MIGRATIONuzkr
Open in Telegram
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi facebook.com/migrationuzkr1 https://www.instagram.com/migration.uz.kr/ Murojaat uchun telefon: 02-2285-1341
Show more2 894
Subscribers
No data24 hours
-197 days
-8330 days
Posts Archive
2 894
🇰🇷Koreya Respublikasida bo'sh ish o'rinlariga belgilangan kvotalar uchun o'zbeksitonlik ishchilarni ko'proq kirib kelishini ta'minlash maqsadida koreys ish beruvchilari o'rtasida keng targ'ibot ishlari olib borilmoqda.
😄Xususan, "Daeui Co., Ltd." korxonasi boshqaruv menejerii Im Guan Su bilan uchrashuv tashkil etilib, mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik masalalari yuzasidan muzokaralar olib borildi.
😄Im Guan Su tomonidan ushbu tashkilotda mehnat qilyayotgan o'zbekistonlik ishchilarning korxona ish samaradorligiga munosib hissa qo'shayotganligi, mehnat munosabatlarida intizomli hamda ishga mas'uliyat bilan yondashuvi, xushfe'lligi kabi hislatlari bialn ajralib turishi e'tirof etildi.
😄Yurtdoshlarimizga ish beruvchi bilan yaxshi munosabatda bo'lish hamda qonuniy tartibda bir ish beruvchi bilan uzoq muddat mehnat faoliyatini olib borish kelgusida yurtimizdan ushbu davlatga ishchi vizasi asosida kirib kelishi kutilayotgan fuqarolar kvotasiga ijobiy ta'sir qilishi tushuntirildi.
JANUBIY KOREYADA ISHCHI VIZASI ASOSIDA MEHNAT QILAYOTGAN YURTDOSHLARIMIZ DIQQATIGA!
😎ish beruvchi tomonidan o'z vaqtida to'lanmayotgan oylik ish haqlarini olish;
😎"Samsung" sug'urta kompaniyasidan vatanga qaytishda olinadigan 13-oylik hamda sug'urta mablag'larini olishda ko'rsatiladigan bepul xizmatlar;
😎4 yil muddatdan ortiq E-9 vizasi asosida qonuniy mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yurtdoshlarimiz uchun E-7-4 vizasiga o'tishda amaliy yordam ko'rsatish;
😎Koreya Respublikasida mehnat jarayonida huquqingiz buzilishi bilan bog'liq masalalar yuzasidan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvangju shahridagi vakolatxonasiga murojaat qilishingiz so'raladi.
Murojaat uchun a'loqa raqamlarimiz:
📞070-4252-2772
📞062-962-02-01
🕸Elektron manzil: migrationuzkr@gmail.com
Kanalga obuna bo'lish:
💬Telegram | 📱Facebook | 📹Instagram
2 894
Repost from XORIJDA ISH
🇰🇷Koreya Respublikasida ishlash istagidagi fuqarolar diqqatiga!
Koreya Respublikasida payvandlash sohasi mutaxassislariga bo‘lgan yuqori talab sababli Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi payvandlash va koreys tili yo‘nalishidagi 3 oylik maxsus o‘quv kurslariga fuqarolarni (to‘lov asosida) taklif etadi.
O‘quv kurslarda payvandlash va koreys tili yo‘nalishlari chuqurlashtirilgan tarzda o‘qitiladi.
Buning uchun nomzodlardan labormigration.uz dasturiy majmuasida onlayn ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.
Ro‘yxatdan o‘tish tartibi va vaqti haqida qo‘shimcha maʼlum qilinadi!
Nomzodlar 18-39 yosh oralig‘ida va oldin E-7 vizasi uchun hujjat topshirmagan bo‘lishi lozim.
Shuningdek, nomzodlardan onlayn ro‘yxatdan o‘tgach, quyidagi hujjatlarni Agentlikning hududiy filiallariga topshirish so‘raladi:
1. KOICA markazida payvandlash sohasida o‘qigani to‘g‘risida sertifikat;
2. Kasb-hunarga o‘qitish yoki "Ishga marhamat" monomarkazlarida payvandlash sohasida o‘qigani to‘g‘risida sertifikat;
3. Koreys tilini o‘qigani to‘g‘risidagi sertifikat;
4. Payvandlash sohasida ish staji;
5. Fuqarolik va xorijga chiqish pasport nusxalari.
Eslatma! Ushbu o‘quv kurslari oldin EPS-Topik imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan hamda SPAS bazasida turgan nomzodlarga tavsiya etilmaydi
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
💬Telegram | 📱Facebook 📺 Youtube |📱 Instagram | 🕊Twitter |🪩Veb-sayt
2 894
🇰🇷TMMAning Koreyadagi vakolatxonasi vakillari tomonidan 2023 yilning avgust oyida 7 nafar fuqarolarimizning murojaatlari asosida 40 149 589 koreys voni miqdoridagi oylik ish haqi va sug'urta mablag'larini olishda amaliy yordam ko'rsatildi.
