cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Makka sari | Kanal toʻxtagan

Show more
The country is not specifiedThe language is not specifiedThe category is not specified
Advertising posts
340
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
#tarix Ma'muniyning dunyo xaritasi Hijriy II asr (milodiy IX asr)
Show all...
#tarix Ptolemey (Arabiston yarim oroli) xaritasi. Milodiy II asr
Show all...
#makka #tarix Makkai Mukarrama tarix davomida. Milodning ilk davrlaridan to bugungi kungacha boʻlgan oraliqda Makkai Mukarrama tarixi. Yaxshi kitob ekan. Elektron nusxasini topdik. Endi vaqti-vaqti bilan suratlar va uning sharhlarini joylab boramiz, İnshaalloh. @makka_sari
Show all...
#oyat Oq ramka ichida, hajarul asvad burchagida ustma-ust beshta "الله أكبر" - "Allohu Akbar" kalimasi yozilgan. Oq doira ichida, eshikni chap tarafida "يا حي يا قيوم" - "Ya Hayyu ya Qoyyum" kalimasi yozilgan. Yashil doira ichida, eshikni o'ng tarafida Fotiha surasini birinchi oyati - "الحمد لله رب العالمين" - "Olamlarning Robbi Allohga hamd bo'lsin!" deb yozilgan. Ko'k doira ichida, rukni Iroqiy yaqinida "يا رحمان يا رحيم" - "Ya Rohmanu ya Rohiym" kalimasi yozilgan. Ko'k ramka ichiga biror oyat yo kalima yozilmagan. Kim shoh boʻlsa oʻshani ismi yozilib, shuni nomidan Baytullohga sovgʻa deyiladi. Rasmda Salmon ibni Abdulaziz. @makka_sari
Show all...
Maqsadsizlik, rejasizlik odamni dangasa qiladi.
Show all...
#fikr 1. Bir xil o'lchamli ikkita kosa bor. Birini ichi oʻrik sharbati, boshqasida toza asal bor. 2. Bir kosa sharbatni har kim bir ko'tarishda icha oladi. 3. Lekin asal ham bir kosa boʻlgani uchun uni ham bittada ichib tugatsa boʻladi, degani emas. 4. Chunki asal sharbatga nisbatan kaloriyasi ko'proq, zichligi kattaroq. 5. Agar biror ochofat asalni ham bittada ichishni qasd qilsa, bu uni oshqozoniga og'irlik qiladi, burni qonab ketadi. Natijada asal oʻzi yaxshi narsa boʻlsa ham undan bezib qoladi. 6. Demak, kosani tezroq tugatish uchun emas, oʻzimizga keragicha isteʼmol qilishimiz kerak. Yuqorida keltirilgan misol sodda boʻlgani uchun koʻpchilik tushunadi. Xuddi shu qonuniyat kitob mutolaasida ham ishlaydi. Chunki mutolaa ham iste'molning bir turi. Lekin ayrim kitobxonlar buni tushunimaydilar. Tezroq va koʻproq oʻqishga oshiqishadi. 1. Ikkovi ham 300 betdan boʻlgan ikkita kitob bor. Biri bolalar uchun sarguzasht hikoyalar, boshqasi mikroiqtisodiyotning yechilmagan masalalari haqida. 2. Birinchi kitobni oʻqishni bilgan har bir odam hech qiyinchiliksiz bittada oʻqib tugata oladi. 3. Lekin ikkinchi kitob ham 300 bet boʻlgani uchun uni ham bittada oʻqib tugasa boʻladi, degani emas. 4. Chunki ikkinchi kitob birinchisiga qaraganda murakkabroq, miya tushunishi, hazm qilishi uchun ogʻirroq. 5. Agar biror ochofat kitobxon bittada oʻqishni qasd qilsa ham bu uning uchun ogʻirlik qiladi. Natijada kitob oʻqish oʻzi yaxshi ish boʻlsa ham undan bezib qoladi. 6. Kitobni tezroq tugatish uchun emas, "to'yimlilik darajasi"ga qarab oʻqisak tushunamiz va mutolaada bardavom boʻlamiz. Shunisi foydaliroq. @makka_sari
Show all...
