cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

LEGAL MIND

• Lawyer • Liberal

Show more
Advertising posts
1 991
Subscribers
+324 hours
+87 days
+6930 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

🥱, 👎, 🤬 — bu reaksiyalarni qaysidir ichi qora o'rtog'im, kursdoshim, tanishim nakrutka orqali urvordi. O'zim qarab turgandim: 15 soniyada shuncha reaksiya bo'lishi mumkin emas. Mayli, ba'zilarni orqasi gazsiz ham lovullab yonyapti. Ichi kin, hasadga to'la munofiqlar ko'p, afsus. Negative reaksiyalarni o'chirib qo'yaymi onasini emsin? @legal_mind
Show all...
😁 30🥱 16👍 11🤬 11🔥 8🤷‍♂ 1💯 1💔 1🍾 1
​​Birinchi mavsum. Birinchi jamoa. Aylans 5 ta guruh va undagi 50 kishi bilan start olish arafasida! Murojaat qilganlar ko'p bo'ldi. Ba'zilarga ma'qul kelmadi, ba'zilar ishonmadi, ba'zilar esa shunchaki o'qishni istamadi. Lekin qatnashish uchun ro'yhatdan o'tganlar ham sezilarli darajada ko'p! Universitetni 4 ta bosqich talabalarini aralashtirib tashladim. Yosh va kurs faktori yo'q bu yerda. Kim qayerda o'qiydi, ahamiyatsiz. Asosiy masala tanlangan huquq sohasini o'rganish, yodlash bo'ldi. Alyansga kirgan birinchi kurs talaba 15 kundan keyin, o'zidan yuqori kursdagilardan ustun bo'lib chiqadi. Bunga o'zim kafolat beraman. Faqat topshiriqlarni qoldirmay bajarish kerak, bo'ldi. Bu katta gapirish emas. Auditoriya soatlari telefonga, kodeksga qarab javob berish bilan, shunchaki quruq aylantirish bilan o'tib ketadi. Gap ustozlarda emas, talabalarda. Jinoyat huquqini tanladim. Bu yurisprudensiya sohasi borki, o'qitiladigan modul. Harvardda ham, TSULda ham, yurfaklarda ham. Hammasida o'tiladi. Butun dunyoda bir xil. Bitiruvchisan lekin oddiy javobgarlikdan ozod qilish asoslarini bilmay chiqib ketyapsan-ku. 3-kursni tugatyapsan lekin kodeksning prinsiplarini aytib berolmaysan-ku! JK ni ham, JPK ni ham 2 yil o'qib lekin hech narsani bilmaydigan 99% talaba bitirib borib stajirovka qiladi. Imtixon topshiradi, suhbatdan yoki testdan yiqilib yana 6 oy kutadi. Essiz o'shanda o'qisam bo'larkan deb yurganlar qancha hozir. Alyans qiyin yo'l. Oson emas. Topshiriq katta bo'ladi. Lekin qisqa fursat bosim bilan bosib o'qiydi. Shu bilim qolib ketadi. No baribir olti oylab yiqiladigan, daraja ololmay yuradiganlardan bo'lmaydi. Hozir bo'lmasa qachon? 2-kursdami? 3-kursdami? Balki 4-kursda maishiy muammolar bilan birgadir? Bilmadim, lekin vaqting mo'jiza kutish bilan o'tib ketadi! p/s: bugun 19:00 dan keyin hech kim qabul qilinmaydi. @legal_mind
Show all...

🥱 55👍 45👎 34🤬 31👏 14🔥 13😁 13 10🥰 10🎉 6💯 3
Alyans uchun qabul bugun yopiladi. Qaytib ochilmaydi. Bugun oxirgi kun. Qarorni bugun qilishingiz kerak. Men o'zim kutmagan edim: ishtirok etmoqchi bo'lganlar juda ko'p bo'ldi ya'ni 200+ odam yozdi. Yana bir tushuntirish: to'lov nima uchun? Birinchidan, bepul harakatning qadri bo'lmaydi. Mas'uliyat hissi bo'lmaydi. Aniq sinovdan o'tgan bu. Ikkinchidan, bitta kun uchun tuziladigan testlarga mentorlar kun davomida mehnat qiladi, kamida. Shuningdek, ba'zilarda to'lov uchun hozir imkoniyat yo'q ekan. Lekin bir kunda, ikki kunda to'layman deb qo'shilishyapti. Biz qabul qilyapmiz. Bu muammo bo'lmasligi kerak. Menga yozganlar, to'lov qilganlar, shartlarni bajarganlar: kutib turing tez orada bog'lanaman! @legal_mind
Show all...
👍 21🔥 8🫡 3 2💯 2😱 1
Hozirga qadar 70+ yuristlar biz bilan bog'landi. Barchaga javob berib chiqyapman. Ulgurish biroz qiyinlik qilyapti. Shu 15 kun bekor o'tib ketishi yoki foydali tarzda o'tkazish tanlovi qo'lingizda turibdi. Yuridik universitetdan, Diplomatiyadan, viloyatlardagi yurfaklardan qo'shilishyapti. Sen bo'lsa hali ham nima qilishni bilmay ikkilanib turibsan. Baribir, o'qigan yutadi. Bekor yurgan qolib ketadi. Universitet kelib-ketishingni nazorat qiladi, xolos. Biz esa miyangdagi bilimingga e'tibor beramiz! 🤘🏻 @legal_mind
Show all...
👍 38🔥 12🥱 7❤‍🔥 6😁 2🌚 2💋 2🤬 1
Boshlanish kuni: 30-aprel Davomiyligi: 15-kun Kimlar uchun: 1, 2, 3, 4-kurslar, umuman, yurisprudensiya, huquq fakultetida tahsil oluvchi talabalar uchun. Maqsad: har tomonlama kuchli, sohaning yetakchisi bo'ladigan yuristlar toifasini shakllantirish Belgilangan muddat davomida har kuni qattiq rejimda tayyorlanamiz. Tanlangan huquq tarmog'i bo'yicha kodeks, sharh, normativlar tugallanadi. Nazorat tizimi, o'qiganingizni baholovchi vositalar ishlatiladi. Qatnashish uchun @rustambeck_legal profiliga yozing. Shartlar va tartibi tushuntiriladi. Ma'qul kelsa jamoaga qo'shilasiz. @legal_mind
Show all...
👍 73🔥 36🤣 14 9🎉 6😁 5 3🤔 3🥰 2👏 2
LEGAL ALYANS Qaysidir kuni anonimga yuridik ta'lim haqida yozinglar dedim. Ko'pchilik yozdi. Fikrlarni o'qidim. Tahlil qildim. Yuristlarni muammosi bir xil ekan: bekorchilik, universitet darslari qoniqtirmasligi, guruhidagi muhit ta'siri va hokazo. Ba'zilar boshlaydi lekin davom ettira olmaydi. Bir kun, uch kun, nari borsa besh kundan keyin tashlab qo'yadi. Na bir tizimda o'qiydi, na bir yo'nalishni puxtaroq o'rganadi. Universitetga qarab qolmaslik kerak. O'qituvchilardan ham katta narsa kutmaslik kerak. Chunki ular majburlamaydi. Tushungan tushunib qoladi. Qolganlar qolaveradi. Ko'pincha talabaning o'qishiga guruhdagi muhit ham katta ta'sir qiladi. Bir to'da bekorchilar ichida siz o'zga sayyoralikka o'xshab qolasiz. Aktivlik illuziyasini niqob qilganlar to'lib yotibdi, bilasiz. LEGAL ALYANS — bu raqobat muhitini beradigan, abituriyentligingdagi ishtiyoqni yoqib beradigan, aniq bir maqsadga qaratilgan va oxirida effekt beradigan tizim. Keyinroq batafsil to'xtalamiz! @legal_mind
Show all...
👍 34🔥 11😁 7🎉 6👏 5❤‍🔥 2 2🥰 2💔 2 1🫡 1
