Gipsofila
Open in Telegram
Sen eshitganlaringni eng yaxshilarini yozib ol, yozib olganlaringni eng yaxshisini yod ol.
Show moreThe country is not specifiedReligion & Spirituality134 731
613
Subscribers
No data24 hours
-27 days
-1230 days
Posts Archive
613
📨 Sizga yangi anonim xabar bor!
Ta'til yana 1 oy cho'zilsin🥲😭
Qo'rqitmangeee, axir qancha kuttim ta'til tugashini)
613
)) Men haligacha ismimni to'g'ri o'qisinda deb turaman. Xullas baribir deyarli har doim noto'g'ri o'qishadi💔
Men Universitetda o'qisam gebiy bo'b ketaman deb o'ylaganman)
613
Anonimlarni kechga barchasini joylab qo'yaman. Barchangizga rahmatlarim u qadar kayfiyatim ko'tarilmoqdaki)
613
Eng yaxshi ko'rganim ertaga 1-sinflarning holati.
Qizchalar sochiga boshidan katta keladigan ikkita oppoq bantik, yana jimjimador tuflichalarda yugurib-yugurib yurishadi)
O'g'il bolalar esa o'zini eplaganiku eplaydi yoki chang ko'ylaklari birnimaalar bo'ladi xullas))
Ukam yodimga tushdi. Birinchi sinfida qo'liga gullar berib qandaydir hayajon bilan kuzatganmiz. Qaytishi esa daxshat bo'lgan. Burni qonagan, oppoq ko'ylaklari qon, shimi chang😅. Xullas bir ahvol. Bitta boshqa sinfdoshi boshqa qiz bola sinfdoahiga joy bermay uni yig'latgani uchun ukam o'zicha "jentlmen" lik qilib anu bola bilan yoqalashib kegan💔
613
O'quv yili boshlanmoqda. Kimdirda hayajon, yana kimdir xafa ta'til tezda tugaganidan.
O'qishga eng birinchi kun borganingizni eslay olasizmi? Qiziq bo'lgana) maktab, litsry kollej universitet hammasida eng birinchi kun o'zgacha bo'ladi.
O'z hikoyangizni bo'lishing eshtib mazza qilaylik)
Yozing
613
Repost from Gipsofila
Shunday zamonlar bo'lgan
Umaviylar sultoni Hishom ibn Abdurahmon taxtga chiqqanida (hijriy 172/milodiy 788 yil) hali uylanmagan edi. Turmush qurish istagi tug'ilib, o'ziga munosib juft tanlash uchun kelinlikka munosib nomzodlarga Qur'onni to'liq yod olganlik shartini qo'ydi. Shunda birgina Galin degan joydan 720 nafar hofiza qiz chiqdi. Sulton ikkinchi shartini qo'yishga majbur bo'ldi. U shartga ko'ra, bo'lajak turmush o'rtog'i imom Molikning "Muvatto" nomli hadis kitobini ham yod bilishi kerak edi. Shunda ham kelinlikka nomzodlar kamaymadi. Qurtubaning o'zidan 500 nafar qizning ham Qur'oni Karimni, ham "Muvatto" ni, ham fiqh va qonunlarni yod bilishi aniqlandi...
Andalusiya ana shunday ilm, madaniyat o'chog'i edi.
"Qur'on qalblar shifosi" kitobidan
@ggipsofila
613
Va nega faqatgina ayol-qizlar ta'lim oladigan dargohlar juda kam? Deyarli yo'q desa ham bo'ladi. Shu haqida o'ylab ko'rganmisiz?
O'ylab uyaldimkiii, chunki talab yo'qligidandir? Rag'bat yo'qligidandir? Talab qilinsa, bizga ilm kerak deya jiddu-jahd ochilmasmidi?
Ey qizlar tan olaylik bizdan sharmandani hidi kelyapti.💔
613
Ey ayollar hozirgi holatimizni o'z yashayotgan joyimdan kelib chiqib aytaymi?
Nahv, sarf balog'at fiqh ilmlari uyoqda tursin boshlang'ich arab tili kurslaridan ayol mutaxassis yo'q.
Stamatolog(hozircha o'zim ishim tushgani) boshqa turdagi ayol shifokorlar deyarli yo'q.
Lekin bir dunyo "vibe"chilar va men kabi o'tirib olib faqat yozishni biladiganlar bor.
Shu gaplarni faqat yoziashnigina biladigan men kabilar ko'p.
Shu narsalarni bilib turib bugun tunda bemalol uxlay oladigan men kabilar ko'p.
613
Repost from Соябон остидаги аёл
Dunyoda eng qimmatli narsa bu - erk. Erkni hech nimaga alishib bo'lmaydi.
Koreyada bir oyog'i yo'q yovvoyi kabutarlarga ko'p duch kelardim. Shunda his qilganman. Inson tugul hatto shu mushtumdek jonzot ham erki uchun oyog'idan voz kechishga tayyorligini, erk shunchalar ulug' ne'matligini.
Bugun afg'on ayollari erk deb yig'lamoqda. Ukrain erkaklari erk deb jon bermoqda. Jadidlarimiz erk deb o'lib ketdilar.
Erk qadrini bilish uchun yo'qotish shart emas! Qafasdagi qushlar zoriga quloq tutsangiz bas!
- Erkimiz qadriga yetaylik!
613
Eng yaxshi hadya bu mehr💔🥹
Hozirgi yosh bolalar ham yomon bo'b ketganeee, uyni titish oldidan paxta bu)
613
KUZ
Biron nima bormi xijrondek taxir,
Biron nima bormi sog‘inchdan yovuz.
Mening ko‘zlarimdan boshlanar yomg‘ir,
Mening yuragimdan o‘tib kelar kuz.
Ikkiga tars yorib majruh tanamni,
Qalbimni qo‘porib ketgan bir beyuz.
Mening narhi arzon yurakkinamni,
Hazon bozorida sotib kelar kuz!
Sen deb ko‘zlarimga tor kelsa dunyo,
Har tun halovatdan umidingni uz.
Menku hali yana gullarman, ammo,
Sening bahoringga yetib kelar kuz!
Endi zulm qilma boshqa hech kimga,
Buzsang bitta mening qalb qasrimni buz!
Sening bahori yo‘q saltanatinga,
Bezanib, tilloga botib kelar kuz!
Tanamni aylading jonimdan judo,
Toabad ko‘zimning daryosida suz!
Bitta bahorimni to‘zg‘itding, illo,
Seni yilda to‘rt bor topib kelar kuz!
Malika Tavfiq
613
Biz insonlar nega unaqamiz?
Haqni istaymiz haqni talab qilamiz lwkin yolg'onni yaxshi ko'ramiz.
Barcha narsa ochiq-oydin ko'rinsada, negadir o'zimizni shirin yolg'onga ishontiraveramiz. Natijada haqiqatga yuzlashganda eng eng og'iri o'zimizga bo'ladi.
Mening shirin yolg'onlarim u qadarkii, haqqoniylikni unuta boshladim chog'i. Sizlar shunchaki sarobsiz. Xira rangdagi bir surat xolos. Jonsiz. Yolg'on.
Siz yolg'onsiz. Shunchaki yo'qlik bor. Mening xayolotim xolos. Haqiqat boshqa.
613
O'tgan yili ham shu kuni ayni shu kayfiyatda ekanman ajoyib lekin)
Faqat unda o'zim jo'yali yozolmasdim. Balki bir yildan so'ng hozirgi yozganlarimni jo'yali deb bilmasman.
613
Muhabbatda o'ylanish bo'lmaydi. "Ha" mi "Ha". "Yo'q"mi "Yo'q.
Unutmang muhabbatda ikkilanish bo'lmaydi. Ikkilandingizmi siz aytayotganingiz muhabbat emas.
Muhabbatda shubha bo'lmaydi. Ishonmadingizmi bu muhabbat emas.
Muhabbatda kutish bo'lmaydi. Muhabbat evazsizdir.
613
Ey kayfiyat insofing bormi?
Hech sababsiz nega o'zingcha tushib ketaverasan?
Kayfiyat: Sababsiz?!
Meni tinch qo'y kayfiyatjon axir kuz kelyaptiku, hoizr tinch qo'ysang, yaqin kunlarda seni yomg'ir sayriga olib chiqaman)
613
Bir gap aytaymii bu gap ham emas sir aslida. Onalarning "dadang aytdi" gapi borkuu 100% onalarning o'zlariniki) Biron ishga kirishmoqchi bo'lsangiz jim-jim shu onalarni eritish kerak. Keyin marra sizniki
Va men magistr haqidagi gaplar bilan onamning miyalarini zaharlay boshladim)
613
Va tojik bo'lishning eng yaxshi tarafini aytaymi?
Ko'pincha seni o'zbek deb o'ylashadi va qoshing ko'zing demay tojikchada g'iybat qikishadi. Yakunda sen ularga tojikcha gapirib taksidan irjayib tushib ketasan.
Va ularning ayni shu paytdagi yuzlarini ko'rish boshqachada)
613
Eng yomon ko'rganlarimdan biri bu millatchilik(
Inson bitovni millatini ko'rib xulosa chiqarishi aqlga sig'maydida. Men tojikman) lekin tojiklarni ham o'zbeklar ham birdek. O'ylab qarasam bizda shunday holatlar bo'ladiki hatto o'zbek deb qiz berishmaydi. Qani mantiq Karl?
O'zi qiz oldi berdisi nimaga eeng so'nggi narsalarni hisobga olgan holda bo'ladi? Boya anonimda ham so'rashgandi uzoqqa turmush qurish haqida.
Muso a.s "mahalladan ortmay" demadilarku axir. Madyandan uylandilar, ismi, millati uchun emas hayosi uchun uylandilar. Insonlar bilan munosabatda masofa, rang, irq, millat qanchalik muhim? Bular ahamiyatga molik emas narsalarku axir...
Yana sheva ham umuman ahamiyatga ega emas. Insonlar muhim, ularning fikri muhim, qalbi muhim💔
