MIGRATIONuzkr
Open in Telegram
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi facebook.com/migrationuzkr1 https://www.instagram.com/migration.uz.kr/ Murojaat uchun telefon: 02-2285-1341
Show more2 894
Subscribers
No data24 hours
-197 days
-8330 days
Posts Archive
2 894
🇰🇷Koreya Respublikasida E-9 vizasi asosida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yurtdoshlarimizning ish sharoitlari yuzasidan monitoringlar o'tkazilmoqda.
Xususan, Iksan shahrida joylashgan "Hanguk Shigyon Co.,LTD" oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi rahbari hamda masullari bilan uchrashuv o'tkazilib, ushbu korxonada mehnat faoliyatini olib borayotgan o'zbekistonlik fuqarolarning ish sharoitlari o‘rganildi. Mavjud muammo va takliflar yuzasidan vakillar bilan muzokaralar olib borildi.
🇰🇷Koreya Respublikasida mehnat jarayonida huquqingiz buzilsa Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvangju shahridagi vakolatxonasiga murojaat qilishingiz so'raladi.
🕸migrationuzkr@gmail.com
📞Ma'lumot uchun a'loqa raqamlari:
070-4252-2772
062-962-0201
Kanalga obuna bo'lish:
💬Telegram | Facebook | 📹Instagram
2 894
🇰🇷🇺🇿Koreya Mehnat vazirligining hududiy boshqarmalari bilan a'loqalarni mustahkamlash, yurtimizdan ishchilarni ushbu davlatga jalb qilish borasida muzokaralar olib borilmoqda.
😄Xususan, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi hamda Mehnat vazirligining Ulsan shahridagi boshqarmasi rahbariyati bilan uchrashuv tashkil etildi.
😄Uchrashuv davomida o'zbekistonlik fuqarolarning mehnat salohiyati keng targ'ib qilinib, hozirgi kunda Ulsan okrugida joylashgan turli sanoat korxonalaridagi mavjud bo'sh ish o'rinlariga o'zbekistonlik ishchilarni jalb qilish masalalari muhokama qilindi.
😄Shu bilan birga, hozirgi kunda fuqarolarimizning oylik ish haqi bilan bog'liq muammoli vaziyatlar o'rtaga tashlanib, qonuniy hal qilish masalalari ko'tarildi.
🇰🇷Koreya Respublikasida mehnat jarayonida huquqingiz buzilsa Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvangju shahridagi vakolatxonasiga murojaat qilishingiz so'raladi.
📞Ma'lumot uchun a'loqa raqamlari:
070-4252-2772
062-962-0201
Kanalga obuna bo'lish:
💬Telegram | Facebook | 📹Instagram
2 894
🇰🇷Koreya Respublikasida E-7 vizasi asosida vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish jarayonida ushbu viza bilan bog'liq muammoli masalalar yuzasidan bir qator fuqarolarimizdan Agentlikning Koreyadagi vakolatxonasiga murojat kelib tushdi.
▶️Murojaat bo'yicha Vakolatxona masullari tomonidan Mokpo shahrida joylashgan Immigratsiya xizmati rahbari va masul xodimlari bilan muzokaralar olib borildi.
▶️Muzokaralar natijalariga ko'ra fuqarolarimizning viza bilan bog'liq muammolari ijobiy hal qilib berildi.
▶️Eslatib o'tish joizki, E-7-1 viza turining ayrim sohalari (bo'yoqchilik, payvandchilik va elektr muhandislik) hozirda E-7-3 viza turi sifatida joriy etilgan bo'lib, koreys ish beruvchilari o'rtasida ushbu viza turiga ehtiyoj mavjud emasligi ma'lum bo'lmoqda.
▶️Shu sababli E-7-1 viza turi bilan mazkur davlatda bo'lib turgan va ayni paytda ish joyini o'zgartirish istagida bo'lgan fuqarolarimizdan mehnat shartnomasini bekor qilishdan avval yangi ish joyi tayin ekanligiga ishonch hosil qilishlari so'raladi.
🇰🇷Koreya Respublikasida mehnat jarayonida huquqingiz buzilsa Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvangju shahridagi vakolatxonasiga murojaat qilishingiz so'raladi.
