en
Feedback
RTTYOMNF | Rasmiy

RTTYOMNF | Rasmiy

Open in Telegram

Respublika tez tibbiy yordam markazi Namangan viloyati filiali va uning xududiy stansiyalari rasmiy matbuot kanali!

Show more
1 840
Subscribers
-524 hours
-2557 days
-48030 days
Posts Archive
Repost from 103_Press_Official
📰📰📰📰📰📰📰 🇺🇿🇷🇺Oʻzbekiston delegatsiyasi Moskvada tez va shoshilinch tibbiy yordamni tashkil etishning ilgʻor tajriba
+7
📰📰📰📰📰📰📰 🇺🇿🇷🇺Oʻzbekiston delegatsiyasi Moskvada tez va shoshilinch tibbiy yordamni tashkil etishning ilgʻor tajribasi bilan tanishdi Rossiya Federatsiyasiga rasmiy tashrif doirasida Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi Moskva shahridagi A.S.Puchkov nomidagi tez va shoshilinch tibbiy yordam stansiyasi hamda N.V.Sklifosovskiy nomidagi tez tibbiy yordam ilmiy-tadqiqot institutiga tashrif buyurib, tez va shoshilinch tibbiy yordamni tashkil etishning zamonaviy yondashuvlari, chaqiruvlarni boshqarish tizimi, raqamli yechimlar va tibbiyot xodimlari ishini tashkil etish bilan yaqindan tanishdi. A.S.Puchkov nomidagi tez va shoshilinch tibbiy yordam stansiyasiga tashrif chogʻida Oʻzbekiston delegatsiyasiga dunyodagi eng yirik tez tibbiy yordam xizmatlaridan birining faoliyati tashkil etildi. Yagona dispetcherlik markazi faoliyati, chaqiruvlarni qabul qilish va qayta ishlashning zamonaviy texnologiyalari, chaqiruv brigadalarni boshqarishning raqamli vositalari, tez tibbiy yordam mashinalari ishini monitoring qilish tizimi, shuningdek, shifoxonagacha boʻlgan bosqichda tibbiy yordam koʻrsatish sifatini nazorat qilish mexanizmlariga alohida eʼtibor qaratildi. Oʻzbekiston tomoni vakillari axborot texnologiyalarini joriy etish, zamonaviy dasturiy yechimlardan foydalanish, tibbiyot xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish tizimi, shuningdek, tez tibbiy yordam xizmatining boshqa favquloddagi xizmatlar bilan oʻzaro hamkorligini tashkil etish amaliyoti bilan ham tanishdi. Tashrif dasturining salmoqli qismi shoshilinch ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatishga ixtisoslashgan Rossiya Federatsiyasining yetakchi tibbiyot muassasalaridan biri boʻlgan N.V.Sklifosovskiy nomidagi tez tibbiy yordam ilmiy-tadqiqot institutiga tashrif buyurishga bagʻishlandi. Institutda delegatsiya aʼzolariga ogʻir jarohatlar, oʻtkir yurak-qon tomir kasalliklari, insult va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan holatlar bilan ogʻrigan bemorlarga yordam koʻrsatishni tashkil etish boʻyicha zamonaviy yondashuvlar taqdim etildi. Tashrif ishtirokchilari qabul boʻlimi, diagnostika boʻlinmalari, jarrohlik bloklari va reanimatsiya boʻlimlari faoliyati, shuningdek, tibbiy yordam koʻrsatishning shifoxonagacha va shifoxona bosqichlari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik tizimi bilan tanishdi. Institut negizida faoliyat yuritayotgan Sanitariya aviatsiyasi va halokatlar tibbiyoti markazi faoliyati bilan tanishish alohida qiziqish uygʻotdi. Oʻzbekiston delegatsiyasi vakillariga bemorlarni sanitariya-aviatsiya evakuatsiyasini tashkil etish tizimi, favqulodda vaziyatlar va jabrlanganlarning ommaviy kelishi paytida harakatlarni muvofiqlashtirish tartibi, hududlararo hamkorlik mexanizmlari, shuningdek, halokatlar tibbiyoti xizmati kuch va vositalarini boshqarishning zamonaviy texnologiyalari taqdim etildi. Uchrashuvlar davomida tomonlar tez va shoshilinch tibbiy yordam xizmatini takomillashtirish, raqamli texnologiyalarni joriy etish, dispetcherlik samaradorligini oshirish, sanitariya aviatsiyasini rivojlantirish, tibbiy yordam sifatini boshqarish tizimini takomillashtirish va tibbiyot kadrlarini tayyorlash masalalari boʻyicha tajriba almashdilar. Tashrif yakunlari boʻyicha professional hamkorlikni davom ettirish, tez va shoshilinch tibbiy yordamni tashkil etish sohasida tajriba almashish va ilgʻor tajribalarni oʻrganish boʻyicha kelishuvga erishildi, bu esa Oʻzbekiston Respublikasi tez va shoshilinch tibbiy yordam xizmatini yanada rivojlantirish, zamonaviy tashkiliy va texnologik yechimlarni joriy etish, shuningdek, aholiga tibbiy yordam koʻrsatish sifati va ommabopligini oshirishga xizmat qiladi. #tez_tibbiy_yordam #hamkorlik #tashrif #Moskva Telegram | Facebook | Instagram | Web-site | YouTube

