Official Telegram channel of the President of Ukrainewatch here
Best analytics service

Add your telegram channel for

  • get advanced analytics
  • get more advertisers
  • find out the gender of subscriber
Channel location and language

audience statistics Makka sari | Kanal toʻxtagan

4490
~1 048
~0
233.41%
Telegram general rating
Globally
2 923 318place
of 5 713 716
of 94
In 
635place
of 667
Books
|
635 of 667
Education
|
1029 of 1117
COMPONENTS.FILTER.SELECTED.CATEGORY: arabia
|
4 of 4
COMPONENTS.FILTER.SELECTED.CATEGORY: arabia
|
8 of 8

Subscribers gender

Find out how many male and female subscibers you have on the channel.
?%
?%

Audience language

Find out the distribution of channel subscribers by language
Russian?%English?%Arabic?%
Subscribers count
ChartTable
D
W
M
Y
help

Data loading is in progress

User lifetime on the channel

Find out how long subscribers stay on the channel.
Up to a week?%Old Timers?%Up to a month?%
Subscribers gain
ChartTable
D
W
M
Y
help

Data loading is in progress

Since the beginning of the war, more than 2000 civilians have been killed by Russian missiles, according to official data. Help us protect Ukrainians from missiles - provide max military assisstance to Ukraine #Ukraine. #StandWithUkraine
واخر دعوانا ان الحمد لله رب العالمين
490
1
Biror qalbga qaygʻu soladigan hodisa boʻlganida Ibn Qayyimning ushbu goʻzal soʻzlarini shukronalikka gʻarq boʻlgan holda takror-takror oʻqiyman: «Agar Alloh bandalari uchun pardalarni koʻtarganida edi, ular Allohning taqdirlarni qanday goʻzal tadbir qilishini va bandalarining manfaatlari uchun ularning oʻzlaridan harisroq ekanini koʻrib, qalblari Allohga muhabbatdan erib ketgan, U Zotga shukronalikdan parchalanib ketgan boʻlardi.»
940
23
Kino shu yerda tura tursin. Ertaga xotirlash kerak boʻlsa shuni koʻrib xotirlang.