Diplomini olgandan keyin qisqa fursatda daraja olib ishga kirgan akam hammani shokka tushirgandi o'tgan yili. Tanish-bilish qilgan, pul bilan kirgan deb o'ylaganlar ham ko'p bo'lgandi. Atrofingda jamiyat singdirgan dogmatik fikrlashdan tashqariga chiqmaydiganlar tiqilib yotibdi. Ular hammasini tankaga, poraga bog'laydi. O'z kuchiga, o'zligiga, umuman hayotda mavjudligiga ishonmaydi. Ular o'qish kerak emas deydi. O'qish befoyda deydi. Qaysidir luzerdan eshitib olgan gapini hammaga aytib yuradi. Faqat eshitganini gapiradi. Ko'rganini emas. Lekin bittada ishga kirib ketgan, hozir ham havas qilsa arziydigan, boshliqlariga yoqib qolgan tepadagi brat boshqacha fikrlaydi. U o'qish kerak deydi. Yorib tashlash kerak deydi. Aslida hech qanday sehrli modda yo'q. Eliksir yo'q bu hayotda. Lekin tartib, intizom va harakat bor. Koinotni o'z tartibi bor. Tayin qilingan sabablari bor. Kim o'sha sabablarni qilsa muvaffaqiyatga erishadi. Qayerda va qaysi sohada bo'lishingdan qat'iy nazar barcha eshiklarning kaliti miyangdagi bilim bilan ochiladi. Ana o'sha biliming, sohani jiddiy o'rganganing — eng katta TANKA bo'lib beradi hali! Tez orada: LEGAL ALYANS 🔥 @legal_mind
Show all...
🔥 60👍 30💯 13 4🎉 4 3🤣 3❤‍🔥 1😁 1
Hozir zamon shunaqa: o'zi ChatGPTda maqola yozadiganlar, plagiatni o'ziga shior qilganlar maqola yozish bo'yicha shogird chiqaradi. Keyin ular stipendiat bo'ladi. Keyin ular universitetga ishga kiradi. Har xil daraja, unvonlar oladi. Shogirdlar chiqaradi. Bir aylanib katta olimga ham aylanadi. Natijada baliq boshidan sasiganidek ilm-fan o'ladi. Sertifikatlar, har xil unvonlar, mukofotlar, ordenlar — shunchaki qog'oz, shunchaki metall bo'lagi, xolos. Haqiqiy ilm jamiyatga foyda keltirishi kerak. Haqiqiy maqolani o'qigan odam o'zgarishi kerak. Maqolalar eng nozik mavzu men uchun. Birinchi kursda bir marta yozganman va chop etilishgacha yetib bormagan. Nashr qilinsa o'zimni chopishardi. Quyosh, osmon, o'tlar, dalalar, sigirlar haqida yozishni o'zimga haqorat deb bilaman. Bu ham bir prinsip, mayli. @legal_mind
Show all...
👍 38💯 17🥱 8🔥 7👎 1
Bukmekerlik faoliyatiga qonunan ruhsat berilganini oqlayman. Qonun avval ta'qiqlaydi. Natija bo'lmasa ruhsat berishga majbur bo'ladi hamma narsada. Natija bo'lmadi. Baribir odamlarimiz qimorbozlikni davom ettiraverdi. Qadimda ham bo'lgan, hozir ham bor, keyin ham bo'ladi. Demak, legallashtirish kerak. G'ishmatlar millionlab, milliardlab pul tikadi. Bankrot bo'lib dabdalasi chiqib ketishi o'zini muammosi lekin aylanma bor joydan soliq olish kerak, tamom. Byudjetga yaxshigina pul tushadi. Endi har xil balo-qazolar, ofatlarni bunga bog'lamaslik kerak. Ya'ni endi yurtni fayzi ketib qolmaydi. Avvaldan mavjud bo'lgan faoliyat qonuniylashdi, xolos. Ursangiz ham, so'ksangiz ham, xafa bo'lsangiz ham aytaman: foxishabozlik faoliyatini ham qonunan tartibga solish kerak. Bu eng qadimiy “kasb”. Bu bilan shug'ullanadiganlar, faxshga pul tiqadiganlar qadimda ham bo'lgan, hozir ham bor, keyin ham bo'ladi. Mana qonunan ta'qiqlangani bilan biror natijaga erishilmagan. Legallashtirilsa qanday plyusi bor deysizmi? O'sha soha vakillari bo'lgan ayol-qizlarni doimiy tibbiy nazorat qilsa bo'ladi. SPIDlar yuqishi kamayadi. Baribir bu jirkanch faoliyatda ham milliardlab pul aylanadi. Aylanmadan esa soliq olish kerak. Byudjetga tushadi. Har xil baronlar shakllanmaydi. Baribir na diniy, na dunyoviy bosimlar va ta'qiqlar bilan yo'q qilib bo'lmaydi. Uzoq-uzoq o'ylagan fikrim shu. Ikkala faoliyatni ham qoralayman, faqat zarar! @legal_mind
Show all...
👍 22💯 9👎 6 3🔥 1😁 1🤝 1
Tun — yolg'izlarni sinash uchun yuborilgan jazo elchisi!
Show all...
💯 14🔥 4💘 2😈 1