Qarshi davlat texnika universiteti
Open in Telegram
Qarshi davlat texnika universiteti rasmiy kanali www.kstu.uz 📫 180100, Qashqadaryo vil. Qarshi sh. Mustaqillik ko‘chasi 225-uy
Show more7 125
Subscribers
+23424 hours
+5957 days
+1 21730 days
Data loading in progress...
Similar Channels
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
September '26
September '26
+777
in 53 channels
August '26
+711
in 43 channels
Get PRO
July '26
+321
in 33 channels
Get PRO
June '26
+111
in 46 channels
Get PRO
May '26
+235
in 70 channels
Get PRO
April '26
+288
in 77 channels
Get PRO
March '26
+441
in 92 channels
Get PRO
February '26
+825
in 27 channels
Get PRO
January '26
+2 529
in 15 channels
Get PRO
December '25
+72
in 8 channels
Get PRO
November '25
+166
in 13 channels
Get PRO
October '25
+208
in 19 channels
Get PRO
September '25
+302
in 8 channels
Get PRO
August '25
+277
in 4 channels
Get PRO
July '25
+116
in 4 channels
Get PRO
June '25
+120
in 32 channels
Get PRO
May '25
+254
in 7 channels
Get PRO
April '25
+1 725
in 9 channels
Get PRO
March '250
in 9 channels
Get PRO
February '250
in 0 channels
Get PRO
January '25
+12
in 0 channels
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 09 September | +146 | |||
| 08 September | +234 | |||
| 07 September | +139 | |||
| 06 September | +41 | |||
| 05 September | +34 | |||
| 04 September | +66 | |||
| 03 September | +43 | |||
| 02 September | +48 | |||
| 01 September | +26 |
Channel Posts
+5
#Taassurot
Ixtirolar – inson tafakkurining mahsuli. U – olimning ijodkorligi. Muammoning yechimi.
Qarshi davlat texnika universitetiga qoshidagi “Muhandislar maktabi”da ana shunday “ilm ijodkorlari” tahsil olmoqda.
Bugun mazkur markazning 2026/2027-oʻquv yilida qabul qilingan oʻquvchilaridan bir guruhi universitetdagi “Muhandislik ilmiy-ishlab chiqarish markazi” (fab-lab)da boʻldilar.
Oʻquvchilar bu yerda zamonaviy sexlar va ilmiy laboratoriyalar faoliyati bilan tanishdilar. Startap gʻoyalar va innovatsion ishlanmalar haqida koʻplab maʼlumotlarga ega boʻldilar. Bu sayohat ularda oʻzgacha taassurot qoldirdi.
Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 Website | 📱 Facebook | 📱 Instagram | 📱 YouTube
QarDTU axborot xizmati ✍️
| 2 | #Hamkorlik
Bugun Germaniyaning Agrosanoat loyihalari tashkiloti (GFA) vakillari – “Iqlimga moslashtirilgan chorva ozuqasini yetishtirish” grant dasturi rahbari Antoon van Engelen, dastur rahbari oʻrinbosari Handam Qarshiboyev hamda dastur bosh agronomi Saidahmad Sherimbetov Qarshi davlat texnika universitetida boʻldilar.
Universitet rahbariyati ishtirokida oʻtgan uchrashuv davomida iqlim oʻzgarishiga moslashgan qishloq xoʻjaligini rivojlantirish, chorvachilik uchun barqaror va sifatli ozuqa bazasini shakllantirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, resurslardan samarali foydalanish hamda ilmiy tadqiqot va amaliy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, universitetning mazkur yoʻnalishdagi ilmiy salohiyati, taʼlim va tadqiqot imkoniyatlari, professor-oʻqituvchilar va talabalarni amaliy loyihalarga jalb etish, tajriba almashish hamda Germaniya tashkilotlari bilan istiqbolli hamkorlik yoʻnalishlarini rivojlantirish imkoniyatlariga alohida eʼtibor qaratildi.
