cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Muslim Juraev | Al-ansoriy

Digital Marketer & Data Science Engineer & Startuper -- InshaAlloh I am Muslim! I am the Son of Islam. Qiziquvchan Musulmon Yigitning Shaxsiy Blogi. • Islom • Texnologiya • Biznes & Marketing • Siyosat Mu'rojat uchun: @MuslimJurayev

Show more
The country is not specifiedThe language is not specifiedThe category is not specified
Advertising posts
550
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

​​​​ОТА-ОНА БИЛАН МУОМАЛА ҚИЛИШДАГИ ЎТТИЗ БЕШ ОДОБ: 1) Ҳузурларида қўл телефонларини ўчириб қўйиш. 2) Гапираётганларида жим туриш. 3) Раъйларини қайтармаслик. 4) Гапларини маъқуллаб туриш. 5) Уларга ўзини ҳокисор тутиб қараш. 6) Уларга доим мақтов,мадҳ айтиб туриш. 7)Уларга ҳурсандчилик хабарларини улашиш. 8) Ёмон хабарларни олдиларида гапирмаслик. 9)Улар яхши кўрган кишиларни ва дўстларини мақташ. 10) Эришган ютуқларини доим эслатиб туриш. 11) Агар қайта-қайта гапирсалар ҳам гапларини тасдиқлаб кўнгилларини кўтариб туриш. 12) Ўтмишдаги аламли ўринларни зикр қилмаслик. 13) Отиқча гаплардан четланиш. 14) Олдиларида ҳурмат сақлаб ўтириш. 15) Фикрларини паст ва ноқис санамаслик. 16) Гапларини тугатмасларидан олдин эшитмасдан туриб кетмаслик. 17) Ёшларини ҳурмат қилиш ва набиралари билан уларни безовта қилмаслик. 18) Олдиларида набираларини жазоламаслик. 19) Ҳамма насиҳату- фикрларини қабул қилиш. 20) Ҳузурларида уларга эҳтиром кўрсатиш. 21) Уларга овозни кўтармаслик. 22) Улардан олдин ёки олдиларидан юрмаслик. 23) Таомга улардан олдин қўл узатмаслик. 24) Уларга тикилиб қарамаслик. 25) Улар билан фахрланишлик,агар улар шунга лойиқ иш қилишмаган бўлса ҳам. 26) Олдиларида оёқ узатмаслик ёки уларга орқа қилмаслик. 27) Сўкилишларига сабаб бўлмаслик. 28) Ҳар доим уларни ҳақларига дуо хайр қилиш. 29) Олдиларида чарчоқ ва хафаликни зоҳир қилмаслик. 30) Улардан содир бўлган хатоларга кулмаслик. 31) Ўзлари талаб қилишларидан олдин хизматларини бажариш. 32) Доимий равишда уларни зиёрат қилиб туриш ва уларга ғазаб қилмаслик. 33) Улар билан гаплашганда чиройли сўзларни танлаб ишлатиш. 34) Ўзларига ёқадиган исмлар билан мурожаат қилиш. 35) Уларни ҳамма нарсадан ва ҳамма одамлардан устун қўйиш. Ота ва Она - ер остига кўмилиш арафасида бўлган ер юзидаги ҳазинадир. Бу юқорида ўтган бандларнинг ҳар бири аҳамият жиҳатидан иккинчисидан кам эмас. Шундай экан, эътибор билан ўқишни ва ота-онага муомала қилишликда нафсни бир ҳисоб қилиб қўйишни насиҳат қилган бўлардим. Албатта, жаннатга кириш, дунёдаги муваффақият, хотиржамлик, мўл ризқ келиши ва балоларни дафъ қилиниши - Ота-Онага яхшилик қилиш миқдорига боғлиқдир. ✅❗️Бу маълумотни имкон борича бошқаларга ҳам eтказайлик. 🔎 @ShayhSaboqlari ✔️
Show all...
Repost from Kopirayting
Telegram Ko‘pchilik Telegram'dan nafaqat messenjer, balki kontent qabul qilish platformasi sifatida ham foydalanadi. Agar siz o'zingizni telegram kanal muallifi sifatida sinab ko‘rmoqchi bo'lsangiz yoki ushbu saytda o'z blogingizni yuritishni allaqachon boshlagan bo'lsangiz, eng qulay vaqtlar haqidagi ma'lumotlarni o'qib chiqishingizni tavsiya qilaman. E'lon qilish uchun eng yaxshi vaqt: • Ertalab: 10:00-12:00 • Peshindan keyin: 17:00-19:00 Yozish uchun eng yaxshi kunlar: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma E'lonlar soni: kuniga 1-2 ta Eng effektiv vaqtlar esa: • ertalab soat 07:00 dan 10:00 gacha; • ish vaqtidan tashqari payt: soat 17:00 dan 19:00 gacha; • kuniga bir nechta qisqa xabarlar; • B2B uchun: kechqurun va dam olish kunlari. Agar siz allaqachon kanalingiz faoliyatini boshlagan bo'lsangiz, ushbu tavsiyalardan foydalanishga harakat qiling va belgilangan vaqtda xabar qoldiring. Natijalar sizni hayratda qoldirishi mumkin. 🧩 @copirayt - sizning kopirayter do‘stingiz
Show all...
Repost from Saud Abdulwahed
Rivojlanishingizga to'siq bo'layotgan har qanday narsadan voz kechishingiz, kelajagingizni mukammal qurishingiz uchun tashlagan eng muhim qadamingizdir. @saudabdulwahed
Show all...
YouTubeda tomosha qiling: Propaganda | "Siyosat 2.0" ko'rsatuvi https://youtu.be/i_2au7Lvbps
Show all...
Propaganda | "Siyosat 2.0" ko'rsatuvi

Kanalimizga obuna bo'ling 👉

https://www.youtube.com/c/AzonTVuz?sub_confirmation=1IJTIMOIY

TARMOQDAGI SAHIFALARIMIZGA OBUNA BO'LING:• Telegram -

https://t.me/...

