en
Feedback
RTTYOMNF | Rasmiy

RTTYOMNF | Rasmiy

Open in Telegram

Respublika tez tibbiy yordam markazi Namangan viloyati filiali va uning xududiy stansiyalari rasmiy matbuot kanali!

Show more
1 840
Subscribers
-524 hours
-2557 days
-48030 days
Posts Archive
#Audiopodkast 🔴 🟦🟦🟦 ❗️Infarkt va insult kasalliklarining oldini olish mavzusida ekspert bilan audiopodkast o‘tkaziladi 📋
#Audiopodkast 🔴 🟦🟦🟦 ❗️Infarkt va insult kasalliklarining oldini olish mavzusida ekspert bilan audiopodkast o‘tkaziladi  
📋SSV Matbuot xizmati tomonidan o‘tkaziladigan navbatdagi audiopodkastda Prezidentimizning 2026-yil 20-yanvardagi tegishli qarorida belgilangan vazifalar mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida so‘z yuritiladi.
🎤 Ovozli chat ertaga, 12-avgust kuni soat 11.00 da Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy telegram kanali @ssvuz orqali bo‘lib o‘tadi. ✅ Ekspert Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori Davron To‘laganov.Mavzu yuzasidan savollaringizni onlayn muloqot davomida berishingiz mumkin.   🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram

Namangan TV | TIBBIYOTDAGI ISLOHOTLAR 4.08.2026 🔵 Telegram 👥Fb 📷 Instagram

Yangi firibgarlik usuli! 30 daqiqa moliyaviy hayotingizni vayron qilishi mumkin. Bu oddiy telefon firibgarligi emas — u ancha
Yangi firibgarlik usuli! 30 daqiqa moliyaviy hayotingizni vayron qilishi mumkin. Bu oddiy telefon firibgarligi emas — u ancha xavfliroq. Ularga sizning pullaringiz, parolingiz yoki ishonchingiz kerak emas. Ularga faqat sizning yaxshiligingiz kerak. So‘nggi vaqtlarda savdo markazlari, metro bekatlari, bozorlar va jamoat joylarida “yordam so‘rash orqali firibgarlik” degan yangi usul paydo bo‘ldi. Firibgarlar odatda yaxshi kiyingan o‘rta yoshli yoki katta yoshli odamlar bo‘ladi. Ular telefondan foydalanishni bilmasligini, pensiya yoki subsidiya miqdorini tekshirmoqchi ekanini yoki noto‘g‘ri sahifani bosib yuborganini aytib, telefonni ko‘rib berishingizni so‘raydi. Xavfli jihati: Siz telefonni qo‘lga olganingizda, unda ko‘pincha videoqo‘ng‘iroq amalga oshirilayotgan bo‘ladi yoki ekran yozuvi va yuzni aniqlash funksiyasi yoqilgan bo‘ladi. Qo‘ng‘iroqning narigi tomonida kimdir sizni kuzatib turadi. Siz yordam berayapman deb o‘ylaysiz, aslida esa biometrik ma’lumotlaringiz yig‘ib olinadi. Bu oddiy firibgarlik emas. Bu sun’iy intellekt yordamida biometrik identifikatsiya orqali amalga oshiriladigan firibgarlikdir. Ularga pul kerak emas. Ularga siz keraksiz. Agar siz telefonga qo‘l tekkizsangiz (barmoq izi), raqamlar yoki tekshiruv kodlarini ovoz chiqarib o‘qisangiz (ovoz namunasi) yoki ekranga qarab tursangiz (yuz harakatlari), sizning uchta asosiy biometrik belgingiz — barmoq izi, ovoz va yuz tasviri — o‘g‘irlanishi mumkin. Zamonaviy sun’iy intellekt sizning deyarli mukammal raqamli nusxangizni yarata oladi. Keyin sodir bo‘ladigan holat qo‘rqinchli. Firibgarlar raqamli nusxangizdan onlayn kreditlar olish, iste’mol qarzlarini rasmiylashtirish, kredit mablag‘larini naqdlashtirish va yuz hamda ovoz orqali avtomatik tekshiruvdan o‘tish uchun foydalanishi mumkin. 30 daqiqa ichida sizga ajratilgan barcha kredit limiti ishlatib yuborilishi mumkin. Bank xabarnomalari kelganda, pul yo‘qolmaganini, aksincha, siz katta qarzga botganingizni tushunib yetasiz — balki minglab pul miqdorida. Ushbu 3 qoidani eslab qoling: 1. Hech qachon begona odamga telefondan foydalanishda yordam bermang. Telefonni ushlamang, bosmang, ko‘rmang va ovoz chiqarib hech narsa o‘qimang, hatto “faqat bir marta bosing” deyishsa ham. 2. Noma’lum videoqo‘ng‘iroqlarga javob bermang. Darhol o‘chiring. Kameraga qarab gapirish yoki yuzni ko‘rsatish iltimoslariga rozi bo‘lmang. 3. Bu xabarni keksa insonlar, bolalar va samimiy do‘stlar bilan ulashing. Firibgarlar endi yaxshi odamlarni nishonga olayapti. Oxirgi eslatma: Hech qachon “menga bunday bo‘lmaydi” yoki “men aldanmayman” deb o‘ylamang. Aynan shu ishonch va yaxshilikni firibgarlar ishlatadi. 🔵 Telegram 👥Fb 📷 Instagram

