en
Feedback
Navoiy shahridagi Prezident maktabi

Navoiy shahridagi Prezident maktabi

Open in Telegram
1 235
Subscribers
No data24 hours
-17 days
-730 days
Posts Archive
🇺🇿 Davlat madhiyasiga ehtirom Bugun Navoiy shahridagi Prezident maktabida Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bi
+3
🇺🇿 Davlat madhiyasiga ehtirom Bugun Navoiy shahridagi Prezident maktabida Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan ertalabki yig‘in bo‘lib o‘tdi. Tadbirni  tarix va tarbiya fani o‘qituvchisi Abdurahmonov Husniddin olib bordi. Yig‘inda o‘quvchilarga Davlat madhiyasining tarixi, mazmuni va uning Vatanga bo‘lgan hurmatni oshirishdagi ahamiyati haqida ma’lumot berildi. Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tdi. 🇺🇿 Respect for the National Anthem Today, the Navoiy Presidential School held a morning assembly dedicated to the Day the National Anthem was adopted. The event was led by history and character education teacher Husniddin Abdurahmonov. During the assembly, students were informed about the history and meaning of the National Anthem, as well as its importance in fostering respect and devotion to the Motherland. The event was conducted in a spirited atmosphere. 🔵Telegram 🔵Facebook 🔵Instagram

🇺🇿 Davlat madhiyasiga ehtirom Bugun Navoiy shahridagi Prezident maktabida Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bi
+4
🇺🇿 Davlat madhiyasiga ehtirom Bugun Navoiy shahridagi Prezident maktabida Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan ertalabki yig‘in bo‘lib o‘tdi. Tadbirni  tarix va tarbiya fani o‘qituvchisi Abdurahmonov Husniddin olib bordi. Yig‘inda o‘quvchilarga Davlat madhiyasining tarixi, mazmuni va uning Vatanga bo‘lgan hurmatni oshirishdagi ahamiyati haqida ma’lumot berildi. Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tdi. 🇺🇿 Respect for the National Anthem Today, the Navoiy Presidential School held a morning assembly dedicated to the Day the National Anthem was adopted. The event was led by history and character education teacher Husniddin Abdurahmonov. During the assembly, students were informed about the history and meaning of the National Anthem, as well as its importance in fostering respect and devotion to the Motherland. The event was conducted in a spirited atmosphere. 🔵Telegram 🔵Facebook 🔵Instagram

Repost from E’zoza Karimova
Aziz yurtdoshlar! Qadrli ustozlar! Bugun 8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kundir. Konstitut
Aziz yurtdoshlar! Qadrli ustozlar! Bugun 8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kundir. Konstitutsiyamiz — davlatimiz barqarorligi, jamiyat rivoji va fuqarolar huquqlarining ishonchli kafolati hisoblanadi. U yurtimiz taraqqiyotini belgilab beruvchi asosiy huquqiy hujjat sifatida barcha sohalar, jumladan ta’lim tizimidagi keng qamrovli islohotlarni izchil amalga oshirishda muhim tayanch bo‘lib xizmat qiladi. Mamlakatimizda bolalarning sifatli ta’lim olishi, ular uchun teng imkoniyatlar yaratilishi va pedagoglarni qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifalardan biridir. Bu jarayonda ustoz va murabbiylarimizning fidoyiligi, mehnati va mas’uliyati jamiyat taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shmoqda. Sizga salomatlik, ish faoliyatingizda rivoj va yangi yutuqlar tilayman. Ta’lim sifatini oshirish yo‘lidagi hamjihatlik va hamkorligimiz yurtimiz ravnaqiga hissa qo‘shaversin! E'zoza Karimova, Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri #Konstitutsiyamiz_33_yoshda E’zoza Karimova