Har kuni Baytullohda, har kuni ziyoratda, yana, Haramda xodim, koʻzi ibodatdagi odamlarga tushadi, oʻqigani Kalomulloh, eshitgani zikr, aylangani Kaʼbatulloh, yana, bularni bajarib, pul ham oladi, ajoyib a!?)))... ©Salim Ayyubiy @makka_sari
Show all...
#maʼlumot Jidda shahridagi Malik Abdulaziz Universiteti xorijlik talabalar uchun qabulni ochdi. Arab tilini bilmaganlar ham topshirishi mumkin. P. S. Ayollar ham topshirishi mumkin. Hujjat topshirish uchun: https://dcafl.kau.edu.sa/INDEX.ASP @makka_sari
Show all...
#fikr Koʻpincha darsga ketayotganda 2X qilib audio kitob eshitib ketaman. Bugundan "Taʼlimul mutaalim"ni sharhini qayta eshitishni boshladim. Hozir shu eshitish vositasi, quloqchinlar haqida baʼzi mulohazalarni yozmoqchiman. Odamlar asosan ikki xil quloqchindan foydalanadi: katta va kichik. Kattasi: qimmat va qoʻpol. Kichkinasi: arzonroq va ixcham. Arzonroq va ixchamligi uchun koʻpchilik kichikinasini tanlaydi. Lekin kichkina quloqchinlar quloqni toʻliq qoplamaydi, shu sababli tashqi shovqinni toʻsa olmaydi. Shuni hisobiga tashqi shovqinni ham qoplab ketishi uchun ovoz ancha baland chiqadi. Bunda zarar (albatta boʻladi) koʻruvchi quloq va uni egasi boʻladi. Kattasi esa quloqni butkul qoplab, tashqi shovqinni ancha toʻsadi. Shu sabab undan chiqqan oʻrtacha ovoz ham yaxshi eshitiladi. Imkon boʻlsa kattasidan olgan maʼqul. P.S. Shu oʻrinda sizga ham Sayfulloh Nosir hafizahullohni "Taʼlimul mutaalim"ga qilgan ushbu sharhini eshitib chiqishni tavsiya qilaman. Bunda talabalar uchun koʻp foydalar bor. Birinchi darsni havolasi: https://t.me/Sayfulloh_Nosir/802 @makka_sari
Show all...
Bugun "на принцип" yotib uxlaydigan kun. Bizlarga yarashmaydi, qadrdonlarim.
Show all...
Bugun mana shu qasidani o'qib qattiq ta'sirlandim, uni yodlab olishga qaror qildim. Sizlarga qasidani va unga ustoz Sayfulloh Nosir hafizahulloh sharhlarini taqdim qilaman. O'qib - eshitib foydalanarsiz. Oralaringizda ilm toliblari bo'lsa, yodlab olarlar. Alloh manfaatli qilsin. Ushbu go'zal she'r 213 - hijriy (828-milodiy)da vafot topgan buyuk shoir va zohid Abul Atahiyya rohimahulloh qalamiga mansub. بني دنيا بني لمع السراب لِدوا لِلمَوتِ وَاِبنوا لِلخَرابِ فَكُلُّكُمُ يَصيرُ إِلى ذَهابِ لِمَن نَبني وَنَحنُ إِلى تُرابٍ نَصيرُ كَما خُلِقنا مِن تُرابِ أَلا يا مَوتُ لَم أَرَ مِنكَ بُدّاً أَبيتَ فَلا تَحيفُ وَلا تُحابي كَأَنَّكَ قَد هَجَمتَ عَلى مَشيبي كَما هَجَمَ المَشيبُ عَلى شَبابي وَيا دُنيايَ ما لي لا أَراني أَسومُكِ مَنزِلاً إِلّا نَبا بي أَلا وَأَراكَ تَبذُلُ يا زَماني لي الدُنيا وَتَسرِعُ بِاِستِلابي وَإِنَّكَ يا زَمانُ لَذو صُروفٍ وَإِنَّكَ يا زَمانُ لَذو اِنقِلابِ وَمالي لَستُ أَحلُبُ مِنكَ شَطراً فَأَحمَدَ غِبَّ عاقِبَةِ الحِلابِ وَمالي لا أُلِحُّ عَلَيكَ إِلّا بَعَثتَ الهَمَّ لي مِن كُلِّ بابِ أَراكَ وَإِن طُلِبتَ بِكُلِّ وَجهٍ كَحُلمِ النَومِ أَو ظِلَّ السَحابِ أَوِ الأَمسِ الَّذي وَلّى ذَهاباً فَلَيسَ يَعودُ أَو لَمعِ السَرابِ وَهَذا الخَلقُ مِنكَ عَلى وَفازٍ وَأَرجُلُهُم جَميعاً في الرِكابِ وَمَوعِدُ كُلِّ ذي عَمَلٍ وَسَعيٍ بِما أَسدى غَداً دارُ الثَواب تَقَلَّدتُ العِظامَ مِنَ الخَطايا كَأَنّي قَد أَمِنتُ مِنَ العِقابِ وَمَهما دَمتُ في الدُنيا حَريصاً فَإِنّي لا أُوَفَّقُ لِلصَواب سَأَسأَلُ عَن أُمورٍ كُنتُ فيها فَما عُذري هُناكَ وَما جَوابي بِأَيَّة حُجَّةٍ أَحتَجُّ يَومَ الـ حِسابِ إِذا ذُعيتُ إِلى الحِسابِ هُما أَمرانِ يوضِحُ عَنهُما لي كِتابي حينَ أَنظُرُ في كِتابي فَإِمّا أَن أُخَلَّدَ في نَعيمٍ وَإِمّا أَن أُخَلَّدَ في عَذابِ. @MahmudUsmon
Show all...
Bugun mana shu qasidani o'qib qattiq ta'sirlandim, uni yodlab olishga qaror qildim. Sizlarga qasidani va unga ustoz Sayfulloh Nosir hafizahulloh sharhlarini taqdim qilaman. O'qib - eshitib foydalanarsiz. Oralaringizda ilm toliblari bo'lsa, yodlab olarlar. Alloh manfaatli qilsin. Ushbu go'zal she'r 213 - hijriy (828-milodiy)da vafot topgan buyuk shoir va zohid Abul Atahiyya rohimahulloh qalamiga mansub. بني دنيا بني لمع السراب لِدوا لِلمَوتِ وَاِبنوا لِلخَرابِ فَكُلُّكُمُ يَصيرُ إِلى ذَهابِ لِمَن نَبني وَنَحنُ إِلى تُرابٍ نَصيرُ كَما خُلِقنا مِن تُرابِ أَلا يا مَوتُ لَم أَرَ مِنكَ بُدّاً أَبيتَ فَلا تَحيفُ وَلا تُحابي كَأَنَّكَ قَد هَجَمتَ عَلى مَشيبي كَما هَجَمَ المَشيبُ عَلى شَبابي وَيا دُنيايَ ما لي لا أَراني أَسومُكِ مَنزِلاً إِلّا نَبا بي أَلا وَأَراكَ تَبذُلُ يا زَماني لي الدُنيا وَتَسرِعُ بِاِستِلابي وَإِنَّكَ يا زَمانُ لَذو صُروفٍ وَإِنَّكَ يا زَمانُ لَذو اِنقِلابِ وَمالي لَستُ أَحلُبُ مِنكَ شَطراً فَأَحمَدَ غِبَّ عاقِبَةِ الحِلابِ وَمالي لا أُلِحُّ عَلَيكَ إِلّا بَعَثتَ الهَمَّ لي مِن كُلِّ بابِ أَراكَ وَإِن طُلِبتَ بِكُلِّ وَجهٍ كَحُلمِ النَومِ أَو ظِلَّ السَحابِ أَوِ الأَمسِ الَّذي وَلّى ذَهاباً فَلَيسَ يَعودُ أَو لَمعِ السَرابِ وَهَذا الخَلقُ مِنكَ عَلى وَفازٍ وَأَرجُلُهُم جَميعاً في الرِكابِ وَمَوعِدُ كُلِّ ذي عَمَلٍ وَسَعيٍ بِما أَسدى غَداً دارُ الثَواب تَقَلَّدتُ العِظامَ مِنَ الخَطايا كَأَنّي قَد أَمِنتُ مِنَ العِقابِ وَمَهما دَمتُ في الدُنيا حَريصاً فَإِنّي لا أُوَفَّقُ لِلصَواب سَأَسأَلُ عَن أُمورٍ كُنتُ فيها فَما عُذري هُناكَ وَما جَوابي بِأَيَّة حُجَّةٍ أَحتَجُّ يَومَ الـ حِسابِ إِذا ذُعيتُ إِلى الحِسابِ هُما أَمرانِ يوضِحُ عَنهُما لي كِتابي حينَ أَنظُرُ في كِتابي فَإِمّا أَن أُخَلَّدَ في نَعيمٍ وَإِمّا أَن أُخَلَّدَ في عَذابِ. @MahmudUsmon
Show all...
