cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Makka sari | Kanal toʻxtagan

Show more
The country is not specifiedThe language is not specifiedThe category is not specified
Advertising posts
340Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
واخر دعوانا ان الحمد لله رب العالمين
Show all...
Biror qalbga qaygʻu soladigan hodisa boʻlganida Ibn Qayyimning ushbu goʻzal soʻzlarini shukronalikka gʻarq boʻlgan holda takror-takror oʻqiyman: «Agar Alloh bandalari uchun pardalarni koʻtarganida edi, ular Allohning taqdirlarni qanday goʻzal tadbir qilishini va bandalarining manfaatlari uchun ularning oʻzlaridan harisroq ekanini koʻrib, qalblari Allohga muhabbatdan erib ketgan, U Zotga shukronalikdan parchalanib ketgan boʻlardi.» @makka_sari
Show all...
Kino shu yerda tura tursin. Ertaga xotirlash kerak boʻlsa shuni koʻrib xotirlang.
Show all...
Juzni nechanchi sahifadan boshlanishini topish formulasi. 1. Juzning tartib raqamidan 1ni ayir. 2. Qolgan sonni 2ga koʻpaytir. 3. Chiqqan sonning ortiga 2 raqamini qoʻy. Misol: 13-juz nechanchi sahifadan boshlanadi? 1. 13-1=12 2. 12*2=24 3. 24+2=242 Javob: 13-juz 242-sahifadan boshlanadi. 17-juzni hisoblab, tekshirtirib koʻring.
Show all...
#oyat Qurʼon ilk mus'haf holiga keltirilgandagi xat turidan. Qaysi oyatligini bildingizmi? Nuqta, harakatlarisiz ham qiynalmay oʻqib ketgan boʻlsangiz, demak, Qurʼonga koʻp qaraysiz.👍 @makka_sari
Show all...
Nafsni feʼli shundayki, siz biror foydali narsa bilan shugʻullanishni boshlasangiz darrov sizni toʻxtatishga urinadi. "Zoʻriqmay mazza qil! Quvvatingni asra", deydi. Nafsga uzoq yillik buyuk rejalaringizni bir tiyinlik qizigʻi yoʻq. Hozir, ayni damda uni tinch qoʻysangiz, qiynamasangiz bas. Darslarni(yoki boshqa ishlarni) oxiriga yetkazish uchun uni qogʻozga yozib, koʻrinadigan joyga qoʻyiladi. Qogʻozga tushirilmagan reja - rejamas. Buning uchun maktabdagi kundalik ham boʻladi. Bu darslarni davomli boʻlishi uchun kerak. Boʻlmasa, darslar boshida oson va qiziqarli boʻlib, oʻrtasiga kelganda qiziqish pasayib, shu bilan esdan chiqib ketishi mumkin. Bunaqa holat oʻzimni boshimdan koʻp oʻtgan. Haqiqatda biz uchun zarur bilimlar zerikarli boʻladi. Vazifani yaxshi bajarsangiz oʻzingizni (masalan biror shirinlik koʻrinishida) siylab turing. Teskarisi boʻlsa teskarisi. Avvalo ishni Alloh nomi bilan boshlab, doim Undan yordam soʻrab turiladi. Endi bu nafsga qolsa uchta kamerali telefonda yeydigan ovqatini, chiroyli joylarni rasmlari tagiga ajabtovur soʻzlar yozish kabi bachkana, befoyda ishlar yoqadi. Bu amalda koʻp uchraydi. Alloh bizlarga behuda ishlardan saqlaydigan hikmat bersin!
Show all...
Alloh taolo ibodatlarimizni qabul qilsin. Saflarimizni bundanda kengaytirsin. Barchamizni jannatida jam qilsin. Iydul fitr muborak bo'lsin, qadrdonlar!
Show all...
