en
Feedback
classicismo :):

classicismo :):

Open in Telegram
828
Subscribers
No data24 hours
-97 days
-5430 days
Posts Archive
90 daqiqa bo'sh kelmasdan 91-daqiqada gol o'tkazdik. Lekin shu joyigacha yetib kelganimizni o'zi katta gap✊(deymanda... baribir xafaman hozir🥲) Yaponiya - O'zbekiston 1:0 Muhimi Parijdagi Olimpiada'ga yo'l oldik🥹

+1
💔🖤

Biorganika instituti.

Eng achinarlisi, xunuk intiho - go'zal ibtidolarni yo'qqa chiqarib qo'yadi. Negaki, bir insonni xotirlaganingda nuqul oxirgi muomala, oxirgi so'zlar yodga tushaveradi. "الأعمال بالخواتيم " Amallar - oxiri bilan [e'tiborlidir]. Oxirgi amallar, oxirgi qadamlar, so'nggi so'zlar ahamiyatli bo'ladi. •Xotirada go'zal qolish uchun go'zal xayrlasha bilish kerak. •Kishilarni tanib olish uchun, manfaat uzilgan paytdagi xulqiga qarash kerak. -----

photo content
+2

photo content
+8

#iqtibos Bahor har safar, har yili qaldirg'ochlar va gullar bilan qaytdi; uning urushga, o'limga, qayg'uga yoki hech kimning umidlariga aloqasi yo'q edi. U qaytayotgan edi. U hozir shu yerda edi. Va bu etarli. ©Erix Mariya Remark

#iqtibos "Bilasizmi, ular meni odamovi, odamlarga umuman qo‘shilmaydigan va ular bilan chiqisha olmaydigan inson deb hisoblaydilar. Ajoyib. Aslini olganda men juda ham kirishimli, yaxshi suhbatdoshman. Lekin hammamizning ham muloqot to‘g‘risidagi tushunchalirimiz bir hil emas." Rey Bredberi "Farangeyt bo‘yicha 451°" ©kitob_ombori

Nimaga yerga qaraysan nimaga yerga qaraysan Ko'zimga tik qarashga qanday jur'at etding🤣🤣🤣🤣🤣

Ayni damda G'azodagilarning nikoh to'ylari.... :(

19:19:19🫠
19:19:19🫠

Repost from The Stranger
Ahmad Lutfiy Qozonchi, Amina Shenlikoʻgʻli, Mehmet Yildiz, Mehmet Olaqosh, Rauf Jilasun, oʻzimiznikilardan Akrom Malik va yana shu tipdagi boshqa mualliflarning kitoblaridagi manzara oʻta primitiv. Ularda dunyo faqat oq va qoradan iborat. Oq boʻlsa juda oppoq, qora boʻlsa juda qop-qora. Badiiy boʻyoqlar ham, hayotiy saboqlar ham, inson xarakterining murakkab jihatlari tahlili ham yoʻq. Bundan ham yomoni ular insonning qalbiga nafrat urugʻini ekadi. Oʻquvchi hech qanday sababsiz boshqa bir din yoki millat vakilini yomon koʻrib qoladi. Ularning kitoblarida boshqa din va millat vakillari yovuz, axloqsiz, tuban tasvirlanadi. Musulmonmi, u albatta komil inson. Yahudiy yoki nasroniymi, u albatta tuban kimsa. Yoʻq, doʻstlar, hayot bu qadar oddiy emas. Dini, millati, ota-onasi bir boʻlgan ikki aka-uka bir-biridan yer bilan osmoncha farq qilib turganida butun boshli millatlar va dinlarga umumiy yorliq yopishtirish bu kamida saviyasizlik, hatto xavfli johillik. Men hayotda ham, ijtimoiy tarmoqlarda ham oʻzga millat yoki din vakillaridan nafratlanadiganlarni koʻp koʻryapman. Holbuki oʻzgalarning unga biror yomonligi tegmagan, umrida biror yahudiy yoki nasroniyni koʻrmagan hatto. Lekin nafratlanadi. Ularni oʻziga dushman deb biladi. Ularga oʻlim tilaydi. Bir ruhiy kasallik bor, shizofreniyamidi yo boshqamidi hozir nomini aniq eslolmadim. Xullas, shu xastalikka duchor boʻlgan kishi bilan bir xonada oʻtirganingizni tasavvur qiling. Siz shunchaki oʻrningizdan turib javondan kitob olyapsiz. U esa hadik va oʻta ziyraklik bilan sizni kuzatyapti. Ruhiyatidagi xastalik tufayli u hammadan va har bir harakatdan xavfsiraydi. Mudom himoyalanish va hujum qilish payida boʻladi. Holbuki atrofidagilar unga yo faqat yaxshilik tilashadi, yoki umuman befarq, yomonliklari ham tegmaydi. Yuqoridagi adiblarning qahramonlari mana shunday ruhiy xastalarga oʻxshaydi. Ular qandaydir guruhlar mudom musulmonlarga dushmanlik qilishlariga ishonishadi. Goʻyo kimlardir islom diniga qasd qilgan, goʻyo kimlardir bu dinni zaiflatmoqchi, yoʻqotmoqchi va hokazo va hokazo. Natijada oʻquvchi oʻzi tanimaydigan odamlardan nafratlana boshlaydi. Ularni yomon koʻradi. Xullas, bunday ruhdagi asarlar badiiy jihatdan boʻshligi bois sizni didsizlashtirishidan tashqari gʻoyaviy jihatdan ham xavfli. Hisobga olib qoʻyganingiz maʼqul. Oʻz diningizni, millatingizni yaxshi koʻring, lekin boshqalarni qoralamang, nafratlanmang, oʻzingizni va oʻzingiznikilarni ustun koʻrmang. Shuningdek, "Jannatga taklifnoma", "Afv et, Allohim", "Duo taqdirni oʻzgartiradi" kabi siyqa kitoblar shu qadar urchib ketdiki, badiiy jihatdan ham, diniy jihatdan ham ulardan hech narsa ololmaysiz. Shunchasi kamlik qilganday, Fotih Duman deganining kitoblari ommatan oʻqilib yotibdi ekan hozir. Oʻqiyman desa yaxshi badiiy, diniy kitoblar shu qadar koʻpki, odamlar vaqtini yuqoridagi kabi kitoblarni oʻqib uvol qilayotganiga achinadi kishi. @salimov_blogi

