UTG.UZ
Open in Telegram
"Ўзтрансгаз" АЖнинг расмий саҳифаси Бизни кузатинг: https://utg.taplink.ws 📞 +998712021012, ✉️ info@utg.uz Manzil: Toshkent vil., Yuqori Chirchiq tumani
Show more1 355
Subscribers
+324 hours
+67 days
+3230 days
Posts Archive
1 355
+3
🧠 “O‘ztransgaz” AJ jamoasi — “Mustaqillik kubogi” ishtirokchisi
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi bayrami munosabati bilan vazirlik va idoralar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinining “Mustaqillik kubogi” musobaqasi o‘tkazildi. Bilim, mantiqiy tafakkur va jamoaviy hamkorlikni birlashtirgan mazkur bellashuvda “O‘ztransgaz” AJ jamoasi ham ishtirok etdi.
Intellektual musobaqa ishtirokchilarga o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazish, fikrlash tezligi va hozirjavobligini namoyon etish imkonini berdi. Savollarga to‘g‘ri javob topish jarayonida nafaqat bilimdonlik, balki masalaga turli nuqtayi nazardan yondashish, fikrlarni tahlil qilish va cheklangan vaqt ichida umumiy xulosaga kelish ko‘nikmalari ham muhim o‘rin tutdi. “O‘ztransgaz” AJ vakillari ham bellashuv davomida o‘zaro fikr almashib, savollarga javob topish yo‘lida bilim va mulohazalarini birlashtirdi. Har bir ishtirokchining fikrini tinglash, taklif etilgan javoblarni birgalikda muhokama qilish hamda yagona qarorga kelish jarayoni jamoaviy hamjihatlikning ahamiyatini yana bir bor namoyon etdi. “Zakovat” — insonni izlanishga, mutolaa qilishga va yangi bilimlarni egallashga undaydigan intellektual maydon. Bunday o‘yinlar dunyoqarashni kengaytirish bilan birga, mustaqil va tanqidiy fikrlash, dalillarni taqqoslash hamda muammolarga yechim topish qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu ko‘nikmalar kundalik hayotda ham, kasbiy faoliyatda ham muhim ahamiyatga ega. Vazirlik va idoralar jamoalarini bir maydonda jamlagan mazkur musobaqa o‘zaro muloqot, tajriba almashish va do‘stona aloqalarni mustahkamlash uchun ham imkoniyat yaratdi. Mustaqillik bayramiga bag‘ishlangan bellashuvda ishtirok etish Jamiyat xodimlari uchun bilimga bo‘lgan qiziqish va jamoaviy birlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladigan tajriba bo‘ldi.👏 Jamoamizga kelgusi intellektual bellashuvlarda omad, yangi marralar va yuksak natijalar tilaymiz! #Uztransgaz #Zakovat #MustaqillikKubogi 🌐 UTG.UZ |💬 Facebok |📷Instagram|▶️ YouTube|👉 Telegram
1 355
+1
“Urganchtransgaz” MCHJda fuqarolar qabuli o‘tkazildi
📌 Bugun, 2026-yil 8-sentyabr kuni “Urganchtransgaz” MCHJ Direktorining moliya, transformatsiya va xususiylashtirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari S.B.Xudaybergenov tomonidan navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi.
🤝 Qabulda Urganch tumani, Zargarlar MFYda yashovchi, hozirda Xorazm viloyati IIB Qo‘riqlash bo‘limi soqchisi bo‘lib ishlayotgan fuqaro B.X.Rajabbaevning jamiyatga ishga joylashish bo‘yicha og‘zaki murojaati tinglandi.
⚖️ Murojaat yuzasidan tegishli mas’ullarga fuqaroning mutaxassisligi va jamiyatdagi vakant ish o‘rinlarini amaldagi qonunchilik doirasida atroflicha o‘rganib chiqish hamda belgilangan muddatda yechim topish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
Murojaatlar bilan ishlash jarayoni davom etmoqda.
