en
Feedback
uktamova

uktamova

Open in Telegram
2 912
Subscribers
No data24 hours
-137 days
-8130 days
Posts Archive
ijtimoiy tarmoqlar meni xursand qilyapti juda yaqinda instagramda xabarlarni xuddi telegram kabi to’liq ochmasdan, ustiga bos
ijtimoiy tarmoqlar meni xursand qilyapti juda yaqinda instagramda xabarlarni xuddi telegram kabi to’liq ochmasdan, ustiga bosib turib kim nima yozganini o’qish funksiyasi qo’shilgandi. juda kerak funksiya edi. ochmasdan turibam o’qiy olish) endi bo’lsa telegram kanalda yangi qo’shilganlarga avtomatik ko’rsatiladigan welcome message funksiyasi bu yerda yangi qo’shilganlarga ko’rinadi faqat o’ziga. borgan sari zo’r zo’r funksiyalar chiqyaptiye bu olamda, kayfiyatim yaxshi))

yaxshi hayot uchun kurashish kerak kurashayotgan vaqtda esa zavqlanishni ham unutmaslik kerak kurashayotgan hayotimizdan maqsad o’zi halovat va zavq lekin zavqlanish vaqtida kurashish haqidayam unutib qo’ymaslik kerak ㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤ balans muhim

Repost from Bek Olimjon
Hozir soat 06:15, shanba tongi. Aeroportda navbatda turibman. Orqamda yosh yigit va qiz. Chamasi 25 yoshlar atrofida. Ispaniy
Hozir soat 06:15, shanba tongi. Aeroportda navbatda turibman. Orqamda yosh yigit va qiz. Chamasi 25 yoshlar atrofida. Ispaniyaga sayohatga ketishyapti ekan. O’zaro suhbatlashmoqda. Aniqrog’i qiz tinglamoqda (rahmim keldi). Yigit siyosatga yo qiziqadi, yo yangiliklarni juda ko’p ko’radi. Balki ikkisi ham. 3-4 daqiqada Afrikadagi bir davlat parlamenti saylovidagi korrupsiya, Trumpni Meksika bo’g’ozi uchun xavfi, AQSh hozirgi siyosati orqali Kanada kelajagi uchun xavflar haqida gapirishga ulgurdi. Qiz esa (bechora) nima deyishini bilmay faqat tasdiqlaydi xolos. Chap tomonimga qarasam rasmdagi mana bu aka futbolkasiga ko’zim tushdi. Meni hayotim juda qiziq 😁 *********** Orqaga qarab, haligi yigitga «Ey baraka topgur, sen dunyodagi eng boy davlatlardan biri fuqarosisan, dunyo aholisining 70% qismidan boyroqsan, tinch yurtda yashaysan, ta’lim tekin, jufting bilan sayohatga ketmoqdasan, atrofingga qara, mana bu bechora qizga qara, seni Trump haqidagi nolishlaring unga qiziq emasligini nahot tushunmasang. Sening havotirlaring nahot o’rinsiz ekanini tushunmasang. Nahot shu qadar pessimizmga to’lasan baraka topgur? Optimistroq bo’l. Optimizm ruhni ham, jamiyatni ham, kelajakni ham qutqaradiku axir!» degim keldi… Keyin quloqchinni taqdim va diqqatimni boshqa narsaga burdim. Bek Olimjon 05.09.26 Norvegiya PS. O’zim uchun eslatma

