cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

RAKHMATOVS' LIVE

Barcha uchun manfaatli qo’shimcha kanalimiz. Sizga foydasi tegadi degan umiddamiz☺️ ᴍɪʟʟᴀᴛ ᴜᴍɪᴅɪ ʙõʟɪsʜ ʙɪᴢ ᴜᴄʜᴜɴ ʜᴀᴍ ǫᴀʀᴢ, ʜᴀᴍ ꜰᴀʀᴢᴅɪr!!! Tibbiy kontentimiz👉https://t.me/Rakhmatovs_1 Bizni kuzatishda davom eting!!!

Show more
Advertising posts
198
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Repost from Aziz Rahimov
Yangiliklar o’qimang Yangilik saytlari xarajat talab qiladi. Jurnalistlar oyligi, uskuna, yo’l to’lovlarini kimdir qoplashi kerak. Yangilik sayti bepul bo’lsa u sizga reklama sotib pul topadi. Reklama ko’p va qimmat bo’lishi uchun ko’rishlar ko’p bo’lishi kerak. “Hammasi yaxshi. Rivojlanyapmiz. Jinoyatchilik kamaygan”. Bunday xabarlar ko’rishlar yig’maydi. Xabarlar orasida eng negativlari eng ko’p ko’riladi. Asabbuzarliklar ortidan kelgan ko’rishlarga reklama sotiladi. Reklama bo’lmasa yanada yomon. Demak mediani kimdir ta’minlayapti. Ta’minlovchining o’z maqsadlari bor. Reklamasi yo’q bepul media o’qiyotgan bo’lsangiz, propaganda o’qiyapsiz. Bittada bilinmaydi. Propagandaning birinchi vazifasi propagandaligini bildirmaslik. Yangiliklar o’qimang. Vaqtingizni foydaliroq ishlarga sarflang. Muhim gaplardan qolib ketmaysiz. Rostdan muhim voqea sodir bo’lsa, vaqtidan yaxshi foydalanmaganlar hammasini aytib berishadi. @azizrakhimov_blog
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Diniy suhbat va darslarning o'rniga nima qo'ysak ekan. Darsdagi latifalarnimi yoki hayotiy voqealarnimi? Yoki Hojiboy aytgan amakining do'ppi otishini qilaylikmi? Rasmlarni qo'yib FBni ham Instagram qilvoraylikmi? Nima qilsak ekan?
Show all...
10:44
Video unavailableShow in Telegram
Ko'pchilik javobini izlayotgan savol Kimligimizni bilmoqchi bo'lsak, videoda aytilgan 4 ta narsaga e'tibor qilib ko'raylik. Bu o'zimizni tushunishimiz, o'zgartirishimiz uchun foydali bo'lar ehtimol. P.S. Bu videoni ko'rish nafaqat Siz uchun, balki avlodlaringiz uchun ham muhim. @Muhammadali_Eshonqulov
Show all...
Repost from N/a
#youtube ❗️Youtubeda qisqa(shorts) videolar ko'rish inson ruhiyati uchun ham zararli. 20 soniyalik videolardan 2 soatda 360 ta ko'rish mumkin. Bu videolarda bilamiz bir xillik yo'q. Qisqa videolar turli tarafdan ruhiyatga ta'sir etadi. Quvonch, qayg'u, nafrat va boshqalar. Ruhiyatdagi bunaqa tez o'zgaruvchanlik ruhiy sezuvchanlik, ruhiy ta'sirlanish kabi hissiyotlarni yuzaga chiqishini sekinlashtiradi. Qisqacha qilib aytsak, barcha ta'sirlanib yig'laganda, siz bu voqeaga oddiy holatdek o'tib ketasiz. Kimdir yomon ish qilayotgan bo'lsa, oddiy qarab o'tib ketasiz. Demak, beparvolik juda tez ruhiy o'zgaruvchanlik ortidan ham kelib chiqishi mumkin. 👉 Bu videolar bilamiz miyaga yuklama tushirmaydi. 