Joriy yilning yanvar-avgust oylari davomida Koreya Respublikasidagi yuridik tashkilotlar bilan hamkorlikda yurtdoshlarimizning murojaatlari asosida jami 148 032 AQSH dollari miqdorida sug'urta, kompensatsiya hamda oylik ish haqi mablag'larini fuqarolarimizning bank hisob raqamiga o'tkazib berishda hujjatlarni tayyorlash va yuborish, ish beruvchilar bilan to'lab berilmagan ish haqi yuzasidan muzokaralar olib borish hamda shu kabi masalalarda Vakolatxona tomonidan amaliy yordam berildi.
JANUBIY KOREYADA ISHCHI VIZASI ASOSIDA MEHNAT QILAYOTGAN YURTDOSHLARIMIZ DIQQATIGA!
😎ish beruvchi tomonidan o'z vaqtida to'lanmayotgan oylik ish haqlarini olish;
😎"Samsung" sug'urta kompaniyasidan vatanga qaytishda olinadigan 13-oylik hamda sug'urta mablag'larini olishda ko'rsatiladigan bepul xizmatlar;
😎4 yil muddatdan ortiq E-9 vizasi asosida qonuniy mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yurtdoshlarimiz uchun E-7-4 vizasiga o'tishda amaliy yordam ko'rsatish;
😎Koreya Respublikasida mehnat jarayonida huquqingiz buzilishi bilan bog'liq masalalar yuzasidan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvangju shahridagi vakolatxonasiga murojaat qilishingiz so'raladi.
Murojaat uchun a'loqa raqamlarimiz:
📞070-4252-2772
📞062-962-02-01
🕸Elektron manzil: migrationuzkr@gmail.com
Kanalga obuna bo'lish:
💬Telegram | 📱Facebook | 📹Instagram
2 894
2 894
🇰🇷🇺🇿Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yurtdoshlarimizning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning ish va yashash sharoitlarini muntazam monitoring qilib borish davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.
😎ish beruvchi tomonidan o'z vaqtida to'lanmayotgan oylik ish haqlarini olishda amaliy yordam ko'rsatish;
😎"Samsung" sug'urta kompaniyasidan vatanga qaytishda olinadigan 13-oylik hamda sug'urta mablag'larini olishda ko'rsatiladigan bepul xizmatlar;
😎4 yil muddatdan ortiq E-9 vizasi asosida qonuniy mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yurtdoshlarimiz uchun E-7-4 vizasiga o'tkazishda amaliy yordam ko'rsatish.
TMMAning Koreyadagi vakolatxonasi hamda Koreya Respublikasining yirik kemasozlik tashkilotlari jumladan, "Jangwon" hamda "Shin Jin Sanob" korxonalarida mehnat qilayotgan vatandoshlarimiz bilan bo'lib o'tgan uchrashuv davomida Vakolatxona tomonidan yuqorida qayd etilgan yo'nalishlarda fuqarolarimizga amaliy yordam berilishi ma'lum qilindi.
Shuningdek, fuqarolarimizning ish beruvchi vakillari bilan uchrashuv tashkil etilib, mas'ullar tomonidan yurtdoshlarimizning mehnati hamda ishga munosabati ijobiy baholandi.
🇰🇷Koreya Respublikasida mehnat jarayonida huquqingiz buzilsa Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvangju shahridagi vakolatxonasiga murojaat qilishingiz so'raladi.
📞070-4252-2772
📞062-962-02-01
🕸Elektron manzil: migrationuzkr@gmail.com
Kanalga obuna bo'lish:
💬Telegram | 📱Facebook | 📹Instagram
2 894
✔️ 2023-yil Sentyabr oyida rejalashtirilgan reyslar (E-9) bo'yicha ma'lumot!