Ramazonda Ummul Quro, Madina Islom Universiteti va boshqa jomealar ham ilk qabul boʻlganlar ismini eʼlon qildi. Endi qabul boʻlgan nomzodlar arizasi Saudiya taʼlim vazirligidan tasdiqlanib, vizalar chiqquncha biroz vaqt ketadi. Tahminan, iyul, avgust oylarida chiqadi. Shu vaqt oraligʻida sizga qat’i maslahatim: "Qabul qilindingiz" degan xabardan keyin kishida katta gʻayrat paydo boʻladi. Shu potensialdan foydalanib, hamma narsani yigʻishtirib sarf bilan nahvni oʻrganishga kirishing. Bularsiz juda qiynalasiz. Iloji boʻlsa ustoz topib, oʻzingiz uchun alohida dars oling. Guruhlar juda sekin ketadi. Bayna yadayk, Madina kurslarini oʻqiyotgandirsiz, lekin ular asos boʻla olmaydi. Tilni asosi, hech shubhasiz, Sarf va Nahv. Alloh barakali vaqt, oʻtkir zehn bersin! Sarf bilan nahvni ancha-muncha oʻqib qoʻyganlar bu postni koʻrib:
Show all...
#makka Ummul Quro Universitetiga O'zbekistondan qabul bo'lganlar! ABDURAKHMON SAYFULLO OGLI ODILOV ZAFARYOR ORIFJON OGLI ALIEV ABDULBORIY USMANZHON UGLI MAKHAMADJANOV DIYORJON DAVLATJON UGLI ISAKOV MUKHAMMAD UMAR SHUHRAT SON ISMOILOV SAYFULLO MAMUTOV NASIBAKHON BAKHODIROVA MURODJON KURBANOV AKHROLJON ZIYABAEV SAIDABDULLOKHON ABDURAKHIMOV @Makka_sari
Show all...
​​Oʻgʻlimni qishloqni tekis yoʻlidan velosipedda Qurʼon bilan Matematikaga ixtisoslashtirilgan bogʻchaga tinchgina olib borib, oʻzim mahalladagi ixcham masjidda Hidoyadan navbatdagi darsni oʻtgani keldim. Butun boshli orzu-maqsadlarim(iz) shunda jam.
Show all...
Bilishimiz kerak boʻlgan narsa shuki, hozirgi gʻarib holatimiz oʻtmishdagi loqaydlik, eʼtiborsizlik, mayda-chuyda ishlardagi murosasiz ixtiloflarimizning va boshqa xatolarimizning xosilasidir. Tarix eng yaxshi muallim. Bu holatimizni oʻnglash uchun: • Agar imom boʻlsangiz jamoat bilan Falastinliklar haqqiga duo qiling. "Falastin" soʻzi ishlatilmasa ham jamoatni oʻzi tushunib oladi. Jamoatni pozitsiyasini bildirib qoʻying. Bu pozitsiyalar toʻlqini, albatta, Falastinga yetib borib, zolim qalblarga qoʻrquv soladi, albatta. Munkarni faqat qalb bilan qaytarib eng nozik iymon egasi boʻlib qolishdan saqlaning. Imomlikdan olinish xavfini esa jannat kaliti deb biling. • Agar oddiy ishchi, taksist, oʻqituvchi, injener, shifokor, oshpaz,... boʻlsangiz turmush tarzingizni Islomiy meʼyorlarda sozlab, kasbiy amalingizni eng yaxshi holatda bajaring. Oʻz xulqingiz bilan Islom iforini taratuvchi gulga aylaning. • Agar moddiy taraflama boy boʻlsangiz odamlar oʻqishi zarur boʻlgan kitoblar uchun toʻlov qilib, minglab kitoblarni tannarxini arzonlashtiring. Oddiy kitobxon boʻlsangiz oʻqigan kitoblaringizni boshqa odamlarga oʻqigani bering. • Uy bekasi, bolalarni onasi boʻlsangiz "Yo Robbim! Musulmonlarni oldingi saflarida turib Quddusni himoya qilishni istashimizga, ammo bunga qudratimiz yetmasligiga ham Oʻzing guvohsan! Lekin qudratimiz yetganini qilamiz", deb duo qilib, bolalaringiz bilan Qurʼon maʼnolari tarjimasi, Riyozus Solihiynni xatm qiling. • Kuchsiz, semiz boʻlsangiz sport bilan shugʻullaning. Iloji boʻlsa yakka kurashlar bilan. • Gunohligini bilib turib