Bookish | vibes
Closed channel
📎 ASU 4/4 - young teacher 📎 Makkayi Mukarrama ayollar madrasasi tolibasi (O'sh, Kirgiziya) 📎 Tolibatul Qur'aan • Life & literature & language & love
Show more768
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
Keyin bir kuni telefon bo'ldi, onam dushanba kuni universitetda tanaffus vaqtida bir yigit ko'rish, dadangga ma'qul bo'lib turibdi... deb qoldilar.
Osha kun yakshanba edi, nmagadir hafsala umuman yo'q,
Davomini premium olganda yozaman diymi, axaxa 😹
Rostan premiumga juda o'rganib qolibman((
Qani yana ozgina nafs bilan jang qilib ko'raychi 👀
To'g'risi, yozaman deb qo'yganim uchun zo'o'o'rga yozyapman, lekin qanaqadur shijoqt yo'q🙂↔️
Me: Kasbiz nima?
He: O'zimga yarasha kasbim bor Allohga shukur, 2 yildan beri Moskvada stilist, vizajist, fotomodel, ayollar sartaroshi bo'lib ishliman 🥸💅
Meni og'zim lang ochilib qoldi, 2 3 sekund qotib qoldim, keyin astag'firulloh deb turib chiqib ketvordim🤦🏻♀
Voy bir o'zimga rahmim kelib, xo'rligim kelib yig'ladim keladiyeee😂😂😂 Alloh Alloh kulaymi, yig'laymi holatimga
Ukam orqamdan chiqdi, ha opa nima bo'ldi ano biror nma dedimi aytin nma bo'ldi diydi tinme. Ukamni ko'rib sal o'zimga keldim, qarasam asabi buzilib labi uchib turibdi opamga nmadur deb hafa qildimikin deb, agar indamasam hozir orqasiga qaytib nmadur ishkal chiqarmasin deb aytib qo'yaqoldim. Ukam bilan doim hazillashib bir birimizi ustimizdan kulib hazillashib yuramiz, eng seryozni vaqtlardayam uje yuziga qarasam kulvoraman u ham huddi shunaqa. Keyin sal o'zimga kelib ukamga kulib kulib aytib berdim shunaqa ekan deb😂 ukam ham, opa o'zi gaplashib bo'lishiz bilan sizga aytmoqchi edim so'rashganda qo'lini ushlasam qamaqadir yumshoq ekan, ushlab g'alati bo'p kettim deb🤣🤣🤣
Nme aytmading deb dovdirdan olib tentakka solib kulishib kulishib uyga ketganmiz😁
Eng esda qolarli va Allohim meni asrab qo'ygan bir voqea bo'ldi.
O'quv markazda ishlab yurgan vaqtlarim edi, kids arabic guruhimdagi bolalarni onalari bilan juda yaxshi chiqishib opa singillardek bo'lib ketgandim ayrimlari bilan xattoki)
Bolalar ham meni juda yaxshi ko'rishardi, onalari ham)
Keyin bir o'quvchimni onasi ishxonamga men yo'qlik paytimda kelib meni va oilamni obdooon surishtirib ketibdi. Ma'lum bo'lishicha, ukasi uchun so'rayotgan ekan. Nima deyishga hayron bo'lib qoldim, o'zimni ham chetga olib maqsadini ochiq aytdi, ukasini va oilasini ta'riflab berdi. U opani men taniganim uchun judaa ignor qvormadim, mayli uydagilar bilan hal qilinglar deb manzilimni bervordim 😁 (anu aytadiyu 35 yoshingda lokatsiya tashlab berishadi o'zing borasan deb😂 axa xax xax lekin jaa unaqa bo'madiyu lkn men lokatsiya tashlab berdim)
Keyin ular biznikiga kelishdi, ota onam, bobom buvim, amma xolam, hammasi seni baxting shuuuuu deb uchrashturish payiga tushib qolishdi.
