uk
Feedback
UTG.UZ

UTG.UZ

Відкрити в Telegram

"Ўзтрансгаз" АЖнинг расмий саҳифаси Бизни кузатинг: https://utg.taplink.ws 📞 +998712021012, ✉️ info@utg.uz Manzil: Toshkent vil., Yuqori Chirchiq tumani

Показати більше
1 304
Підписники
+324 години
+307 днів
+11930 день
Архів дописів
UTG.UZ
1 304
G‘ijduvon tumanida tashkil etilgan ishchi guruhlari ko‘chama-ko‘cha piyoda yurib o‘rganishlarni olib bormoqda. Joriy yilning
+3
G‘ijduvon tumanida tashkil etilgan ishchi guruhlari ko‘chama-ko‘cha piyoda yurib o‘rganishlarni olib bormoqda. Joriy yilning 29-iyul kuni “O‘ztransgaz” AJ boshqaruvi raisi v.b. A.Isakov boshchiligida G‘ijduvon tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, tuman ichki ishlar boshqarmasi, G‘ijduvon tuman Davlat Soliq inspeksiyasi, “O‘zenergoinspeksiya” Buxoro viloyati boshqarmasi, elektr va gaz ta’minoti korxonalari mas’ul xodimlaridan iborat 7 ta ishchi guruhi tuzilib, tumandagi jami 70 ta mahallalarni MFY raislari bilan birga ko‘chama-ko‘cha piyoda yurib o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Hozirda ishchi guruh tomonidan 17 ta (24%) mahallada energo samaradorlik va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi. Ishchi guruhlari tomonidan o‘rganish ishlari davom etmoqda. 🌐 UTG.UZ |💬 Facebok |📷Instagram|▶️ YouTube|👉 Telegram

UTG.UZ
1 304
♨️Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziy
+3
♨️Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 27-iyul kuni yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 28-iyul kunidan boshlab “O‘ztransgaz” AJ boshqaruvi raisi v.b. A.Isakov tomonidan G‘ijduvon tumandagi og‘ir ahvoldagi mahallalar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumta’lim maktablari hamda tibbiyot muassasalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, shuningdek, energiya resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, ularni tejash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganilmoqda.
Ushbu masalada G‘ijduvon tumani hokimligi binosida, G‘ijduvon tuman xokimi ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, tumanning energiya samaradorligini oshirish, energiya ta’minoti sohasidagi mavjud muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish bo‘yicha “O‘ztransgaz” AJ boshqaruvi raisi v.b. A.Isakov boshchiligida “O‘zenergoinspeksiya”, Davlat soliq xizmati, tuman elektr va gaz tarmoqlari korxonasi xodimlaridan iborat ishchi guruhlar tashkil etildi.
Ishchi guruhlar tomonidan o‘rganish ishlarini tizimli tashkil etish maqsadida sohalar kesimida o‘rganish savolnomalari ishlab chiqildi. Mazkur savolnomalar asosida mahallalar, ijtimoiy soha obyektlari va energiya ta’minoti tizimidagi mavjud holat tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
🌐 UTG.UZ |💬 Facebok |📷Instagram|▶️ YouTube|👉 Telegram