Zulayho o’zini quli Yusufga oshiq bo’lib qolibdi deb ayollar gap chiqarganda maqsad Zulayhoni nomini qoralash bo’lmagan, kichik makr, yolg’on bo’lgan. Maqsad Zulayhoni nomini yomonga chiqarish emas, Yusuf qanchalik go’zalki, Zulayhodek inson unga oshiq bo’libdi, biz ham ko’raylik degan maqsad bo’lgan. Ochiqchasiga Yusufni ko’rsating, ko’raylik deyish xunuk, o’rniga shunaqa gap tarqatishgan, majlis nimadir qilsa ko’rvolamiz deb. Aslida o’zimiz xohlaydigan narsalarni ochiqchasiga aytmaslik ham yolg’onning bir turi. So’z shunchalik kuchli qurolki, siz istagan insonlaringizni u orqali boshqara olasiz. Faqatgina zakovati kuchli, aql idroki kuchli bo’lganlardan tashqari. Zulayho esa zakovatli bo’lgan va buni fahmlagan. Bir azada o’tirib, shu yoshi kattalar kelganda falon narsa qilsak savob bo’ladi deb savobdan olib kelib fikrini sizga o’qtirmoqchi bo’ladi, aslida maqsad savobmas va na o’lgan insonga zarracha qayg’urish emas. Kegan mehmonlar gap qimasin, sharmanda bo’lmaylik degan ma’no yotadi. Qolishingizga o’rin qoldirmaydigan daraja sizga ta’qiqlar va ruhiy zarbalar berishadi, boringizcha qabul qilishmaydi va ketayotganingizda, ketma sensiz qiyin deyishadi. Maqsad esa aslida “qol, lekin mana bu, mana bu xarakteringni o’zgartirgin, qolganing bilan bular o’zgarmasa yana oldingidek davom etadi” degan so’zlar bo’ladi. Ochiqchasiga maqsadlarimizni avval aniqlab olmaslik sababida muammolar, dedi-dedi gaplar, stress kelaveradi. Har bir ishning maqsadi, har bir gapning maqsadi bo’ladi. Ochiqchasiga muloqot qilishni insonlar o’rgangan kundan boshlab hayot yengillashadi. Nima xohlashingizni ochiq ayta olish ko’p stress va muammolarni oldini oladi. Sizga ham oldingizdagi insongayam ko’p narsa yengil keladi. ㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤ Gaplar bilan sizni boshqarishlariga yo’l qo’ymang. (90% holatda so’zlar orqali boshqarilamiz, yoki yaxshi tomonga yoki yomon tomonga) Doim o’zingizga va ko’nglingiz uchun to’g’ri bo’lgan, insoniylikka mos keladigan, sizni xotirjam qiladigan ishlarni qiling. Va ochiq, to’g’ri muloqot qilish ustida ishlashga harakat qiling.

30 kungina tayyorlanib IELTS’dan nechi olish mumkin deb o’ylaysiz? Men nimadir deyolmayman, sababi unaqa experiment qilib ko’rmagamman, ammo Guli qilyapti ekan. O’zimni o’quvchim. Kanal ochibdi mana shu 30 kunni jarayonda ko’rsatib, 30 kundan keyin IELTS topshirib, natijasi kanalda ulasharkan. Motivatsiya o’ziga, orelarda tayyorlanmoqchilar bo’lsa challenge’ga qo’shilselar bo’ladi. Sizladgayam motivatsiya bo’ladi. Kanali linki qoldiraman. Shu kanalda qilarkan challenge’ni: https://t.me/+zDDpkD_nfHAxZGMy

prava sertifikati olishi kerak boganla bormi? yaxshi taklif bor. borib oqib yurgila kemasa) @uktamovam

kattaroq organda ishlaydigan davlat xodimlari telegramdagi o’chgan xabarlarni tiklay ololadimi? yoki telegramda o’chgan xabarni eng kattasiyam tiklolmaydimi? @uktamovam

Kasal bo'lsak tanamiz og'riq, isitma yoki ayni bir belgi bilan ishora beradi. Qonuniyat shunday. Hayotning har bir jabhasida halokatli yo'ldan ogohlantiruvchi ishoralar bor. Oilada janjallar - munosabatlar noto'g'ri qurilganiga ishora. Har oy pul yetishmasligi — moliyaviy bilimimizdagi muammolarga ishora. Kasallik, semirish - hayot tarzimizning tizginidan chiqib ketganiga ishora. Ishoralar - anglanishi kerak. Muammo - anglanmagan ishoralar ortidan keladi. Har kuni 30 daqiqa o'tirib hayotimizdagi ishoralarni anglashga harakat qilsak, muammolarimiz karrasiga osonroq hal bo'lsa kerak kaminaning fikricha. 17-asrda yashagan faylasuf Blez Paskal aytganidek "Insoniyatning barcha muammolari insonning yolg'iz bir xonada jimgina o'tira olmasligidan kelib chiqadi".

@uktamovasongs shu kanalimda muzikalar yig’ib yuramanda. Yandex, spotifylar deyarli ishlatmayman. Chunki shu kanalimga post yozganimda post oxiriga muzika qo’yishimga telegram qulay. Va ishonselar post oxirida kam odamlar kanalga kirib 200 tacha odam yig’ilib qolgan. Har safar qarayman kimlar qo’shilgankin deb accountlari adekvatni, ismi yozilgan, rasmiy accountlar bo’ladi. Chiziqcha, vergulcha, gulcha qo’yvoganlar deyarli yo’q. Hayron qolaman qanne unaqa odamlar muzika kanalimga qo’shilib, chiqib ketishmidi deb 😂

