es
Feedback
BuxDPI Yoshlar ittifoqi | Rasmiy kanal

BuxDPI Yoshlar ittifoqi | Rasmiy kanal

Ir al canal en Telegram

Buxoro davlat pedagogika instituti yoshlar ittifoqining rasmiy sahifasi Matbuot kotibi: @umid_ake_1005 Murojaat boti: @buxdpi_uzbot

Mostrar más
2 247
Suscriptores
+524 horas
-117 días
-6430 días
Archivo de publicaciones
💙💙💙 #Prezident_stipendiyasi | #Nomli_davlat_stipendiyalari 📢DIQQAT! O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda nomli davla
💙💙💙 #Prezident_stipendiyasi | #Nomli_davlat_stipendiyalari 📢DIQQAT! O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda nomli davlat stipendiyalariga talabgorlar! 👍 Buxoro davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda nomli davlat stipendiyalarini tayinlash bo‘yicha institut tanlov bosqichi bo‘lib o‘tadi. 📅 Sana: 2026-yil 29-iyul ⏲ Vaqti: 09:00 📍 Manzil: Buxoro davlat pedagogika instituti bosh binosi ➡Tanlov davomida nomzodlarning bilim darajasi, ilmiy-ijodiy faoliyati, erishgan yutuqlari hamda belgilangan mezonlar asosida suhbat jarayonlari o‘tkaziladi. Ushbu bosqich natijalariga ko‘ra eng munosib nomzodlar keyingi bosqichga tavsiya etiladi. ✅ Tanlov ishtirokchilaridan belgilangan vaqtdan oldin yetib kelishlari hamda shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan ishtirok etishlari so‘raladi. 💫 Barcha nomzodlarga omad va yuksak natijalar tilaymiz! 🟦🟦🟦🟦🟦🟦 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 📱 Telegram |🌐 Veb-sayt |📱 Facebook | 📱 Instagram | 📱 You tube

2-ISHTIROKCHI Faxriyeva Aziza "Ba’zilar olisdan sevarlar" asari Siz ham “Ovozli mutolaa” tanlovida faol ishtirok eting.

1-ISHTIROKCHI Najmiddinova Dilnura "Dunyoning ishlari" "Qanoat" hikoyasidan parcha Siz ham “Ovozli mutolaa” tanlovida faol ishtirok eting.

1-ISHTIROKCHI Najmiddinova Dilnura "Dunyoning ishlari" "Qanoat" hikoyasidan parcha Siz ham “Ovozli mutolaa” tanlovida faol ishtirok eting.

1-ISHTIROKCHI Najmiddinova Dilnura "Dunyoning ishlari" "Qanoat" hikoyasidan parcha Siz ham “Ovozli mutolaa” tanlovida faol ishtirok eting.

Repost from EDU.UZ | INFO
#Rasmiy_bayonot ❗️O‘qishni ko‘chirishda milliy va xalqaro sertifikatlar 2026-yildan inobatga olinadi Ijtimoiy tarmoqlarda xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishni ko‘chirish jarayonida milliy va xalqaro sertifikatlarning inobatga olinishi yuzasidan ko‘plab savollar kelib tushmoqda. Shu munosabat bilan ma’lum qilamiz: 📄 Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-iyundagi 299-son qaroriga muvofiq, xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim tashkilotlarining mos va turdosh bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishini ko‘chirishda chet tili hamda umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikatga ega talabgorlarga tegishli fanlardan tabaqalashtirilgan yoki maksimal ball berish tartibi joriy etilgan. 📌 Mazkur qaror 2026-yil 12-iyundan kuchga kirgan va uning talablari 2026-yildagi o‘qishni ko‘chirish jarayonida ham to‘liq qo‘llaniladi.Eslatma: @Uzbmb_MandatiBot orqali kirish oson bo‘lgan yo‘nalishlarni topish mumkin. Safimizga qoʻshiling @Eduuz_info

🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂 ☄️Hurmatli abituriyentlar! 📊 2025–2026 o‘quv yilida Buxoro davlat pedagogika institutining kunduzgi ta’
🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂 ☄️Hurmatli abituriyentlar! 📊 2025–2026 o‘quv yilida Buxoro davlat pedagogika institutining kunduzgi ta’lim yo‘nalishlari uchun kirish ballari bilan tanishing va o‘z imkoniyatlaringizni baholab oling! 📌 Ushbu jadvalda ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha davlat granti hamda to‘lov-shartnoma asosidagi qabulning eng quyi o‘tish ballari keltirilgan. Mazkur ma’lumotlar orqali o‘zingiz tanlagan yo‘nalish bo‘yicha imkoniyatlaringizni baholab olishingiz mumkin. 🎓 Maqsadingiz sari ishonch bilan qadam tashlang. Har bir katta muvaffaqiyat birinchi qadamdan boshlanadi. 👍 Buxoro davlat pedagogika institutida sizni sifatli ta’lim, zamonaviy muhit va unutilmas talabalik hayoti kutmoqda. ✅ Kelajagingizni bugundan boshlang. Sizlarni institutimizda kutib qolamiz! 📱Telegram | 📱You Tube  📱Facebook |📱Instagram

🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂 ☄️Hurmatli abituriyentlar! 📊 2025–2026 o‘quv yilida Buxoro davlat pedagogika institutining kechki ta’li
🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂 ☄️Hurmatli abituriyentlar! 📊 2025–2026 o‘quv yilida Buxoro davlat pedagogika institutining kechki ta’lim yo‘nalishlari uchun kirish ballari bilan tanishing va o‘z imkoniyatlaringizni baholab oling! 📌 Ushbu jadvalda ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha to‘lov-shartnoma asosidagi qabulning eng quyi o‘tish ballari keltirilgan. Mazkur ma’lumotlar orqali o‘zingiz tanlagan yo‘nalish bo‘yicha imkoniyatlaringizni baholab olishingiz mumkin. 🎓Maqsadingiz sari ishonch bilan qadam tashlang. Har bir katta muvaffaqiyat birinchi qadamdan boshlanadi. 👍 Buxoro davlat pedagogika institutida sizni sifatli ta’lim, zamonaviy muhit va unutilmas talabalik hayoti kutmoqda. Kelajagingizni bugundan boshlang. Sizni institutimizda kutib qolamiz! 📱Telegram | 📱You Tube  📱Facebook |📱Instagram

☄️Hurmatli abituriyentlar! 📊 2025–2026 o‘quv yilida Buxoro davlat pedagogika institutining kechki ta’lim yo‘nalishlari uchun
☄️Hurmatli abituriyentlar! 📊 2025–2026 o‘quv yilida Buxoro davlat pedagogika institutining kechki ta’lim yo‘nalishlari uchun kirish ballari bilan tanishing va o‘z imkoniyatlaringizni baholab oling! 📌 Ushbu jadvalda ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha to‘lov-shartnoma asosidagi qabulning eng quyi o‘tish ballari keltirilgan. Mazkur ma’lumotlar orqali o‘zingiz tanlagan yo‘nalish bo‘yicha imkoniyatlaringizni baholab olishingiz mumkin. 🎓Maqsadingiz sari ishonch bilan qadam tashlang. Har bir katta muvaffaqiyat birinchi qadamdan boshlanadi. 👍 Buxoro davlat pedagogika institutida sizni sifatli ta’lim, zamonaviy muhit va unutilmas talabalik hayoti kutmoqda. Kelajagingizni bugundan boshlang. Sizni institutimizda kutib qolamiz! 📱Telegram | 📱You Tube  📱Facebook |📱Instagram

🟦🟦🟦 QUDRATOVA RUXSHONAGA TABRIK! 🎉 Bugun institutimizning faol, tashabbuskor va iqtidorli talabalaridan biri — Maktabgach
🟦🟦🟦 QUDRATOVA RUXSHONAGA TABRIK! 🎉 Bugun institutimizning faol, tashabbuskor va iqtidorli talabalaridan biri — Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim fakulteti 3-bosqich talabasi, Yoshlar ittifoqi yo‘nalish koordinatori Qudratova Ruxshonaning tavallud ayyomi Hurmatli Ruxshona, Sizni Yoshlar ittifoqi jamoasi nomidan tug‘ilgan kuningiz bilan chin dildan tabriklaymiz! 🎂Sizning faolligingiz, mas’uliyat bilan yondashuvingiz va fidokorligingiz barchamiz uchun ibratdir. 🌟Yangi yoshingiz Sizga sog‘liq, baxt, omad va yanada yuksak marralarni zabt etish yo‘lida ilhom olib kelsin! Har doim shunday faol, tashabbuskor va ijobiy kayfiyatda bo‘ling! 📱Telegram | 📱You Tube 📱Facebook | 📱Instagram

🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂 Qudratova Ruxshonaga tabrik! Bugun institutimizning faol, tashabbuskor va iqtidorli talabasi biri - Makt
🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂 Qudratova Ruxshonaga tabrik! Bugun institutimizning faol, tashabbuskor va iqtidorli talabasi biri - Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim fakulteti yetakchisi 4-bosqich talabasi Qudratova Ruxshonaningning tug‘ilgan kuni! Hurmatli Ruxshona, Sizni🇺🇿Yoshlar ittifoqi jamoasi nomidan bugungi tavallud ayyomingiz bilan chin dildan tabriklaymiz! Sizning har bir ishga bo‘lgan mehringiz, mas’uliyat bilan yondashuvingiz va tashabbuskorligingiz barchamizga namuna bo‘lib xizmat qilmoqda. Yoshingiz muborak bo‘lsin! Yangi yoshingiz Sizga sog‘liq, baxt, ilhom va katta yutuqlar olib kelsin! Har doim shunday samimiy, faol va g‘ayratli bo‘lib qoling! 📱Telegram | 📱You Tube 📱Facebook | 📱InstagramI

#Startap | #Innovatsiya | #Dolzarb90Kun Innovatsion g‘oyalar va startaplar uchun yangi imkoniyatlar! 👍 Buxoro davlat pedagog
+9
#Startap | #Innovatsiya | #Dolzarb90Kun Innovatsion g‘oyalar va startaplar uchun yangi imkoniyatlar! 👍 Buxoro davlat pedagogika institutida innovatsion g‘oyalarni amaliy loyihalarga aylantirish, yosh founderlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning investitsion salohiyatini oshirishga qaratilgan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 🚀 Uchrashuv davomida ishtirokchilar o‘z startap va biznes loyihalarini soha ekspertlariga taqdim etish, investorlar bilan samarali muloqot o‘rnatish, investitsiyalarni jalb etish, hamkorlik aloqalarini kengaytirish hamda loyihalarni rivojlantirish bo‘yicha muhim tavsiya va tajribalar bilan tanishdilar. Uchrashuv mehmonlari:Omadbek OrifjonovYoshlar Ventures vakili. U barcha yo‘nalishlardagi startap va biznes loyihalarini rivojlantirish, angel investorlarni jalb etish hamda investorlar bilan samarali ishlash mexanizmlari yuzasidan o‘z tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi. ✅ To‘lqin AliqulovO‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi vakili. U turizm, tibbiy turizm va HoReCa (mehmonxona, restoran va kafe) yo‘nalishlaridagi innovatsion loyihalar istiqbollari, ularni tijoratlashtirish hamda sohadagi mavjud imkoniyatlar haqida ma’lumot berdi. 💡 Mazkur uchrashuv yoshlarning innovatsion fikrlashini qo‘llab-quvvatlash, istiqbolli startaplarni rivojlantirish va ularni investorlarga bog‘lash yo‘lida muhim muloqot maydoniga aylandi. 🟦🟦🟦🟦🟦🟦 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 📱 Telegram |🌐 Veb-sayt |📱 Facebook | 📱 Instagram | 📱 You tube

Repost from Xushnudbek.uz
❗️Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash boshlandi Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2026-yil 25-iyuldan 8-avgustga qadar 15 kun davomida oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari lozim. Buning uchun my.uzbmb.uz platformasining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limiga kirib, “Xizmatdan foydalanish” tugmasi bosiladi va “OTM tanlash” bo‘limiga o‘tiladi. ➖ Dastlab abituriyent “Tanlov ustuvorligi” va “Maqsadli qabul” bo‘yicha o‘z tanlovini amalga oshiradi. ➖ Shundan so‘ng abituriyent test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos bo‘lgan beshtagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini ta’lim shakli bilan birga tanlaydi. ➖ Bunda ta’lim yo‘nalishlarini bir oliy ta’lim muassasasi yoki turli oliy ta’lim muassasalari doirasida tanlash mumkin. 📱 Ta’lim yo‘nalishlarini tanlab, “Saqlash” tugmasi bosilgandan so‘ng ma’lumotlarni tasdiqlash uchun abituriyentning telefon raqamiga SMS xabar yuboriladi. Undagi kodni dasturga kiritish orqali ma’lumotlar tasdiqlanadi. 🖥 Ma’lumotlar tasdiqlanganidan so‘ng, “Abituriyent qayd varaqasi” shakllanadi. Qayd varaqada abituriyent tanlagan tanlov ustuvorligi, ta’lim shakllari, oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlari aks etgan bo‘ladi. Yuklab olish tugmasi orqali abituriyent qayd varaqasini yuklab olishi mumkin. 🔁 Abituriyentlar ta’lim yo‘nalishlarini tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari va qayd varaqasini qayta yuklab olishlari mumkin. 📆 Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi. 👉 @xushnudbek 👈

🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂 📚 “OVOZLI MUTOLAA” ONLAYN TANLOVI ✔️ Kitobni nafaqat o‘qish, balki uni his etib, ifodali o‘qish ham alo
🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂 📚 “OVOZLI MUTOLAA” ONLAYN TANLOVI ✔️ Kitobni nafaqat o‘qish, balki uni his etib, ifodali o‘qish ham alohida mahoratdir! Sizni “Ovozli mutolaa” onlayn tanlovida ishtirok etishga chorlaymiz. 📌Tanlov shartlari:
🔺O‘zingiz sevgan badiiy asardan 2–3 daqiqalik parchani tanlang. 🔺Uni ravon, aniq va ifodali tarzda audio yoki video shaklida o‘qing. 🔺Tayyorlagan audio yoki videongizni belgilangan muddatgacha yuboring.
🏆G‘olibni aniqlash tartibi:
Tanlovga qabul qilingan ishlar kanalga joylanadi. Eng ko‘p layk to‘plagan ishtirokchi g‘olib deb topiladi.
🎁Mukofot: 🥇G‘olib 1 oylik Mutolaa Premium obunasi bilan taqdirlanadi. 📅 Materiallarni qabul qilish muddati: 25.07.2026 📍Yuborish manzili: https://t.me/Mokhinur_xoshimova 📖 Mutolaa – qalbni boyitadi, ifodali mutolaa esa qalblarga yo‘l topadi! Omad barcha ishtirokchilarga! 📱Telegram | 📱You Tube  📱Facebook |📱Instagram

🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂 📹 Hurmatli talabalar, tayyormisiz? 📚 “Eng esda qolarli talabalik lahzasi” videoroliklar tanloviga star
🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂 📹 Hurmatli talabalar, tayyormisiz? 📚 “Eng esda qolarli talabalik lahzasi” videoroliklar tanloviga start beramiz! 🎓 Institut hayotingizdagi unutilmas onlarni qisqa videorolik orqali namoyish eting! Dars jarayonlari, tadbirlar, tanlovlar, sport musobaqalari, sayohatlar, kursdoshlar va ustozlar bilan bog‘liq eng yorqin xotiralaringizni biz bilan ulashing. 📌 Talablar: 📹 Video davomiyligi: 30 soniyadan 2 daqiqagacha Videodagi lavhalar institut hayoti bilan bog‘liq bo‘lishi shart. ✉️ Videolarni qabul qilish muddati: 🗓 2026-yil 31-iyul, soat 23:59 gacha. 🏆 Eng sara videoroliklar institutning rasmiy ijtimoiy tarmoqlarida e’lon qilinadi. Eng ko‘p reaksiya to‘plagan videorolik muallifi tanlov g‘olibi deb e’lon qilinadi. 🎁 Mukofot: 1 oylik Telegram Premium. 📞 Murojaat uchun: @zuxriddin_buxdpiTalabalikning eng yorqin lahzalarini birgalikda yodga olaylik! Balki aynan sizning videongiz eng yaxshi deb topilar. 📱Telegram | 📱You Tube  📱Facebook |📱 Instagram

