Uzoqov G'ulom Norboyevich
Open in Telegram
Qarshi davlat texnika universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor Uzoqov G'ulom Norboyevich Murojaat uchun @prorektor_uzakov_bot
Show more397
Subscribers
-124 hours
No data7 days
-130 days
Posts Archive
Repost from OAK himoya e'lonlari | RASMIY
To‘xliev Mansur Maxmudovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
📘 Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): "Past potensialli quyosh quritish qurilmasining energiya samaradorligini oshirish", 05.05.06-"Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari" ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2022.4.PhD/T3331
Ilmiy rahbar: Uzoqov G‘ulom Norboevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat texnika universiteti, PhD. 03/2025.28.11.T.17.01. raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Iskandarov Zafar Samandarovich texnika fanlari doktori, professor: Qodirov Jobir Ro‘zimamatovich texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat texnika universiteti
Dissertatsiya ishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
🗓 23.07.2026 yil.
📎 Batafsil
📢 @dissertatsiya_himoyasi_elonlari
Repost from OAK himoya e'lonlari | RASMIY
Quziev Olmosbek Anvar o‘g‘lining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
📘 Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): "Ko‘p funksiyali kombinatsiyalashgan geliotexnik qurilmaning issiqlik-texnik parametrlarini asoslash", 05.05.06-"Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari" ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/T6525
Ilmiy rahbar: Uzakov Gulom Norboevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat texnika universiteti, PhD. 03/2025.28.11.T.17.01. raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Axatov Jasurjon Sayidovich, texnika fanlari doktori, professor; Novik Andrey Vladimirovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya ishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
🗓 23.07.2026 yil.
📎 Batafsil
📢 @dissertatsiya_himoyasi_elonlari
Repost from Edu.uz
🚀 “Inno lab” akseleratsiya dasturiga arizalar qabuli davom etmoqdaSizda ilmiy g‘oya, innovatsion loyiha yoki startap tashabbusi bormi? Endi uni rivojlantirish uchun yangi imkoniyat! 📌 Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha arizalar qabul qilinmoqda: 🔬 Biotexnologiya 🧬 Biomuhandislik 💻 Ilm-fandagi raqamli texnologiyalar ⚗️Kimyo va yangi materiallar 💊 Tibbiyot va farmatsevtika 🌱 Qishloq xo‘jaligi texnologiyalari 🍎 Oziq-ovqat texnologiyalari ✔️Ishtirok etish mutlaqo bepul ✔️ Mentorlar va ekspertlar ko‘magi ✔️ Loyihalarni rivojlantirish imkoniyati ✔️ Zamonaviy laboratoriyalardan foydalanish imkoniyati ✔️ INNOTEXNOPARK kovorking maydonida ishlash ✔️ Investorlar va sanoat vakillari bilan uchrashuvlar 📅 Arizalar 2026-yil 15-avgustga qadar qabul qilinadi. Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Innovatsion rivojlanish agentligi
🟦🟦🟦🟦🟦
Amalda davom etayotgan tanlovlar:
📥 “EcoStatPro” amaliy tadqiqot loyihalari tanlov
Muddat: 20.07.2026
📥 Ilmiy tadqiqotlar natijasida yaratilgan ishlanmalar asosida yangi texnologiyalar
Muddat: 21.07.2026
📥“Maqsadli fundamental” tadqiqotlar tanlovi
Muddat: 22.07.2026
📥“Maqsadli amaliy” tadqiqot loyihalari tanlovi
Muddat: 23.07.2026
📥“Bo‘lajak olim” ilmiy g‘oyalar tanlovi
Muddat: 25.07.2026
📥 Yosh olimlarni Koreya Respublikasining Sejong universitetiga qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga yuborish bo‘yicha maqsadli tanlov
Muddat: 30.07.2026
📥Yosh olimlarni Germaniyaning Freiburg konchilik va texnologiyalar universitetiga qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga yuborish bo‘yicha maqsadli tanlov
Muddat: 30.07.2026
📥 “Singapur–O‘zbekiston kelajak ilm-fan yetakchilari dasturi” doirasida qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga yuborish bo‘yicha maqsadli tanlov
Muddat: 30.07.2026
📥Yosh olimlarni AQShning "Texas A&M" Universitetiga "(Xalqaro qishloq xo‘jaligi va rivojlanish bo‘yicha Norman Borlaug instituti) qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga yuborish bo‘yicha maqsadli tanlov
Muddat: 30.07.2026
📥Baku oliy neft maktabida qisqa muddatli ilmiy stajirovka o‘tang
Muddat: 30.07.2026
Bizni kuzatingWeb-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
Repost from President Tech Award
🏆 President Tech Award 2026 uchun ro‘yxatdan o‘ting!