1. Sababi, inson borgan sari axborot olami qurshovida qolyapti. Ularni esa har birini o'qishga vaqt yetmaydi. Har birimizda 1000 lab xabarlari o'qilmagan kanallar bor. Ma'lumotni qisqa vaqtda olishga insoniyat ruhiy muhtoj. Bu videolarga bog'lanib qolishni yuzaga kelishida qisqa vaqt ichida o'zingizga kerakli ma'lumotni qabul qila olasiz. 2. Bu videolarda miyada yangi neyronlar qurilishini talab etadigan, miyaga yuklama tushiradigan hech narsa yo'q. Miyaga yuklama tushganda dofamin kamayadi. Bu miyaga yoqmasligi aniq. Shuning uchun miya bu vaziyatdan chiqish uchun yengilroq yuklamali ma'lumot istaydi. Ixtiyorsiz short videolarga bog'lanib qolasiz. Odatlar ham shunday shakllanadi. Bu videolarga ruhiy bog'lanib qolish ham zamonaviy ruhiy kasallik hisoblanadi. ❗️Eng xavflisi VAQT masalasi. Insonni rivojlanishida vaqtning qanday o'tishi juda ham muhim. Vaqtingizni qadrlang.
Show all...
Assalamu alaykum varahmatullohi va barokatuh. Barchaga Sayyid ul Ayyom Juma muborak bõlsin🌙✨
Show all...
Repost from Rahimov School
00:55
Video unavailableShow in Telegram
O'qituvchilarning muammosi shundaki... 📌 Aksariyat o'qituvchilar bir o'quvchi haqida avvalboshdan xulosa yasaydilar. So'ng shu xulosa bilan unga munosabat bildirishda davom etadilar. Ko'pincha bu fikr yillar davomida o'zgarmay qotib qoladi. Bu — katta xato! ✅ Azizbek Rahimov aynan shunday tajriba haqida lavhada aytib o'tgan. Tomosha qiling va fikr bildiring. Batafsil ma’lumot uchun: @RahimovSchool_bot
Show all...
Repost from N/a
Инсоннинг бошига синов келганда унга "Ўзингни қўлга олсангчи!", "Кучли бўл!" каби сўзларни ҳар ким айта олади. "Сен уддалайсан, сен кучлисан!" "Мен ёнингдаман!" каби сўзларни эса ҳамма ҳам айтолмайди. Жумлалар орасида фарқ бор. Бири ортиқча босим юклайди, ҳавотир пайдо қилади, бири эса куч беради, ишонч беради, босимни енгиллаштиради. Чин дўстнинг фарқи ҳам шу жойда билинади. "Кучли бўл!" дейиш бу огоҳлантириш: "Мен ёнингда бўлолмайман" дейишдир. "Кучлисан!" дейиш эса одамга ўзи кучсизлигини билиб турса ҳам ўзгача куч беради. Келажакка ишончини ортиради. "Ёнингдаман!" дейдиган инсонингиз бўлса уни қадрланг, ундайларни қадар ҳар доим ҳам совға қилавермаслиги мумкин. Тасаввур қилдим, хотирладим, эсладим. Ўзимнинг бошимдан ўтган экан булар. Ёздим.
Show all...
00:14
Video unavailableShow in Telegram
Adashganligimizni qanday anglaymiz? 👉 @OqvaQora_uz
Show all...
Repost from Abdusattor
Photo unavailableShow in Telegram
🌳Hayotda shu daraxtga o’xshash odamlar bor. Ular hayot adolatli emas deb nolimaydi, boshqalarni ayblamaydi va tashqaridan yordam kutmaydi. Ular nima bo'lishidan qat'iy nazar o’sishda davom etishadi. @abdusattor
Show all...
“Poyezdni o’tkazib yuborish og’riqli, agar sen uni orqasidan yugurayotgan bo’lsang” — Nasim Taleb.
Show all...