Aytsam balki g'alatidir, lekin uchrashuvga ukam bilan chiqdim 👀 (bir tarafdan yaxshi ham bo'lgan ekan)
Ko'rishdik, gaplashdik, o'zini tutishi, gap so'zi maqul tushgandey bo'lib turgandi, lekin suhbat oxirida kaaatta qovun tushdi 🤣🍈
He: Qaysi sohada o'qiysiz?
Men: Milliy g'oyada. Sizni kasbiz nima?
He: ....
Kasbi nima o'ylaysizlar ? 😂 shartta turib kervordim kasbini eshitib 🥴
Ho'o'sh, aytdimku, ko'p chalg'ib ketishim mumkin deb....
Asosiy fokus unashtiruv ediyaa) esladim, esladim)
Xullas, o'rtada dekabr-yanvar oylarida dadam fikrlari birdan o'zgarib qoldi, "bu yil turmushga beraman!" Aytishingiz mumkin, dadasi xoxlagani uchun... turmushga chiqibdi deb. Ha to'g'ri, avvalo Alloh shu vaqtni va shu insonni taqdirimga yozgani uchun, qolaversa dadamni qarorlarini hurmat qilganim uchun)
Dadam shu yoshimgacha hech bir ishda yo'q demagan. - Dada tikuvchilikka borgim kelyapti - boraver. -Dada suzishga borsam maylimi - mayli qizim! - Dada unday qilaveraymi, bunday qilaveraymi? Hammasiga faqatgina ijobiy javob olganman va bunday insonni ishonchiga oyoq bosishni ham o'z vijdonimga ravo ko'rmaganman
Keyin ketma ket uchrashuvga chiqishlar boshlandi, qiz bor uyga shoh ham gado ham kelaverar ekan. Avval ota onam "rentgen"idan o'tgandan keyin men bilan ko'rishishga ruxsat tegardi.
Har xil insonlar bo'lardi, biri huddi gapini yodlab chiqqande, biri men bog'dan kelsam u tog'dan keladi, boshqasi har gapni birida harakterini ko'rsatadi... xullas hayolimdagi oq otli shahzodani "sh"si ham ko'rinmaydi.
Bora bora tushkunlikka tushib qoldim, nahotki bir ko'rishda o'zini insonini tanib olish, yuragi jizz etish, bir mo'jiza bilan bir biriga to'g'ri kelib qolish degan gaplarni hammasi yolg'on bo'lsa... !
O'sha vaqtlar istixora namozini o'qishni odat qildim, Allohimdan uni ber buni berma deb emas, menga O'zing hayrli deb bilgan insonni eng hayrli vaqtda uchrat deb duolarimda so'radim. Lekin bizning shahzodadan hali ham darak yo'q edi.
Hamma so'rayveradi, qarindosh urug', qo'ni qo'shni: ha nima bo'ldi, bunisi ham yoqmadimi? Yoki sevganingiz bormidi? Nega bittasiga hop deya olmaysiz? Essiz shu oyday qizni hich baxti ochilmadida....
🤦🏻♀🤦🏻♀
Mengaku, bu gaplar ta'sir qilmaydi😁, lekin onamga qattiq botardi, menga aytmasa ham o'zgarib qolayotganini sezardim. Ularni ezilganini ko'rib men ham ezilardim.
Bismillah)
Fikrlarim juda ham chalkash, zo'rg'a bo'sh vaqt topib bu kanalimga vaqt ajratdim. Shu uchun yoziqlar tog'dan bog'dan bo'lib ketsa avf-u etgaysiz*
Ho'sh, hammasi nimadan boshlandi?
Har bir qiz voyaga yetib "ko'zga ko'rinib" qolayotganida tabiiyki har bir ota ona farzandini munosib joyga uzatishni istar ekan. Doimgiday hayotimda yashab yurgan edim, 1-3 kurslar orasida to'y haqida hech mavzu ochilmadi, ota onam o'qishimga, ishlashimga, hayot "qozoni"da chiniqishimga qo'yib berdi. Men ham mazza qilib o'zim nimani xoxlasam istaganimcha yashadim. Ammo, lekin, biroq hamma "tashvish" 4 kursga o'tishim bilan boshlandi.
