en
Feedback
BuxDPI Yoshlar ittifoqi | Rasmiy kanal

BuxDPI Yoshlar ittifoqi | Rasmiy kanal

Open in Telegram

Buxoro davlat pedagogika instituti yoshlar ittifoqining rasmiy sahifasi Matbuot kotib: @husenov_mirsaid Murojaat boti: @buxdpi_uzbot

Show more
2 176
Subscribers
+924 hours
-47 days
-5230 days
Posts Archive
Buxoro davlat pedagogika institutida “Talabalikka bag‘ishlov” tantanasi 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining
+9
Buxoro davlat pedagogika institutida “Talabalikka bag‘ishlov” tantanasi 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi hamda yangi 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan Buxoro davlat pedagogika institutida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida yangi talabalar uchun tantanali “Talabalikka bag‘ishlov” marosimi ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. 🎓 “Talabalikka bag‘ishlov” — bu shunchaki yangi o‘quv yilining boshlanishi emas, balki minglab yoshlarning hayotida yangi bosqich, yangi imkoniyatlar va ulkan orzular sari qo‘yilgan muhim qadamdir. 👍 Tantanali marosimni Buxoro davlat pedagogika instituti rektori Ma’murov Bahodir Baxshulloyevich ochib berib, yangi talabalik baxtiga muyassar bo‘lgan yoshlarni samimiy muborakbod etdi. Rektor o‘z so‘zida talabalik davri inson hayotidagi eng mas’uliyatli va unutilmas davrlardan biri ekanini ta’kidlab, yoshlarni puxta bilim olishga, izlanishga, Vatanga sadoqatli, xalq manfaatiga xizmat qiladigan yetuk mutaxassislar bo‘lib kamol topishga chorladi hamda ularga kelgusi o‘qishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi. 🇺🇿 Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist, “Shuhrat” medali, “Mehnat shuhrati” ordeni, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni sohibi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi Bosh direktori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Abdisait Kuchimov so‘zga chiqib, yoshlarni yangi hayot bosqichiga qadam qo‘yganlari bilan tabrikladi. 🧳 U o‘z nutqida bugungi yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, zamonaviy ta’lim va bilim olish uchun mavjud sharoitlar haqida so‘z yuritib, talabalik yillarini mazmunli va samarali o‘tkazish, ustozlardan bilim olish, Vatan ravnaqi va jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish muhimligini alohida qayd etdi. ✨ Bugun institutimiz ostonasidan talaba sifatida kirib kelgan har bir yoshning oldida yangi imkoniyatlar eshigi ochildi. Endilikda ular nafaqat bilim oluvchi, balki Buxoro davlat pedagogika institutining sha’ni, nufuzi va kelajagini yuksaltiruvchi yosh avlod vakillaridir. Aziz talabalar! Talabalik maqomingiz muborak bo‘lsin! 🟦🟦🟦🟦🟦🟦 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 📱 Telegram |🌐 Veb-sayt |📱 Instagram | 📱 You tube

Yoshlar kelajagi uchun yaratilgan zamonaviy muhit Xabar berganimizdek, Buxoro davlat pedagogika institutiga “Yangi O‘zbekisto
+9
Yoshlar kelajagi uchun yaratilgan zamonaviy muhit Xabar berganimizdek, Buxoro davlat pedagogika institutiga “Yangi O‘zbekiston” va “Правда Востока” gazetalari tahririyati Bosh muharriri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Doniyorov Salim Musurmonovich tashrif buyurdi. 👍 Tashrif davomida mehmon institut rektori B. Ma’murov boshchiligida Buxoro davlat pedagogika institutining ta’lim-tarbiya jarayoni, zamonaviy infratuzilmasi, yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi. 🌳 Jumladan, institut hududidagi “Yoshlar bog‘i” ko‘zdan kechirilib, talabalar uchun yaratilgan ochiq va zamonaviy muhit, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi. 🤩 Shuningdek, mehmon inklyuziv ta’lim xonasi faoliyati bilan tanishib, alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan talabalar uchun yaratilgan qulayliklar, ta’lim olish imkoniyatlari va ularga ko‘rsatilayotgan e’tibor bilan yaqindan tanishdi. 🤩 Tashrif davomida Yoshlar ittifoqi xonasi ham ko‘zdan kechirilib, talabalar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda yoshlar bilan ishlashning samarali mexanizmlari haqida fikr almashildi. 🤩 Shuningdek, talabalar turar joyida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qilayotgan “5 muhim tashabbus” doirasida tashkil etilgan xonalar faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Mazkur xonalarda talabalar uchun sport, kitobxonlik, ijodkorlik, madaniy-ma’rifiy va boshqa yo‘nalishlarda o‘z qobiliyatlarini namoyon etishlari uchun yaratilgan sharoitlar namoyish etildi. ✨ Tashrif davomida Buxoro davlat pedagogika institutida zamonaviy ta’lim muhiti, yoshlar uchun keng imkoniyatlar, inklyuziv ta’lim tamoyillari va talabalarning har tomonlama rivojlanishi uchun yaratilayotgan sharoitlar yuqori baholandi. Mazkur tashrif institut faoliyatini keng jamoatchilikka yetkazish, ta’lim va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlarda o‘zaro fikr almashish hamda yoshlar bilan ishlash borasidagi ilg‘or tajribalarni ommalashtirish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyat kasb etdi. 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 📱 Telegram |🌐 Veb-sayt |📱 Instagram | 📱 You tube

