255
Subscribers
-124 hours
-27 days
-630 days
- Subscribers
- Post coverage
- ER - engagement ratio
Data loading in progress...
Subscriber growth rate
Data loading in progress...
Repost from LEGAL MIND
Agar men birinchi kursga qaytib qolganimda nimalar qilgan bo'lardim:
1. IELTSdan baland ball olib qo'yardim, keyingi kurslarda har xil grantlar yutish uchun;
2. Har xil adabiyotlar o'rniga, Sharl Monteskyening «Qonunlar ruhi», Karl Marksning «Kapital» kitoblarini o'qib chiqardim;
3. Pravam yo'q bo'lsa o'qib qo'yardim, o'g'il bola bo'lsam bir oylik armiyaga ham borib kelardim;
4. Baholarimni yaxshilab GPA ko'rsatkichimni maksimal baland ushlashga harakat qilardim;
5. Bir nechta volontyorlik loyihalarida qatnashib tanish-bilishlarimni ko'paytirardim;
6. Noutbukdan faqat kino ko'rish uchun emas, Excel, Word kabi dasturlarni mukammal o'zlashtirish uchun foydalanardim;
6. Monkeytypeda avval lotincha, keyin esa kirillitsada klaviaturaga qaramay harf teradigan darajaga chiqib olardim;
7. Uydagilar og'rinmay ta'minlab turgan vaqtda maksimal moliyaviy erkinlikka chiqib olish uchun ishga kirishga harakat qilardim;
8. Shaharni o'zim uchun kashf etardim, ko'p joylariga borib ko'rardim, aylanardim;
9. Video montaj qilish, chiroyli rasmga olishni mashq qilardim, kanal ochib fikrlarimni o'tkirlash uchun yozib borardim;
10. Shu yergacha erinmasdan o'qiganim va adminni support qilish uchun bu postni kursdoshlar guruhiga ulashib qo'yardim:) 🤘🏻
P/s: Monteskyening «Qonunlar ruhi» kitobi davlat va huquq nazariyasini o'qishdan ko'ra yaxshiroq!
@legal_mind
🔥 1
Repost from LEGAL MIND
Sotqinlikni rag'batlantirmaslik haqida
Qanday kino ko'rishni bilmayotgan bo'lsangiz — Ayol tarovati (Scent of woman) ni ko'ring. Nomidan romantik kinoga o'xshaydi biroq unday emas. Ijtimoiy tengsizlik, insonga aynan nima kerakligi haqida.
Butun hayoti davomida shuhratparastlik bilan yashagan Amerika podpolkovnigi uchun qarashga Berg yuqori maktabi o'quvchisi, olisdan kelib o'zi ishlab o'qiydigan Charli enaga bo'lib yollanadi.
Rektorga ommaning oldida qilingan qo'pol hazilni kimlar uyushtirganiga Charli guvoh bo'lib qoladi. Voqealar rivoji jiddiylashib ketadi. Rektor Charlini chaqirib kimlar bu ishni qilganini aytsa, Harvardga imtiyozli yo'llanma berishini aytadi.
Kinoda mani e'tiborimni tortgan jihat ham aynan shu yerdan boshlanadi. Charlining oldida maktabdan haydalib noshudlarcha ota-onasining oldiga qaytish yoki sotqinlik qilib faxrli talabaga aylanish tanlovi qoladi.
O'zimning hayotimda ham shunga o'xshash voqea bo'lgandi qaysidir yili. Sotqinlik qilmaganim uchun universitetda bir nechta «kattakon»ning oldida aybdordek turganman. Man kimlar nima qilganini, aynan kimni qidirishayotganini bilardim.
Eng qizig'i o'sha «разборка»da talabalardan bittasi ham bor edi. U sotilgan va quloq edi. Qanday buyruq berilsa bajaradigan kuchuk va shu bilan birga tashqaridan qaraganda «faxrli» talaba edi.
Maktab vaqtlarimizda ham sinfda bitta sotqin bo'lardi. Har qanday voqeani yetkazib turardi. Ko'plar hozirgacha uning kimligini bilmaydi. Lekin aynan o'sha sotqinlik uchun a'lo baholarga maktabni bitirganini ham bilaman.
Tushunyapsizmi? Maktabda, universitetda, ishda, umuman, hayotimizda sotqinlar rag'batlantirib kelinadi. Sotqin odamda vijdon bo'lmaydi. Vijdonsizlik din, millat tanlamaydi. O'tlab ketdim.