📞Ma'lumot uchun a'loqa raqamlari:
070-4252-2772
062-962-0201
Kanalga obuna bo'lish:
💬Telegram | Facebook | 📹Instagram
2 894
🇰🇷Koreya mehnat vazirligi qoshidagi mehnatni muhofaza qilish tashkiloti vakili bilan uchrashuv tashkil etildi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining mazkur davlatdagi vakolatxonasi hamda Koreya mehnat vazirligi qoshidagi mehnatni muhofaza qilish tashkiloti vakillari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuv davomida Koreya Respublikasida E-9 hamda E-7 ishchi vizasi asosida mehnat qilayotgan va ayni paytda ish jarayonida jarohat olgan fuqarolarga amaliy yordam masalalari muhokama qilindi.
JANUBIY KOREYADA ISHCHI VIZASI ASOSIDA MEHNAT QILAYOTGAN YURTDOSHLARIMIZ DIQQATIGA!
🇰🇷Koreya Respublikasida mehnat jarayonida huquqingiz buzilsa Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvangju shahridagi vakolatxonasiga murojaat qilishingiz so'raladi.
📞Ma'lumot uchun a'loqa raqamlari:
070-4252-2772
062-962-0201
Kanalga obuna bo'lish:
💬Telegram | Facebook | 📹Instagram
2 894
🇺🇿🇰🇷Koreya Respublikasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borayotgan yurtdoshlarimiz bilan sayyor uchrashuvlar tashkil qilinmoqda.
Xususan, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining mazkur davlatdagi vakolatxonasi vakillari hamda Mokpo shahrida joylshgan kemasozlik zavodida E-9 va E-7 vizalari asosida vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borayotgan fuqarolarimiz o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuv davomida Agentlikning Koreyadagi vakolatxonasi faoliyati haqida ma'lumotlar berildi hamda mazkur davlatda qonuniy mehnat faoliyatini olib borishning afzalliklari haqida tushuntirish targ'ibot ishlari olib borilib, fuqarolarimizning qiziqtirgan savollariga javob berildi.
Mazkur davlatda bo’lib turgan davrda turli hil yot g’oyalarga berilmaslik, yaqin oila a’zolar bilan muntazam aloqa qilish, farzandlarning tarbiyasi va ta’limini nazorat qilib turish bo’yicha maslahatlar berildi.
JANUBIY KOREYADA ISHCHI VIZASI ASOSIDA MEHNAT QILAYOTGAN YURTDOSHLARIMIZ DIQQATIGA!
🇰🇷Koreya Respublikasida mehnat jarayonida huquqingiz buzilsa Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvangju shahridagi vakolatxonasiga murojaat qilishingiz so'raladi.
📞Ma'lumot uchun a'loqa raqamlari:
070-4252-2772
062-962-0201
Kanalga obuna bo'lish:
💬Telegram | Facebook | 📹Instagram
2 894
🇰🇷"Nam Yang Special Steel" korxonasi boshqaruv direktori hamda ushbu tashkilotda mehnat qilayotgan vatandoshlarimiz bilan uchrashuv tashkil qilindi.
Mazkur tashkilot vakillari bilan mehnat sohasida hamkorlik masalalari muhokama qilinib, masullar tomonidan ushbu korxonada mehnat qilyayotgan yurtdoshlarimizning korxona ish samaradorligiga hissa qo'shayotganligi, mehnat munosabatlarida intizomli hamda ishga mas'uliyat bilan yondashuvi, xushfe'lligi kabi hislatlari bialn ajralib turishi e'tirof etildi.
Shuningdek, vatandoshlarimizga mehnat jarayonlarida yuzaga keladigan savol va takliflar yuzasidan Agentlikning Koreya Respublikasidagi vakolatxonasiga murojaat qilishi mumkinligi hamda qonuniy tarzda mehnat faoliyiatini olib borishning afzalliklari tushuntirildi.
JANUBIY KOREYADA ISHCHI VIZASI ASOSIDA MEHNAT QILAYOTGAN YURTDOSHLARIMIZ DIQQATIGA!
🇰🇷Koreya Respublikasida mehnat jarayonida huquqingiz buzilsa Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvangju shahridagi vakolatxonasiga murojaat qilishingiz so'raladi.
📞Ma'lumot uchun a'loqa raqamlari:
070-4252-2772
062-962-0201
Kanalga obuna bo'lish:
💬Telegram | Facebook | 📹Instagram
2 894
🇰🇷🇺🇿Tashqi mehmat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi tomonidan ushbu davlatda mehnat faoliyatini olib borayotgan yurtdoshlarimiz, xususan, ayollar bilan uchrashuv tashkil etildi.
😄Uchrashuvda ayollarning jamiyatdagi ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, gender tenglikni qaror toptirishga qaratilgan muhim chora-tadbirlar yuzasidan yurtimizda olib borilayotgan ishlar haqida Koreya Respublikasida istiqomat qilib kelayotgan ayollarning habardorligini oshirish bo’yicha ma’lumotlar berildi.
😄Shuningdek, xotin-qizlarimizga Vakolatxona faoliyati hamda uning vazifalari haqida ma'lumotlar berilib, mehnat faoliyati davomida yuzaga keladigan savol va takliflar yuzasidan vakolatxonaga murojaat qilishi mumkinligi ma'lum qilindi.
Kanalga obuna bo'lish:
😎Telegram | Facebook | 📹Instagram
2 894
🇰🇷Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmati statistik yilnomasiga ko'ra 2022 yil mobaynida 16 ta davlatdan Koreya Respublikasiga E-9 vizasi asosida jami 88 012 nafar mehnat migranti kirib kelgan bo'lib, ular quyidagicha taqsimlangan.
-Nepal - 14 495 nafar
-Indoneziya - 11 545 nafar
-Kambodjia - 10 438 nafar
-Vetnam - 8 909 nafar
-Myanma - 7621 nafar
-Filippin - 7 307 nafar
-Shrilanka - 6 639 nafar
-Bangladesh - 5 891 nafar
-Tailand - 5 158 nafar
-O'zbekiston - 4 238 nafar
-Pokiston - 1 941 nafar
-Sharqiy Timor - 1 249 nafar
-Mongoliya - 914 nafar
-Qirg'iziston - 888 nafar
-Laos - 611 nafar
-Xitoy - 168 nafar
😄Ko'rinib turganidek ushbu davlatga kirib kelish ko'lami jihatdan yurtimiz 10-o'rindan joy olgan. Shu o'rinda savol tug'iladi. Fuqarolarning E-9 vizasi asosida kirib kelishi yuzasidan kvotalar soni nimalarga bog'liq va qanday jihatlar inobatga olinadi?
-koreys ish beruvchisi bilan ish jarayonidagi munosabatlar. Bunda xodimning tartib intizomi, ishga mas'uliyatli bo'lishi inobatga olinadi.
-bir ish beruvchi bilan qonuniy tartibda uzoq muddat mehnat faoliyatini olib borish.
😄Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Agentlikning Koreyadagi vakolatxonasi xodimlari tomonidan yurtimizdan keladigan ishchilarga beriladigan kvotaning oshishi uchun qilinayotgan say-harakatlarga qaramay, afsuski bugungi kunda yurtdoshlarimiz turli vajlarni bahona qilib ish beruvchidan mehnat shartnomasini bekor qilishni so'rayotgan yoki talab qilayotgan holatlar ko'plab uchramoqda va bu esa o'z-o'zidan koreys ish beruvchilarning aynan o'zbek mehnat muhojirlariga bo'lgan ishonchi yo'qolib, norozilik kayfiyatini keltirib chiqarmoqda va kvotaning oshishiga asosiy to'siqlardan biri bo'lmoqda.
😄Namunali tarzda mehnat munosabatida bo'lish, koreys ish beruvchilari o'rtasida o'zbekistonlik ishchilarga talabning ortishiga olib kelishi mumkinligini eslatib o'tamiz va ko'p jihatdan kvota sonining ortishi fuqarolarimizga bog'liq bo'lib qolmoqda.
Kanalga obuna bo'lish:
😎Telegram | Facebook | 📹Instagram
2 894
🇰🇷🇺🇿Koreys ish beruvchilari o'rtasida bo'sh ish o'rinlari uchun o'zbekistonlik fuqarolarga qiziqish va talabning oshishi hamda yurtdoshlarimizni ushbu davlatga ishchi vizasi asosida faol kirib kelishini ta'minlash maqsadida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining ushbu davlatdagi vakolatxonasi vakillari tomonidan fuqarolarimiz ish salohiyati doimiy tarzda targ'ib qilinmoqda.
Vakolatxona mas'ullari tomonidan ushbu davlatda mehnat qilayotgan vatandoshlarimizga huquqiy maslahatlar berish, muammo va takliflarga javob berish maqsadida muloqotlar tashkil qilinib, Vakolatxona faoliyati hamda vazifalari haqida ma'lumotlar berilmoqda.
JANUBIY KOREYADA ISHCHI VIZASI ASOSIDA MEHNAT QILAYOTGAN YURTDOSHLARIMIZ DIQQATIGA!
🇰🇷Koreya Respublikasida mehnat jarayonida huquqingiz buzilsa Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvangju shahridagi vakolatxonasiga murojaat qilishingiz so'raladi.
📞Ma'lumot uchun a'loqa raqamlari:
070-4252-2772
062-962-0201
📬Elektron manzil: migrationuzkr@gmail.com
Kanalga obuna bo'lish:
💬Telegram | Facebook | 📹Instagram
2 894
🇺🇿🇰🇷2023 yil 10 iyul kuni E-9 vizasi asosida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida bir guruh yurtdoshimiz Koreya Respublikasiga kirib keldi.
🇰🇷Koreya Respublikasida mehnat jarayonida huquqingiz buzilsa Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvangju shahridagi vakolatxonasiga murojaat qilishingiz so'raladi.
📞070-4252-2772
📞062-962-02-01
🕸Elektron manzil: migrationuzkr@gmail.com
Kanalga obuna bo'lish:
😎Telegram | Facebook | 📹Instagram
2 894
🇺🇿🇰🇷Ayni paytda Koreya Respublikasining Kvangju shahrida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga ovoz berish jarayonlari bo'lib o'tmoqda.
Koreya Respublikasida vaqtinchalik istiqomat qilayotgan vatandoshlarimizdan mazkur siyosiy tadbirda faol bo'lishlarini so'rab qolamiz.
Manzil:광주광역시 광산구 사암로 359 월곡동 488-3, 3층)
Aloqa raqmlarimiz:
📞070-4252-2772
📞062-962-02-01
Kanalga obuna bo'lish:
💬Telegram | Facebook | 📹Instagram
2 894
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o'tkazuvchi 18-Kvangju saylov uchastkasi fuqarolarimizni ovoz berish uchun taklif etadi.
Koreya Respublikasining Kvangju shahrida tashkil etilgan mazkur siyosiy tadbirda barcha o'zbekistonliklar (legal yoki nolegal bo'lishidan qat'iy nazar) ishtirok etishi mumkin.
Uchrashuv vaqti: 9 iyul (yakshanba) 08.00dan - 20.00gacha
Manzil:광주광역시 광산구 사암로 359 월곡동 488-3, 3층)
Ma'lumot uchun: Tashqi mehat migratsiyasi agentligining Kvangju shahridagi vakolatxonasi a'loqa raqamlari:
📞070-4252-2772
📞062-962-02-01
🕸Elektron manzil: migrationuzkr@gmail.com
Kanalga obuna bo'lish:
💬Telegram | Facebook | 📹Instagram
2 894
O'zbekiston imom-xatiblarining Koreyadagi safari davom etmoqda.
Is'hoqjon domla va Foziljon domlalar tashrif buyuradigan masjidlar manzili va kuni quyidagicha:
1. Chorshanba 5-iyul
Soat 19:00 da Vonju masjidida, 강원도 원주시 중평길 70-7
2. Payshanba 6-iyul
Soat 19:00 da Al-Buxoriy masjidida (Posong), 경기 평택시 포승읍 여술 3 길 3-14 301 호
3. Juma 7-iyul
Soat 19:00 da Seul markaziy masjidida (Itaewon), 서울 용산구 우사단로10길 39
2 894
O'zbekiston imom-xatiblarining Koreyadagi safari davom etmoqda.
Yakshanba 2-iyul
1. Is'hoqjon domla - Al Buxoriy masjidi (Kimhe) 경상남도 김해시 분성로335번길 12-1 동상동 4층
2. Hasan domla - Anas bin Malik masjidi (Gunsan) 전북 군산시 오식도동 690-7
Dushanba 3-iyul
1. Is'hoqjon domla - Al-Buxoriy masjidi (Majon, Dejon) 충남 금산군 추부면 태봉1길 7
2. Hasan domla - Al-Buxoriy masjidi (Mokpo) 전라남도 영암군 삼호읍 용앙리 1651-2
Seshanba 4-iyul
1. Is'hoqjon domla - Sejong Islamic Center (Sejong, Jochiwon) 세종 조치원읍 행복5길 31-1 침산리 254-5
2. Hasan domla - Gyeongsan 경북 경산시 둥지로 67 (임당동 626-4). 2-qavat.
Kanalga obuna bo'lish:
💬Telegram | Facebook | 📹Instagram
2 894
🇺🇿🇰🇷Ўзбекиcтон мусулмонлари идораси вакиллари Жанубий Кореяга ташриф буюрди
Мамлакатимизнинг Сеулдаги элчихонаси хабарига кўра, Қурбон ҳайити байрамини ватандошларимиз билан муносиб ўтказиш мақсадида шу йилнинг 1 июль куни бир гуруҳ имом-хатибларнинг Жанубий Кореяга ташрифи ташкил этилди.
Юртимизнинг Корея Республикасидаги дипломатик ваколатхонаси ташаббуси ва Ўзбекистон мусулмонлари идораси билан ҳамкорликда амалга оширилаётган ушбу ташриф доирасида имом-хатибларимиз юртдошларимиз истиқомат қилаётган ва таҳсил олаётган Корея Республикасининг 8 та шаҳрида бўлиши режалаштирилган.
Ташриф давомида Ўзбекистон мусулмонлари идораси вакилларининг ватандошлар, миллий диаспоралар етакчилари билан учрашувлар ҳамда маҳаллий масжидларда ислом динининг қадриятлари, радикализмга қарши курашиш, Жанубий Кореяда яшовчи ўзбек ёшлари ўртасида экстремистик ғоялар тарқалишининг олдини олиш ҳақида маърузалар билан чиқишлари кутилмоқда.
Ўзбекистон имом-хатибларининг Жанубий Кореяга ташрифи 8 июлга қадар давом этади.
Kanalga obuna bo'lish:
💬Telegram | Facebook | 📹Instagram
2 894
🇰🇷🇺🇿O'zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvangju shahridagi vakolatxonasi vakillari tomonidan Ulsan shahrida joylashgan "Hyundai Heavy Industries" kemasozlik kompleksi rahbariyati bilan uchrashuv hamda ushbu kompaniyada E-9 va E-7 vizasi asosida mehnat qilayotgan fuqarolarimiz uchun seminar tashkil etildi.
250 nafardan ortiq vatandoshlarimiz ishtirok etgan ushbu seminarda yurtimizning iqtisodiy, ijtimoiy hamda siyosiy sohalariga oid mavzular haqida so'z borib, amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmun-mohiyati yuzasidan ma'lumotlar berildi. Koreya Respublikasida sodir bo'layotgan huquqbuzarliklar va ularning oqibatlari bo'yicha zarur maslahatlar berildi.
Shuningdek, Vakolatxona vakillari tomonidan Koreya davlatida E-9 vizasi asosida mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizdan kelib tushayotgan murojaatlar yuzasidan ko'rilgan choralar hamda Vakolatxona faoliyati va vazifalari bo'yicha atroflicha ma‘lumot berildi.
Bundan tashqari, vakillar tomonidan 2023 yil 9 iyul kuni mamlakatimizda bo‘lib o'tadigan muhim siyosiy tadbir O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi o'tkazilishi haqida targ'ibot-tashviqot ishlari amalga oshirilib, ushbu hududda tashkil etilgan muddatdan avval ovoz berish jarayonlari bo'lib o'tdi.
Uchrashuv yakunida mazkur kompleks rahbariyatiga mehnat sohasida faol hamkorligi uchun esdalik sovg'alari berilib, kelgusida ushbu yo'nalishda istiqbolli loyihalar yuzasidan muzokaralar olib borildi.
🇰🇷Koreya Respublikasida mehnat jarayonida huquqingiz buzilsa Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvangju shahridagi vakolatxonasiga murojaat qilishingiz so'raladi.
📞070-4252-2772
📞062-962-02-01
🕸Elektron manzil: migrationuzkr@gmail.com
Kanalga obuna bo'lish:
💬Telegram | Facebook | 📹Instagram
2 894
Bugun, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi orqali E-9 vizasi asosida navbatdagi guruhdan iborat 100 nafar vatandoshlarimiz Koreya Respublikasiga yetib keldi.
Vakolatxona jamoasi hamyurtlarimizning kelgusi faoliyatiga omad tilaydi va qonuniy tartibli mehnat olib borishga chaqiradi!
🇰🇷Koreya Respublikasida mehnat jarayonida huquqingiz buzilsa Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvangju shahridagi vakolatxonasiga murojaat qilishingiz so'raladi.
📞070-4252-2772
📞062-962-02-01
🕸Elektron manzil: migrationuzkr@gmail.com
Kanalga obuna bo'lish:
💬Telegram | Facebook | 📹Instagram