UTG.UZ
1 304
"O‘ztransgaz" AJda navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi. "O‘ztransgaz" AJ rahbariyati va mas’ul tarkibiy bo‘linmalari tomon
+1
"O‘ztransgaz" AJda navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi. "O‘ztransgaz" AJ rahbariyati va mas’ul tarkibiy bo‘linmalari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini tinglash hamda ularda ko‘tarilgan masalalarni qonuniy hal etish maqsadida doimiy ravishda shaxsiy qabullar tashkil etib kelinmoqda. Kuni kecha jamiyatning Qimmatli qog‘ozlar va aktivlar bo‘limi boshlig‘i tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi. Unda Toshkent viloyati, Qibray tumani, Yonariq MFY, Sada ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaro Dalabayeva Saida Taxirovnaning murojaati tinglandi. Qabul davomida fuqaro tomonidan taqdim etilgan barcha hujjatlar mas’ul mutaxassislar ishtirokida atroflicha o‘rganib chiqildi. Murojaatni qisqa muddatlarda qonuniy hal etish, taqiqni yechish bo‘yicha tegishli idoralarga zaruriy hujjatlarni taqdim etish yuzasidan bo‘lim boshlig‘i tomonidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi va ijrosi nazoratga olindi. "O‘ztransgaz" AJ fuqarolarning haq-huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash borasidagi ishlarni tizimli ravishda davom ettiradi. 🌐 UTG.UZ |💬 Facebok |📷Instagram|▶️ YouTube|👉 Telegram

UTG.UZ
1 304
“O‘ztransgaz” AJning xodimlari malakasini oshirish bo‘yicha 2026-yilga mo‘ljallangan reja-jadvaliga muvofiq, “UTG training” o
“O‘ztransgaz” AJning xodimlari malakasini oshirish bo‘yicha 2026-yilga mo‘ljallangan reja-jadvaliga muvofiq, “UTG training” o‘quv markazida 2026-yil 20-iyul kunidan boshlab “Yuk ko‘tarish va tushirish moslamalarida ishlovchilar” yo‘nalishi bo‘yicha bir haftalik (40 soat) malaka oshirish o‘quv kursi tashkil etildi. Ushbu o‘quv kursi belgilangan reja-jadvalga asosan muvaffaqiyatli yakunlandi. 🏛 “UTG training” o‘quv markazi. 🌐 UTG.UZ |💬 Facebok |📷Instagram|▶️ YouTube|👉 Telegram

UTG.UZ
1 304
📚 XODIMLAR MALAKASINI OSHIRISH — XAVFSIZ VA BARQAROR FAOLIYAT GAROVI “O‘ztransgaz” AJda yuqori bosim ostida ishlaydigan idis
+2
📚 XODIMLAR MALAKASINI OSHIRISH — XAVFSIZ VA BARQAROR FAOLIYAT GAROVI “O‘ztransgaz” AJda yuqori bosim ostida ishlaydigan idishlarga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar uchun navbatdagi nazariy va amaliy o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi. Mazkur mashg‘ulotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad xodimlarning kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash, ishlab chiqarish obyektlarida sanoat hamda mehnat xavfsizligi talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash, shuningdek, yuqori bosim ostida ishlaydigan uskunalardan xavfsiz va samarali foydalanish bo‘yicha zarur kompetensiyalarni rivojlantirishdan iborat. Jamiyatda tashkil etilayotgan o‘quv kurslari, seminarlar va amaliy mashg‘ulotlar mutaxassislarning kasbiy o‘sishini qo‘llab-quvvatlash, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, ishlab chiqarish madaniyatini yuksaltirish hamda xavfsiz mehnat muhitini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. 📌 “O‘ztransgaz” AJ bundan buyon ham xodimlarning uzluksiz ta’lim olishi, kasbiy malakasini oshirishi va zamonaviy bilimlarni egallashi uchun zarur sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor qaratadi. #Uztransgaz #MalakaOshirish #PersonalniRivojlantirish #SanoatXavfsizligi 🌐 UTG.UZ |💬 Facebok |📷Instagram|▶️ YouTube|👉 Telegram

UTG.UZ
1 304
#fursat | 18.07.2026 | 15:30 📌Bekobod tumani
RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI
Rasmiy sahifalarimizTelegramFacebook🌐Instagram📹YouTube 🌐Vebsite