"OTAMDAN QOLGAN DALALAR" FILMI.mp4

379
13
Juzni nechanchi sahifadan boshlanishini topish formulasi. 1. Juzning tartib raqamidan 1ni ayir. 2. Qolgan sonni 2ga koʻpaytir. 3. Chiqqan sonning ortiga 2 raqamini qoʻy. Misol: 13-juz nechanchi sahifadan boshlanadi? 1. 13-1=12 2. 12*2=24 3. 24+2=242 Javob: 13-juz 242-sahifadan boshlanadi. 17-juzni hisoblab, tekshirtirib koʻring.
1 013
31
#oyat Qurʼon ilk mus'haf holiga keltirilgandagi xat turidan. Qaysi oyatligini bildingizmi? Nuqta, harakatlarisiz ham qiynalmay oʻqib ketgan boʻlsangiz, demak, Qurʼonga koʻp qaraysiz.👍
972
25
Nafsni feʼli shundayki, siz biror foydali narsa bilan shugʻullanishni boshlasangiz darrov sizni toʻxtatishga urinadi. "Zoʻriqmay mazza qil! Quvvatingni asra", deydi. Nafsga uzoq yillik buyuk rejalaringizni bir tiyinlik qizigʻi yoʻq. Hozir, ayni damda uni tinch qoʻysangiz, qiynamasangiz bas. Darslarni(yoki boshqa ishlarni) oxiriga yetkazish uchun uni qogʻozga yozib, koʻrinadigan joyga qoʻyiladi. Qogʻozga tushirilmagan reja - rejamas. Buning uchun maktabdagi kundalik ham boʻladi. Bu darslarni davomli boʻlishi uchun kerak. Boʻlmasa, darslar boshida oson va qiziqarli boʻlib, oʻrtasiga kelganda qiziqish pasayib, shu bilan esdan chiqib ketishi mumkin. Bunaqa holat oʻzimni boshimdan koʻp oʻtgan. Haqiqatda biz uchun zarur bilimlar zerikarli boʻladi. Vazifani yaxshi bajarsangiz oʻzingizni (masalan biror shirinlik koʻrinishida) siylab turing. Teskarisi boʻlsa teskarisi. Avvalo ishni Alloh nomi bilan boshlab, doim Undan yordam soʻrab turiladi. Endi bu nafsga qolsa uchta kamerali telefonda yeydigan ovqatini, chiroyli joylarni rasmlari tagiga ajabtovur soʻzlar yozish kabi bachkana, befoyda ishlar yoqadi. Bu amalda koʻp uchraydi. Alloh bizlarga behuda ishlardan saqlaydigan hikmat bersin!
Show more ...
736
6
Alloh taolo ibodatlarimizni qabul qilsin. Saflarimizni bundanda kengaytirsin. Barchamizni jannatida jam qilsin. Iydul fitr muborak bo'lsin, qadrdonlar!
825
5
​Ramazonda Ummul Quro, Madina Islom Universiteti va boshqa jomealar ham ilk qabul boʻlganlar ismini eʼlon qildi. Endi qabul boʻlgan nomzodlar arizasi Saudiya taʼlim vazirligidan tasdiqlanib, vizalar chiqquncha biroz vaqt ketadi. Tahminan, iyul, avgust oylarida chiqadi. Shu vaqt oraligʻida sizga qat’i maslahatim: "Qabul qilindingiz" degan xabardan keyin kishida katta gʻayrat paydo boʻladi. Shu potensialdan foydalanib, hamma narsani yigʻishtirib sarf bilan nahvni oʻrganishga kirishing. Bularsiz juda qiynalasiz. Iloji boʻlsa ustoz topib, oʻzingiz uchun alohida dars oling. Guruhlar juda sekin ketadi. Bayna yadayk, Madina kurslarini oʻqiyotgandirsiz, lekin ular asos boʻla olmaydi. Tilni asosi, hech shubhasiz, Sarf va Nahv. Alloh barakali vaqt, oʻtkir zehn bersin! Sarf bilan nahvni ancha-muncha oʻqib qoʻyganlar bu postni koʻrib:
Show more ...
image
1 096
14
#makka Ummul Quro Universitetiga O'zbekistondan qabul bo'lganlar! ABDURAKHMON SAYFULLO OGLI ODILOV ZAFARYOR ORIFJON OGLI ALIEV ABDULBORIY USMANZHON UGLI MAKHAMADJANOV DIYORJON DAVLATJON UGLI ISAKOV MUKHAMMAD UMAR SHUHRAT SON ISMOILOV SAYFULLO MAMUTOV NASIBAKHON BAKHODIROVA MURODJON KURBANOV AKHROLJON ZIYABAEV SAIDABDULLOKHON ABDURAKHIMOV
1 335
14
​​Oʻgʻlimni qishloqni tekis yoʻlidan velosipedda Qurʼon bilan Matematikaga ixtisoslashtirilgan bogʻchaga tinchgina olib borib, oʻzim mahalladagi ixcham masjidda Hidoyadan navbatdagi darsni oʻtgani keldim. Butun boshli orzu-maqsadlarim(iz) shunda jam.
image
1 094
5
Bilishimiz kerak boʻlgan narsa shuki, hozirgi gʻarib holatimiz oʻtmishdagi loqaydlik, eʼtiborsizlik, mayda-chuyda ishlardagi murosasiz ixtiloflarimizning va boshqa xatolarimizning xosilasidir. Tarix eng yaxshi muallim. Bu holatimizni oʻnglash uchun: • Agar imom boʻlsangiz jamoat bilan Falastinliklar haqqiga duo qiling. "Falastin" soʻzi ishlatilmasa ham jamoatni oʻzi tushunib oladi. Jamoatni pozitsiyasini bildirib qoʻying. Bu pozitsiyalar toʻlqini, albatta, Falastinga yetib borib, zolim qalblarga qoʻrquv soladi, albatta. Munkarni faqat qalb bilan qaytarib eng nozik iymon egasi boʻlib qolishdan saqlaning. Imomlikdan olinish xavfini esa jannat kaliti deb biling. • Agar oddiy ishchi, taksist, oʻqituvchi, injener, shifokor, oshpaz,... boʻlsangiz turmush tarzingizni Islomiy meʼyorlarda sozlab, kasbiy amalingizni eng yaxshi holatda bajaring. Oʻz xulqingiz bilan Islom iforini taratuvchi gulga aylaning. • Agar moddiy taraflama boy boʻlsangiz odamlar oʻqishi zarur boʻlgan kitoblar uchun toʻlov qilib, minglab kitoblarni tannarxini arzonlashtiring. Oddiy kitobxon boʻlsangiz oʻqigan kitoblaringizni boshqa odamlarga oʻqigani bering. • Uy bekasi, bolalarni onasi boʻlsangiz "Yo Robbim! Musulmonlarni oldingi saflarida turib Quddusni himoya qilishni istashimizga, ammo bunga qudratimiz yetmasligiga ham Oʻzing guvohsan! Lekin qudratimiz yetganini qilamiz", deb duo qilib, bolalaringiz bilan Qurʼon maʼnolari tarjimasi, Riyozus Solihiynni xatm qiling. • Kuchsiz, semiz boʻlsangiz sport bilan shugʻullaning. Iloji boʻlsa yakka kurashlar bilan. • Gunohligini bilib turib maʼsiyatlardan qaytmay yuradigan birodarlar, shu gunohlaringizni tashlash orqali musulmonlarni holini oʻnglashda ishtirok eting. • Bu roʻyxatni koʻp davom ettirish mumkin. Jamiyatdagi ijtimoiy holatidan kelib chiqib har bir kishining bajarishi kerak boʻlgan asosiy vazifalari bor. Islom atalmish bogʻda har birimiz yashnab turgan gulga aylanishimiz kerak. Shunda umumiy manzara oʻzgaradi. Tarmoqlarda post qoʻyib, izohlarda faol boʻlishni oʻzi yaramaydi. Facebook ham "soʻz erkinligi" degan maskasini uloqtirib, yahudlarni zulmi koʻrsatilgan xabarlarga blok qoʻyyapti. Baʼzilar, nega Yevropa OAVlari jim, deyishyapti. Siz nimani kutgandingiz? Kofirlar bu kabi zulm, ikkiyuzlamachiliklarini to qiyomatgacha toʻxtatishmaydi: زُيِّنَ لِلْكَافِرِينَ مَا كَانُوا يَعْمَلُونَ Kofirlarni qilayotgan ishlari ziynatlab qoʻyildi. Bizning joriy holatimizga qarab yo zulmlarini ochiqchasiga qilishadi, yo kuchi yetmagan avlod ich-ichidan yonib, ichida saqlagan nafratini keyingilariga qoldirib, oʻtib ketadi. Zulm zolimlar boshiga osmondan tosh yogʻilishi yoki gʻoyibdan boshqa biror hodisa boʻlish bilan emas, oʻz-oʻzimizni tizimli isloh qilishimiz bilan (vaqtinchalikka) barham topadi. إِنَّ اللَّهَ لَا يُغَيِّرُ مَا بِقَوْمٍ حَتَّى يُغَيِّرُوا مَا بِأَنفُسِهِمْ Bir qavm oʻzini isloh qilmagunlaricha Alloh ularni isloh qilmaydi. Alloh bizlarga oʻz-oʻzimizni isloh qilib, Qurʼonda tariflagan moʻminlar kabi sifatlanganimidan soʻng zolimlar zulmi davf boʻlishini tushunadigan aql, hikmat bersin! Zero Alloh va’dasi haq boʻlgan Zot: وَلَن يَجْعَلَ اللَّهُ لِلْكَافِرِينَ عَلَى الْمُؤْمِنِينَ سَبِيلًا Alloh hargiz kofirlarga moʻminlar ustidan yoʻl bermaydi. P.S. Ushbularni yozgach, oldin akamga koʻrsatib, fikrlarini oldim. Ular ham yozganlarimni maʼqulladilar. Talaba Fayzulloh Orifxon
Show more ...
851
4
Darslar koʻpaygani sabab kanal vaqtincha toʻxtatildi.
604
3
Darslar, vazifalar koʻpaygani sababli kanal vaqtincha toʻxtatildi.
1
0
Shu maʼnodagi savollar juda koʻp kelgan: Makka, Madinada ilm olib, keyin qanday qilib butunlay qolib ketish mumkin, buni yoʻli bormi? Hozir buni yoʻlini tushuntirmoqchi emasman. (Bu post ilm toliblarigagina qaratilgan.) Har qaysi moʻmin borki, haramaynda yashab qolishni orzu qiladi. Umuman, inson oʻz qarashlariga mos muhitda yashashni istaydi. Rasmlariga qarab orzuqadi. Lekin men masalaga hissiyotlarsiz, alq bilan yondoshish tarafdoriman va hozir shaxsiy qarashimnigina bayon qilaman. Albatta bu siznikidan farq qilishi mumkin. Tasavvur hosil boʻlishi uchun ushbu ayanchli hikoyani keltiraman: Suvsizlikdan qiynalayotgan qavmning bir qancha a’zosi suv olib kelish uchun suv serob joylarga safar qilishdi. Suv serob manzillarga yetib kelishdi va