en
Feedback
Hazorasp tumani ixtisoslashtirilgan maktabi

Hazorasp tumani ixtisoslashtirilgan maktabi

Open in Telegram

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Hazorasp ixtisoslashtirilgan maktabining telegram kanali

Show more
832
Subscribers
-124 hours
+17 days
-3130 days
Posts Archive
🖌 DIQQAT, YO‘RIQNOMA! Tayyorlov guruhi va 1-sinfga kirish sinovlari qanday o‘tkaziladi? 🎓 2026–2027-o‘quv yili uchun Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktabning 0 (tayyorlov guruhi) hamda 1-sinfiga qabul jarayonlari ikki bosqichda tashkil etiladi. ✅ Birinchi bosqich — bolajonlar uchun qiziqarli rasmli sinovlardan iborat. Eng muhimi, ushbu bosqichda matn o‘qish yoki yozish talab etilmaydi.
Barcha topshiriqlar rangli rasmlar asosida tuzilgan bo‘lib, ular bolalarning mantiqiy fikrlashi, xotirasi, diqqati va tasavvurini baholashga qaratilgan.
✅ Birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar ikkinchi bosqich — suhbat jarayonida ishtirok etadilar. Suhbatning o‘tkazilish tartibi haqida batafsil ma’lumot alohida e’lon qilinadi.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

Tavallud ayyomingiz muborak boʻlsin, hurmatli Prezident! Yurtimizda Siz boshchiligingizda amalga oshirilayotgan bugungi islohotlar ertangi ulkan muvaffaqiyatlarga poydevordir. Xalqimiz baxtiga hamisha omon boʻling! @hilola_umarova

#Imtihon_2026 📕 Bugun Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-intern
+7
#Imtihon_2026 📕 Bugun Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga aniq va tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha kirish imtihonlari (2-bosqich) "Respublika kelajak markazi" sport majmuasida bo‘lib o‘tdi.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

❗️Qachon mandat chiqadi? 14-23-iyul — test jarayonlari; 25-iyuldan 8-avgustgacha — yo‘nalish tanlash jarayoni (taxminiy mudda
❗️Qachon mandat chiqadi? 14-23-iyul — test jarayonlari; 25-iyuldan 8-avgustgacha — yo‘nalish tanlash jarayoni (taxminiy muddat, o’zgarishi ham mumkin); 8-17-avgust — mandatni tayyorlash jarayoni (taxminiy muddat); 17-avgust — mandat kuni (taxminiy muddat); 18-27-avgust — oliygohga kira olmagan abituriyentlarning texnikumlarni tanlash jarayoni (taxminiy muddat). *** ℹ️ Ma’lumot uchun, o‘tgan yili mandat 13-avgust kuni chiqqan edi. Ya’ni qonunchilikda belgilangan 10 kunlik muddatning oxirigacha taqamasdan, 5 kundayoq mandatni chiqarishgan. Joriy yilda o‘tgan yilgidan ham kamroq abituriyentlar borligini hisobga olsak, mandat bu safar ham ko‘p kuttirmasa kerak. © Manba Edu - ta'lim yangiliklari👇 https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy

#Xorazm ✅✅✅✅ 🔴 PEDAGOG XODIMLAR TANLOVINING IKKINCHI BOSQICHI- TES SINOVI 🎓 O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab
+6
#Xorazm ✅✅✅✅ 🔴 PEDAGOG XODIMLAR TANLOVINING IKKINCHI BOSQICHI- TES SINOVI 🎓 O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 8-iyuldagi 245-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizom talablari asosida, Xorazm viloyatida pedagog xodimlar tanlovining ikkinchi bosqichi – test sinovlariga start berildi. Barcha pedagoglar uchun test sinov natijalari shaffof tarzda amalga oshirilmoqda.

📢 DIQQAT, HURMATLI NOMZODLAR! 2026-yil 21-iyul kuni o‘tkazilgan pedagoglar test sinovlarida turli sabablarga ko‘ra ishtirok
📢 DIQQAT, HURMATLI NOMZODLAR! 2026-yil 21-iyul kuni o‘tkazilgan pedagoglar test sinovlarida turli sabablarga ko‘ra ishtirok eta olmagan nomzodlar uchun quyidagilarni ma’lum qilamiz. 📅 2026-yil 22-iyul 🕛 Soat 12:00 dan keyin Test sinovlari o‘tkaziladigan binolarga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (ID karta yoki pasport) bilan kelishingiz mumkin. ⚠️ O‘zingiz bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjatni olib kelishingiz majburiy. 📌 Belgilangan vaqtda test o‘tkaziladigan binoga o‘z vaqtida yetib kelishingizni so‘raymiz. Omad tilaymiz! 🍀