Yoshlar qalbida Vatan tuyg‘usi: mustaqillik saboqlari 👍 Buxoro davlat pedagogika institutida yangi o‘quv yilini ko‘tarinki r
+9
Yoshlar qalbida Vatan tuyg‘usi: mustaqillik saboqlari 👍 Buxoro davlat pedagogika institutida yangi o‘quv yilini ko‘tarinki ruhda boshlagan 1-bosqich talabalarini talabalik maqomiga ega bo‘lganlari bilan samimiy qutlash bilan bir qatorda, ularning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirishga qaratilgan “Mustaqillik darslari” ham izchil tashkil etilmoqda.Ana shunday ma’rifiy mashg‘ulotlardan biri institutda “Yangi O‘zbekiston” va “Правда Востока” gazetalari tahririyati Bosh muharriri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Doniyorov Salim Musurmonovich ishtirokida tashkil etildi. 🎓 Uchrashuv davomida 1-bosqich talabalariga O‘zbekiston mustaqilligining tarixiy ahamiyati, milliy qadriyatlarimiz, xalqimizning ozodlik va farovon hayot sari bosib o‘tgan yo‘li, shuningdek, bugungi tinch va osuda hayotimizning qadr-qimmati haqida mazmunli fikrlar bildirildi.
🇺🇿🇺🇿 Mustaqillik darslari jarayonida yoshlarning Vatanga sadoqat, milliy g‘urur va tarixiy xotira tuyg‘ularini yanada mustahkamlash, ularda yurt kelajagiga daxldorlik hissini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.
💬 Shuningdek, talabalar bilan samimiy muloqot o‘tkazilib, ularni qiziqtirgan savollar yuzasidan fikr almashildi. Tajribali jurnalistning hayotiy kuzatuvlari va kasbiy faoliyati bilan bog‘liq mulohazalari yoshlar uchun alohida taassurot qoldirdi.Tadbir yakunida institut rektori B. Ma’murov tomonidan tashrif buyurgan mehmonlar — Doniyorov Salim Musurmonovich va Abdisait Kuchimovga institut jamoasi nomidan esdalik sovg‘alari taqdim etildi. 🤝 Mazkur uchrashuv samimiy muloqot, tarixiy xotira va ma’naviy qadriyatlarni ulug‘lash ruhida o‘tib, yangi talabalarning institut hayotiga moslashuvi hamda ularning mustaqil fikrlaydigan, bilimli va Vatanga sadoqatli yoshlar sifatida shakllanishiga xizmat qildi. 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 📱 Telegram |🌐 Veb-sayt |📱 Instagram | 📱 You tube