UTG.UZ
1 304
Bekobodda yoshlar bilan ochiq muloqot va amaliy qo‘llab-quvvatlash Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlik tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish borasidagi ishlar Bekobod tumanida izchil davom etmoqda. 2026-yil 24-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan uchrashuvda belgilangan ustuvor vazifalar ijrosi doirasida Bekobod tumanida navbatdagi ochiq muloqot tashkil etildi. Unda “O‘ztransgaz” AJning mas’ul xodimlari, Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi raisi, tuman hokimining o‘rinbosari A. Turobov, Yoshlar ishlari bo‘limi rahbari hamda faol yoshlar ishtirok etdi. Ochiq muloqot davomida yoshlarning murojaatlari, taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni amaliy qo‘llab-quvvatlash, doimiy daromad manbaini yaratish, bandligini ta’minlash va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Muloqot yakunida “O‘ztransgaz” AJ boshqaruvi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha mas’ul xodimlari tomonidan 16 nafar yoshga o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishi va mehnat faoliyatini boshlashi uchun zarur bo‘lgan ish qurollari tantanali ravishda topshirildi. 🔹 Tikuvchilik dastgohlari; 🔹 Motokultivatorlar; 🔹 Non pishirish uskunalari. Mazkur amaliy ko‘mak yoshlarning o‘zini o‘zi band qilishi, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishi, yangi ish o‘rinlari yaratishi hamda barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etadi. Yoshlar manfaatlarini ta’minlash, ularning g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan ishlar Bekobod tumanida bundan buyon ham izchil davom ettiriladi. 🌐 UTG.UZ |💬 Facebok |📷Instagram|▶️ YouTube|👉 Telegram

UTG.UZ
1 304
“O‘ztransgaz” AJ Gazli, Kogon, Zirabuloq MGQBlari hamda "Shimoliy So'x" GYOSI Komplaens-nazorat bo‘yicha yetakchi mutaxassis
“O‘ztransgaz” AJ Gazli, Kogon, Zirabuloq MGQBlari hamda "Shimoliy So'x" GYOSI Komplaens-nazorat bo‘yicha yetakchi mutaxassis lavozimiga tanlov e'lon qiladi.
Nomzodga qo’yiladigan talablar: - yurisprudensiya, iqtisodiyot, moliya, soliq, audit, tizimli tahlil, menejment yoki axborot texnologiyalari mutaxassisliklari bo‘yicha oliy ma’lumot; - 3 yillik ish staji. Bunda komplaens va korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishidagi ish stajiga ustuvorlik beriladi; - korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida maxsus o‘quv kurslaridan o‘tganlik to‘g‘risida sertifikatga ega bo‘lish; - davlat va rus tillarini mukammal bilish; - davlat va rus tillarda ish yuritishni bilish; - O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni bilish, tahlil qilish; - xizmat tekshiruvlarni o‘tkazish, komplaens monitoringi, risklarni baholash va manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish; - Microsoft Office dasturlari (Word, Excel, PowerPoint) va elektron hujjat aylanishi tizimlaridan foydalana bilish.
Funksional vazifalar: - Jamiyatning O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va ichki normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini ta’minlash bo‘yicha komplaens nazoratini amalga oshirish; - korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi ichki nazorat tizimini yuritish va takomillashtirish; - korrupsiyaviy va komplaens risklarini aniqlash, baholash, monitoring qilish hamda ularni kamaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; - manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash, hisobga olish va uni bartaraf etish choralarini ko‘rish; - komplaens sohasiga oid ichki siyosatlar, nizomlar va boshqa ichki normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish hamda ularni takomillashtirish; - komplaens talablariga rioya etilishini monitoring qilish va tekshirish; - komplaens qonunbuzilishlari va korrupsiyaga oid murojaatlar hamda xabarlarni ko‘rib chiqish, xizmat tekshiruvlarini o‘tkazish; - komplaens nazorati natijalari bo‘yicha rahbariyatga tahliliy ma’lumotlar, hisobotlar va tavsiyalar taqdim etish; - xodimlar uchun komplaens, korrupsiyaga qarshi kurashish va xizmat odobi masalalari bo‘yicha tushuntirish ishlari va o‘quv tadbirlarini tashkil etish; - komplaens sohasiga oid qonunchilikdagi o‘zgarishlarni muntazam kuzatib borish va ularni tashkilot faoliyatiga joriy etish bo‘yicha takliflar kiritish; - komplaens nazoratiga oid hujjatlarni yuritish, hisobini yuritish va belgilangan tartibda saqlash; - o‘z vakolati doirasida davlat organlari hamda boshqa vakolatli tashkilotlar bilan hamkorlik qilish. Ish rejimi: 8:00dan 17:00 ga qadar, dam olish kunlari: shanba va yakshanba kunlari. Oylik ish xaqi: suhbat davomida.
Rezyume (ma’lumotnoma)lar 2026-yil 10-avgustga qadar m.matkarimov@utg.uz elektron manziliga yoki telegram orqali +998 94 971-56-00 raqamiga yuborilishi lozim. Batafsil ma’lumot uchun: +(998) 71 202-10-60 (ichki 12399) raqamiga ish kunlari soat 09:00dan18:00ga qadar murojaat etish mumkin.