Mehmonlar, shuningdek, “Muhandislik ilmiy-ishlab chiqarish markazi” (fab-lab) faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Oʻzaro tajriba almashdilar.
Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 Website | 📱 Facebook | 📱 Instagram | 📱 YouTube
QarDTU axborot xizmati ✍️ | 729 |
| 3 | #Muloqot
Iqtisodiyot va boshqaruv fakultetida 1-bosqich talabalari bilan yuzma-yuz muloqot bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi Umirbek Toshniyozov hamda Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi universitet boshlangʻich tashkiloti yetakchisi Sardor Samadov talabalarga oliy taʼlim tizimidagi yangilanishlar haqida soʻz yuritdilar.
Shuningdek, yoshlarga universitet talabalari oʻrtasida oʻtkazib kelinayotgan turli koʻrik-tanlovlar, sport musobaqalari, shuningdek, davlat grantlarini qayta taqsimlash tartiblari xususida keng maʼlumot berildi.
Muloqot davomida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda universitet hayotida faol ishtirok etish boʻyicha zarur maʼlumotlarga ega boʻldilar.
Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 Website | 📱 Facebook | 📱 Instagram | 📱 YouTube
QarDTU axborot xizmati ✍️ | 1 407 |
| 4 | #Kelajak_soati
Talabalik baxti nimada? Toʻrt yilni universitetda oʻtkazishdami? Ilm oʻrganish va yaxshi mutaxassis boʻlishdimi? Ota-onaning farzandim talaba boʻldi, deb faxrlanishining oʻzi kifoyami?
Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt fakultetida boʻlib oʻtgan “Kelajak soati” darsida ana shu jihatlar haqida soʻz bordi.
Universitet rektori Sherzod Neʼmatov, prorektorlar va fakultet rahbariyati ishtirokida kechgan muloqot davomida oliygohda yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar va shart-sharoitlar tilga olindi. Turli tanlovlar va xalqaro grantlar, nufuzli taʼlim muassasalari va korxonalar bilan hamkorlik islohotlari toʻgʻrisida maʼlumot berildi.
Talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Oʻz mulohazalarini bildirdilar.
Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 Website | 📱 Facebook | 📱 Instagram | 📱 YouTube
QarDTU axborot xizmati ✍️ | 1 813 |
| 5 | #Hamkorlik
Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Germaniyaning Agrosanoat loyihalari tashkiloti (GFA) oʻrtasida “Iqlimga moslashtirilgan chorva ozuqasini yetishtirish” mavzusidagi, 2024–2026-yillarga moʻljallangan grant dasturi doirasida universitet rahbariyati va dastur masʼullarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Batafsil keyinroq…
Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 Website | 📱 Facebook | 📱 Instagram | 📱 YouTube
QarDTU axborot xizmati ✍️ | 1 727 |
| 6 | #Diqqat
📢 YOSHLAR, OʻZINGIZNI SINAB KOʻRISH VAQTI KELDI!
🇺🇿 Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqining Qarshi davlat texnika universitetidagi yoshlar kengashi tomonidan boshlangʻich tashkilot koordinatorlarini saylash uchun nomzodlarni saralash jarayoni eʼlon qilinadi.
🎯 Koordinator – bu shunchaki lavozim emas. Bu – yoshlar bilan ishlash, ularning manfaatlarini ifodalash, yangi gʻoyalarni ilgari surish va universitet yoshlarining faol hayotini yanada rivojlantirish uchun katta imkoniyat.
💡 Biz kimlarni izlayapmiz?
🔹 Tashabbuskor va faol;
🔹 Yetakchilik qobiliyatiga ega;
🔹 Masʼuliyatni oʻz zimmasiga olishdan qoʻrqmaydigan;
🔹 Jamoa bilan samarali ishlay oladigan;
🔹 Yangi gʻoya va loyihalarga ega;
🔹 Universitet hayotida faol ishtirok etishni istaydigan yoshlarni.