Alloh hammani har xil sinov bilan sinar ekan. Kimgadir tanlov imkonini ko'proq berib, kimgadir umuman bermay. Men 3 yil universitetga uyimdan qatnadim garchi chekaroq rayonda yashasam ham. 4 kursga kelib sovchi, to'y masalalari avj olib, o'z uyimdan kvartiraga chiqib ketishga majbur qildi 🤦🏻♀
Lekin bu ham meni foydamga bo'ldi, uy ishlaridan biroz yengillab ozimga ko'proq vaqt ajratdim, alhamdulillah, bilimlarimni yana ham boyitib, o'z ustimda yetarlicha ishlab oldim.
Uyga kelayotgan sovchilardan esa ko'nglim to'q, uydagilar hali qizimiz yosh, o'qishni bitirib biror yil ishlasin, hayotni ko'rsin deyishayotgan edi)
Haqiyqatdan ham uydan boshqa joyda yashash meni anchayin tobladi 😅 har xil insonlarni ko'rdim, har xil vaziyatlarga tushdim. Ota onamsiz ko'plab problemalarni hal qildim:)
Endi kanalga qaytaman, active bo'laman deb turganimda premium'im tugab qolibdi 🙂↔️
Ho'sh, kechagi mavzuga tayyormisiz?)
InshaaAlloh, qo'llarni klaviaturada o'ynatib yozib tashliman 😃
*faqat kechgi darslarimni o'tib hotirjam bo'lib oliy :D
Mavzu qiziganda unashtiruv hangomalari + qo'shimchasiga voqealardan olgan xulosalarim bilan bo'lishaymi?
🩵Albatta! Hech bo'lmaganda anglashlar bilan bo'lishaman, nasib 💛
🩵 Sovchi orqali:)
🩵Har xolda mendan ilmli 🥲
Sevgi tarixiga kelsak, endi boshlanadi, inshaaAlloh
🩵Meni nima ahvolga tushganimni hammadan ham ko'ra ko'proq shu •opa, talabam• biladi 😁🫂
🩵Asosiy* sabablaridan biri shu)
Bo'lib o'tgan voqealarni hazm qildim desam ham bo'ladi 😋
🩵 🫂❤️
🩵 🫠🫶🏻
🩵Ha, inshaaAlloh quruq qaytmadim. Asosiysi
Saviyali kontent
Endi esa so'z sizlarga 😌
🤍 Hali ham sizni bu yerda ushlab turgan narsa nima edi?
🤍 Sahifadan (mendan) nimalar kutyapsiz?
http://t.me/questianonbot?start=5894447303l
♥️♥️♥️
Assalomu alaykum va rohmatulloh va barokatuh )
Oldindan kichik eslatma*
Avvalgiday o'tkir qalam sohibaligiga da'vo qilolmayman, oxirgi 3 oy ichi aytarli hech nima qoralamadim, kitob ham pichoqqa sop bo'ladigan darajada emas. Shu sababli yoziqlarimda xatolik ko'rsangiz malomat qilishga shoshilmang 🤭
O'zimga chetdan nazar soldim, qobiqlarni yechib, anchayin ijtimoiylashib ketibman))
Kun-tunim ayrim dars vaqtlarini hisobga olmasa umuman rejasiz va shamol qayoqqa yetaklasa uchib ketaveradigan yengil matohdek o'tib ketyapti.
Balki, bularni hammasi yelkamdagi yangi vazifam - mas'uliyatim sabablidir. E'tiroz bildirish albatta o'rinli, odamda mas'uliyat ortsa qatiyat ham ortishi kerak deb.. lekin men o'zimga dam olish berdim, shu usul bilan yangi kuch yangi energiya to'pladim.