18 yoshligimda birodarim Qahramon Xoliqnazarov bilan Toshkentga keldik. U ziyoli, keng fikrli, turk litseyini bitirgan, hozirgi muftiy hazratni jiyani. Suhbatlashsangiz maza qilasiz. Kelishimizdan maqsad ishlash edi. Koʻp qavatli uylar qurilishidan ish topdik. Asosan kafel terganmiz. Gapni ancha uzoqdan olib kelyapman. Uylar zoʻr. Maza qilib yashaladigan. Lekin kvartiralarni proektida bir narsaga umuman eʼtibor berilmagan. Qator-qator bir xil uylar, koʻpini hojatxonasi qibla tarafga qarab qolgan. Proektni chizganlarni ayblamaymiz. Ular bu masalani bilmasligi mumkin. Yoki bilishsa ham, muhandislar nazdida bu masala prorektni oʻzgartiradigan darajada muhim tuyilmagan boʻlishi mumkin. Xonadonni sotib olgan odam bilsa, qaytadan oʻziga moslab olar. Bilmaganlarga farqi yoʻq. Bularni aytishdan maqsadimiz, siz agar muhandislik, arxitektura sohasida oʻqishni istasangiz, Ummul Quroda yoki boshqa Universitetlarda oʻqishingiz uchun bajonidil, qoʻldan kelgan yordamni beramiz. Buni burchimiz deb bilamiz. Saudiyada bu sohada taʼlim juda yaxshi. Toki siz shu sohadagi boʻshliqni toʻldiring. Sohani "qiroli" boʻlib, uy loyihalarini musulmonlarni turmush tarziga mos boʻlishini ta'minlang. Qadrdonim, agar siz matematikani yaxshi oʻqimagan boʻlsangiz yoki bu sohada oʻqishni istamasangiz, post kerakli odamlarga yetib borishida koʻmaklashing. @makka_sari
Show all...
#Madina Islom Universitetiga qabul boʻlganlarga viza chiqishni boshladi! Marhabo! Madinaga bu safaringiz jannat safarini debochasi boʻlsin! Oʻzbekistondan keladiganlarda agar imkon boʻlsa, pochta olib kelish kerak edi. Haqqini beramiz. @makka_sari
Show all...
#Madina Islom Universitetiga qabul boʻlganlarga viza chiqishni boshladi! Marhabo! Madinaga bu safaringiz jannat safarini debochasi boʻlsin! Oʻzbekistondan keladiganlarda, agar imkon boʻlsa, pochta olib kelish kerak edi. Haqqini beramiz. @makka_sari
Show all...
Kisvadagi oyatlarni oʻrganishda davom etamiz. Ka'ba eshigi tepasiga Baqara surasidan ikki #oyat yozilgan: وَإِذۡ یَرۡفَعُ إِبۡرَ ٰ⁠هِـۧمُ ٱلۡقَوَاعِدَ مِنَ ٱلۡبَیۡتِ وَإِسۡمَـٰعِیلُ رَبَّنَا تَقَبَّلۡ مِنَّاۤۖ إِنَّكَ أَنتَ ٱلسَّمِیعُ ٱلۡعَلِیمُ 127-oyat Tarjimasi ____________________________ رَبَّنَا وَٱجۡعَلۡنَا مُسۡلِمَیۡنِ لَكَ وَمِن ذُرِّیَّتِنَاۤ أُمَّةࣰ مُّسۡلِمَةࣰ لَّكَ وَأَرِنَا مَنَاسِكَنَا وَتُبۡ عَلَیۡنَاۤۖ إِنَّكَ أَنتَ ٱلتَّوَّابُ ٱلرَّحِیمُ 128-oyat Tarjimasi @makka_sari
Show all...
