avlod etib tarbiyalash.
Hurmatli ustozlar!
Har bir farzandning qalbida ilmga mehr uyg‘otish, uning iste’dodini yuzaga chiqarish, hayotda o‘z yo‘lini topishiga ko‘maklashishdek ulug‘ vazifani sidqidildan ado etib kelmoqdasiz. O‘quvchilarimizning har bir yutug‘ida sizning bilimingiz, sabr-toqatingiz va fidokorona mehnatingiz bor. Buning uchun barchangizga chuqur minnatdorlik bildiraman.
Aziz o‘quvchilar!
Sizlarning har bir yutug‘ingiz biz uchun quvonch va faxrdir. Bugun olayotgan bilimingiz, qilayotgan izlanishlaringiz va oldingizga qo‘yayotgan maqsadlaringiz ertaga nafaqat o‘z hayotingizni, balki Vatanimiz kelajagini ham belgilaydi. O‘z kuchingizga ishoning, bilim olishdan va izlanishdan hech qachon to‘xtamang.
Davlatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek, Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini, albatta, barchamiz birgalikda yaratamiz!
Aziz yurtdoshlar!
Shu qutlug‘ ayyomda har bir xonadonga tinchlik, fayz-u baraka va farovonlik tilayman. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz omon, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Hurmat bilan,
E’zoza Karimova
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
✉️ Telegram 📱 Instagram 🗳 Facebook | 317 |
| 9 | #Mustaqillik_shukuhi
#YagonaVatan35
🇺🇿 MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUBORAK BO‘LSIN!
Hurmatli yurtdoshlar!
🇺🇿 Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etamiz!
Ushbu qutlug‘ ayyomda barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik, tinchlik-xotirjamlik va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Yurtimiz tinch, xalqimiz farovon, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor | 339 |
| 10 | 🇺🇿 YANGI O‘ZBEKISTON TA’LIMI: YANGI IMKONIYATLAR, YUKSAK NATIJALAR
🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida ta’lim tizimida erishilgan natijalarga nazar tashlar ekanmiz, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi islohotlarning amaliy samarasini aniq raqamlarda ko‘rish mumkin.
🎓 2019–2026-yillarda Agentlik tizimidagi maktablar soni 8 tadan 249 taga, o‘quvchilar qamrovi 3 360 nafardan 94 080 nafarga yetdi. Xalqaro olimpiadalarda qo‘lga kiritilgan medallar soni esa 2020-yildagi 6 tadan 2026-yilda 144 taga oshdi.
Bugun Agentlik tizimi nafaqat qamrov, balki ta’lim sifati, xalqaro natijalar va yoshlarimiz uchun yaratilayotgan imkoniyatlar bilan ham yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor | 436 |
| 11 | Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi
—
Выступление Президента Шавката Мирзиёева на торжественной церемонии, посвященной 35-летию государственной независимости Республики Узбекистан
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 511 |
| 12 | ✨ AVGUST KENGASHI O‘Z ISHINI BOSHLADI
🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan “Kelajakni yaratayotgan maktablar: liderlik, innovatsiya va natija” mavzusida tashkil etilgan Avgust kengashi — o‘quv-seminari o‘z ishini boshladi.
✅ Kengashning ochilish marosimida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Azizbek Turdiyev hamda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova so‘zga chiqib, yangi o‘quv yilida ta’lim sifatini oshirish, maktab boshqaruvini takomillashtirish hamda rahbarlarning mas’uliyati va tashabbuskorligini kuchaytirish bo‘yicha ustuvor vazifalarga to‘xtalib o‘tdilar.
✅ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda o‘tkazilayotgan ikki kunlik tadbirda Agentlik tizimidagi Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablar, maktab-internatlar, shuningdek, yangi tashkil etilgan muhandislik maktablari direktorlari ishtirok etmoqda.
✅ Avgust kengashi doirasida 2026/2027-o‘quv yilidagi ustuvor vazifalar, zamonaviy ta’lim boshqaruvi, liderlik, innovatsion yondashuvlar hamda ta’lim samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilinadi.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor | 884 |
| 13 | #Tabriklaymiz
🏆 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining buyrug‘iga muvofiq, Vazir jamg‘armasi hisobidan har oyda ustama to‘lanadigan pedagog kadrlar ro‘yxati tasdiqlandi.
XORAZM VILOYATI BO‘YICHA ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalaridan G‘OLIBLAR:
— Shaira G'ulamova - Xiva Prezident maktabi — Ona tili va adabiyoti;
— Asalxon Yuldasheva - Urganch shahar 1-son IMI — Ona tili va adabiyoti;
— Dilorom Sultonova - Hazorasp tumani IM — Tarix;
— Sherzod Eshniyazov - Bog‘ot tumani IM — Matematika;
— Bunyod Bayjanov - Xiva shahar 2-son IM — Informatika va axborot texnologiyalari;
— Farog‘at Ro‘ziboyeva - Bog‘ot tumani IM — Kimyo;
— Mohinur Masharipova - Bog‘ot tumani IM — Tasviriy san’at va chizmachilik.
💐 Sizlarga yangi marralar, kasbiy faoliyatingizda ulkan zafarlar va shogirdlaringiz yutuqlaridan doimo faxrlanib yurishingizni tilaymiz!
