en
Feedback
Think with Mirro

Think with Mirro

Open in Telegram

Hech qaysi sohada ekspert emasman, hamma sohaga qiziqaman. Birga qiziqishga nima deysiz? 💡 #marketing, #startups, #creative and more 📩 @jmsAD

Show more
468
Subscribers
-124 hours
-67 days
+4530 days
Posts Archive
Hayitlar bilan!

Kino — rejissyorning fantaziyasini ko’rish Kitob — shaxsiy fantaziyada kino ko’rish Ikkinchisi samaraliroq va miyaga foydaliroq #kitob / @thinkwithMirro

Hayit yoki arafada salyut otish qaysi mazhabdan? #hayit / @thinkwithMirro

Blogger wanted Auditoriyasi saviyali, Instagram/Youtube/Telegramda aktiv blogerlar kerak. Izohlarda sifatlilarini yozib ketinglar Eng aktivlarga yog’ beriladi ;) @RahimovSchool uchun qidiryapmiz #help / @thinkwithMirro

Falsh Tarmoqlarda chiroyli ko’rinishi uchun chiroyli face yollaysiz. Kopiraytda jimjimador va nosamimiy so’zlar bilan sotishga urinasiz. Sotuv voronkalarini tayyorlaysiz, mijozni yomon ko’rsangiz ham unga kulib turasiz. Yasama gullardan ofisni go’zallashtirgandek bo’lasiz. Hammasini o’z boridek emas, chiroyli va bo’yangan holda ko’rsatishga urinasiz. Bu hozir ishlayapti, odamlar ishonyapti va sizning xaridoringizga aylanyapti. Lekin bu bir kun tugaydi. Juda tez orada tugaydi. Falsh va bir xil “bo’yanganlik” odamlarni joniga tegishni boshlaydi. Brendlar ularga «ЦА» deb emas, ichki kechinmalari, muammolari bor insondek muomala qilishlarini talab qilishadi. Yoki shunchaki shunday muomala qiladigan brendlar mijozlariga aylanishadi. Bunga hozirdan tayyorlanish mumkin. Mijozingiz bilan samimiy bo’ling. Unga sizning mahsulot hozir kerak bo’lmasa — to’g’ridan-to’g’ri rostini ayting. Tarmoqda “face”ni emas, xodimingizni olib chiqing. Yaxshi gapira olmasa ham. Noqal rost gapni gapiradi. Va bu qadrlanadi. Gap isboti bilan bo’lsin: • Friends Moscow, Modulbank uchun qilgan reklama roligi — 6,5 mln ko’rishlar • Ilmiy ommabop mavzuda roliklar vlog formatida — 411k obunachi • Aviasales’ning Rossiyadagi kommunikatsiyasi — negadir hamma shu servisni yaxshi ko’radi #marketing / @thinkwithMirro

Ustozimiz Otabek aka Sharapov va ko'p yillik xalqaro va mahalliy tajribaga ega Aziz aka Gapparov kurs qilishyapti ekan. SMM'chi kurslardan zerikib, haqiqiy marketing bilan shug'ullanmoqchi bo'lsangiz, borishni tavsiya qilaman. #ilm / @thinkwithMirro

SMMdan marketingga o'tish vaqti keldi! Marketingdagi bilimlaringizni o'stirib, marketolog sifatida faoliyat boshlashni istays
SMMdan marketingga o'tish vaqti keldi! Marketingdagi bilimlaringizni o'stirib, marketolog sifatida faoliyat boshlashni istaysizmi? Tajribalaringizni yangi bosqichga olib chiqish-chi, qiziqmi? ✅ Buni qanday qilib amalga oshirilishini istasangiz, 20-21-iyun kunlari bo'lib o'tadigan vebinarda ishtirok eting. Azizjon Gapparov va Otabek Sharapov tajribalaridan bahramand bo'ling. Natijada — marketing asoslari; — plan va strategiya; — menejerning vazifa hamda ko'nikmalari; — daromad oshirish usullari kabi bilimlarga ega bo'ling. ⬇️ Vebinarda qatnashish uchun quyidagi veb-sayt orqali yopiq kanalga qo'shiling: https://bnacademy.uz/vebinar