sticker.webp0.34 KB

sticker.webp0.52 KB

😁😄

photo content

Repost from Kitoblar ombori
Ko'rinishi yoqimli, eshitish qiziqarli, to‘lqinlanib gapiradigan, hayotdan nolimaydigan, samimiy kuladigan, hayajon bilan esl
Ko'rinishi yoqimli, eshitish qiziqarli, to‘lqinlanib gapiradigan, hayotdan nolimaydigan, samimiy kuladigan, hayajon bilan eslaydigan va u bilan bo‘ladigan keyingi uchrashuvni intiqib kutadigan odamni topish hayotda katta muvaffaqiyatdir. G. Markes @kitob_ombori

Repost from Subut
CHORLOV Ulugʻ oy eshigimiz taqillatmoqda. Oylarning sultoni, qalblarimiz quvonchi, rahmat oyi — Ramazon kirib kelmoqda. Ushbu oyga yetkazgani uchun olamlar Robbi Alloh azza va jallaga tuganmas hamd-u sanolar boʻlsin. Yaxshilar, bu oydan unumli foydalanib qolaylik. Yaxshiliklarga bel bogʻlaylik. Biz — men va «u» yaxshi bir ishga qoʻl urmoqchimiz: koʻchada iftorlik tarqatish. Oʻzimizning imkoniyatimizga qarab tashkil etmoqchimiz. Ammo, qoʻrqamanki, 30 kun muntazam bu ishni amalga oshirish uchun moddiy tomondan qiyinchiliklarga duch kelishimiz mumkin. Shu sabab siz — azizlarning yordamingiz kerak. Imkoningiz qadar oʻz hissangizni qoʻshing va savobiga sherik boʻling. Toʻgʻri, biz tarqatadigan iftorlik oddiy xurmo, suv va shunga oʻxshash zaruriy neʼmatlar boʻlishi mumkin. Koʻzimizga kichik boʻlib tuyulishi mumkin. Ammo bu kichik ishimiz Alloh nazdida kichik baholanmasligiga ishonaman. Abu Fazl o‘z «Musnadida» Salmon roziyallohu anhudan quyidagicha rivoyat qiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sha’bonning oxirgi kuni bizga xutba qilib bunday dedilar: «Ey odamlar! Darhaqiqat, sizlarga buyuk bir oy soya solmoqda. Muborak oy. Unda ming oydan yaxshi bir kecha bor. Alloh uning ro‘zasini farz qildi, kechasini ibodat bilan o‘tkazishni ixtiyoriy – nafl qildi. Kim unda ixtiyoriy ravishda bir yaxshi ish qilsa, xuddi bir farzni ado etgandek bo‘ladi. Kim unda bir farzni ado etsa, xuddi yetmishta farzni bajargandek bo‘ladi. U sabr oyidir, sabrning savobi esa jannatdir. U ko‘ngil ovlash oyidir. U mo‘minning rizqi ziyoda qilinadigan oydir. Kim bir ro‘zadorga iftorlik bersa, bu uning uchun bir qul ozod qilish va gunohlari uchun mag‘firat bo‘ladi», dedilar. Shunda: «Ey Allohning Rasuli, hammamiz ham ro‘zadorga iftorlik qilib beradigan narsa topa olmaymiz-ku?», — deyildi. U zot: «Bu savobni Alloh ro‘zadorga bir tatim sut yo xurmo yoki bir qultum suv bilan iftorlik qilib bergan kishiga ato etadi. Ammo kim ro‘zadorni to‘ydirsa, bu uning gunohlari uchun mag‘firat bo‘ladi va Alloh unga mening Havzimdan ichimlik ichiradi, u to jannatga kirgunicha chanqamaydi. Unga ro‘zadorning ajricha ajr bo‘ladi, u(ro‘zador)ning ajridan hech narsani kamaytirilmaydi. U avvali rahmat, o‘rtasi mag‘firat va oxiri do‘zaxdan ozod bo‘lish fursati bo‘lgan oydir. Kim unda o‘z mamlukiga (qul va cho‘risiga) yengillik yaratsa, Alloh uni do‘zaxdan ozod qiladi». Bugun tarqatiladigan «Ramazon kundaligi bepul. Bemalol kelib olib ketishingiz mumkin. Va bizga ixtiyoriy ravishda yordam berishingiz mumkin. Bergan pulingizning miqdori muhim emas. Oʻz imkoniyatingizdan kelib chiqib beraverasiz. Va biz buni iftorlik tarqatishga sarflaymiz. Quyida karta raqam qoldiraman. Imkoniyatingiz boʻlsa, oʻz hissangizni qoʻshing. Imkoniyatingiz boʻlmasa, buni koʻproq odamga yetib borishiga yordam bering. Kartaga tashlangan pullarni kanalda eʼlon qilib boraman. Tashlagan odam koʻrsatilmaydi. Ramazon oyi barchamizga muborak boʻlsin! Karta: 9860180107560062 Egasi: Behzod Sherzod oʻgʻli @subut

Repost from Subut
photo content