Umuman olganda kinoni ko'ringlar. Hayotda hech qachon yuqoriga quloqlik qiladigan vijdonsiz bo'lmanglar. Inson bir marta vijdonsizlik qilsa bo'ldi, keyin yana va yana jirkanch ishlarni qilaveradi. Vijdon ham qizlikka o'xshaydi: bir marta foydalaniladi va tamom.
Ha, aytgancha: Berg maktabi — bu katta-katta lavozimlar orzusidagi dabdabali kiyingan oliftalar maskani edi.
P/s: Al Pachino ishtirokidagi shedevrni bu yerdan topishingiz mumkin:)
@legal_mind
Repost from LEGAL MIND
00:31
Video unavailableShow in Telegram
Talabalik davridek hech qachon ozod va erkin bo'lmaysiz. Bu davrni qanday o'tkazish o'zingizga bog'liq. Kelajakni quradigan ham, yoshlik ne'matini his qiladigan ham sizsiz.
Atrofdagi negativlarga tikka qo'yib qo'yish kerak. Biz radikal va depressiyadagi jamiyatligimiz uchun ham har qanday hodisa xeyt va umidsizlik bilan qabul qilinadi.
O'zingiz topgan pulingizga hech kim aralashmaydigan va o'zingiz uchun sarf qila oladigan davr faqat talabalikda bo'ladi. Ofitsiant, kuryer, sotuvchi yoki o'zining sohasida ishlash, umuman farqi yo'q.
Taksistlar, o'zidan biznesmenni yasagan savodsizlar, to'g'ri yozishni bilmaydigan aqllilar, umuman, katta hayot travmalari bilan sug'orilgan o'zingizdan kattalarning stressli gaplariga quloq solmaslik kerak.
Keksayganidagina hayotning mangu haqiqatini anglab yetgan Faustning misralarini siz hozir o'qishingiz mumkin:
Uzoq hayot yo‘lin o‘tdim-u bosib,
Olam haqiqatin ayladim yakun:
Faqat shu munosib hayot va erkka,
Kim har kun ular-chun kurashga kirsa!
@legal_mind
1.96 MB
👍 1🔥 1
Repost from LEGAL MIND
Shuncha yillik tajribamdan kelib chiqib birinchi kurslarga yengil layfhak:
— Universitetga deb sumka olma, kattaroq barsetka ol: ichiga zaryadka, telefon, hujjatlar, salfetka sig'ib ketadigan bo'lsin;
— Darslar uchun maktabdagidek qalin 90 varoqlik daftarlar olma, daftar umuman olma, bitta toza, qimmat bloknot ol, 4 yilga yetadi;
— Galstukka qiziqsang har xil turdagi 4-5 ta galstuk ol, galstukka kamarni, kamarga tuflini, tufliga soatni rangini mosla puling yetsa;
— Endi doimgidek G'ishmat akaga borma, sartaroshingni o'zgartir, bir kun oldin bron qilib qo'yiladigan barbershoplarga bor;
— Endi bratishka bitta yaxshiroq atir ol, univerda o'tkir xid sezuvchi jonzot ya'ni qizlar bo'lishini unutma, puldan qochma;
— Agar tanlov qilsang oppoq ko'ylak olma, yuridikda havorang, och ko'k rang, chiziqli, yoqasi va yenglari ajralgan ko'ylak trendda yuradi doim;
— Tim qora kostyum shim olma, boshqacharoq ranglisidan tanlov qil, bitta yaxshi pidjak ham ol imkon bo'lsa;
— Eng oxirgisi juda kitob olging kelsa konstitutsiyaviy huquq bilan davlat va huquq nazariyasi ( Saydullayev) ni xarid qil, yetadi.
Boshqa masalalarni sekin-sekin muhokama qilaveramiz, hozircha baxtli bo'l bro!
@legal_mind
Repost from LEGAL MIND
TDYU, Diplomatiya, TashMI va hokazo kirish qiyinroq bo'lgan universitetlarga ball to'play olmaganlarga super kontrakt qilishni maslahat bermayman. Siz uchun layfhak:
1. Tegishli yo'nalishdagi perevod ballni toping;
2. O'sha ballni keyingi yil to'plashga kuchingiz yetishini baholang;
3. Huddi shu yo'nalishda qirg'izga o'qishga kiring va biroz xarajat qiling;
4. Keyingi yil shunaqa paytlarda perevod imtixonidan o'ting.
Va o'qishingizni tengdoshlaringiz qatori ikkinchi kursdan davom ettiring. Orzularingiz amalga oshadi, odamlar gapirolmay qoladi va hamma uzoq va baxtli hayot kechiradi.
@legal_mind
Repost from LEGAL MIND
00:13
Video unavailableShow in Telegram
Ustozimiz Muhammadamin akada sudyalik yoki advokatlik tanlovi turibdi ekan.
Sudyalikni tanlasalar lavozim, mavqe... Buyog'ini o'zingiz bilasiz. Lekin advokatlik yo'lidan ketsalar ham eng mijozi ko'p, sohasi bo'yicha O'zbekistondagi top uchtalikdan biri bo'ladilar.
Bizga mehnat huquqidan dars berganlar. Darsni sindirib qo'yardilar. Ustozdan doim videodagidek she'rlar eshitardik. Biz bilan do'stlardek muomalada bo'lganlar. Blogging bo'yicha ham maslahatlar olgandim.
Ustoz talabalar uchun kerak. Sudyalikdan ko'ra, universitetda dars berib advokatlik qilsalar zo'r bo'lardi, menimcha.
P/s: videoni men olmaganman
@legal_mind
1.20 MB
Repost from LEGAL MIND
Zamonaviy rahbarga OAV bilan ishlash qanchalik obro' keltirishini Diyor Imomxo'jayev misolida ko'rishimiz mumkin. PFL rahbarining ildizi jurnalistikaga taqalishini bilasiz.
U qanday ishlayotgani, futbol tizimida qancha islohotlar qilayotganidan qat'iy nazar jurnalistlarning va xalqning so'rovlaridan biron marta qochmadi. Kerak bo'lsa muammoli vaziyatga blogerlardan yaxshiroq yondashdi.
Oldingi noneym rahbarlar bilan Diyor Imomxo'jayevning faoliyatini taqqoslab aytishim mumkin: o'zbek chempionatiga bo'ladigan og'ir tamg'alar deyarli qolmadi. OAVning og'zini butunlay o'chirib qo'ya oldi.
Vazirlar, hokimlar va hokazo tizim rahbarlari ham shuni o'rganishi kerak. Andijon hokimiga o'xshab «qo'llaringdan hech narsa kelmaydi» deyish aslida ijro hokimiyati uchun millat miqyosida sharmandali holat.
Jurnalistlar, blogerlar va OAVni dushman sifatida ko'radiganlarning davri davno o'tgan. Kelajakda vazir bo'lib ketsangiz podkastlarda qatnashing, intervyular bering, shaxsiy blog yuriting.
@legal_mind
Repost from LEGAL MIND
Olimpiada ham yoshlar futboli toifasiga kiradi. Futbolning haqiqiy proflari bo'lgan top davlatlarda bunday jamoalar uchun natija ko'rsatish sharti qo'yilmaydi. Muhimi, turnirlarda ishtirok etish hisoblanadi.
Osiyodan Parijgacha bo'lgan protsess birinchi navbatda o'zbek futboli uchun kattagina seleksiya vazifasini bajardi. Abbos, Abduqodir, Jasur kabi kattarib borayotgan nomlarni yetishtirib berdi.
Olimpiadada ishtirok aslida katta yutuq va bu jamoaning missiyasi ham shu edi. Turnir bilan erta xayrlashgan bo'lsak ham yigitlarda o'yin bor va biroz tajriba kamlik qildi.
Kapadze jamoasini xeyt qilmayman. Bu jamoa fundamenti hali bizni butun o'zbek futboli uchun orzu — Amerikadagi mundialga olib chiqishi kerak. Merci Uzbekistan!
@legal_mind
👍 1
Repost from LEGAL MIND
"Siyosatga aralashma, qo'y bolam"
Siyosatni gapirish — bekorchilikmi? Siyosat o'zi nima? Shunchalik absurdmi? Siyosatdan foyda yo'qmi?
Biz genlariga qo'rqoqlik singdirilganlarning avlodlarimiz. Bitta avlod yuqoridagilar oliy rahnamo haqida negativ fikrlashga ham qo'rqqan. Qatag'onlar, repressiyalar, tazyiqlar, KGB, SNB...
Tarixni ham, iqtisodni ham, ta'limni ham, biznesni ham, hatto insonlarning binar fikrlashini ham siyosat orqali hal qilinadi. Siyosiy richaglar orqali insonlar to'lqini boshqariladi.
Byudjetni o'margan hokimni tanqid qilish — siyosat. Pora olgan sudyaga notolerant bo'lish — siyosat. Munosib mehnat sharoitini xohlash — siyosat. Yaxshiroq turmush darajasini talab qilish — siyosat.