UTG.UZ
1 304
“O‘ztransgaz” AJ mutasaddilari joylardagi muammolarni o‘rganish hamda ularga yechim topish maqsadida jismoniy va yuridik shax
+3
“O‘ztransgaz” AJ mutasaddilari joylardagi muammolarni o‘rganish hamda ularga yechim topish maqsadida jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabullarni davom ettirmoqda. Joylardagi muammolarni o‘rganish hamda ularga yechim topish maqsadida jismoniy va yuridik shaxslar uchun tashkil etilgan navbatdagi sayyor qabullar “Shimoliy So‘x” hamda “Xo‘jaobod” gazni yer ostida saqlash inshootlarida (GYOSI) bo‘lib o‘tdi. “Shimoliy So‘x” GYOSIdagi murojaatlar: ·         Fuqaro N.Abduraxmonova: Boquvchisini yo‘qotganligi uchun yetkazilgan zararni to‘lash masalasi alohida nazoratga olingan holda ijrosi ta’minlanishi bildirildi. ·         Xodimlar K.Nishonova, X.Jo‘rayeva, Sh.Isaqova: Ish o‘rinlarini maqbullashtirish (autsorsing) jarayonida oilaviy sharoitlarini hisobga olib, ish o‘rinlarini saqlab qolish yuzasidan murojaat qilishdi. ·         Yetakchi muhandis I.O‘rinov: Kompressor sexlari yetakchi muhandislari lavozimlarini saqlab qolish bo‘yicha murojaat kiritdi. “Xo‘jaobod” GYOSIdagi muloqotlar: ·         Inshoot ATX mexanigi G.Iminov hamda kimyo laboratoriya xizmati laboranti S.Tursunovalarning shaxsiy va ish faoliyatiga oid murojaatlari tinglandi. Barcha ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan AJ Boshqaruv raisining ishonchli vakili tomonidan xodimlarga amaldagi mehnat qonunchiligi doirasida atroflicha huquqiy tushuntirishlar berildi. 🌐 UTG.UZ |💬 Facebok |📷Instagram|▶️ YouTube|👉 Telegram

UTG.UZ
1 304
“O‘ztransgaz” AJ: Samarqand magistral gaz quvurlari boshqarmasida navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi Jamiyat tasarrufidagi k
+1
“O‘ztransgaz” AJ: Samarqand magistral gaz quvurlari boshqarmasida navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi Jamiyat tasarrufidagi korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda ularning o‘rinbosarlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning shaxsiy qabullari tizimli ravishda davom etmoqda. Xususan, 2026-yilning 23-iyul kuni “O‘ztransgaz” AJ tasarrufidagi Samarqand magistral gaz quvurlari boshqarmasi boshlig‘i U.A.Turapov tomonidan navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi. Unda 1 nafar fuqaroning murojaati tinglandi. Murojaat muallifiga amaldagi qonunchilik talablari asosida huquqiy tushuntirish va ma’lumotlar berildi va murojaatning ijrosi ta’minlandi. Tizimdagi korxonalarda jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish jarayonlari davom etmoqda. 🌐 UTG.UZ |💬 Facebok |📷Instagram|▶️ YouTube|👉 Telegram