maʼsiyatlardan qaytmay yuradigan birodarlar, shu gunohlaringizni tashlash orqali musulmonlarni holini oʻnglashda ishtirok eting. • Bu roʻyxatni koʻp davom ettirish mumkin. Jamiyatdagi ijtimoiy holatidan kelib chiqib har bir kishining bajarishi kerak boʻlgan asosiy vazifalari bor. Islom atalmish bogʻda har birimiz yashnab turgan gulga aylanishimiz kerak. Shunda umumiy manzara oʻzgaradi. Tarmoqlarda post qoʻyib, izohlarda faol boʻlishni oʻzi yaramaydi. Facebook ham "soʻz erkinligi" degan maskasini uloqtirib, yahudlarni zulmi koʻrsatilgan xabarlarga blok qoʻyyapti. Baʼzilar, nega Yevropa OAVlari jim, deyishyapti. Siz nimani kutgandingiz? Kofirlar bu kabi zulm, ikkiyuzlamachiliklarini to qiyomatgacha toʻxtatishmaydi: زُيِّنَ لِلْكَافِرِينَ مَا كَانُوا يَعْمَلُونَ Kofirlarni qilayotgan ishlari ziynatlab qoʻyildi. Bizning joriy holatimizga qarab yo zulmlarini ochiqchasiga qilishadi, yo kuchi yetmagan avlod ich-ichidan yonib, ichida saqlagan nafratini keyingilariga qoldirib, oʻtib ketadi. Zulm zolimlar boshiga osmondan tosh yogʻilishi yoki gʻoyibdan boshqa biror hodisa boʻlish bilan emas, oʻz-oʻzimizni tizimli isloh qilishimiz bilan (vaqtinchalikka) barham topadi. إِنَّ اللَّهَ لَا يُغَيِّرُ مَا بِقَوْمٍ حَتَّى يُغَيِّرُوا مَا بِأَنفُسِهِمْ Bir qavm oʻzini isloh qilmagunlaricha Alloh ularni isloh qilmaydi. Alloh bizlarga oʻz-oʻzimizni isloh qilib, Qurʼonda tariflagan moʻminlar kabi sifatlanganimidan soʻng zolimlar zulmi davf boʻlishini tushunadigan aql, hikmat bersin! Zero Alloh va’dasi haq boʻlgan Zot: وَلَن يَجْعَلَ اللَّهُ لِلْكَافِرِينَ عَلَى الْمُؤْمِنِينَ سَبِيلًا Alloh hargiz kofirlarga moʻminlar ustidan yoʻl bermaydi. P.S. Ushbularni yozgach, oldin Mahmud Usmon akamga koʻrsatib, fikrlarini oldim. Ular ham yozganlarimni maʼqulladilar. Talaba Fayzulloh Orifxon @makka_sari #fikr
Show all...
Darslar koʻpaygani sabab kanal vaqtincha toʻxtatildi.
Show all...
Darslar, vazifalar koʻpaygani sababli kanal vaqtincha toʻxtatildi.
Show all...
Shu maʼnodagi savollar juda koʻp kelgan: Makka, Madinada ilm olib, keyin qanday qilib butunlay qolib ketish mumkin, buni yoʻli bormi? Hozir buni yoʻlini tushuntirmoqchi emasman. (Bu post ilm toliblarigagina qaratilgan.) Har qaysi moʻmin borki, haramaynda yashab qolishni orzu qiladi. Umuman, inson oʻz qarashlariga mos muhitda yashashni istaydi. Rasmlariga qarab orzuqadi. Lekin men masalaga hissiyotlarsiz, alq bilan yondoshish tarafdoriman va hozir shaxsiy qarashimnigina bayon qilaman. Albatta bu siznikidan farq qilishi mumkin. Tasavvur hosil boʻlishi uchun ushbu ayanchli hikoyani keltiraman: Suvsizlikdan qiynalayotgan qavmning bir qancha a’zosi suv olib kelish uchun suv serob joylarga safar qilishdi. Suv serob manzillarga yetib kelishdi va avvalo oʻzlarini chanqogʻlarini qondirishdi. Qarashsalar bu oʻlkani turgan bitgani rohat-farogʻat ekan. Nega kelishgani eslaridan chiqdi. Koʻpchiligini ketkisi kelmay qoldi. Oqiljon esa "biz qavmimizga suv olib borish uchun kelmaganmizmi", deb sheriklarini ogohlantirdi. Sheriklari unga quloq solishmadi. Chunki bunday yaxshi makondan