Ilm-najot
Open in Telegram
476
Subscribers
No data24 hours
-27 days
-1430 days
Posts Archive
476
Repost from Doktorantlar va ilmiy izlanuvchilar | PhD, DSc
7 та авлод:
1. Фарзанд
2. Невара
3. Эвара
4. Чевара
5. Панневара
6. Овора
7. Бегона
Каналга аъзо бўлиш👇
@ILM_NUR_2020
476
Repost from Markaziy Osiyo | library
Карим Шониёзовнинг китоби сўралди. Мана у: “Ўзбек халқининг шаклланиш жараёни”.
Каналга уланиш
@centerasiastudy
476
🇮🇷🇮🇱Eron Isroilga javob zarbalari berdi
Kecha, 13-iyun kuni tunda va bugun tongda Eron Isroil poytaxti Tel-Avivga to‘rtta to‘lqinda jami 100 ga yaqin raketalar bilan zarba berdi. Ularning aksariyati Isroil havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan bartaraf etilgan.
Shunga qaramay, hujum oqibatida 80 ga yaqin isroillik jarohat olgan, ulardan 3 nafari halok bo‘lgan. O‘z navbatida, Isroil ham Eronning yana bir nechta hududlariga zarbalar berdi.
Xususan, Eronning eng yirik mahalliy aeroporti — Mehrobodga. Umuman olganda kecha va bugun Isroil tomonidan uyushtirilgan hujumlar oqibatida Eronda 78 kishi halok bo‘lgan, 230 dan ortiq odam jarohatlangan.
Hujum oqibatida Eronning bir qator nufuzli harbiy mulozimlari hamda yadro fiziklari yo‘q qilingan. Shuningdek, mamlakat yadroviy obyektlariga jiddiy zarar yetkazilgan.
👉@Jahongirolimov_rasmiy👈
476
Repost from Markaziy Osiyo
Вот что значит - "удалить из друзей" на самом деле (с)
Каналга уланиш
@centerasiastudy
476
Сунъий интеллект талабанинг фикрлаш, таҳлил қилиш қобилиятини ўлдиради
Бугун ҳаётимизга ChatGPT, Grammarly, QuillBot, Copilot каби сунъий интеллект воситалари, дастурлар кириб келди. Улар нафақат ахборот технологиялари мутахассислари, балки оддий фойдаланувчиларга, айниқса, талабаларга бирмунча имкониятлар яратмоқда
👉https://t.me/UZBEKISTANOFFICIAL
476
+1
❗️Ertaga, 1-maydan elektr energiyasi va tabiiy gaz narxlari oshadi
💡Elektr energiyasi uchun yangi tariflar quyidagicha:
🔹 oyiga 200 kWh’gacha (bazaviy me'yor doirasida) — 600 so‘m (bungacha 450 so‘m edi);
🔹 201 - 500 kWh — 800 so‘m;
🔹 501 - 1000 kWh — 1 ming so‘m;
🔹 1001 - 5000 kWh — 1 ming 500 so‘m;
🔹 5001 - 10 000 kWh — 1 ming 750 so‘m;
🔹 10 000 kWh va undan yuqori — 2 ming so‘mdan.
🔥 Tabiiy gaz uchun yangi tariflar esa quyidagicha:
🗓 Isitish mavsumida (noyabr-fevral):
🔸 oyiga 500 kub/metrgacha (bazaviy me'yor doirasida) — 1 ming so‘m (bungacha 650 so‘m edi);
🔸 501 - 2 500 kub/metrgacha — 1 ming 800 so‘m;
🔸 2 501 - 5 000 kub/metrgacha — 2 ming 100 so‘m;
🔸 5001 - 10 000 kub/metrgacha — 2 ming 500 so‘m;
🔸 10 001 kub/metr va undan yuqori miqdorda — 3 ming so‘m.
🗓 Boshqa mavsumda (mart-oktyabr):
🔸 oyiga 100 kub/metrgacha (bazaviy me'yor doirasida) — 1 ming so‘m;
🔸 101 - 2 500 kub/metrgacha — 1 ming 800 so‘m;
🔸 2 501 - 5 000 kub/metrgacha — 2 ming 100 so‘m;
🔸 5 001 - 10 000 kub/metrgacha — 2 ming 500 so‘m;
🔸 10 001 kub/metr va undan yuqori miqdor uchun — 3 ming so‘mdan.
⛽ Shuningdek, AGTKShlar uchun bir kub/metr tabiiy gaz 2 ming 500 so‘mdan (bungacha 1 ming 800 so‘m edi) yetkazib berilsa, issiqlik elektr stansiyalari va issiqlik elektr markazlari buning uchun 1 ming 800 so‘mdan (bungacha 1 ming 500 so‘m edi) to‘lashadi.
Aholiga maishiy ehtiyojlar uchun sotiladigan suyultirilgan gazning 1 kilogrammi esa 2 ming so‘m (bungacha 1 ming 600 so‘m edi) etib belgilandi.
👉 @xushnudbek 👈
476
Финикияликлар бутун Ўрта ер денгизи бўйлаб саёҳат қилиб, биринчи жаҳон савдо тармоғини яратдилар. Олимларнинг таъкидлашича, улар туман ичида ҳам мўлжал олиш учун махсус кристаллар ("қуёш тошлари") дан фойдаланган.
https://t.me/ustozlar_uzbekistan
476
Bugun 29-aprel 2025-yil, seshanba.
🎉BAYRAMLAR:🎉
🇺🇳 Xalqaro Raqslar kuni.
🇺🇳 Xalqaro bolalar tilaklari ro‘yobga chiqadigan kun.
🌏 Astronomiya kuni.
🌏 Xalqaro veterinar vrachlar kuni.
🌺 MILLIY BAYRAMLAR:🌺
🇳🇮 Argentina - Hayvonlar kuni.
🇩🇰 Daniya - Malika Benediktaning tug‘ilgan kuni.
🇨🇴 Kolumbiya - Bolalar kuni, Daraxtlar kuni.
🇰🇬 Qirg‘iziston - Bishkek shahri kuni.
🇺🇦 Ukraina - Ukraina futboli kuni.
🇻🇳 Vetnam - Xung qirollarini xotirlash kuni.
🇯🇵 Yaponiy - Imperator Syova kuni.
💠VOQEALAR:💠
📌1050 - Berengar Turskiyning qarashlari qoralangan Rim Kengashi.
📌1429 - Janna d’Ark boshchiligidagi qo‘shin qamaldagi Orleanga kirdi.
📌1624 - Lyudovik XIII Arman Rishelyeni vazir etib tayinladi.
📌1770 - Ingliz sayyohi Jeyms Kuk ilk bor Avstraliyaga qadam qo‘ydi.
📌1854 - Germaniyaning "Favorit" yelkanli kemasi "Hespera" (AQSh) bilan to'qnashib, cho'kib ketdi va 201 kishi halok bo'ldi.
📌1882 - Berlinda dunyoda birinchi trolleybus ishga tushirildi.
📌1884 - Oksford universiteti qiz-talabalarga imtihon topshirishga rozi bo‘ldi.
📌1897 - Angliyalik fizik Jozef Tomson London qirollik jamiyati yig‘ilishida elektronni kashf etganini e’lon qildi.
📌1913 - AQShga ko‘chib kelgan shved elektrotexnika muhandisi Gideon Sundbek hozirda “molniya” deb nomlanuvchi ixtiroga patent oldi.
📌1923 - Armiya komandasi ( keyinchalik SSKA) tashkil etildi.
📌1931 - SSSRda birinchi eksperimental teleko'rsatuv o'tkazildi.
📌1945 - Daxau konslageri ittifoqchilar tomonidan ozod qilindi.
📌1961 - Jarroh Leonid Rogozov appendektomiya operatsiyasini muvaffaqiyatli bajardi.
📌1975 - AQSh fuqarolarining Xoshimindan olib chiqilishi.
📌1978 - Daniya o‘lim jazosini bekor qildi.
📌1982 - Xitoy aholisi milliard kishidan oshdi.
📌1985 - Mashhur “Nike” tug'ilgan kun.
📌1986 - Los-Anjelesdagi markaziy kutubxonada yong‘in sodir bo‘ldi, 350 mingta kitob zarar ko‘rdi.
📌1995 - .uz domeni roʻyxatga olindi.
📌1996 - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “O‘zbekkino” Davlat-aksionerlik kompaniyasini tuzish to‘g‘risida”gi Farmoni e'lon qilindi.
📌2000 - Germaniya «Qahrabo xonasi»ning qismlarini Rossiyaga sovg'a qildi.
📌2002 - Obninsk shahrida dunyodagi birinchi Obninsk atom elektr stantsiyasining reaktori abadiy o'chirildi.
📌2012 - "Ludofon" nomli yangi musiqa asbobi ixtiro qilingan kun.
🌸TAVALLUDLAR:🌸
🌹1727 - Jan Jorj Noverr (1810) - fransuz xoreografi, balet asoschilaridan biri.
🌹1785 - Karl Drez (1851) - nemis ixtirochisi, drezina uning nomi bilan atalgan.
🌹1818 - Aleksandr II (1881) - Rossiya imperatori (1855-1881)
🌹1854 - Genri Puankare (1912) - fransuz matematigi, fizigi, astronomi va faylasufi.
🌹1885 - Egon Ervin Kish (1848) - chex yozuvchisi va jurnalisti.
🌹1893 - Yuri Garold Kleyton (1981) - amerikalik fizik-kimyogar, Nobel mukofoti sohibi (1934).
🌹1901- Xiroxito (1989) - Yaponiya imperatori (1926-1989).
🌹1906 - Jubanov Ahmad (1968) - qozoq musiqashunosi, kompozitor va dirijyor, qozoq kompozitorlik musiqasi va musiqashunosligining asoschilaridan.
🌹1917 - Celeste Holm (2012) - amerikalik kinoaktrisa.
🌹1940 - Bayram Matjonov - qoraqalpoq xonandasi (lirik bariton) va rejissyor, Qoraqalpogʻiston (1974), Boshqirdiston (1978), Oʻzbekiston (1982) xalq artisti.
🌹1945 - Sharofiddin Yusupov - kulol, sulola davomchisi, zamonaviy rishton kulollik maktabining yirik vakili, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1991).
🌹1957 - Ser Daniel Michael Blake Day-Lewis - Britaniya va Irlandiya fuqaroligidagi ingliz aktyori.
🌹1958 - Mishell Pfayffer - amerikalik aktrisa, prodyusser va tadbirkor ayol.
🌹1968 - Kolinda Grabar-Kitarovich - Xorvatiyalik siyosatchi va diplomat, mamlakat prezidenti (2015-2020).
🌹1970 - Uma Turman - mashhur Gollivud aktrisasi.
🌹1970 - Andre Agassi - amerikalik taniqli tennischi.
🌹2007 - Sofiya - Ispaniya Infanti, Ispaniya qiroli Filipp VI ning kenja qizi.
https://t.me/ustozlar_uzbekistan
476
Bugun 28-aprel 2025-yil, dushanba.
🎊 BAYRAMLAR:🎊
🇺🇳 BMT (XMT) — Butunjahon mehnatni himoya qilish kuni.
🌏 Xalqaro ishchilar xotirasi kuni.
🌏 Havoli konditsioner tug'ilgan kun.
🎉MILLIY BAYRAMLAR:🎉
🇦🇫 Afg'oniston - Jihodda afg'on xalqining g'alabasi kuni.
🇧🇧 Barbados - Milliy Qahramonlar kuni.
🇮🇳 Hindiston - Huquqshunoslar kuni.
🇮🇹 Italiya - Sardiniya kuni.
🇨🇦 Kanada - Ishchilar uchun motam tutish kuni.
🇵🇱 Polsha - Ishda xavfsizlik va sog'liq kuni.
🇷🇺 Rossiya - Tez tibbiy yordam xodimlari kuni.
🇷🇺 Rossiya - Kimyoviy xavflarga qarshi inson huquqlari kuni (Kimyoviy xavfsizlik kuni).
🇨🇳 Xitoy - Moviy Ot bayrami kuni.
🇼🇫 Uollis va Futuna - Avliyo Sent-Pyer Chanel kuni.
🇯🇵 Yaponiya - Suverenitetni tiklangan kun (Shuken kaifuku no hi).
📌 VOQEALAR:📌
📕1503 - Dunyodagi birinchi poroxli qurol bilan g'alaba qozongan jang - Cherinyola jangi bo'lib o'tdi.
📕1512 - Bobur va Ubaydullaxon o'rtasidagi Raboti Malik atrofidagi jang.
📕1599 - Angliya parlamenti Angliya cherkovi uchun umumiy ibodat kitobini tasdiqladi.
📕1686 - Isaak Nyuton o‘zining “Tabiiy falsafaning matematik tamoyillari” monumental asarining birinchi tomini qirollik jamiyatiga taqdim etdi.
📕1784 - Fransiyada ixtirochilar B.Lonua va J.Benvenyu birinchi vertolyotning modelini namoyish qildilar.
📕1788 - Merilend AQShning 7-shtatiga aylandi.
📕1799 - Milan rus qo'shinlari tomonidan egallab olindi.
📕1879 - Tarnovodagi Ta'sis majlisi tomonidan Bolgariya Konstitutsiyasi qabul qilindi.
📕1908 - Butunjahon esperanto assotsiatsiyasi (UEA) tashkil topdi.
📕1914 - AQShda havoli konditsionerga patent berildi.
📕1923 - Angliya futbol kubogi finali.
📕1920 - Ozarbayjon SSRning tashkil topishi.
📕1945 - Qizil Armiya qismlari reyxstagga hujumni boshladi.
📕1945 - Daxau konslageridagi qoʻzgʻolon.
📕1945 - Italiya diktatori Benito Mussolini va uning ma'shuqasi Klara Petacchi qatl etildi.
📕1947 - Tur Xeyerdal Perudan „Kon-tiki“ tomonga ketdi.
📕1969 - Sharl de Goll Fransiya Prezidenti lavozimidan ketdi.
📕1969 - Leonid Gaydayning “Brilliant qo‘l” komediyasi ekranlarga chiqdi.
📕1995 - Toshkentda ma'rifatparvar adib, shoir va davlat arbobi Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 120 yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
📕2000 - Turkiya, Ozarbayjon va Gruziya Kaspiy neftini tashish uchun neft quvurlarini qurish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
📕2001 - birinchi kosmik sayyoh - amerikalik Dennis Titoning parvozi.
📕2014 - Amerikalik talabalar tomonidan yaratilgan, elektr yordamida harakatlanadigan Electric Blue avtomobili elektromobillar o‘rtasidagi dunyo rekordini yangiladi.
🎈TAVALLUDLAR:🎈
🎁1442 - Edvard IV (1483) - Angliya qiroli (1461-1470 va 1471-1483).
🎁1753 - Frans Ashar (1821) - nemis kimyogari, qand lavlagidan birinchi bo‘lib spirt va uksus olishga erishgan.
🎁1758 - Jeyms Monro (1831) - AQShning 5-prezidenti (1817-1825).
🎁1838 - Tobias Asser (1913) - gollandiyalik huquqshunos, Nobel mukofoti sohibi (1911).
🎁1852 - Vvedenskiy Nikolay (1922) - rus fiziologi, Parabioz to’g’risida ta’limotga asos solgan.
🎁1876 - Nikola Romeo (1938) - italiyalik muhandis va tadbirkor, Alfa Romeo avtomobilni ishlab chiqaruvchi.