Senator va talaba-yoshlar uchrashuvi: ochiq muloqot va muhim fikrlar Xabar berganimizdek, Buxoro davlat pedagogika institutid
+9
Senator va talaba-yoshlar uchrashuvi: ochiq muloqot va muhim fikrlar Xabar berganimizdek, Buxoro davlat pedagogika institutida senator va talaba-yoshlar uchrashuvi tashkil etildi. 🧳 Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist, “Shuhrat” medali, “Mehnat shuhrati” ordeni, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni sohibi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi Bosh direktori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Abdisait Kuchimov mehmon sifatida ishtirok etdi. 👍 Tadbirni Buxoro davlat pedagogika instituti rektori B. Ma’murov ochib berib, yig‘ilganlarni yangi o‘quv yili bilan muborakbod etdi hamda institutga ilk bor qadam qo‘ygan 1-bosqich talabalarini talabalik maqomiga ega bo‘lganlari bilan samimiy tabrikladi. Uchrashuv davomida yoshlarning ta’lim olishi, o‘z ustida ishlashi, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashi, Vatan ravnaqi va jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishi borasida fikr-mulohazalar bildirildi. 💬 Ayniqsa, senator Abdisait Kuchimovning ko‘p yillik jurnalistika va davlat boshqaruvidagi tajribasi, hayotiy kuzatuvlari hamda yoshlarga oid qarashlari talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi. Uchrashuv ochiq muloqot ruhida davom etib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Savollarga hayotiy misollar va amaliy tavsiyalar asosida javoblar berildi. 📚 Bunday uchrashuvlar yoshlarning faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, ularda tashabbuskorlik va mas’uliyat tuyg‘usini kuchaytirish, kelajakdagi maqsadlarini aniq belgilashida muhim ahamiyat kasb etadi. BuxDPI — bilim, ma’rifat va katta imkoniyatlar maskani! 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 📱 Telegram |🌐 Veb-sayt |📱 Instagram | 📱 You tube

#ARM Kitobxonlik sari yana bir muhim qadam 👍 Buxoro davlat pedagogika institutiga O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatg
+4
#ARM Kitobxonlik sari yana bir muhim qadam 👍 Buxoro davlat pedagogika institutiga O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist, “Shuhrat” medali, “Mehnat shuhrati” ordeni, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni sohibi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi Bosh direktori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Abdisait Kuchimov tashrif buyurdi.
🤝 Tashrif davomida mehmon institutning ta’lim jarayoni, professor-o‘qituvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, talabalar faoliyati hamda zamonaviy infratuzilmasi bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, Abdisait Kuchimov institut Axborot-resurs markaziga tashrif buyurib, o‘z qalamiga mansub badiiy va she’riy asarlar to‘plamlarini kutubxona fondiga tuhfa qildi.
🌱 Mazkur ezgu tashabbus yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ma’naviy dunyoqarashini boyitish hamda ularni mutolaa qilishga keng jalb etishda muhim ahamiyat kasb etadi. 📚 Taqdim etilgan kitoblar institut talabalari va professor-o‘qituvchilari uchun qimmatli ma’naviy manba bo‘lib xizmat qiladi. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 📱 Telegram |🌐 Veb-sayt |📱 Instagram | 📱 You tube

#Mustaqillik_darsi Yosh avlod tarbiyasida mustaqillik va tarixiy xotiraning o‘rni 🇺🇿🇺🇿 👍 Buxoro davlat pedagogika instit
+6
#Mustaqillik_darsi Yosh avlod tarbiyasida mustaqillik va tarixiy xotiraning o‘rni 🇺🇿🇺🇿 👍 Buxoro davlat pedagogika institutida yangi o‘quv yilining ilk kunlaridanoq talaba-yoshlarning tarixiy xotirasini mustahkamlash, milliy qadriyatlarimizga hurmatini oshirish, Vatan taqdiriga daxldorlik tuyg‘usini yuksaltirish maqsadida “Mustaqillik darslari” tashkil etilmoqda. 📚 Jumladan, institut Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Umedjanova Malika Lukmanovna tomonidan 1-bosqich talabalari ishtirokida mazmunli va ta’sirchan “Mustaqillik darslari” o‘tkazildi. Darslar davomida talabalarga qatag‘on qurbonlari va jadidlik harakati namoyandalari, ularning xalqimiz ma’rifati, milliy uyg‘onishi va ozodlik yo‘lidagi fidokorona faoliyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi. 🌱 Ayniqsa, ajdodlarimizning og‘ir va murakkab tarixiy davrlarda ilm-ma’rifat, milliy o‘zlik va Vatan ravnaqi yo‘lida olib borgan kurashlari misollar asosida tushuntirildi. Bu esa yosh avlodga bugungi tinch va farovon hayotning qadriga yetish, tarixdan saboq chiqarish hamda kelajak oldidagi mas’uliyatini chuqur anglash imkonini berdi. 💬 Mashg‘ulot yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mavzu yuzasidan atroflicha javoblar oldilar. Ochiq muloqot va savol-javoblar darsning yanada mazmunli va interaktiv tarzda o‘tishiga xizmat qildi. Tarixini bilgan avlod — o‘zligini anglaydi. O‘zligini anglagan yoshlar esa Vatan kelajagini bunyod etadi! Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 📱 Telegram |🌐 Veb-sayt |📱 Instagram | 📱 You tube