🌐 UTG.UZ |💬 Facebok |📷Instagram|▶️ YouTube|👉 Telegram
1 355
+3
🏃♂️ “O‘ztransgaz” AJ xodimlari Toshkent xalqaro yarim marafonida ishtirok etdi
“O‘ztransgaz” AJ xodimlari Toshkent xalqaro yarim marafonida qatnashib, sog‘lom turmush tarzi va faol hayotga bo‘lgan intilishlarini namoyon etdi.
Poytaxtimizning markaziy ko‘chalari bo‘ylab tashkil etilgan mazkur musobaqa turli mamlakatlardan kelgan professional sportchilar va havaskor yuguruvchilarni birlashtirdi. Ommaviy sportni rivojlantirish, jismoniy faollikni oshirish hamda xalqaro sport aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan tadbirda Jamiyat vakillari ham ishtirok etdi. Yarim marafonda qatnashish xodimlar uchun o‘z kuch va imkoniyatlarini sinab ko‘rish, iroda va qat’iyatini namoyon etish hamda bo‘sh vaqtini faol va mazmunli o‘tkazish imkonini berdi. Hamkasblarning umumiy maqsad yo‘lida birlashishi esa jamoaviy ruh va o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qildi. Sport insondan intizom, sabr-toqat va maqsad sari izchil harakat qilishni talab etadi. Ushbu fazilatlar kasbiy faoliyatda ham muhim o‘rin tutadi. Shu jihatdan, sport tadbirlaridagi ishtirok xodimlarning shaxsiy rivojlanishi, tashabbuskorligi va jamoada ishlash ko‘nikmalarini qo‘llab-quvvatlashda alohida ahamiyatga ega. Bunday tashabbuslar orqali xodimlar o‘rtasida sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish, jismoniy faollikni kundalik hayotning ajralmas qismiga aylantirish hamda salomatlikka e’tiborli munosabatni shakllantirish ko‘zda tutiladi. Shuningdek, mehnat faoliyatidan tashqari umumiy qiziqishlar atrofida birlashish hamkasblar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlaydi. 👏 Yarim marafonda ishtirok etgan barcha hamkasblarimizni qo‘llab-quvvatlaymiz va ularga kelgusi sport tadbirlarida yangi marralarni zabt etishini tilaymiz!💪 Sog‘lom hayot sari — birgalikda! #Uztransgaz #ToshkentYarimMarafoni #SoglomTurmush #Sport
1 355
+1
📢 Gʻallaorol magistral gaz quvurlari boshqarmasida navbatdagi fuqarolar qabuli oʻtkazildi
Bugun jamiyatimizda fuqarolar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot qilish, ularning muammolarini tinglash va qonuniy yechim topishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
🗓 Kuni kecha, 2026-yil 7-sentyabr kuni Gʻallaorol MGQB boshligʻi oʻrinbosari Saparov Abror Tagayevich tomonidan navbatdagi shaxsiy qabul oʻtkazildi. 👤 Qabulda Gʻallaorol tumani "Lalmikor" MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro Jurayev Gʻulomjon Mardon oʻgʻlining bandlik masalasidagi murojaati tinglandi. 🎓 Fuqaro Gʻ.Jurayev joriy yilda Rossiya Federatsiyasining Don davlat texnika universitetini "Qurilish" yoʻnalishi boʻyicha muvaffaqiyatli tamomlagan boʻlib, boshqarmaga mutaxassisligi boʻyicha ishga joylashishda amaliy yordam soʻradi.📌 Qabul yakuniga koʻra: Fuqaroga korxonadagi boʻsh ish oʻrinlari va ishga qabul qilish tartibi boʻyicha batafsil tushuntirish berildi. Yosh mutaxassisning oliy maʼlumoti va yoʻnalishi inobatga olingan holda, uning hujjatlari boshqarmaning kadrlar zaxirasiga kiritildi va murojaat nazoratga olindi. 🌐 UTG.UZ |💬 Facebok |📷Instagram|▶️ YouTube|👉 Telegram
1 355
+1
📢 Gʻallaorol magistral gaz quvurlari boshqarmasida navbatdagi fuqarolar qabuli oʻtkazildi