#Мурожаат (Шахсга доир бўлганлиги учун тахрирланди) Туркистон маҳалласиданман. Кунига 2-3 бор 103 чақираман. Барака топишсин
#Мурожаат (Шахсга доир бўлганлиги учун тахрирланди) Туркистон маҳалласиданман. Кунига 2-3 бор 103 чақираман. Барака топишсин келиб , ёрдам қилишади. Аммо поликлиникасимизда участкамизга ажратилган тиббиёт ходимлари борми? Д назоратдаман. оғриқларим сабаб , ўзим юра олмайман. Даволанишга мухтожлигим кундан кун ортмоқда. Ётиб даволанишга эса қўлим калта маблағим йўқ. Айтиш осонмас лекин соғлиқ учун сизлардан умид қилдим. Поликлиника биздакагамас балки ўша ерга борганлар учун ишламаса керак. Мухтожлар учун хамдир. Биламан сизлар чиқарган кунингиз 2 мартагача келишади , расм ва тамом яна шу 103 бор бўлсин. Илтимос даволанишим учун кўмак беринглар. — П/С: Баъзи патранаж хамширалару участка докторларини ишлашига гап йўқ. Аммо айримлари хатто Проф кўриги хам ўлда-жўлда. Биламизки , мурожаат чиқиши билан интегратция қилиб хабар олганмиз дейилади аммо шундай бўлса нега бу каби фуқаролар 103 ни бир неча бор чақиришади. Уларни иш режасида шулар хам борми? ё ... ‼️Мавзуга яна қайтамиз. 📲 Каналга қўшилинг 👉 @chortoqliklarbugun

⚡️TЕZ TIBBIY YORDAM SHIFOKORI YANA BIR INSON HAYOTINI SAQLAB QOLDI! 2026 yil 5 iyul kuni Namangan viloyatida tezkorlik, bilim
⚡️TЕZ TIBBIY YORDAM SHIFOKORI YANA BIR INSON HAYOTINI SAQLAB QOLDI! 2026 yil 5 iyul kuni Namangan viloyatida tezkorlik, bilim va mahorat uyg‘unligi yana bir bor o‘z samarasini berdi. Respublika tez tibbiy yordam markazi Namangan filiali hamda Chust shahri TTB Reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limi shifokori — reanimatolog Shoyusupov Boburjon Abdulboqiyevich Turkiya Respublikasi fuqarosi bo‘lgan bemorning hayotini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi. Bemorda yurakning o‘ta og‘ir ritm buzilishi — qorinchalar fibrillyatsiyasi kuzatildi. Barcha zarur dori vositalari qo‘llanilganiga qaramay, kutilgan natija bo‘lmadi. Vaziyatni to‘g‘ri baholagan shifokor kechiktirmasdan elektr kardioversiya usulini amalga oshirdi. Natijada yurak ritmi qayta tiklanib, bemorning hayoti saqlab qolindi. Tez tibbiy yordam tizimida xizmat qilayotgan shifokorlar har kuni inson hayoti uchun kurashadi. Ushbu holat ham ularning yuksak kasbiy tayyorgarligi, mas’uliyati va fidoyiligining yorqin namunasidir. Shoyusupov Boburjon Abdulboqiyevichga sidqidildan minnatdorchilik bildiramiz va kelgusi faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!! #tez_tibbiy_yordam #Chust_tumani ✅ TELEGRAMFACEBOOK 🌐 INSTAGRAM 📹 YOUTUBE

🔴 TAYINLOV ✅ Tegishli buyruqqa ko‘ra, Durmanov Baxrom Dusanovich Respublika tez tibbiy yordam markazi direktorining Tez tibb
🔴 TAYINLOV
Tegishli buyruqqa ko‘ra, Durmanov Baxrom Dusanovich Respublika tez tibbiy yordam markazi direktorining Tez tibbiy yordam filiallari bilan ishlash, sifatni monitoring va nazorat qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
🗓 B. Durmanov 1984 yilda Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida bo‘lim boshlig‘i, Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida kafedra mudiri, Sog‘liqni saqlash vazirligida yetakchi mutaxassis kabi mas’ul lavozimlarda ishlagan. 🤩 Tibbiyot fanlari nomzodi B. Durmanov tayinlovga qadar Respublika tez tibbiy yordam markazida Sifatni monitoring va nazorat qilish bo‘limi mutaxassisi bo‘lib ishlab kelayotgan edi. 🚑  SSV Matbuot xizmati.

⚡️Namangan viloyati hokimligi binosida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi Bugun, Namangan viloyati hokimligi binosida Favq
+4
⚡️Namangan viloyati hokimligi binosida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi Bugun, Namangan viloyati hokimligi binosida Favqulodda vaziyatlar davlat quyi tizimi (FVDT) tarkibiga kiruvchi tezkor xizmatlar ishtirokida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi. O‘quv mashqi viloyat hududidagi yuqori chaqiriqqa kiritilgan obyektlarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlarni bartaraf etish, qutqaruv ishlarini tashkil etish hamda favqulodda vaziyatlar oqibatlarini tezkor bartaraf etish maqsadida Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan tashkil etildi. Mashg‘ulot davomida shartli ravishda yuzaga kelgan yong‘in bo‘yicha tezkor xizmatlarni xabardor qilish, ishchi-xizmatchilarni xavfsiz hududga evakuatsiya qilish, jabrlanganlarni qutqarish va ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish hamda yong‘in-qutqaruv bo‘linmalarining yong‘inni qisqa fursatda bartaraf etish bo‘yicha amaliy harakatlari bajarildi. Shuningdek, mashq davomida FVDT xizmatlari va hamkor tashkilotlarning o‘zaro hamkorligi, kuch va vositalarni samarali boshqarish hamda favqulodda vaziyatlarda tezkor harakat qilish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi. O‘quv mashqi yakunida ishtirokchilarning yong‘in va texnika xavfsizligi bo‘yicha bilim hamda amaliy ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashga erishildi. #tez_tibbiy_yordam #FVV #Namangan_Shahar ✅ TELEGRAMFACEBOOK 🌐 INSTAGRAM 📹 YOUTUBE

Maxsus transportlar koʻrikdan oʻtkazildi “Xavfsiz va sogʻlom yurt” tezkor profilaktik tadbirining 3-bosqichi doirasida Namang
+4
Maxsus transportlar koʻrikdan oʻtkazildi “Xavfsiz va sogʻlom yurt” tezkor profilaktik tadbirining 3-bosqichi doirasida Namangan viloyati IIB JXX YHXB Texnika nazorati bo'limi xodimlari tomonidan Pop tumani Tez tibbiy yordam boʻlimiga qarashli transport vositalarining texnik holatini tekshirish maqsadida ko'rik o'tkazildi. Ko'rik davomida tashqi yoritgichlari, dvigatel sozligi, tormoz tizimi va boshqa qismlari sinchkovlik bilan tekshirilib, transport vositasi biriktirilgan xodimlarga avtomashinani xavfsiz boshqarish bo'yicha qo'shimcha tavsiyalar berildi. Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmati

#Ogoh_boʻling RTTYoM Namangan viloyati filiali matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan internet gigiyenasi va kiberxavfsizlik haqida foydali video tinglab xulosa qiling. Oxirgi kunlarda yana keng tarqalayotgan, kiberxujumlar natijasida ular tomonidan aynan Sizning mablag‘laringizni g‘ayriqonuniy o‘zlashtirish uchun tayyorlanayotgan “.apk” faylli inson raxmini keltiradingan, menga ovoz bering, tanishingiz nomidan pul so‘rash to‘g‘risida xabarlar ko‘p tarqatilmoqda. Xabar Sizning yaqin odamingiz nomidan keladi va unda Sizdan yordam puli so‘raladi. Bunday xabarlarni ochmang! Biror amal bajarishdan oldin yaqiningiz bilan bog‘lanib xabarning xaqiqat ekanligiga ishonch xosil qiling! Internetdagi firibgarlarga aldanib qolmang!! #Ogohlik #Kiberxafsizlik ✅ TELEGRAMFACEBOOK 🌐 INSTAGRAM 📹 YOUTUBE

🇺🇿 Aziz yoshlar! Sizlarni Respublika tez tibbiy yordam markazi Namangan viloyati filiali nomidan 30-iyun — Yoshlar kuni mun
🇺🇿 Aziz yoshlar! Sizlarni Respublika tez tibbiy yordam markazi Namangan viloyati filiali nomidan 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan chin qalbimdan tabriklayman! Yoshlik — inson hayotidagi eng go‘zal, sinovlarga boy va imkoniyatlarga to‘la davrdir. Bugungi kunda yurtimizda yoshlarga qaratilgan e’tibor, yaratilgan imkoniyatlar, ularning har tomonlama kamol topishi uchun yaratilgan sharoitlar — kelajakka ishonchni yanada mustahkamlaydi. Sizlarning tashabbuskorligingiz, izlanuvchanligingiz, fidoiylik va mehnatsevarligingiz bilan faxrlanamiz. Ayniqsa, tibbiyot sohasida faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislarimizning sa’y-harakatlari salohiyatli va zamonaviy soha rivojiga katta hissa qo‘shmoqda. Sizlarga kuch-g‘ayrat, sihat-salomatlik, ilhom va katta muvaffaqiyatlar tilayman. Har doim yurt ravnaqi, xalq farovonligi yo‘lida faol va tashabbuskor bo‘lib qoling! 🇺🇿 Yoshlar — kelajagimiz! Bayramingiz muborak boʻlsin, aziz yoshlarimiz! Hurmat bilan, Adhamjon Oʻtbosarovich Irisboyev Respublika tez tibbiy yordam markazi Namangan viloyati filiali direktori

⚡️27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni muborak bo‘lsin! 🎉 Hurmatli jurnalistlar, matbuot kotiblari
⚡️27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni muborak bo‘lsin! 🎉 Hurmatli jurnalistlar, matbuot kotiblari, blogerlar hamda ommaviy axborot vositalari sohasida faoliyat yuritayotgan barcha fidoyi xodimlarni bugungi kasb bayramlari bilan samimiy muborakbod etamiz! Sizlarning mashaqqatli mehnatingiz, tezkor va haqqoniy axborot yetkazish yo‘lidagi fidoyiligingiz jamiyat taraqqiyoti va xalq ishonchini mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi. Doimo sog‘-salomat bo‘ling, ishlaringizga ulkan zafarlar, ijodingizga ilhom va muvaffaqiyat tilaymiz! Kasbingiz sharafi va obro‘si yanada yuksalaversin! Bayramingiz muborak bo‘lsin! #tez_tibbiy_yordam #Matbuot #Tabrik ✅ TELEGRAMFACEBOOK 🌐 INSTAGRAM 📹 YOUTUBE

Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga tabrik — Поздравление работникам печати и средств массовой информации Prezi
Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga tabrikПоздравление работникам печати и средств массовой информации Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Prezident Shavkat Mirziyoyev futbolchilarimizga omad tiladi. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning uchinchi Xalqaro maqom sanʼati anjumanining ochilish marosimidagi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning uchinchi Xalqaro maqom sanʼati anjumanining ochilish marosimidagi nutqiВыступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на церемонии открытия третьего Международного форума искусства макома Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Namangan viloyatiga tashrifi boshlandi. Davlatimiz rahbari Namangan xalqaro aeroportida yang
+6
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Namangan viloyatiga tashrifi boshlandi. Davlatimiz rahbari Namangan xalqaro aeroportida yangi yoʻlovchi terminali qurilishini koʻzdan kechirdi. — Началась поездка Президента Шавката Мирзиёева в Наманганскую область. Глава нашего государства осмотрел ход строительства нового пассажирского терминала международного аэропорта Намангана. #Mirziyoyev #safar #aeroport #terminal Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrif buyuradi. Davlatimiz rahbari joylarda olib borilayotgan bunyod
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrif buyuradi. Davlatimiz rahbari joylarda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari hamda turli sohalarda amalga oshirilayotgan loyihalar va joriy qilingan ilg‘or yechimlar bilan tanishadi. Shuningdek, Xalqaro maqom festivalining ochilish marosimida ishtirok etish rejalashtirilgan. — Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит Наманганскую область. Глава нашего государства ознакомится с проводимой на местах созидательной работой, проектами и внедренными передовыми решениями в разных сферах. Планируется также участие в церемонии открытия Международного фестиваля искусства макома. Facebook|Instagram|X

🔴 TAYINLOV ✅ Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘i bilan Alijanov Abrorjon Alijon o‘g‘li Namangan viloyati sog‘l
🔴 TAYINLOV
Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘i bilan Alijanov Abrorjon Alijon o‘g‘li Namangan viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
➡️ A. Alijanov 2003-yilda Andijon davlat tibbiyot institutining bakalavriat, 2006-yilda mazkur oliy o‘quv yurtining magistratura bosqichlarini tamomlagan. 🗓 Turli yillarda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Namangan filialida jarroh, bo‘lim boshlig‘i, bosh shifokor o‘rinbosari hamda direktor, shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi Nazorat inspeksiyasi boshlig‘i kabi mas’ul vazifalarda ishlagan. 🔴 Tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) A. Alijanov tayinlovga qadar vazirlikning Tibbiy yordamni tashkillashtirish departamenti boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi. 🚑  SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram

🟦🟦🟦🟦🟦 Oʻzbekiston delegatsiyasi Sankt-Peterburgda boʻlib oʻtgan "Tez yordam - 2026" xalqaro konferensiyasida ishtirok et
+4
🟦🟦🟦🟦🟦 Oʻzbekiston delegatsiyasi Sankt-Peterburgda boʻlib oʻtgan "Tez yordam - 2026" xalqaro konferensiyasida ishtirok etdi 2026-yil 18-19-iyun kunlari Respublika tez tibbiy yordam markazi vakillari Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida boʻlib oʻtgan "Tez yordam - 2026" xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etdilar. Tadbir tez va shoshilinch tibbiy yordamni rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va tez tibbiy yordamni tashkil etishni takomillashtirishning dolzarb masalalarini muhokama qilish uchun tez va shoshilinch tibbiy yordam xizmatlari mutaxassislari, sogʻliqni saqlash organlari, ilmiy hamjamiyat, tegishli taʼlim muassasalari vakillari va xalqaro ekspertlarni birlashtirdi. Konferensiya doirasida ishtirokchilar tez tibbiy yordam xizmatini tashkil etishning zamonaviy yondashuvlari, sohani raqamli transformatsiya qilish, chaqiruvlarni boshqarishning intellektual tizimlarini joriy etish, dispetcherlik xizmatlari samaradorligini oshirish, bemorlarni yoʻnaltirishni takomillashtirish, shuningdek, kadrlar salohiyati va uzluksiz tibbiy taʼlim tizimini rivojlantirish masalalarini koʻrib chiqdilar. Respublika tez tibbiy yordam markazi Fan va taʼlim boʻlimi boshligʻi, t.f.d., professor R.N. Akalayev tabrik soʻzi bilan chiqish qildi.
Oʻzbekiston vakillari mamlakatimizda tez tibbiy yordam sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida maʼruza qildi. Keyingi yillarda tez tibbiy yordam xizmatini raqamlashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlarga alohida eʼtibor qaratildi. Konferensiya ishtirokchilariga tez tibbiy yordamning avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi, zamonaviy dispetcherlik texnologiyalari, sanitar avtotransportning GPS monitoringi, chaqiruvlarning elektron xaritalari va boshqaruvning tahliliy vositalari, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimi, simulyatsiya markazlarni joriy etish, hududning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda tez tibbiy yordam koʻrsatishning tamoyillarini joriy etish natijalari taqdim etildi.
"Tez yordam - 2026" konferensiyasida ishtirok etish Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga tez tibbiy yordam koʻrsatish sifati va qulayligini yanada oshirishga qaratilgan xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, kasbiy tajriba almashish va ilgʻor jahon tajribalarini oʻrganish uchun muhim maydonga aylandi. #tez_tibbiy_yordam #konferensiya #ilm_fan Telegram | Facebook | Instagram | Web-site | YouTube

🇺🇿 ⚽️ 18-iyun kuni boshlanadigan muhim uchrashuv oldidan! Oʻzbekiston milliy terma jamoasiga boʻlajak bahsda ulkan omad til
🇺🇿 ⚽️ 18-iyun kuni boshlanadigan muhim uchrashuv oldidan! Oʻzbekiston milliy terma jamoasiga boʻlajak bahsda ulkan omad tilaymiz. Futbolchilarimizning gʻayrati, matonati va Vatanga boʻlgan sadoqati yurtimiz millionlab muxlislariga quvonch ulashishiga ishonamiz. Maydonda omad, kuch va zafar hamroh boʻlsin! Bayrogʻimiz baland hilpirab, Oʻzbekiston nomi dunyo sahnalarida yanada porlasin! Olgʻa, Oʻzbekiston! Gʻalaba sari olgʻa! 🇺🇿 #Chepion #Uzbekistan #Fudbol #Sport ✅ TELEGRAMFACEBOOK 🌐 INSTAGRAM 📹 YOUTUBE

📺 Guldasta dasturida
Gullar festivalida tez tibbiy yordam sifati
#Guldasta #NamanganMTRK #Namanganshahar ✅ TELEGRAMFACEBOOK 🌐 INSTAGRAM 📹 YOUTUBE

Prezident giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi murosasiz kurashish va jamiyatni ushbu tahdiddan himoya qilishga qaratilgan qonunni imzoladi. Giyohvandlik moddalari inson hayoti, oilalar va bolalar salomatligini barbod qiladi. Bu — mamlakat genofondi hamda uning kelajagiga berilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarba. Yangi qonunda narkotiklarni tarqatishning zamonaviy usullarini jilovlash ko‘zda tutilgan, bunday jinoyatlar uchun jazo choralari kuchaytirilgan va voyaga yetmaganlarni himoya qilishga alohida e’tibor qaratilgan. Ushbu masalani shaxsan o‘z nazoratimga oldim. Bu kurashda chetda tomoshabin bo‘lib turishga hech kimning haqqi yo‘q. Zero, juda ko‘p narsa o‘zimizga — ota-onalarga, maktab va mahallaga hamda yon-atrofidagi hodisalarga befarq bo‘lmagan har bir insonga bog‘liq. — Президент подписал закон, направленный на бескомпромиссную борьбу с наркоторговлей и защиту общества от этой угрозы. Наркотики разрушают жизни, семьи и здоровье детей. Это прямой удар по генофонду страны и её будущему. Новый закон учитывает современные способы распространения наркотиков, усиливает ответственность за такие преступления, и особо направлен на защиту несовершеннолетних. Я взяла этот вопрос под личный контроль. В этой борьбе нельзя оставаться в стороне. Очень многое зависит и от нас самих: от родителей, школ, махаллей и каждого, кто видит, что происходит рядом. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram

Aholida internet va ijtimoiy tarmoqlardan toʻgʻri foydalanish koʻnikmalarini shakllantirish va ularni huquqiy madaniyatini os
Aholida internet va ijtimoiy tarmoqlardan toʻgʻri foydalanish koʻnikmalarini shakllantirish va ularni huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi va Din ishlari boʻyicha qoʻmita hamkorligida "Telegram" ijtimoiy tarmogʻida "Xavfsiz bot" nomli (@dinuzbbot) bot yaratildi. Ushbu bot ga aʼzo boʻlishni unutmang!