en
Feedback
Uzoqov G'ulom Norboyevich

Uzoqov G'ulom Norboyevich

Open in Telegram

Qarshi davlat texnika universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor Uzoqov G'ulom Norboyevich Murojaat uchun @prorektor_uzakov_bot

Show more
397
Subscribers
-124 hours
No data7 days
-130 days
Posts Archive
#Qabul_2027 Qarshi davlat texnika universitetida 2027-yil uchun tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc), maqsadli taya
#Qabul_2027  
Qarshi davlat texnika universitetida 2027-yil uchun tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc), maqsadli tayanch doktorantura (PhD) va  stajyor-tadqiqotchilikka oʻqish uchun quyidagi ixtisosliklar boʻyicha hujjatlar qabuli boshlanmoqda.
  Hujjatlar qabul komissiyasi tomonidan 2026-yil 15-sentabrdan 2026-yil 15-oktabrga qadar Yagona elektron tizim – www.daraja.ilmiy.uz orqali qabul qilinadi.   Batafsil 👉 saytimizda   Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun telefonlar: (75) 224-02-89, (75) 221-09-23.   Manzil: Qarshi shahri Mustaqillik koʻchasi 225-uy, Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash boʻlimi. Lokatsiya Bizni birga kuzatib boring: 👇 🌐 Website | 📱 Facebook | 📱 Instagram   | 📱  YouTube QarDTU axborot xizmati ✍️

Repost from Edu.uz
📣📣📣 SGP Life Sciences: Markaziy Osiyo startaplari uchun akseleratsiya dasturi DOMiNO Ventures va UzVC Markaziy Osiyodagi s
📣📣📣 SGP Life Sciences: Markaziy Osiyo startaplari uchun akseleratsiya dasturi DOMiNO Ventures va UzVC Markaziy Osiyodagi startaplar uchun “SGP Life Sciences” ikki oylik akseleratsiya dasturini ishga tushirmoqda. Dastur Biotech, Healthtech va Pharmatech yo‘nalishlarida faoliyat yurituvchi startaplar uchun mo‘ljallangan. Ishtirokchilar: 🧬 mentorlar va soha ekspertlaridan amaliy yordam oladi 🧬 investitsiya jalb qilish va biznesni kengaytirishga tayyorlanadi 🧬 xalqaro venchur fondlari va investorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatadi 🧬 xalqaro bozorlarga chiqish va hamkorlik imkoniyatlariga ega bo‘ladi Dastur O‘zbekistonda ikki kunlik oflayn Bootcamp-o’quv mashg’ulotlari va Demo Day- loyihalar taqdimoti bilan yakunlanadi. Tadbirda investorlar, korporatsiyalar va startap ekotizimi vakillari ishtirok etadi. 🗓🗓 Arizalar 2026-yil 18-sentabrgacha qabul qilinadi. ➡️ Ariza topshirish uchun havola   Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#Qonunchilikdagi_yangiliklar ❗️ “Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovini o‘tkazish tartibi belgilandi Hukumat qarori (463
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️ “Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovini o‘tkazish tartibi belgilandi
Hukumat qarori (463-son, 04.09.2026-y.) bilan “Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. 🏛 Ushbu Nizom davlat oliy ta’lim tashkilotlarining iqtidorli talabalari o‘rtasida “Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovini o‘tkazish, ularning startap loyihaga aylantirish imkoniyati yuqori bo‘lgan g‘oyalarini saralash va moliyalashtirish tartibini belgilaydi. ⏳ Nizomga ko‘ra, tanlov har yili sentabr – dekabr oylarida o‘tkaziladi. 🤑 Tanlov 2 bosqichda tashkil qilinib, 1-bosqich barcha davlat oliy ta’lim tashkilotlarida o‘zlarining talabalari uchun o‘tkaziladi. ✅ Respublika bosqichi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan 10 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘tkaziladi. 🧾 Ta’lim tashkilotlari har yili 10-sentabrda tanlovning 1-bosqichiga arizalar qabuli boshlanganligi to‘g‘risida e’lon beradi. 🔘 Tanlovda talabgorlar har yili 10-oktabrga qadar saralash komissiyasi nomiga ariza berish orqali faqatgina bitta innovatsion g‘oya bilan ishtirok etadi. ⭐ Tanlovda innovatsion g‘oyalar saralash va tanlov komissiyasi a’zolari tomonidan quyidagi 100 ballik mezonlar asosida baholanadi: ➖ innovatsion g‘oyaning ilmiy va innovatsion yangiligi – 20 ballgacha; ➖ innovatsion g‘oyaning dolzarbligi – 20 ballgacha; ➖ mavjud analoglardan farqi – 20 ballgacha; ➖ xarajatlar smetasining asoslanganligi – 20 ballgacha; ➖ innovatsion g‘oyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar – 20 ballgacha. 💸 Tanlovning 1-bosqichida g‘oliblar quyidagi miqdorda grant mablag‘lari bilan taqdirlanadi: ▪️ 1-o‘rin uchun – 50 mln so‘m; ▪️ 2-o‘rin uchun – 30 mln so‘m; ▪️ 3-o‘rin uchun – 20 mln so‘m. ✉️ Tanlovning respublika bosqichida g‘olib deb topilgan innovatsion g‘oyalar Agentlik, talabgor va tashkilot o‘rtasida tuziladigan shartnomaga muvofiq quyidagi miqdorda moliyalashtiriladi: ▫️ 1-o‘rin uchun – 500 mln so‘m; ▫️ 2-o‘rin uchun – 300 mln so‘m; ▫️ 3-o‘rin uchun – 200 mln so‘m.
Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn

#Qonunchilikdagi_yangiliklar ❗️ “Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovini o‘tkazish tartibi belgilandi Hukumat qarori (463
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️ “Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovini o‘tkazish tartibi belgilandi
Hukumat qarori (463-son, 04.09.2026-y.) bilan “Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. 🏛 Ushbu Nizom davlat oliy ta’lim tashkilotlarining iqtidorli talabalari o‘rtasida “Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovini o‘tkazish, ularning startap loyihaga aylantirish imkoniyati yuqori bo‘lgan g‘oyalarini saralash va moliyalashtirish tartibini belgilaydi. ⏳ Nizomga ko‘ra, tanlov har yili sentabr – dekabr oylarida o‘tkaziladi. 🤑 Tanlov 2 bosqichda tashkil qilinib, 1-bosqich barcha davlat oliy ta’lim tashkilotlarida o‘zlarining talabalari uchun o‘tkaziladi. ✅ Respublika bosqichi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan 10 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘tkaziladi. 🧾 Ta’lim tashkilotlari har yili 10-sentabrda tanlovning 1-bosqichiga arizalar qabuli boshlanganligi to‘g‘risida e’lon beradi. 🔘 Tanlovda talabgorlar har yili 10-oktabrga qadar saralash komissiyasi nomiga ariza berish orqali faqatgina bitta innovatsion g‘oya bilan ishtirok etadi. ⭐ Tanlovda innovatsion g‘oyalar saralash va tanlov komissiyasi a’zolari tomonidan quyidagi 100 ballik mezonlar asosida baholanadi: ➖ innovatsion g‘oyaning ilmiy va innovatsion yangiligi – 20 ballgacha; ➖ innovatsion g‘oyaning dolzarbligi – 20 ballgacha; ➖ mavjud analoglardan farqi – 20 ballgacha; ➖ xarajatlar smetasining asoslanganligi – 20 ballgacha; ➖ innovatsion g‘oyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar – 20 ballgacha. 💸 Tanlovning 1-bosqichida g‘oliblar quyidagi miqdorda grant mablag‘lari bilan taqdirlanadi: ▪️ 1-o‘rin uchun – 50 mln so‘m; ▪️ 2-o‘rin uchun – 30 mln so‘m; ▪️ 3-o‘rin uchun – 20 mln so‘m. ✉️ Tanlovning respublika bosqichida g‘olib deb topilgan innovatsion g‘oyalar Agentlik, talabgor va tashkilot o‘rtasida tuziladigan shartnomaga muvofiq quyidagi miqdorda moliyalashtiriladi: ▫️ 1-o‘rin uchun – 500 mln so‘m; ▫️ 2-o‘rin uchun – 300 mln so‘m; ▫️ 3-o‘rin uchun – 200 mln so‘m. @KaYoTechuz