Bugun jamiyatimizda fuqarolar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot qilish, ularning muammolarini tinglash va qonuniy yechim topishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
🗓 Kuni kecha, 2026-yil 7-sentyabr kuni Gʻallaorol MGQB boshligʻi oʻrinbosari Saparov Abror Tagayevich tomonidan navbatdagi shaxsiy qabul oʻtkazildi. 👤 Qabulda Gʻallaorol tumani "Lalmikor" MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro Jurayev Gʻulomjon Mardon oʻgʻlining bandlik masalasidagi murojaati tinglandi. 🎓 Fuqaro Gʻ.Jurayev joriy yilda Rossiya Federatsiyasining Don davlat texnika universitetini "Qurilish" yoʻnalishi boʻyicha muvaffaqiyatli tamomlagan boʻlib, boshqarmaga mutaxassisligi boʻyicha ishga joylashishda amaliy yordam soʻradi.📌 Qabul yakuniga koʻra: Fuqaroga korxonadagi boʻsh ish oʻrinlari va ishga qabul qilish tartibi boʻyicha batafsil tushuntirish berildi. Yosh mutaxassisning oliy maʼlumoti va yoʻnalishi inobatga olingan holda, uning hujjatlari boshqarmaning kadrlar zaxirasiga kiritildi va murojaat nazoratga olindi. 🌐 UTG.UZ |💬 Facebok |📷Instagram|▶️ YouTube|👉 Telegram
1 355
+4
“URGANCHTRANSGAZ” MCHJDA FUQAROLAR QABULI
2026-yil 3-sentyabr kuni “Urganchtransgaz” MCHJda fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash va ularning muammolariga yechim topish maqsadida navbatdagi shaxsiy qabul tadbiri o‘tkazildi.
Qabul Jamiyat direktorining qurilish va transport bo‘yicha o‘rinbosari v.v.b. Raximov Azamat Rinatovich tomonidan o‘tkazildi. Unda Xorazm viloyati, Xiva tumani, Angariq MFY, Inoq ko‘chasi, 16-uyda yashovchi fuqaro Maxmudov Rustam Qurbonbaevichning og‘zaki murojaati atroflicha eshitildi.
Ma’lum qilinishicha, fuqaro R.Q.Maxmudov hozirgi vaqtda “Eriell corporation” (Surgul) kompaniyasida 5-toifali elektromontyor lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. U o‘z murojaatida “Urganchtransgaz” MCHJ tarkibidagi Zaungur gaz quvurlari boshqarmasiga (MGQB) ishga kirishda amaliy yordam ko‘rsatishni so‘ragan.
Shaxsiy qabul jarayonida fuqaroning mutaxassislik malakasi, ish tajribasi hamda taqdim etgan hujjatlari ko‘rib chiqildi. Amaldagi mehnat qonunchiligi talablari va boshqarmadagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlaridan (vakansiya) kelib chiqqan holda, murojaatni qonuniy hal etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.
🌐 UTG.UZ |💬 Facebok |📷Instagram|▶️ YouTube|👉 Telegram
1 355
+3
"O‘ztransgaz" AJ Boshqaruv raisining navbatdagi shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tdi. Qabulda Shimoliy So‘x GYOS inshooti xodimlari nomidan fuqarolar M.K. Mirzaripov va S.V. Raxmonovlar ishtirok etishdi.
Murojaat mazmuni:
Joriy yilning may oyidan boshlab inshootda qorovul xizmati autsorsing tizimiga o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan, xodimlar inshootdagi mavjud mehnat munosabatlarini yil yakuniga qadar (o‘zgarishsiz) saqlab qolishni so‘rab murojaat qildilar.
Keyingi qadamlar:
Murojaat Boshqaruv raisi tomonidan atroflicha tinglandi. Amaldagi mehnat qonunchiligi va xodimlarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash tamoyillaridan kelib chiqib, ushbu masala Personalni boshqarish departamenti tomonidan qonuniy va ijobiy hal etish uchun nazoratga olindi.