🚀 Agar Sizda gʻoya boʻlsa, uni amalga oshirish uchun imkoniyat bor.
✅ Agar Sizda tashabbus boʻlsa, uni qoʻllab-quvvatlaydigan jamoa bor.
❗️ Agar oʻzingizni yetakchi sifatida koʻrsata olishingizga ishonsangiz, bu imkoniyat aynan Siz uchun!
📌 Nomzodlarni saralash va koordinatorlarni saylash jarayoni belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
⏰ Vaqti: 2026-yil 11-sentabr soat 11:11
📱 Manzil: universitet bosh binosi
📞 Murojaat uchun: +99888 310-40-41
📱 @sardorbek_samadov
🏢 Lokatsiya
Qarshi davlat texnika universiteti boshlangʻich tashkiloti ✍️ | 2 391 |
| 7 | #Qabul_2027
Qarshi davlat texnika universitetida 2027-yil uchun tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc), maqsadli tayanch doktorantura (PhD) va stajyor-tadqiqotchilikka oʻqish uchun quyidagi ixtisosliklar boʻyicha hujjatlar qabuli boshlanmoqda.
Hujjatlar qabul komissiyasi tomonidan 2026-yil 15-sentabrdan 2026-yil 15-oktabrga qadar Yagona elektron tizim – www.daraja.ilmiy.uz orqali qabul qilinadi.
Batafsil 👉 saytimizda
Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun telefonlar: (75) 224-02-89, (75) 221-09-23.
Manzil: Qarshi shahri Mustaqillik koʻchasi 225-uy, Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash boʻlimi.
Lokatsiya
Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 Website | 📱 Facebook | 📱 Instagram | 📱 YouTube
QarDTU axborot xizmati ✍️ | 2 108 |
| 8 | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich qoʻshma biznes forumida ishtirok etdilar.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев и Президент Республики Сербия Александр Вучич приняли участие в совместном бизнес-форуме.
#Mirziyoyev #tashrif #Serbiya #ishbilarmonlar
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 2 071 |
| 9 | Prezident Shavkat Mirziyoyev Serbiyaning oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев награжден высшей государственной наградой Сербии.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 1 751 |
| 10 | Assalomu alaykum!
Boshlangan yangi kuningiz quvonchli, omadli, xayrli va barakali boʻlsin!
Rost gapiringlar, agarchi rostlikda halokat bor deb bilsalaringiz ham, chunki aslida najot rostlikdadur. Yolgʻon gapirmanglar, agarchi yolgʻonda najot bor deb bilsalaringiz ham, chunki aslida unda halokat bordur.
Imom Buxoriy ✍️
Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 Website | 📱 Facebook | 📱 Instagram | 📱 YouTube
QarDTU axborot xizmati ✍️ | 1 930 |
| 11 | #kontrakt #shartnoma
Barcha talabalar diqqatiga (1-kurslar ham)❗️
To‘lov shartnomasini olish uchun onlayn ariza yuborish
🖥 Buning uchun kontrakt.edu.uz tizimidan ro‘yxatdan o‘tib, ortiqcha ovoragarchiliklarsiz onlayn ariza yuboring!
Arizalar oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan tasdiqlanib, QR-kodli to‘lov-shartnomasi shakllantiriladi.
Tasdiqlangan shartnomani yuklab olib, belgilangan to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishingiz so‘raladi.
Ma’lumot uchun, shartnoma uchun arizalarni “KONTRAKT EDU” mobil ilovasi orqali ham yuborish mumkin.
Ilovani yuklab olish:👇
📲 iOS uchun 📲 Android uchun
Facebook | Instagram | YouTube|Telegram | 4 379 |
| 12 | #Kelajak_soati
Bugun universitet rahbariyati tomonidan 1-bosqich talabalari uchun “Yagona Vatan, yagona xalq boʼlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” ezgu gʼoyasi asosida “Kelajak soati” darslari oʼtildi.
