en
Feedback
Hazorasp tumani ixtisoslashtirilgan maktabi

Hazorasp tumani ixtisoslashtirilgan maktabi

Open in Telegram

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Hazorasp ixtisoslashtirilgan maktabining telegram kanali

Show more
832
Subscribers
-124 hours
+17 days
-3130 days
Posts Archive
#imtihon_natijalari #Qabul_2026 Xiva shahridagi Prezident maktabi 2-bosqich imtihonlari natijalari. 🌐 Telegram

#imtihon_natijalari_2026 🎓 PREZIDENT MAKTABLARINING ASOSIY IMTIHON NATIJALARI E’LON QILINMOQDA! ✔️ Joriy yilning 17-iyul kun
#imtihon_natijalari_2026 🎓 PREZIDENT MAKTABLARINING ASOSIY IMTIHON NATIJALARI E’LON QILINMOQDA! ✔️ Joriy yilning 17-iyul kuni o‘tkazilgan Prezident maktablariga kirish imtihonlarining asosiy natijalari Cambridge Assessment International Education xalqaro ta’lim tashkiloti tomonidan e’lon qilinmoqda. Talabgorlar o‘z natijalari bilan Cambridge Assessment International Education tashkilotining rasmiy veb-sahifasi orqali tanishishlari mumkin: https://www.cambridgeinternational.org/presidential-schools-results-J26/ Shuningdek, imtihon natijalarini Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining rasmiy platformasi orqali ham ko‘rish mumkin: ariza.piima.uz — Prezident maktablari imtihon natijalari
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal Direktor

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga tashrif buyuradi. Davlatimiz rahbari hududda sanoat, ta’lim, transport,
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga tashrif buyuradi. Davlatimiz rahbari hududda sanoat, ta’lim, transport, turizm va boshqa sohalarda amalga oshirilayotgan yangi loyihalar hamda yaratilgan infratuzilma bilan tanishadi. Shuningdek, bir qator yangi loyihalarni ishga tushirish va qurilishiga start berish rejalashtirilgan. Tashrif doirasida ertaga, 18-avgust kuni tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqot bo‘lib o‘tadi. — Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит Хорезмскую область. Глава нашего государства ознакомится с новыми проектами и созданной инфраструктурой в сферах промышленности, образования, транспорта, туризма и других. Планируется также введение в строй и запуск строительства ряда новых проектов. В рамках поездки завтра, 18 августа состоится очередной открытый диалог с предпринимателями. Facebook|Instagram|X

Repost from TRM - Rasmiy kanal
#diqqat_tanlov 📢 “Bolalar uchun eng yaxshi badiiy asar” respublika ijodiy tanlovi e’lon qilinadi! Ta’limni rivojlantirish re
#diqqat_tanlov 📢 “Bolalar uchun eng yaxshi badiiy asar” respublika ijodiy tanlovi e’lon qilinadi! Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamkorligida bolalar va o‘smirlar uchun mazmunan boy, tarbiyaviy ahamiyatga ega, zamonaviy va qiziqarli badiiy asarlar yaratishni rag‘batlantirish maqsadida “Bolalar uchun eng yaxshi badiiy asar” respublika ijodiy tanlovi tashkil etilmoqda.
📚 Badiiy asarlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qabul qilinadi: — Oila va insoniy qadriyatlar; — Vatan, mahalla va jamiyat; — Ustoz, maktab va ta’lim; — Tabiat, texnologiya va kelajak; — Orzular va kelajakdagi kasblar.
Tanlov uchun 6–10, 11–14 hamda 15–17 yoshdagi bolalar va o‘smirlarga mo‘ljallangan badiiy asarlar taqdim etilishi mumkin.
🏆 G‘oliblar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
Eng yaxshi deb topilgan asarlar esa maxsus to‘plam shaklida nashr etiladi. 📌 Batafsil shartlar, asarlarni taqdim etish tartibi va muddatlari tez orada e’lon qilinadi. 📤 Tanlov uchun ijodiy ishlarni yuborish: @trm_hikoya_yuborish_bot ☎️ +998 55 519-02-02 Balki bolalar kutayotgan eng yaxshi badiiy asarni aynan siz yozarsiz. Bolalarimiz eng yaxshi asarlarga munosib! 🔹 Telegram 🔹 Instagram 🔹 Facebook 🔹 X (Twitter) 🔹 YouTube 🔹 Trm.uz