➡️2023 YIL 4 SENTYABR OZ-574 60 - 62 nafar
➡️2023 YIL 11 SENTYABR OZ-574 - 100 nafar
➡️2023 YIL 17 SENTYABR KE-992 - 68 nafar
➡️2023 YIL 18 SENTYABR OZ-574 - 100 nafar
➡️2023 YIL 24 SENTYABR - 60 nafar
➡️(Qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritilishi mumkin)
‼️Fuqarolarimizdan Koreya Respublikasiga kirib kelish tartib qoidalariga amal qilishlarini so'rab qolamiz‼️
😄Qayd etish joizki, Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmati (HRDK) tashkiloti tomonidan belgilangan kvotaga ko'ra joriy yil uchun jami 110 000 nafar kvota ajratilgan bo'lib, ushbu kvota doirasida mehnat migrantlari 16 ta davlatdan aynan E-9 vizasi asosida kirib kelishi kutilmoqda.
😄Davlatlar kesimida ajratilgan kvotalar soni koreys ish beruvchilarining talablaridan kelib chiqqan holda belgilanadi. Koreya davlatiga ishchilarni yuboruvchi 16 davlatning har biriga o'rtacha 6875 nafar fuqaro to'g'ri keladi.
(Ma'lumot uchun bu raqam O'zbekiston kesimida 2022 yilda 4238 nafarni tashkil qilgan)
😄Koreys ish beruvchilari o'rtasida yurtdoshlarimizga bo'lgan talabning ortishi fuqarolarimizning bir ish beruvchi bilan uzoq muddat qonuniy tartibda mehnat munosabatlarida bo'lishi kabi holatlarga bevosita bog'liqdir.
😄Shu munosabat bilan Koreya Respublikasida bo'lib turgan va kirib kelishi kutilayotgan hamyurtlarimizdan koreys ish beruvchilari bilan yaxshi munosabatda bo'lishi, sababsiz mehnat shartnomasini muddatdan avval bekor qilmasligi so'raladi. Bu esa yurtimizdan ko'plab vatandoshlarimizning E-9 vizasi asosida kirib kelishiga zamin yaratadi.
📞Ma'lumot uchun TMMAning Koreya Respublikasidagi Vakolatxonasi a'loqa raqamlari:
📞070-4252-2772
📞062-962-0201
Kanalga obuna bo'lish:
🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram
2 894
🇰🇷Koreya Respublikasining eng yirik kemasozlik korxonasi hisoblangan "Hyundai Samho Heavy Industries" kompleksi tarkibiga kiruvchi "Ara Industries Co.,Ltd" tashkiloti vakillari hamda ushbu korxonada E-9 vizasi asosida mehnat qilayotgan fuqarolarimiz bilan uchrashuv tashkil etildi.
✔️Uchrashuv davomida mazkur korxona vakillariga TMMAning Koreya Respublikasida joylashgan Vakolatxonasi faoliyati hamda vazifalari haqida ma'lumot berilib, fuqarolarimizdan tushgan murojaatlarni hal qilish yuzasidan muzokaralar olib borildi.
✅Shu bilan birga, Vakolatxona vakillari tomonidan ushbu korxonada mehnat faoliyatini olib borayotgan yurtdoshlarimizning mehnat jarayonida oylik ish haqi va boshqa masalalarda yuzaga kelayotgan murojaatlari tinglanib, muammolarni bartaraf etishda amaliy yordam ko'rsatildi. Fuqarolarimizga ularni qiziqtirgan savollar yuzasidan TMMAning Koreyadagi vakolatxonasiga qo'ng'iroq qilishlari mumkunligi ma'lum qilinib, a'loqa raqamlari taqdim etildi.
JANUBIY KOREYADA ISHCHI VIZASI ASOSIDA MEHNAT QILAYOTGAN YURTDOSHLARIMIZ DIQQATIGA!
🇰🇷Koreya Respublikasida mehnat jarayonida huquqingiz buzilsa Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvangju shahridagi vakolatxonasiga murojaat qilishingiz so'raladi.
📞Ma'lumot uchun a'loqa raqamlari:
070-4252-2772
062-962-0201
📬Elektron manzil: migrationuzkr@gmail.com
Kanalga obuna bo'lish:
💬Telegram | Facebook | 📹Instagram
2 894
"The Korea Times" nashri manbaasi bergan ma'lumotga asosan Koreya Respublikasi Prezidenti mehnat muhojirlari uchun qoidalarni yumshatish orqali "moslashuvchan mehnat ta'minoti"ga chaqirmoqda.