#29_son Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz. Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan. 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram

⚡️Beg‘araz donorlik — insonparvarlik namunasi Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tizimini raqamlashtirishda faoliyat olib
+3
⚡️Beg‘araz donorlik — insonparvarlik namunasi   Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tizimini raqamlashtirishda faoliyat olib borayotgan AKT xodimlari tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 23 yanvardagi “2026 — 2030 yillarda qon bilan ishlash xizmatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Biz donormiz!” shiori ostida beg‘araz donorlik aksiyasi tashkil etildi. Unda tibbiyot xodimlari va turli sohalarda faoliyat yuritayotgan 30 nafardan ziyod ko‘ngilli donor ishtirok etdi. Ular o‘z salomatligini tekshirtirgan holda bemorlar hayotini saqlab qolishga xizmat qiladigan qon topshirish orqali ezgu tashabbusni qo‘llab-quvvatladilar. Tadbir davomida Qon quyish markazida 14 litrdan ortiq qon zaxirasi yaratildi. Mazkur qon mahsulotlari shoshilinch jarrohlik amaliyotlari, og‘ir ahvoldagi bemorlar, onalar va bolalarga zarur tibbiy yordam ko‘rsatishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mutasaddilarning ta’kidlashicha, beg‘araz donorlik harakatini kengaytirish aholi o‘rtasida mehr-oqibat va ijtimoiy mas’uliyat tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qiladi. Shuningdek, bunday aksiyalar hududda qon va uning tarkibiy qismlari zaxirasini barqaror ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Tadbir so‘nggida ishtirokchilarga minnatdorlik bildirilib, barcha fuqarolarni inson hayotini saqlab qolishdek savobli ish — donorlik harakatida faol ishtirok etishga chaqirildi. Ilhomjon Musayev 🔵 Telegram 👥 Fb 📷 Instagram

🟦🟦🟦 Korrupsiyaga qarshi kurashish hamda xodimlar va fuqarolar o‘rtasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakll
🟦🟦🟦 Korrupsiyaga qarshi kurashish hamda xodimlar va fuqarolar o‘rtasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida Respublika tez tibbiy yordam markazi Namangan viloyati filialining barcha shahar va tuman bo‘limlarida "Korrupsiya — tibbiyot dushmani!" mavzusidagi targ‘ibot plakatlari o‘rnatildi. Mazkur plakatlar orqali tibbiyot sohasida korrupsion holatlarning salbiy oqibatlari haqida xabardorlikni oshirish, halollik, shaffoflik va qonun ustuvorligi tamoyillarini keng targ‘ib etish, shuningdek, noqonuniy pul talab qilish holatlariga duch kelganda 1203 ishonch telefoni hamda @SSV_antikorbot orqali murojaat qilish tartibi fuqarolarga tushuntirilmoqda. 🔵 Telegram 👥FB 📷 Instagram

#No_comment Mustaqilligimizning 35-yilligi: Yurtimizda bayram shukuhi 🔵 Telegram 👥Fb 📷 Instagram

⚡️2026-yil 28-iyul kuni Uychi tuman tez tibbiy yordam bo‘limida xodimlar ishtirokida yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasa
+3
⚡️2026-yil 28-iyul kuni Uychi tuman tez tibbiy yordam bo‘limida xodimlar ishtirokida yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklar hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–20-son "O‘tkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarning oldini olish chora-tadbirlarini takomillashtirish to‘g‘risida"gi qarori mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv-seminar tashkil etildi. Seminar davomida xodimlarga PQ–20-son qarorida belgilangan kasalliklarni barvaqt aniqlash, erta o‘lim va nogironlik holatlarini kamaytirish hamda kardiologik va nevrologik tibbiy yordam sifatini yanada takomillashtirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan tushunchalar berildi. Shuningdek, mazkur kasalliklarning oldini olish va shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish tartiblari muhokama qilindi. Tadbirda filialning tezkor ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari A. Muradov hamda shifokor-kardiolog M. Tursunov ishtirok etib, xodimlarning savollariga atroflicha javob berdilar. #tez_tibbiy_yordam #seminar #Uychi_tumani 🔵 Telegram 👥Fb 📷 Instagram

