cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

ÖZBEK KADIN HAKLARI DERNEĞİ

"O'zbek xotin-qizlarining huquqlarini himoya qilish jamiyati"ning rasmiy telegram kanaliga xush kelibsiz! ☎️ Murojaat uchun: +90-555-147-15-84. 📍Manzil: Kervan Geçmez sok. Keskin iş merkezi, 7. kat 13. daire. 🌐 ozbekkadinhaklari.taplink.ws

Show more
Uzbekistan34 723Uzbek23 096The category is not specified
Advertising posts
851
Subscribers
-124 hours
-67 days
+3430 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

00:23
Video unavailableShow in Telegram
#onlayn_uchrashuv ✔️ Kecha Jamiyatimiz rahbari Ozoda Islomova bilan “O’zbek xotin-qizlari huquqlarini himoya qilish jamiyati” qoshida ochilgan “Lider ayollar klubi”ning faxriy a’zolari orasida onlayn uchrashuv bo’lib o’tdi. ✔️ Videokonferentsiya davomida turli soha vakillari bo’lgan faxriy a’zolarimiz hozirgi kunda O’zbekistonda davlatimiz tomonidan xotin-qizlarga berilayotgan imtiyoz va imkoniyatlarga bo’lgan fikr va qarashlarini bayon qildilar hamda tizimli strategiya asosida yuqori potensial va mavjud resurslardan unumli foydalangan holda xotin-qizlar bilan bog’liq yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish, ularga ko’mak berish borasida o’z taklif va mulohazalarini bildirdilar. 🟢 Yaqin kunlarda faxriy a’zolar bilan birgalikda xotin-qizlar muammolarini bartaraf qilishga qaratilgan yangi loyiha ustida ishlash va uni amalda tadbiq qilishga kelishildi. 🤝 Biz bilan birga bo’ling va bizni kuzatishda davom eting! 💠 Jamiyatimizning axborot xizmati👇 🌐Instagram 🌐Facebook 📱TikTok
Show all...
IMG_7457.MOV8.05 MB
👍 5👏 3
00:26
Video unavailableShow in Telegram
💠 Yangi loyiha ustida ishlash jarayonidan video lavha ✔️ Biz bilan birga bo’ling va bizni kuzatishda davom eting!
Show all...
IMG_7450.MOV9.23 MB
👍 6 2🔥 1
#yangi_loyiha_boyicha_tashrif #kasbiy_tayyorgarlik ✔️ Bugun 13-iyun kuni Jamiyatimizga “Toshkent shahar ishsizlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish" o‘quv markazi HR menedjeri, psixolog, loyiha rahbari Yusupov Abduqaxxor Djumanovich tashrif buyurdi. Tashrif chog’ida “Kasbiy tayyorgarlik“ o’quv markazi loyihasining tez kunlarda ilk marotaba İstanbul shahrida tadbiq qilinish bosqichlari va tashkiliy ishlar xususida gaplashildi. ✔️
Eslatib o’tamiz: 2024-yil 16-may kuni "Toshkent shahar ishsizlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish" o‘quv markazi, Turkiya Respublikasi Istanbul shahridagi "O'zbek xotin-qizlarining huquqlarini himoya qilish jamiyati" nodavlat notijorat tashkiloti va Latviya Respublikasi Riga shahridagi “Sertifikacijascentrs SIA” qoshidagi "Personals" kasb-hunar ta’limi markazi o‘rtasida “Kasbiy tayyorgarlik sohasida qo‘shma hamkorlik va sheriklik to‘g‘risida” uch tomonlama memorandum imzolangan edi.
➡️ Ushbu loyiha barchamizga xayrli va davomli bo’lishini tilaymiz! 💠 Jamiyatimizning axborot xizmati👇 🌐Instagram 🌐Facebook 📱TikTok
Show all...
👍 7 2👏 2🔥 1
Хайит олдидан ватандошларимиз ҳолидан хабар олинди Бугун, 12 июнь куни Истанбулдаги Бош консулхона дипломатлари Чаталжа аёллар депортация марказига ташриф буюриб, ватандошларимиз билан учрашдилар. Фуқароларимизнинг яшаш шароитлари, озиқ-овқат ва тиббий таъминоти билан марказ раҳбариятининг ҳамроҳлигида бевосита танишилди. Фуқаролар билан якка тартибда суҳбат ўтказилиб, муаммоларини ҳал этиш бўйича тегишли ишлар амалга оширилди. Фуқароларимизни тез кунларда ватанимизга қайтариш чоралари кўрилди. Тушлик вақтида марказда бўлиб турган фуқароларимиз, шунингдек бошқа давлат фуқаролари учун байрам дастурхони ташкил этилиб, Бош консулхона ва Истанбулдаги ватандошларимиз кўмагида тайёрланган ўзбек палови ва турли ноз-неъматлар тарқатилди. Ватандошларимиз, қолаверса марказ раҳбарияти ҳам Ўзбекистонда ва хорижда “Инсон қадри учун” тамойили асосида фуқароларнинг ижтимоий-ҳуқуқий ҳимояси йўлида амалга оширилаётган ишларни юксак баҳолаб, миннатдорчиликларини изҳор этдилар.
Show all...
👍 8
01:43
Video unavailableShow in Telegram
Yaşasın Türkiye-Özbekistan kardeşliği! 🇹🇷🇺🇿