#kitob العربية بين يديك Bayna yadayk - arab tilini oʻrganish uchun qulay va eng koʻp tarqalgan qoʻllanma. @AlArabiyatuBaynaYadayka_Bot Kitobni barcha qismini PDF varianti audio darslari bilan bor ekan. Sizdan faqat oʻqish qolyapti. Shu kitobdan dars boshlashni istovchilar soniga qarab alohida guruh ham tashkil qilishimiz mumkin. @makka_sari
Show all...
Qabul boʻlishini kutayotgan, Saudiyada oʻqimoqchi boʻlganlarga birodarona tavsiya. Ot poygasini tasavvur qilib koʻring. Hamma start chizigʻida yugurishga shay turibdi. Start berildi. Hamma yugurib ketdi. Lekin Toʻxtasin degan chavandoz endi otini egarlashni boshlayapti. U start berilgandan keyin, har soniyasi qimmatli boʻlgan vaqtini mayda narsalar uchun sarf qilyapti. Buni oqibati maʼlum. Toʻxtasindek boʻlib qolmaslik uchun: 1. Niyatni toʻgʻri va katta qilish kerak. Agar talabani niyati 5-6 yil yashab kelish boʻlsa oʻzini hech narsaga majburlay olmaydi. Chiroyli joylarni rasmga olib, video tayyorlashdan nariga oʻtmaydi. Bu voqelikda mavjud. 2. Imkon boʻlsa noutbuk, Kindle ebook oling. Besh asr oldingi talabaga qogʻoz, siyoh, qanchalik kerak boʻlgan boʻlsa, bugun bular shunchalik kerak. 3. Kam uxlashga tanangizni, kun tartibiningizni moslashtiring. Uyqudan tejalgan 2 soat talabaga ancha narsa beradi. 4. Talaba oʻzi oʻqimoqchi boʻlgan yoʻnalishidagi, oʻz tilida mavjud boʻlgan kitoblarni oʻqib chiqsin. Agar ilm olishga jiddiy niyati boʻlsa. 5. Oʻzbekiston(Turkiya, Rossiya)ni oʻzida ham arab tilini, bemalol, yaxshi darajada oʻrgansa boʻladi. Arab tilidan 0 boʻlib borish – ayni poyga vaqtida otni egarlashdir... Siz ham davom ettirishingiz mumkin: 6. Agar maqsaddan chalg'ib qolsa, ummatga kerakligini eslab tursin. Tobeinlar kabi bo'lishni orzu qilsin, niyati va harakati kichik bo'lsa maqsadga erisha olmaydi. Makkada yo boshqa joyda oʻqirkanmiz yurtimizdan bir namuna boʻlamiz. Yurtga qaytsak Universitetni namunasi boʻlamiz. Bu katta masʼuliyat! Alloh sizga barakali ilm bersin! @makka_sari
Show all...
كَانُوا۟ قَلِیلࣰا مِّنَ ٱلَّیۡلِ مَا یَهۡجَعُونَ Zoriyot surasi 17-oyat
Show all...
#oyat بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَـٰنِ ٱلرَّحِیمِ وَإِذۡ جَعَلۡنَا ٱلۡبَیۡتَ مَثَابَةࣰ لِّلنَّاسِ وَأَمۡنࣰا وَٱتَّخِذُوا۟ مِن مَّقَامِ إِبۡرَ ٰ⁠هِـۧمَ مُصَلࣰّىۖ وَعَهِدۡنَاۤ إِلَىٰۤ إِبۡرَ ٰ⁠هِـۧمَ وَإِسۡمَـٰعِیلَ أَن طَهِّرَا بَیۡتِیَ لِلطَّاۤىِٕفِینَ وَٱلۡعَـٰكِفِینَ وَٱلرُّكَّعِ ٱلسُّجُودِ Bismillahir rohmanir rohiym. Uyni odamlar uchun masaba* va omonlik joyi qilganimizni eslang. Va Ibrohimni maqomini namozgoh tuting. Va Ibrohim va Ismoilga: "Uyni tavof qiluvchilar, muqim turuvchilar, ruku' va sajda qiluvchilar uchun poklab qoʻyinglar", deb amr qildik. Baqara surasi 125-oyat *Masaba — qayta-qayta borilsa ham to'yilmaydigan, sogʻinaveriladigan joy. Suratda pastki chap burchakda maqomi Ibrohim joylashgan. @makka_sari
Show all...