UTG.UZ
1 304
Muhtaram Prezidentimiz, tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin! Sizga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, cheksiz kuch-g‘ayrat va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz. Yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi va Vatanimiz ravnaqi yo‘lidagi ezgu sa’y-harakatlaringiz doimo yuksak natijalar bilan davom etsin. Chuqur hurmat va ezgu tilaklar bilan, "O‘ztransgaz" aksiyadorlik jamiyati jamoasi. 🌐 UTG.UZ |💬 Facebok |📷Instagram|▶️ YouTube|👉 Telegram

UTG.UZ
1 304
“O‘ztransgaz” AJ tizimida aholi murojaatlari bilan ishlash sifatini oshirishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. “O‘ztransgaz” AJ tasarrufidagi boshqarma va tashkilotlarning murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha mas’ul xodimlari ishtirokida Kogon MGQBda navbatdagi seminar-mashg‘ulot o‘tkazildi. Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad soha xodimlarining jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash tizimidagi bilim hamda ko‘nikmalarini yanada oshirishdan iborat bo‘ldi. Seminar davomida ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-apreldagi “Aholi bilan muloqot tizimini samarali tashkil qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-51-son farmoni talablari tahlil qilinib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan muhim vazifalar belgilab olindi. 🌐 UTG.UZ |💬 Facebok |📷Instagram|▶️ YouTube|👉 Telegram

UTG.UZ
1 304
“Urganchtransgaz” UKda Direktorning ishlab chiqarish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – bosh muhandis Bazarbaev Sobir Kerimbaevi
+3
“Urganchtransgaz” UKda Direktorning ishlab chiqarish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – bosh muhandis Bazarbaev Sobir Kerimbaevich tomonidan 2026-yil 21-iyul kuni navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi. Qabulda Xorazm viloyati, Yangibozor tumani, Shirinqo‘ng‘irot QFY, Shirinlar MFY, Olmazor ko‘chasi, 12-uyda yashovchi fuqaro Yuldashev Yuldashboy Omonboy o‘g‘lining korxona tizimiga ishga kirishida amaliy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi og‘zaki murojaati eshitildi. Fuqaroning ushbu murojaati qonun doirasida ko‘rib chiqilishi va ijrosi ta’minlanishi belgilandi. 🌐 UTG.UZ |💬 Facebok |📷Instagram|▶️ YouTube|👉 Telegram

UTG.UZ
1 304
Zirabuloq magistral gaz quvurlari boshqarmasida fuqarolarning shaxsiy qabuli o'tkazildi Zirabuloq magistral gaz quvurlari bos
+2
Zirabuloq magistral gaz quvurlari boshqarmasida fuqarolarning shaxsiy qabuli o'tkazildi Zirabuloq magistral gaz quvurlari boshqarmasi boshlig'i K.E.Fayzullayev tomonidan fuqarolarni qabul qilish va ularning murojaatlari bilan ishlash maqsadida navbatdagi shaxsiy qabul o'tkazildi. Qabul jarayonida Narpay tumani „Xo'jaqo'rg'on“ MFY, Sohilbo'yi ko'chasida istiqomat qiluvchi fuqaro S.Ye.Isoqulova boshqarma boshlig'iga murojaat qildi. Fuqaro o'z murojaatida 2013 yilda kasb-hunar kollejini „Er usti transport tizimi“ mutaxassisligi bo'yicha tamomlagan, biroq hozirgi kunga qadar bandligi ta'minlanmagan o'g'li O'.O.Ismoilovni ishga joylashtirish masalasida amaliy yordam so'radi. Murojaat o'rganib chiqilib, fuqaroning mutaxassisligi bo'yicha boshqarmada mavjud bo'sh ish o'rinlari (vakansiyalar) yoki tuman Aholi bandligiga ko'maklashish markazi bilan hamkorlikda ichki imkoniyatlardan kelib chiqib ishga joylashtirish choralarini ko'rish yuzasidan tegishli mas'ullarga topshiriqlar berildi. Murojaatning ijrosi rahbariyat tomonidan nazoratga olindi. 🌐 UTG.UZ |💬 Facebok |📷Instagram|▶️ YouTube|👉 Telegram

