MIGRATIONuzkr
Open in Telegram
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi facebook.com/migrationuzkr1 https://www.instagram.com/migration.uz.kr/ Murojaat uchun telefon: 02-2285-1341
Show more2 894
Subscribers
No data24 hours
-197 days
-8330 days
Posts Archive
2 894
🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Saylovini o'tkazuvchi 18-Kvangju saylov uchastkasi hududiga kiruvchi shaharlarda tashkil etiladigan muddatdan oldin ovoz berish joylari haqida ma'lumot
🇺🇿🇰🇷CHONJU shahri
2023 yil 28 iyun
“FIRDAVS” CHOYXONASI
Manzil: 전라북도전주시덕진구백제대로 608 (010 5848-1949);
Vaqti: 09.00-18.00
Murojaat uchun: 010-8495-0027 (Odiljon Karimov)
010-4837-1988 (Haydar Kushakov)
🇺🇿🇰🇷CHONJU shahri
2023 yil 29 iyun
“HALAL FOOD” OSHXONASI
Manzil: 전북 완주군 삼례읍 동학로 91 (2층) (063 291-4773)
Vaqti: 09.00-18.00
Murojaat uchun: 010- 8495-0027 (Odiljon Karimov)
010-4837-1988 (Haydar Kushakov)
🇺🇿🇰🇷TEGU shahri
2023 yil 30 iyun
“SAMARQAND” OSHXONASI (Gyeongsan) (010 4730-3846)
Manzil: 경상북도경산시둥지로25
Vaqti: 09.00-18.00
Murojaat uchun: 010- 8495-0027 (Odiljon Karimov)
010-4837-1988 (Haydar Kushakov)
🇺🇿🇰🇷TEGU shahri
2023 yil 1 iyul
“TOSHKENT” OSHXONASI (Tegu)
Manzil: 대구시 서구 비산동 882-1 (1 층) (010 7375-0888);
Vaqti: 11.00-17.00
Murojaat uchun: 010- 8495-0027 (Odiljon Karimov)
010-4837-1988 (Haydar Kushakov)
🇺🇿🇰🇷MOKPO shahri
2023 yil 2 iyul
“AL MASHRIQ” OSHXONASI
Vaqti: 11.00-17.00
Manzil: 전라남도 영암군 삼호읍 신항로 135-36
(010-5769-0990);
“SURXON” OSHXONASI (Debul sh-i)
Vaqti: 11.00-17.00
Manzil: 전라남도 영암군 삼호읍 대불주거 1 로 7 길31
(“SURXON” Debul shahri) (010- 5877-7718)
Murojaat uchun: 010- 8495-0027 (Odiljon Karimov)
010-4837-1988 (Haydar Kushakov)
🇺🇿🇰🇷GUNSAN shahri
2023 yil 3 iyul
Toshkent oshxonasi
Vaqti: 09.00-18.00
Manzil: 전북 군산시 미룡동 440-1 (2층)
Murojaat uchun: 010- 8495-0027 (Odiljon Karimov)
010-4837-1988 (Haydar Kushakov)
🇺🇿🇰🇷SUNCHON shahri
2023 yil 4 iyul
"HALAL FOOD" oshxonasi
Vaqti: 09.00-17.00
Manzil: 전남 순천시 중앙로 238 금탑 3 층
Murojaat uchun: 010- 8495-0027 (Odiljon Karimov)
010-4837-1988 (Haydar Kushakov)
🇺🇿🇰🇷YOSU shahri
2023 yil 5 iyul
Toshkent oshxonasi
Vaqti: 09.00-18.00
Manzil: 전북 군산시 미룡동 440-1 (2층)
Vaqti: 09.00-18.00
Murojaat uchun: 010- 8495-0027 (Odiljon Karimov)
010-4837-1988 (Haydar Kushakov)
🇺🇿🇰🇷ULSAN shahri
2023 yil 28 iyun
“NAVRO’Z” OSHXONASI
Vaqti: 10.00-20.00
Murojaat uchun: 010-6802-1969 (Haydar Fayziev);
010-2178-7299 (Jahongir Niyozov)
🇺🇿🇰🇷KYONJE shahri
2023 yil 29 iyun
“LaLaFa” OSHXONASI
Vaqti: 09.00-18.00
Murojaat uchun: 010-6802-1969 (Haydar Fayziev);
010-2178-7299 (Jahongir Niyozov)
🇺🇿🇰🇷PUSAN shahri
2023 yil 30 iyun
“SAMARQAND” OSHXONASI (051-465-4734, 010-2611-4734)
Vaqti: 09.00-18.00
Manzil: 부산광역시 동 구대영로 243 번길 37
Murojaat uchun: 010-6802-1969 (Haydar Fayziev);
010-2178-7299 (Jahongir Niyozov)
🇺🇿🇰🇷MIRYANG shahri
2023 yil 1 iyul
"ANDIJON" MILLIY OSHXONASI
Vaqti: 11.00-17.00