#diqqat_tanlov ❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️ “Maqsadli amaliy” tadqiqot loyihalar tanlovi! O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar M
#diqqat_tanlov ❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️ “Maqsadli amaliy” tadqiqot loyihalar tanlovi! O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining tegishli qaror hamda farmonlarida belgilangan ustuvor vazifalarning ilmiy yechimlarini ishlab chiqish maqsadida Ilmiy faoliyatga oid davlat maqsadli dasturlari doirasida bajariladigan amaliy tadqiqotlar tanlovi eʼlon qilinadi. 🔵 Fan yo‘nalishlari: - Axborotlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish fanlari; - Filologiya va ijtimoiy fanlari; - Texnika fanlari; - Tibbiyot fanlari; - Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi fanlari; - Qishloq xo‘jaligi. Arizalar davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi (loyiha.ilmiy.uz) orqali 2026-yilning 28-sentabrigacha soat 23:55 ga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi. 🌐 Batafsil
Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn

Qashqadaryo viloyati hokimi stipendiyasining 2026-2027 o‘quv yili g‘oliblari aniqlandi! Qarshi Yoshlar Texnoparkida Qashqadar
Qashqadaryo viloyati hokimi stipendiyasining 2026-2027 o‘quv yili g‘oliblari aniqlandi! Qarshi Yoshlar Texnoparkida Qashqadaryo viloyati hokimi stipendiyasi tanlovining yakuniy bosqichi o‘tkazildi. Unda viloyatimiz oliy ta’lim muassasalaridan eng iqtidorli 41 nafar talabalar ishtirok etdi. Viloyat komissiyasi tomonidan eng yuqori natijalarga erishgan 14 nafar g‘oliblar aniqlandi va ular o‘quv yilining sentabr oyidan iyun oyigacha har oy bazaviy hisoblash miqdorining 3 barobari miqdorida qo‘shimcha stipendiya bilan taqdirlanadi. @KaYoTechuz

#diqqat_tanlov ✅ “Bo‘lajak olim” tanlovi boshlandi! “InnoLab” startap akseleratsiya dasturi ishtirokchilarining innovatsion i
#diqqat_tanlov ✅ “Bo‘lajak olim” tanlovi boshlandi! “InnoLab” startap akseleratsiya dasturi ishtirokchilarining innovatsion ishlanmalarini dastlabki prototip holatiga keltirish jarayonini moliyalashtirish maqsadida tashkil etilgan “Bo‘lajak olim” ilmiy g‘oyalar tanlovida ishtirok eting! ⚫️Ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi; Yoshi, ilmiy darajasi, unvoni, mansabi va ish joyidan qat’iy nazar 40 yoshdan oshmagan bo‘lishi; Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ofisi tomonidan tashkil etilgan akseleratsiya dasturi ishtirokchisi yoki uni muvaffaqiyatli tamomlagan bo‘lishi; 1 nafar ishtirokchi faqat 1 ta loyiha bilan qatnashishi. ⚫️Muddat va tartib Arizalar startup.ilmiy.uz platformasi orqali 2026-yilning 2-oktabr kuni soat 23:59 ga qadar qabul qilinadi. 🌐 Batafsil
Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn

Sentabr — ilmiy anjumanlar oyiga aylanmoqda. 2026-yil sentabr oyida respublika bo‘yicha jami 84 ta ilmiy va ilmiy-texnik tadbir o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shundan: 55 tasi — xalqaro anjuman; 29 tasi — respublika miqyosidagi tadbir. Bu nimani anglatadi? Sentabr oyida ilmiy faollik sezilarli darajada oshadi. Ro‘yxatda fan va ta’lim, tibbiyot, biotexnologiya, sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar, qishloq xo‘jaligi, sanoat, iqtisodiyot va ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlar bo‘yicha tadbirlar bor. Eng qiziq jihat: anjumanlarning asosiy qismi oyning ikkinchi yarmiga to‘g‘ri kelmoqda. Ayniqsa, 24–25-sentabr kunlari ilmiy tadbirlar juda zich joylashgan. Bu yosh olimlar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar uchun yaxshi imkoniyat. Chunki anjuman — faqat tezis topshirish joyi emas. Bu ilmiy aloqalar o‘rnatish, o‘z mavzusini sinab ko‘rish, yangi hamkorlar topish va ilmiy maydonga chiqish imkoniyatidir. Alohida e’tiborli jihat: sun’iy intellekt, raqamli tibbiyot, yashil iqtisodiyot va innovatsion ta’lim kabi zamonaviy mavzular ham ro‘yxatda faol ko‘rinmoqda. 👉 @ilmiy_darajali_kadrlar

+4
⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️ Ustuvor ilmiy ixtisosliklar bo‘yicha yangi namunaviy hujjatlar tayyorlandi. Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan ustuvor ilmiy ixtisosliklarga qabul jarayoni uchun: — namunaviy taqdimot loyihasi; — taqdimotni baholash mezonlari ishlab chiqildi. Mazkur hujjatlar talabgorlarning ilmiy g‘oyasi, tadqiqot maqsadi, yangiligi va kutilayotgan natijalarini tizimli taqdim etishga xizmat qiladi. Namunaviy taqdimot va baholash mezonlari ilova qilingan fayllarda keltirilgan. Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn

#tanlov “Ixtirochilik va ratsionalizatorlik” koʻrik-tanlovida qatnashing! Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan ixtiroc
#tanlov “Ixtirochilik va ratsionalizatorlik” koʻrik-tanlovida qatnashing! Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan ixtirochilik va ratsionalizatorlik boʻyicha oʻtkaziladigan koʻrgazmalar doirasida navbatdagi koʻrik-tanlov eʼlon qilinmoqda.
✅Tanlovning asosiy shartlari:
- Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshdan 40 yoshgacha boʻlgan fuqarolari qatnashishi mumkin;
- Aniq ixtiro, foydali model yoki ratsionalizatorlik taklifiga ega boʻlish hamda hududiy koʻrgazmalarda ishtirok etgan boʻlish lozim;
- Tanlov 2 bosqichda (hududiy va respublika) oʻtkaziladi va respublika bosqichi gʻolibi boʻlgan 3 nafar ishtirokchi “InnoWeek – 2026” haftaligi doirasida aniqlanadi.
Hujjatlarni qabul qilish muddati: Arizalar elektron platforma (ixtiro.ilmiy.uz) orqali 2026-yil 25-avgustdan 25-sentabr soat 23:59 ga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi. 📌 Eslatma: Tanlov natijalari va bosqichma-bosqich koʻrib chiqish maʼlumotlari ishtirokchilarning ixtiro.ilmiy.uz platformasidagi shaxsiy kabinetida aks etadi. 🌐 Batafsil
Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn

"Qashqadaryo startap ligasi" tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tadi! 🗓 Sana: 2026-yil 15-avgust 🕙 Vaqt: 10:00 📍 Manzil
"Qashqadaryo startap ligasi" tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tadi! 🗓 Sana: 2026-yil 15-avgust 🕙 Vaqt: 10:00 📍 Manzil: Qarshi shahar Yoshlar markazi Hududiy bosqichlarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan jamoalar va loyiha mualliflari viloyat final bosqichida o‘z startaplari ekspertlar oldida taqdim etadilar. 📌 Ishtirokchilardan shaxsni tasdiqlovchi hujjat hamda loyiha taqdimoti bilan belgilangan vaqtda yetib kelish so‘raladi. 🚀 Startapingizni muvaffaqiyatga aylantiring!

⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️ 2027-yil uchun oliy ta'limdan keyingi ta'lim kvotalari tasdiqlandi⚡️⚡️⚡️. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 11-avgustdagi 337-son buyrug‘i bilan qabul kvotalari tasdiqlandi. Jami kvotalar soni — 4 840 ta. Ushbu kvotalar respublikadagi 234 ta ilmiy va ta’lim tashkilotlari kesimida taqsimlandi. Kvotalar quyidagicha belgilangan: stajyor-tadqiqotchilikka — 400 ta; tayanch doktoranturaga — 3 900 ta; doktoranturaga — 540 ta. Bu nimani anglatadi? 2027-yilgi qabulda asosiy kvota tayanch doktoranturaga ajratilgan. Ya’ni PhD bosqichiga talab va ehtiyoj yuqoriligicha qolmoqda. Shu bilan birga, stajyor-tadqiqotchilik va doktorantura uchun ham alohida kvotalar tasdiqlangani ilmiy kadrlar tayyorlash tizimi bosqichma-bosqich davom etishini ko‘rsatadi.
Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn

OAK tomonidan 2026-yil 3-avgust holatiga “Dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati” yangilandi. Yangilangan ro‘yxatda jami 1704 ta jurnal mavjud. 👉 @ilmiy_darajali_kadrlar

📢 "QASHQADARYO STARTAP LIGASI" TANLOVINING TUMAN (SHAHAR) SARALASH BOSQICHLARI BOSHLANADI! Ishtirokchilar diqqatiga! 📅 Sara
📢 "QASHQADARYO STARTAP LIGASI" TANLOVINING TUMAN (SHAHAR) SARALASH BOSQICHLARI BOSHLANADI! Ishtirokchilar diqqatiga! 📅 Saralash bosqichlari: 2026-yil 4-avgust | soat 10:00 🌐Manzil: Qarshi Yoshlar Texnoparki
Quyidagi hududlar ishtirokchilari uchun: ✅ Qarshi shahri ✅ Qarshi tumani ✅ Nishon tumani ✅ G'uzor tumani ✅ Dehqonobod tumani ✅ Koson tumani ✅ Muborak tumani ✅ Kasbi tumani ✅ Mirishkor tumani ✅ Qamashi tumani ✅ Ko'kdala tumani
📅 2026-yil 5-avgust | soat 10:00 🌐 Shahrisabz davlat pedagogika instituti yoshlar markazi
Quyidagi hududlar ishtirokchilari uchun: ✅ Chiroqchi tumani ✅ Shahrisabz tumani ✅ Shahrisabz shahri ✅ Kitob tumani ✅ Yakkabog' tumani
🏆 Viloyat final bosqichi: 📅 2026-yil 15-avgust 📍 Qarshi shahar Yoshlar markazi 📌 Barcha ishtirokchilardan belgilangan sana va vaqtda shaxsni tasdiqlovchi hujjat hamda loyiha taqdimoti bilan kelishlari so'raladi. Qashqadaryo startap ligasi — g'oyangizni muvaffaqiyatga aylantiring! 🚀 📷@kayotechuz 📲@kayotechuz

