Think with Mirro
Open in Telegram
Hech qaysi sohada ekspert emasman, hamma sohaga qiziqaman. Birga qiziqishga nima deysiz? đĄ #marketing, #startups, #creative and more đ© @jmsAD
Show more468
Subscribers
-124 hours
-67 days
+4530 days
Posts Archive
Lokals kreativ kopirayteri Said Nazrillayev oâzbek tilida blog ochibdilar:
@ozbekchayoz
Oâzimiz yaxshi kontent ulasha olmayotganimizga yarasha, doâstlarimizni tavsiya qilamiz ;)
Repost from Bahodir | Telegram Ads
Kopirayting hech qachon matnlar haqidagi kasb boâlmagan.
Bundan deyarli yuz yil avval â uzooooq 1938-yilda Volkswagen kompaniyasi kichik, koârimsiz avtomobil ishlab chiqaradi va uni Amerika bozorida sotishi kerak boâladi.
Amerikada oâsha damlar hamma katta-katta, baland ovozli, litrlab benzin ichvoradigan «erkakcha» mashinalar yaxshi ketardi.
Hozirgiga oâxshab hech kim ekologiya, tabiat, ozon qatlami degan keraksiz atamalarga vaqt sarflamagan.
Xullas, Amerika bozorida nemislarning oddiygina mashinasiga non boâlmagan. Shunda nemislar Doyle Dane Bernbach (DDB) agentligidagi reklamachilarni oldiga kelib, ularning xizmatlarini sotib olishadi.
Endi tasavvur qiling, oldingizga koâpchilik yomon koâradigan nemislar keldi, yurtingizga umuman toâgâri kelmaydigan mahsulotni reklama qilish kerak. Ustiga ustak, mahsulotning eeeng zoâr afzalligi â uni kichkinaligi. Rasvo, koroche.
Shunaqa kulgili vaziyatda nimayam qilsa boâladi?
DDB oâshanda minusni plyusga aylantirgan â kichkina mashina kam benzin yeydi, kichkina mashina olsangiz, uni oldida uyingiz bahaybat koârinadi. U shu qadar kichkinaki, uning oldida hatto basketbolchi ham devdek koârinadi.
Volkswagen raqobatchilar bilan kurashib vaqt yoâqotmagan, oâzini maqtab maqolalar yozmagan. «Biz kichkinamiz» degan oddiy gâoya nemis mashinasini Amerika dunyosida mashhur qilgan.
Volkswagen Beetle mashinalari umuman olganda 21,5 million marta sotilgan.
Kopirayting hech qachon matnlar haqidagi kasb boâlmagan. Gâoya â har doim asosiysi.
Alifbo haqida ikki yil oldin shunday o'ylar bo'lgan ekan. Hozirchi?
Hozir nima qilishsa qilishsin, faqat qilishsin deyman ;)
Kitoblarni ham qayta chiqarish shart emas, sekin-sekin adaptatsiya bo'laveradi.
Bizda o'zi (o'zbek, MDH davlatlarida) yangiliklarni salbiy qabul qilish kasalligi bor.
Darhol negativ, ustidan kulishlar va boshqa jarayonga hech qanday vazn qo'shmaydigan gap-so'z ko'payib ketadi.
Shunchaki take it easy and just do it.
#alifbo / @thinkwithMirro
Repost from Think with Mirro
Alifbo reimagined
o' ni Ă”, g' ni Ä qilgan bilan kitoblar qisqarib, qollar kamroq ogrib, kozlar kamroq charchaydi deb oylamayman
Shunchaki o' larni o, g' larni g sifatida yozsak-chi? Keyin kitoblarda aynan qaysidir sozni talaffuzi "o' yoki oddiy o" deb tushuntirib ketamiz.
Ingliz tilida ham taxminan shunday. Masalan: Moses, soulmate, nitro kabi sozlarda o yoziladi, lekin o' oqiladi.
Meni gapimni kim ham bir tiyinga olardi, lekin yaxshi fikr-a, nima deysiz? đ
P.S. yuqoridagi gaplarni siz o sifatida oqidingizmi yoki o'? (u yerda belgi ishlatilmadi, sezgan bolsangiz)
đșđż #thoughts / @thinkwithMirro
Nurbek Yuldashev â kopirayterlar togâasi Najot Taâlim bilan onlayn kurs qilishibdi
Nurbekni @copirayt kanali orqali yaxshi taniysiz. Anchadan buyon soha boâyicha bilim ulashib keladi. Shu bilimlarni tizimlashtirib NT bilan onlayn kurs holatiga keltirishgani xursand qildi.
Kurs taqdimotini bugun, 20:30 da Youtubeâda koârish mumkin
Apple taqdimotidan koâra koâproq yangilik boâladi deb kutilyapti ;))
#kurs / @thinkwithMirro
Xo'sh, gap qanday kurs haqida ketyapti?
Kurs â Laba/elvtr kompaniyasi tomonidan o'tkazilayotgan Marketing Direktor kursi.
Ustoz â Guilherme Miguel, LinkedIn'da "Consumer Marketing Director" lavozimida ishlaydi
Xulosalar qanday?
Hozircha kursga xulosa berishga vaqtli. Lekin tashkillashtirishga 5 baho.
Kursga bir oycha oldin yozilgandim. 10 kun oldin pochtamga kurs tafsilotlari, "Welcome meeting" uchun havola va Google Classroom'ga qo'shilishga taklif keldi.
Bir haftadan beri 2-3 marta telefon qilishdi. Ololmadim. Email yozishgan ekan, ko'rmapman. SMS yozishdi.
Umuman, kursda qatnashib darsga kelishimni va yaxshi taassurot bilan ketishimni ular ko'proq xohlashyapti haha.
Kurs onlayn bo'lib, barcha materiallar Google Classroom'da yuritiladi, muhokama Discord'da bo'ladi va har hafta 2 kun Zoom'da jonli dars bo'lib o'tadi.
Kurs davomida 6 ta kurs ishi beriladi va 80 balldan yuqori to'plaganlar sertifikat topshiriladi.
Yuqorida ayrim skrinshotlar bilan bo'lishdim. Keyinroq birinchi darsdan olingan xulosalarni yozaman.
O'qiymiz endi, dars qilamiz ;)
#education / @thinkwithMirro
Dam olish kunlari dam olmaydiganlar bormi? ;)
Biz @RahimovSchool da 3-sentyabr kuni ochilish marosimi oâtkazamiz
300 dan ortiq odam kutyapmiz. Nufuzli mehmonlar, maâruzalar, yaxshi yeb-ichar đ
va ekskursiya boâladi.
Ichkarida 10+ odam tinmay ishlayapti. Shu jamoaga qoâshilish uchun sizda boshqa takrorlanmaydigan imkoniyat bor.
Nima qilish kerak?
âą Asosan yugur-yugur ishlar. Baâzida brainstorminglar.
Qachon?
âą 1-2-3-sentyabr kunlari. Qaysi kunligi va ishlash tartibini oâzingiz belgilaysiz.
Nima beramiz?
âą Bepul ovqat, kuchli vayb, netvorking va boshqalar.
5-6 ta odam kerak xolos.
â Oâzingiz haqingizda aytib bering: https://bit.ly/44sMkSx
#ish / @thinkwithMirro
Vakansiya yopildiđ
3 kishini shortlistga oldik
Ertaga hammaligi bilan suhbatlashamiz va 1 kishini tanlaymiz
Hammaga rahmatđ
#vacancy / @thinkwithMirro
Event menejerlikka nomzodlar bugun kech 20:00 gacha qabul qilinadi, keyin shortlist qilib, suhbatga chaqiramiz
#vacancy / @thinkwithMirro
Bollar, vakansiya!
Marketingga anchadan beri qiziqib yurgan bo'lsangiz, 1-2 kurslarni ko'rib tajriba orttirish niyatingiz bo'lsa va energiyangiz uyga sig'mayotgan bo'lsa siz bizga keraksiz.
Bizga hozir @RahimovSchool da ochilish marosimini tashkillashtirish va boshqa ishlarni yo'lga qo'yish uchun super odam kerak
Hozir aniq va'da qilinadigan ish 15-20 kunlik. Qolganini siz bilan ishlab ko'rib, muhokama qilamiz
đž Maosh: 2.5â3 mln. so'm
ââ
@mirro_bro shu Telegramga 3 ta savolga javob berib dumaloq video yuboring (1 daqiqalik):
1. Kimsiz, qayerda o'qigansiz, qayerda ishlagansiz, qaysi tillarni bilasiz, qo'lingizdan nimalar keladi?
2. Nima uchun aynan sizni ishga olishimiz kerak?
3. Biznes/marketingga oid oxirgi o'qigan 3 ta kitobingiz yoki o'qigan kurslaringiz
Bosingizlar!
#vacancy / @thinkwithMirro
Repost from MM "MUFEED MOLIYA"
Bad brands focus on the marketing.
Good brands focus on the product.
Great brands focus on the customer experience.
@chiroylimoliya not my words, but true ones...the key word is "focus"
Yes, And
Albert Urchukov darsida yana bir zoâr narsani oârgangan edik. âHa, va yanaâ strategiyasi.
Kreativ sohada gâoyalar birinchi oârinda. Yaxshi gâoyalar chiqishi uchun ular koâp boâlishi kerak. Siz 10 soat oâylab 1 ta gâoya topganingizdan koâra, 1 soat 100 ta turli-tuman gâoyalarni yozib, uni saralab, eng yaxshilari bilan davom etib, sayqallaganingiz ancha effektivroq. Ancha.
1 soat 100 ta gâoya yozish uchun eng birinchi gâoya toâsilmasligi muhim. 1-gâoya toâsildimi? Siz yutqazdingiz. Keyingisiga oâta olmaysiz. Shunday qilib gâoyalar miyaning bir chekasida aylanib aylanib energiyani tamom qiladi.
Keyingi bosqichga oâtish uchun âYes, Andâ qoidasini ishlatish kerak.
Masalan,
â Biz kofe mashina qilamiz
â Kofe mashina boâlmaydi, sok mashina kerak
â Ha, u kofe mashina sutli kofe ham tayyorlay oladi
â Ha, keyin kappuchino qilib beradi
â Ha, yana ustiga malina ham qoâyib beradi va hokazo.
Oddiy kofe mashinadan boshlangan gâoya oxiri stratosferadan sigirni uloqtirishgacha borishi mumkin haha.
Qandaydir muammoni tanlab, uni shu strategiya orqali yechib koâring. Jamoa bilan buni sinab koâring. Effektini keyin aytasiz.
Yes, And haqida batafsil Forbsda oâqish mumkin.
#leadership / @thinkwithMirro
Kopirayting darslari
Korzinkadan karta haqidagi xabar (rasmda) 3-4 kundan beri kelayotgandi. Yetarlicha qiziqtira olmagani uchun kirmadim.
Bugun telegramdan ham kelgan ekan, kirib koârsam zoâr taklif ekan â ikkinchi xaridga 3% li keshbek.
Lekin nega qiziqtira olmadi?
Push xabarlarning yagona vazifasi â foydalanuvchini qiziqtirish va xabarni ochishga undash.
âKorzinka kartangiz bor-u, lekin siz undan foydalanmaysizmi? U holda buning vaqti keldi!â xabari Jeyson Steythemning iboralariga oâxshab ketadi haha â maânolidek koârinadi-yu, lekin maâno qidirib topa olmaysiz.
Nima taklif qilasan?
Taklifni push xabarning asosiga aylantirish kerak.
âIkkinchi xaridingizga oshirilgan 3% li keshbek beramiz. Tafsilotlar bilan ilovada tanishing.â
Boâldi. Yetadi.
Foydalanuvchi qiziqadi. Kiradi. Tanishadi va eslab qoladi.
SMM postlardagi sarlavha ham, Youtube cover va video nomi ham xuddi shunday ishlaydi. Bannerlar ham. TV rolikdagi ilk 3 sekund ham. Boshida eâtibor jalb qila olmadingizmi? Keyingi qadam bosilmaydi.
#kopirayting / @thinkwithMirro
Kopirayting darslari
Korzinkadan karta haqidagi xabar (rasmda) 3-4 kundan beri kelayotgandi. Yetarlicha qiziqtira olmagani uchun kirmadim.
Bugun telegramdan ham kelgan ekan, kirib koârsam zoâr taklif ekan â ikkinchi xaridga 3% li keshbek.
Lekin nega qiziqtira olmadi?
Push xabarlarning yagona vazifasi â foydalanuvchini qiziqtirish va xabarni ochishga undash.
âKorzinka kartangiz bor-u, lekin siz undan foydalanmaysizmi? U holda buning vaqti keldi!â xabari Jeyson Steythemning iboralariga oâxshab ketadi haha â maânolidek koârinadi-yu, lekin maâno qidirib topa olmaysiz.
Nima taklif qilasan?
Taklifni push xabarning asosiga aylantirish kerak.
âIkkinchi xaridingizga oshirilgan 3% li keshbek beramiz. Tafsilotlar bilan ilovada tanishing.â
Boâldi. Yetadi.
Foydalanuvchi qiziqadi. Kiradi. Tanishadi va eslab qoladi.
SMM postlardagi sarlavha ham, Youtube cover va video nomi ham xuddi shunday ishlaydi. Bannerlar ham. TV rolikdagi ilk 3 sekund ham. Boshida eâtibor jalb qila olmadingizmi? Keyingi qadam bosilmaydi.
#kopirayting / @thinkwithMirro