#madina مدينه إسلام جامعسيگه قبول يپلده Madina Islom Universitetiga qabul yopildi. @makka_sari
Show all...
Ilk saboqlarni onamdan olganman. Esimda, duo qilishni oʻrganayotganimda menda shunday savol paydo boʻlgan: - Xudoga "sen" deb gapirsam jahli chiqmaydimi, axir? Nega sizlamaymiz? Bu savolga keyinchalik javob topdim: Arab tilida "sensirash" yo "sizlash" degan narsa yoʻq. Bu turkiy tillarda bor. Maʼlumki "sizlash" xurmatni bildiradi va yana koʻplik maʼnosi ham bor. Masalan: Xurmat maʼnosida: Xush kelibsiz mehmon! Koʻplik maʼnosida: Xush kelibsiz mehmonlar! Paygʻambarimiz sollallohu alayhi va sallam haqlarida gapirganimizda xurmat maʼnosida "dedilar", "qildilar" deymiz, shundaymi? Lekin Alloh taolo haqida gapirganimizda "senlab" gapiramizki, sizlaganda koʻplik maʼnosi paydo boʻlib qolmasin. Shunga eʼtibor berganmisiz? Vahdoniyatga boʻlgan bunchalik nozik eʼtibor bizdan avvaldan mavjud. @makka_sari
Show all...
#makka Deyarli har kuni Ummul Quroga qabul ochildimi, deb savol keladi. Ummul Qurodagi arab tilini oʻqitish ma'hadida deyarli talaba qolmadi. Yana bir yil talaba qabul qilmasa ma'had boʻshab qoladi. Shunga qaramay, haligacha bir yil oldin qabul boʻlganlarga viza chiqarib berilgani yoʻq. Ular hali kutishyapti. Yangi arizalar qabul qilish uchun ham, hozircha, qabul portali ochilmayapti. Ochilsa albatta kanalda xabar beriladi, Inshaalloh. @makka_sari
Show all...
#makka Deyarli har kuni Ummul Quroga qabul ochildimi, deb savol keladi. Ummul Qurodagi arab tilini oʻqitish ma'hadida deyarli talaba qolmadi. Yana bir yil talaba qabul qilmasa ma'had boʻshab qoladi. Shunga qaramay, haligacha bir yil oldin qabul boʻlganlarga viza chiqarib berilgani yoʻq. Ular hali kutishyapti. Yangi arizalar qabul qilish uchun ham hozircha qabul portali ochilmayapti. Ochilsa albatta xabar beriladi, Inshaalloh. @makka_sari
Show all...
#fikr Tahoratdan keyin yuzni shu qismlari koʻpincha yaxshi quritilmaydi. Sovuq kunlarda tahorat qilganda yuzni yaxshilab quritish kerak. Sovuqda bu holat bir necha marta takrorlansa... Nima boʻlishini oʻzingiz yaxshi bilasiz. O'zingizni ehtiyot qilaverasiz, yaqinda superkontraktda oʻqigan talaba doktorlar o'qishni bitirib chiqadi. @makka_sari
Show all...
#makka 1. Hajarul asvad 2. Ka'ba eshigi 3. Rahmat tarnovi 4. Poydevor 5. Hijri Ismoil (Hatim) 6. Multazim 7. Maqomi Ibrohim 8. Rukni Hajarul asvad 9. Rukni Yamoniy 10. Rukni Shimoliy 11. Rukni Iroqiy 12. Ka'ba yopinchigʻi (Kisva) 13. Jigarrang chiziq @makka_sari
Show all...
Qurʼonni qanday qilib bir oyda xatm qilish mumkin? Yoki undan ertaroq! Qurʼon sahifalarini adadi 600 sahifa 600 sahifani 30 kunga boʻlsa, kuniga 20 sahifadan. 20 sahifani 5 vaqt namozga boʻlsa, har namozdan keyin 4 sahifadan toʻgʻri keladi. Natija: Har namozdan keyin faqat 4 sahifa va oy yakunida Alloh izni bilan xatm boʻladi. P. S. 4 sahifani oʻqishga oʻrtacha 6 daqiqa yetadi. Bu usulda hech qanday ogʻirlik, bezish boʻlmaydi. Yangi Qurʼon oʻquvchilariga ayni mos keladi. @makka_sari
Show all...
Istalgan kitobni aslidan koʻra PDF nusxasini topish oson, ham arzon. Lek qoʻlingizdagi smartfon yo noutbuk 4-5 soatlab oʻqish uchun noqulay. Rasmdagi ruschasiga "читалка" deyiladi. Faqat elektron matn oʻqish uchun. Ekrani koʻzni yoshlantirib, achishtirmaydi. Quvvati anchaga yetadi. Talabaga kerakli matoh. Kerak boʻlsa Amazondan topasiz.
Show all...
#madina #maʼlumot • Madinada Islom Universiteti bor ekan, shu haqda toʻliqroq maʼlumot bormi? • Universitetga hujjat topshirmoqchiman, nima qilaman? • Universitetga qabul boʻldim, endi qanday viza olaman? • Viza oldim, endi qanday uchaman? • Saudiyaga keldim, endi nima qilaman? Ushbu post shu savollarga javob boʻladi. Hamma maʼlumotlar Madina Islom Universiteti tomonidan tasdiqlangan. https://telegra.ph/Madina-Islom-Universiteti-haqida-hamma-narsa-10-30
Show all...
#maʼlumot Agar "Xalq soʻzi" gazetasidagi ushbu maʼlumotlarga tayanadigan boʻlsak, Saudiyadagi jomeaga qabul boʻlgan, va ayni paytda Oʻzbekistonda ham Universitetda oʻqib turgan talaba, Saudiyada oʻqib kelish uchun bemalol 4(yo koʻproq) yilga akademik taʼtil olishi mumkin boʻladi. Yana aniqlik kiritish kerak. @makka_sari
Show all...
#tarix Muhammad Kamol Ismoil - Masjidul Haram va Masjidun Nabaviyni kengaytirish loyihalarini bosh muhandisi. 14 asrdan beri Haramaynda amalga oshirilgan eng katta loyihaning rahbari. Haramaynning bugungi dizayni, koʻrinishi muallifi. 1908-yilda tugʻilgan. Muhandislar maktabiga qabul qilingan va uni tamomlagan eng yosh talaba hisoblanadi. Bu kishi Saudiya qirollari, Abdulazizdan tortib, hozirgi Salmongacha zamondosh boʻlgan. Haramayn masjidlarini kengaytirishdagi xizmatlari uchun $1 million mukofot taklif qilingan. Muhandis bu mukofotni rad qilgan. 2008-yil 100 yoshida vafot etgan. Bunday shaxsiyatlarni hayotini oʻrganar ekanman, hayolimga shunday fikrlar keladi: Ularni Alloh oʻz huzuridan bir vazifa bilan dunyoga yuboradi. Ular umri davomida hech qayerga qayrilmay, oʻz vazifasini toʻla bajarib, yana Allohning huzuriga qaytishadi. Bu satrlarni yozar ekanman koʻzimdan beixtiyor yosh tommoqda! Xullas, maqsadni, niyatni kichik qilmaslik kerak. Sizni ham bir vazifangiz bor, vallohu aʼlam. @makka_sari
Show all...
#kitob "500 musulmon-2022" Qisqacha: •Yil muslimasi: Samia Hassan •Yil muslimi: Pfizer ixtirochisi Dr Ugʻur Shahin •Islom olamidagi voqealar Falastindagi holat Afgʻonistondagi holat •Kazo-kazo 50ta musulmon va ulardan keyingi 450ta. •Olimpiya sovrindori boʻlgan musulmon sportchilar •Xattotlik namunalari • Statistikalar P. S: Imkoningiz boʻlsa shu kitobni tarjima qilib, nashr qilsangiz oʻziyam asal ish boʻladi. Bu kitobga taqiq ham boʻlmasa kerak. Boʻlmasa, oʻzingiz oʻqib chiqing. Qadrdonim, agar tushunmasangiz, hech yoʻq, rasmlarini koʻrib chiqing. @makka_sari
Show all...