Manzil: 경상남도 밀양시 하남읍 수산중앙로 27-2
Murojaat uchun: 010-6802-1969 (Haydar Fayziev);
010-2178-7299 (Jahongir Niyozov)
🇺🇿🇰🇷KIMHE shahri
2023 yil 2-3 iyul
“HANPASS” kompaniyasi binosi
Vaqti: 10.00-20.00
Manzil: 김해시분성구경상남도로 330.1
Murojaat uchun: 010-6802-1969 (Haydar Fayziev);
010-2178-7299 (Jahongir Niyozov)
010 6781-9995 (Ulug’bek Azimov)
🇺🇿🇰🇷KOJE shahri
2023 yil 4-5 iyul
"TURKISTON" HALOL RESTORANI
Vaqti: 10.00-19.00
Manzil: 경남 거제시 장평 1 로 7길
Murojaat uchun: 010-6802-1969 (Haydar Fayziev);
010-2178-7299 (Jahongir Niyozov)
2 894
✅ Хорижда овоз бериш
Ўзбекистон Республикаси ҳудудидан ташқарида истиқомат қилаётган ёки турган Ўзбекистон Республикасининг сайлаш ҳуқуқига эга фуқаролари Ўзбекистон Республикаси Президенти сайловида иштирок этишлари мумкин.
2 894
🇰🇷Koreya Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan chet ellik ishchilarga (E-9, E-10) joriy yil sentyabr oyidan Koreyada ishlash davrida o‘qib malaka oshirish orqali E-7-4 malakali ishchi vizasini qo’lga kiritish imkoniyati berildi.
Xususan, sentabr oyidan boshlab Koreyada ishlash bilan bir qatorda o‘qish yo‘li bilan noprofessional E-9 va dengizchilik bo’yicha E-10 ishchi viza egalariga malakali ishchi (E-7-4) bo‘lish imkoniyatini taqdim etish rejalashtirilganini e’lon qildi, bu esa o’z o’rnida E-9 vizasi asosida Koreyada vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borayotgan yurtdoshlarimizga ko’plab qulayliklar yaratadi degan umiddamiz.
Ushbu qulaylikni yaratish bilan Koreya Adliya vazirligi ishchi kuchi tanqisligini boshdan kechirayotgan mahalliy sanoat korxonalarini qo’llab quvvatlashni ko’zda tutmoqda. Ta'lim darajasi qanchalik yuqori bo'lsa, malakali ishchilarga aylanish imkoniyati shunchalik yuqori bo'ladi.
Xorijlik ishchilarga Koreyada o'qishga ruxsat berish tizimi bu ikki tomon uchun ham ajoyib yangilik. Bunga sabab xorijlik ishchilar o’qish orqali malakali ishchi darajasini qo’lga kiritsa, Koreya sanoat hududlari esa bu orqali ishchi kuchi yetishmovchiligini hal qilish ko'zda tutilgan.
👉Batafsil ma'lumot
Kanalga obuna bo'lish:
💬Telegram | Facebook | 📹Instagram
2 894
Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yurtdoshlarimizning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning ish va yashash sharoitlarini muntazam monitoring qilib borish davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.
Shu munosabat bilan, Koreya Respublikasining Chongju shahridagi "Nex Co., Ltd." beton mahsuloltlarini ishlab chiqarish korxonasida mehnat faoliyatini olib borayotgan vatandoshlarimiz va ularning ish beruvchi vakillari bilan uchrashuv tashkil etilib, mazkur korxonada mavjud muammo hamda takliflar atroflicha muhokama qilindi.
🇰🇷Koreya Respublikasida mehnat jarayonida huquqingiz buzilsa Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvangju shahridagi vakolatxonasiga murojaat qilishingiz so'raladi.
📞070-4252-2772
📞062-962-02-01
🕸Elektron manzil: migrationuzkr@gmail.com
Kanalga obuna bo'lish:
💬Telegram | Facebook | 📹Instagram
2 894
🇰🇷Bugun Koreya Respublikasiga vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida 101 nafar yurtdoshlarimiz E-9 vizasi asosida kirib keldi.
Hamyurtlarimiz Inchon xalqaro aeroportida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining mazkur davlatdagi vakolatxonasi hamda Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmati vakillari tomonidan kutib olindi.
Yurtdoshlarimizga Vakolatxona faoliyati hamda vazifalari haqida ma'lumotlar berilib, mazkur davlatning qonunchiligiga muvofiq faoliyat olib borish hamda sababsiz ish joyini o’zgartirmaslik bo’yicha ko’rsatmalar berildi.
🇺🇿Vakolatxona jamoasi vatandoshlarimizning Koreya davlatidagi kelgusi faoliyatida omad tilaydi!
🇰🇷Koreya Respublikasida mehnat jarayonida huquqingiz buzilsa Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvangju shahridagi vakolatxonasiga murojaat qilishingiz so'raladi.
📞070-4252-2772
📞062-962-02-01
🕸Elektron manzil: migrationuzkr@gmail.com
Kanalga obuna bo'lish:
💬Telegram | Facebook | 📹Instagram
2 894
🇰🇷Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi mas'ullari hamda Koreya mehnatni muhofaza qilish korporatsiyasi (근로복지공단) vakili o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi
Ushbu tashkilot tomonidan E-9 vizasi asosida mehnat faoliyatini olib borayotgan fuqarolarimizga ko'rsatiladigan xizmat turlari va ulardan amalda qanday foydalanish borasida muzokaralar olib borildi.
Korporatsiya vakili bergan ma'lumotga ko'ra Koreya Respublikasida ish joyida og'ir jarohat olgan, shifoxona xarajatlari uchun to'lov qobilyatini yo'qotgan fuqarolar ushbu tashkilotga ariza taqdim qilish orqali yordam olishi mumkunligi ma'lum qilindi.
🇰🇷Koreya Respublikasida mehnat jarayonida huquqingiz buzilsa Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvangju shahridagi vakolatxonasiga murojaat qilishingiz so'raladi.
📞Ma'lumot uchun a'loqa raqamlari:
070-4252-2772
062-962-0201
📬Elektron manzil: migrationuzkr@gmail.com
Kanalga obuna bo'lish:
💬Telegram | Facebook | 📹Instagram
2 894
🇰🇷Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi tomonidan ushbu davlatdagi Xorijiy ishchilarni qo'llab-quvvatlash markazlari faoliyati o'rganilmoqda.
Uchrashuvda ushbu davlatda faoliyat olib borayotgan fuqarolarimizga qo'shimcha imkoniyatlar ya'ni, koreys tili kurslariga o'zbekistonlik fuqarolarni jalb qilish, mehnat faoliyati davomida huquq va manfaatlarini himoya qilishda amaliy yordam ko'rsatish, bepul tarjimonlik xizmatlarini taqdim qilish masalalarida muzokaralar olib borildi.
🇰🇷Koreya Respublikasida mehnat jarayonida huquqingiz buzilsa Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvangju shahridagi vakolatxonasiga murojaat qilishingiz so'raladi.
📞Ma'lumot uchun a'loqa raqamlari:
070-4252-2772
062-962-0201
📬Elektron manzil: migrationuzkr@gmail.com
Kanalga obuna bo'lish:
💬Telegram | Facebook | 📹Instagram
2 894
🇰🇷Koreya Respublikasida bo'sh ish o'rinlariga belgilangan kvotalar uchun o'zbeksitonlik ishchilarni ko'proq kirib kelishini ta'minlash maqsadida koreys ish beruvchilari o'rtasida keng targ'ibot ishlari olib borilmoqda
😄Xususan, "Hyunwoo Industrial Co., Ltd." korxonasi boshqaruv menejeri Heo bilan uchrashuv tashkil etilib, mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik masalalari yuzasidan muzokaralar olib borildi.
😄Heo tomonidan ushbu tashkilotda mehnat qilyayotgan o'zbekistonlik ishchilarning korxona ish samaradorligiga hissa qo'shayotganligi, mehnat munosabatlarida intizomli hamda ishga mas'uliyat bilan yondashuvi kabi ijobiy hislatlari bialn ajralib turishi e'tirof etildi. Kelgusida makur korxonada bo'sh ish o'rinlariga talab bo'lganda o'zbekistonlik ishchilarni jalb qilishi ma'lum qilindi.
🇰🇷Koreya Respublikasida mehnat jarayonida huquqingiz buzilsa Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvanju shahridagi vakolatxonasiga murojaat qilishingiz so'raladi.
📞Ma'lumot uchun a'loqa raqamlari:
070-4252-2772
062-962-0201
📬Elektron manzil: migrationuzkr@gmail.com
Kanalga obuna bo'lish:
💬Telegram | Facebook | 📹Instagram
2 894
✔️ 2023-yil Iyul oyida E-9 vizasi asosida Koreya Respublikasiga kirib kelishi kutilayotgan fuqarolarimiz tog’risida ma’lumot!!!
➡️2023 YIL 10 IYUL-KE-992- 102 nafar
➡️2023 YIL 17 IYUL-KE-992- 102 nafar
➡️2023 YIL 18 IYUL-OZ-574- 102 nafar
➡️(Qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritilishi mumkin)
‼️Fuqarolarimizdan Koreya Respublikasiga kirish tartib qoidalariga amal qilishlarini so'rab qolamiz‼️
😄Qayd etish joizki, Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmati (HRDK) tashkiloti tomonidan belgilangan kvotaga ko'ra joriy yilda 110 000 nafar mehnat migrantlari 16 ta davlatdan aynan E-9 vizasi asosida kirib kelishi kutilmoqda.
😄Davlatlar kesimida ajratilgan kvotalar soni koreys ish beruvchilarining talablaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Koreya davlatiga ishchilarni yuboruvchi 16 davlatning har biriga o'rtacha 6875 nafar fuqaro to'g'ri keladi.
(Ma'lumot uchun bu raqam O'zbekiston kesimida 2022 yilda 4238 nafarni tashkil qilgan)
😄Koreys ish beruvchilari o'rtasida yurtdoshlarimizga bo'lgan talabning ortishi fuqarolarimizning bir ish beruvchi bilan uzoq muddat qonuniy tartibda mehnat munosabatlarida bo'lish kabi holatlarga bevosita bog'liqdir.
😄Shu munosabat bilan Koreya Respublikasida bo'lib turgan va kirib kelishi kutilayotgan hamyurtlarimizdan koreys ish beruvchilari bilan yaxshi munosabatda bo'lishi, sababsiz mehnat shartnomasini muddatdan avval bekor qilmasligi so'raladi. Bu esa yurtimizdan ko'plab vatandoshlarimizning E-9 vizasi asosida kirib kelishiga zamin yaratadi.
📞Ma'lumot uchun TMMAning Koreya Respublikasidagi Vakolatxonasi a'loqa raqamlari:
📞070-4252-2772
📞062-962-0201
Kanalga obuna bo'lish:
🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram
2 894
🇰🇷🇺🇿Koreys ish beruvchilari o'rtasida bo'sh ish o'rinlari uchun o'zbekistonlik fuqarolarga qiziqish va talabning oshishi hamda yurtdoshlarimizni ushbu davlatga ishchi vizasi asosida faol kirib kelishini ta'minlash maqsadida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining ushbu davlatdagi vakolatxonasi vakillari tomonidan fuqarolarimiz ish salohiyati doimiy tarzda targ'ib qilinmoqda.
Vakillar tomonidan ushbu davlatda mehnat qilayotgan vatandoshlarimizga huquqiy maslahatlar berish, muammo va takliflarga javob berish uchun muloqotlar tashkil qilinib, Vakolatxona faoliyati hamda vazifalari keng targ'ib qilinmoqda.
JANUBIY KOREYADA ISHCHI VIZASI ASOSIDA MEHNAT QILAYOTGAN YURTDOSHLARIMIZ DIQQATIGA!
🇰🇷Koreya Respublikasida mehnat jarayonida huquqingiz buzilsa Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvangju shahridagi vakolatxonasiga murojaat qilishingiz so'raladi.
📞Ma'lumot uchun a'loqa raqamlari:
070-4252-2772
062-962-0201
📬Elektron manzil: migrationuzkr@gmail.com
Kanalga obuna bo'lish:
💬Telegram | Facebook | 📹Instagram
2 894
🇰🇷🇺🇿O'zbekistondan E-7 malakali ishchi vizasi asosida ishchilarni olib kelish yuzasidan Koreya Respublikasining yirik kompaniyalari bilan muzokaralar olib borilmoqda
Xususan, O'zbekistonning Koreyadagi elchixonasi, TMMAning mazkur davlatdagi vakolatxonasi mas'ullari hamda ushbu davlatning eng yirik ish beruvchi kompaniyalaridan biri hisoblangan "Hyundai Heavy Industries" kemasozlik kompleksi vakili bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuv davomida ushbu kompaniyaga bo'yoqchilik, payvandlash, elektr muhandisligi yo'nalishlarida yurtimizdan E-7 vizasi asosida malakali ishchilarni jalb qilish masalalari muhokama qilindi.
Murojaat uchun Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi a'loqa raqamlari:
📞070-4252-2772
📞062-962-02-01
🕸Elektron manzil: migrationuzkr@gmail.com
Kanalga obuna bo'lish:
💬Telegram | Facebook | 📹Instagram
2 894
Joriy yilning 12 iyun kuni Koreya Respublikasiga vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida 100 nafar yurtdoshlarimiz kirib keldi.
😄Hamyurtlarimiz Inchon xalqaro aeroportida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining mazkur davlatdagi vakolatxonasi hamda Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmati vakillari tomonidan kutib olindi.
Murojaat uchun Tashqi mehnat migratsiya agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi a'loqa raqamlari:
📞070-4252-2772
📞062-962-02-01
🕸Elektron manzil: migrationuzkr@gmail.com
Kanalga obuna bo'lish:
💬Telegram | Facebook | 📹Instagram
2 894
🇰🇷Koreya Respublikasida bo'sh ish o'rinlariga belgilangan kvotalar uchun o'zbeksitonlik ishchilarni ko'proq kirib kelishini ta'minlash maqsadida koreys ish beruvchilari o'rtasida keng targ'ibot ishlari olib borilmoqda
😄Xususan, Daewon Tech Korea Co., Ltd. korxonasi direktori o'rinbosari Yoon Jeong Kvon bilan uchrashuv tashkil etilib, mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik masalalari yuzasidan muzokaralar olib borildi.
😄Yoon Jeong Kvon tomonidan ushbu tashkilotda mehnat qilyayotgan o'zbekistonlik ishchilarning korxona ish samaradorligiga hissa qo'shayotganligi, mehnat munosabatlarida intizomli hamda ishga mas'uliyat bilan yondashuvi, xushfe'lligi kabi hislatlari bialn ajralib turishi e'tirof etildi.
🇰🇷Koreya Respublikasida mehnat jarayonida huquqingiz buzilsa Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvanju shahridagi vakolatxonasiga murojaat qilishingiz so'raladi.
📞Ma'lumot uchun a'loqa raqamlari:
070-4252-2772
062-962-0201
📬Elektron manzil: migrationuzkr@gmail.com
Kanalga obuna bo'lish:
💬Telegram | Facebook | 📹Instagram
2 894
🇺🇿🇰🇷Changvon shahrida joylashgan "ILJIN Co., Ltd." korxonasi ijrochi direktori hamda mazkur tashkilotda mehnat qilayotgan fuqarolar bilan uchrashuv tashkil etildi
😄Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi vakillari tomonidan tashkilot mas'ullariga Vakolatxona faoliyati hamda vazifalari haqida ma'lumotlar berildi.
😄Shu bilan birga, mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik masalalari muhokama qilinib, yurtdoshlarimizning mehnat salohiyati targ'ib qilindi.
😄Shuningdek, mazkur korxonada faoliyat olib borayotgan vatandoshlarimizga bir ish beruvchi bilan uzoq muddat mehnat faoliyatini olib borishning afzalliklari tushuntirildi.
🇰🇷Koreya Respublikasida mehnat jarayonida huquqingiz buzilsa Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvanju shahridagi vakolatxonasiga murojaat qilishingiz so'raladi.
📞Ma'lumot uchun a'loqa raqamlari:
070-4252-2772
062-962-0201
📬Elektron manzil: migrationuzkr@gmail.com
Kanalga obuna bo'lish:
💬Telegram | Facebook | 📹Instagram
2 894
🇰🇷Koreys ish beruvchilari o'rtasida yurtdoshlarimizning mehnat salohiyati keng targ'ib qilinib, fuqarolarimiz murojaatlari joylarga chiqqan holda o'rganilmoqda.
Xususan, Koreya Respublikasining Kimpo shahrida joylashgan "JISUNG S&E" korxonasida mehnat faoliyatini olib borayotgan fuqarolarimizning ish beruvchi vakillari bilan uchrashuv tashkil qilindi.
Uchrashuv davomida fuqarolarimiz va ish beruvchi o'rtasida mehnat jarayonida yuzaga kelgan nizoli vaziyatlar, jumladan, oylik ish haqi va boshqa masalalar atroflicha tahlil qilinib, ijobiy hal qilindi.
🇰🇷Koreya Respublikasida mehnat jarayonida huquqingiz buzilsa Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvanju shahridagi vakolatxonasiga murojaat qilishingiz so'raladi.
📞Ma'lumot uchun a'loqa raqamlari:
070-4252-2772
062-962-0201
📬Elektron manzil: migrationuzkr@gmail.com
Kanalga obuna bo'lish:
💬Telegram | Facebook | 📹Instagram
2 894
Repost from XORIJDA ISH
#Live
5-iyun. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi
2023-yil 14-martdan 7-aprelgacha bo'lib o'tgan EPS-Topik testidan hamda 9-13-may kunlari bo'lib o'tgan malaka imtihonidan (skill test) muvaffaqiyatli o'tgan fuqarolar ayni paytda anketa ma’lumotlarini topshirmoqda.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt
2 894
🇰🇷Avval xabar berilganidek, bugun Koreya Respublikasiga vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida 100 nafar yurtdoshlarimiz kirib keldi.
😄Hamyurtlarimiz Inchon xalqaro aeroportida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining mazkur davlatdagi vakolatxonasi hamda Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmati vakillari tomonidan kutib olindi.
😄Yurtdoshlarimizga Vakolatxona faoliyati hamda vazifalari haqida ma'lumotlar berilib, mazkur davlatning qonunchiligiga muvofiq faoliyat olib borish hamda sababsiz ish joyini o’zgartirmaslik bo’yicha ko’rsatmalar berildi.
🇺🇿Vakolatxona jamoasi vatandoshlarimizning Koreya davlatidagi kelgusi faoliyatida omad tilaydi!
Murojaat uchun Tashqi mehnat migratsiya agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi a'loqa raqamlari:
📞070-4252-2772
📞062-962-02-01
🕸Elektron manzil: migrationuzkr@gmail.com
Kanalga obuna bo'lish:
💬Telegram | Facebook | 📹Instagram
2 894
Repost from XORIJDA ISH
Koreya Respublikasida xizmat ko‘rsatish sohasida ishlash istagida boʻlgan fuqarolar diqqatiga!
Koreya Respublikasida xizmat ko‘rsatish sohasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida joriy yil 2-3 may kunlari onlayn ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar uchun imtihonlar 7-iyun kunidan boshlanadi.
Nomzodlar uchun muhim maʼlumotlar:
1. EPS-Topik testiga kirish vaqtidan bir soat oldin ro‘yxatdan o‘tish shart.
2. Testdan kamida 40 balldan yuqori natija olgan nomzodlar uchun o‘sha kunning o‘zida malaka imtihoni (skill) tashkil etiladi.
Imtihon manzili: Toshkent shahri Yangihayot tumani Lutfikor ko‘cha 33-uy.
👉 Lokatsiya
👉 Imtihonda qatnashuvchi nomzodlar ro‘yxati
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt
2 894
✔️ 2023-yil Iyun oyida E-9 vizasi hamda qayta shartnoma (VIP) asosida Koreya Respublikasiga kirib kelishi kutilayotgan fuqarolarimiz tog’risida ma’lumot!!!
➡️2023.06.05-KE-992- 100 nafar
➡️2023.06.13-OZ-574- 100 nafar
➡️2023.06.12-KE-992- 100 nafar
➡️2023.06.20-OZ-574- 100 nafar
➡️2023.06.26-KE-574- 100 nafar