🦁Охота на «Каннских львов»: зачем агентства Узбекистана участвуют в фестивале и как это влияет на их бизнес В этом году на г
🦁Охота на «Каннских львов»: зачем агентства Узбекистана участвуют в фестивале и как это влияет на их бизнес В этом году на главный международный фестиваль рекламы свои работы отправили отечественные агентства: «Синтез», 605 Agency, Ma’no Branding, We Digital и другие. Spot поговорил с несколькими из них о том, для чего им нужно участие, что даст победа и как обстоят дела на рынке креатива в стране. https://www.spot.uz/ru/2023/06/14/cannes-lions/@spotuz

Men bu bosqichdan o’tganman Mubashshir Ahmad domlaning musiqa haqida gaplari diqqatimni tortdi: yoshligimda eshitganman, hozir juda kam. Uni qalbga ta’sirini o’zimdan o’tkazib ko’rganimdan so’ng, eshitmaydigan bo’ldim va sizlarga ham tavsiya qilaman. Shunga o’xshash gaplarni ustozlarimiz bizga, biz o’zimizdan kichiklarga gohida aytib turamiz. “Men bu bosqichdan o’tib ko’rganman, natijasi bunday bo’ladi” • “Musiqa eshitganman, tavsiya qilmayman” • “Maishat va o’yin kulguga berilgan paytlarim bo’lgan, tavsiya bermayman” • “Yoshligimda qarama qarshi jins vakili bilan gaplashib ko’rganman, oxiri yaxshi bo’lmaydi” va hk Bosqich — bu hozirgi yoki oldin bosib o’tilgan yo’l. Demak undan keyin ham yo’l bor. Yana bir daraja bor. Va yana keyingi daraja bor. Bu darajalar tugamaydi. Eng yuqori darajadaman deb o’ylaganingizda keyingi daraja ko’rsatiladi. Yaxshilab qarasangiz, unga olib boruvchi yo’l ham. Umrimiz tugaguncha xuddi shunday. Va undan keyin ham. Buni hayotimizning barcha sohalarida: ilm, munosabatlar, karyera, taqvo va hk —hammasida ishlatsa bo’ladi. Demak hozirgi turgan darajamizdan keyingisiga doim o’ta olamiz. Shunchaki xohish kerak. Qila olmayman deb o’ylash — o’z o’zini aldash bo’ladi. Boshqalar qilishyaptiku?! Bizdan oldin o’tganlar qilganku?! O’zimiz oldin qilganmizku axir?! Darajamizni bilaylik. Keyingi darajani ko’ra olaylik. Yuqoriga intilishga harakat qilaylik. Barchasi uchun Alloh bizga tavfiq bersin. #motivation / @thinkwithMirro

Farzandingiz uchun qasr kerak emas Ota onangiz uchun ham. Empatiya degan narsa bor — buni Alphadagi “Dizayn fikrlash” kursida o’rgangan edik. Marketing jihatdan asosiy ma’nosi — mijoz uchun sen kabinetingda o’tirvolib qilgan tadqiqoting bilan real hayotdagi mijozning muammosi — ikki xil dunyo bo’lib chiqishi mumkin. Ko’p hollarda shunday bo’ladi ham. Empatiya bizni mijozning etigini kiyib u yurgan yo’llardan yurishga o’rgatadi. Agar siz yosh bolalar uchun o’yinchoq sotuvchisi bo’lsangiz, bir bolani olib o’yinchoq do’konlarni aylanib yurishingiz kerak. Agar qariyalar uchun mahsulot chiqaruvchi kompaniya bo’lsangiz, yurishga og’ir bo’lgan kiyimda, bukchayib, ko’zga xiralashtiruvchi ko’zoynakni taqib ko’chalarni aylanib ko’rishingiz kerak. Yoki shu yoshdagi odamlar bilan uzoq suhbatlar qurib og’riqlarini o’rganishingiz kerak. “Menimcha bolalar uchun u yaxshi, qariyalar uchun bu” qabilidagi fikr — ishlamaydigan fikr. Shahardagi velosiped yo’lakchalarini eslang. Uni hech qachon velosiped minmagan odamlar loyihalashtirgan. Yaqinda Kleyton Kristensenning “Hayot strategiyasi” kitobida xuddi shu “empatiya” amaliyotidan xabarimiz bo’lmaganidan o’z farzandimiz, turmush o’rtog’imiz, do’st yoki ota-onalarimizga ular xohlagan emas, balki o’zimiz ular xohlaydi deb o’ylagan gaplarni gapirishimiz va yumushlarni qilishimiz haqida o’qib qoldim. Balki farzandingizga pultli mashina emas, siz bilan ko’proq vaqt o’tkazish kerakdir? Do’stingiz xohlayotgan narsa pul emas, dildan suhbat, ota-onangiz uchun dang’illama uy emas, har kuni yarim soat vaqt ajratish muhimroqdir? Ularning o’zlaridan bu haqda so’rab ko’rganmizmi? Bilmadim. Lekin albatta so’rab ko’rishimiz kerak. Chunki ular bizning butun umrlik mijozlarimiz. #designthinking / @thinkwithMirro