O‘zbekistonning eng istiqbolli startaplari uchun navbatdagi cheksiz imkoniyatlar eshigi ochildi.
🚀 Umumiy mukofot jamg‘armasi — $5 million.
Tanlov inkubatsiya, akseleratsiya va eng yaxshi startap loyihalari yo‘nalishlarini qamrab olib, g‘oliblarga grantlar, investitsiyalar hamda tajribali mentorlar bilan ishlash imkoniyatini taqdim etadi.Ishtirokchilar quyidagi dasturlarda qatnashishlari mumkin:
🔹 Inkubatsiya (Idea va MVP) 🔹 Akseleratsiya (Pre-seed va Seed ) 🔹 Best Startup Project (Seed va Series A)✅ Tez orada har bir dasturni birma bir ko'rib chiqamiz. Ishtirok etish uchun yosh bo‘yicha cheklov yo‘q.
📌 Arizalar qabuli: Inkubatsiya dasturi - 10 Avgust Akseleratsiya dasturi - 10 Avgust Best Startup Project - 31 AvgustArizangizni hoziroq awards.gov.uz orqali topshiring va keyingi muvaffaqiyat hikoyasining bir qismiga aylaning. @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Repost from Innovatsion rivojlanish agentligi
⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️
2027-yil uchun ustuvor yo‘nalishlarga oid ixtisosliklar ro‘yxati qayta tasdiqlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi PF–98-son Farmoniga muvofiq hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 1-iyuldagi 267-son buyrug‘i asosida ilmiy kadrlar tayyorlashning ustuvor yo‘nalishlariga oid ixtisosliklar ro‘yxati tasdiqlandi.
Yangilangan ro‘yxatga ilmiy kadrlar tayyorlashning 7 ta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha jami 193 ta ixtisoslik kiritilgan bo‘lib, mazkur ixtisosliklar 2027-yildan boshlab tayanch doktorantura, doktorantura hamda mustaqil izlanuvchilik institutlariga qabul jarayonlarida ustuvor yo‘nalishlar sifatida qo‘llaniladi.
Eslatib o‘tamiz, 2027-yildan boshlab ustuvor yo‘nalishlarga oid ixtisosliklar bo‘yicha tayanch doktorantura va doktoranturaga qabul qilingan doktorantlarga stipendiya 1,7 baravar oshirilgan miqdorda to‘lanadi.
Bizni kuzatingWeb-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
Repost from Innovatsion rivojlanish agentligi
⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️
2027-yil uchun ustuvor yo‘nalishlarga oid ixtisosliklar ro‘yxati qayta tasdiqlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi PF–98-son Farmoniga muvofiq hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 1-iyuldagi 267-son buyrug‘i asosida ilmiy kadrlar tayyorlashning ustuvor yo‘nalishlariga oid ixtisosliklar ro‘yxati tasdiqlandi.
Yangilangan ro‘yxatga ilmiy kadrlar tayyorlashning 7 ta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha jami 193 ta ixtisoslik kiritilgan bo‘lib, mazkur ixtisosliklar 2027-yildan boshlab tayanch doktorantura, doktorantura hamda mustaqil izlanuvchilik institutlariga qabul jarayonlarida ustuvor yo‘nalishlar sifatida qo‘llaniladi.
Eslatib o‘tamiz, 2027-yildan boshlab ustuvor yo‘nalishlarga oid ixtisosliklar bo‘yicha tayanch doktorantura va doktoranturaga qabul qilingan doktorantlarga stipendiya 1,7 baravar oshirilgan miqdorda to‘lanadi.
Bizni kuzatingWeb-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
Repost from President Tech Award
🥇 President Tech Award - katta orzular uchun katta maydon
2026-yilda President Tech Award yangi bosqichga chiqmoqda. Ilk bor tanlovning umumiy mukofot jamg‘armasi $5 000 000 ni tashkil etadi.
Bu shunchaki mukofot emas.
Bu — O‘zbekiston startup ekotizimi uchun yangi davr.
Eng yaxshi texnologik loyihalar.
Eng kuchli founderlar.
Eng yirik mukofot.
Tayyormisiz?
👉 awards.gov.uz orqali arizangizni topshiring va President Tech Award 2026 g‘oliblari safidan joy oling.
@startupbaseuz
RU|EN
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Repost from Edu.uz
❗️Magistraturaga qabul boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun davlat OTTlarining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy my.edu.uz platformasi orqali 1–30-iyul kunlari davom etadi.
Magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda til bilishning tegishli darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.
📝 Onlayn ariza topshirish uchun talab etiladigan hujjatlar:
▪️Bakalavr diplomi;
▪️Chet tilini bilish sertifikati.
📋 Magistraturaga kirish uchun talab etiladigan chet tili sertifikatlarining mutaxassisliklar kesimida ro‘yxati.
❌ Quyidagi talabgorlardan chet tilini bilish sertifikati talab etilmaydi:
1. Prezident va nomli davlat stipendiyalari sohiblari, davlat mukofoti sovrindorlari hamda respublika fan olimpiadalari g‘oliblari;
2. Nogironlik ma’lumotnomasi mavjud (ko‘rish, eshitish va nutqida nuqsoni bo‘lgan shaxslar);
3. Bakalavriat ta’lim dasturini xorijiy tilda tamomlagan bitiruvchilar.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Innovatsion rivojlanish agentligi
#diqqat_tanlov
❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️
“Maqsadli amaliy” tadqiqot loyihalari tanlovi e’lon qilinadi!
Ilmiy faoliyatga oid davlat maqsadli dasturlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlari va kompleks chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash maqsadida amaliy tadqiqotlar tanlovi boshlandi.
🔸 Tanlov yo‘nalishlari: - Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi fanlari; - Texnika fanlari; - Farmakologiya va farmatsevtika fanlari; - Iqtisodiyot fanlari; - Yer to‘g‘risidagi fanlar. 🔸 Tanlov ishtirokchilariga qo‘yiladigan asosiy talablar: - Ilmiy faoliyat asosiy faoliyat turiga kiradigan tashkilotlar ishtirok etishi shart; - Loyiha rahbari tanlovga faqat 1 ta loyiha taqdim etishi mumkin; - Bir vaqtning o‘zida boshqa amaliy loyihaga rahbarlik qilishga yo‘l qo‘yilmaydi; - Ilmiy jamoaning o‘rtacha yoshi 45 yoshdan oshmasligi tavsiya etiladi; - Bajarish muddati: 2 yilgacha; - Tegishli vazirlik va idoralarning qo‘llab-quvvatlash xati mavjud bo‘lishi shart.🔸 Shartlar: - Loyihalar loyiha.ilmiy.uz platformasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi; - Murojaat uchun: 2026-yil 23-iyundan 23-iyulgacha (soat 23:55 ga qadar); - Dasturiy mahsulotlar yaratilganda intellektual mulk guvohnomasi va texnik ta’minot (hosting/domen) xarajatlari loyihaga kiritilishi shart; - Loyiha rahbari va ijrochilari ScienceID (id.ilmiy.uz) tizimidan ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi talab etiladi. ❗️Eslatma: Loyihalar davlat tilida (lotin alifbosida) kiritilishi va ijrochi tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanishi lozim. Batafsil ma’lumot va mavzular ro‘yxati bilan platforma orqali tanishishingiz mumkin. 📞 Murojaat uchun: +99871 203-32-23 (ichki raqamlar: 247, 219, 211, 413, 425, 246). 🌐 Batafsil
Bizni kuzatingWeb-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
Repost from Innovatsion rivojlanish agentligi
#diqqat_tanlov
“Maqsadli fundamental” tadqiqotlar tanlovi eʼlon qilinadi!
Mazkur tanlovga quyidagi fan yo‘nalishlari bo‘yicha loyihalar qabul qilinadi.
⚪️Matematika, fizika va mexanika fanlari;
⚪️Filologiya va ijtimoiy fanlar;
⚪️Texnika fanlari;
⚪️Tarix va arxeologiya fanlari;
⚪️Tibbiyot fanlari;
⚪️Qishloq xo‘jaligi fanlari;
Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar loyiha.ilmiy.uz orqali 2026-yilning 22-iyuligacha (shu kuni ham 23:55 ga qadar) faqat elektron shaklda qabul qilinadi.
➡️ Bajarilishi to‘rt yilga mo‘ljallangan fundamental loyihalar mavzulari bilan tanishing.
Bizni kuzatingWeb-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
Repost from Qarshi davlat texnika universiteti
+4
#Xalqaro_anjuman
#Live
Bugun universitetimizda «Energetika kompleksining dolzarb muammolari: ishlab chiqarish, uzatish va ekologiya» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazilmoqda.Mazkur nufuzli konferensiyada Rossiya, Belarussiya, Janubiy Koreya, Tojikiston kabi oʻndan davlatlar hamda mahalliy universitetlardan koʻplab professor-oʻqituvchilar ishtirok etmoqda. Batafsil keyinroq Bizni birga kuzatib boring: 👇 🌐 Website | 📱 Facebook | 📱 Instagram | 📱 YouTube QarDTU axborot xizmati ✍️
Repost from Edu.uz
#Muhandislik_tanlovi
🏆 "Kelajak muhandislari" respublika ko‘rik-tanlovining saralash bosqichi natijalari e'lon qilindi!
✅ Saralash bosqichi yakunlariga ko‘ra, tanlovning "Eng yaxshi g'oya", "Eng yaxshi loyiha" va "Eng yaxshi ixtiro" yo‘nalishlarining talaba, amaliyotchi-muhandis hamda professor-o‘qituvchi kategoriyalarining har biridan 20 tadan, jami 180 ta ishtirokchi ikkinchi bosqichga yo‘llanma oldi.
🚀Endilikda saralangan 180 ta loyiha tanlovning ikkinchi bosqichi-akseleratsiya dasturi bosqichida ishtirok etadi. Ushbu bosqichda loyihalarni texnik, ilmiy va iqtisodiy jihatdan takomillashtirish, ularning amaliy ahamiyati va joriy etish samaradorligini oshirish, shuningdek, innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirishga tayyorlash bo‘yicha kompleks ekspertlik va mentorlik ko‘magi taqdim etiladi.
🎉 Akseleratsiya dasturi yakunida ishtirokchilar o‘z g‘oya, loyiha va ixtirolarini ekspertlar oldida taqdimot ko‘rinishida himoya qiladilar. Himoya jarayonida ishlanmalarning innovatsionligi, ilmiy-texnik asoslanganligi, iqtisodiy samaradorligi, loyiha taqdimoti hamda himoya qilish ko'nikmalari baholanadi.
Batafsil ikkichi bosqichga taklif etilgan arizalar ro‘yxati bilan quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin:
Eng yaxshi g'oya;
Eng yaxshi loyiha;
Eng yaxshi ixtiro.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Innovatsion rivojlanish agentligi
#diqqat_tanlov
❗️❗️❗️❗️❗️❗️
Innovatsion rivojlanish agentligi yosh olimlarni AQShning Texas A&M universiteti (Xalqaro qishloq xo‘jaligi va rivojlanish bo‘yicha Norman Borlaug instituti) bazasida qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga yuborish bo‘yicha maqsadli tanlov e’lon qiladi.
Dastur yo‘nalishlari:
✅ Suv ta'minoti, yer osti suvlari, suvdan qayta foydalanish.
✅ Atrof-muhit fanlari, qurilish muhandisligi.
Dastur shartlari:
- Muddati: 4 oy.
- Ishtirokchilar soni: 10 nafar.
- Dastur tili: Ingliz tili.
- Stajirovka davri: 2026–2027-yillar.
📥 Hujjatlarni topshirish tartibi: Nomzodlar oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar orqali 2026-yil 22-iyundan 30-iyul soat 23:59 gacha internship.ilmiy.uz elektron tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi 222-son qarori talablari asosida o‘tkaziladi.➡️Murojaat uchun:@ilmiystajirovkabot 🌐 Batafsil
Bizni kuzatingWeb-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
Repost from Innovatsion rivojlanish agentligi
#diqqat
🟦🟦🟦🟦🟦
📢 Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan 2026-yilning 30-apreldan 31-mayga qadar “Intellektual faoliyat bo‘yicha” tanlov eʼlon qilingan edi.
Tanlovda “Eng yaxshi ixtiro”, “Eng yaxshi foydali model”, “Eng yaxshi sanoat namunasi”, “Eng yaxshi EHM uchun dastur va maʼlumotlar bazasi” va “Eng yaxshi seleksiya yutug‘i” nominatsiyalari bo‘yicha 1 nafardan 1, 2 va 3-o‘rin egalari aniqlanadi va BHMning quyidagi miqdorlarida pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
1-o‘rin egalariga — 150 baravari;
2-ovrin egalariga — 125 baravari;
3-o‘rin egalariga — 100 baravari.
✔️ Tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi:
1-bosqich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida;
2-bosqich – respublika miqyosida.
Tanlovning 1-bosqichi (hududiy) o‘tkazish sanasi va joyi bilan tanishing: ⬇️
✅ Ro‘yxat
Bizni kuzatingWeb-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
Scopus va Web of Science jurnallarida maqola chop etishning zamonaviy talablari va amaliyoti
Oliy attestatsiya komissiyasi ilmiy izlanuvchilarga amaliy ko‘mak berish maqsadida xalqaro Scopus va Web of Science ilmiy nashrlarida maqola chop etish bo‘yicha Telegram kanalida ovozli chat orqali ochiq muloqot tashkil etmoqda.
Mavzu: Ijtimoiy-gumanitar fanlarda xalqaro ilmiy nashrlar: Scopus va Web of Science jurnallarida maqola chop etishning zamonaviy talablari va amaliyoti
Moderator: Allayarova Soliha Narzulloevna
Toshkent davlat yuridik universiteti professor v.b., pedagogika fanlari doktori
🗓 Sana: 2026-yil 19-iyun
⏰ Vaqt: 10:30
📜 Ma’ruza tili: o‘zbek tili
🔐 Havola:
Telegram: @attestatsiya
Mavzu yuzasidan barcha savollaringizga ushbu efirda jonli ravishda javob olishingiz mumkin.
Batafsil: https://oak.uz/pages/30629
Repost from Innovatsion rivojlanish agentligi
#diqqat_tanlov
❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️
“Kelajak muhandislari” startap akseleratsiya dasturi ishtirokchilarining innovatsion ishlanmalarini dastlabki prototip holatiga keltirish jarayonini moliyalashtirish maqsadida 2026-yilda “Bo‘lajak olim” tanlovi doirasida ilmiy g‘oyalar tanlovida ishtirok eting!
Tanlov ishtirokchilariga qo‘yiladigan asosiy talablar:
- O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
- Yoshi, ilmiy darajasi, unvoni, mansabi va ish joyidan qat’iy nazar 40 yoshdan oshmasligi;
- Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ofisi tomonidan tashkil etilgan akseleratsiya dasturi ishtirokchisi yoki dasturni muvaffaqiyatli tamomlagan bo‘lishi;
- 1 nafar ishtirokchi faqat 1 ta loyiha bilan qatnashishi lozim.
Topshiriladigan ilmiy g‘oyalarga qo‘yiladigan talablar: - Ilmiy dalil, muammo, faraz, nazariya turli fan sohalarining asosiy tamoyillari, ustuvor qoidalari asosida ishlab chiqilgan loyiha bo‘lishi; - Jamiyat va iqtisodiyotdagi ma’lum bir muammoning yechimiga qaratilgan bo‘lishi; - Ilmiy g‘oyani amalga oshirish uchun talab etiladigan mablag‘lar aniq va asoslangan hisob-kitob qilingan bo‘lishi; - Ilmiy g‘oyaning aniq amalga oshirish mexanizmlari, muddati va dastlabki natijalari ko‘rsatilgan bo‘lishi; - Amalga oshirishning eng ko‘p muddati 1 yilgacha bo‘lishi; - So‘raladigan mablag‘ miqdori bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 400 baravarigacha bo‘lishi zarur; - Ajratilgan mablag‘lar doirasida muallif va ijrochilarga oylik maosh (ish haqi) ko‘rsatish mumkin emas; - G‘olib loyihalar doirasida maket va (yoki) prototip yaratilib, uning bir birlik namunasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi koʻrgazmalar zaliga (show-room) joylashtirilishi shart; - Materiallar ishonchli va ko‘chirmachilikka (plagiat) yo‘l qo‘yilmagan bo‘lishi lozim (ma’lumotlar haqqoniyligi va kutilayotgan natijalarning sifatli bajarilishiga loyiha rahbari shaxsan javobgar).❗️Eslatma: Arizalar 2026-yilning 25-iyunidan 25-iyul kuni soat 23:59 ga qadar startup.ilmiy.uz platformasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi. 🌐 Batafsil
Bizni kuzatingWeb-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
Repost from Innovatsion rivojlanish agentligi
#diqqat_tanlov
❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️
“O‘zbekiston-Yaponiya” xalqaro qo‘shma ilmiy loyihalar tanlovi eʼlon qilindi!Loyihalar Yaponiya ilm-fanni rivojlantirish jamiyati (JSPS) va Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida qabul qilinadi. 📌 Asosiy shartlar: ✅ O‘zbekiston va Yaponiya olimlari birgalikda hamkor topib, ikki tomonda ham bir xil mavzuda loyiha topshirishi shart. ✅ Loyihalar 2 yilgacha muddatga mo‘ljallangan bo‘lib, jamoaning o‘rtacha yoshi 45 yoshdan oshmasligi kerak. ✅ 1 yillik loyihaga BHMning 1 000, 2 yillik loyihaga 2 000 barobarigacha. ✅ Filologiya, ijtimoiy-gumanitar, iqtisodiyot, tarix, tabiiy fanlar, kimyo, biologiya, matematika, fizika, ekologiya va yer to‘g‘risidagi fanlar bo‘yicha. ⚠️ Muddat va topshirish tartibi: - Arizalar 2026-yil 5-sentabr soat 23:55 ga qadar faqat elektron shaklda platformasi (loyiha.ilmiy.uz) orqali qabul qilinadi. - Loyiha rahbari ScienceID (id.ilmiy.uz) tizimidan ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi shart. - Yaponiya tomoni arizalarini JSPS veb-sayti orqali topshiradi. 📞 Bog‘lanish: +99871 203-32-23 (ichki: 247, 219, 211, 413) 🌐 Batafsil
Bizni kuzatingWeb-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
