cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Соябон остидаги аёл

Ijodiy kanal

Show more
Advertising posts
764
Subscribers
-724 hours
+1847 days
+11930 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailableShow in Telegram
...Инсон шунинг учун исён кўтарадики, ёлғон, ҳақсизлик ва бедодлик унинг қисматидадир. Инсон улардан мутлақ халос бўлолмайди; у бедодлик ва ҳақсизлик мавжудлигини кўраётгани учун ҳам исёндан воз кечаолмайди. Аммо инсон улар билан келишаолмайди ҳам… Демак, исёнкор одамга ором йўқ. Инсон зулматда туриб ҳам ўлимга, емирилишга ундовчи даъватларга қаршилик кўрсатиши лозим, бу унинг ягона қадриятидир. Aлбер Kамю "Исёнкор одам"
Show all...
9🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
«…Биз ўзимиз яшаётган дунёни гўзаллик билан ёнма-ён туриб тарихий жараёнларнинг кўпиги бўлган яроқсиз ақидаларга эмас, санъаткор яратган ижодий оламни ўзида мужассам этган, нафратимизга сазовор дунёга янги ном, янги моҳият бера оладиган ИЖОДКОРга суянгандан сўнггина бошланажак улуғ уйғониш кунига замин ҳозирлаймиз». Албер Камю «Исёнкор одам» китобидан
Show all...
6🔥 1
Yozuvchi Ulug'bek Hamdamning "To'rtko'cha" romani haqida qisqacha Asar O'lmas ismli yigitning yozuvchilikka havasi va shu maqsadda o'qishga kirish uchun poytaxtga yo'l olishidan boshlanadi. Keyinchalik armiya xizmati va qayta universitetga xujjat topshirishi, talabalik davri bilan voqealar davomlaydi. So'ng o'ttiz yillik umri birma-bir so'zlab beriladi. Bu yillarning asosiy qismi ayni mustaqillik va birinchi prezident hokimiyati davriga to'g'ri keladi. Yozuvchi shu o'ttiz yillik davr ichida butun boshli jamiyat, uning boshidan kechirganlari, xatolari, o'y-xayollari, kechasiyu bugunini bor bo'yi bilan aks ettirishga harakat qiladi. Bunda millat qiyofasi chiziladi. Shu millatning har bir a'zosi yuziga oyina tutiladi. Keng o'quvchilar doirasiga mo'ljallangan bu roman voqealari sizni gohida yig'latsa, gohida parishon qilib qo'yadi. Chunki undagi qahramonlarning hech biri begona emas. Asarda sizu biz, atrofimizdagilar qiyofasi namoyon bo'ladi, minglab o'lmaslarning hayoti hikoya qilinadi. Menimcha, eng ko'p ko'cha boshida turgan odamga qiyin, bilsangiz agar. Chunki u tanlov qarshisida turibdi. Bir yo'lni tutishi, tanlashi kerak. Bu juda muhim tanlov. Yo bor qiladi, yo yo'q qiladi. O'ylab qarasam, inson hayoti tanlovlardan iborat ekan. Va biz ana tanlovlar oqibatini boshdan kechiramiz. O'z tanlovimiz asosida yashab o'tamiz. Romanda aks etgan, yoritilgan har bitta qahramon o'zining tanlovlari qurbonidir. "To'rtko'cha"ning ramziy ma'nosini shunda ko'rdim men. Ustoz yozuvchimiz Ulug'bek Hamdam ijodi ixlosmandlari, o'qirmanlariga yangi asar muborak bo'lsin!
Show all...
8👍 4👏 3
Photo unavailableShow in Telegram
Nihoyat "To'rtko'cha" tahririni tugatdim. Tugatdimu ko'za kabi to'lganday his qildim o'zimni. (Endi to'kilish kerak...)
Show all...
5👍 2👏 1
Repost from Viqor
Дунё секин-аста интиҳо сари одимламоқда. Чунки, мўъжизалар рўй бермай қўйди. Габриэл Гарсиа Маркес
Show all...
👍 5 1🔥 1
Show comments
Photo unavailableShow in Telegram
#muharrir_tavsiyasi Besh kichkintoy kitoblar sotuvda. 🎉 Sarguzashtlarga boy, qiziqarli syujet, mazmun jihatidan pishiq-puhta kitoblar izlayotganlar bo'lsa, ushbu postni ulashib qo'ying! Bolajonlarning yozgi ta'tilda vaqtlarini behuda o'tkazmasligi uchun eng zo'r tanlov, deb o'ylayman.
Show all...
3🔥 2👍 1
Repost from N/a
Photo unavailableShow in Telegram
#tugatildi🥲🥲🥲 Barchaga tafsiya qilaman 🫶
Show all...
🔥 6 3
Men odatda o'qigan kitoblarimdagi qahramon onalar, ona, onam haqida deyarli yozmayman, chunki nimadir yozsam ham o'ta sun'iy va balandparvozdek tuyulaveradi. Asli eng qiyini ham shu - mehrni ta'riflash bo'lsa kerak. Ayniqsa, tuyg'ularini ifodalay olmaydigan mendek biri uchun nafaqat onalar haqida nimadir yozish, balki mutolaa jarayoni ham o'ta og'ir. Qiziq, inson onasi haqida qalbida bor his-tuyg'ularini eng betakrorligicha yetkazib berolishi uchun naqadar buyuk yozuvchi bo'lishi kerak-a? Uni boshqa tildan o'z ona tiliga asliyatdagidek yetkazib bera olishi uchun-chi, qanday mohir tarjimon bo'lishi kerak? Yaqindagina "Yangi asr avlodi" nashriyotida chop etilgan, yozuvchi va tarjimon Raxshona Ahmedova tomonidan tarjima qilingan "Onamni asra" kitobi aynan shunday tarjima asarlardan biridir. Asar koreys yozuvchisi - Shin Kyong Suk qalamiga mansub bo'lib, 20dan ortiq davlatlarda nashr etilgan va hozirgacha o'z qiymatini yo'qotmasdan kelmoqda. Asarda yoshlik yillari urush davriga to'g'ri kelib, erta turmushga chiqqan, butun hayotini turmush o'rtog'i va farzandlariga baxshida etgan ayol haqida hikoya qilinadi. U o'z orzu-istaklaridan voz kechib, butun hayotini farzandlari uchun qurbon qiladi, natijada esa asta-sekinlik bilan yo'qolib boradi. Hayotning ne bir qiyinchiliklariga bardosh berib, farzandlarini voyaga yetkazsa-yu, ular bunga munosib javob qaytarishmasa, aqalli uni biror marta eshitishmasa, naqadar adolatsizlik. Ehtimol, yaqin insonini yo'qotmaguncha uning qadriga yetmaslik insoniyatning qon-qoniga singib ketgan bir merosmikan? Asar qahramonlari ham to onasini yo'qotib qo'ymaguncha unga faqat tug'ilishlari uchun sabab bo'lgan vosita sifatida qarashadi. Keyinchalik esa ular onalari har birining hayotida naqadar muhim o'rni borligini tushunib yetishadi. Biroq, ona endi ularni eshita oladimi? "Onamni asra" kitobi faqat ma'lum bir davr uchun emas, balki barcha zamonlarda sevib o'qiladigan, makon va zamon tanlamas asardir. Negaki, unda o'lmas mavzu - ona mavzusi qalamga olinadi. Yozuvchi bu orqali hali fursat borligini, yaqin insonlarni borligida qadriga yetish kerakligini anglatishga urinadi. Asarni o'qish uchun yosh chegaralanmagan, menimcha hammaga birday yoqsa kerak, ayniqsa, o'z onasini yaxshi ko'radigan har bir insonga, ularning qadriga ko'proq yetishlari uchun o'qish tavsiya etiladi. Onalarimizni asraylik!
Show all...
6
Photo unavailableShow in Telegram
#Tez_kunda #янги_китоб "...бани инсон шундай замонга кириб боряпти-ки, олим бўлмасдан яшаб бўлмайди энди. Энг оддий одам ҳам ўз ҳаётининг олимига айланиши керак. Йўқса, туртинади -- туртишади, ўзи қолиб, бола-чақасиниям туртади бу ҳаёт, агар олим бўлмаса!" Улуғбек Ҳамдам "Тўрткўча"
Show all...
10👍 5👏 2
Telegram`da foydali va qiziqarli kanallar tobora ko'payib bormoqda. Bugun biz sizning e'tiboringizga adabiyot va kitobxonlikni targ‘ib qiluvchi eng sara kanallarni havola etamiz. Barcha kanallarga a'zo bo‘lish uchun havolani BOSING!
Show all...
🔥 2