🔶 Pedagog xodimlar tanlovining ikkinchi (test) bosqichi: test savollarining tuzilishi va baholash mezonlari O‘zbekiston Resp
🔶 Pedagog xodimlar tanlovining ikkinchi (test) bosqichi: test savollarining tuzilishi va baholash mezonlari O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 8-iyuldagi 245-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq, pedagog xodimlarni ishga qabul qilish tanlovining ikkinchi bosqichi test sinovlari shaklida o‘tkaziladi. 📝 Test savollarining tuzilishi ➡️ Test savollari ko‘p variantli (multiple choice) shaklda tuziladi. ➡️ Test jami 40 ta savoldan iborat bo‘ladi. ➡️ Savollar nomzodning: o‘quv fani bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari; mantiqiy fikrlash darajasini aniqlashga qaratiladi. ⏱ Test uchun ajratilgan vaqt ➡️ Aniq va tabiiy fanlar (matematika, informatika, fizika, kimyo, biologiya) uchun — 90 daqiqa. ➡️ Ijtimoiy-gumanitar fanlar uchun — 60 daqiqa. 📊 Baholash mezonlari ➡️ Har bir to‘g‘ri javob 2,5 ball bilan baholanadi. ➡️ 40 ta savol × 2,5 ball = 100 ball. ➡️ Demak, ikkinchi (test) bosqichida olinishi mumkin bo‘lgan maksimal ball — 100 ball. 🏆 Suhbat bosqichiga kimlar o‘tadi? Test natijalariga ko‘ra, har bir bo‘sh ish o‘rni uchun eng yuqori ball to‘plagan 3 nafar nomzod (ballar ketma-ketligida) suhbat bosqichida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi. ❌ Testdan chetlashtirishga asos bo‘ladigan holatlar Quyidagi holatlarda nomzod test jarayonidan chetlashtiriladi: ➡️ qonunchilik hujjatlarida, ma’lumot beruvchi adabiyotlarda yoki boshqa materiallardan foydalanish; ➡️ texnik vositalardan foydalanish; ➡️ boshqa shaxslar bilan suhbatlashish; ➡️ test yakunlanmasdan auditoriyani ruxsatsiz tark etish. Bunday holatlar bo‘yicha belgilangan tartibda dalolatnoma rasmiylashtiriladi. 📚 Asos: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 8-iyuldagi 245-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 17–24-bandlari.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

🔴 DIQQAT, HURMATLI NOMZODLAR! 🎓 O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 8-iyuldagi 245-s
🔴 DIQQAT, HURMATLI NOMZODLAR! 🎓 O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 8-iyuldagi 245-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizom talablari asosida hududlar kesimida pedagog xodimlar tanlovining ikkinchi bosqichi – test sinovlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 🖱️ Test sinovlari: 🖱️ 21–22-iyul, 2026-yil 🖱️ Reja-grafikda belgilangan sana va soatlarda 🖱️ Test sinovlari quyida ilova qilingan reja-grafikda ko‘rsatilgan manzillarda tashkil etiladi. Hurmatli nomzodlar! Test sinoviga kelishda shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatni o
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

🎓 Al-Xorazmiy universitetida 2026/2027-o‘quv yili magistratura qabul jarayoni davom etmoqda!
Zamonaviy bilim va yuqori malakaga ega mutaxassis bo‘lish imkoniyatini qo‘lga kiriting. Saralash imtihoni natijalariga ko‘ra 100%, 70% va 50% grantlar ajratiladi. Shuningdek, belgilangan toifadagi talabgorlar 100% davlat granti asosida tahsil olishlari mumkin. Bundan tashqari, universitet tomonidan boshqa grant va imtiyozlar ham joriy etilgan.
Magistratura yo‘nalishlari: 🖱️ Amaliy sun’iy intellekt (Applied Artificial Intelligence) 🖱️ Biznesni boshqarish (MBA) 🖱️ Amaliy lingvistika va TESOL Murojaat uchun: +998(62)227-71-71 | @alxorazmiyunibot
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