Prezident Yun Song Yeol yig'ilishda mamlakatda ishchi kuchi tanqisligini bartaraf etish uchun ishchi kuchini yanada moslashuvchan mehnat ta'minotiga etkazib berishni ta'minlashni tezroq tartibga solishga chaqirdi.
Shu maqsadda, mamlakat E-7-4 malakali ishchilarining vizalarini olish kvotasini 35000 nafarga kengaytiradi va kompaniya yollashi mumkin bo'lgan chet ellik ishchilar sonini oshiradi.
Ushbu sa'y-harakatlarning bir qismi sifatida hukumat Seuldan tashqarida tug'ilishning pastligi va aholining kamayishi natijasida yuzaga kelgan ishchi kuchi tanqisligini bartaraf etish uchun E-7-4 vizalarini berish kvotasini oshiradi.
Koreyada to'rt yil yoki undan ko'proq vaqt davomida E9, E-10 yoki H-2 ish vizalarida bo'lgan chet ellik ishchilar uchun kengaytirilgan kvota mavjud bo'ladi. Bundan tashqari, yillik ish haqi 26 million vondan oshishi kerak va ular koreys tilini ma’lum bir darajasiga ega bo'lishi lozim.
😄Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi a'loqa raqamlari:
📞070-4252-2772
📞062-962-02-01
🕸Elektron manzil: migrationuzkr@gmail.com
Kanalga obuna bo'lish:
😎Telegram | Facebook | 📹Instagram
2 894
#Huquqiy_maslahat
📣E-7-4 VIZASI HAQIDA ESHITGANMISIZ?
🔗 Ma'lumot uchun havola
😄Murojaat uchun Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi a'loqa raqamlari:
😎070-4252-2772
😎062-962-02-01
🕸Elektron manzil: migrationuzkr@gmail.com
Kanalga obuna bo'lish:
😎Telegram | Facebook | 📹Instagram
2 894
Hurmatli vatandoshlar!
1-sentabr – mustaqil O‘zbekistonning tavallud topgan kuni, Vatanimizning birinchi va eng muhim davlat bayrami hisoblanadi!
Koreyadagi O‘zbekistonliklar Uyushmasi O‘zbekiston Respublikasining Koreyadagi Elchixonasi ko‘magida 2023-yil 27-avgust kuni Koreyadagi vatandoshlarimiz bilan Mustaqillik bayramini nishonlashga bag‘ishlangan tadbir tashkil etmoqda.
Barchani soat 13:00 dan 14:00 gacha siz uchun tashkil etilayotgan an'anaviy taomlar va esdalik sovg'alarni o’z ichiga olgan bayram tadbiriga taklif qilamiz!
Manzil: 광주 광산구 산정공원로 93번길 18-13 (Uyushma ofisi)
Murojaat uchun: 010-8495-0027
2 894
🇰🇷Vatandoshlarimizning murojaatlari asosida muammolar Agentlikning Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi tomonidan joylarga chiqqan holda o'rganilib, hal qilinmoqda.
Xususan, "Hyonde Spring Co.,Ltd" korxonasi mas'ullari hamda ushbu tashkilotda mehnat qilayotgan vatandoshlarimiz bilan uchrashuv tashkil qilindi. Korxona vakillari bilan mehnat sohasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, yurtdoshlarimizga qonuniy tarzda mehnat faoliyiatini olib borishning afzalliklari tushuntirilib, fuqarolarimizga mehnat sohasiga doir masalalarda qiziqtirgan savollariga Vakolatxona mas'ullari tomonidan javob berildi.
📞Ma'lumot uchun a'loqa raqamlari:
070-4252-2772
062-962-0201
Kanalga obuna bo'lish:
💬Telegram | Facebook | 📹Instagram
2 894
🇰🇷Koreys ish beruvchilari o'rtasida o'zbekistonlik ishchilarning mehnat salohiyati keng targ'ib qilinmoqda.
✔️Xususan TMMAning Koreyadagi vakolatxonasi vakillari hamda "DAYOU" avtomobil ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish korxonasi mas'ul vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi. Ushbu korxonada bugungi kunda 1200 nafardan ortiq ishchilar mehnat faoliyatini olib borayotgan bo'lib, shundan 15 nafardan ortig'i o'zbekistonlik fuqarolarni tashkil etadi.