🎓 Eng yuqori ball to‘plagan talabalar e’tirof etildi 🧳 2026/2027-o‘quv yili davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatinin
+9
🎓 Eng yuqori ball to‘plagan talabalar e’tirof etildi 🧳 2026/2027-o‘quv yili davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakliga kirish imtihonlarida eng yuqori natijalarni qo‘lga kiritib, faxrli tarzda Buxoro davlat pedagogika instituti talabasi bo‘lgan yoshlar va ularning ota-onalari institut rahbariyati tomonidan alohida e’tirof etildi.
👍 Tadbir davomida Buxoro davlat pedagogika instituti rektori Maʼmurov Bahodir Baxshulloyevich so‘zga chiqib, talabalarga samimiy tilaklarini bildirdi. Bilimning buyuk kuch ekanini ta’kidlab, yoshlarni ilm izlab tinimsiz mehnat qilishga, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashga, eng asosiysi — o‘z yurtiga fidoyi, xalqiga xizmat qiladigan barkamol shaxs bo‘lib ulg‘ayishga chorlab, fikrlarni ilgari surdi.
🌱 “Bugun institutimiz safiga qo‘shilgan har bir talaba — ertangi kunning porloq kelajagini yaratuvchi bunyodkor. Sizning bilimga chanqoqligingiz, ota-onangizning fidoyiligi va ustozlaringizning mehnati kelajakda yurtimiz taraqqiyotining mustahkam poydevoriga aylanadi.” 🔴 Yuqori ball to‘plab, institutimiz safiga qo‘shilgan birinchi kurs talabalari hamda ularning ota-onalari samimiy tabriklandi; 🔴 Ilmga bo‘lgan sadoqati, tirishqoqligi va yuksak intilishlari bilan ajralib turgan yoshlar institut rahbariyati tomonidan faxriy yorliqlar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar; 🔴 Eng yuqori ball to‘plab talabalikka qabul qilingan iqtidorli yoshlarga ramziy “Bilimlar kaliti” topshirildi. Ushbu kalit — bilim eshiklarini keng ochish, ilm-fan olamida yuksak marralarni zabt etish, Vatan ravnaqi yo‘lida xizmat qilish ramzi sifatida taqdim etildi. ☄️ Tadbir jarayonida ta’kidlanganidek, yoshlarning bilimga chanqoqligi, ota-onalarning fidoyiligi va ustozlarning mas’uliyati institutimizda kelajakda ko‘plab ulkan muvaffaqiyatlar uchun mustahkam poydevor yaratadi. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 📱 Telegram |🌐 Veb-sayt |📱 Instagram | 📱 You tube

“BILIMLAR KALITI” — YUKSAK NATIJALAR SARI RAMZIY QADAM 👍 Buxoro davlat pedagogika institutiga eng yuqori ball bilan talabali
“BILIMLAR KALITI” — YUKSAK NATIJALAR SARI RAMZIY QADAM 👍 Buxoro davlat pedagogika institutiga eng yuqori ball bilan talabalikka qabul qilingan, bilim va salohiyati bilan tengdoshlariga namuna bo‘lgan iqtidorli yoshlar tantanali ravishda e’tirof etildi. 🇺🇿🇺🇿 Yoshlarning ilm yo‘lidagi ilk muvaffaqiyatlarini qadrlash, ularni yanada katta marralar sari ruhlantirish maqsadida ularga ramziy “Bilimlar kaliti” topshirildi. 🔑 Bugun qo‘llariga “Bilimlar kaliti”ni olgan yoshlar ertangi kunning yetuk mutaxassislari, fidoyi pedagoglari va yurt ravnaqiga xizmat qiladigan bunyodkor avlod bo‘lib kamol topishlariga ishonamiz! Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 📱 Telegram |🌐 Veb-sayt |📱 Instagram | 📱 You tube