suvsiz sahroga qaytishni istashmadi. Oqiljon oʻzi koʻtarishi mumkin boʻlgan yukni yelkalab, yurtiga qaytib ketdi. Lekin baribir yakka kishi butun qavmga yetadigan miqdordagi suvni olib bora olmasdi. Haqiqatda suv hammaga yetmadi. Oqibatda qavmning nimjonlari birin-ketin suvsizlikdan halok boʻla boshlashdi. Islom suv bilan qiyoslandi. Ilm safarida boʻlib (yoki endi niyat qilib) turgan birodarim, qavmingiz Islomsizlikdan qiynalayotganda, sizni oʻsha yerda umrbod qolish niyatingizni hecham oqilona qaror deb boʻlmaydi. Ikkita ishdan birini tanlashda nafsga ogʻirrogʻi haqqa yaqin boʻladi. Bugun Misr, Saudiya, Turkiya kabi yirik manzillarda Islom zehniyatini katta qismi saqlanadi. U yerda sizni darajadagi olimlar yetarlicha. Yurtingiz esa siz kabi mutaxassislar yetishmay, ilmingizga katta ehtiyoj bor. Oʻsha yerda koʻproq keraksiz. Bu xorijda ilm talab qiluvchi barcha vatandoshlarga ta’luqli. Yurt deganda millionlagan ummatni nazarda tutaman, hukmron siyosiy tashkilotni emas. Siyosiy tashkilot uchun qaytib kelmaganingiz maʼqul. وَكَذَ ٰ⁠لِكَ أَوۡحَیۡنَاۤ إِلَیۡكَ قُرۡءَانًا عَرَبِیࣰّا لِّتُنذِرَ أُمَّ ٱلۡقُرَىٰ وَمَنۡ حَوۡلَهَا Zero Alloh taolo Shuro surasini 7-oyatida Qur'onni nozil qilishdagi maqsadlarni bayon qilib, faqat Ummul Quro(Makka)nigina emas, balki uni atroflarini ham ogohlantirish uchun vahiy qilganini aytadi. Ilm hamma yerga teng yoyilishi maqsadga muvofiq. Yoʻqsa sahobiylar ham ilmni yetkazish vazifasi boʻlmaganda Madinadan tashqariga chiqishmas edilar.(رضي الله عنهم) Demak, koʻpchilik biror sohada xorijda ilm olib, mutaxassis boʻlgach, boshqa yurtlarda qolishni emas, oʻz yurtiga qaytishni oʻylashi kerak. Bu haqda koʻp yozish mumkin edi. Choʻzilib ketmasligi uchun shu yerda toʻxtamiz. Xulasa chiqarish uchun yetarli boʻldi deb oʻylayman. Alloh bizga ikki dunyoda manfaatli ilmlarni oʻrganib, unga amal qilishni va uni muhtojlarga yetkazishni nasib qilsin! @Makka_sari #savol
Show all...
"Ватандошлик дастури" kitobidan ilhomlanib mana shu foydali infografikani tuzgan edim. @makka_sari #maʼlumot
Show all...
Tarjima ishlarini kichik bir qismida qanashganim "Ватандошлик дастури" kitobi haqida. Kitobda jamiyatni boshqaradigan tizim "Саморегулирующие система" - "oʻz-oʻzini nazorat qiluvchi tizim" deb atalgan. Uni oʻqib muallifning fikrlari Islomning asosiy tamoyillarga qanchalar mosligini koʻrasiz. Muallif Yulo Vuglayd yo istab, yo istamay Islomga juda yaqin kelib qolgan. Alloh olimga hidoyat bersin. Yana bir gap, kitob toʻlaqonli davlat, jamiyat, insonlar haqida boʻlsada unda birorta "fuqaro" soʻzini uchratmaysiz. Ilk mustaqillik davrlarida ruscha "гражданин" termini oʻzbekchaga "fuqaro" deb oʻgirilgan. Ushbu kitobda esa bu termin "vatandosh" soʻzi bilan ifodalangan. Bu juda ajoyib jaranglaydi. Kelajakda "fuqaro" termini oʻrniga "vatandosh" soʻzi qoʻllaniladi va u shu kitobdan boshlanadi, inshaalloh. Asosiy tarjimon Ustozimiz Hamid Sodiqni gaplariga koʻra kitob yoz oylarida tayyor boʻlib, nashrdan chiqadi, inshaalloh. Xullas qiziqtira oldim, deb oʻylayman. @makka_sari #kitob
Show all...
Sof fitratli bolalarni suhbatini eshitib koʻring. Ichingiz yorishadi. https://youtu.be/r9Olhd0gjf4
Show all...
Bu infografikada Saudiyadagi barcha Universitetlarning nomi, mavqifi va saytlari mavjud. @Makka_sari #maʼlumot
Show all...
Bugun men oʻqigan eng yaxshi jumla: Ota bilan oʻgʻil oʻzaro savdolashishmaydi.
Show all...
Bugun men oʻqigan eng yaxshi jumla: Ota bilan oʻgʻil oʻzaro savdolashishmaydi.
Show all...
Oʻylab-oʻylab shu soʻzni topishipti: "koʻmaklashish". Shular koʻmaklashmay turganda Misrga borish osonroq, tezroq, qulayroq edi. Iddaosi koʻmaklashish, muddaosi esa halal berish, taqiqlash, nazoratga olish. Unga Misrga ketgan 18 yoshdan, 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar statistikasi keltirildi. Raqamlarni koʻrib, yuragi oʻynab ketti. Galstugini boʻshatib, tepa tugmasini yechib qoʻydi. Chunki raqamlar oʻtkan yilnikidan ancha koʻpaygandi. Tamaki hidi anqib ketgan xona devoridagi birinchi rahbarni rasmiga termulgancha sigarani chuqur tortib – buni bir nima qilish kerak – dedi, pichirlab. Natijada yana bir mana shunday mantiqsiz byurokratiya paydo boʻldi. Bu raqamlarni kamaytirishi mumkin, lekin ehtiyojlar kamaytirmaydi. Teskari effekt beradi. *Rasmdagi Azharga oʻqish uchun ariza. @makka_sari #fikr (negativ)
Show all...
#maʼlumot Amira Nura Universiteti xorijlik tolibalarga qabulni ochdi. Riyoz shahridagi bu Universitet ayol-qizlar uchun moʻljallangan. Qabul 27-martgacha ekan. Universitet haqida batafsil maʼlumotlarni rasmiy saytidan olishingiz mumkin:pnu.edu.sa Arab tilini bilish shart qilinmaydi. Ariza topshirish vaqtida Saudiyadagi mahram talab qilinmaydi. Safar esa mahram bilan boʻladi. Ariza topshirish uchun: https://op.pnu.edu.sa/Scholarships/External.aspx @makka_sari
Show all...
Yoshligimizda loydan, qumdan uycha, qasrcha, shunga oʻxshash narsalar yasab oʻynardik. Balki bu holat sizga ham tanishdir: oʻziniki oʻxshamasdan, buzilib ketsa, darrov boshqalarnikini ham buzib ketib, ishshayib turadigan qitmirlar doim boʻlardi. Undaylar hozir ham xuddi shunday. Birodarona muhabbat bilan aytaman: Umringizni ilmda, ibodatda, taqvoda va barcha yaxshiliklarda sizdan afzal bo'lganlarga raddiya berib o'tkazib yubormang. Ayniqsa ilm talabida boʻlsangiz ichingizni nafrat, negativlar bilan toʻldirib olmang. Bu sizni aqlingizni lol, zehningizni shol qilib qoʻyadi.
Show all...
#makka #maʼlumot Sha'bon oyida Ummul Quro Universiteti xorijliklar uchun PhD va magistr darajalari uchun qabulni ochar ekan. Bakalavrlar magistaturaga, magistrlar PhDga topshirishi mumkin. Yoʻnalishingizga qarab ingliz yo arab tilini bilishingiz kerak. Ariza topshirishni istasangiz hozirdan hujjatlarni toʻplab tursangiz boʻladi. Qabul ochilgunicha 2 haftacha vaqt bor. Ariza topshirish uchun Universitet sayti Bakalavriat va til kursi uchun qachon ochilishi hozircha nomaʼlum. @makka_sari
Show all...