Repost from Edu.uz
😅 “Kelajak muhandislari” Respublika ko‘rik-tanlovining akseleratsiya bosqichi natijalari e’lon qilindi Akseleratsiya bosqich
+8
😅 “Kelajak muhandislari” Respublika ko‘rik-tanlovining akseleratsiya bosqichi natijalari e’lon qilindi Akseleratsiya bosqichi yakunlariga ko‘ra, tanlovning “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” yo‘nalishlarida ishtirok etgan talabalar, amaliyotchi-muhandislar hamda professor-o‘qituvchilar kategoriyalaridagi loyihalar ishchi guruh tomonidan baholandi.
Akseleratsiya dasturi yakunida ishtirokchilar o‘z g‘oya, loyiha va ixtirolarini ekspertlar hamjamiyati oldida taqdimot shaklida himoya qildilar. Baholash jarayonida ishlanmalarning innovatsionligi, ilmiy-texnik asoslanganligi, amaliy va iqtisodiy samaradorligi, taqdimot sifati hamda loyihani himoya qilish ko‘nikmalari asosiy mezonlar sifatida belgilandi. Akseleratsiya bosqichi natijalariga ko‘ra, tanlovning “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” yo‘nalishlarining har bir kategoriyasidan (talaba, amaliyotchi-muhandis, professor-o‘qituvchi) 10 nafardan, jami 90 nafar ishtirokchi yakuniy bosqichga yo‘llanma oldi. Tanlovning yakuniy bosqichida ishtirokchilar o‘z loyihalarini kengaytirilgan ekspertiza va baholash jarayonida taqdim etib, g‘oliblik uchun kuch sinashadilar.
Yakuniy bosqichga o‘tgan ishtirokchilar ro‘yxati bilan quyidagi havolalar orqali tanishish mumkin: “Eng yaxshi g‘oya” — havola “Eng yaxshi loyiha” — havola “Eng yaxshi ixtiro” — havola Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

📣 TIJORATLASHTIRISHGA TAYYORLASH LOYIHALARI TANLOVI E'LON QILINDI! 🎓 Innovatsion rivojlanish agentligi olimlar, tadbirkorla
📣 TIJORATLASHTIRISHGA TAYYORLASH LOYIHALARI TANLOVI E'LON QILINDI! 🎓 Innovatsion rivojlanish agentligi olimlar, tadbirkorlar va innovatorlar uchun tijoratlashtirishga tayyorlash loyihalari tanlovini e'lon qildi. 🔬 Davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan fundamental, amaliy va innovatsion ishlanmalarni tajriba-sinov bosqichiga olib chiqish uchun moliyaviy ko'mak ajratiladi. 💰 Moliyalashtirish hajmi: ✅ Bir yillik loyihalar — 2 500 BHMgacha ✅ Ikki yillik loyihalar — 3 500 BHMgacha 🗓 Arizalar qabul qilish muddati: 2026-yil 21-sentabr, soat 23:59 gacha 🌐 Ariza topshirish: tijorat.ilmiy.uz 📢 Qarshi Yoshlar Texnoparki mazkur tanlovda ishtirok etish istagidagi olimlar, tadqiqotchilar, startap jamoalari va tadbirkorlarga loyihani tayyorlashdan boshlab ariza topshirishgacha bo'lgan barcha bosqichlarda bepul amaliy va konsultativ yordam ko'rsatadi. 🔹 Loyiha hujjatlarini tayyorlash 🔹 Biznes-reja va tijoratlashtirish strategiyasini ishlab chiqish 🔹 Ariza rasmiylashtirish 🔹 Mutaxassislar konsultatsiyasi 🔹 Taqdimot (pitch) tayyorlash bo'yicha ko'mak 📍 Qarshi Yoshlar Texnoparkiga bemalol murojaat qiling! Sizning innovatsion g'oyangizni muvaffaqiyatli loyihaga aylantirishda yaqindan yordam beramiz. 📷 Instagram: @kayotechuz 📲 Telegram: @kayotechuz