Show all...
37.38 MB
👍 15👏 3🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
Oila instituti va xotin-qizlarni qо‘llab-quvvatlash sohasidagi hamkorlik tо‘g‘risidagi bayonnoma ikki mamlakat rahbarlari tomonidan imzolandi Xabaringiz bor kecha О‘zbekiston va Turkiya о‘rtasida 20 ta hujjat imzolandi.
Quvonarlisi shuki, О‘zbekiston tarixida ilk bor xotin-qizlarni qо‘llab-quvvatlash sohasidagi hamkorlik tо‘g‘risidagi bayonnoma ikki mamlakat rahbarlari tomonidan imzolandi.
⏩О‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin qizlar qо‘mitasi va Turkiya Respublikasi Oila va ijtimoiy xizmatlar vazirligi о‘rtasidagi   Oila instituti va xotin-qizlarni qо‘llab-quvvatlash sohasidagi hamkorlik tо‘g‘risidagi bayonnoma imzolandi. Ahdlashuv bayonnomasi doirasida quyidagi sohalarda hamkorlik qilish nazarda tutilgan. 🔴  Oila tuzilmasi va qadriyatlarini himoya qilish va mustahkamlash hamda oilaning ijtimoiy farovonligini oshirishga yо‘naltirilgan mezonlarni ishlab chiqish; 🔴 Xotin-qizlarga nisbatan kamsitish va zо‘ravonlikning oldini olish, ularning ijtimoiy va iqtisodiy mavqeini mustahkamlash bо‘yicha mezonlarni va ijtimoiy aloqalarni ishlab chiqish; 🔴Xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish, 🔴 Erkaklar va ayollar о‘rtasidagi tenglikni ta’minlash va ayollarning siyosiy va ijtimoiy hayotdagi rolini oshirish; 🔴 Oila, ayollar va bolalar muammolari bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilish uchun qо‘shma platformalarni shakllantirish. Endilikda ikki mamlakat o‘rfasidagi hamkorligimiz yanada mustahkamlanadi. 🌐Veb sayt |🌐Facebook |🌐Instagram |🌐Youtube❗️
Show all...
👏 14👍 6 2
00:22
Video unavailableShow in Telegram
🏛 “GRAND EDU AGENCY”tomonidan tashkil etilgan tadbirdan foto lavhalar! 🪷 Biz bilan birga bo’ling va bizni kuzatishda davom eting!
Jamiyatning rasmiy sahifalari👇
📱Instagram 📱Facebook📱TikTok
Show all...
IMG_7076.MOV4.14 MB
👍 11 7👏 4
00:57
Video unavailableShow in Telegram
#yosh_tadbirkor ✨Joriy yilning 19-may kuni ÖKHD - O’zbek xotin-qizlari huquqlarini himoya qilish jamiyatining faol a’zolaridan biri Farrux Abrorkulov tomonidan asos solingan “GRAND EDU AGENCY”ning yangi manzildagi ofisining ochilishi munosabati bilan tadbir tashkil etildi. 🏛 “GRANT EDU AGENCY” ta’lim sohasida faoliyat olib boruvchi consalting kompaniyasi bo’lib, Turkiyada ta’lim olish istagida bo’lgan yoshlarga o’z xizmatlarini ko’rsatib kelmoqda! 🔝 Boshlagan ishingiz xayrli, barokatli, davomiy va muvaffaqiyatli bo’lsin! 🪷 Biz bilan birga bo’ling va bizni kuzatishda davom eting!
Jamiyatning rasmiy sahifalari👇
📱Instagram 📱Facebook📱TikTok
Show all...
IMG_7069.MOV20.32 MB
10👏 4🔥 3
#bedarak_yoqolgan #qidirilmoqda ⚡️Bugun Jamiyatimizga İstanbul shahrida yashayotgan bir vatandoshimiz kelib, Eskişehir shahridagi Anadolu universitetiga o’qishga kirib tahsil olayotgan, 12.10.1995 sanada tug’ilgan jiyani Muslima Orinboyevadan 2023 yilning mart oyidan buyon xabar topolmayotgani, dom-daraksiz yo’qolganı bo’yicha murojaat qildi. ℹ️ Yuqorida ma’lumotlari keltirilgan vatandoshimizni bilgan, tanigan, ko’rgan yoki u haqda ma’lumotga ega bo’lgan yurtdoshlarimizdan Muslima bilan boğliq har qanday ma’lumotni +905300441584 telefon raqamiga WhatsApp orqali yozma ravishda yuborishingizni so’raymiz. 👨‍💻 Voqea tafsilotlari bilan video lavha orqali tanishing! 🪷 Biz bilan birga bo’ling va bizni kuzatishda davom eting! Jamiyatning rasmiy sahifalari👇 📱Instagram 📱Facebook📱TikTok
Show all...
IMG_6910.MOV30.03 MB
👍 6🤔 3 2😱 1
00:52
Video unavailableShow in Telegram
#talabalar_minnatdorchiligi 🎓 BAU - Bahçeşehir Universitetida tahsil olayotgan O’zbekistonlik talabalarimizning “Xalqaro kun” tadbirida Jamiyatimiz ishtiroki haqidagi taassurotlaridan lavha 💥Sizdek shijoatli, zukko, serg’ayrat, bilimdon Yangi O’zbekiston yoshlari bilan faxrlanamiz! 🪷 Biz bilan birga bo’ling va bizni kuzatishda davom eting!
Jamiyatning rasmiy sahifalari👇
📱Instagram 📱Facebook📱TikTok
Show all...
IMG_6917.MOV18.62 MB
6👍 4👏 4🥰 2🔥 1