#savol Aloqa uchun: Assalomu alaykum. Yaxshimisiz? Man masalan Ummul Qurodan boshqa chekaroq universitetga qabul qilinib qolsam, keyin uni Makkaga koʻchirsam boʻladimi? Javob: Va alaykum assalom. Hujjatlarda imkoni bor. Amalda qiyin. Bizga amaldagisi qiziq. Boshidan tushuntiraman. Koʻpchilik birdan 4-5ta jomeaga hujjat topshiradi. Bunda qabul boʻlish ehtimoli oshadi, albatta. Bittasiga qabul boʻladi. Lekin boshqasida oʻqishni koʻproq xohlar edi. Endi u oʻqishini oʻzi xohlagan joyga koʻchirmoqchi. Shunday qilsa boʻladimi? Bir jomea, masalan, Riyozdagi Malik Saud Universiteti sizni ming-minglab nomzodlar ichidan tanlab olib, oʻqishingiz uchun ming-minglab rial mablagʻ tikishga rozi boʻldi. Oʻzi ular bunga majbur emas edilar. Siz esa Universitetda bir yil oʻqib, oʻqishni boshqa Universitetga oʻtkazmoqchiligingizni aytdingiz. Buni hujjatlarda imkoni bor, lekin Universitet maʼmuriyatiga bu yoqmaydi va soʻrovingizni bittada bajo qilmaydi. "Nega boshqa jomeaga oʻtmoqchisan, Malik Saudda oʻqishni xohlaysanmi", deb sababini soʻraydi. Tayinli, asosli sabab ayta olmasangiz arizaning qanoatlantirilmaydi. Masalan, Madinada, Nabiy alayhissalom yashagan shaharda oʻqimoqchi ekanliginingizni aytsangiz "nega unda Malik Saudga hujjat topshirding, nega unda Riyozga kelding", deb soʻraydi. Tamom. Mudirlar koʻziga yomon koʻringaningiz qoladi. Mabodo, arizangiz maʼmuriyat tomonidan qanoatlantirilgan taqdirda, Makkadagi Universitet sizni toʻgʻridan-toʻgʻri qabul qilmaydi. Baholarningizga qaraladi, yo imtihon topshirasiz. Bu jarayon juda qiyin va bir yilgacha choʻziladi. Har bir Universitet alohida yuridik shaxs hisoblanadi. Har biri oʻzini reytingini, obroʻsini oʻylaydi. Riyozga kelgan talabalar birma-bir Makkaga, Madinaga oʻtib ketaversa, Universitet reytingi pasayadi, obroʻsi tushib ketadi. Bu Universitet maʼmuriyatiga yoqmaydi. Shuning uchun bu haqda oʻylab oʻtirmaslik kerak. Qayerda boʻlsa ham, sizga imkon berildimi, qattiq oʻqish kerak. Yoki oʻzingiz istagan Universitetdan boshqasiga hujjat topshirmaslik kerak, tamom. @makka_sari
Show all...
#oyat 🟦لا اله الا الله الملك الحق المبين محمد رسول الله صادق الوعد الأمين (La ilaha illallohul malikul haqqul mubiyn, Muhammadur rosulillahi sodiqul va'dil amiyn.) Malik, Haq, Mubin boʻlgan Allohdan oʻzga iloh yoʻqdir, Va'dasiga sodiq, Amin boʻlgan Muhammad Allohning rosulidir. __________________________ 🟩Yashil ramka ichida basmala bilan Quraysh surasi toʻliq yozilgan. ______________________ Eng quyida biror oyat yo zikr yozilmagan. Kim shoh boʻlsa, oʻshani ismi yoziladi. Bu rasmdagi Fahd ibni Abdulaziz ekan. Hozirgisi Salmon ibni Abdulaziz. @makka_sari
Show all...
#makka Ummul Quro Universitetiga 1443-yil uchun qabul yoʻriqnomasi chiqdi. Tez orada qabul ham ochiladi, inshaalloh. Arab tilini bilsangiz tanishib chiqing. Yoʻriqnomadan asosiy, kerakli joylarini kanalga joylaymiz. Siz albatta oʻqishga kirasiz. @makka_sari
Show all...