#ShavkatMirziyoyev #PresidentUZ #NewUzbekistan #BizningPrezident 🖋 Bugun, 24-iyul — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tavallud topgan kunlari.  Davlatimiz rahbari 69 yoshni qarshilamoqdalar 🙋 Yangi O‘zbekiston yoshlarining dadil qadamlari, yuksak intilishlari va xalqaro yutuqlari ortida shaxsan Sizning ulkan ishonchingiz hamda g‘amxo‘rligingiz mujassamdir. Yurtimiz rivoji, xalqimiz farovonligi, barqaror iqtisodiyotimiz, qudratli armiyamizni barpo etish hamda tenglik tamoyillariga asoslangan  diplomatiyamizni rivojlantirishdan charchamang, yaratganning oʻzi madadkor boʻlsin! 🎉 Tavallud ayyomingiz muborak boʻlsin! Bizning sahifalarimiz: 1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram 3️⃣ Facebook 📺 You tube

😎 🟦🟦🟦 🟦🟦 #Magistratura|#Bitiruv2026 |#DiplomTopshirish Institutda magistratura bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan 216
+9
😎 🟦🟦🟦 🟦🟦 #Magistratura|#Bitiruv2026 |#DiplomTopshirish Institutda magistratura bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan 216 nafar bitiruvchiga diplomlarni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. ☄️ 👍 Tadbirni Buxoro davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Ma’murov Baxshulloyevich kirish so‘zi bilan ochib berdi. Rektor o‘z nutqida magistratura bitiruvchilarini ko‘p yillik izlanish, fidokorona mehnat va ilmiy izchillik samarasi bo‘lgan ushbu muhim bosqichni muvaffaqiyatli yakunlaganliklari bilan samimiy tabrikladi. U bugungi kun bitiruvchilari mamlakatimizning ilmiy salohiyatini yuksaltirish, ta’lim sifatini oshirish hamda jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishda muhim o‘rin tutishini alohida ta’kidlab, ularga kelgusidagi ilmiy va kasbiy faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi. 🤩 Shuningdek, tantanali tadbirda Buxoro viloyati hokimining o‘rinbosari – viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Artiqova Hafiza Tuymurodovna hamda Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuxrat Jumayevich Teshayev ishtirok etdi. Mehmonlar o‘z tabrik so‘zlarida magistratura bitiruvchilarini ushbu muhim yutuq bilan qutlab, ularning egallagan bilim va malakalari yurtimiz taraqqiyoti, ilm-fan rivoji hamda jamiyat farovonligiga xizmat qilishiga ishonch bildirdilar. 🌟 So‘zga chiqqanlar bitiruvchilarga kelgusidagi ilmiy izlanishlari va kasbiy faoliyatlarida yuksak marralarni zabt etish, Vatan ravnaqi va xalq farovonligi yo‘lida fidoyilik bilan mehnat qilish, o‘z sohalarining yetuk mutaxassislari sifatida yuksak natijalarga erishish hamda mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishlarini tiladilar. ⚡️ Tadbir davomida ilmiy salohiyati, izlanishlari, mehnatsevarligi hamda erishgan yuksak natijalari bilan ajralib turgan magistrlar e’tirof etilib, ularga diplomlar tantanali ravishda topshirilmoqda. Ushbu quvonchli lahzalar bitiruvchilarning hayotida yangi bosqichning boshlanishi, ulkan maqsad va yutuqlar sari dadil qadam qo‘yish ramzi sifatida bayramona ruhda nishonlandi. ➡️ Shuningdek, tadbir doirasida o‘quv yili davomida ma’naviy-ma’rifiy, sport, ilmiy hamda intellektual yo‘nalishlarda yuqori natijalarga erishgan iqtidorli talabalarni taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tmoqda. Faolligi, tashabbuskorligi va yutuqlari bilan institut nufuziga munosib hissa qo‘shgan yoshlar e’tirof etilib, ularga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi. 📖 Tadbirda institut professor-o‘qituvchilari, jamoasi, bitiruvchilar, ularning ota-onalari hamda mehmonlar ishtirok etmoqda. Ustozlar tomonidan bildirilayotgan samimiy tilaklar va ezgu duolar bitiruvchilarga hamda yosh iqtidor egalariga yanada katta motivatsiya bag‘ishlandi. 🟦🟦🟦🟦🟦🟦 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 📱 Telegram |🌐 Veb-sayt |📱 Facebook | 📱 Instagram | 📱 You tube

BuxDPI Yoshlar ittifoqi | Rasmiy kanal - Estadísticas y analítica del canal de Telegram @buxdpi