cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Istanbul Boshkonsulxonasi

O'zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasining rasmiy kanali Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: https://uzconsulate.taplink.ws/ Telegramdagi bot: https://t.me/IstanbulBoshKonsulxonasiBot

Show more
Advertising posts
4 819Subscribers
-424 hours
+247 days
+3830 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

26-28 aprel kunlari Istanbul shahrida bo’lib o’tayotgan 5-parlamentlarorasi Quddus platformasi xalqaro konferentsiyasida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis delegatsiyasi faol ishtirok etmoqda.
Show all...
👍 2🔥 1👏 1
2024 yilning mart-aprel oylarida “Doğu turizm” firmasi hamkorligida bevosita Bosh konsulxona tashabbusi bilan 400 dan ortiq turk tadbirkorlari, harbiylari va akademiklarining Istanbuldan Horazm, Buhoro, Samarqand va Toshkent shaharlariga sayyohlik safarlari tashkil etildi. Ushbu viloyatlarni ziyorat qilishar ekan, sayyohlar hokimiyatlar, univetsitetlarda va tadbirkorlar bilan iqtisodiy va ilmiy hamkorlik yuzasidan ham uchrashuvlar o’tkazdilar. Shuningdek aprel oyida 102 nafarlik Turkiyaning malakali shifokorlari ziyorat qilish bilan birga bir nechta vatandoshlarimizni bepul muolaja qilishlariga ham muvaffaq bolindi. May oyida ham yirik turk sayyoh guruhlarining mamlakatimizga tashriflari rejalashtirilgan. Özbekistonga tashrif buyurgan sayyohlar yurtimizning madaniy, ma’naviy, gastronomik jozibadorligini e’tirof etgan holda boshqa viloyatlarimizni ham korishga, boshqa yaqinlariga bu boradagi taassurotlarini aytish orqali vatanimiz dovrug’ini yoyayotganligini ta’kidlash lozim. Bu borada Turkiyada vaqtinchalik yashab, o’qib, ishlab yurgan vatandoshlarimizning yurtimizning turizm salohiyatini yoyishga qo’shayotgan hissalari uchun o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Show all...
👍 5👏 4
👏 19👍 3🔥 3
Joriy oyning o’rtalarida Istanbul shahrining Sultanbeyli tumanida vaqtincha yashayotgan va ish faoliyatida bo’lgan O’zbekiston Respublikasi fuqarosi 1971-yil 14-mayda Samarqand viloyatida tug’ilgan RUSTAMOV KAHRAMON AZAMOVICH ish joyida zinadan yiqilib xushini yo’qotgan va voqea joyida vafot etgan. Hozirgi vaqtda fuqaroning jasadi kasalxonada morg bo’limida bo’lib, yaqin qarindoshlari yoki tanishlari zudlik bilan Bosh konsullik telefon raqamlari: (212)3232037; (212)3232036 yoki https://t.me/konsul_7_24 ga murojaat qilishlarini so’rab qolamiz. Marhumning yaqinlariga sabr va chuqur ta’ziya bildiramiz.
Show all...
😱 41👍 3
ДИҚҚАТ, ҚИДИРУВ!!!   Ишончни суиистеъмол қилиш йўли билан давлат ва жамият манфаатларига жуда кўп миқдорда зарар етказганликда айбланиб, Туркия ҳудудида жиноий жавобгарликдан яшириниб юрган   АБДУЛЛАЕВ АБДУВАЛИ САБИРОВИЧ ҚИДИРИЛМОҚДА. А.Абдуллаев 1966 йилда Наманган вилоятида туғилган.   Ушбу шахс тўғрисида маълумотга эга бўлган ватандошларимиздан Бош консулхонага ёки Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлигига хабар бериш сўралади. Жиноий жавобгарликдан қочиб хорижий давлатларда, шу жумладан Туркияда яшириниб юрган ҳар бир шахсга нисбатан жиноий таъқиб изчил равишда давом эттирилади ва жиноят учун жавобгарлик принципи қатъий таъминланади. Шу билан бирга, фуқароларимиздан фирибгарларга алданиб қолишдан ОГОҲ БЎЛИШЛАРИНИ СЎРАЙМИЗ.
Show all...
👍 3
Ogoh bo’ling! Turkiya hududida keng tarqalayotgan firibgarlikning navbatdagi turlaridan biri: - onlayn savdo orqari bergan buyurtmani bekor qilgandan keyin o’zini advokat deb sud, kargo harajatlarini undirish; - telefon orqali o’zini politsiya yoki maxsus kuchlar hodimi sifatida tanishtirib, sizning hisobingizdan horijdagi jinoiy yoki terrorchi guruhlarga to’lov amalga oshirilganligini aytib, asl jinoyatchini ushlash maqsadida yangi bir hisob raqamiga pul o’tkazish. Bunday firibgarlar o’zingizdan ma’lumotlarni olib o’zingizga qarshi ishlatishi, firibgarlik va ishontirishda psihologik vositalardan foydalanishi yuzasidan harakat qilayotganligi ma'lum bo'lmoqda. Vatandoshlarimizdan onlayn ravishda berilgan buyurtmani bekor qilishda belgilangan tartibda (iade) qaytarish, telefon orqali o’zini politsiya, sud, maxsus kuch hodimi deb tanishtirgan shaxslarga ma’lumot bermaslik, o’rnatilgan tartibda chaqirishlarini talab etishlarini tavsiya etib qolamiz.
Show all...
👍 36😱 13
Bosh konsulxona ogohlantiradi! So’nggi vaqtlarda vatandoshlarimizdan quyidagi firibgarlik qurboni bo’lib qolayotganliklari yuzasidan murojaatlar ko’paymoqda: “Facebook” orqali o’zini Turkiya Ish Banki xodimi sifatida tanishtirib, xuddiki ushbu bankda siz bilan familiyadosh vafot etgan shaxsning qolib ketgan sarmoyasiga sherikchilik qilish evaziga uning hisobiga ma’lum bir miqdorda pul o’tkazib berish (buning qurbonlari O’zbekistondan ham uchramoqda) hamda shunga o’xshash holatlar ko’p uchrab turibdi. Vatandoshlarimizdan telefon orqali o’zini bank xodimi deb tanishtirgan shaxslarga o’zingizga tegishli ma’lumot bermaslik, shaxsiy kartangizning maxfiy raqamlarini aytmaslik va bu borada ehtiyot bo’lishlaringizni so’rab qolamiz.
Show all...
👍 40🔥 2
🇹🇷Istanbulda “Biznes marafon” Turli yo‘nalishlarda muvaffaqiyatlarga erishib kelayotgan o‘zbekistonlik ishbilarmonlar bilan uchrashish imkoniyati endi Istanbulda. 25-aprel, soat 16:00da Turkiya Respublikasining Istanbul shahrida “Biznes marafon” bo‘lib o‘tadi. Sizni muvaffaqiyat sirlari, tajriba, ko‘nikma va qiziqarli voqealarga boy marafon kutmoqda. 📨Ro‘yxatdan o‘tish uchun: https://forms.gle/omXPVWvw11arjEoB7 📍Manzil: Ali Emiri Efendi Kültür Merkezi 📱Telegram 📱Instagram
Show all...
👍 25🔥 8
ДИҚҚАТ, ҚИДИРУВ!!! Фуқароларнинг кўп миқдордаги пул маблағларини ғайриқонуний йўллар билан ўзлаштиришда айбланиб, бугунги кунда Туркия ҳудудида жиноий жавобгарликдан яшириниб юрган қуйидаги шахс  ҚИДИРИЛМОҚДА. АТАБАЕВ ФАЗЛИТДИН ФАХРИТДИНОВИЧ 1986 йилда Самарқанд вилоятида туғилган. Ушбу шахс тўғрисида маълумотга эга бўлган ватандошларимиздан Бош консулхонага ёки Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлигига хабар бериш сўралади. Жиноий жавобгарликдан қочиб хорижий давлатларда, шу жумладан Туркияда яшириниб юрган ҳар бир шахсга нисбатан жиноий таъқиб изчил равишда давом эттирилади ва жиноят учун жавобгарлик принципи қатъий таъминланади. Шу билан бирга, фуқароларимиздан фирибгарларга алданиб қолишдан ОГОҲ БЎЛИШЛАРИНИ СЎРАЙМИЗ.
Show all...
👍 51👏 6🔥 2