8-dekabr — Konstitutsiya kuni muborak bo‘lsin! Hurmatli yurtdoshlar! Bugun xalqimiz uchun eng ulug‘ va eng ahamiyatli sanalar
8-dekabr — Konstitutsiya kuni muborak bo‘lsin! Hurmatli yurtdoshlar! Bugun xalqimiz uchun eng ulug‘ va eng ahamiyatli sanalardan biri — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunni nishonlamoqdamiz. Asosiy Qonunimiz – yurtimiz taraqqiyoti, jamiyatimiz barqarorligi va har bir fuqaroning huquqini kafolatlaydigan mustahkam poydevordir. Bayram bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz! Konstitutsiya bizga erkin fikrlash, orzu qilish, yaratuvchan bo‘lish, eng muhimi, o‘z kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan qurish imkonini bergan buyuk hujjatdir. Agentligimiz jamoasi uchun esa bu sana yanada muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’lim – jamiyat ravnaqi va demokratik qadriyatlar mustahkamlanishining eng asosiy omillaridan biridir. Konstitutsiyamizda belgilangan har bir bola sifatli ta’lim olishga haqli degan tamoyil bizning kundalik faoliyatimizning bosh maqsadi va mas’uliyatidir. Yurtimiz kelajagi bo‘lgan yoshlar uchun zamonaviy, adolatli va ochiq ta’lim tizimini yaratish yo‘lida amalga oshirilayotgan har bir islohot, har bir tashabbus aynan Asosiy Qonunimizda o‘z aksini topgan yuksak g‘oyalarga tayanadi. Shu muborak kunda barchangizga tinchlik, farovonlik, yangi marralar va bardavom rivoj tilaymiz. Yurtimizning porloq kelajagi — bilimli, faol va ongli avlod qo‘lida. Biz esa ular uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratishda davom etamiz. Konstitutsiya kuni muborak bo‘lsin! Ixtisoslashtirilgan ta‘lim muassasalari agentligi.
Bizni kuzating
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Konstitutsiya kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi — Праздничное поздравление народу Узбекистана по случа
Konstitutsiya kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigiПраздничное поздравление народу Узбекистана по случаю Дня Конституции Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

#Baxtimiz_qomusi #CIS_tashrifi 🇺🇿Navoiy shahridagi Prezident maktabida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni hamda CIS vakillarining tashrifi munosabati bilan tantanali tadbir o‘tkazildi. Tadbirda davlatimizning bosh Qomusi — Konstitutsiyaning jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyati alohida ta’kidlandi. 🌍O‘quvchilar tomonidan turli millatlar urf-odatlari va milliy raqslari namoyish etilib, madaniy xilma-xillikni aks ettirgan ushbu chiqishlar mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. 🇺🇿A ceremonial event was held at the Navoiy Presidential School in honor of the Constitution Day of the Republic of Uzbekistan and the visit of the CIS representatives. 🌍Students presented traditional customs and national dances of various cultures, showcasing the beauty of cultural diversity. These vibrant performances left a strong impression on the guests. 🔵Telegram 🔵Facebook 🔵Instagram

Repost from UNICEF Uzbekistan
💙 #18kun, 🤍 #18modda 👨‍👩‍👧 Ota-onaning mas’uliyati 📌 Bola tarbiyasi uchun asosiy javobgarlik ota-onalarga yuklatiladi.
💙 #18kun, 🤍 #18modda 👨‍👩‍👧 Ota-onaning mas’uliyati 📌 Bola tarbiyasi uchun asosiy javobgarlik ota-onalarga yuklatiladi. Davlatlar ota-onalarga bu vazifani bajarishda yordam berishi kerak. #MeningKunimMeningHuquqlarim ____ 💙 День 18, 🤍 #статья18 👨‍👩‍👧‍👦 Ответственность родителей 📌 Родители несут основную ответственность за воспитание детей, а правительства должны помогать им в этом. #МойДеньМоиПрава

-2147483648_-214814.webp0.21 KB

#Asosiy_olimpiada Asosiy olimpiadaning hududiy bosqichi muvaffaqiyatli yakunlandi
📊 Ma'lumot oʻrnida: mazkur olimpiada 24-noyabr — 3-dekabr kunlari bo‘lib o‘tdi, unda 31 ming nafardan ortiq oʻquvchilar ishtirok etishdi.
🌐 Batafsil videolavhada Fan olimpiadalari markazi
Bizni kuzating
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal

✅✅✅✅ ✅ Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari oʻrinbosari Hilola Umarova Xorazm viloyati, Urganc
+6
✅✅✅✅ ✅ Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari oʻrinbosari Hilola Umarova Xorazm viloyati, Urganch shahrida yaqinda faoliyati yoʻlga qoʻyilgan Al-Xorazmiy universitetida bo‘lib, o‘quv jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
➖ Oʻrganishlar davomida taʻlim maskanidagi zamonaviy infratuzilma, talabalar uchun qulay sharoitlarni tashkil etish bilan bogʻliq ishlarni koʻzdan kechirdi.
🔰 Xususan, zamonaviy oʻquv xonalari, faollar zali va oliygohda yaratilgan qulayliklar bilan tanishdi. Shuningdek, pedagoglar va talabalar bilan taʼlim sifatini oshirishda zamonaviy koʻnikmalarni qoʻllash, bugungi kun talablariga mos kasblarni egallashda ularning oʻrni xususida atroflicha muloqot olib bordi.
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Repost from Hilola Umarova
O‘zbek tili sertifikati bo‘yicha aprobatsiya imtihoni o‘tkazildi Prezidentimiz tashabbusi bilan o‘zbek tilining xalqaro miqyo
+7
O‘zbek tili sertifikati bo‘yicha aprobatsiya imtihoni o‘tkazildi   Prezidentimiz tashabbusi bilan o‘zbek tilining xalqaro miqyosdagi o‘rni va nufuzini oshirish hamda uni xorijiy mamlakatlarda keng targ‘ib qilish ishlariga alohida e’tibor berilmoqda. Davlatimiz rahbari soha mas’ullari oldiga o‘zbek tilini o‘rganish istagida bo‘lgan chet el fuqarolari uchun o‘zbek tilini bilish darajasi bo‘yicha malaka sertifikatiga ega bo‘lish imkoniyatini yaratish vazifasini qoʻygan edi. Ayni shu kunlarda Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘zbek tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha malaka imtihonining baholash mezonlari, topshiriqlar formati masalalari, umuman, imtihon uchun ishlab chiqilgan “Uzbek language proficiency test” – “Oʻzbek tili bo‘yicha bilim darajasi testi” platformasining ishlash mexanizmini tekshirib ko‘rish maqsadida aprobatsiya sinovlari o‘tkazilmoqda. Imtihon xalqaro CEFR mezonlari asosida 4 ta ko‘nikma (tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish) bo‘yicha o‘zbek tilini bilishning A1, A2 va B1 darajalarini qamrab olgan holda elektron shaklda tashkil etildi. Aprobatsiya jarayonida jami 379 nafar chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ishtirok etdi. Natijalar tahliliga ko‘ra, imtihon topshiriqlari mazmuni va formati, baholash mezonlari, imtihon davomiyligi hamda platforma funksional imkoniyatlari qayta ko‘rib chiqilib, takomillashtiriladi. Tilshunoslar, soha mutaxassislari, ziyolilar, pedagoglardan oʻz takliflarini bildirishi, jarayonda faol ishtirok etishini kutamiz. Buning uchun (95) 515-68-68 raqamlari yoki Agentlikning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga murojaat qilishingiz mumkin. @hilola_umarova

📰📰📰📰📰📰📰 Ixtisoslashtirilgan maktablar tajribasi xalqaro e’tirofda! Bugun Agentlik direktori Sevara Shakirova YUNISEFni
+2
📰📰📰📰📰📰📰 Ixtisoslashtirilgan maktablar tajribasi xalqaro e’tirofda! Bugun Agentlik direktori Sevara Shakirova YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Rexina Mariya Kastixo hamda YUNISEFning ta’lim bo‘limi rahbari Alberto Biankoli bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda sifatli ta’limni rivojlantirish, ixtisoslashtirilgan maktablar tajribasini umumta’lim tizimiga integratsiya qilish va o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar va yutuqlar yuzasidan ma’lumot berildi. YUNISEF vakillari O‘zbekiston ixtisoslashtirilgan maktablari va Prezident maktablari faoliyatini yuqori baholadi. 🌿Ekologik ta’lim yo‘nalishiga alohida e’tibor qaratildi. 2021-yildan buyon Agentlik maktablari xalqaro Eco school dasturida ishtirok etib kelmoqda. Bugunga qadar 8 ta maktab “Yashil bayroq” bilan taqdirlandi hamda 50 dan ortiq issiqxona barpo etildi. Shuningdek, 50 dan ortiq chekka hududlardagi maktablarda matematika ta’limiga sun’iy intellektni joriy etish dasturi taqdim etildi. Tomonlar O‘zbekistonning barcha hududlarida, ayniqsa chekka hududlarda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan qo‘shma dasturlarni amalga oshirishga kelishib oldilar.
Bizni kuzating
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal

#Bizning_shunday_oquvchilarimiz_bor 🇺🇿 Navoiy shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Murodbek Latipov Rossiya Federatsiyas
+3
#Bizning_shunday_oquvchilarimiz_bor 🇺🇿 Navoiy shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Murodbek Latipov Rossiya Federatsiyasining Sochi shahrida 23-noyabr - 2-dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan "22-Xalqaro Yoshlar Tabiiy Fanlar Olimpiadasi (IJSO – 2025)" da ishtirok etib, kumush medalni qo‘lga kiritdi. 🇺🇿 🌟 Murodbekning ushbu yutug‘i — uning tinimsiz mehnati, izlanishi va ustozlarining samarali ko‘magining natijasidir.👏 🇺🇿 Murodbek Latipov, a student of the Navoiy Presidential School, participated in the 22nd International Junior Science Olympiad (IJSO – 2025) held in Sochi, Russian Federation, from 23 November to 2 December, and proudly won a silver medal. 🇺🇿🌟 Murodbek’s achievement is the result of his continuous hard work, dedication, and the effective support of his teachers.👏 🔵Telegram 🔵Facebook 🔵Instagram

#Tashrif 🌟 Bugun Navoiy shahridagi Prezident maktabida tonggi saflanish Xalqaro maktablar Kengashi vakillarini maktab jamoas
+7
#Tashrif 🌟 Bugun Navoiy shahridagi Prezident maktabida tonggi saflanish  Xalqaro maktablar Kengashi vakillarini   maktab jamoasi va o‘quvchilarga tanishtirish bilan boshlandi. 🔹Shuningdek,  “Biz sog‘lom turmush tarafdorimiz” shiori ostida o‘tkazilgan videoroliklar tanlovi g‘oliblari tantanali ravishda taqdirlandi. 🏅 Tadbir yakunida eng yaxshi ishlari bilan ajralib chiqqan g‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan mukofotlandilar. #Visit 🌟 This morning at the Presidential School in Navoi, the day began with the introduction of the Council of International Schools (CIS) representatives to the school staff and students. 🔹In addition, the winners of the video contest held under the slogan “We Support a Healthy Lifestyle” were officially awarded. 🏅 At the end of the event, the participants who demonstrated the best work were presented with diplomas and memorable gifts. 🔵Telegram 🔵Facebook 🔵Instagram

#CIS #Prezident_maktabi Navoiy shahridagi  Prezident maktabiga Xalqaro maktablar kengashi vakillari tashrif buyurishdi. #CIS #Presidential_School Representatives of the Council of International Schools (CIS) visited the Presidential School in Navoi. 🔵Telegram 🔵Facebook 🔵Instagram

#CIS #Prezident_maktabi Navoiy shahridagi  Prezident maktabida Xalqaro maktablar kengashi vakillari tashrif buyurishdi. #CIS #Presidential_School Representatives of the Council of International Schools (CIS) visited the Presidential School in Navoi. 🔵Telegram 🔵Facebook 🔵Instagram