XORAZMDA YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK JARAYONLARI O‘RGANILDI 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktor
+9
XORAZMDA YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK JARAYONLARI O‘RGANILDI 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova Xorazm viloyatidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati bilan tanishdi. ✅ Tashrif davomida o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, shuningdek, Urganch shahrida yangidan tashkil etilayotgan muhandislik maktabi faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ishlar ko‘zdan kechirildi. ✅ Davlat dasturi doirasida qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilayotgan maktablardagi jarayonlar ham o‘rganilib, mavjud muammolarni bartaraf etish va ishlarni o‘z vaqtida yakunlash yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, pedagoglar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning takliflari tinglandi hamda ta’lim sifatini oshirish va o‘quvchilar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal Direktor

DIQQAT TANLOV! 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda mavjud vakant
DIQQAT TANLOV! 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda mavjud vakant direktor o‘rinbosari lavozimlariga tanlovning birinchi bosqichi o‘tkaziladi Yangi tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan maktablarda o‘quv ishlari hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimlariga hujjat topshirgan nomzodlar uchun tanlovning birinchi bosqichi — hududiy saralash jarayonlari o‘tkaziladi. Tanlovning birinchi bosqichi quyidagi muddatlarda tashkil etiladi: 👉🏻 O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimiga — 2026-yil 10–11-avgust kunlari; 👉🏻 Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimiga — 2026-yil 12–13-avgust kunlari.
Mazkur bosqich Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tanlov komissiyasi hamda hududiy ishchi guruhlar tomonidan belgilangan tartib asosida o‘tkaziladi.
✔️ Birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar tanlovning keyingi bosqichi — asosiy suhbatga tavsiya etiladi. Suhbat savollari Agentlik tanlov komissiyasi tomonidan oldindan tayyorlanib, maxsus himoyalangan paketlarda, muhrlangan konvertlar ko‘rinishida hududlarga yetkaziladi. ✔️ Konvertlar nomzodlar ishtirokida ochiladi. Suhbat jarayonlari ochiqlik, shaffoflik, xolislik va teng imkoniyatlar tamoyillari asosida tashkil etiladi.
Tanlov nizomiga muvofiq, har bir vakant direktor o‘rinbosari lavozimi uchun eng munosib 3 nafargacha nomzod tanlovning ikkinchi bosqichi — asosiy suhbatga tavsiya etilishi mumkin.
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tanlov jarayonlarining ochiq, shaffof, xolis va adolatli o‘tkazilishini ta’minlaydi.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal Direktor

#diqqat_tanlov 💠 “Dolzarb 90 kun” onlayn viktorinasi qatnashib, qimmatbaho sovg‘alar yutib oling! 🔹Viktorinada tyutorlar, t
#diqqat_tanlov 💠 “Dolzarb 90 kun” onlayn viktorinasi qatnashib, qimmatbaho sovg‘alar yutib oling! 🔹Viktorinada tyutorlar, talabalar, o‘quvchilar, ustozlar, qisqasi barcha O‘zbekiston fuqarolari qatnashishi mumkin.
G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi:
🏆GranPri (1 nafar) – Planshet 17 Pro Max; 🥇1-o‘rin (2 nafar) – RGB Smart Google; 🥈2-o‘rin (3 nafar) – Smartwatch Ultra 3; 🥉3-o‘rin (4 nafar) – Quloqchin. ✅ Viktorinada g‘oliblar test va referal bo‘yicha alohida aniqlanadi. ✅ Faol qatnashganlarga QR kodli elektron sertifikat beriladi. Batafsil ma’lumot olish👇 https://t.me/bilimtanlovbot?start=88371447