00:19
Video unavailableShow in Telegram
TESCO дан кун давомида йўқолиб кетадиган озиқ-овқат. Англиядаги чакана сотувчи учун ижодий реклама. Мусулмонга йўналтирилган. Дарҳақиқат, муқаддас Рамазон ойида улар фақат қуёш ботгандан кейин овқатланишлари мумкин. Шунинг учун, кун давомида плиталар бўш. — Исчезающая днем еда от TESCO. Креативная реклама ритейлера в Англии. Ориентирована на мусульман. Ведь в священный месяц Рамадан есть они могут только после захода солнца. Поэтому днем тарелки пустые. Как вам реклама ?)
Show all...
IMG_3541.MP42.70 MB
Gʻuncha ochilguncha oʻtgan fursatni Kapalak umriga qiyos etgulik, Baʼzida bir nafas olgʻulik muddat – Ming yulduz soʻnishi uchun yetgulik. Yashash soatining oltin kapgiri Har borib kelishi – bir olam zamon. Koinot shu damda oʻz kurrasidan Yasab chiqa olur yangidan jahon. Yarim soat ichida tugʻilib, oʻsib, Yashab, umr koʻrib oʻtguvchilar bor; Koʻz ochib yumguncha oʻtgan dam – qimmat, Bir lahza mazmuni – bir butun bahor. Bir onning bahosin oʻlchamoq uchun Oltindan tarozu, olmosdan tosh oz. Nurlar qadami-la chopgan sekundning Barini tutolmas ay(yu)hannos ovoz. Yigit termiladi qizning koʻziga, Kiprik suzilishi, mayin tabassum… Qoʻsha qarimoqqa muhr boʻladi Hayotda ikki lab qovushgan bir zum. Yashash darbozasi ostonasidan Zarhal kitob kabi ochilur olam, Tiriklik koʻrkidir mehnat, muhabbat, Fursatdir qilguvchi aziz, mukarram. Bebaho damlarning tirik joni biz, Har oni oʻtmishning yuz yiliga teng. Oʻzbekning barhayot avlodlarimiz, Har nafas mazmuni fazolardan keng. Qatrada osmon aks etganidek, Jahonday maʼnodor qorachigʻimiz. Gʻolib asrimizga quyoshdan mashʼal, Zamon koʻrasining soʻnmas choʻgʻimiz. Zamona soati zang urar mudom, Minglab hodisalar minutlarga qayd, Qahramon tugʻildi, shahar olindi, Bir gigant qurildi sharafli bu payt. Reyxstag ustiga gʻalaba tugʻin Qadashda otilgan adolat oʻqi – Yalt etgan umri-la barqaror qildi Basharning muqaddas, oliy huquqin. Gʻalaba amri-la, magʻlub nemisning Generali qoʻl qoʻydi. Uch sekund faqat… Shu malʼun imzoda odamlar oʻqir Million yil fashistning umriga laʼnat. Aziz asrimizning aziz onlari Aziz odamlardan soʻraydi qadrin. Fursat gʻanimatdir, shoh satrlar-la Bezamoq chogʻidir umr daftarin. Shuhrat qoldirmoqqa Gerostratdek Diana maʼbadin yoqmoq shart emas. Koʻplarning baxtiga oʻzlikni jamlab, Shu ulugʻ binoga bir gʻisht qoʻysak bas. Har lahza zamonlar umridek uzun, Asrlar taqdiri lahzalarda hal, Umrdan oʻtajak har lahza uchun Qudratli qoʻl bilan qoʻyaylik haykal. Hayot sharobidan bir qultum yutay, Damlar gʻanimatdir, umrzoq soqiy. Quyosh-ku falakda kezib yuribdi, Umrimiz boqiydir, umrimiz boqiy. Gʻafur GʻULOM Vaqt sheri
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
1. 'The 4 Hour Work Week' kitobi muallifi Facebookda ushbu rasmni e'lon qildi. 2. 'print on demand' ga mos bunday 'termo krujka' lar tannarxi $16-$20 atrofida. 3. teelaunch.com, printify.com kabi ta'minotchilardan topish mumkin. 4. Mahsulot dizaynidagi asosiy element "Medical Degree" so'zi. Uning o'rniga istalgan universitet yo'nalishini qo'yish mumkin. 5. Facebook da 'job type' ga ko'ra mos dizaynga reklama yoqasiz. Masalan, 'engineer' uchun 'Engineering Degree' yozuvli mahsulot 6. Marketplace larda $25-$35, o'z saytingizda $30-$40 atrofida sotishingiz mumkin. 7. Izohlarda bir ayol "Accounting" uchun so'radi. 8. Internet tufayli biznes boshlash har qachongidan oson bo'lib qoldi. Imkoniyatdan foydalaning. #printondemand @muslimbek_rakhmonov
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Онам йиғиб қўйган кўрпаларни йиқитар эдик. Гўёки кўрпани орасида қандайдир тансиқ егулик ёки бошқа қувонарли нарса бордек. Беғубор болаликда нималарни қилсак ҳам ярашар эди... 🔎 Суратдаги тарих
Show all...
01:30
Video unavailableShow in Telegram
Жиддий саволга аниқ, қисқа ва лўнда жавоб 😂 ZamonTv | Расмий Канал👇 https://telegram.me/joinchat/LSByf2W4dh5hZDAy
Show all...
3.68 MB
Photo unavailableShow in Telegram