✔️Uchrashuv davomida o'zbekistonlik mehnat muhojirlari salohiyati keng targ'ib qilinib, ish beruvchi tomonidan kelajakda mazkur korxonada mavjud bo'sh ish o'rinlariga o'zbekistonlik fuqarolarni ishga jalb qilishga kelishildi.
✔️Shuningdek, Vakolatxona mas'ullari tomonidan korxona ish sharoitlari o'rganilib, mazkur tashkilotda mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizga Agentlikning Koreyadagi vakolatxonasi faoliyati hamda vazifalari haqida ma'lumotlar berildi.
😄Murojaat uchun Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi a'loqa raqamlari:
😎070-4252-2772
😎062-962-02-01
🕸Elektron manzil: migrationuzkr@gmail.com
Kanalga obuna bo'lish:
😎Telegram | Facebook | 📹Instagram
2 894
🤦♂ISH JARAYONIDA JAROHAT OLDINGIZMI?
😐Ish jarayonida jarohat olish ish paytida yoki ish bilan bog’liq hollarda vafot etishi yoki jarohat olishi hamda kasalikka chalinib qolishiga aytiladi.
😐Agar ishchi ish paytida baxtsiz hodisaga uchrab, 4 kundan ziyod davolanishi kerak bo’lsa Mehnat farovonligini qo’llab quvvatlash (근로복지공단) tashkilotining hududiy filialiga borib, jarohat sug’urtasi (산제 보험) tomonidan to'lab beriladigan kompensatsiya pulini uchun ariza berishi mumkin bo’ladi.
😐Baxtsiz hodisa yuz bergan vaqti hamda uning sodir bo’lgan joyini aniqlab olish shuningdek jarohat og’ir bo’lsa 119 raqamiga qo’ng’iroq qilib tez yordam mashinasi bilan kasalxonaga borilishi kerak bo’ladi.
😐Ma’lumot o’rnida, baxtsiz hodisa vaqtidagi guvohlardan ariza ham olish kerak bo’ladi va bu tovon puli to’lanishida sizga kerak bo’lishi mumkin.
😄Murojaat uchun Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi a'loqa raqamlari:
😎070-4252-2772
😎062-962-02-01
🕸Elektron manzil: migrationuzkr@gmail.com
Kanalga obuna bo'lish:
😎Telegram | Facebook | 📹Instagram
2 894
🇰🇷Agentlikning Koreyadagi vakolatxonasi mas'ullari tomonidan Koreya Respublikasida E-9 vizasi asosida mehnat faoliyatini olib borayotgan fuqarolarimizning murojaatlari va muammoli vaziyatlari yuzasidan joylarga chiqqan holda o'rganilib, hal etilmoqda.
✅Xususan, "Kanuda Co.,Ltd" tashkilotida mehnat faoliyatini olib borayotgan o'n nafardan ortiq fuqarolarimiz bilan o'tkazilgan sayyor uchrashuv davomida oylik ish haqidan ortiqcha chegirib qolinayotgan sug'urta mablag'lari, ish haqidan olib qolinadigan daromad solig'ining noto'g'ri hisoblanishi yuzasidan tushgan murojaatlar ish beruvchi bilan olib borilgan muzokaralar natijasida qayta ko'rib chiqishga kelishildi.
✅Shu bilan birga, Vakolatxona vakillari tomonidan fuqarolarimizning ish hamda yashash sharoitlari yuzasidan monitoring o'tkazildi. Monitoring natijasiga ko'ra korxona mehnat xavfsizligining barcha talablariga javob berishi, dam olish uchun munosib sharoitlar yaratilganligi ma'lum bo'ldi.
✅Fuqarolarimizga mehnat munosabatlari davomida intizomga qat'iy rioya qilish, qonuniy tartibda bir ish beruvchi bilan uzoq muddat mehnat faoliyatini olib borish kelgusida O'zbekistondan kirib keladigan yurtdoshlarimizning kvotasi oshishiga bevosita bog'liq ekanligi tushuntirildi.