#diqqat_tanlov 💠 “Dolzarb 90 kun” onlayn viktorinasi qatnashib, qimmatbaho sovg‘alar yutib oling! 🔹Viktorinada tyutorlar, t
#diqqat_tanlov 💠 “Dolzarb 90 kun” onlayn viktorinasi qatnashib, qimmatbaho sovg‘alar yutib oling! 🔹Viktorinada tyutorlar, talabalar, o‘quvchilar, ustozlar, qisqasi barcha O‘zbekiston fuqarolari qatnashishi mumkin.
G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi:
🏆GranPri (1 nafar) – Planshet 17 Pro Max; 🥇1-o‘rin (2 nafar) – RGB Smart Google; 🥈2-o‘rin (3 nafar) – Smartwatch Ultra 3; 🥉3-o‘rin (4 nafar) – Quloqchin. ✅ Viktorinada g‘oliblar test va referal bo‘yicha alohida aniqlanadi. ✅ Faol qatnashganlarga QR kodli elektron sertifikat beriladi. Batafsil ma’lumot olish👇 https://t.me/bilimtanlovbot?start=88371447

#Anons 🔥 “Qovun Sayli - 2026” festivaliga marhamat!
Ko‘hna obidalar, buyuk tarix, sharqona nafosat va betakror ta’m uyg‘unlashgan afsonaviy Xiva sizni chorlaydi! Joriy yilning 7-8-9-avgust kunlari Xiva shahrida milliy qadriyatlar, gastronomik madaniyat va san’atni birlashtiruvchi an’anaviy “Qovun sayli” festivali bo‘lib o‘tadi. Festival dasturidan: — Xorazmning mashhur va xushbo‘y qovunlari ko‘rgazmasi; — Milliy taomlar taqdimoti; — Xalq hunarmandchiligi; namunalari; — Teatrlashtirilgan tomoshalar; — Milliy kuy-qo‘shiqlar va raqslar; — Ko‘ngilochar dasturlar o‘rin olgan. Festivalning ochilish va yopilish marosimlarida: 7-avgust Gulsanam Mamazaitova, Yulduz Turdiyeva, Xulkar Abdullayeva, G'ulomjon Yakubov, Og'abek Sobirov, Xorazm yulduzlari. 8-avgust DJ Makarella, MakSim. 9-avgust Botir Qodirov, Ziyoda Qobulova, Og'abek Sobirov, Xorazm yulduzlari. Tadbirni Davron Qobulov va Husnora Shodiyeva olib boradi.
TelegramInstagramFacebookVeb-sayt | YouTube | Mediabank

📢 DIQQAT, E'LON! Pedagog xodimlarni ishga qabul qilish tanlovining 3-bosqichi — suhbat jarayonlari o‘tkaziladi. 🎓 2026-yil
📢 DIQQAT, E'LON! Pedagog xodimlarni ishga qabul qilish tanlovining 3-bosqichi — suhbat jarayonlari o‘tkaziladi. 🎓 2026-yil 6–7-avgust kunlari Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni ishga qabul qilish tanlovining 3-bosqichi — suhbat hududlar va fanlar kesimida bo‘lib o‘tadi. Suhbat davomida nomzodlarning: ✅ kasbiy bilim va ko‘nikmalari; ✅ pedagogik mahorati; ✅ muloqot madaniyati; ✅ psixologik tayyorgarligi; ✅ egallashi rejalashtirilgan lavozimga mos kompetensiyalari baholanadi. Baholash tartibi: ✅ har bir bilet 4 ta savoldan iborat; ✅ maksimal ball — 100; ✅ zaruratga ko‘ra, suhbat komissiyasi tomonidan qo‘shimcha savollar berilishi mumkin.
Suhbat bosqichida har bir vakant o‘rin uchun test natijalariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan 3 nafar nomzod ishtirok etadi.
⚠️ Eslatma: Test bosqichida to‘plangan ballar suhbat natijalariga qo‘shilmaydi. Biroq yakuniy natijada ballar teng bo‘lgan taqdirda, ustunlik test bosqichida yuqoriroq ball to‘plagan nomzodga beriladi.
Suhbatga taklif etilgan nomzodlarga ta’lim muassasasi tomonidan vacancy.piima.uz platformasida ro‘yxatdan o‘tilgan mobil telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilinadi hamda SMS-xabarnoma yuboriladi.
✅Fanlar va hududlar kesimidagi suhbatlar jadvali ilova qilinadi. ✅Barcha nomzodlarga omad va muvaffaqiyat tilaymiz!
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal Direktor

📢 DIQQAT, E'LON! Pedagog xodimlarni ishga qabul qilish tanlovining 3-bosqichi — suhbat jarayonlari o‘tkaziladi. 🎓 2026-yil
📢 DIQQAT, E'LON! Pedagog xodimlarni ishga qabul qilish tanlovining 3-bosqichi — suhbat jarayonlari o‘tkaziladi. 🎓 2026-yil 6–7-avgust kunlari Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni ishga qabul qilish tanlovining 3-bosqichi — suhbat hududlar va fanlar kesimida bo‘lib o‘tadi. Suhbat davomida nomzodlarning: ✅ kasbiy bilim va ko‘nikmalari; ✅ pedagogik mahorati; ✅ muloqot madaniyati; ✅ psixologik tayyorgarligi; ✅ egallashi rejalashtirilgan lavozimga mos kompetensiyalari baholanadi. Baholash tartibi: ✅ har bir bilet 4 ta savoldan iborat; ✅ maksimal ball — 100; ✅ zaruratga ko‘ra, suhbat komissiyasi tomonidan qo‘shimcha savollar berilishi mumkin.
Suhbat bosqichida har bir vakant o‘rin uchun test natijalariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan 3 nafar nomzod ishtirok etadi.
⚠️ Eslatma: Test bosqichida to‘plangan ballar suhbat natijalariga qo‘shilmaydi. Biroq yakuniy natijada ballar teng bo‘lgan taqdirda, ustunlik test bosqichida yuqoriroq ball to‘plagan nomzodga beriladi.
Suhbatga taklif etilgan nomzodlarga ta’lim muassasasi tomonidan vacancy.piima.uz platformasida ro‘yxatdan o‘tilgan mobil telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilinadi hamda SMS-xabarnoma yuboriladi.
✅Fanlar va hududlar kesimidagi suhbatlar jadvali ilova qilinadi. ✅Barcha nomzodlarga omad va muvaffaqiyat tilaymiz!
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal Direktor

🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida yangi avlod darsliklari muhokama qilindi. 📖 Agentlik ilmiy-metodik ke
+3
🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida yangi avlod darsliklari muhokama qilindi. 📖 Agentlik ilmiy-metodik kengashining navbatdagi yig‘ilishida nufuzli oliy ta’lim muassasalari olimlari, amaliyotchi pedagoglar hamda darslik mualliflari ishtirok etdi. Yig‘ilish davomida Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar uchun tayyorlangan 8-sinf algebra va geometriya darsliklari, Cambridge University Press hamkorligida ishlab chiqilgan 9-sinf fizika va biologiya darslik majmualari hamda 7-sinf kimyo fani o‘qituvchisi kitobining o‘zbek tiliga mahalliylashtirilgan nashrlari atroflicha ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab va Farmatsevtika texnika universiteti hamkorligida integratsiyalashgan ta’lim dasturlarini joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Darslik mualliflari o‘z taqdimotlarini namoyish etdi, ekspertlar tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar muhokama qilindi. Oliy ta’lim muassasalari hamda Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar mutaxassislarining ijobiy xulosalari asosida mazkur darsliklarni nashrga tavsiya etish bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal Direktor

🟢 Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Хamro Bektemirovning kiberjinoyatchilikka qarshi ogohl
🟢 Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Хamro Bektemirovning kiberjinoyatchilikka qarshi ogohlikka chorlovchi murojaati Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar, aziz ota-onalar va qadrli yurtdoshlar! Bugun axborot texnologiyalari hayotimizning ajralmas qismiga aylangan bir davrda kiberxavfsizlik masalasi har birimiz uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda. Afsuski, internet tarmog‘i va ijtimoiy platformalar orqali turli firibgarlik, shaxsiy ma'lumotlarni qo‘lga kiritish, soxta havolalar va aldov yo‘llari bilan fuqarolarga moddiy hamda ma'naviy zarar yetkazish holatlari ko‘paymoqda. Ayniqsa, ta'lim sohasi xodimlari, o‘quvchilar va ularning ota-onalari ham bunday kiberjinoyatchilarning nishonlaridan biriga aylanmoqda. Shu munosabat bilan barchangizni quyidagi qoidalarga qat'iy amal qilishga chaqiraman: 🔘bank kartasi raqami, amal qilish muddati, CVV kodi, SMS orqali kelgan tasdiqlash kodlari hamda parollarni hech kimga aytmang; 🔘notanish manbalardan yuborilgan havolalarni ochmang va shubhali dasturlarni telefon yoki kompyuteringizga o‘rnatmang; 🔘ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan sovrinlar, imtiyozlar yoki oson daromad haqidagi soxta e'lonlarga ishonmang; 🔘barcha akkauntlaringizda murakkab parollardan hamda ikki bosqichli himoya (2FA) tizimidan foydalaning; 🔘farzandlaringizning internetdan foydalanish madaniyatiga e'tibor qaratib, ular bilan kiberxavfsizlik qoidalari haqida muntazam suhbatlar o‘tkazing. Aziz yoshlar! Internetdan bilim olish, izlanish va yangiliklardan xabardor bo‘lish maqsadida foydalaning. Vaqtingizni befoyda axborotlar, shubhali o‘yinlar yoki turli aldovlarga sarflamang. Har qanday ma'lumotni ishonchli manbalar orqali tekshirishni odat qiling. Hurmatli ota-onalar! Farzandlarimizni raqamli makonda ham himoya qilish — bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biridir. Ularning internetdagi faolligiga befarq bo‘lmang, xavfsizlik qoidalarini birgalikda o‘rganing. Unutmang, kiberjinoyatchilar insonlarning ishonuvchanligi va e'tiborsizligidan foydalanadi. Ogohlik va hushyorlik esa eng ishonchli himoyadir. Keling, birgalikda raqamli makonda xavfsiz muhitni shakllantiraylik, farzandlarimiz kelajagini asraylik. E'tiboringiz uchun rahmat! Boshqarmaning rasmiy sahifalariga  ulanishTelegram 📹YoutubeFacebook 🌐Instagram 🌐Veb sayt

#imtihon_natijalari_2026 🔴 DIQQAT! HURMATLI OTA-ONALAR VA TALABGORLAR! 🎓 Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-intern
#imtihon_natijalari_2026 🔴 DIQQAT! HURMATLI OTA-ONALAR VA TALABGORLAR! 🎓 Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatga kirish imtihonlari natijalari e'lon qilindi! ✅ Joriy yilning 26-iyun kuni o‘tkazilgan Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatning 5-, 6- va 7-sinflariga kirish imtihonlari natijalari Cambridge Assessment International Education tashkiloti tomonidan e'lon qilindi. 🖱️ Imtihon natijalari bilan Cambridge Assessment International Education tashkilotining rasmiy veb-sahifasi orqali tanishishingiz mumkin: https://www.cambridgeinternational.org/language-school-results-J26/
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

#apellatsiya_2026 🔴 APELLATSIYAGA ARIZALAR QUYIDAGI TARTIBDA JORIY YILNING 28, 29 VA 30-IYUL KUNLARI QABUL QILINADI. 🖱️ Tay
#apellatsiya_2026 🔴 APELLATSIYAGA ARIZALAR QUYIDAGI TARTIBDA JORIY YILNING 28, 29 VA 30-IYUL KUNLARI QABUL QILINADI. 🖱️ Tayanch va hududiy ixtisoslashtirilgan hamda ijod maktablari kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan talabgorlar apellatsiya komissiyasiga ariza bilan murojaat etishga haqli. 🖱️ Apellatsiya komissiyasi o‘quvchilarning murojaatini 10 kun muddatda ko‘rib chiqadi. 🖱️ Apellatsiya bo‘yicha kelib tushgan arizalar murojaatchilarning o‘z hududlarida ko‘rib chiqiladi. 🖌 Apellatsiya arizalarini maktablar kesimida ariza.piima.uz sayti orqali shaxsiy kabinetdan yuborishingiz mumkin.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal Direktor