Do'stlarim bilan ko'proq vaqt o'tkazdim, o'zimga ko'p narsalarga ruxsat berdim, sog'ligimga e'tibor qaratdim, hayotni boricha qabul qilishga intildim.
Va eng muhim nuqta* kerakli vaqtda ortga chekina olish, o'ziga e'tibor qaratib, dam olishni o'rgandim.
Zamon shiddat bilan rivojlanayotganini, bir nafas to'xtasak atrofdagilardan ortda qolib ketishimiz mumkinligini ham inkor etolmaymiz, lekin bu 100% to'g'ri degani ham emas. Hayotga inson nisbiy taraflama ham qarab turish kerak :)
📌 boshi va oxiri yo'q yoziqlar turkumidan :D
Siz quyidagilarning majmuasisiz:
- Siz ko'rayotgan film va seriallar
- Siz o'qiyotgan kitoblar
- Siz birga vaqt o'tkazayotgan odamlar
- Siz kuzatadigan kanal va blogerlar
- Siz tinglayotgan podkast va musiqalar
Ongingizning ozuqasini aql bilan tanlang.
🩷🩷🩷🩷
Topganimcha erkak kishi profillarni block qilib chiqdim! Kim qolib ketgan bo'lsa o'zini bilib chiqib ketsin. Vallohi bundan keyingi bitta yozgam nuqtamni ham o'qishiga rozi emasman ❤️
Repost from Maryam Javlan.
Men lahzalar muhlisiman.
Juda qadrlaydigan qadriyatim bu- emotsiyalar hosil qilish va lahzalarda yashash.
Ular meni shakllantirib turadi,ular menga umuman his qilmagan hissiyotlarimni his qildiradi.
Ko’zlarga qarab uzoq qalban suhbatlar,quyosh chiqishini tomosha qilish, saharda velik uchishga chiqish, balandlikdan rolikda tushish,ortib qolgan ko’mirdan kartoshka pishirish,birga sayr qilishlarim barchasi hech ham o’chirib yuborilmaydigan onlarim.Qilmagan ishlarimizni qilganimizdagi mamnunlik hissini aytmaysizmi !
Oqar suvdan ilon tutganimiz,suv separ o’ynab jiqqa ho’l bo’lganimiz,dovuchcha olaman deb qo’shnini oynasini sindirib berkinganlarimiz, sayohatga do’stlar bilan chiqib aqlbovar qilmaydigan ahmoqliklar qilganlarimiz ,kechasi mahalladagilar bilan berkinmachoq o’ynaganlarimizdan tortib, mahalladagi katta urushlarga sababchi bo’lganlarimiz,qorbo’ron o’ynab yuzimni qonatganim,tezlik bilan velik uchib bitta xotinni urib ketganim hammasi meni shakllantirib turadigan,tirikligimni his qildirib turadigan xotiralar.
Katta qiz bo’lib,hali ham jiddiylashmadik.Sababi ichimizdagi “yosh qizaloq” qulflangan emas.U biz bilan yashaydi, kuzatadi, xohlaydi.
Qila olmaslik,intilmaslik bu tanlov, insonni miyasidagi chegaralar.
Lahzalar hissi bilan o’yin-kulguga berilishni adashtirmang.Dunyo o’yin-kulgusi insonni zalolatga olib ketib qoladi.Ammo,Alloh har bir kunda insonga tortiq etadigan “ne’matlar” bor.
Qo’lidagi lahzalarni boy berib,o’zi intilmay, uni ilg’amay ,shukur keltirmay va yana “baxtsizman” deb umidsizlikka tushib noshukurlik qilish mantiqsizdir.
Tirik bo’lib yashang,siz robot emassiz jamiyat buyrug’iga oid yashasangiz hayotingizdan rozi bo’lmay o’tib ketasiz, o’z qadriyat va e’tiqodingiz darajasida yashang!