Moʻmin kishi Alloh yodida turgan vaqtda gunoh ish qil(a ol)maydi. Gunoh amal qilayotganimizda bizni birlashtiruvchi jihat bu - ayni vaqtda Allohni esdan chiqarib qoʻyganligimizdir. Shu sabab U Zot bizlarga: "يا أيها الذين ءامنوا اذكروا الله ذكرا كثيرا" "Ey iymon keltirganlar, Allohni koʻp zikr qilinglar", deydi. Makka sari #oyat
Show all...
Bir necha yil oldin yozgandim. Hozir ham dolzarb! Kesak va diniy taʼlimga boʻlgan ehtiyoj @makka_sari #fikr
Show all...
#makka #tarix Chizma hijriy IX asrga (milodiy XV asr) tegishli. Chizma muallifi Muhammad Is'hoq Xorazmiy deb yozilgan. Fors tilida ekan. Unda Ka'ba va Masjidul Haramning oʻsha davrdagi ta'rifi berilgan. Rulon shaklidagi bu chizma ziyoratchilar uchun qoʻllanma vazifasini bajargan. Bu asar hindistonlik musulmonlarga taqdim qilinib, hijriy 827-yilda Hindistonga olib ketilgan. Angilyaning mustamlakachilik davrida bu chizma ham olib ketilgan. Hozirda bu chizma Britaniya muzeyida saqlanar ekan. @makka_sari
Show all...
Bizni yurtlarda masjidga kirishga hayiqadigan, yuragi betlamaydigan musulmonlar ham bor. Bu hech kimga sir emas. Oʻqishda, ish joyingizda, atrofingizda shunday yaqinlaringiz boʻlsa kerak. Ana oʻshalarni koʻngliga yoʻl topib, oʻzingiz bilan masjidga olib borsangiz qanday ham katta savobga ega boʻlasiz-a! Buni sinab koʻrsangiz boshqacha bir quvonchni his qilasiz. Meni aytdi, dersiz. @makka_sari #fikr
Show all...
#oyat Ka'bai musharrafaning to'rtala burchagiga ham basmala bilan Ixlos surasi to'liq yozilgan. Suratda buni ko'rishingiz mumkin. Makka sari
Show all...
Men dindormanmi, demak, men uchun hammasi boshqalarga qaraganda qulay, oson va ajoyib boʻlishi kerak degan tushuncha kulguli va notoʻgʻri tushunchadir.
Show all...
#fikr Doimiy Qurʼon tilovati bachkanani jiddiy, qalbi qattiqni muloyim, qoʻrqoqni jurʼatli, koʻpgapni kamgap,... qiladi. Hamma buzilib ketgan axloqiy sifatlarni maromiga keltiradi. Bu meni shaxsiy tajribam. @makka_sari
Show all...
#maʼlumot Nega grant ajratiladi? Nega hamma narsa bepul? Tanishlarim bundan qaytaryapti... kabi savollar anchadan beri keladi. Shu haqda talaba boʻlish istagidagilar uchun tushunarli boʻlishiga harakat qildib, yozdik. P.S. telegraphda xatolik boʻldimi, bilmadim, maqolani tagida yozuvsiz maydon choʻzilib ketibdi. https://telegra.ph/Nega-talabalarga-grantlar-ajratiladi-Bunda-qandaydir-maqsadlar-bormi-02-02
Show all...
Agar shunga oʻxshash uzundan-uzoq, jimjimador shablon tabriklarda biror foyda, yo yaxshilik borligini bilganimizda biz ham har hafta tashlab turardik. Lekin bunda biror foyda yoʻq. Siz shularga eʼtibor berib, oxirigacha oʻqiysizmi (15-20 kishidan kelsa)? Bitta nigoh tashlaysiz, boʻldi. Buni joʻnatuvchini oʻzi yozmay copy-paste qilganini ham bilasiz. Toʻliq oʻqimaysiz. Oʻqiganda ham biror manfaat olasizmi? Bunday soxtalikni kimga keragi bor, axir?! Buni nimasi yomon, juma bilan tabriklayabman, shu yomonmi, deyishlari mumkin. Aytamizki, siz juma bilan tabriklamayabsiz, siz copy-paste qilyapmiz, xolos. Biz juma bilan tabriklashdan qaytarmayabmiz. Agar biror kimni tabriklamochi boʻlsangiz ichingizdagi haqiqiy gaplarni, oʻz qoʻlingiz bilan, imloviy xatolarsiz yozing. Oʻzingiz yozsangiz qisqa va tabiiy chiqadi. Lekin bunday shablonlar bilan oʻzingiz va boshqalarni vaqtini va fikrini oʻgʻirlamang. Alloh behuda ishlardan saqlasin! @makka_sari #fikr
Show all...
Afzallik va Akmallik ikki xil tushuncha. Har bir sahobiy Akmal emas, ya’ni, Qur'on hofizi, mujtahid olim boʻlmagan. Lek har qaysi sahoba hamma mujtahidlardan Afzaldir. Afzallik Allohga nisbatan boʻladi, yaʼni, Alloh taolo huzurida maqbul boʻlishdir. Akmal boʻlish esa insonlarga nisbatan boʻladi, ya’ni, insonlar orasida biror jihatda ustunroq boʻlishdir. Sahobiy boʻlish esa davr masalasidir. Bu bizni ixtiyorimizda emas. "Rosululloh sollallohu alayhi vasallam davrida tugʻilsam boʻlmasmidi!", "Yo Rosululloh, sizni sogʻindik!", kabi gaplar behuda gaplardir. Alloh bizni ushbu davrda yashashimizni ixtiyor qildi. Quyidagi uch xislatni mahkam tutish esa bizni oʻz ixtiyorimizda. Shular doimo biz bilan boʻlsa, inshaalloh, sahobiylar qatoridagi Afzallardan boʻlamiz. 1. Haromdan uzoq boʻling. Haromlarni nomi oʻzgarishi mumkin, lekin negizi oʻsha-oʻsha, haromligicha qoladi. 2. Farzlarni muhofaza qiling. Minglarcha farzi yoʻq Allohning. 3. Ota-onangizni xizmatida, itoatida boʻling. Ular mendan rozi, degan aniq ishonchingiz boʻlsin. Bu uch narsani bajarishda sizga hech narsa toʻsiq boʻla olmasin. Yuqorida aytdik, barcha sahobiylar olim boʻlmagan, lekin har birlarida shu uch xislat jam boʻlgan. Shu xilsatlar tufayli Alloh taolo yuz minglarcha sahobiylaring barchasi haqida Qurʼonning bir nechta oʻrnida zikr qilib shunday deydi: رضي الله عنهم ورضوا عنه Alloh ulardan rozi boʻldi, ular ham Undan(Allohdan) rozi boʻldilar. Balki siz Qurʼon hofizi, kuchli faqih, million-millon odamga taʼsir oʻtkazadigan daʼvatchi boʻlmassiz. Lek, yuqoridagi uch xislatni hayot davomida mahkam tutsangiz, bulardan-da yuksak maqom, Alloh taolo huzurida Afzal bandalar qatorida boʻlasiz, inshaalloh! Barcha harakatlarimizning maqsadi ham shu aslida. @makka_sari #fikr
Show all...
Look at this... 👀 https://pin.it/3qq6GPJ
Show all...
#tarix Umar ibni Vardiyning qibla xaritasi. Hijriy VIII asrda chizilgan. Ka'ba atrofiga oʻsha davrdagi markaziy shaharlarni qibla yoʻnalishiga qarab, aylana tarzida yozib chiqilgan. Ushbu asar qibla yoʻnalishlarini aniq va sodda koʻrsatib beradigan birinchi xaritalardan. Bu xaritadagi yoʻnalishlar hozirgi texnologiyalar orqali aniqlanadigan qibla yoʻnalishi bilan birga-bir toʻgʻri keladi. Xaritada Fargʻona shahri ham yozilgan ekan. @makka_sari
Show all...
#tarix Yana bir qancha xaritalar. Hijriy II, III, VI asrlarda chizilgan.
Show all...