#imtihon_natijalari_2026 📌 Toshkent shahridagi Abu Ali ibn Sino, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablar
#imtihon_natijalari_2026 📌 Toshkent shahridagi Abu Ali ibn Sino, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablar hamda ularning hududlardagi filiallari, shuningdek, Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan va joriy yilda tashkil etilgan Muhandislik maktablariga 2026–2027-o‘quv yili uchun kirish imtihonlari natijalari e’lon qilinmoqda! Imtihon natijalarini quyidagi havolalar orqali bilishingiz mumkin: 🟢 https://my.gov.uz/uz/service/1095 🟢 https://ariza.piima.uz
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

📢DIQQAT, HURMATLI NOMZODLAR! Rahbar xodimlar tanlovi davom etmoqda 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’li
📢DIQQAT, HURMATLI NOMZODLAR! Rahbar xodimlar tanlovi davom etmoqda 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 8-iyuldagi 245-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizom talablariga muvofiq, yangidan tashkil etilayotgan muhandislik hamda hududiy ixtisoslashtirilgan maktablar direktorlari lavozimiga tanlov davom etmoqda. 🟢 Hududiy (saralash) bosqichi: 🟢 2026-yil 3–4-avgust 🟢 2-bosqich (asosiy suhbat): 🟢 2026-yil 6–7-avgust
Tanlovlar Agentligi tanlov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida tashkil etiladi.
Tanlov bosqichlari: 1-bosqich – Hududiy saralash Nomzodlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar ishchi guruh tomonidan o‘rganiladi. Malaka talablariga javob bergan hamda suhbat natijasiga ko‘ra eng yuqori natija qayd etgan 3 nafar nomzod keyingi bosqichga tavsiya etiladi. 2-bosqich – Asosiy suhbat Hududiy saralashdan o‘tgan 3 nafar nomzod bilan tanlov komissiyasi tomonidan savol-javob shaklida suhbat o‘tkaziladi. 💻 Suhbat videokonferensaloqa (onlayn) yoki an’anaviy (oflayn) shaklda tashkil etilishi mumkin. ⚠️ Eslatma! Suhbat bosqichida ishtirok etmagan nomzodlar uchun qo‘shimcha suhbat o‘tkazilmaydi.
Hududlar kesimidagi suhbat sanalari va ta’lim muassasalari ro‘yxati tasdiqlangan reja-grafik asosida belgilanadi.
Barcha nomzodlarga tanlov jarayonida muvaffaqiyat va omad tilaymiz!
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

#imtihon_natijalari_2026 📌 Hududiy ixtisoslashtirilgan maktablarining kirish imtihoni natijalari e’lon qilinmoqda! Imtihon n
#imtihon_natijalari_2026 📌 Hududiy ixtisoslashtirilgan maktablarining kirish imtihoni natijalari e’lon qilinmoqda! Imtihon natijalarini quyidagi havolalar orqali bilishingiz mumkin: 🟢 https://my.gov.uz/uz/service/1095 🟢 https://ariza.piima.uz
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

Repost from Xorazm.uz
#MillatOtasi ⚡️Strategik kuch — 2026 🇺🇿Mamlakatimizning ertangi qiyofasi yoshlarimizning bugungi intilishlariga bog‘liq. Ular Vatan taraqqiyotining eng ishonchli strategik kuchi hisoblanadi. An’anaga aylangan “Strategik kuch” hujjatli filmida bu yil ham yurtimizning eng shijoatli va yorqin qahramonlari bilan yuzlashamiz! Filmda joriy yilda yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalangan, katta mas’uliyatni o‘z zimmasiga olib, yurt ravnaqi yo‘lida izchil harakat qilayotgan iqtidorli yigit-qizlarning hayot yo‘li va erishgan natijalari yoritiladi. Premyerani bugun, 24-iyul kuni: 📹 9:20 da“O‘zbekiston 24”; 📹 10:50 da “Mening yurtim”; 📹 15:10 va 20:30 da“Yoshlar”; 📹 18:30 da “Toshkent”; 📹 18:00 da “Renessans” hamda hududiy telekanallarda tomosha qilishingiz mumkin! Xorazm.uz | Facebook | Telegram | Instagram| Youtube