#Rektor_kubogi #Dolzarb_90_kun “Qashqadaryo startap ligasi” hududiy startap tanlovining “Rektor kubogi” bosqichi yuqori saviy
+9
#Rektor_kubogi #Dolzarb_90_kun    “Qashqadaryo startap ligasi” hududiy startap tanlovining “Rektor kubogi” bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.   Tanlov davomida ishtirokchilar oʻzlarining istiqbolli startap loyihalarini hakamlar hayʼatiga taqdim etdilar. Ularning ishlari belgilangan baholash mezonlariga muvofiq baholandi. Yakuniy natijalarga koʻra gʻoliblar: 🥇 1-oʻrin: Samiyev Shohrux Abdusalom oʻgʻli. 🥈 2-oʻrin: Xoliqulova Nozima Tolibjon qizi. 🥉 3-oʻrin: Doniyorov Dostonbek Rustam oʻgʻli.   Iqtidorli talabalarimizni ushbu muvaffaqiyatlari bilan samimiy muborakbod etamiz! Bizni birga kuzatib boring: 👇 🌐 Website | 📱 Facebook | 📱 Instagram   | 📱  YouTube QarDTU axborot xizmati ✍️

Xolmatova Vazira Narzullaevnaning fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 📘 Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): So‘roq gaplari nutqiy faollashuvining pragmatik-diskursiv va stilistik jihatlari (ingliz va o‘zbek tillari misolida), 10.00.13 – Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik (filologiya fanlari). Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.⁠1.⁠DSc/⁠Fil1155. Ilmiy maslahatchi: Safarov Shaxriyor Safarovich, filologiya fanlari doktori, professor. Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti. IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.11.05. Rasmiy opponentlar: Yo‘ldosheva Xolida Qo‘zievna, filologiya fanlari doktori, professor; Jumaboeva Jamila Sharipovna, filologiya fanlari doktori, professor; Toirova Guli Ibragimovna, filologiya fanlari doktori, professor. Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti. Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 🗓 27.07.2026 yil. 📎 Batafsil 📢 @dissertatsiya_himoyasi_elonlari

Turdieva Feruza Alisherovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 📘 Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): "Arid hududda subirrigatsiya texnologiyasini ekologik-meliorativ-gidrologik asoslash va takomillashtirish (Qashqadaryo daryosi havzasi misolida)", 11.00.05 – Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish ixtisosligi (texnika fanlari). Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.⁠4.⁠PhD/⁠T76. Ilmiy rahbar: Muradov Shuxrat Odilovich, texnika fanlari doktori, professor. Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat texnika universiteti. IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Atrof muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.18/2025.27.12.T.01.01. raqamli ilmiy kengash. Rasmiy opponentlar: Abdullaev Botir Dadajonovich -"TIQXMMI" MTU Ekologiya va suv resurslarini boshqarish kafedrasi mudiri, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor. Gers Jasmina Viktorovna - Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti «Fuqarolik qurilishi va arxitektura» kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi, texnika fanlari falsafa doktori (PhD). Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti Dissertatsiya yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 🗓 24.07.2026 yil. 📎 Batafsil 📢 @dissertatsiya_himoyasi_elonlari

Botirov Akbar Sodiq o‘g‘lining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 📘 Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): "Yashash uylari uchun kombinatsiyalashgan bug‘latishli sovitish tizimi", 05.05.04-" Sanoat issiqlik energetikasi" ixtisosligi bo‘yicha. Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.⁠1.⁠PhD/⁠T6519 Ilmiy rahbar: Ibragimov Umidjon Xikmatullaevich, texnika fanlari doktori, professor. Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat texnika universiteti. IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat texnika universiteti, PhD. 03/2025.28.11.T.17.01. raqamli Ilmiy kengash. Rasmiy opponentlar: Axadov Jobir Zamirovich, texnika fanlari doktori, professor; Fayziev Tulkun Amirovich, texnika fanlari nomzodi, professor. Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat texnika universiteti. Dissertatsiya ishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 🗓 23.07.2026 yil. 📎 Batafsil 📢 @dissertatsiya_himoyasi_elonlari