Ta’lim va innovatsiya chorrahasida yangi hamkorlik! Davlatimiz rahbarining 28-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan sun’iy intellekt foru
+2
Ta’lim va innovatsiya chorrahasida yangi hamkorlik! Davlatimiz rahbarining 28-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan sun’iy intellekt forumida belgilab bergan ustuvor vazifalari hamda prezident tashabbusi ijrosida mamlakatimizda AI’ni barcha sohalarga joriy etish, yoshlarni tayyorlash va xalqaro texnologik hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha amaliy ishlar yangi bosqichga chiqmoqda. Ushbu uchrashuvdagi vazifalarni Agentlik tizimidagi maktablarda amalga oshirish maqsadida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova hamda  Silkroad Innovation Hub asoschisi Asset Abdullayev o‘rtasida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida: 🤖 o‘quvchi va o‘qituvchilar uchun sun’iy intellektga asoslangan ta’lim dasturlari, 📚 zamonaviy o‘quv seminarlar, 🌐 onlayn ta’lim platformalari imkoniyatlaridan keng foydalanish masalalari yuzasidan istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi. Muloqotda 2026-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan yangi loyihalar taqdimotlari bilan tanishilib, kelgusidagi amaliy hamkorlik uchun mustahkam poydevor yaratildi. Texnologiya, ta’lim va innovatsiya birlashgan nuqtada yangi imkoniyatlar ochilmoqda!
Bizni kuzating
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#seminar_trening Agentlik tizimidagi maktablarning 1-chorak summativ baholash (ChSB) natijalari tahlili bo‘yicha o'qituvchila
+5
#seminar_trening Agentlik tizimidagi maktablarning 1-chorak summativ baholash (ChSB) natijalari tahlili bo‘yicha o'qituvchilarga seminar-trening o'tkazildi Joriy yilning 29-noyabr kuni Agentlik tizimidagi maktablarda faoliyat yuritayotgan oʻqituvchilar uchun  2 smenada  1-ChSB natijalari tahliliga ko‘ra fandagi aniqlangan bo‘shliqlarni to‘ldirish bo'yicha seminar-trening bo'lib o'tdi. Mazkur seminar-trening Agentlikning masʼul xodimlari hamda 1-ChSB sinovi materiallarini tuzgan fan ekspertlari tomonidan ZOOM platformasi orqali onlayn tashkil etilib,  tizimdagi barcha ixtisoslashtirilgan maktablarning matematika, algebra, geometriya, fizika, kimyo, biologiya va ingliz tili fanlari oʻqituvchilari uchun parallel ravishda tashkil etildi. 1-ChSB natijalari tahliliga ko‘ra 50 foiz va undan ortiq o‘quvchi xato javob bergan savollar tanlab olinib, o‘quvchilar aynan qanday turdagi savollarni bajarishda qiyinchilikka duch kelayotganligi va ularning sabablari muhokama qilinib, natijalarni yaxshilash bo‘yicha metodik tavsiyalar berib o'tildi.
Bizni kuzating
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#olim_bilan_uchrashuv 🔭Navoiy shahridagi Prezident maktabida O‘zbekistonda relyativistik astrofizika ilmiy maktabining asosc
+3
#olim_bilan_uchrashuv                                                                                                                       🔭Navoiy shahridagi Prezident maktabida O‘zbekistonda relyativistik astrofizika ilmiy maktabining asoschisi Bobomurod Jo‘rayevich Ahmedov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 🔍Uchrashuv davomida Bobomurod Ahmedov o‘quvchilarga zamonaviy astrofizikaning dolzarb masalalari yuzasidan  o‘quvchilar bilan suhbatlashdi. Tadbir yoshlarning ilm-fanga qiziqishini oshirish va ularni ilmiy izlanishlarga ruhlantirishga xizmat qildi. 🔭 A meeting was held at the Presidential School in Navoi with Bobomurod Jo‘rayevich Ahmedov, the founder of the relativistic astrophysics scientific school in Uzbekistan. 🔍Throughout the meeting, Bobomurod Ahmedov discussed current issues in modern astrophysics with the students and answered their questions. The event aimed to increase students’ interest in science and inspire them to engage in research activities. 🔵Telegram 🔵Facebook 🔵Instagram

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalqaro kongress markaziga tashrif buyurib, sun’iy intellektga bag‘ishlangan xalqaro forum ochil
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalqaro kongress markaziga tashrif buyurib, sun’iy intellektga bag‘ishlangan xalqaro forum ochilishida ishtirok etmoqda. Unda Davlatimiz rahbari sun’iy intellekt sohasini rivojlantirish bo‘yicha rejalarni aytdi:
"Nvidia" kompaniyasi bilan superkompyuter klasteri ishga tushiriladi, AQSHning Kremniy vodiysida Milliy transfer ofisi ochiladi, barcha hududlardagi "Kelajak markazlari"da SI bo‘yicha maktab dasturi joriy qilinadi; – maktablar o‘rtasida har yili sun’iy intellekt yo‘nalishida eng yaxshi startap g‘oyalari bo‘yicha tanlov o‘tkazish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Har bir hududda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan maktabda eng zamonaviy sun’iy intellekt laboratoriyasi tashkil etiladi; – Sun’iy intellekt bo‘yicha Prezident tanlovi tashkil etiladi. Har yili 100 nafar eng iqtidorli yoshlar saralab olinib, AQSH, Birlashgan Arab Amirliklari, Yevropaning ilg‘or texnologik kompaniyalariga stajirovkaga yuboriladi; – yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yirik tashabbus – "5 million sun’iy intellekt yetakchilari" loyihasiga start beriladi. 2030-yilga qadar 4,75 million o‘quvchi va talaba, 150 ming o‘qituvchi, 100 ming davlat xizmatchisi o‘qitiladi. Bunda sun’iy intellekt maktab, kasb ta’limi va oliy ta’lim tizimlariga ham integratsiya qilinadi; – har yili noyabr oyi "Yoshlar uchun sun’iy intellekt oyligi" deb e’lon qilinadi va doimiy ravishda "Ipak yo‘li sun’iy intellekt forumi" o‘tkazib boriladi.
Bizni kuzating
❤️ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin