cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Ilm-najot

Bir soatlik ilm bir kunlik ibodatga tengdir....

Show more
Advertising posts
594
Subscribers
No data24 hours
-87 days
-2030 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Bugun 15-may 2024-yil, chorshanba. 🎊 BAYRAMLAR:🎊 🇺🇳 BMT - Xalqaro oila kuni. 🇺🇳 BMT - Xalqaro iqlimni saqlash kuni. 🌍 E‘tiqodiga ko‘ra harbiy xizmatdan bosh tortuvchilar xalqaro kuni. 🌏 Xalqaro OITS qurbonlarini xotirlash kuni 🎉MILLIY BAYRAMLAR:🎉 🇦🇲 Armaniston - Oila kuni. 🇦🇹 Avstriya - Mustaqillikni tiklash kuni. 🇮🇷 Eron - Fors tili kuni. 🇱🇹 Kolumbiya - O'qituvchilar kuni. 🇰🇷 Koreya Respublikasi - O‘qituvchilar kuni. 🇨🇴 Litva - Ta'sis etuvchi Seym kuni. 🇯🇴 Falastin - «Nakba» kuni - Falastinlik qochoqlarni xotirlash kini. 🇵🇾 Paragvay - Mustaqillik kuni. 🇯🇵 Yaponiya - Aoy-matsuri, yoki malva festivali. ◻️ Osetiya - Osetin tili va adabiyoti kuni. 🔰 VOQEALAR:🔰 💠1157 - Suzdal va Kieyv knyazi Yuriy Dolgorukiy kiyevlik boyar Petrilaning ziyofatida zaharlandi. 💠1484 - Moskva Kremlida Blagoveshensk soboriga asos solindi. 💠1525 - Tomas Myunzer boshchiligidagi qo'zg'olonchi dehqonlar Frankenhauzen jangida mag'lub bo'ldilar, Dehqonlar urushi tugadi. 💠1618 - Nemis astronomi Iogan Kepler sayyoralarning harakatlanish qonunini kashf qildi. 💠1648 - O‘ttiz yillik urushga chek qo‘ygan Vesrfaliya sulhi imzolandi. 💠1682 - Moskvada kamonchilar qo‘zg‘oloni. 💠1756 - Angliya Fransiyaga urush e’lon qildi: Yetti yillik urushni boshlandi. 💠1811 - Paragvayning Ispaniyadan mustaqilligi e’lon qilindi. 💠1836 - F. Baley „Beyli nuqtasi“ni kashf etdi. 💠1922 - Germaniya Yuqori Seleziyani Polshaga berdi. 💠1930 - Amerikalik Ellen Cherch dunyodagi birinchi styuardessaga aylandi. 💠1932 - Yaponiyada davlat to‘ntarishiga urinish. 💠1935 - Moskva metrosining birinchi liniyasi ishga tushdi. 💠1987 - "Energiya" raketa tashuvchisining parvozi. 💠1988 - Sovet qo'shinlarining Afg'onistondan chiqarilishi boshlandi. 💠1989 - Moskvadagi ta'sis yig'ilishi Butunjahon atom elektr stantsiyalari operatorlari assotsiatsiyasi (WANO) tashkil etilganligini e'lon qildi. 💠1992 - Ozarbayjonda davlat to'ntarishi, siyosiy oppozitsiya tomonidan Ayaz Mutalibovning ag'darilishi. 💠2009 - Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon rasmiylarga o‘zi bilan bir xil portretlarda suratga tushishni taqiqladi 🎁TAVALLUDLAR:🎁 🎈1567 - Klaudio Jovanni Antonio Monteverdi (1643) - italyan kompozitori, Opera janrining ilk klassik namunalarin yaratgan, birinchi ommaviy opera teatri (1637, Venetsiya) tashkilotchilaridan.  🎈1625 - Karlo Maratta (1713) - barakko davri italyan rassomi va arxitektori. 🎈1845 - Ilya Mechnikov (1916) - rus biologi va immuniologi, ilmiy gerontologiya asoschisi, Nobel mukofoti sohibi (1908). 🎈1848 - Viktor Vasnetsov (1926) - rus rassomi, tarixiy va folklor janri rassomchiligi ustasi. 🎈1859 - Pyer Kyuri (1906) - fransuz fizigi, Nobel mukofoti sohibi (1903). 🎈1891 - Mixail Bulgakov (1940) - atoqli rus adibi. 🎈1904 - Botu (taxallusi; asl ismi  Mahmud  Hodiyev)  (1938) - shoir, jurnalist.  🎈1905 - Abraxam Zapruder (1970) - amerikalik tadbirkor, prezident J. Kennediga suiqasdni kinoplyonkaga tushirib olgan. 🎈1910 - Razzoq Hamroyev (1981) - SSSR va O‘zbekiston xalq artisti, aktyor va rejissyor, pedagog. 🎈1912 - Vohid Abdullayev (1985) - adabiyotshunos, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1973).  🎈1915 - Paul Samuelson - amerikalik iqtisodchi, Nobel mukofoti sohibi (1970). 🎈1922 - Xiuaz Dospanova - (2008) - Ikkinchi jahon urushi davridagi yagona qozoq ayol uchuvchi, Qozogʻiston qahramoni (2004).  🎈1926 - Muxtor Sultonov (1998) - Oʻzbekistonning atoqli davlat va jamoat arbobi, birinchi oʻzbek generallaridan biri, Oʻzbekiston Ichki ishlar vaziri birinchi oʻrinbosari (1979-1985). 🎈1932 - Jon Glen - ingliz kinorejissori va montajchisi, Jeyms Bond haqidagi beshta filmning muallifi. 🎈1951- Abdusaid Koʻchimov - shoir, adib, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist. 🎈1980 - Slava (haqiqiy ismi Anastasiya Slanevskaya) - rus qo'shiqchisi, kino aktrisasi, qo'shiqlar muallifi. 🎈1987 - Ser Endi Marrey - britaniyalik tennischi, 2012-yilgi Olimpiada chempioni, US Open-2012 musobaqasi g‘olibi. 🎈1989 - Sulemdal Syunnyove - norvegiyalik biatlonchi, estafetalarda 6 karra jahon chempioni. https://t.me/ustozlar_uzbekistan
Show all...
Biz_bilgan_va_bilmagan_TARIX📚📚

Guruhimiz: @bizning_tariximiz 📽️ Tarixiy videolar 📕 Dars ishlanmalar 📚 Taqdimotlar ✔️ Admin bilan bogʻlanish:👇👇 @reklama_agentligi_tarix #Tarixchilar_uchun_maxsus_kanal

Чехословакия президенти Эмил Хача Чехословакияни таслим бўлиши тўғрисида Гитлер билан музокаралар пайтида юрак хуружига учради. Шунга қарамай, у актга имзо чекди. https://t.me/ustozlar_uzbekistan
Show all...
Bugun 14-may 2024-yil, seshanba. 🎊 BAYRAMLAR:🎊 🇺🇳 Xalqaro onalar kuni 🌏 Vazelin tug‘ilgan kun 🎉 MILLIY BAYRAMLAR:🎉 🇧🇾 Belarus - Davlat bayrog‘i va gerbi kuni. 🇬🇧 Buyuk Britaniya - Bolalarni himoya qilish kuni. 🇬🇪 Gruziya - Tamboro (Malika Tamarani xotirlash kuni). 🇮🇷 Eron - Tamakiga qarshi fatvo kuni. 🇵🇭 Filippin - Konstitutsiya kuni. 🇮🇱 Isroil - Mustaqillik kuni. 🇱🇷 Liberiya - Integratsiya kuni. 🇲🇼 Malavi - Kamuzu kuni. 🇷🇺 Rossiya - Qora dengiz floti kuni. 🇷🇴 Ruminiya - Otalar kuni. 🇵🇾 Paragvay - Mustaqillik kuni. 🇹🇭 Tailand - Osiyo buyvollarini himoya qilish kuni. 🇨🇱 Chili - Muhandislar kuni. ⚜ VOQEALAR:⚜ 🔰1147 - Konrad va nemis salibchilari 2-salib yurishi paytida Regensburgni tark etishdi. 🔰1607 - inglizlar Amerikada birinchi doimiy yashash manzilgohi - Jeymstaunni tashkil etishdi. 🔰1796 - Eduard Jenner birinchi marta suvchechakka qarshi  vaksinani  qoʻlladi. 🔰1835 - Pushkin qalamiga mansub “Baliqchi va baliq haqidagi‘ertak” dunyo yuzini ko‘rdi. 🔰1862 - Shvetsariyalik soatsoz Adolf Nikol xronograf ixtirosi uchun patent oldi. 🔰1853 - AQShda quyultirilgan sut ixtirosiga patent berildi. 🔰1869 - Oqto‘ba shahriga asos solindi. 🔰1872 - Germaniya kansleri Otto fon Bismark katoliklarga qarshi kurash uchun Kulturkampf kampaniyasini e'lon qildi. 🔰1878 - “Vazelin” nomi savdo markasi sifatida patentlandi. 🔰1900 - Parijda II Olimpiya o‘yinlari boshlandi. 🔰1904 - AQShning Sent-Luis shahrida III yozgi Olimpiada o‘yinlariga start berildi. 🔰1917 - Moskvada 1-Butunrossiya musulmonlari qurultoyi ochildi. 🔰1927 - Meksika futbol federatsiyasi tuzildi. 🔰1939 - Perulik Lina Medina besh yoshida tibbiyot tarixidagi eng yosh tasdiqlangan onaga aylandi. 🔰1948 - David Ben Gurion  Isroil  mustaqillik deklaratsiyasini  eʼlon qildi. 🔰1954 - Gaagada BMTga a'zo davlatlar "Qurolli to'qnashuvlar paytida madaniy boyliklarni himoya qilish to'g'risida Gaaga konvensiyasini" qabul qildilar. 🔰1955 - Varshava shartnomasi tashkiloti tuzildi. 🔰1962 - Afinada Ispaniya  qiroli  Xuan Karlos va Gretsiya   qirolichasi Sofiyaning nikohlanishi. 🔰1963 - Quvayt BMT ga a’zo bo‘ldi. 🔰1993 - Litva, Sloveniya va Estoniya davlatlari Yevropa Ittifoqi tarkibiga kiritildi. 🔰1993 - MDH iqtisodiy ittifoqi tashkil etildi. 🔰2007 - “Shrek-3” multfilmi katta ekranlarda premera qilindi. 🔰2008 -  “Zenit” futbol klubi UYeFA kubogini qo‘liga kiritdi. 🔰 2009 - Britaniyalik astronom Uilyam Gershel sharafiga nomlangan “Gershel" teleskopi orbitaga chiqarildi. 🔰2022 - Valiahd shahzoda Muhammad bin Zoid An-Nahayon BAA prezidenti bo‘ldi. 🎈 TAVALLUDLAR:🎈 🎁1265 - Dante Aligyeri (1321) - italiyan adabiyotining yirik vakili, shoir. 🎁1316 - Karl IV (1378) - german qiroli, Muqaddas Rim imperiyasining imperatori (1347-1378). 🎁1553 - Margarita de Valua (1615) - fransuz malikasi, Qirolicha Margo nomi bilan mashhur. 🎁1771 - Robert Ouen (1858) - ingliz sotsialist utopisti. 🎁1838 - Vilgelm Steynis (1900) - nemis shaxmatchisi, shaxmat bo‘yicha birinchi jahon chempioni. 🎁1905 - Uyg‘un - O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, dramaturg. 🎁1922 - Frano Tudjman (1999) - Xorvatiyaning 1990-1999 yillardagi prezidenti. 🎁1942 - Edvard Rtveladze (2022) - arxeolog-tarixchi olim, Oʻzbekiston FA akademigi (1995), tarix fanlari doktori (1989), professor (1992). 🎁1943 - Birodar Abduraimov - futbolchi, "Paxtakor" (Toshkent) futbol jamoasining hujumchisi (1960–68, 1970–74), sport ustasi (1962), "O‘zbekiston Respubli-kasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi" (1994). 🎁1944 -  Uolton Lukas - amerikalik film rejissori, prodyusser, ssenariy muallifi va tadbirkor. 🎁1946 - Rahmon Muhammadiyev - koʻz kasalliklari mutaxassisi, Oʻzbekiston Qahramoni (2001). 🎁1952 - Robert Zemekis  - “Kelajakka qaytib”,  “Forest Gamp” va boshqa  ko‘plab filmlar rejissyori. 🎁1969 - Ketrin Elis Blanshet - avstraliyalik kinoaktrisa va teatr rejissori. 🎁1984 - Mark Sukerberg - Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi va Bosh direktori. 🎁1994 - Marquinos ( Markos Aoas Korrea) - braziliyalik futbolchi, Olimpiada chempioni (2016). https://t.me/ustozlar_uzbekistan
Show all...
Biz_bilgan_va_bilmagan_TARIX📚📚

Guruhimiz: @bizning_tariximiz 📽️ Tarixiy videolar 📕 Dars ishlanmalar 📚 Taqdimotlar ✔️ Admin bilan bogʻlanish:👇👇 @reklama_agentligi_tarix #Tarixchilar_uchun_maxsus_kanal

👍 1
​​Васко да Гама Эвропадан Ҳиндистонга Африка бўйлаб денгиз йўли 1497-1498 йилларда очилган. Саёҳатчининг шахсияти қандай шаклланди Васко да Гама 1460 йилда (1469), Синиче шаҳрида, буюк португал ритсарининг оиласида туғилган. Беш фарзанднинг учинчиси эди. Йигирма ёшида у акалари билан биргаликда Сантяго ордени аъзоси бўлди. У математик, навигацион ва астрономик билимларини Эворада олган. Унинг устозларидан бири А. Закуто эди. Биринчи ҳинд экспедицияси 1497 йилда Васко да Гама денгиз экспедициясини бошқарган. 8-июл куни армада Лиссабондан тантанали равишда чиқди ва тез орада Кастилияга тегишли Канар оролларига етиб борди. Испаниялик рақиблари билан муҳим маълумотларни бўлишишни истамаган Васко да Гама оролларни четлаб ўтишни буюрди. Васко да Гама Португалиянинг Лиссабон портини тарк этмоқда Ўша йилнинг Рождество арафасида экспедиция бугунги кунда Жанубий Африканинг КваЗулу-Натал провинсиясининг бир қисми бўлган ҳудудга этиб борди. Яхши умид бурнини айланиб чиқиб, экспедиция Ҳинд океанининг савдо йўлларининг бир қисми бўлган ҳудудларга кирди. Шунингдек, кемалар Мозамбик ва Момбаса портларига ташриф буюришди. Африканинг қирғоқлари бўйлаб юриб, экспедиция Малиндига етиб борди. У ерда Васко да Гама Аҳмад ибн Мажид билан учрашди, у баъзи маълумотларга кўра унинг йўлбошчиси бўлган. Айнан у Ҳиндистонга йўл бошлаган. 1498 йил 20-май куни кемалар Каликут яқинига етиб келишди. 1499 йилда Васко да Гама Португалияга қайтди. Иқтисодий жиҳатдан унинг экспедицияси жуда муваффақиятли бўлди. Ташаббускор денгизчи Ҳиндистондан олиб келган товарлардан тушган маблағ денгиз сафарини ташкил этиш харажатларидан 60 баравар кўп эди. Ушбу йўналиш Васко да Гаманинг биринчи сафарида (1497–1499) Иккинчи ҳинд экспедицияси 1502 йилда қирол Мануелнинг буйруғи билан Ҳиндистонга муваффақиятли денгизчи бошчилигидаги янги отряд юборилди. Васко да Гаманинг қисқа таржимаи ҳоли мазмунидан маълум бўлишича, саёҳат 10 февралда бошланган. Иккинчи ҳинд экспедицияси пайтида денгизчи Мозамбик ва Софалада қалъалар ўрнатишга муваффақ бўлди. Араб амири Килва португаллар томонидан забт этилган ва бу мамлакатга ўлпон тўлашга мажбур бўлган. 1503 йилнинг кузида Васко да Гама бой ўлжаси билан Португалияга қайтиб келди. Подшоҳ томонидан жиддий тайинлаш бўлмаган. Фақат 1519 йилда денгизчи граф унвонига ва ерга эга бўлди. Муҳим кашфиётлар Васко да Гаманинг асосий кашфиёти - ўша пайтда афсонавий бой мамлакат бўлган Ҳиндистонга тўғридан-тўғри денгиз йўлининг кашф этилиши. Бу европаликларга Ҳиндистон билан қуруқлик савдосини бошқарган араб рақибларининг монополиясидан халос бўлишига ёрдам Охирги экспедиция ва ўлим 1524 йилда Португалиянинг янги монархи Жуан ИИИ Васко да Гамани вице-қирол этиб тайинлади. Апрел ойида у Ҳиндистонга сузиб кетди ва келгандан сўнг ўз мавқеини суиистеъмол қилган мустамлака маъмурияти билан қаттиқ кураш олиб борди. Аммо янги тайинланган вице-қирол безгакка чалинганлиги сабабли вазиятни тартибга солишга улгурмади. У 1524 йил 24-декабрда Коччида вафот этди. 1880 йилда унинг жасади иеронимитларнинг Лиссабон монастирида қайта кўмилган. https://t.me/bizning_kutubxona1
Show all...

👍 1
1945-йил 4-11 чи февраль кунлари СССР, АҚШ ва Буюк Британия рахбарлари Қримда Ялта конференциясида учрашадилар. Айтишларича Черчиль дастлаб учрашув жойини қаерда бўлишини билиб ғазабланган экан. Аммо кейин кўзида ёш билан Қримга келади, чунки уни бобокалони лорд Мальборо 1854-56 чи йиллардаги Қрим урушида Севастополь останасида халок бўлган экан. Тахминан ўша машхур Балаклава жангидаги инглиз кавалериясини афсонавий хужуми пайти халок бўлган. Сталинни буйруғи билан чекистлар инглиз аскарларини қабрини таьмирлаб яхши холатга келтириб қўядилар. https://t.me/ustozlar_uzbekistan
Show all...
#atama Интервенция (лотинча interventio - аралашув) — бир ёки бир неча давлатнинг бошқа бир давлат ички ишларига зўрлик билан аралашуви, унинг ҳудудий яхлитлиги ёки сиёсий мустақиллигига қарши қаратилган ҳаракатлари. Бундай ҳаракатлар БМТ устави билан ман қилинган. Ҳарбий (қуролли), иқтисодий, сиёсий Интервенция бўлиши мумкин. Қуролли Интервенция агрессия сифатида баҳоланади. Бундан ташқари, интервент давлатлар сонига қараб алоҳида бир давлатнинг ёки бир неча давлатнинг Интервенцияси бўлади, шунингдек, чет эл давлати ҳудудига қуролли кучлар ошкора бостириб кириши ва яширин, пинҳона тарзда кириши ҳам мумкин. Халқаро ҳуқуқда Интервенциянинг ҳар қандай кўриниши ва шакллари таъқиқланган. https://t.me/ustozlar_uzbekistan
Show all...
Бўғизлаб ўлдирилган хон Исфандиёрхон ҳовуз ёнида дастлаб Жунаидхоннинг ўғли Эшши, ҳамроҳи Оннагалди билан кўришиб, ҳол-аҳвол сўрашгач, учинчи меҳмон—Вакил оғага қўл узатди. Вакил оға эса негадир хон билан чап қўлида саломлашди. “Нима , ўнг қўлинг оғрияптими?” деб Исфандиёрхон унга қараши билан Вакил оға тўнининг ўнг енгидан пичоқ чиқардию, Хива хонини бўғизлаб ташлади. Ҳовуз ичидаги сувга қип-қизил қон ёйилди… 1-октябр 1918-йил Манба: kh-davron uz сайти https://t.me/ustozlar_uzbekistan
Show all...
Wi-fi принтерига ўхшаш қурилма биринчи марта XIX-аср охирида Париждаги Бутунжаҳон кўргазмасида тақдим этилган. Ихтирочи О.Мушо қуёш энергиясини механик энергияга айлантирган биринчи қурилма - изоляторни намойиш этди. Расмий версияга кўра ишлаш принципи қуйидагича: катта конкав ойна қуёш нурларини буғ қозонига қаратади, у соатига 500 та газета чоп этадиган босма машинани бошқара олади. Фақат "пластинка" ўртасида жойлашган қисми қозонга ўхшамайди. https://t.me/ustozlar_uzbekistan
Show all...