ota-onalar nega ma’suliyatsiz bo’lishini hech qachon tushunmaganman va ota-ona bo’lishga loyiq bo’lmagan holda farzand ko’radiganlarni ham farzand baxtini, otalik, onalikni hamma his qilgisi xohlaydi deymiz ammo xohish va majburiyat alohida narsa. bu dunyoda xohlaydigan narsalarimiz juda ko’p ammo tishimiz o’tmagan ishlarni ming xohlasak ham qilmaganimiz ma’qulroq. qanday qilib farzandli insonlar

mayli siqilmelar, hammalarizni yashkoraman, yaxshi dam olilar💗

anchadan beri yozmay qoydiz yozing kanalga deysizlarku no yozmasligim sababi uje yozganlarimni qabul qilishmaydi aslida yoki manga nisbatan fikri ozgarib qoladi kanaldagilarni. oshanchun yozmayapman kop

prosta bu muammoyiz siqilishga arzimaydi aslida, focusni boshqa yerga qarating deyapman. qizlar bilan yopiq klub tashkillagandik. aynan shunaqa muammolar, kop stress va emotsiyalar sabab kechasi bilan siqilib o’tiradigan, oilaviy muammolari koplar uchun. aynan osha klubda qizlar bilan fikr almashib daxshat narsalar discussionlar qilib aslida qanchalik muhimmas narsalar deb egoyimizni boyitishimiz tushungandim

💬 У тебя новое анонимное сообщение!
Siz hozir adekvatni javob beryatgandirsiz, lekin xuddi erishdek tuyilyaptida oxirgi yozganiz, siz o’ziz yozdiz nima muammo sizni qiynayapti deb, a endi bunaqa javob berish sal rudemasmikan(
@anonaskbot

man ingliz tilini o’rganib toshkentda yurganimda bo’ldi zo’rman deb 2 yilcha ortiqcha narsa o’rganmasdan, kechalari xuddi bir depressiyada o’tirgandek yotardim irrillab. keyin birdaniga mandan keyin toshkentga kegan tanishim 7 oyda uje IELTS’larini yangilab, moshinalar olib, uydagilarini chetga jo’natib, 2 ta joyda ishlab, qo’shimcha yana qattagi bir tillarni o’rganishni boshlab yuribdida ichimda bitta narsa: sandan keyin kep shuncha ish qilyapti, san yuribsan deb qoganman. ashindan keyin boshlangan manda o’zgarish. atak yaxshi turtki bo’gan

o’zligizni anglolmasdan kutib turingchi, ungacha sizdan keyin tug’ilganlar chetellarda o’qib kelib, nechtadir tillarni o’rganib, qanaqadir sertifikatlarni olib instagramida maqtanib turadi(

💬 У тебя новое анонимное сообщение!
Oxrgi paytdagi muammolar juda koʻp,masalan oʻzligimni anglolmayabman ,koʻp kitob oʻqidim til oʻrgandim ammo oʻzimni topolmayabman , sababini ham bilmayman ,his tuygʻularim umuman yoʻq hursand ham hafa ham emasman 🗿
@anonaskbot

yechim bitta kelmaydi. psixologiya kerak aslida. psixologiyani o’rganinglar desam kerakmas deyishadi. aslida psixologiya eng kerak narsa. psixologga borishni aytmayapman, psixologiyani o’rganish, tushunish va o’zizni o’ziz anglashiz bu juda muhim bitta qadamda bo’maydi. qanchadir uzunroq suhbatlar, reflectionlar va oldizda tashqaridan sizga mindset’izdagi xato joylarini to’g’irlashga yordam beroladigan ishonchli odam kerak. vaqt ketadi hammasini o’rganishga, tushunishga no zato anchaaa yaxshi hayot boshlanadi)

💬 У тебя новое анонимное сообщение!
Aytingchi bu xolatdan chiqish uchun nima yechim bor?
@anonaskbot

hozirgi asrda eng muhim narsa bu focus ammo focusni 90% odam boshqarolmaydi anonimda yozganlar ham focusiz bo’lishi kerak bo’lmagan narsalar bilan bandsiz. lekin focusni siz o’zizga qaratishiz mumkin — shundagina muammolar yechiladi qo’shnizni eri urgani, o’rtog’izni yigiti nima qilgani, qigan ishiz to’g’rimidi noto’g’rimidi o’ylab o’tirish va bunga reaksiya sifatida depressiyaga, overthinkingga tushishizni o’zi focusizni qo’lizga ololmasligiz isboti. va bu juda yomon. orada ko’p vaqt yo’qotas, maqsadlariz qoladi va o’rtada maqsadlariz chala qoganiga yana siqilasiz va depressiya keti uzilmaydi, ana sizda emotsiya yana)