🌐 UTG.UZ |💬 Facebok |📷Instagram|▶️ YouTube|👉 Telegram
1 355
+2
“O‘ztransgaz” AJ Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari M.N. Raxmonov tomonidan masofaviy (VKS) shaxsiy qabul o‘tkazildi
Joriy yilning 28-avgust kuni “O‘ztransgaz” AJ Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari M.N. Raxmonov tomonidan videokonferensaloqa (VKS) shaklida fuqarolarning shaxsiy qabuli tashkil etildi.
Qabul davomida fuqaro Juvrayev F.ning murojaati tinglandi. Murojaatda bayon etilishicha, uning o‘g‘li — Jo‘rayev Sabit Fattulayevich 2014-yildan buyon Gazli magistral gaz quvurlari boshqarmasida (MGQB) turli lavozimlarda ishlab kelmoqda. Biroq, joriy yilning may oyidan boshlab xodimning ish stavkasi 25 foizga qisqartirilgan.
Murojaatchi xodimning ish joyiga 200 km uzoqlikdan, ya’ni Qorako‘l tumanidan qatnab mehnat qilayotganini inobatga olgan holda, uning ish stavkasini qaytadan to‘liq (100 foiz) qilib belgilashda amaliy yordam so‘radi.
Mazkur murojaat yuzasidan bildirilgan masalalar qonuniy doirada o‘rganib chiqilishi va belgilangan tartibda choralar ko‘rilishi nazoratga olindi.
🌐 UTG.UZ |💬 Facebok |📷Instagram|▶️ YouTube|👉 Telegram
1 355
+3
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida energetika sohasi xodimlari uchun maxsus oʻquv kursi tashkil etildi.
Mashgʻulotlar davomida fuqarolar murojaatlarini chuqur tahlil qilish, mavjud muammolarga manzilli yechim topish, aholi bilan ochiq va samarali muloqot olib borish hamda masʻuliyatli qarorlar qabul qilish boʻyicha zarur bilim va koʻnikmalar mustahkamlandi.
Shuningdek, qonuniylikni taʻminlash, manfaatlar toʻqnashuvi va korrupsiyaviy xavflarning oldini olish masalalari ham atroflicha muhokama qilindi.
🌐 UTG.UZ |💬 Facebok |📷Instagram|▶️ YouTube|👉 Telegram
1 355
🇺🇿🇺🇿 QADRLI YURTDOSHLAR!
♨️“O‘ztransgaz” AJ jamoasi Sizlarni Respublikamiz Mustaqilligining qutlug‘ – 🇺🇿 yillik bayrami bilan samimiy muborakbod etadi!
✨Yangi O‘zbekistonning taraqqiyoti va ravnaqi yo‘lida olib borayotgan ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilaymiz. Xonadoningizdan tinchlik-osoyishtalik, fayzu baraka!
💥Mustaqilligimiz abadiy, yurtimiz yanada obod bo‘lsin!
🌐 UTG.UZ |💬 Facebok |📷Instagram|▶️ YouTube|👉 Telegram
1 355
#Mustaqilikka35yil
🇺🇿 MUSTAQILLIK — BUYUK QADRIYAT VA ULUG‘ NE’MAT
“O‘ztransgaz” AJ tizimidagi Farg’ona magistral gaz quvurlari boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda professor, filolog, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Siddiq Mo‘min ishtirok etib, mustaqillik tushunchasi, unga erishishda xalqimizning o‘rni va qadr-qimmati haqida mazmunli fikrlar bildirdi.
Tadbirdan so'ng Arqon tortish, shaxmat, stol tennisi sport musobaqalari va Zakovat intellektual oyini o’tkazilib, Kasaba Uyushmasi qo’mitasi tomonidan g'oliblar qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandi. Bayram tadbiri yakunida ishtirokchilar va ishchi xizmatchilarga bayram dasturxoni tashkil etildi.