Energetika muhandisligi, Iqtisodiyot va boshqaruv hamda Irrigatsiya muhandisligi fakultetlarida tashkil etilgan dars mashgʼulotlarida rektor Sherzod Neʼmatov, prorektorlar Abror Murtazayev, Zafar Chorshanbiyev, Ibrat Ismoilov hamda fakultetlar dekanlari ishtirok etdilar.
Muloqot asnosida yoshlarga koʻrsatilayotgan eʼtibor, iqtidorli talabalarning erishgan yutuqlari, xalqaro hamkorlik istiqbollari – barchasi mustaqillik neʼmatlari ekanligi alohida eʼtirof etildi. Imkoniyatlardan unumli foydalanish, oʻz sohasining yetuk mutaxassisi boʻlish lozimligi uqtirildi.
Ochiq muloqot shaklida oʼtgan “Kelajak soati” darslari talabalarning kelajakdagi maqsadlarini belgilash, bilim va salohiyatini yanada oshirish hamda mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qoʼshishga undovchi muhim tadbir boʼldi.
Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 Website | 📱 Facebook | 📱 Instagram | 📱 YouTube
QarDTU axborot xizmati ✍️ | 2 315 |
| 13 | #Jarayon
Bugun universitet rahbariyatining “Xorijiy tillar” kafedrasi professor-oʻqituvchilari bilan muloqoti boʻlib oʻtdi.
Unda kafedraning oʻquv-uslubiy, ilmiy tadqiqot va maʼnaviy-maʼrifiy yoʻnalishlardagi faoliyati, yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik jarayonlari hamda taʼlim sifatini yanada oshirish masalalari muhokama qilindi.
Muloqot davomida xorijiy tillarni oʻqitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish, talabalarning til oʻrganishga boʻlgan qiziqishini oshirish, ularning xalqaro sertifikatlarga ega boʻlishini ragʻbatlantirish va taʼlim jarayonini amaliyot bilan uygʻunlashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, professor-oʻqituvchilarning taklif va tashabbuslari tinglanib, kafedra faoliyatini yanada takomillashtirish, oʻqituvchilar uchun munosib mehnat sharoitlarini yuzasidan fikr almashildi.
Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 Website | 📱 Facebook | 📱 Instagram | 📱 YouTube
QarDTU axborot xizmati ✍️ | 2 222 |
| 14 | Oliy darajada O‘zbekiston – Serbiya muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
—
Состоялись узбекско-сербские переговоры на высшем уровне.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 1 823 |
| 15 | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning yuzma-yuz va rasmiy delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari boʻlib oʻtdi.
—
Cостоялись переговоры Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева и Президента Республики Сербия Александра Вучича в формате «тет-а-тет» и с участием официальных делегаций.
#Mirziyoyev #tashrif #Serbiya #muzokaralar
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 1 931 |
| 16 | #Tashabbus
#Chellenj
Yoʻllarda harakat xavfsizligini taʼminlash nafaqat haydovchilarning, balki piyodalarning ham masʼuliyatidir.
Qarshi davlat texnika universiteti hamda Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyat kengashi tashabbusi bilan piyodalar oʻtish yoʻlaklarida haydovchilar eʼtiborini jalb etishga qaratilgan yangi tartiblar targʻib qilinmoqda.
Piyoda yoʻlakdan o‘tish chogʻida bir qoʻlini yuqoriga koʻtarib, haydovchilarni ogohlantiradi. Bu tartib harakat xavfsizligini taʼminlash bilan birga yoʻl-transport hodisalarining oldini olishga xizmat qiladi.
Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 Website | 📱 Facebook | 📱 Instagram | 📱 YouTube
QarDTU axborot xizmati ✍️ | 2 647 |
| 17 | #Kelajak_soati
Bugun universitet rahbariyati tomonidan Transport va qurilish muhandisligi fakulteti 1-bosqich talabalari uchun “Kelajak soati” darsi oʻtildi.
Mazkur dars mashgʻulotida rektor Sherzod Neʼmatov, prorektorlar Abror Murtazayev, Zafar Chorshanbiyev, Ibrat Ismoilov va fakultet dekani Uchqun Qodirov yoshlar bilan ochiq muloqot olib bordilar.
“Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” ezgu gʻoyasi asosida oʻtkazilgan dars davomida mustaqillikning tarixiy ahamiyati, yurtimizda yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar va ulardan unumli foydalanish masʼuliyati haqida soʻz bordi.
Taʼlim sohasidagi yangilanishlar, iqtidorli yoshlarning yutuqlari, dual taʼlimni rivojlantirish istiqbollari haqida mulohaza yuritildi. Prezident va nomli stipendiyalar, xalqaro tanlovlar, grantlarni qayta taqsimlash tartibi xususida keng maʼlumotlar berildi.
Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 Website | 📱 Facebook | 📱 Instagram | 📱 YouTube
QarDTU axborot xizmati ✍️ | 2 360 |
| 18 | Assalomu alaykum!
Boshlangan yangi kuningiz xayrli va barakali boʻlsin!
Inson tomonidan yaratilayotgan moʻjizalarga qaraganda ham insonning oʻzi buyuk moʻjizadir.
Avgustin ✍️
Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 Website | 📱 Facebook | 📱 Instagram | 📱 YouTube
QarDTU axborot xizmati ✍️ | 2 259 |
| 19 | #UzbekGiftContest #dizaynerlar #rassomlar #ijodkorlar #tanlov
Turizm qo‘mitasi tomonidan “Uzbek Gift Contest” ko‘rik-tanlovi o‘tkazilmoqda
Tanlovning mazkur bosqichida dizaynerlar, rassomlar va ijodkorlar 25 ta hunarmandchilik yo‘nalishi bo‘yicha turistlar uchun ixcham, jozibador va hamyonbop sovg‘a mahsulotlari eskizi va dizayn g‘oyasini taqdim etishlari kerak bo‘ladi.
Har bir ishtirokchi bir vaqtda barcha yo‘nalishda qatnashishi mumkin.
10 nafar g‘oliblarning har biri 12,5 mln so‘mdan pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
➡️Ro‘yxatdan o‘tish havolasi: https://forms.gle/h3XKYkwsjByRDHAa8
♾️Arizalar 21-sentyabrga qadar qabul qilinadi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/uzbektourism/news/view/209250
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube|Telegram | 2 179 |
| 20 | Talabalik maktublari
Ajdodlarimiz qanday davrda va qanday sharoitda yashamasin, ilm izlashdan va yangilikka intilishdan to‘xtamagan. Biz turli davrda yashagan talabalarning maktublarini bir videoga jamladik. Maktublarga real yozishmalar asos qilib olingan.
Endi esa siz o‘zingizni 35 yildan keyin yashayotgan tengdoshingizga maktub yozayotgan inson sifatida tasavvur qiling. Unga bugungi hayotingizni qanday tasvirlagan bo‘lardingiz? Bugungi dunyo, orzu va intilishlaringiz, sizni o‘ylantirayotgan masalalar, kelajakdan kutayotgan umidlaringiz haqida nimalarni aytmoqchisiz? Eng muhimi, undan qanday javob eshitishni istaysiz?
Maktubingizni 20-sentyabrga qadar ushbu bot orqali yuboring. Maktub hajmi 250 so‘zdan oshmasligi kerak.
Eng yaxshi deb topilgan 35 nafar ishtirokchi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov nomidan tashakkurnoma hamda maxsus esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
Videoning sifatli variantini mana bu yerda koʻrishingiz mumkin.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 1 755 |