🎁1908 - Oskar Shindler (1974) - Sudetlik nemis sanoatchisi.
🎁1916 - Ferruchchio Lamborjini (1993) - Italiya avtomobil ishlab chiqaruvchisi, hashamatli sport avtomobillari yaratuvchisi.
🎁1937 - Saddam Husayn (2006) - Iroq prezidenti (1979-2003).
🎁1964 - Boyxonova Zulayho - aktrisa, xonanda (lirik soprano), O’zbekiston xalq artisti (2003).
🎁1973 - Rashid Xoliqov - xonanda, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist.
🎁1974 - Penelopa Kruz - ispan kinoaktrisasi va modeli.
🎁1981 - Jessica Marie Alba - amerikalik aktrisa va tadbirkor ayol.
🎁1982 - Donna Feldman - amerikalik aktrisa va model.
🎁1985 - Kaniza (Ahmedova Shahrizoda) - xonanda, “Nihol” mukofoti sovrindori.
🎁1988 - Kamila Valyexo - Chilida talabalar va kommunistik harakat faoli.
https://t.me/ustozlar_uzbekistan
476
Усмонийлар салтанатининг қарзини ким тўлаган эди?
Кўпчилик албатта Усмонийлар империясининг шонли тарихини ўқиб эйфорияга берилишлари табиий. Лекин бу улуғ салтанатнинг охирги асрлардаги (18-20) аҳволи аянчли бўлганини эслагилари келмайди. Усмонийлар империясининг 1-жаҳон уруши бошланмасидан олдинги ташқи қарзи 5,3 миллиард франкли астрономик миқдорни ташкил қилганини кўпчилик билмаса керак. Бу қарз 1853-1856 йиллардаги Россия империясига қарши урушда, умуман салтанатнинг иқтисодий ахволини яхшилаш мақсадида ғарб давлатларидан олинган кредит эди. Усмонийлар 1879 йилда ўзини расман банкрот деб эълон қилган эди. 1881 йилдан Усмонийлар махсус солиқлар хақидаги қарорни қабул қиладилар. Туркиянинг устидан норасмий молиявий назорат ўрнатилганди. Умуман олганда у Англия, Франция ва Германияга деярли ярим мустамлакага айланиб қолганди хисоб. 1-жаҳон уруши якунига кўра Туркиянинг аҳволи янада оғирлашганди. 1920 йилдаги "Севр тинчлик шартномаси" га кўра Усмонийлар султонлигининг ташқи қарзи 3 триллион 263 миллиард франкка етганди.
1923 йилда "Лозанна тинчлик шартнома" сида Мустафо Кемал Отатурк хукумати бу улкан қарзни Усмонийлар султонлигининг парчаланиб кетган худудларини олган давлатлар бўйнига қўйишга ва тарихий қарзни тўлашда баб-баравар маъсулиятни олинишига эришади
https://t.me/ustozlar_uzbekistan
476
Bugun 27-aprel 2025-yil, yakshanba.
🎊 BAYRAMLAR:🎊
🌎 Xalqaro AKT dagi qizlar kuni.
🌏 Butunjahon grafik dizayn kuni.
🌎 Xalqaro tapirlar kuni.
🎉 MILLIY BAYRAMLAR:🎉
🇺🇸 AQSh - Ko‘chat ekish kuni.
🇦🇹 Avstriya - Ikkinchi Respublika kuni.
🇿🇦 JAR - Ozodlik kuni.
🇮🇷 Eron - Xavfsiz transport kuni.
🇫🇮 Finlyandiya - Faxriylar kuni.
🇲🇩 Moldova - Davlat bayrog'i kuni.
🇳🇱 Niderlandiya, Niderland Antil orollari, 🇦🇼 Aruba - Qirol kuni.
🇷🇺 Rossiya, Yakutiya - Respublika kuni.
🇷🇺 Rossiya - Parlamentarizm kini.
🇸🇮 Sloveniya - Milliy qarshilik harakat kini.