UTG.UZ
1 304
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-apreldagi "2026-2027-yillarda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-apreldagi "2026-2027-yillarda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo'yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to'g'risida"gi VMQ-202-son qarorining ijrosi hamda "O‘ztransgaz" AJ faoliyatida: ochiqlik, shaffoflik va jamoatchilik nazorati” mavzusida ochiq muloqot o‘tkazildi. 2026 yil 16 iyul kuni soat 11:00 dan 12:00 gacha  “O‘ztransgaz” AJning https://www.facebook.com/share/v/1MFquV2dvS/ orqali "O‘ztransgaz" AJ faoliyatiga oid savollar yuzasidan murojaatchilar bilan onlayn muloqot “Savol bering - javob beramiz” o‘tkazildi. Huquqiy jihatdan ma'lumotlar berildi. 📇Murojaatchilar bilan ishlash borasidagi yangi loyiha davom etadi. Kelgusi muloqot vaqti haqida "O‘ztransgaz" AJ rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali ma'lum qilinadi. 🌐 UTG.UZ |💬 Facebok |📷Instagram|▶️ YouTube|👉 Telegram

UTG.UZ
1 304
Zirabuloq MGQBda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari jadal davom etmoqda ❄️ «O‘ztransgaz» AJ tizimidagi Zirabuloq magistral gaz quvurlari boshqarmasiga qarashli KS-2 kompressor stansiyasida 2026-2027 yillar kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda stansiyaning unumdorligini oshirish maqsadida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda 🛠. Xususan, Xitoyning «Shandong Shengke Energy Technology Co., Ltd» kompaniyasi bilan 2025-yil 3-noyabrda imzolangan shartnomaga muvofiq, stansiya yuqori samarali elektr jihozlar bilan ta’minlandi. Jumladan: 🔹 1 dona STMP-4000-2 rusumli sinxron elektrodvigatel; 🔹 2 dona STDP-4000-2 rusumli sinxron elektrodvigatellar yetkazib berildi ⚙️. Ayni paytda, texnik modernizatsiya doirasida ushbu dvigatellardan 1 dona STDP-4000-2 rusumli sinxron dvigatel montaj qilinib, uni ishga tushirish arafasidagi sozlash ishlari olib borilmoqda . Ushbu jarayonda xitoylik malakali mutaxassislar bilan yaqin hamkorlikda ish tashkil etilgan bo‘lib, ishlar belgilangan texnik reglament asosida olib borilmoqda. Mazkur loyihaning amalga oshirilishi kompressor stansiyasining ishonchliligini oshirish hamda gazni transportirovka qilish jarayonida uzluksizlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. 🌐 UTG.UZ |💬 Facebok |📷Instagram|▶️ YouTube|👉 Telegram