O'zbeklar siyosatni kambag'allar mavzusi deb hisoblaydi. Siyosatdan qochishga harakat qiladi. Aralashmaslikni afzal ko'radi va bularning barchasi qo'rquv propagandasi ta'siri ekanligini o'ylamaydi.
Karyerani riskka qo'yib «Gibraltar Ispaniyaniki» deb baqirgan chempionlar Morata va Rodrining qanday kamchiligi bor? Lyuks mashinalar, millionlab yevro maosh, villalar va hokazo barcha komforti bor.
Germaniyadagi chempionatda dunyo islom va turkning ostidaligini qo'llari orqali ko'rsatgan va diskvalifikatsiya qilingan Demiralni hech kim majburlamagan. U Turkiya siyosiy mafkurasini ko'rsatdi, masalan.
Bilasizmi, Amerikada hatto porno aktrisaning ham respublikachilar va demokratlar, Tramp yoki Bayden masalasida siyosiy pozitsiyasi bor. Oligarx G'ishmat hojining loqaydligi, beparvoligi o'zbeklarda bor, xolos.
Yaqinda huquqdan bo'lgan testlar mavzusi, undan avval ochiq budjet loyihalari jamoatchilik bosimining effektini ko'rsatib berdi. Agar hamma gapirsa, kerak bo'lsa vazir tugul hukumatlar ham almashadi.
Har qanday rivojlangan va orzuyingizdagi davlatda faol fuqarolik jamiyati, tanqidchilar, ta'sirchan media va bir-birini kamida teglar bilan support qilish birdamligi bor 🤘🏻
🤘🏻 = inglizcha «U» ya'ni unity ma'nosini bildiradi.
@legal_mind
👍 1
Repost from LEGAL MIND
O'qishga kirishda eng oltin davrlar 2017-2022 yillarda bo'lgan bo'lsa kerak. Milliy sertifikatlar bo'lmagan, imtiyozlar kam edi.
O'qishga kirishda eng birinchi bekor qilinishi kerak bo'lgan imtiyozlar: Prezident va Temurbeklar maktablari bitiruvchilarining imtiyozi hisoblanadi. Bu maktablarda eng intellektli, zamonamizning olim-u fuzalolari o'qishi yetarli argument emas.
Oddiy maktabda o'qib, ham repetitorga borib, ham o'qituvchilaridan dars qoldirgani uchun so'kish eshitib yuradiganlar bilan eng zo'r sharoitda va eng zo'r o'qituvchilarda tayyorlanganlar ustun bo'lmasligi kerak.
To'g'risini aytaman: kursga qatnab yurganlar bilan imtiyozli maktab o'quvchilari bellashsa, oddiy maktab o'quvchilari ustunroq chiqsa ham hayron qolmayman. Chunki yillab repetitorga borganlarni o'zining maxsus bloklaridan boshqalardan kam joyi bo'lmaydi — 100%
Umuman, ta'limda adolat bo'lishi uchun hech qanday imtiyoz bo'lmasligi kerak. Haqiqiy adolat shu DTMni testlarini hamma bir xil startdan yechib, bir xil imkoniyatlar bilan hech qanday qo'shimcha ballarsiz bellashganida bo'ladi.
Imtiyozlilarga alohida kvota beriladi degan argumentga ham qo'shilmayman. Ularga kvotalar ajratilaverishi sabab OTMlarga yuklamalar oshib ketadi. Xonalar, yaxshi ustozlar yetishmovchiligi bo'ladi. Bu o'z navbatida barchaga birdek salbiy ta'sir qiladi. O'zbeklarda ajoyib gap bor: ko'pchilik — b*qchilik.
Shuningdek, milliy sertifikatlashtirishga ham butunlay qarshiman. Chunki shu sertifikatni korrupsion yo'llar bilan olayotganlar, sohani biznesga aylantirgan shinavandalar ko'payib ketganini abituriyentlar biladi.
O'z kuchi bilan sertifikat olayotganlar ham bor, bilaman. Lekin pul bilan hal qilish uchun fortichka bo'lgan teshiklarni butunlay yopish kerak bunday vaziyatda. Bitta IELTSni imtiyoz sifatida tan olish kerak, tamom.
Men xohlagan orzudagi O'zbekistonda imtixonlarda barcha birdek, faqat va faqat miyasidagi bilimi bilan bellashib o'qishga kiradi. Bu gaplarim ba'zi yaqinlarimga yoqmagani aniq, uzr!
@legal_mind
🔥 1
Choose a Different Plan
Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.