⏰ G‘oliblarga 9 oy davomida belgilangan miqdorda har oylik ustama to‘lab boriladi.
Ustozning mehnati — kelajak uchun eng qimmatli sarmoya.
💠 Telegram | 812 |
| 14 | ✅✅✅✅
🟢 TA’LIM TIZIMIDAGI DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
Bugun Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining Hay’at yig‘ilishi Ma’mun universitetida bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda 11–13 avgust kunlari o‘tkazilgan respublika seminari yakunlari, yangi o‘quv yiliga hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati muhokama qilindi.
Yig‘ilishda X. Bektemirov — viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i, boshqarma rahbariyati va mas’ul xodimlar, tuman va shahar bo‘limlari boshliqlari, shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktorlari ishtirok etdi.
Muhokamalar yakunida belgilangan vazifalarni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
✅Telegram
📹Youtube
✅Facebook
🌐Instagram
🌐Veb sayt | 689 |
| 15 | #Диққат_эълон
‼️‼️‼️
Yurtimiz maktablarida 2026/2027 o‘quv yili 2-sentabrdan boshlanadi
✅ Respublikamiz bo‘ylab barcha umumta'lim maktablarida yangi – 2026/2027-o‘quv yili dars jarayonlari joriy yilning 2-sentabridan (chorshanba kuni) boshlanadi.
📊 Joriy yilda birinchi sinfga qabul qilinadigan 795 mingdan ortiq o‘quvchiga 12 nomdagi o‘quv qurollaridan iborat “Prezident sovg‘asi” tantanali topshiriladi.
_____
С 2 сентября во всех школах страны начнётся новый учебный год
✅ Во всех общеобразовательных школах республики учебный год начнется 2 сентября.
📊 Кроме того, в этом году более 795 тысяч первоклассникам торжественно вручат «Подарок Президента», включающий 12 наименований школьных принадлежностей.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin | 465 |
| 16 | #diqqat_eʼlon
🔴 OTA-ONALAR DIQQATIGA!
🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda tahsil olayotgan o‘quvchilarning 2026–2027-o‘quv yili I choragida o‘qishini bir hududdan boshqa hududga ko‘chirish bo‘yicha arizalar 19–27-avgust kunlari qabul qilinadi.
Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi qonuniy vakillar arizalarni hududlardan turib transfer.piima.uz platformasi orqali elektron shaklda yuborishlari mumkin. Arizalarni qabul qilish muddati yakunlangach, murojaatlarga 10 ish kuni davomida platforma orqali javob beriladi.
🖌 Ariza topshirishda quyidagi ma’lumot va hujjatlar talab etiladi:
✔️ ota-ona yoki qonuniy vakilning F.I.O. va telefon raqami;
✔️ o‘qishni ko‘chirish sababi;
✔️ o‘quvchining F.I.O. si, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining seriyasi va raqami;
✔️ o‘quvchi tahsil olayotgan maktab, sinf, yo‘nalish hamda o‘qishni ko‘chirmoqchi bo‘lgan maktab to‘g‘risidagi ma’lumot;
✔️ o‘qishni ko‘chirishga asos bo‘luvchi hujjatning PDF formatdagi nusxasi.
🔴 ESLATIB O‘TAMIZ!
🟢 Ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisining davlat tashkilotida ishlaydigan ota-onasi boshqa hududga ishga o‘tgan taqdirda, o‘quvchini tegishli hududdagi ixtisoslashtirilgan maktabga, bo‘sh o‘rin mavjud bo‘lganda, ko‘chirishga ruxsat etiladi.
🟢 Joriy yilda qabul e’lon qilingan maktablarning tegishli sinflariga o‘quvchilarni ko‘chirish imkoniyati mavjud emas. Mazkur sinflarga qabul qilingan o‘quvchi o‘qishni davom ettirmagan taqdirda, uning o‘rniga kirish imtihonlari natijalari bo‘yicha navbatdagi eng yuqori ball to‘plagan talabgor taklif etiladi.
🟢 Platforma orqali ariza yuborilgandan so‘ng avtomatik tarzda taqdim etiladigan KALIT SO‘ZNI saqlab qo‘yish zarur. Ushbu kalit so‘z orqali ariza holatini kuzatish mumkin.
❗️ Belgilangan hujjatlar to‘liq ilova qilinmagan taqdirda, ariza rad etilishi mumkin.
☎️ Murojaat uchun: +998 71 207-20-17 (180)
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor | 489 |
| 17 | Xivada Prezidentimiz Xitoyning Lyaonin pedagogika universiteti filialiga tashrif buyurdi.
—
В Хиве Президент нашей страны посетил филиал китайского Ляонинского педагогического университета.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 505 |
| 18 | Davlatimiz rahbari yangi temir yo‘l liniyasi orqali Urganchdan Xivaga keldi.
—
Глава нашего государства прибыл из Ургенча в Хиву по новой железнодорожной линии.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 439 |
| 19 | Prezident Shavkat Mirziyoyev Urganchdagi Kasblar shaharchasida yoshlar bilan muloqot qildi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев пообщался с молодежью в Городке профессий в Ургенче.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 384 |
| 20 | Davlatimiz rahbari "Tillo domor" korxonasining mahsulotlari bilan tanishdi.
—
Глава нашего ознакомился с продукцией предприятия «Тилло домор».
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 396 |