UTG.UZ
1 304
XODIMLAR UCHUN BUXOROGA SAYOHAT TASHKIL ETILDI “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati tomonidan ichki turizmni rivojlantirish, t
+4
XODIMLAR UCHUN BUXOROGA SAYOHAT TASHKIL ETILDI “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati tomonidan ichki turizmni rivojlantirish, tarixiy madaniy meros obyektlarini ziyorat qilish, xodimlarni turistik sayohatlarga jalb qilish maqsadida, Buxoro viloyatida joylashgan tarixiy obida va qadamjolarga sayohat tashkil etildi. Xodimlar Buxoro viloyatining qadimiy va betakror me’moriy obidalari, muqaddas ziyoratgohlari hamda madaniy meros obyektlari bilan yaqindan tanishdilar. Bu kabi tadbirlar nafaqat ichki turizm rivojida muhim, balki xodimlarning ma’naviyatini yuksaltirish, jamoada o‘zaro hamjihatlik va do‘stona muhitni yanada mustahkamlashga ham xizmat qiladi. Mazkur sayohat xodimlarda unutilmas taassurotlar qoldirib, ularning tarixiy merosimizga bo‘lgan qiziqishini va hurmatini yanada kuchaytirdi. 🌐 UTG.UZ |💬 Facebok |📷Instagram|▶️ YouTube|👉 Telegram

UTG.UZ
1 304
🎓 Energetika vazirining Toshkent davlat texnika universiteti bitiruvchilari bilan uchrashuvi 2026-yil 17-iyul kuni Islom Kar
+2
🎓 Energetika vazirining Toshkent davlat texnika universiteti bitiruvchilari bilan uchrashuvi 2026-yil 17-iyul kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri hamda energetika tarmog‘idagi aksiyadorlik jamiyatlari rahbar va mutaxassislari ishtirokida bitiruvchi yoshlar bilan kengaytirilgan uchrashuv va bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi. Mazkur tadbirda “O‘ztransgaz” AJ ham faol ishtirok etib, Jamiyat tizimidagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari va yosh mutaxassislar uchun yaratilgan mehnat faoliyati imkoniyatlarini taqdim etdi. 💼 Yarmarka davomida Jamiyatda ishlash istagini bildirgan 16 nafar bitiruvchi bilan suhbatlar o‘tkazildi. Ular tizim tashkilotlaridagi mavjud vakant lavozimlar, ishga qabul qilish tartibi hamda kasbiy rivojlanish istiqbollari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar bilan tanishtirildi. 👨‍🎓👩‍🎓 “O‘ztransgaz” AJ iqtidorli va tashabbuskor yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda energetika sohasini malakali kadrlar bilan ta’minlash yo‘lida tizimli ishlarni davom ettiradi. #Oztransgaz #Yoshlar #Bandlik #BoshIshOrinlari #Energetika #TDTU #Karyera #Bitiruvchilar 🌐 UTG.UZ |💬 Facebok |📷Instagram|▶️ YouTube|👉 Telegram

UTG.UZ
1 304
📣E'LON ✔️“O‘ztransgaz” AJ mutasaddilari joylardagi muammolarni o‘rganish hamda ularga yechim topish maqsadida jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabullarni davom ettiradi. 💬 Navbatdagi sayyor qabullar joriy yilning 23-iyul kuni soat 15:00 da “Shimoliy So‘x” GYOSI hamda 24-iyul kuni soat 9:00 da “Xo‘jaobod” GYOSIda “O‘ztransgaz” AJ Boshqaruvining ishonchli vakili tomonidan o‘tkazilishini ma’lum qilamiz. 🌐 UTG.UZ |💬 Facebok |📷Instagram|▶️ YouTube|👉 Telegram

UTG.UZ
1 304
📣E'LON ✔️“O‘ztransgaz” AJ mutasaddilari joylardagi muammolarni o‘rganish hamda ularga yechim topish maqsadida jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabullarni davom ettiradi. 💬 Navbatdagi sayyor qabullar joriy yilning -iyul kuni soat da da “O‘ztransgaz” AJ Boshqaruvining ishonchli vakili tomonidan o‘tkazilishini ma’lum qilamiz. 🌐 UTG.UZ |💬 Facebok |📷Instagram|▶️ YouTube|👉 Telegram