"Talabalikka bagʻishlov" - yangi oʻquv yilining ilk qadamlari!
👍 Buxoro davlat pedagogika instituti barcha 1-bosqich talabalarini yangi o‘quv yilining tantanali ochilish marosimi — “Talabalikka bag‘ishlov” tadbiriga taklif etadi!
🎓 Talabalik — bu shunchaki yangi bosqich emas, balki katta orzular, ulkan maqsadlar, yangi do‘stlar va unutilmas taassurotlar sari boshlanadigan hayajonli yo‘ldir. 👥 Sizni institutimizning katta va ahil jamoasi bag‘rida yangi o‘quv yilini ko‘tarinki kayfiyatda boshlashga chorlaymiz! 📅 7️⃣-sentabr, 2026-yilSoat 0️⃣8️⃣🔤0️⃣0️⃣ da 📍 BuxDPI bosh binosi — “Yoshlar bog‘i” 🎉 Aziz talabalar! Yangi o‘quv yilining ilk kunini birgalikda, unutilmas lahzalar va ko‘tarinki ruhda boshlaymiz! Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 📱 Telegram |🌐 Veb-sayt |📱 Instagram | 📱 You tube

#So‘ragan_edingiz 👍 Buxoro davlat pedagogika instituti fakultet binolarining joylashuvi 👍 Buxoro davlat pedagogika institut
#So‘ragan_edingiz 👍 Buxoro davlat pedagogika instituti fakultet binolarining joylashuvi      👍 Buxoro davlat pedagogika instituti 📍manzil ➡️ Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti📍 manzil ➡️ Aniq va tabiiy fanlar fakulteti📍 manzil ➡️ Jismoniy madaniyat fakulteti📍 manzil ➡️ Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim fakulteti📍 manzil ➡️ Harbiy taʼlim fakulteti 📍 manzil 📞 Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti: +998905115727 📞 Aniq va tabiiy fanlar fakulteti: +998997044841 📞 Jismoniy madaniyat fakulteti: +998907150316 📞 Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim fakulteti: +998914179559 📞 Harbiy taʼlim fakulteti: +998902847096 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 📱 Telegram |🌐 Veb-sayt |📱 Instagram | 📱 You tube

💙💙💙 #IqtidorliTalabalar #IlmFan #TalabalarIlmiyFaoliyati #YangiImkoniyatlar Iqtidorli talabalar uchun yangi imkoniyatlar!
💙💙💙 #IqtidorliTalabalar #IlmFan #TalabalarIlmiyFaoliyati #YangiImkoniyatlar Iqtidorli talabalar uchun yangi imkoniyatlar! 👍 Buxoro davlat pedagogika institutining Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi tomonidan iqtidorli, ilm-fanga qiziquvchi, izlanuvchan va tashabbuskor talabalar uchun maxsus Telegram kanal tashkil etildi. 📚 Mazkur kanalda: 📝 ilmiy-tadqiqot faoliyatiga oid yangiliklar; 🏆 tanlov va olimpiadalar; 🎓 davlat stipendiyalari va grantlar; 🎤 ilmiy konferensiyalar; 🚀 startap va innovatsion loyihalar; 🌟 iqtidorli talabalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar; 🔔 muhim e’lon va tavsiyalar muntazam berib boriladi. 🚀 Siz ham o‘z iqtidoringizni namoyon eting, yangi imkoniyatlardan birinchilardan bo‘lib xabardor bo‘ling! ➡️ Iqtidorli talabalar kanaliga obuna bo‘ling: 🚀@buxdpiiqtidorlitalabalar - Telegram kanal Ilm sari intilgan yosh - kelajak bunyodkori! 🟦🟦🟦🟦🟦🟦 ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 📱 Telegram |🌐 Veb-sayt |📱 Facebook | 📱 Instagram | 📱 You tube

❤️❤️❤️❤️ 💙💙💙 “MUSTAQILLIK KUBOGI” — SOG‘LOM RAQOBAT VA BIRLIK TIMSOLI! 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini
❤️❤️❤️❤️ 💙💙💙 “MUSTAQILLIK KUBOGI” — SOG‘LOM RAQOBAT VA BIRLIK TIMSOLI! 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida Buxoro davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari hamda ishchi-xodimlari o‘rtasida “Mustaqillik kubogi” sport musobaqalari tashkil etiladi. 🏆 Musobaqalarda ishtirokchilar quyidagi sport turlari bo‘yicha o‘zaro bellashadilar: 🏐 Voleybol ⚽️ Mini-futbol 🏓 Stol tennisiShaxmat 🏁 Shashka
🤩 Mazkur sport musobaqalari jamoa a’zolari o‘rtasida sog‘lom raqobat, do‘stona muhit va hamjihatlikni mustahkamlash, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etishga xizmat qiladi.
📅 Sana: 5-sentyabr, 2026-yil ⏰ Boshlanish vaqti: 08:00 📍 Manzil: BuxDPI “Yoshlar bog‘i” ☎️ Murojaat uchun: (97) 282-55-52Aziz professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlar! Sizlarni “Mustaqillik kubogi” sport musobaqalarida faol ishtirok etib, o‘z jamoangiz bilan sog‘lom raqobat, birdamlik va sport shijoatini namoyon etishga chorlaymiz! Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 📱 Telegram |🌐 Veb-sayt |📱 Instagram | 📱 You tube

🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂 🎓 BuxDPI bilan yaqindan tanishamiz! 💚 Institutga ilk qadam qo‘ygan 1-kurs talabalari uchun institutimizdagi muhim va kerakli manzillarni birgalikda ko‘rib chiqamiz. 📚 Kutubxona — bilim va kitoblar maskani 📝 Registrator ofisi — talabalarga xizmat ko‘rsatish va hujjatlar bilan bog‘liq masalalar uchun 🏠 TTJ — talabalar uchun qulay yashash va muloqot muhiti 👍 Yoshlar ittifoqi — loyihalar, tashabbuslar va faol talabalik hayoti markazi ✨ Bugunoq institutni yaxshiroq o‘rganib oling — chunki bu joylar talabalik yillaringiz davomida sizga albatta kerak bo‘ladi! 👍 BuxDPIga xush kelibsiz, aziz 1-kurs talabalar! 📱Telegram | 📱You Tube  📱Facebook |📱Instagram

#YoshlarOvoziGazetasi 🙋‍♂️ Mamlakatimiz va yoshlar hayotidagi eng muhim yangiliklar, dolzarb mavzular, ijtimoiy-siyosiy voqe
#YoshlarOvoziGazetasi 🙋‍♂️ Mamlakatimiz va yoshlar hayotidagi eng muhim yangiliklar, dolzarb mavzular, ijtimoiy-siyosiy voqealar hamda qiziqarli ma’lumotlarni o‘tkazib yubormang. 📰 “Yoshlar ovozi” gazetasining yangi soni bilan tanishing! ☑️ Bilimlar kuni ☑️ Jurnalist baxti ☑️ Mustaqillik mujdalari ☑️ Yetakchilar uchun seminar ☑️ Bitiruvchilar necha kunda ish topadi? ☑️ P2P: Komissiyalar qanchalik adolatli? ☑️ Nam salfetka qachon taqiqlanadi? 🗞 Yuklab olish va onlayn mutolaa qilish 🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi muassisligidagi “Yoshlar ovozi” gazetasining Telegram sahifasiga obuna bo‘ling va voqealar rivojini kuzatib boring. Bizning sahifalarimiz: 1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram 3️⃣ Facebook 📺 You tube

#Mustaqillik35yil 💙💙💙 🇺🇿 Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan ijodiy tanlov O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaq
#Mustaqillik35yil 💙💙💙 🇺🇿 Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan ijodiy tanlov
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Buxoro davlat pedagogika instituti talabalari o‘rtasida ijodiy ishlar tanlovi e’lon qilinadi!
🎨 Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi: 📸 “Eng yaxshi fotoalbom” Talabgorlar Mustaqillik bayrami mavzusida o‘z mobil telefonlarida olingan fotosuratlardan foydalanib, Microsoft PowerPoint dasturida fotoalbom tayyorlashlari va taqdim etishlari lozim. 🎤 “Eng yaxshi qo‘shiq” Talabgorlar mavzu doirasida o‘zlari istagan qo‘shiqni tanlab, minusovka jo‘rligida yoki cholg‘u asbobi yordamida jonli ijro etishlari hamda ijroni videotasvirga olib taqdim etishlari kerak. 📅 Ijodiy ishlar 15-sentabrga qadar qabul qilinadi. 📩 Tanlovda ishtirok etish uchun ijodiy ishlaringizni @TASHKILOTCHI_1 Telegram manziliga yuboring. 🇺🇿 Mustaqillik — milliy g‘ururimiz va bebaho qadriyatimiz! Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 📱 Telegram |🌐 Veb-sayt | 📱 Instagram | 📱 You tube