😄Murojaat uchun Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi a'loqa raqamlari:
😎070-4252-2772
😎062-962-02-01
🕸Elektron manzil: migrationuzkr@gmail.com
Kanalga obuna bo'lish:
😎Telegram | Facebook | 📹Instagram
2 894
🇰🇷🇺🇿Koreys ish beruvchilari o'rtasida bo'sh ish o'rinlari uchun o'zbekistonlik fuqarolarga qiziqish va talabni orttirish hamda yurtdoshlarimizni ushbu davlatga ishchi vizasi asosida faol kirib kelishini ta'minlash maqsadida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining ushbu davlatdagi vakolatxonasi vakillari tomonidan fuqarolarimiz ish salohiyati doimiy tarzda targ'ib qilinmoqda.
😎Vakolatxona mas'ullari tomonidan ushbu davlatda mehnat qilayotgan vatandoshlarimizga huquqiy maslahatlar berish, muammo va takliflarga javob berish maqsadida muloqotlar tashkil qilinib, Vakolatxona faoliyati hamda vazifalari haqida ma'lumotlar berib borilmoqda.
😎Shuningdek, fuqarolarimiz tomonodan ushbu davlatda vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish jarayonida yuzaga kelgan turli savol va muammolar yuzasidan mas'ullar tomonidan javob berildi va kelgusida mehnat faoliyati bilan bog'liq masalalar bo'yicha Agentlikning Kvangju shahridagi vakolatxonasiga murojaat qilishi ma'lum qilindi.
😄Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi a'loqa raqamlari:
😎070-4252-2772
😎062-962-02-01
🕸Elektron manzil: migrationuzkr@gmail.com
Kanalga obuna bo'lish:
😎Telegram | Facebook | 📹Instagram
2 894
🇰🇷So'ngi kunlarda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreyadagi vakolatxonasiga fuqarolarimizdan oylik ish haqi, mehnat shartnomasini bekor qilganda ishdan bo'shatish hisob-kitob to'lovlarini ololmaslik yuzasidan ko'plab murojaatlar kelmoqda.
✅Agar siz ish haqingizni ololmagan bo'lsangiz unda quyidagi tartib asosida ushbu masalani hal qilishingiz mumkin:
-O'zingiz yashab turgan Mehnat boshqarmasi hududdiy filiali ya'ni no'do'ngchongga (노동청) tashrif buyurib, arz qilishingiz yoki fuqarolik ishlari bo'yicha sudga (민사 법원)ga murojaat qilishingiz mumkin.
-Korxonangiz bankrotga uchrab qolgan bo'lsa unda davlat tomonidan moddiy zararni qoplash uchun ariza berishingiz mumkin bo'ladi.
😄Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi a'loqa raqamlari:
😎070-4252-2772
😎062-962-02-01
🕸Elektron manzil: migrationuzkr@gmail.com
Kanalga obuna bo'lish:
💬Telegram |Facebook|📹Instagram
2 894
🇰🇷"The Korea Times" nashri manbaasi bergan ma'lumotga asosan Koreya Savdo-sanoat palatasi (KSSP) tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko'ra Koreyadagi deyarli har ikki kompaniyadan biri hukumatni chet ellik ishchilar kvotasi miqdorini oshirishga chaqirmoqda, chunki ko‘plab kichik firmalar o‘z ishchi kuchini to‘ldirishga qiynalmoqda.
✅KSSP koreyalik bo‘lmagan ishchilar ishlovchi 502 kompaniyani o‘rganib chiqdi va ularning 46,8 foizi joriy yilda joriy etilgan 110 000 ishchining hozirgi darajasi 2024 yilda oshishini xohlashini aniqladi. Taxminan 43,2 foizi hozirgi darajani saqlab qolishni ma’qul ko‘rgan, 9,2 foizi esa kamaytirishni taklif qilgan.
✅"A'zo kompaniyalar o'rtasida ishchi kuchi tanqisligini bartaraf etish uchun chet ellik ishchilarni yollashni davom ettirish zarur. Joriy yilda 110 000 chet ellik ishchilarning yil oxiriga qadar bosqichma-bosqich kirib kelayotganiga qaramay, mahalliy ishchi kuchining keksayishi va yosh koreyslarning qo'l mehnatidan voz kechishi doimiy ravishda ishchi kuchi etishmasligi muammolarini keltirib chiqarmoqda ", dedi Pochon Savdo palatasi chet ellik ishchilar bilan ishlash bo'limi mutaxassisi Li Sang Tek.
