Ekologiya Instituti
Open in Telegram
Atrof muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti: • https://ecoilm.uz/ • https://www.facebook.com/profile.php?id=61572911572354 • https://www.instagram.com/ekologiya_instituti/ • YouTube.com/@uzecoit
Show more717
Subscribers
-124 hours
+47 days
-530 days
Posts Archive
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezident Shavkat Mirziyoyev nutqini shunday tilaklar bilan yakunladi:
– Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini albatta barchamiz birgalikda yaratamiz! Bizga mustaqillik ne’matini bergan Parvardigorimizga cheksiz shukronalar bo‘lsin! Istiqlolimiz ijodkori va haqiqiy bunyodkori bo‘lgan xalqimizga shon-sharaflar bo‘lsin! Sizlarni, sizlar orqali butun xalqimizni bugungi ulug‘ bayram – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi bilan yana bir bor tabriklayman. Yurtimiz tinch, xonadonlarimiz obod va farovon bo‘lsin! Yashasin O‘zbekiston Respublikasi! Yashasin O‘zbekiston xalqi!Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Global iqlim o‘zgarishi sharoitida suv va ekologiya masalalari yanada dolzarb bo‘lib borayotgani qayd etildi.
To‘rtinchi milliy dastur suv va tabiatga munosabatni tubdan o‘zgartirishga qaratiladi.
Kelgusi besh yilda ekin maydonlarida suv tejaydigan texnologiyalarning qamrovi 100 foizga yetkaziladi.
– Tabiatga munosabat – xalqning madaniyati, davlatning mas’uliyati va taraqqiyotning sifat ko‘rsatkichidir. “Yashil makon” umummilliy harakatini yangi sifat bosqichiga olib chiqamiz,– dedi Prezidentimiz. Maktab, bog‘cha, shifoxona va ko‘p qavatli uylar atrofidagi yashil hududlar jamiyatning daxlsiz boyligi sifatida muhofaza qilinadi. Yaqin yillarda tuman va shahar markazlarida yashillik ko‘lami 30 foizga yetkaziladi. Facebook|Instagram|X
Repost from Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi
#UNCCDCOP17 #COP17Mongolia
🇺🇿🇲🇳Mo‘g‘uliston Prezidenti O‘zbekiston Milliy pavilyoniga tashrif buyurdi
Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux Ulan-Bator shahrida o‘tkazilayotgan COP17 konferensiyasi doirasida O‘zbekiston milliy pavilyoniga tashrif buyurdi. Unga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ekologiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi — Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov hamrohlik qildi.
https://gov.uz/oz/eco/news/view/210624
🇺🇿🇲🇳Президент Монголии посетил Национальный павильон Узбекистана
Президент Монголии Ухнаагийн Хурэлсух посетил Национальный павильон Узбекистана в рамках конференции COP17, проходящей в Улан-Баторе. Его сопровождал советник Президента Республики Узбекистан по вопросам экологии – председатель Национального комитета по экологии и изменению климата Азиз Абдухакимов.
https://gov.uz/ru/eco/news/view/210624
🇺🇿🇲🇳President of Mongolia Visits the National Pavilion of Uzbekistan
President of Mongolia Ukhnaagiin Khürelsükh visited the National Pavilion of Uzbekistan on the sidelines of COP17, currently taking place in Ulaanbaatar. He was accompanied by Aziz Abdukhakimov, Advisor to the President of the Republic of Uzbekistan on Environmental Issues and Chairman of the National Committee on Ecology and Climate Change.
https://gov.uz/en/eco/news/view/210624
📱Instagram | 📱Telegram | 📱Facebook | X | 📱 Linkedin
Repost from Rasmiy axborot
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbirda davlatimiz rahbari yig‘ilganlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy tabrikladi.
– 35 yil – tarix uchun juda qisqa davr. Lekin ortda qolayotgan yillar o‘zining ko‘lami, yutuq va natijalari bilan asrga tatigulik davr bo‘ldi, desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi, – dedi Prezident.Ushbu o‘zgarishlarning haqiqiy muallifi mehnatkash va olijanob xalqimiz ekani ta’kidlandi. Davlatimiz rahbari mustaqillikning qadr-qimmati qishloqda rizq-ro‘z yaratayotgan fermer va dehqonlar, farzandlarga ta’lim-tarbiya berayotgan ustoz va murabbiylar, inson hayotini asrayotgan shifokorlar mehnatida namoyon bo‘lishini qayd etdi. Shuningdek, ilm-fan taraqqiyotiga yangi g‘oya va kashfiyotlar olib kirayotgan olimlar, zamonaviy korxonalar barpo etayotgan sanoatchi va tadbirkorlar, shahar va qishloqlarni obod qilayotgan quruvchi hamda arxitektorlarning hissasiga alohida to‘xtaldi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official/17665
Repost from Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi
🚴♀️Ertaga respublikada navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkaziladi
Ertaga, 25-avgust kuni respublikaning barcha hududlarida navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkaziladi.