🇸🇱 Syerra-Leone, 🇹🇬 Togo - Mustaqillik kuni.
🇺🇦 Ukraina - G‘aznachilar kuni.
⚜ VOQEALAR:⚜
🔰1289 - Mamluklar sultoni Kalaun tomonidan salibchilar davlati Tripoli grafligi egallandi va tugatildi.
🔰1521 - Filippinda mashhur sayyoh Fernan Magellan mahalliy aborigenlar qurboniga aylandi.
🔰1667 - Ingliz shoiri Jon Milton o'zining eng mashhur "Yo'qotilgan jannat" poemasi mualliflik huquqini 10 funtga sotib yubordi.
🔰1702 - Pyotr I din erkinligi va'dasi bilan Rossiyaga chet elliklarni olib kirish to'g'risida manifest e'lon qildi.
🔰1828 - Londonda hayvonot bog‘i ishga tushdi.
🔰1906 - Rossiya Davlat Dumasining birinchi majlisi ish boshladi.
🔰1908 - Buyuk Britaniyada IV Olimpiya o‘yinlari boshlandi.
🔰1945 - Benito Mussolini qoʻlga olindi.
🔰1958 - SSSR va Misr Asvon tug‘oni qurilishi haqidagi bitimni imzolashdi.
🔰1961 - Sovet Tinchlik Fondi tashkil etildi.
🔰1961 - Syerra-Leone Buyuk Britaniyadan mustaqillikka erishdi.
🔰1965 - AQShda bir martalik “Pampers” tagliklari patentlandi.
🔰1967 - Monrealda koʻrgazma boshlanishi.
🔰1975 - Formula-1 poygasiga ilk bor ayollarni olishdi.
🔰1978 - Afgʻonistonda Aprel inqilobi.
🔰1986 - Chernobil avariyasi oqibatida Pripyat shahri aholisi evakuatsiya qilindi. 3 soat davomida shahardan 40 ming odam olib chiqildi.
🔰1992 - Yugoslaviya parchalanganidan keyin Serbiya va Chernogoriya yangi Yugoslaviya Federativ Respublikasini tuzishdi.
🔰1996 - YUNESKOning Parijdagi bosh qarorgohida “Temuriylar davrida fan, madaniyat va maorifning gullab-yashnashi” mavzuida ilmiy muzey осhildi.
🔰2005 - Airbus A380 layneri tomonidan birinchi parvoz amalga oshirildi.
🔰2009 - Toshkentda Turin politexnika universiteti tashkil etildi.
🔰2012 - Dnepropetrovsk (Ukraina) markazida bir qator teraktlar sodir bo'ldi.
🔰2014 - Janubiy Koreyada dunyodagi eng katta kemaning korpusi suvga tushirildi.
🔰2014 - Yerda chuchuk suvning yangi zaxiralari topildi.
🔰2014 - Amerikalik olimlar kakao keksalik davridagi zaiflikka qarshi eng kuchli vosita ekanligini aniqlashdi.
🎁 TAVALLUDLAR:🎁
🎈1759 - Meri Godvin (1797) - ingliz yozuvchisi, faylasuf.
🎈1791 - Semyuel Morze (1872) - amerikalik rassom, Morze alifbosi kashfiyotchisi.
🎈1820 - Gerbert Spenser (1903) - ingliz faylasufi va sotsiologi.
🎈1822 - Ulis Grant (1885) - AQShning 18-prezidenti (1869-1877).
🎈1878 - Sadriddin Ayniy (1954) - tojik adibi va shoiri, tojik adabiyotining asoschisi.
🎈1891 - Sergey Prokofyev (1953) - rus kompozitori, pianinochi, dirijyor, xalq artisti (1947).
🎈1896 - Uolles Xyum Karozers (1937) - amerikalik kimyogar, sintetik polimer, ya'ni neylonni kashf etgan olim.
🎈1905 - Zagruskaya Galina (1978) - aktrisa va rejissyor, O’zbekiston xalq artisti (1944).