✅Biroq, xodimlar kompaniyalarni o'zgartirish uchun mehnat shartnomalarini bekor qilishni talab qilganda, chet ellik ishchilarni yollayotgan kompaniyalar ham qiyinchiliklarga duch kelishadi. Koreya qonunchiligi chet ellik ishchilarga faqat ish beruvchi shartnomani bekor qilgan yoki noqonuniy harakatlar qilgan taqdirdagina ish joyini o'zgartirishga ruxsat beradi. Biroq, bu qoida ko'pincha suiiste'mol qilinadi.
Joriy yilning sentyabr oyidan boshlab, hukumat ushbu muammoni hal qilish uchun xorijlik ishchilarning muayyan hududlar va tarmoqlarga harakatini cheklash bo‘yicha qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritishni rejalashtirmoqda.
😄Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi a'loqa raqamlari:
📞070-4252-2772
📞062-962-02-01
🕸Elektron manzil: migrationuzkr@gmail.com
Kanalga obuna bo'lish:
😎Telegram | Facebook | 📹Instagram
2 894
Joriy yilning 9-11 august avgust kunlari Koreya mehnat vazirligi hamda Koreya inson resurslarini rivojlantirish xizmati (HRDK) tomonidan "2023-EPS CONFERENCE IN BUSAN" xalqaro konferensiyasi tashkil etildi.
Ushbu tadbirda Koreya mehnat vaziri janob Lee Jung Sik, HRDK prezidenti Kim Young Joong hamda Koreya Respublikasiga E-9 vizasi asosida ishchilarni yuboruvchi 16 davlatning elchilari va diplomatik vakolatxona rahbarlari ishtirok etdi.
Konferensiya davomida Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmati (HRDK) tomonidan tashkil etilgan "Ishga ruxsat berish tizimi"ning yutuqlari hamda yuzaga kelayotgan muammolar tahliliga bag'ishlangan video taqdimot namoyish etildi.
Ushbu taqdimotda keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra Koreya Respublikasida mehnatga layoqatli aholi sonining kamayishi, tug'ilish sonining kamayib, mamlakatdagi asosiy ishchi kuchining keksayishi oqibatida malakali kadrlar yetishmovchiligi kabi muammolar vujudga kelmoqda. Buning o'rnini chet ellik malakali kadrlar bilan to'ldirish ehtiyoji yuqori ekanligi qayd etildi.
Shu bilan birga ushbu mamlakatda E-9 vizasi asosida mehnat faoliyatida bo'lib turgan va ayni paytda viza muddati tugayotgan chet ellik ishchilarga E-7 malakali ishchi viza turiga o'zgartirish imkonini beruvchi bir qator masalalar, jumladan joriy yil 30000 nafar xorijiy ishchilarga E-9 viza turidan E-7 viza turiga o'tish uchun kvota ajratilishi hamda ularning oila a'zolarini taklif etishga ruhsat berilishi kabi masalalar ma'lumot sifatida qayd etildi.
😄Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi a'loqa raqamlari:
📞070-4252-2772
📞062-962-02-01
😎Elektron manzil: migrationuzkr@gmail.com
Kanalga obuna bo'lish:
💬Telegram |Facebook|📹Instagram
2 894
🇺🇿🇰🇷Mamlakatimizning Koreya Respublikasidagi elchixonasi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining mazkur davlatdagi vakolatxonasi vakillari tomonidan Xvasong shahrida vatandoshlarimiz bilan sayyor uchrashuv tashkil etildi.
▶️Uchrashuv davomida fuqarolarga mamlakatimizda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy hamda tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlashga doir olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar yuzasidan ma'lumotlar berildi.
▶️Shuningdek, vatandoshlarimiz tomonidan Koreya Respublikasida sodir etilayotgan salbiy holatlar va uni oldini olish choralari bo'yicha ma'lumot va tavsiyalar berildi.
▶️Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvangju shahridagi vakolatxonasi tomonidan shartnoma asosida ishlayotgan fuqarolarimizning qiziqtirgan savollari va muammoli vaziyatlari o'rganilib, Koreya Mehnat vazirligi tomonidan E-9 ishchi viza turidagi ishchilarga berilayotgan keng imkoniyatlar va qonunchilikdagi o'zgarishlar yuzasidan ma'lumotlar berildi.
😄Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi a'loqa raqamlari:
😎070-4252-2772
😎062-962-02-01
🕸Elektron manzil: migrationuzkr@gmail.com
Kanalga obuna bo'lish:
💬Telegram |Facebook|📹Instagram