Google ham o’z chatGPT’sini taqdim qilibdi Bard — bard.google.com Barchaga ochiq. Bepul. Ishlatib ko’rib fidbek yozaman. Hozircha OpenAI’nikini ishlatib ancha ishlar tezlashib ketdi. Masalan, yaqinda 15min.agency* bilan @RahimovSchool uchun brend strategiya qildik ;) 70-80% biz xohlagan narsa chiqdi. Biroz to’g’rilab, tatbiq qilish mumkin. *15’ Agency — GPT va 2 ta mutaxassis yordamida ishlaydigan agentlik Oldin AI kelajakka o’xshar edi, hozir AI = hozir. #AI / @thinkwithMirro

Kreativ, reklama va kopiraytingga qiziqqanlar uchun bepul darslar. Lokals Central Asia agentligi kopirayteri Said Nazrillayev
Kreativ, reklama va kopiraytingga qiziqqanlar uchun bepul darslar. Lokals Central Asia agentligi kopirayteri Said Nazrillayev o’zining bepul darslarini Youtube’ga joylabdi. “Foydali bo’lsa, ulashib qo’yinglar”degandi. Albatta foydali bo’ladi. Albatta ulashamiz! Havola: https://readymag.com/saidnazrillayev/4012200/2/ #ilm / @thinkwithMirro

Choyxona №1 Demak, yakshanba kuni soat 20:00 da o'zbek segmentining TOP kopirayterlarini jamlayapmiz. Format: ovozli chat. Ma
+5
Choyxona №1 Demak, yakshanba kuni soat 20:00 da o'zbek segmentining TOP kopirayterlarini jamlayapmiz. Format: ovozli chat. Mavzu: Kopirayting (ipidan ignasigacha) Mehmonlar: Abduazim Rustamxo'jayev, Said Nazrullayev, Mirafzal Mirahmadov, Aziz Axtamov, Jamoliddin Zaynulobiddinov *men bu ro'yxatga qanday qo'shilib qoldim, hayronman, hali TOP emasman) Telefoningizga "budilnik" qo'yishni unutmang. Yakshanba 20:00 @copirayt — sizning kopirayter do'stingiz

O’zbek tili — yangi prestij Rusiyzabon miya egalari o’zbekcha yozishga intilayotgani, hatto chet ellik kompaniyalar ham o’zbekzabon kopirayterlar, o’zbek bozorini tushunadigan marketologlar qidirayotganini ko’ryapman. Bu — yaxshi. Juda yaxshi, men sizga aytsam. Birinchidan, o’zbekzabon mutaxassislarning qadri oshadi. Bu degani siz va mening qadrimiz, chetdan kelgan ekspatdan ko’ra yuqoriroq bo’ladi. Faqat, o’zimizni qimmatroq sota olsak bas. Hozir yirik kompaniyalar rossiyalik marketing direktorlarga 5-10k$ dan berishga tayyor. Ayrimlari (EVOS) shunday qilyapti ham. Ikkinchidan, ko’chada ruscha yoki yemagan o’zbekcha matnlarni kamroq ko’ra boshlaymiz. Sof o’zbek tilidagi copy yaxshiroq sotadi. Va umumiy til imiji yaxshilanadi. Win-win. Balki qachondir o’zbek tilidagi matn bilan (ayrim hollarda usiz ham) ruscha yozishni toxtatarmiz? — Wow, revolyutsiya bo’lardi lekin. Uchinchidan, o’zbek tilida sifatli kontent ko’paymoqda. Bu degani, bora-bora, agar shunday progressda davom etsak rus tiliga qaramlik yoqolib boradi. Chunki, XXI asrda bizga aslida rus tili kerak emas. Kitoblar, kontent, ish, o’qish — hammasi ingliz tilida ancha sifatli ko’rinishda mavjud. Biz faqatgina o’z tilimiz qadrini oshiribgina rus tilidan qaramlikni yengib o’ta olamiz. Boshqachasiga yo’l yo’q. Til qadri esa o’zbekzabonlar boshqalar bilan muomalada, ishda, o’qishda o’zini qadrlaganda, o’zbek tilidagi kontent, kitoblar ko’payganda va til faqatgina 21-oktyabr emas, 9-10-11-aprelda ham (kecha, bugun, ertaga, har kuni) eslanganda oshadi. O’zbek tilini yaxshiroq o’rganaylik. Rus va ingliz tillarini ikkinchi til qilib qo’shib,uni o’z ona tilimizni ustun qilish uchungina qo’llaylik. Bollar, biz albatta yutamiz! #til / @thinkwithMirro

Savobli ishning mashaqqati ketadi, savobi qoladi. Gunoh ishning lazzati ketadi, gunohi qoladi. (c) #iqtibos / @thinkwithMirro

ChatGPT-4 va umuman hozirda AI qilayotgan ishlar haqida nimalarni bilasiz? Qanday fikrlaringiz bor? Izohlarda fikrlar, manbalar va shu haqida havolalar bo’lsa, welcome👇 #mulohaza / @thinkwithMirro

Ulkan reja Meritdan ketdim. Tafsilotlar va sabablarga to’xtalmayman. Undan ham qiziqroq insayt bor. O’ylab qarasam, har bir ishlagan joyimdan nimadir o’rgangan va har bir o’rganilgan narsa keyingi darajadagi ish uchun tramplin vazifasini o’tab kelayotgan ekan. Khan Academy — We Digital — 605 Agency — Merit. Khan Academy — birinchi maktab. U yerda hamjamiyat, o’zbek tili rivoji uchun kurash, professional ish, knowledge-first environment, namunaviy lider va katta missiya ostida birlasha olish kabi juda muhim ko’nikmalarni qo’lga kiritdim. Aynan o’sha yerda dinni ham yaxshiroq o’rganishni, ko’proq amal qilishni boshladim. We Digital — work-life balance haqida o’rgandim. Ish ish bilan, ammo shaxsiy hayot va ichki munosabatlarga aralashishga hech kimning haqqi yo’q. Aynan shu yerda din va iymon — insonning eng kuchli quroli va hammaga ham berilmaydigan ne’mat ekanligini tushundim. 605 Agency — marketing, reklama haqida 90% qattiq ko’nikmalarni (kelinglar hard skills’ni bugundan shunday nomlaymiz)) shu yerda o’rgandim. Otabek aka boshchiligida ko’p izlandik, agentliklar qanday ishlashi, yaxshi reklama qanday bo’lishi kerakligi va kreativ degan narsa dunyoni qanday o’zgartirishi mumkin ekanligini o’rgandim. Din bu yerda hayot tarzimga aylandi. Doimiy masjidga qatnov ham shu yerdan boshlandi. Merit — yuqoridagi ko’nikmalarni 10+ kishilik jamoa va 4 ta brendda ishlatib ko’rish uchun platforma vazifasini o’tab berdi. Oddiy mutaxassisdan, jamoani boshqarishga layoqadli liderga tez fursatda sakrash qilishga to’g’ri keldi. Shu yerda yumshoq ko’nikmalar (soft skill’sni ham shunday deymiz, nima deysizlar?) qanchalik muhim ekanligini isbotini topdim. Biznes qanday o’ylaydi, haqiqiy lider qanday bo’ladi, qanday qilib faqatgina chiroyli emas, effektiv ishlar chiqarish kerakligini ham o’rgandim. Kontaktlar ro’yxatim 100 dan ortiq “Merit” yorliqga ega kontakt bilan boyidi. Bu yerda din bo’yicha haqiqiy ilm olishni boshladim. Yuqoridagilarga tepadan nazar solganda hammasi qandaydir qonuniyat bo’yicha, barchasi katta va mukammal reja asosida ketayotganga o’xshaydi. O’xshamaydi. Aslida xuddi shunday — hammasi reja bo’yicha ketyapti. Tasodiflar tasodifan bo’lmaydi. Hayotda bo’layotgan barcha voqealar oldindan rejalashtirilgan ssenariy bo’yicha bormoqda. Biz shunchaki ssenariy Muallifiga ishongan holda, izlanishda, harakatda va duoda davom etishimiz kerak. Va albatta, mana shunga o’xshagan doimiy mulohazalar bilan xatolarni qayd etib, yaxshilanib borishimiz lozim. Xo’sh, keyingi chellenj qanday bo’larkin? Bu menga ham qiziq ;) Hozircha qisqa ta’til va Ramazonga tayyorgarchiliklar bilan bandmiz. #lifevents / @thinkwithMirro

Kuzatuv Havo quyoshli, lekin qizdirmayapti. Biroz yoqimli shamol (mayin degim kelmadi) bor. Evos yetkazib beruvchisining veligi ishdan chiqibdi, eshik oldida nimalardir qilyapti. Menyuga yangi mahsulotlar qo’shilibdi, packageni almashibdi, zamonaviy TikTokcha musiqalar qo’yish boshlanibdi. Yangi marketolog bilan ishlashayotgan bo’lsa kerak, dizaynlari ham o’zgarib qolibdi. Buyurtma oluvchi xodim kutilmagan muloyim. KPI’lari qo’yilgan bo’lsa kerak. Oq sariqdan kelgan bola shortikda sovuq yemayaptimikin. Rus bo’lsa kerak. Maktab bollari tushlikka chiqishgan ko’rinadi. 50-maktabni bollari. Samokatlar ham ko’payib qolibdi. Lambo, Ferrari, Geliklar ovozlarini baland ko’tarib avtobus bekatiga kelishdi. Odamlar to’planib ketdi, hamma videoga olyapti. Jarimasidan qo’rqishdi shekilli, avtobus kelishi bilan tarqalishdi. Shovqinli. Fontanni ishga tushirishmoqchi ko’rinadi, kafellarini to’g’rilashyapti. Ekranda 13 raqami ko’rindi. Buyurtma tayyor bo’libdi. —— 15 daqiqada shuncha kuzatuv. Turli voqealar. Xilma-xil fikrlar. Ko’p vaqtimiz, ko’chada ham telefonga termulish bilan yoki miyada boshqa ishni o’ylash bilan o’tib ketayotgan ekan. Esda qolarli yoqimli lahzalar avtomat rejimda o’tib ketayotgandek. Vaqt topib, o’tirib shunchaki kuzatish kerak ekan. Odamlar qiziq, hayot qiziq. #thoughts / @thinkwithMirro

Artifact Instagram asoschilari yana bir yaxshi ishga qo’l urishibdi. Artifact = maqolalar uchun TikTok. Tasma videolar o’rniga turli jurnal maqolalaridan tashkil topgan. Test qilyapman. Yoqgan maqolalarni o’qiyverasiz, jurnallarni tanlaysiz, yoqmaganini dizlayk qilasiz va tasma personallashib boradi. Ajoyib! Xuddi shunday narsa Medium’da ham bor edi. Lekin u yerda ko’proq shaxsiy bloglar, fikrlar. Bu yerda ancha filtrdan o’tgan professionalroq maqolalar. Sinab ko’ring, vaqt o’ldirish uchun miyaga TikTok yoki Instagramdan foydaliroq. • Google PlayApp Store P.S. Ha, hali tirikman ;) Hol-ahvol so’raganlarga rahmat. #tavsiya / @thinkwithMirro

Noto'g'ri KPI Bojxonachilar to'xtatib qolingan pirotexnika vositalarining yildan-yilgan soni, puli, kilosi o'sgani bo'yicha emas, 1-yanvar kunida otilgan salyutlar ovozi, o'lgan qushlar, qo'lsiz qolgan bolalar va qo'shnilarini qarg'ayotgan aholi sonining yildan-yilga kamayganini e'tirof etib g'ururlanishi kerak. #stats / @thinkwithMirro