https://gov.uz/oz/eco/news/view/209666
🚴♀️Завтра в республике состоится очередная акция «День без автомобиля»
Завтра, 25 августа, во всех регионах республики пройдёт очередная акция «День без автомобиля».
https://gov.uz/ru/eco/news/view/209666
🚴♀️Uzbekistan to hold another nationwide "Car-Free Day" tomorrow
Another nationwide "Car-Free Day" campaign will take place across Uzbekistan on 25 August.
https://gov.uz/en/eco/news/view/209666
📱Instagram | 📱Telegram | 📱Facebook | X | 📱 Linkedin
Repost from Rasmiy axborot
🇦🇿“Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonni butunlay o‘zgartirdi” — Ilhom Aliyev
✍️Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev O‘zbekistonning so‘nggi yillardagi taraqqiyoti va Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatda amalga oshirilgan o‘zgarishlarga yuqori baho berdi.
U Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston rahbarligiga kelgan davrdagi vaziyat bilan bugungi holat o‘rtasida katta farq borligini ta’kidladi.
“Shavkat Miromonovich O‘zbekistonga rahbarlik qilishni boshlaganida vaziyat butunlay boshqacha edi. Buni O‘zbekiston fuqarolari ham, biz ham juda yaxshi bilamiz. Shu sababli u mamlakatni rivojlanish yo‘liga qo‘yish hamda davlatning iqtisodiy jihatlarini noldan shakllantirish uchun katta kuch bilan ishlashiga to‘g‘ri keldi”, — dedi Ilhom Aliyev.Ozarbayjon rahbari sanoat va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, xorijiy investisiyalarni jalb qilish borasidagi ishlarga ham to‘xtaldi.
“Bugun biz butunlay boshqacha O‘zbekistonni ko‘rib turibmiz — jahon hamjamiyatining juda hurmatga sazovor a’zosiga aylangan O‘zbekistonni. Sanoatni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, energetika, transport infratuzilmasi bilan bog‘liq masalalar juda tezkor va samarali hal etilmoqda”, — dedi u.Ilhom Aliyevning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda amalga oshirilgan ishlar va islohotlar ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik loyihalari uchun ham muhim zamin yaratgan.
“Shavkat Mirziyoyev va uning jamoasi tomonidan O‘zbekiston uchun qilingan ishlar va bu islohotlar bo‘lmaganida, birorta ham hamkorlik loyihasini amalga oshirishning imkoni bo‘lmasdi”, — dedi Ozarbayjon Prezidenti.Shuningdek, u Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston rahbarligiga kelguniga qadar ikki mamlakat o‘rtasida birorta ham qo‘shma loyiha bo‘lmaganini ta’kidladi. Ayni paytda tomonlar o‘zaro tovar aylanmasini 1 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilgan. Ilhom Aliyev bu ko‘rsatkichni uzoq muddatli orzu emas, balki yaqin ikki yilda amalga oshadigan natija sifatida baholadi.
“Bugun biz 1 milliardlik tovar aylanmasi haqida gaplashyapmiz. Bu qandaydir uzoq muddatli orzu emas, yaqin ikki yilda amalga oshadigan ishdir”, — dedi u.✔️Ozarbayjon rahbari ikki tomon iqtisodiyoti ehtiyoj sezayotgan sohalardagi investisiya loyihalari va o‘zaro sarmoyalar ham muhokama qilinganini qayd etib, bunday hamkorlik ikki davlatning parallel ravishda rivojlanishi natijasida yuzaga kelganini qayd etdi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official/17665
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Toshkentdagi O‘zbekiston-Ozarbayjon sammiti qardosh mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni abadiy do‘stlik darajasiga ko‘targan tarixiy voqea bo‘ldi.
—
Узбекско-азербайджанский саммит в Ташкенте стал историческим, подняв отношения между братскими странами до уровня вечной дружбы.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Davlat rahbarlari Yangi Toshkentda "Ozarbayjon" bog‘iga asos soldilar.
—
Главы государств основали парк «Азербайджан» в Новом Ташкенте.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
+5
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Yangi Toshkentda “Ozarbayjon” bogʻini barpo etish ishlarini boshlab berdilar.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев и Президент Азербайджанской Республики Ильхам Алиев дали старт работам по созданию парка «Азербайджан» в Новом Ташкенте.
#Mirziyoyev #tashrif #Ozarbayjon #bog
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
+4
💬 “Ekologik tafakkur va Vatan ravnaqi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi
✅ O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan, “Dolzarb 40 kun” umummilliy tadbirlari doirasida Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutida “Ekologik tafakkur va Vatan ravnaqi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirni Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti direktor o‘rinbosari, texnika fanlari falsafa doktori, professor X. Aminov ochib berdi. U o‘z nutqida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi mamlakatimiz hayotidagi muhim tarixiy sana ekanini ta’kidlab, istiqlol yillarida barcha sohalar qatori atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga to‘xtaldi. Shuningdek, Vatanga sadoqat va muhabbat, yurt ravnaqi hamda tabiatni asrash mas’uliyati bir-biri bilan chambarchas bog‘liq ekanini qayd etdi.Mazkur ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv joriy yilgi yubiley tantanalarining “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan ezgu g‘oyasi asosida tashkil etilib, unda Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlar, ekologik madaniyat va tabiatga mas’uliyatli munosabat masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tadbirda ta’kidlanganidek, mustaqillik nafaqat milliy g‘urur va iftixor, balki Vatan kelajagi uchun yuksak mas’uliyatni ham anglatadi. Bu mas’uliyat, xususan, tabiiy boyliklarni asrash, atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda kelajak avlod uchun sog‘lom va farovon muhit yaratishda namoyon bo‘ladi.
Tadbirning muhim jihatlaridan biri — unda O‘zbekiston xalq shoiri, taniqli ijodkor Mahmud Toirovning mehmon sifatida ishtirok etgani bo‘ldi. Shoirning ishtiroki tadbirning ma’naviy-ma’rifiy mazmunini yanada boyitib, Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlar va tabiatga mehr kabi tushunchalarning o‘zaro uyg‘unligini yoritishga xizmat qildi. Uchrashuv davomida adabiyot va ijodning yosh avlod ma’naviyatini shakllantirish, ezgu g‘oyalarni targ‘ib qilish hamda jamiyatda ijobiy qadriyatlarni qaror toptirishdagi o‘rni alohida qayd etildi.Samimiy muloqot va fikr almashuv ruhida o‘tgan tadbirda ekologik tafakkurni shakllantirish, tabiatga mas’uliyatli munosabatni kuchaytirish, ekologik qadriyatlarni yosh avlod ongiga singdirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Ishtirokchilar tomonidan Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, ekologik sohadagi islohotlar va yosh avlodda ekologik mas’uliyatni shakllantirishning dolzarb jihatlari yuzasidan fikrlar bildirildi. ✔️ Ushbu ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv Vatanga sadoqat, milliy g‘urur va ekologik mas’uliyat tuyg‘ularini uyg‘un ravishda shakllantirish, jamiyatda ekologik madaniyatni yanada yuksaltirishga qaratilgan muhim tadbirlardan biri bo‘ldi. Rasmiy sahifalarimiz 🌐 www.ecoilm.uz | 📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱Facebook | 📱 YouTube
Repost from Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi
🍀Ekologik huquqbuzarlikka guvoh bo‘ldingizmi? Bu haqda xabar bering!
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi fuqarolarni befarq bo‘lmaslikka hamda ekologik qonunchilik buzilishi holatlari haqida xabar berishga chaqiradi. Daraxtlarni noqonuniy kesish, atrof-muhit va atmosfera havosining ifloslanishi, ruxsatsiz chiqindi tashlash joylari hamda boshqa ekologik huquqbuzarliklar tabiat va inson salomatligiga zarar yetkazadi.
📲 Aniqlangan huquqbuzarlik haqida Telegram-bot orqali xabar berishingiz mumkin: @ecogovuz_bot
📞 Shuningdek, ishonch telefoni orqali murojaat qilishingiz mumkin: 1157
Sizning murojaatingiz huquqbuzarlikni o‘z vaqtida aniqlash, zarur choralarni ko‘rish va atrof-muhitni muhofaza qilishga yordam beradi.
Keling, tabiatni asraylik va toza atrof-muhitni birgalikda saqlab qolaylik!
🍀Стали свидетелем экологического нарушения? Сообщите об этом!
Национальный комитет Республики Узбекистан по экологии и изменению климата призывает граждан не оставаться в стороне и сообщать о фактах нарушения экологического законодательства. Незаконная вырубка деревьев, загрязнение окружающей среды и атмосферного воздуха, несанкционированные свалки и другие экологические нарушения наносят ущерб природе и здоровью людей.
📲 Сообщить о выявленном нарушении можно через Telegram-бот: @ecogovuz_bot
📞 Также вы можете обратиться по телефону доверия: 1157.
Ваше сообщение поможет своевременно выявить нарушение, принять необходимые меры и защитить окружающую среду.
Давайте вместе беречь природу и сохранять чистую окружающую среду!
📱Instagram | 📱Telegram | 📱Facebook | X | 📱 Linkedin
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
+6
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xiva shahrida tashkil etilgan Lyaonin pedagogika universitetining Oʻzbekistondagi filiali va Konfutsiy instituti faoliyati bilan tanishdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с деятельностью филиала Ляонинского педагогического университета в Узбекистане и Института Конфуция, открытых в городе Хиве.
#Mirziyoyev #safar #Xorazm #oliytalim
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyev Urganchdagi Kasblar shaharchasida yoshlar bilan muloqot qildi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев пообщался с молодежью в Городке профессий в Ургенче.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
+6
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm ilgʻor kasbiy mahorat texnikumi hamda uning hududida tashkil etilgan Kasblar shaharchasi faoliyati bilan tanishdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с деятельностью Хорезмского техникума передового профессионального мастерства и расположенного на его территории Городка профессий.
#Mirziyoyev #safar #Xorazm #kasbiytalim
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezidentimiz Urganch xalqaro aeroportining rasmiy delegatsiyalar uchun mo‘ljallangan yangi terminalini ko‘zdan kechirdi.
—
Президент нашей страны ознакомился с новым терминалом для официальных делегаций международного аэропорта Ургенча.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga tashrifi Urganch xalqaro aeroportidagi rekonstruksiya ishlari bilan tanishishdan boshlandi.
—
Поездка Президента Шавката Мирзиёева в Хорезмскую область началась с ознакомления с ходом реконструкции международного аэропорта Ургенча.
#Mirziyoyev #safar #Xorazm #aeroport
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi
🌿O‘simlik qoldiqlarini tabiiy o‘g‘itga qanday aylantirish mumkin?
To‘kilgan barglar, qurigan shoxlar va boshqa o‘simlik qoldiqlarini chiqindiga aylantirish shart emas. Ularni to‘g‘ri qayta ishlash orqali tuproq unumdorligini oshiradigan, namlikni saqlashga yordam beradigan va o‘simliklarning sog‘lom o‘sishini ta’minlaydigan qimmatli organik o‘g‘it – kompost olish mumkin.
https://gov.uz/oz/eco/news/view/204858
🌿Как превратить растительные остатки в натуральное удобрение?
Опавшие листья, сухие ветки и другие растительные остатки не обязательно превращать в отходы. При правильной переработке они могут стать ценным органическим удобрением – компостом, который улучшает плодородие почвы, помогает сохранять влагу и способствует здоровому росту растений.
https://gov.uz/ru/eco/news/view/204858
🌿How to turn plant residues into natural fertiliser?
Fallen leaves, dry branches and other plant residues do not necessarily have to become waste. When properly processed, they can be transformed into valuable organic fertiliser—compost—which improves soil fertility, helps retain moisture and promotes healthy plant growth.
https://gov.uz/en/eco/news/view/204858
📱Instagram | 📱Telegram | 📱Facebook | X | 📱 Linkedin
Repost from Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi
💬Green University’da Iqlimga chidamli Markaziy Osiyo uchun ilmiy yechimlar muhokama qilindi
14-avgust kuni ”Green University”da “Iqlimga chidamli Markaziy Osiyo uchun fan, innovatsiyalar va hamkorlik” mavzusida Markaziy Osiyo iqlim o‘zgarishi bo‘yicha muloqoti bo‘lib o‘tdi. Tadbir Samarqand iqlim forumining davomi doirasida tashkil etilib, ilmiy hamkorlik, iqlimga moslashuvchanlik, innovatsiyalar va mintaqaviy hamkorlik masalalariga bag‘ishlandi.
https://gov.uz/oz/eco/news/view/206547
💬В Green University обсуждены научные решения для климатоустойчивой Центральной Азии
14 августа в Green University в Ташкенте состоялся Центральноазиатский диалог по изменению климата на тему «Наука, инновации и сотрудничество для климатоустойчивой Центральной Азии». Мероприятие прошло в рамках наследия Самаркандского климатического форума и было посвящено вопросам научного взаимодействия, климатической устойчивости, инноваций и регионального сотрудничества.
https://gov.uz/ru/eco/news/view/206547
💬Scientific solutions for a climate-resilient Central Asia discussed at Green University
On 14 August, the Central Asian Climate Change Dialogue, entitled “Science, Innovation and Cooperation for a Climate-Resilient Central Asia,” was held at Green University in Tashkent. The event, organized as part of the legacy of the Samarkand Climate Forum, focused on scientific cooperation, climate resilience, innovation and regional collaboration.
https://gov.uz/en/eco/news/view/206547
📱Instagram | 📱Telegram | 📱Facebook | X | 📱 Linkedin