🌐 UTG.UZ |💬 Facebok |📷Instagram|▶️ YouTube|👉 Telegram
1 355
🇺🇿
“Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi — xalqimizning mustaqil hayot sari dadil bunyodkorlik yo‘lida erishayotgan yutuqlarini namoyon etuvchi ulug‘ bayramdir.
“O‘ztransgaz” AJ tizimidagi Kogon magistral gaz quvurlari jamoasi bayramga munosib tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Yangi O‘zbekistonda inson qadri — shunchaki shior emas, balki amaliy e’tibor va g‘amxo‘rlik bilan namoyon bo‘ladigan yuksak qadriyatdir.
Mustaqilligimizning 35 yilligi barchamizga muborak bo‘lsin! Yurtimizda inson qadri, mehr-oqibat va saxovat qadriyatlari yanada mustahkam qaror topsin.
🌐 UTG.UZ |💬 Facebok |📷Instagram|▶️ YouTube|👉 Telegram
1 355
+4
2026-yil 25-avgust kuni “Urganchtransgaz” MChJda direktorning qurilish va transport bo‘yicha o‘rinbosari v.v.b. Raximov Azamat Rinatovichning shaxsiy qabulida fuqaroni ish bilan ta’minlash masalasida murojaat qabul qilindi.
Murojaatchi — Xayitbaev Otabek Rustamovich.
Yashash manzili: Xorazm viloyati, Qo‘shko‘pir tumani, Oshoqqal’a MFY, O‘zbekyop ko‘chasi, 110-uy.
Shuningdek, 2026-yil 26-avgust kuni “Samarqand magistral gaz quvurlari” boshqarmasi boshlig‘i U.A. Turapovning shaxsiy qabulida fuqaroni ish bilan ta’minlash masalasida murojaat qabul qilindi.
Murojaatchi — 2001-yilda tug‘ilgan Mamadaminov Abdumuta’lim Otajon o‘g‘li.
Yashash manzili: Samarqand viloyati, Ishtixon tumani, Diyor qishlog‘i, 203-uy.
Murojaat mazmuni: jamiyat tizimiga ishga kirishida amaliy yordam ko‘rsatish.
Ma’lumoti: oliy. Hozirgi kunda ishsiz.
Mazkur murojaatlar belgilangan tartibda, amaldagi qonunchilik talablari doirasida ko‘rib chiqilib, murojaatchining ish bilan ta’minlanish masalasi bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi.
Murojaatlarga oid fotosuratlar ilova qilinmoqda.
🌐 UTG.UZ |💬 Facebok |📷Instagram|▶️ YouTube|👉 Telegram
1 355
+1
2026-yil 24-avgust kuni “Samarqand magistral gaz quvurlari” boshqarmasi boshlig‘i U.A. Turapovning shaxsiy qabulida fuqaroni ish bilan ta’minlash masalasida murojaat qabul qilindi.
Murojaatchi — 1994-yilda tug‘ilgan Suyundikov Shohrux Dilshod o‘g‘li.
Yashash manzili: Samarqand viloyati, Samarqand shahri, Mtngtut MFY, Gagarin ko‘chasi, 99/14-uy.
Ma’lumoti: o‘rta-maxsus. Hozirgi kunda ishsiz.
Mazkur murojaat belgilangan tartibda, amaldagi qonunchilik talablari doirasida ko‘rib chiqilib, murojaatchining ish bilan ta’minlanish masalasi bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi.
🌐 UTG.UZ |💬 Facebok |📷Instagram|▶️ YouTube|👉 Telegram
1 355
+5
“O‘ztransgaz” AJ markaziy apparatida "O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston respublikasining 2026-yil 14- avgustdagi O‘RQ-1166-son Konstitutsiyaviy Qonunining maqsad va vazifalari, mazmun-mohiyatini xodimlar orasida keng targ‘ib qilishga va Qonunning mohiyatini xodimlar va aholiga yetkazishga qaratilgan mavzuli seminar o‘tkazildi.
🌐 UTG.UZ |💬 Facebok |📷Instagram|▶️ YouTube|👉 Telegram