🔴DIQQAT, E’LON! ✅ RAHBAR VA PEDAGOG KADRLARNI TANLOV ASOSIDA ISHGA QABUL QILISH TARTIBI YANGILANDI 🖌 O‘zbekiston Respublika
🔴DIQQAT, E’LON! RAHBAR VA PEDAGOG KADRLARNI TANLOV ASOSIDA ISHGA QABUL QILISH TARTIBI YANGILANDI 🖌 O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024-yil 8-iyuldagi 245-son buyrug‘i bilan Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarga rahbar, mahalliy hamda xorijiy pedagog kadrlarni tanlov asosida ishga qabul qilishga oid yangi me’yoriy hujjatlar tasdiqlandi. Mazkur hujjat ta’lim tizimiga zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, yuqori salohiyatli rahbar va pedagog kadrlarni ochiq hamda shaffof tanlov asosida saralashning yangi mexanizmlarini belgilaydi. Buyruq bilan quyidagi nizomlar tasdiqlandi: ✅ Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar uchun pedagog kadrlarni tanlash, baholash va ishga qabul qilish tartibi; ✅ Xorijiy mutaxassislarni tanlash va ishga qabul qilish tartibi; ✅ Tayanch, hududiy hamda muhandislik yo‘nalishidagi ixtisoslashtirilgan maktablar uchun rahbar kadrlarni tanlash va ishga qabul qilish tartibi; ✅ Mazkur maktablar uchun pedagog kadrlarni tanlash, baholash va tavsiya etish tartibi.
Yangi nizomning muhim yangiliklaridan biri – tanlov jarayonlarini yanada shaffof, tezkor va sifatli tashkil etish maqsadida markaziy tanlov komissiyasi bilan bir qatorda hududlarda ham hududiy ishchi guruhlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu ishchi guruhlar tanlov bosqichlarini tashkil etish, baholash jarayonlarini sifatli o‘tkazish hamda nomzodlar bilan ishlash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Shuningdek, buyruqqa muvofiq ishchi guruhlar va tanlov komissiyalari tarkibi tasdiqlanishi belgilangan.
🖌 Pedagog kadrlar tanlovi 3 bosqichda, xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarga 4 bosqichda amalga oshiriladi: 1️⃣ Hujjatlarni saralash; 2️⃣ Test sinovi; 3️⃣ Sinov (ochiq) darsi (faqat xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar uchun); 4️⃣ Suhbat bosqichi.
Tanlovlar adolatlilik, xolislik, oshkoralik va kollegiallik tamoyillari asosida tashkil etiladi. Barcha nomzodlar uchun teng imkoniyatlar yaratiladi, baholash mezonlari ochiq e’lon qilinadi va yakuniy qarorlar komissiya tomonidan qabul qilinadi.
Nomzodlar hujjatlarini vacancy.piima.uz platformasi orqali onlayn topshiradilar. Arizalar tanlov e’lon qilingan kundan boshlab 15 ish kuni davomida qabul qilinadi. ✅ Mazkur nizom ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida rahbar va pedagog kadrlarni tanlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish, hududlarda tanlov jarayonlarini yanada samarali tashkil etish hamda ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

#qabul_2026 #imtihon_natijalari 🔴 Diqqat! Hurmatli ota-onalar! 🎓 PREZIDENT MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARINING 1-SARALASH B
#qabul_2026 #imtihon_natijalari 🔴 Diqqat! Hurmatli ota-onalar! 🎓 PREZIDENT MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARINING 1-SARALASH BOSQICHI NATIJALARI E'LON QILINMOQDA! Joriy yilning 25-iyun kuni o‘tkazilgan Prezident maktablarining 1-saralash bosqichi imtihon natijalari Cambridge xalqaro ta’lim tashkiloti tomonidan e’lon qilindi. ✅ Imtihon natijalarini Cambridge Assessment International Education tashkilotining quyidagi rasmiy veb-sahifasi orqali ko’rishingiz mumkin: https://www.cambridgeinternational.org/preselection-results-J26/
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

#qabul_2026 #imtihon_natijalari 🔴 Diqqat! Hurmatli ota-onalar! 🎓 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimida
#qabul_2026 #imtihon_natijalari 🔴 Diqqat! Hurmatli ota-onalar! 🎓 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatining 1-bosqich imtihon natijalari eʼlon qilindi! Joriy yilning 1-iyul kuni o‘tkazilgan Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatining 1-bosqich imtihon natijalari Marshall Cavendish Education xalqaro taʼlim tashkiloti tomonidan eʼlon qilindi. ✅ Imtihon natijalarini Marshall Cavendish Education tashkilotining quyidagi rasmiy veb-sahifasi orqali ko‘rishingiz mumkin: https://www.mceducation.com/examination-results-under-the-agency-for-specialized-educational-institutions-for-uzbekistan
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

#диққат_эълон 📣 Hurmatli yurtdoshlar, qadrli hamkasblar! ✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining rasmiy takliflar boti
#диққат_эълон 📣 Hurmatli yurtdoshlar, qadrli hamkasblar! Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining rasmiy takliflar boti ish boshladi: @uzedu_taklif_bot ➖  Mazkur bot orqali tizim faoliyatiga doir o‘zingizni qiziqtirgan barcha taklif va mulohazalaringizni yuborishingiz mumkin. Barcha takliflar vazirlik mas’ul xodimlari tomonidan ko‘rib chiqiladi. 👉 Takliflar joriy yilning 25-iyuliga qadar qabul qilinadi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
Telegram                   🌐 Facebook 🌐 Youtube                     🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

Repost from Sevara Shakirova
Aziz ustozlar, hamkasblar va volontyorlar! 🖌 2026–2027-oʻquv yili uchun Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi ti
+6
Aziz ustozlar, hamkasblar va volontyorlar! 🖌 2026–2027-oʻquv yili uchun Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari muvaffaqiyatli yakunlandi. Minglab yoshlarning orzu va intilishlari sinovdan oʻtgan ushbu masʼuliyatli jarayonni yuksak saviyada tashkil etishda oʻz hissasini qoʻshgan har bir insonga samimiy minnatdorligimni bildiraman.
Avvalo, imtihonlarning adolatli, shaffof va tartibli oʻtishini taʼminlash yoʻlida fidoyilik bilan mehnat qilgan ustozlarimiz, pedagoglar, nazoratchilar, volontyor yoshlarimiz, Milliy gvardiya xodimlari, tez tibbiy yordam brigadalari, ichki ishlar organlari vakillari, shuningdek, ushbu jarayonda yaqindan hamkorlik qilgan barcha vazirlik, idora va tashkilotlar jamoalariga chin dildan tashakkur aytaman. Sizlarning masʼuliyatli mehnatingiz, fidoyiligingiz va hamjihatligingiz tufayli imtihonlar yurtimizning barcha hududlarida yuqori tashkiliy darajada oʻtkazildi.
🤝 Alohida minnatdorlik soʻzlarimni farzandlarini qoʻllab-quvvatlagan ota-onalarga hamda bilim va salohiyatiga ishonib, katta orzular bilan imtihonlarda qatnashgan barcha oʻquvchilarga ham yoʻllayman. Natija qanday boʻlishidan qatʼiy nazar, sizning bugungi mehnatingiz va intilishingiz ertangi muvaffaqiyatlaringiz uchun mustahkam poydevor boʻlib xizmat qiladi. ✅ Ishonchim komilki, bugungi hamjihatligimiz va birgalikdagi saʼy-harakatlarimiz yurtimiz taʼlim tizimini yanada rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va ularga munosib sharoit yaratish yoʻlidagi ezgu maqsadlarimizga xizmat qiladi. Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy farovonlik, kuch-gʻayrat va faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. ✅ Rasmiy sahifalar

#Imtihon_2026 🎓 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab va uning hududlardagi filiallariga kirish imtihonla
#Imtihon_2026 🎓 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab va uning hududlardagi filiallariga kirish imtihonlari 🇺🇿 Joriy yilning 4-iyul kuni respublika bo‘ylab Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab va uning hududlardagi filiallariga kirish imtihonlari o‘tkaziladi.
Imtihonlar quyidagi vaqtlarda tashkil etiladi: 🖱️ 1-smena — soat 8:00; 🖱️ 2-smena — soat 11:30; 🖱️ 3-smena — soat 17:00.
⏰ Talabgorlar hamda ularning ota-onalaridan kirish imtihonlari o‘tkaziladigan manzilga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat avval yetib kelishlari talab etiladi!
🖌 Imtihon quyidagi fanlardan o‘tkaziladi: 🖱️matematika30 ta topshiriq, shundan 10 tasi mantiqiy fikrlashga yoʻnaltirilgan; 🖱️ingliz tili15 ta topshiriq. ✅ Har bir talabgorga jami 45 ta test topshirig‘ini bajarishi uchun 105 daqiqa vaqt ajratiladi.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

#Imtihon_2026 🎓 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab va uning hududlardagi filiallariga kirish imtihonla
#Imtihon_2026 🎓 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab va uning hududlardagi filiallariga kirish imtihonlari 🇺🇿 Joriy yilning 4-iyul kuni respublika bo‘ylab Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab va uning hududlardagi filiallariga kirish imtihonlari o‘tkaziladi.
✅ Imtihonlar quyidagi vaqtlarda tashkil etiladi: 🖱️ 1-smena — soat 8:00; 🖱️ 2-smena — soat 11:30; 🖱️ 3-smena — soat 17:00.
⏰ Talabgorlar hamda ularning ota-onalaridan kirish imtihonlari o‘tkaziladigan manzilga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat avval yetib kelishlari talab etiladi!
🖌 Imtihon quyidagi fanlardan o‘tkaziladi: 🖱️matematika30 ta topshiriq, shundan 10 tasi mantiqiy fikrlashga yoʻnaltirilgan; 🖱️ingliz tili15 ta topshiriq. ✅ Har bir talabgorga jami 45 ta test topshirig‘ini bajarishi uchun 105 daqiqa vaqt ajratiladi.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

#qabul_2026 DIQQAT, E'LON! 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilg
#qabul_2026 DIQQAT, E'LON! 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktabining - 0 (tayyorlov guruhi) va 1-, 2-, 3-, 4-sinflar uchun qabul boshlandi! ✅ Hujjatlar qabuli joriy yilning 1-iyulidan 15-iyuliga qadar ariza.piima.uz platformasi orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi. ‼️ Muhim eslatma!
O'quvchilarning kichik yoshda ekanligini, ular uchun yotoqxona ko'zda tutilmaganligi, hamda ushbu o'quvchilar har kuni qatnab o'qishlarini inobatga olib, 2026/2027-o'quv yili uchun qabul jarayonlari faqat Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi fuqarolarning farzandlari uchun amal qiladi.
☎️ Qo‘shimcha ma'lumot uchun: 1206 qisqa raqamli Call-markazga murojaat qilishingiz mumkin.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

Hurmatli ota-onalar! 🖌 Maktabgacha tayyorlov guruhiga yoki 1, 2, 3, 4-sinfga topshirmoqchimisiz? 📌 Toshkent shahrida joylashgan xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktabning tayyorlov guruhiga hujjat topshirish jarayoni bilan tanishing. Avvalo, ariza.piima.uz saytiga kiring. Ota yoki onaning shaxsiy ma’lumotlari va telefon raqamini kiriting. SMS-xabarnoma ana shu raqamga yuboriladi. ✅ “Ariza yaratish” oynasida farzandingizning ma’lumotlarini kiritish uchun “Farzand qo‘shish” tugmasini bosing. Farzandingizning yoshini tanlang — “Maktabgacha yoshdagi” yoki “1, 2, 3, 4-sinf”ni belgilang.
❗️DIQQAT! Agar farzandingizni 1-sinfga ro‘yxatdan o‘tkazayotgan bo‘lsangiz, avvalo uni yashash hududingiz bo‘yicha biriktirilgan umum ta'lim maktabining 1-sinfiga yoki xususiy maktabga ro‘yxatdan o‘tkazgan bo‘lishingiz shart. Shundan keyingina xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktabga ariza topshirishingiz mumkin.
✅ Shundan so‘ng farzandingizning ma’lumotlarini kiritib, “Qidirish” tugmasini bosing. Tizimdan farzandingizning raqamli ma’lumotlari topilgach, “Farzand qo‘shish” tugmasini bosing. Endi farzandingizning ma’lumotlari arizaga asos qilib olinadi. ✅“Davom etish” tugmasi orqali keyingi oynaga o‘ting. Bu yerda “Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab”ni tanlang. ✅Yana “Davom etish” tugmasini bosing. Endi farzandingizning fotosuratini yuklang. Bu surat imtihon jarayonida farzandingizni aniqlash uchun xizmat qiladi. ✅ Keyingi oynada Siz kiritgan ma’lumotlar asosida ariza shakllanadi. Barcha ma’lumotlarni diqqat bilan tekshiring. Agar hammasi to‘g‘ri bo‘lsa, “Tasdiqlash” tugmasini bosing. ✨ Tabriklaymiz! Arizangiz qabul qilindi. Ariza raqami SMS-xabarnoma orqali yuboriladi. Biz 24 soat ichida arizangizni ko‘rib chiqamiz va tasdiqlaymiz. ☎️ Agar savollaringiz bo‘lsa, 1206 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.

#qabul_2026 🔴 Diqqat! Hurmatli ota-onalar! 🖌 2026/2027-o‘quv yili uchun: 🖱️ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtiril
#qabul_2026 🔴 Diqqat! Hurmatli ota-onalar! 🖌 2026/2027-o‘quv yili uchun: 🖱️ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab va uning hududlardagi filiallariga 5-, 6-, 7-, 8-, 9- va 10-sinflarga kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun ruxsatnomalar arizachilarning ariza.piima.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga joylashtirildi! 🎓 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab va uning hududlardagi filiallariga hujjat topshirgan talabgorlardan ruxsatnomani ariza.piima.uz orqali yuklab olishingizni so‘raymiz.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor