MIGRATIONuzkr
Open in Telegram
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi facebook.com/migrationuzkr1 https://www.instagram.com/migration.uz.kr/ Murojaat uchun telefon: 02-2285-1341
Show more2 894
Subscribers
No data24 hours
-197 days
-8330 days
Posts Archive
2 894
🇺🇿🇰🇷Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmati (HRD Korea) Chollanamdo provinsiyasi filiali rahbari janob Heo Seo Hyeok va mas'ullar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida uchrashuv tashkil etildi.
▶️Uchrashuv davomida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining mazkur davlatdagi vakolatxonasi hamda ushbu tashkilot rahbariyati tomonidan o'zbekistonlik mehnat migrantlarining mehnat salohiyati haqida ish beruvchilarga doimiy ma'lumotlar berib borish tizimini yo'lga qo'yish;
▶️Shu bilan birga, chet ellik ishchilarni ishga jalb qilayotgan korxona mas'ullari o'rtasida har chorakda seminar tadbirlar tashkil etib, ish beruvchi va ishchilar o'rtasida yuzaga kelayotgan turli muammolar hamda takliflar o'rganilib, mavjud masalalar yuzasidan ma'lumotlar almashib borish;
▶️O'zbekistonlik ishchilarni nafaqat ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohalari, balki qishloq xo'jaligi va qurilish sohalariga ham jalb qilishni ko'rib chiqish taklifi berildi.
▶️Janob Jeong Hae Ju bilan bo'lib o'tgan samimiy uchrashuvdan so'ng esdalik sovg'alari taqdim qilinib, kelgusida mehnat sohasida doimiy hamkorlik qilishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi qayd etildi.
😄Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi a'loqa raqamlari:
😎070-4252-2772
😎062-962-02-01
🕸Elektron manzil: migrationuzkr@gmail.com
Kanalga obuna bo'lish:
💬Telegram |Facebook|📹Instagram
2 894
🇺🇿🇰🇷Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi Vakolatxonasi hamda Chollanamdo provinsiyasi Kvangju “Xorijiy ishchilarni qo’llab quvvatlash markazi” o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
✔️Memorandumga asosan quyidagi yo’nalishlarda hamkorlik yo’lga qo’yiladi:
➡️Markazda tashkil etilgan bepul koreys tili kurslariga O‘zbekistonlik fuqarolarni jalb qilish va axborot almashish yuzasidan hamkorlik tizimini yo‘lga qo‘yish;
➡️O‘zbekiston va Koreya Respublikasida keng nishonlanadigan madaniy tadbirlarni hamkorlikda keng nishonlashni yo‘lga qo‘yish;
➡️Koreya Respublikasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun huquqiy va maslahat xizmatlarini ko‘rsatish;
➡️Koreya Respublikasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun semenar va treyninglar tashkil etish;
😄Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi a'loqa raqamlari:
📞070-4252-2772
📞062-962-02-01
Kanalga obuna bo'lish:
💬Telegram |📱Facebook |
📹Instagram
2 894
❗️Hurmatli vatandoshlar!
2023 yilning 5 avgust kuni Koreya Respublikasining Xvason shahrida Oʼzbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchixonasi tomonidan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvangju shahridagi vakolatxonasi vatandoshlar bilan uchrashuv va sayyor konsullik xizmatlari tashkil etiladi.
Uchrashuvda vatandoshlar oʼzlarini qiziqtirgan masalalar va mavjud muammolar boʼyicha savollariga javob olishlari mumkin.
Uchrashuv va konsullik qabullari vaqti: 2023 yil 5 avgust soat 12:00 dan 14:00 gacha.
Uchrashuv manzili: 화성시 향남읍 3.1만세로 1126.
Maʼlumot uchun telefonlar:
010-6802-1969 (konsul X.Fayziev), 010-2178-7299 (vakolatxona rahbari v.v.b. J.Niyozov)
😄Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi a'loqa raqamlari:
📞070-4252-2772
📞062-962-02-01
🕸Elektron manzil: migrationuzkr@gmail.com
Kanalga obuna bo'lish:
😎Telegram | Facebook | 📹Instagram
2 894
🇺🇿Koreya Respublikasiga E-9 vizasi asosida ishchilarni yuboruvchi chet el Vakolatxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishish hamda tajriba almashish maqsadida uchrashuvlar tashkil etilmoqda.
Xususan, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining mazkur davlatdagi Vakolatxonasi hamda Vetnam davlatining Koreya Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Vakolatxona rahbari hamda vakillar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida mehnat sohasiga doir masalalar jumladan, ish beruvchi hamda xodimlar o'rtasida yuzaga keladigan muammoli vaziyatlar va ularning yechimi, shuningdek fuqarolarning noqonuniy mehnatga chiqib ketishning oldini olish chora-tadbirlari yuzasidan Vetnamlik hamkasblar tajribasi o'rganilib, mehnat migratsiyasi va shu kabi mavzular yuzasidan ma'lumotlar almashildi.
😄Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi a'loqa raqamlari:
📞070-4252-2772
📞062-962-02-01
🕸Elektron manzil: migrationuzkr@gmail.com
Kanalga obuna bo'lish:
😎Telegram | Facebook | 📹Instagram
2 894
🇺🇿🇰🇷Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmati (HRDK) vitse prezidenti janob Kim Sung Je hamda ushbu tashkilot mas'ul vakillari bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining mazkur davlatdagi vakolatxonasi vakillari tomonidan yurtimizdan E-9 vizasi asosida kirib kelayotgan ishchilar kvotasini oshirish hamda bir qator takliflar bildirilib, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan fuqarolarni ushbu davlatga ketishdan oldin ko'niktirish, Koreya qonunchiligi, madaniyati va urf-odatlari bilan tanishtirish jarayonlari haqida ma'lumotlar berildi.
Shu bilan birga, Agentlikning mazkur davlatdagi vakolatxonasi faoliyati va bugungi kunda ko'plab koreys ish beruvchilari o'rtasida fuqarolarimizning mehnat salohiyati targ'ib qilib borilayotgani, ish beruvchilar bilan doimiy ravishda a'loqalar o'rnatilayotgani ma'lum qilindi.
Tomonlar o'rtasida bildirilgan taklif va mulohazalar o'rtaga tashlanib, bugungi kunda koreys ish beruvchilari hamda E-9 vizasi asosida mehnat faoliyatini olib borayotgan fuqarolarimizning mehnat jarayoniga doir o'z yechimini kutayotgan masalalalar atroflicha muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida O'zbekiston-Koreya o'rtasida mehnat sohasida olib borilayotgan hamkorlik har ikki tomon uchun ham manfaatli ekanligi e'tirof etildi hamda janob Kim Sung Jega esdalik sovg'alari topshirildi.
😄Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi a'loqa raqamlari:
📞070-4252-2772
📞062-962-02-01
🕸Elektron manzil: migrationuzkr@gmail.com
Kanalga obuna bo'lish:
😎Telegram | Facebook | 📹Instagram
2 894
🇰🇷2023 yil 25 iyul kuni E-9 vizasi asosida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida navbatdagi guruhdan iborat yurtdoshlarimiz Koreya Respublikasiga kirib keldi.
Koreya Respublikasida mehnat jarayonida huquqingiz buzilsa Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvangju shahridagi vakolatxonasiga murojaat qilishingiz so'raladi.
📞070-4252-2772
📞062-962-02-01
🕸Elektron manzil: migrationuzkr@gmail.com
Kanalga obuna bo'lish:
😎Telegram | Facebook | 📹Instagram
2 894
🇰🇷Koreya Respublikasida E-9 vizasi asosida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yurtdoshlarimizning ish sharoitlari yuzasidan monitoringlar o'tkazilmoqda.
Xususan, Iksan shahrida joylashgan "Hanguk Shigyon Co.,LTD" oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi rahbari hamda masullari bilan uchrashuv o'tkazilib, ushbu korxonada mehnat faoliyatini olib borayotgan o'zbekistonlik fuqarolarning ish sharoitlari o‘rganildi. Mavjud muammo va takliflar yuzasidan vakillar bilan muzokaralar olib borildi.
🇰🇷Koreya Respublikasida mehnat jarayonida huquqingiz buzilsa Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvangju shahridagi vakolatxonasiga murojaat qilishingiz so'raladi.
🕸migrationuzkr@gmail.com
📞Ma'lumot uchun a'loqa raqamlari:
070-4252-2772
062-962-0201
Kanalga obuna bo'lish:
💬Telegram | Facebook | 📹Instagram
2 894
🇰🇷🇺🇿Koreya Mehnat vazirligining hududiy boshqarmalari bilan a'loqalarni mustahkamlash, yurtimizdan ishchilarni ushbu davlatga jalb qilish borasida muzokaralar olib borilmoqda.
😄Xususan, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi hamda Mehnat vazirligining Ulsan shahridagi boshqarmasi rahbariyati bilan uchrashuv tashkil etildi.
😄Uchrashuv davomida o'zbekistonlik fuqarolarning mehnat salohiyati keng targ'ib qilinib, hozirgi kunda Ulsan okrugida joylashgan turli sanoat korxonalaridagi mavjud bo'sh ish o'rinlariga o'zbekistonlik ishchilarni jalb qilish masalalari muhokama qilindi.
😄Shu bilan birga, hozirgi kunda fuqarolarimizning oylik ish haqi bilan bog'liq muammoli vaziyatlar o'rtaga tashlanib, qonuniy hal qilish masalalari ko'tarildi.
🇰🇷Koreya Respublikasida mehnat jarayonida huquqingiz buzilsa Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvangju shahridagi vakolatxonasiga murojaat qilishingiz so'raladi.
📞Ma'lumot uchun a'loqa raqamlari:
070-4252-2772
062-962-0201
Kanalga obuna bo'lish:
💬Telegram | Facebook | 📹Instagram
2 894
🇰🇷Koreya Respublikasida E-7 vizasi asosida vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish jarayonida ushbu viza bilan bog'liq muammoli masalalar yuzasidan bir qator fuqarolarimizdan Agentlikning Koreyadagi vakolatxonasiga murojat kelib tushdi.
▶️Murojaat bo'yicha Vakolatxona masullari tomonidan Mokpo shahrida joylashgan Immigratsiya xizmati rahbari va masul xodimlari bilan muzokaralar olib borildi.
▶️Muzokaralar natijalariga ko'ra fuqarolarimizning viza bilan bog'liq muammolari ijobiy hal qilib berildi.
▶️Eslatib o'tish joizki, E-7-1 viza turining ayrim sohalari (bo'yoqchilik, payvandchilik va elektr muhandislik) hozirda E-7-3 viza turi sifatida joriy etilgan bo'lib, koreys ish beruvchilari o'rtasida ushbu viza turiga ehtiyoj mavjud emasligi ma'lum bo'lmoqda.
▶️Shu sababli E-7-1 viza turi bilan mazkur davlatda bo'lib turgan va ayni paytda ish joyini o'zgartirish istagida bo'lgan fuqarolarimizdan mehnat shartnomasini bekor qilishdan avval yangi ish joyi tayin ekanligiga ishonch hosil qilishlari so'raladi.
🇰🇷Koreya Respublikasida mehnat jarayonida huquqingiz buzilsa Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvangju shahridagi vakolatxonasiga murojaat qilishingiz so'raladi.
📞Ma'lumot uchun a'loqa raqamlari:
070-4252-2772
062-962-0201
Kanalga obuna bo'lish:
💬Telegram | Facebook | 📹Instagram
2 894
🇰🇷Koreya mehnat vazirligi qoshidagi mehnatni muhofaza qilish tashkiloti vakili bilan uchrashuv tashkil etildi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining mazkur davlatdagi vakolatxonasi hamda Koreya mehnat vazirligi qoshidagi mehnatni muhofaza qilish tashkiloti vakillari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuv davomida Koreya Respublikasida E-9 hamda E-7 ishchi vizasi asosida mehnat qilayotgan va ayni paytda ish jarayonida jarohat olgan fuqarolarga amaliy yordam masalalari muhokama qilindi.
JANUBIY KOREYADA ISHCHI VIZASI ASOSIDA MEHNAT QILAYOTGAN YURTDOSHLARIMIZ DIQQATIGA!
🇰🇷Koreya Respublikasida mehnat jarayonida huquqingiz buzilsa Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvangju shahridagi vakolatxonasiga murojaat qilishingiz so'raladi.
📞Ma'lumot uchun a'loqa raqamlari:
070-4252-2772
062-962-0201
Kanalga obuna bo'lish:
💬Telegram | Facebook | 📹Instagram
2 894
🇺🇿🇰🇷Koreya Respublikasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borayotgan yurtdoshlarimiz bilan sayyor uchrashuvlar tashkil qilinmoqda.
Xususan, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining mazkur davlatdagi vakolatxonasi vakillari hamda Mokpo shahrida joylshgan kemasozlik zavodida E-9 va E-7 vizalari asosida vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borayotgan fuqarolarimiz o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuv davomida Agentlikning Koreyadagi vakolatxonasi faoliyati haqida ma'lumotlar berildi hamda mazkur davlatda qonuniy mehnat faoliyatini olib borishning afzalliklari haqida tushuntirish targ'ibot ishlari olib borilib, fuqarolarimizning qiziqtirgan savollariga javob berildi.
Mazkur davlatda bo’lib turgan davrda turli hil yot g’oyalarga berilmaslik, yaqin oila a’zolar bilan muntazam aloqa qilish, farzandlarning tarbiyasi va ta’limini nazorat qilib turish bo’yicha maslahatlar berildi.
JANUBIY KOREYADA ISHCHI VIZASI ASOSIDA MEHNAT QILAYOTGAN YURTDOSHLARIMIZ DIQQATIGA!
🇰🇷Koreya Respublikasida mehnat jarayonida huquqingiz buzilsa Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvangju shahridagi vakolatxonasiga murojaat qilishingiz so'raladi.
📞Ma'lumot uchun a'loqa raqamlari:
070-4252-2772
062-962-0201
Kanalga obuna bo'lish:
💬Telegram | Facebook | 📹Instagram
2 894
🇰🇷"Nam Yang Special Steel" korxonasi boshqaruv direktori hamda ushbu tashkilotda mehnat qilayotgan vatandoshlarimiz bilan uchrashuv tashkil qilindi.
Mazkur tashkilot vakillari bilan mehnat sohasida hamkorlik masalalari muhokama qilinib, masullar tomonidan ushbu korxonada mehnat qilyayotgan yurtdoshlarimizning korxona ish samaradorligiga hissa qo'shayotganligi, mehnat munosabatlarida intizomli hamda ishga mas'uliyat bilan yondashuvi, xushfe'lligi kabi hislatlari bialn ajralib turishi e'tirof etildi.
Shuningdek, vatandoshlarimizga mehnat jarayonlarida yuzaga keladigan savol va takliflar yuzasidan Agentlikning Koreya Respublikasidagi vakolatxonasiga murojaat qilishi mumkinligi hamda qonuniy tarzda mehnat faoliyiatini olib borishning afzalliklari tushuntirildi.
JANUBIY KOREYADA ISHCHI VIZASI ASOSIDA MEHNAT QILAYOTGAN YURTDOSHLARIMIZ DIQQATIGA!
🇰🇷Koreya Respublikasida mehnat jarayonida huquqingiz buzilsa Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvangju shahridagi vakolatxonasiga murojaat qilishingiz so'raladi.
📞Ma'lumot uchun a'loqa raqamlari:
070-4252-2772
062-962-0201
Kanalga obuna bo'lish:
💬Telegram | Facebook | 📹Instagram
2 894
🇰🇷🇺🇿Tashqi mehmat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi tomonidan ushbu davlatda mehnat faoliyatini olib borayotgan yurtdoshlarimiz, xususan, ayollar bilan uchrashuv tashkil etildi.
😄Uchrashuvda ayollarning jamiyatdagi ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, gender tenglikni qaror toptirishga qaratilgan muhim chora-tadbirlar yuzasidan yurtimizda olib borilayotgan ishlar haqida Koreya Respublikasida istiqomat qilib kelayotgan ayollarning habardorligini oshirish bo’yicha ma’lumotlar berildi.
😄Shuningdek, xotin-qizlarimizga Vakolatxona faoliyati hamda uning vazifalari haqida ma'lumotlar berilib, mehnat faoliyati davomida yuzaga keladigan savol va takliflar yuzasidan vakolatxonaga murojaat qilishi mumkinligi ma'lum qilindi.
Kanalga obuna bo'lish:
😎Telegram | Facebook | 📹Instagram
2 894
🇰🇷Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmati statistik yilnomasiga ko'ra 2022 yil mobaynida 16 ta davlatdan Koreya Respublikasiga E-9 vizasi asosida jami 88 012 nafar mehnat migranti kirib kelgan bo'lib, ular quyidagicha taqsimlangan.
-Nepal - 14 495 nafar
-Indoneziya - 11 545 nafar
-Kambodjia - 10 438 nafar
-Vetnam - 8 909 nafar
-Myanma - 7621 nafar
-Filippin - 7 307 nafar
-Shrilanka - 6 639 nafar
-Bangladesh - 5 891 nafar
-Tailand - 5 158 nafar
-O'zbekiston - 4 238 nafar
-Pokiston - 1 941 nafar
-Sharqiy Timor - 1 249 nafar
-Mongoliya - 914 nafar
-Qirg'iziston - 888 nafar
-Laos - 611 nafar
-Xitoy - 168 nafar
😄Ko'rinib turganidek ushbu davlatga kirib kelish ko'lami jihatdan yurtimiz 10-o'rindan joy olgan. Shu o'rinda savol tug'iladi. Fuqarolarning E-9 vizasi asosida kirib kelishi yuzasidan kvotalar soni nimalarga bog'liq va qanday jihatlar inobatga olinadi?
-koreys ish beruvchisi bilan ish jarayonidagi munosabatlar. Bunda xodimning tartib intizomi, ishga mas'uliyatli bo'lishi inobatga olinadi.
-bir ish beruvchi bilan qonuniy tartibda uzoq muddat mehnat faoliyatini olib borish.
😄Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Agentlikning Koreyadagi vakolatxonasi xodimlari tomonidan yurtimizdan keladigan ishchilarga beriladigan kvotaning oshishi uchun qilinayotgan say-harakatlarga qaramay, afsuski bugungi kunda yurtdoshlarimiz turli vajlarni bahona qilib ish beruvchidan mehnat shartnomasini bekor qilishni so'rayotgan yoki talab qilayotgan holatlar ko'plab uchramoqda va bu esa o'z-o'zidan koreys ish beruvchilarning aynan o'zbek mehnat muhojirlariga bo'lgan ishonchi yo'qolib, norozilik kayfiyatini keltirib chiqarmoqda va kvotaning oshishiga asosiy to'siqlardan biri bo'lmoqda.
😄Namunali tarzda mehnat munosabatida bo'lish, koreys ish beruvchilari o'rtasida o'zbekistonlik ishchilarga talabning ortishiga olib kelishi mumkinligini eslatib o'tamiz va ko'p jihatdan kvota sonining ortishi fuqarolarimizga bog'liq bo'lib qolmoqda.
Kanalga obuna bo'lish:
😎Telegram | Facebook | 📹Instagram
2 894
🇰🇷🇺🇿Koreys ish beruvchilari o'rtasida bo'sh ish o'rinlari uchun o'zbekistonlik fuqarolarga qiziqish va talabning oshishi hamda yurtdoshlarimizni ushbu davlatga ishchi vizasi asosida faol kirib kelishini ta'minlash maqsadida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining ushbu davlatdagi vakolatxonasi vakillari tomonidan fuqarolarimiz ish salohiyati doimiy tarzda targ'ib qilinmoqda.
Vakolatxona mas'ullari tomonidan ushbu davlatda mehnat qilayotgan vatandoshlarimizga huquqiy maslahatlar berish, muammo va takliflarga javob berish maqsadida muloqotlar tashkil qilinib, Vakolatxona faoliyati hamda vazifalari haqida ma'lumotlar berilmoqda.
JANUBIY KOREYADA ISHCHI VIZASI ASOSIDA MEHNAT QILAYOTGAN YURTDOSHLARIMIZ DIQQATIGA!
🇰🇷Koreya Respublikasida mehnat jarayonida huquqingiz buzilsa Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvangju shahridagi vakolatxonasiga murojaat qilishingiz so'raladi.
📞Ma'lumot uchun a'loqa raqamlari:
070-4252-2772
062-962-0201
📬Elektron manzil: migrationuzkr@gmail.com
Kanalga obuna bo'lish:
💬Telegram | Facebook | 📹Instagram
2 894
🇺🇿🇰🇷2023 yil 10 iyul kuni E-9 vizasi asosida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida bir guruh yurtdoshimiz Koreya Respublikasiga kirib keldi.
🇰🇷Koreya Respublikasida mehnat jarayonida huquqingiz buzilsa Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvangju shahridagi vakolatxonasiga murojaat qilishingiz so'raladi.
📞070-4252-2772
📞062-962-02-01
🕸Elektron manzil: migrationuzkr@gmail.com
Kanalga obuna bo'lish:
😎Telegram | Facebook | 📹Instagram
2 894
🇺🇿🇰🇷Ayni paytda Koreya Respublikasining Kvangju shahrida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga ovoz berish jarayonlari bo'lib o'tmoqda.
Koreya Respublikasida vaqtinchalik istiqomat qilayotgan vatandoshlarimizdan mazkur siyosiy tadbirda faol bo'lishlarini so'rab qolamiz.
Manzil:광주광역시 광산구 사암로 359 월곡동 488-3, 3층)
Aloqa raqmlarimiz:
📞070-4252-2772
📞062-962-02-01
Kanalga obuna bo'lish:
💬Telegram | Facebook | 📹Instagram
2 894
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o'tkazuvchi 18-Kvangju saylov uchastkasi fuqarolarimizni ovoz berish uchun taklif etadi.
Koreya Respublikasining Kvangju shahrida tashkil etilgan mazkur siyosiy tadbirda barcha o'zbekistonliklar (legal yoki nolegal bo'lishidan qat'iy nazar) ishtirok etishi mumkin.
Uchrashuv vaqti: 9 iyul (yakshanba) 08.00dan - 20.00gacha
Manzil:광주광역시 광산구 사암로 359 월곡동 488-3, 3층)
Ma'lumot uchun: Tashqi mehat migratsiyasi agentligining Kvangju shahridagi vakolatxonasi a'loqa raqamlari:
📞070-4252-2772
📞062-962-02-01
🕸Elektron manzil: migrationuzkr@gmail.com
Kanalga obuna bo'lish:
💬Telegram | Facebook | 📹Instagram