🎈1912 - Nora Gal (1991) - sovet tarjimoni va adabiy tanqidchisisi.
🎈1920 - Gido Kantelli - italiyalik dirijyor.
🎈1926 - Abduqodir Xayitmetov - adabiyotshunos olim.
🎈1927 - Yevgeniy Morgunov (1999) - taniqli rus komik aktyori, kinorejissyor.
🎈1937 - Sandy Dennis (1992) - amerikalik kinoaktrisa.
🎈1941 - Muhammed Fethullah Gülen - turkiyalik yozuvchi va islomshunos.
🎈1954 - Muhammadjonov Shomag‘mud - miniatyurachi rassom, kitobat san'ati ustasi, O’zbekiston xalq rassomi (2001).
🎈1967 - Villem-Alexander - Niderlandiya Qiroli.
🎈1975 - Dilfuza Rahimova - xonanda, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist.
🎈1986 - Dinara Safina - Rossiyalik tennischi ayol, jahonning sobiq birinchi raketkachisi.
https://t.me/joinchat/AAAAAE_Q1cp0E05RE0WKBg
476
🎙 Manba: YouTube
📝Nomi: 📹 1966-YIL 26-APREL SOAT 5:23 TOSHKENT ZILZILASI
💾 Formati: video mp4
🎞 Hajmi:31.5. mgbayt
🖥 Davomiyligi: 11.37.
https://t.me/joinchat/AAAAAE_Q1cp0E05RE0WKBg
476
Бағдоднинг қулаши
Ибн Касир раҳимаҳуллоҳ “ал-Бидоя ван-ниҳояъ асарида ҳижрий 656 (милодий 1258) йил воқеалари ҳақида сўз юритиб шундай дейди: “
Бу санада татарлар Бағдодни забт этдилар. Халифадан тортиб халқнинг кўп қисмини ўлдирдилар. Шундай қилиб, Аббосийлар давлати қулади… Татарлар халифанинг саройини қуршаб олдилар. У ерга ҳар тарафдан ўқлар ёғдиришди. Ўша вақтларда халифанинг олдида ўйнаб юрадиган ва уни кулдирадиган Арафа исмли жория бўлиб, бир ўқ деразадан ўтиб, унга келиб тегди. Халифа унга теккан ўқни қўлига олиб кўрди. Қараса, ўқнинг устига шундай ёзилган экан: “Аллоҳ таоло ўз ҳукми ва қадарини рўёбга чиқаришни истаганда ақл соҳибларини ақлларидан жудо қилади”.https://t.me/ustozlar_uzbekistan
476
Анна Ахматова ўзини Амир Темур авлоди деб ҳисоблаган.
У она томондан Амир Темур авлоди ҳисобланади.
Амир Темур давлати таркибига киритилган Хоразм аввал қисқа даврда Олтин Ўрдага қарашли бўлган. Амир Темур вафотидан кейин хон Ахматнинг шарқий сиёсатидаги асосий мақсад қадимий ва бой Хоразм устидан ҳокимиятни тиклаш эди. У Олтин Ўрдага унинг аёлларидан бири Ҳусайн Бойқаронинг синглиси Бадиулжамолнинг келинлик сарпоси сифатида қараган. Анна Ахматованинг катта боболаридан бири хон Ахматнинг хотинларидан бири ростдан ҳам Ҳусайн Бойқаронинг синглиси эди.
Ҳусайн Бойқаро бобоси томондан Умаршайхнинг ўғли бўлган, Умаршайх Мирзо эса Амир Темурнинг иккинчи ўғли эди, онаси Феруза Султон бегим эса Темурнинг учинчи ўғли Мироншоҳ Мирзонинг қизи эди. Унинг учта синглиси бўлган: Ака Беги, Бадиулжамол ва Ўрун Султан Хонум.
Манба: Шохиста Ўлжаеванинг Facebook саҳифасидан олинди.
https://t.me/ustozlar_uzbekistan
