Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasining rasmiy axborot kanali
Open in Telegram
Manzil: Guliston shahar, Sayhun kо‘chasi, 22-uy Telefon: (67) 236-76-00 Elektron pochta manzili: bojxona.bojxona@mail.ru E-xat: sirdaryo_customs@exat.uz
Show more787
Subscribers
-124 hours
No data7 days
-630 days
Posts Archive
#7_kinologiya_forumi
Jahon bojxona tashkilotining 7-Global kinologiya forumining ochilish marosimida namoyish qilingan maxsus videorolikni kanalimiz orqali tomosha qiling!
Forum ishtirokchilari Islom sivilizatsiyasi markazida boʻlishdi
Mehmonlarga Oʻzbekistonning boy ilmiy-maʼnaviy merosi va tarixiy qadriyatlari tanishtirildi
+9
#7_kinologiya_forumi
Forum ishtirokchilari Islom sivilizatsiyasi markazida boʻlishdi
Toshkentda oʻz ishini yakunlagan VII Global kinologiya forumi ishtirokchilari uchun Oʻzbekistonning boy tarixi, ilmiy va maʼnaviy merosi bilan yaqindan tanishish imkonini beruvchi madaniy dastur ham tashkil etildi.
Dastur doirasida xalqaro ekspertlar Islom sivilizatsiyasi markaziga borib, ushbu yirik maʼnaviy-maʼrifiy maskanda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.
Mehmonlarga Markazda Oʻzbekiston zaminida shakllangan boy ilmiy va maʼnaviy meros, buyuk allomalarning jahon sivilizatsiyasi rivojiga qoʻshgan beqiyos hissasi, tarixiy qoʻlyozmalar va noyob eksponatlar haqida maʼlumotlar berildi.
Qisqacha aytganda, mazkur forum nafaqat kinologiya sohasida tajriba va bilim almashish, balki turli xalqlar oʻrtasida doʻstlik, oʻzaro hurmat va madaniy muloqotni mustahkamlashga xizmat qilgan nufuzli xalqaro tadbir sifatida ham ahamiyatli boʻldi.
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlarda aholi bandligi va daromadini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan kengaytirilgan yigʻilish oʻtkazdi.
—
Президент Шавкат Мирзиеев провел расширенное совещание по вопросам проводимой в регионах работы по обеспечению занятости и повышению доходов населения.
#Mirziyoyev #yigilish #kambagallik #bandlik
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#7_kinologiya_forumi
Dunyoning 50 dan ortiq davlatlari mutaxassislarini bir maydonda jamlagan VII Global kinologiya forumi oʻz ishini yakunladi
Toshkentda uch kun davom etgan mazkur nufuzli anjuman kinologiya sohasidagi xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
+9
#7_kinologiya_forumi
Toshkentda oʻtkazilayotgan VII Global kinologiya forumining rasmiy yopilish marosimi boʻlib oʻtdi
Marosimda Bojxona qoʻmitasi Raisining birinchi oʻrinbosari Gʻ.Nasirov soʻzga chiqib, forum davomida erishilgan muhim natijalarni sarhisob qildi.
Taʼkidlanganidek, forum doirasida bildirilgan fikrlar, ilgʻor tajribalar va amaliy yondashuvlar kinologiya xizmatlarini yanada rivojlantirish, ularning samaradorligini oshirish hamda chegara bojxona xavfsizligini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Forumning yana bir muhim natijalaridan biri Jahon bojxona tashkilotining Kinologiya boʻyicha Kompendiumi qabul qilindi.
Shu tariqa, dunyoning 50 dan ortiq davlati ekspertlarini bir maydonda jamlagan VII Global kinologiya forumi xalqaro tajriba almashinuvi va sohadagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
#7_kinologiya_forumi
🔴 Joyidan reportaj
7-Global kinologiya forumining so’nggi ish kunidan xabar beramiz.
+9
#7_kinologiya_forumi
Sessiya davomida Bojxona qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i E.Xakimov tomonidan Milliy kinologiya markazida joriy etilgan “Raqamli kinologiya” tizimi taqdimot qilindi.
Unda kinologiya xizmatini raqamlashtirish orqali ish jarayonlarini yanada takomillashtirish, ma’lumotlar almashinuvi va xizmat samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, sohani zamonaviy texnologiyalar asosida rivojlantirish orqali kelgusida kinologiya xizmatining raqamli salohiyatini yanada kengaytirishga qaratilgan takliflar ilgari surildi.
+6
#7_kinologiya_forumi
Panel sessiyalarida kinologiya xizmatining buguni va kelajagi haqida ochiq va amaliy fikr almashilmoqda.
Turli davlatlardan kelgan ekspertlar xizmat itlarini tayyorlashda qo‘llanilayotgan zamonaviy metodikalar, ularning hid orqali taqiqlangan moddalarni aniqlash qobiliyatini rivojlantirish, aeroport va chegara postlarda kinologik guruhlar faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha o‘z tajribalarini taqdim etmoqda.
Ayniqsa, itning hid bilish qobiliyatidan maksimal darajada foydalanish, mashg‘ulotlarda real vaziyatlarni modellashtirish va aniqlash natijalarini texnologiyalar yordamida yanada takomillashtirish masalalari ekspertlar e’tiborida.
Muhokamalar bitta maqsadga ya’ni, kinologiya xizmatini yanada zamonaviy, tezkor va samarali tizimga aylantirishga qaratilgan.
#Axborot24 | 09.09.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Serbiyaga tashrifi yuzasidan ayni paytda poytaxtimizdagi 7-Global kinologiya forumida ishtirok etayotgan serbiyalik bojxona xodimi Vkadimiz Stakich ham o’z fikr-mulohazalarini bildirdi.
mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram | X (twitter)
+8
#7_kinologiya_forumi
Sessiyada JBT vakillari hamda Avstraliya, Buyuk Britaniya, AQSH, Kanada, Germaniya, Gonkong va O‘zbekiston ekspertlari ishtirok etib, xizmat itlarini parvarishlash, ko‘paytirish, boshqaruv, xaridlar, operativ qo‘llash va innovatsiyalar yo‘nalishlaridagi tavsiya va metodik yondashuvlar bilan o‘rtoqlashdilar.
Xususan, O‘zbekiston tomoni ham o‘zining innovatsiyalar bo‘yicha ilg‘or tajriba to‘plamini taqdim etdi.
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Oʻzbekiston Prezidentining Serbiyaga ilk tashrifi ikki mamlakat oʻrtasidagi munosabatlarda yangi bosqichning boshlanishi sifatida tarixga kiradi.
—
Первый визит Президента Узбекистана в Сербию войдет в историю как начало нового этапа в отношениях между двумя странами.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
+4
#7_kinologiya_forumi
7-Global kinologiya forumining so‘nggi uchinchi ish kuni boshlandi!
Forumning bugungi ish kunida xalqaro miqyosdagi eng muhim uslubiy qo‘llanmalar taqdimoti bo‘lib o‘tmoqda.
Ishtirokchilar “Jahon bojxona tashkilotining (JBT) kinologiya dasturlari bo‘yicha ilg‘or tajriba to‘plamlari: tavsiyalar va metodik ko‘rsatmalar” mavzusidagi sessiyada jam bo‘lishdi.
#7_kinologiya_forumi
#Forumdan_intervyular
“Forum kinologiya sohasidagi eng sara mutaxassislarni bir joyga jamladi. Bu esa oʻzaro tajriba almashish va hamkorlikni yanada mustahkamlash uchun qulay imkoniyat”
Bret Mettyus – Avstraliya chegara kuchlari vakili
+8
Toshkentda davom etayotgan 7-Global kinologiya forumi tafsilotlari turli xorijiy ommaviy axborot vositalarining ham nigohida bo‘lib turibdi.
Hozirga qadar forum haqida Ozarbayjon, Pokiston, Rossiya, Qirg‘iziston, Tojikiston va boshqa davlatlardagi turli manbalarda keng yoritildi.
Xususan, Rossiyaning TASS , "Central-Asia.news " axborot agentliklari, «Moskva 24» telekanali rasmiy sayti hamda «Alta-Soft» bojxona sohasiga ixtisoslashgan nashrida forum doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlar, xalqaro hamkorlik va sohadagi muhim kelishuvlarga oid materiallar e’lon qilindi.
Ozarbayjon Davlat bojxona qo'mitasi va mamlakatdagi yirik «Trend News Agency» xalqaro axborot agentligi esa Jahon bojxona tashkiloti Bosh kotibi Yan Sondersning O‘zbekistonga tashrifi hamda uning 7-Global kinologiya forumidagi ishtirokini yoritdi.
Pokistondagi O‘zbekiston Respublikasining elchixonasi axborot resursida va Tojikistonning "Press TJ" axborot agentligi ommaviy axborot vositalarida ham VII Global kinologiya forumi doirasidagi muhim uchrashuvlar va tadbirlar yoritildi.
Qirg'zistondagi "Karavan info" yangiliklar saytida ham mazkur tadbir tafsilotlari yoritildi.
Mazkur xalqaro tadbirning xorijiy ommaviy axborot vositalarida yoritilishi uning xalqaro miqyosdagi ahamiyati va nufuzidan dalolat beradi.
Jarayon davom etmoqda!
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati
Donolar bisotidan
Eng baland minora ham yerdan ko‘tarilgay!
Amir Temur
7-Global kinologiya forumi ishtirokchilari Bojxona qoʻmitasida boʻlishdi
Forum ikki tomonlama uchrashuvlarga boy boʻlmoqda
+8
#7_kinologiya_forumi
Xorijiy bojxona xizmatlari rahbarlari va ekspertlari Bojxona qoʻmitasida boʻlishdi
7-Global kinologiya forumi doirasida xorijiy davlatlar bojxona xizmatlari rahbarlari va sohaning yetakchi ekspertlari Oʻzbekiston bojxona tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, zamonaviy boshqaruv yondashuvlari hamda bojxona jarayonlarini raqamlashtirish borasidagi ishlar bilan yaqindan tanishdilar.
Xususan, xorijiy delegatsiya vakillari Markaziy bojxona laboratoriyasi, Kiberxavfsizlik markazi, “Call-markaz”, Rasmiylashtiruv hamda Targetlash markazlari faoliyati bilan tanishib, ularning bojxona nazoratini samarali tashkil etish, tovarlar harakatini tezkor monitoring qilish, xavflarni oldindan aniqlash va tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishdagi imkoniyatlari haqida maʼlumot oldilar. Mehmonlarga, shuningdek, bojxona sohasida raqamli texnologiyalardan foydalanish orqali inson omilini qisqartirish, nazorat jarayonlarini avtomatlashtirish va xavflarni boshqarish samaradorligini oshirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar namoyish etildi. Ushbu jarayonda xorijiy bojxona xizmatlari rahbarlari va ekspertlari Oʻzbekistonda bojxona sohasini raqamlashtirish, zamonaviy texnologiyalarni amaliyotga keng joriy etish hamda xizmat koʻrsatish jarayonlarini yanada takomillashtirish borasida olib borilayotgan ishlarga yuqori baho berdilar.Taʼkidlash joizki, 7-Global kinologiya forumi nafaqat kinologiya sohasida tajriba va bilim almashish, balki turli davlatlar bojxona xizmatlari oʻrtasida oʻzaro hamkorlikning yangi yoʻnalishlarini belgilash uchun ham muhim muloqot maydoni boʻlmoqda. Tadbir doirasida Oʻzbekiston va Gruziya bojxona xizmatlari rahbarlarining ikki tomonlama uchrashuvi ham boʻlib oʻtdi. Unda “Bojxona xizmatlari oʻrtasida 2027-yilga moʻljallangan hamkorlik rejasi” imzolandi.