avvalo oʻzlarini chanqogʻlarini qondirishdi. Qarashsalar bu oʻlkani turgan bitgani rohat-farogʻat ekan. Nega kelishgani eslaridan chiqdi. Koʻpchiligini ketkisi kelmay qoldi. Oqiljon esa "biz qavmimizga suv olib borish uchun kelmaganmizmi", deb sheriklarini ogohlantirdi. Sheriklari unga quloq solishmadi. Chunki bunday yaxshi makondan suvsiz sahroga qaytishni istashmadi. Oqiljon oʻzi koʻtarishi mumkin boʻlgan yukni yelkalab, yurtiga qaytib ketdi. Lekin baribir yakka kishi butun qavmga yetadigan miqdordagi suvni olib bora olmasdi. Haqiqatda suv hammaga yetmadi. Oqibatda qavmning nimjonlari birin-ketin suvsizlikdan halok boʻla boshlashdi. Islom suv bilan qiyoslandi. Ilm safarida boʻlib (yoki endi niyat qilib) turgan birodarim, qavmingiz Islomsizlikdan qiynalayotganda, sizni oʻsha yerda umrbod qolish niyatingizni hecham oqilona qaror deb boʻlmaydi. Ikkita ishdan birini tanlashda nafsga ogʻirrogʻi haqqa yaqin boʻladi. Bugun Misr, Saudiya, Turkiya kabi yirik manzillarda Islom zehniyatini katta qismi saqlanadi. U yerda sizni darajadagi olimlar yetarlicha. Yurtingiz esa siz kabi mutaxassislar yetishmay, ilmingizga katta ehtiyoj bor. Oʻsha yerda koʻproq keraksiz. Bu xorijda ilm talab qiluvchi barcha vatandoshlarga ta’luqli. Yurt deganda millionlagan ummatni nazarda tutaman, hukmron siyosiy tashkilotni emas. Siyosiy tashkilot uchun qaytib kelmaganingiz maʼqul. وَكَذَ ٰ⁠لِكَ أَوۡحَیۡنَاۤ إِلَیۡكَ قُرۡءَانًا عَرَبِیࣰّا لِّتُنذِرَ أُمَّ ٱلۡقُرَىٰ وَمَنۡ حَوۡلَهَا Zero Alloh taolo Shuro surasini 7-oyatida Qur'onni nozil qilishdagi maqsadlarni bayon qilib, faqat Ummul Quro(Makka)nigina emas, balki uni atroflarini ham ogohlantirish uchun vahiy qilganini aytadi. Ilm hamma yerga teng yoyilishi maqsadga muvofiq. Yoʻqsa sahobiylar ham ilmni yetkazish vazifasi boʻlmaganda Madinadan tashqariga chiqishmas edilar.(رضي الله عنهم) Demak, koʻpchilik biror sohada xorijda ilm olib, mutaxassis boʻlgach, boshqa yurtlarda qolishni emas, oʻz yurtiga qaytishni oʻylashi kerak. Bu haqda koʻp yozish mumkin edi. Choʻzilib ketmasligi uchun shu yerda toʻxtamiz. Xulasa chiqarish uchun yetarli boʻldi deb oʻylayman. Alloh bizga ikki dunyoda manfaatli ilmlarni oʻrganib, unga amal qilishni va uni muhtojlarga yetkazishni nasib qilsin!
Show more ...
1 206
9
"Ватандошлик дастури" kitobidan ilhomlanib mana shu foydali infografikani tuzgan edim.
902
6
899
6
Sof fitratli bolalarni suhbatini eshitib koʻring. Ichingiz yorishadi.
Shayx bo'lish orzusidagi bolakay bilan suhbat
223
3
Bu infografikada Saudiyadagi barcha Universitetlarning nomi, mavqifi va saytlari mavjud.

الجامعات_السعودية_الحكومية_والأهلية_إعداد_يوسف_ميان.pdf

1 533
68
Bugun men oʻqigan eng yaxshi jumla: Ota bilan oʻgʻil oʻzaro savdolashishmaydi.
1 245
5
Bugun men oʻqigan eng yaxshi jumla: Ota bilan oʻgʻil oʻzaro savdolashishmaydi.
1
0
Oʻylab-oʻylab shu soʻzni topishipti: "koʻmaklashish". Shular koʻmaklashmay turganda Misrga borish osonroq, tezroq, qulayroq edi. Iddaosi koʻmaklashish, muddaosi esa halal berish, taqiqlash, nazoratga olish. Unga Misrga ketgan 18 yoshdan, 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar statistikasi keltirildi. Raqamlarni koʻrib, yuragi oʻynab ketti. Galstugini boʻshatib, tepa tugmasini yechib qoʻydi. Chunki raqamlar oʻtkan yilnikidan ancha koʻpaygandi. Tamaki hidi anqib ketgan xona devoridagi birinchi rahbarni rasmiga termulgancha sigarani chuqur tortib – buni bir nima qilish kerak – dedi, pichirlab. Natijada yana bir mana shunday mantiqsiz byurokratiya paydo boʻldi. Bu raqamlarni kamaytirishi mumkin, lekin ehtiyojlar kamaytirmaydi. Teskari effekt beradi. *Rasmdagi Azharga oʻqish uchun ariza. (negativ)
Show more ...
1 522
12
#maʼlumot Amira Nura Universiteti xorijlik tolibalarga qabulni ochdi. Riyoz shahridagi bu Universitet ayol-qizlar uchun moʻljallangan. Qabul 27-martgacha ekan. Universitet haqida batafsil maʼlumotlarni rasmiy saytidan olishingiz mumkin: Arab tilini bilish shart qilinmaydi. Ariza topshirish vaqtida Saudiyadagi mahram talab qilinmaydi. Safar esa mahram bilan boʻladi. Ariza topshirish uchun:
1 608
51
Yoshligimizda loydan, qumdan uycha, qasrcha, shunga oʻxshash narsalar yasab oʻynardik. Balki bu holat sizga ham tanishdir: oʻziniki oʻxshamasdan, buzilib ketsa, darrov boshqalarnikini ham buzib ketib, ishshayib turadigan qitmirlar doim boʻlardi. Undaylar hozir ham xuddi shunday. Birodarona muhabbat bilan aytaman: Umringizni ilmda, ibodatda, taqvoda va barcha yaxshiliklarda sizdan afzal bo'lganlarga raddiya berib o'tkazib yubormang. Ayniqsa ilm talabida boʻlsangiz ichingizni nafrat, negativlar bilan toʻldirib olmang. Bu sizni aqlingizni lol, zehningizni shol qilib qoʻyadi.
Show more ...
1 582
21
#makka Sha'bon oyida Ummul Quro Universiteti xorijliklar uchun PhD va magistr darajalari uchun qabulni ochar ekan. Bakalavrlar magistaturaga, magistrlar PhDga topshirishi mumkin. Yoʻnalishingizga qarab ingliz yo arab tilini bilishingiz kerak. Ariza topshirishni istasangiz hozirdan hujjatlarni toʻplab tursangiz boʻladi. Qabul ochilgunicha 2 haftacha vaqt bor. Ariza topshirish uchun Bakalavriat va til kursi uchun qachon ochilishi hozircha nomaʼlum.
1 341
18
Moʻmin kishi Alloh yodida turgan vaqtda gunoh ish qil(a ol)maydi. Gunoh amal qilayotganimizda bizni birlashtiruvchi jihat bu - ayni vaqtda Allohni esdan chiqarib qoʻyganligimizdir. Shu sabab U Zot bizlarga: "يا أيها الذين ءامنوا اذكروا الله ذكرا كثيرا" "Ey iymon keltirganlar, Allohni koʻp zikr qilinglar", deydi.
1 264
16
Bir necha yil oldin yozgandim. Hozir ham dolzarb! Kesak va diniy taʼlimga boʻlgan ehtiyoj
Kesak va diniy ta'lim tanqisligi.
Jamiyatshunoslikning biologik maktabida jamiyatni tirik organizmga qiyoslab o'rganish metodi bor. Ushbu metodni asoslash maqsadida metod asoschilari organizm va jamiyat o'rtasidagi quyidagi o'xshashliklarni keltiradi:1. Jonli organizm kabi har qanday jamiyat ham o‘sish va rivojlanish, kasallanish va tuzalish jarayonlari mavjud;2. Uning qismlarining tobora bir-biriga bog‘liqligi kuchayib boradi;3. Uni tashkil etgan birliklar goho paydo bo‘lib va yo‘q bo‘lib turishiga qaramay, bir butun holda yashashni davom…
1 156
7
#makka Chizma hijriy IX asrga (milodiy XV asr) tegishli. Chizma muallifi Muhammad Is'hoq Xorazmiy deb yozilgan. Fors tilida ekan. Unda Ka'ba va Masjidul Haramning oʻsha davrdagi ta'rifi berilgan. Rulon shaklidagi bu chizma ziyoratchilar uchun qoʻllanma vazifasini bajargan. Bu asar hindistonlik musulmonlarga taqdim qilinib, hijriy 827-yilda Hindistonga olib ketilgan. Angilyaning mustamlakachilik davrida bu chizma ham olib ketilgan. Hozirda bu chizma Britaniya muzeyida saqlanar ekan.
Show more ...
1 308
6
Bizni yurtlarda masjidga kirishga hayiqadigan, yuragi betlamaydigan musulmonlar ham bor. Bu hech kimga sir emas. Oʻqishda, ish joyingizda, atrofingizda shunday yaqinlaringiz boʻlsa kerak. Ana oʻshalarni koʻngliga yoʻl topib, oʻzingiz bilan masjidga olib borsangiz qanday ham katta savobga ega boʻlasiz-a! Buni sinab koʻrsangiz boshqacha bir quvonchni his qilasiz. Meni aytdi, dersiz.
968
1
#oyat Ka'bai musharrafaning to'rtala burchagiga ham basmala bilan Ixlos surasi to'liq yozilgan. Suratda buni ko'rishingiz mumkin.

الكعبة المشرفة.jpg

1 119
9
Men dindormanmi, demak, men uchun hammasi boshqalarga qaraganda qulay, oson va ajoyib boʻlishi kerak degan tushuncha kulguli va notoʻgʻri tushunchadir.
1 183
2
Last updated: 11.08.22
Privacy Policy Telemetrio