Bugun - 12-may 2024-yil, yakshanba. 🎊 BAYRAMLAR:🎊 🇺🇳 Xalqaro o‘simliklar sog‘ligi muhofazasi kuni. 🇺🇳 Xalqaro hamshiralar kuni. 🌏 Surunkali sharchoq sindromiga qarshi kurash kuni. 🎉MILLIY BAYRAMLAR:🎉 🇺🇸 AQSh - Harbiy xizmatchilarning rafiqalariga minnatdorchilik kuni. 🇧🇦 Bosniya va Gersegovina - Serbiya Respublikasi Armiyasi kuni. 🇬🇪 Gruziya - Avliyo apostol Andrey kuni. 🇨🇦 Kanada - Lolalar festivali. 🇷🇺 Rossiya - Ekologiya ta’limi kuni. 🇳🇱 Serbiya Respublikasi - Temiryo‘lchilar kuni. 🇹🇭 Tailand - Raketalar festivali. 🇹🇯 Tojikiston - Shashmaqom kuni. 🇨🇳 Xitoy - “Osmon imperatori Matzu” bayrami. 🌀VOQEALAR:🌀 💠1311 - Fransiyada inkvizitsiya Tampliyer ordeni ritsarlarining 54 taniqli a'zolarini ommaviy ravishda qatl etdi. 💠1364 - Polshaning Krakov shahrida Yevropadigi eng qadimiy o‘quv dargohlaridan biri — Yagellonskiy universiteti ochildi. 💠1551 -  Limada Amerika qit'asidagi ilk oliy o‘quv yurti —San-Markos universitetiga asos solindi. 💠1570 - Moskva podsholigida podshoh Ivan Grozniyning farmoni bilan Don kazaklari tashkil topdi. 💠1731 - Ladogada kemalar qatnay boshladi. 💠1797 - Venetsiyada general Bonapartning ultimatumi qabul qilindi - Venetsiya Respublikasi yo'q qilindi. 💠1830 - Ekvador Respublikasi tashkil etilganligi e'lon qilindi. 💠1881 - Tunis ustidan Fransiya protektorati o‘rnatildi. 💠1888 - Shimoliy Borneo ustidan Britaniya protektorati o‘rnatildi. 💠1918 - Hozirgi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universitetiga asos solindi. 💠1926 - Polshada yuz bergan davlat toʻntaruvi natijasida Yuzef Pilsudskiy boshqaruvi hokimiyatni egalladi. 💠1927 - SSSR Xalq Komissarlari Kengashining respublika ichki xavfsizlik qo'shinlarini (VOKhR) yaratish to'g'risidagi farmoni. 💠1930 - OʻzSSR Ichki ishlar komissarligining gazetasi ilk bor nashrdan chiqdi. 💠1938 - Germaniya Manchjuriyadagi Manchjou-Go yaponparast qo'g'irchoq davlatini tan olganini e'lon qildi. 💠1949 - SSSR G'arbiy Berlin blokadasini rasman tugatdi. 💠1975 - Sergey Bondarchukning Mixail Sholoxov romani asosida suratga olingan "Ular Vatan uchun jang qilganlar" filmi ekranga chiqdi. 💠1992 - Oʻzbek davlat jahon tillari universiteti tashkil topdi. 💠1993 - Qirgʻiziston milliy valyutasiga ega boʻldi. 💠1994 - Hindistonda O‘zbekiston turizm kunlari boshlandi. 💠 2000 - Toshkentda “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmui ochildi. 💠2009 - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov va Koreya Respublikasi Prezidenti Li Myon Bak Samarqand shahriga tashrif buyurishdi. 💠2008 - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroy qarorgohida Koreya Respublikasi Bosh vaziri Xan Sin Sunni qabul qildi. 💠2008 - Xitoyning Sichuan viloyatida 7.8 balli zilzila sodir bo’ldi. Zilzilada taxminan 70 ming kishi halok bo’ldi. Mamlakatda 3 kun milliy motam deb e’lon qilindi. 💠2012 - “Oila davrasida” gazetasi chop etila boshladi. 🎈TAVALLUDLAR:🎈 🎁1496 - Gustav I Vasa (1560) - Shvetsiya qiroli (1523-1560). 🎁1755 - Jovanni Viotti (1824) - italyan virtuoz skripkachisi. 🎁1895 - Jiok Uilyam (1982) - amerikalik fizik-kimyogar, Nobel mukofoti sohibi (1949). 🎁1921 - Aziza Jafarzoda (2003) - ozarbayjon yozuvchisi, adabiyotshunos, jamoat arbobi, filologiya fanlari doktori, professor. 🎁1925 - Qo'chqor Mirzaazizov - quloq, burun va tomoq kasalliklari bo'yicha olim (otorinolaringolog), O‘zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi. 🎁1937 - Stahan Rahimov (2021) - Sovet Ittifoqi va Rossiya xonandasi, xalq artisti. 🎁1938 - Tojiboy Bo‘riyev (2008) - mexanik va matematik olim, O‘zbekiston FA akademigi. 🎁1938 - Ayoz Mutalibov - Sovet va ozarbaujon siyosatchisi, davlat arbobi, Ozarbayjonning birinchi prezidenti (1991-1992). 🎁1944 - Muhabbat Shamayeva (asl ismi Lyuba) - xonanda, Oʻzbekiston xalq artisti (1978). 🎁1945 - Sa’dulla Abdullayev - rassom, O‘zbekiston Badiiyot akadimyasi haqiqiy a’zosi (1997). 🎁1977 - Maryam Mirzaxoniy (2017) - eronlik va amerikalik matematik. 🎁1983 - Alina Kabayeva - taniqli gimnastikachi, bir necha karra jahon chempoioni. https://t.me/ustozlar_uzbekistan
Show all...
Biz_bilgan_va_bilmagan_TARIX📚📚

Guruhimiz: @bizning_tariximiz 📽️ Tarixiy videolar 📕 Dars ishlanmalar 📚 Taqdimotlar ✔️ Admin bilan bogʻlanish:👇👇 @reklama_agentligi_tarix #Tarixchilar_uchun_maxsus_kanal

Bugun 13-may 2024-yil, dushanba. ♻️BAYRAMLAR:♻️ 🇺🇳 Butunjahon ko‘chmanchi qushlar kuni. 🌏 Butunjahon adolatli savdo kuni. 🌏 Butunjahon qoqio‘t kuni. 🌏 Butunjahon kokteyl kuni. 🌏  Butunjahon kelajak uchun texnika kuni. 🎉MILLIY BAYYRAMLAR:🎉 🇺🇸 AQSh - Hindular kuni. 🇺🇸 AQSh - Shamol tegirmonlari kuni. 🇧🇷 Braziliya - Pretos Veltos festivali — mamlakatda qullik bekor qilinganining nishonlanishi. 🇬🇧 Buyuk Britaniya - Tegirmonlar uik-endi. 🇩🇪 Germaniya - Dyusseldorfda Yaponiya kuni. 🇫🇯 Fidji - Rotum kuni. 🇰🇭 Kambodja - Qirol tug‘ilgan kun. 🇨🇴 Kolumbiya - Avliyo Mariya kuni. 🇨🇬 Kongo , 🇳🇬 Nigeriya - Garland kuni. 🇲🇳 Mongoliya - Daraxt ekish kuni. 🇳🇱 Niderlandiya - Tegirmonchilar kuni. 🇳🇱 Niderlandiya - Velosiped uchish kuni. 🇷🇺 Rossiya - O‘rmon ekish kuni. 🇷🇺 Rossiya - Qora dengiz floti kuni. 🇷🇺 Rossiya - Qo‘riqlash-konvoy xizmati kuni. 🇹🇭 Таиланд - Birinchi shudgorlash kuni. 💠 VOQEALAR:💠 🔰1501 - Amerigo Vespuchchi boshchiligidagi ekspeditsiyaning G‘arbga sayohati boshlandi. 🔰1568 - Langsayd jangi bo'lib o‘tdi. 🔰1696 - Sin imperiyasi qo'shinlari Terelj jangida Galdan-Boshogtuni mag'lubiyatga uchratishdi. 🔰1754 - Yelizaveta Petrovnaning farmoni bilan Rossiyada birinchi davlat banki ta'sis etildi.  🔰1830 - Ekvador Buyuk Kolumbiya tarkibidan chiqdi va o'zini Respublika deb e'lon qildi. 🔰1846 - AQSh Meksikaga rasmiy ravishda urush e'lon qildi. 🔰1888 - Braziliyada qullikning bekor qilinishi. 🔰1895 - Chili futbol federatsiyasi tashkil topdi. 🔰1927 - Kiyevda «Dinamo Kiyev» futbol klubi tuzildi. 🔰1927 - Germaniyada moliyaviy-iqtisodiy bozorning Inqirozi yuz berdi ("Qora juma"). 🔰1930 - so'nggi xaltali bo'ri o'ldirildi. 🔰1950 - Angliyada "Formula-1" chempionati bo'lib o'tdi. 🔰1981 - Rim papasi Ioann Pavel IIga suiqasd qilindi. 🔰1991 -“Apple”  korporatsiyasi “Macintosh System 7”ni sotuvga chiqardi.  🔰1993 - Toshkentda “Bozor iqtisodiyotining rivojlanish tamoyillari” mavzuidi birinchi Xalqaro simpozium bo‘lib o‘tdi. 🔰1995 - Chirchiq shahrida shaharning 60 yillik yubiley tantanalari bo‘lib o‘tdi.  🔰2003 - Atoqli o‘zbek yozuvchisi G‘afur G‘ulomning 100 yillik yubileyi keng nishonlandi va Toshkent shahrida shoir haykalining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.  🔰2005 - Andijonda yuz bergan qonli voqealar oqibatida 187 odam halok bo'ldi. 🔰2014 - Somadagi konda portlash. 282 kishi vafot etgan. 🎁 TAVALLUDLAR:🎁 🎈1221 - Aleksandr Nevskiy (1263) - Novgorod knyazi, Vladimir va Kiyev buyuk knyazi, rus sarkardasi. 🎈1750 - Lorenso Maskeroni (1800) - italyan matematigi va shoiri. 🎈1767 - Jua VI (1826 ) - Portugaliya, Braziliya va Algarve Birlashgan Qirolligi qiroli (1816-1826). 🎈1840 - Alfons Dode (1897) - fransuz yozuvchisi. 🎈1857 - Ronald Ross (1932) - britaniyalik bakterolog, Nobel mukofoti sohibi (1902). 🎈1882 - Jorj Brak (1963) - fransuz rassomi, kubizmning yirik vakili. 🎈1891 - Ser Frank Byorpeyr (1956) - avstraliyalik suzuvchi va siyosatchi, 6 karra Olimpiada sovrindori, Melburn meri. 🎈1893 - Genri Myurrey (1988) - amerikalik psixolog-olim. 🎈1938 - Masharip Quvaqov (2002) - qishloq xoʻjaligi novatori, Oʻzbekiston Qahramoni (1997). 🎈1942 - Vladimir Jonibekov - sovet uchuvchi kosmonavti, ikki marta Sovet Ittifoqi qahramoni. 🎈1950 - Stevland Hardavey Morris - amerikalik qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis va musiqachi. 🎈1972 - Stefan Aarstol - amerikalik internet tadbirkori. 🎈1984 - Qobuljon Axmedov — oʻzbek mediamenedjeri. Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi (sobiq Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi) direktorining Davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchisi (2020-yildan). 🎈1986 - Robert Duglas Tomas Pattinson - Ingliz kino yulduzi, model, va musiqachi.  🎈1986 - Aleksandr Riybak - norvegiyalik qo‘shiqchi, Yevrovideniyaning 2009-yilgi mutloq g‘olibi. 🎈1993 - Romelu Lukaku - belgiyalik futbolchi, terma jamoa tarixidagi eng yaxshi to'purar. 🎈1993 - Debbi Rayan - amerikalik aktrisa va qo'shiqchi. https://t.me/ustozlar_uzbekistan
Show all...
Biz_bilgan_va_bilmagan_TARIX📚📚

Guruhimiz: @bizning_tariximiz 📽️ Tarixiy videolar 📕 Dars ishlanmalar 📚 Taqdimotlar ✔️ Admin bilan bogʻlanish:👇👇 @reklama_agentligi_tarix #Tarixchilar_uchun_maxsus_kanal