Биз бир мақсад йўлида хизмат қиламиз: Инсон ҳаёти, хавфсизлик ва ишонч учун! Тез тиббий ёрдам ходимлари — Қонун ҳимоясида — — — — 🌐WebsiteFacebook🌐InstagramTelegram📹YouTube

#28_son Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz. Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan. #tez_tibbiy_yordam #Manaviyatsoati 🔵 Telegram 👥Fb 📷 Instagram

#BizningPrezident Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, hurmatli Prezidentimiz! 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram

🔴 🟦🟦🟦
🏢 Endilikda Xalq qabulxonasi, Vaziyatlar markazi hamda 103 xizmati "Call-markazi" yagona tizim sifatida faoliyat yuritadi.
📌 Bunda aholi murojaatlarini qabul qilish, Toshkent viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini tahlil qilish va tez tibbiy yordam xizmatini muvofiqlashtirish jarayonlari ilg‘or axborot texnologiyalari asosida tashkil etiladi. ➕Nurafshon shahrida barpo etilgan zamonaviy majmua 16 ming kvadrat metr maydonni egallaydi. Xususan, bu yerda Respublika tez tibbiy yordam markazining Toshkent viloyati filiali ham faoliyat olib bormoqda. U o‘quv-simulyatsiya markazi, “Call-markaz” va muvofiqlashtirish markazlarini o‘z ichiga olgan. 🖥🖥🖥 “O‘zbekiston 24” telekanali tomonidan tayyorlangan videolavhada shu haqda so‘z yuritiladi. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram

#27_son Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz. Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan. #tez_tibbiy_yordam #Manaviyatsoati ✅TELEGRAMFACEBOOK 🌐 INSTAGRAM 📹 YOUTUBE

☀️ISSIQ URISHDAN EHTIYOT BO‘LING! Yozning jazirama kunlarida havo haroratining keskin ko‘tarilishi issiq urish xavfini oshira
☀️ISSIQ URISHDAN EHTIYOT BO‘LING! Yozning jazirama kunlarida havo haroratining keskin ko‘tarilishi issiq urish xavfini oshiradi. Ayniqsa, bolalar, keksalar va surunkali kasalligi bor fuqarolar ehtiyot choralariga qat'iy amal qilishlari lozim. Issiq urishning asosiy belgilari: • Bosh aylanishi va kuchli bosh og‘rig‘i • Ko‘ngil aynishi yoki qayt qilish • Holsizlik va darmonsizlik • Tana haroratining ko‘tarilishi • Terining qizarishi va qurishi • Hushdan ketish Oldini olish uchun: Soat 11:00–17:00 oralig‘ida quyosh ostida uzoq yurmaslik. Ko‘proq suv ichish. Yengil, och rangli kiyim va bosh kiyim kiyish. Og‘ir jismoniy mehnatdan saqlanish. Bolalar va keksalarni quyosh ostida yolg‘iz qoldirmaslik. Birinchi yordam: Jabrlanuvchini salqin joyga olib o‘ting, kiyimlarini bo‘shating, bosh va bo‘yin qismiga sovuq kompress qo‘ying hamda oz-ozdan salqin suv ichiring. Ahvoli og‘irlashsa, darhol 103 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.

⚡️2026-yil 11-iyul kuni Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari S. Zuparov boshchiligida "Qamchiq" dovoni hudud
+5
⚡️2026-yil 11-iyul kuni Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari S. Zuparov boshchiligida "Qamchiq" dovoni hududida maxsus o‘quv-amaliy mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Mazkur o‘quv mashg‘ulotlari bir nechta nazorat nuqtalarida tashkil etilib, Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday holatlarda tezkor hamkorlikni yanada takomillashtirishga qaratildi. Mashg‘ulotlarda Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish davlat tizimi (FVDqT) tarkibiga kiruvchi xizmat va tashkilotlar, jumladan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar organlari, Tez tibbiy yordam xizmati hamda boshqa hamkor tashkilotlar faol ishtirok etdi. Amaliy jarayonlarda shartli ravishda yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha xizmatlarning o‘zaro hamkorligi sinovdan o‘tkazildi. Xususan, yong‘inlarni o‘chirish, qutqaruv ishlarini tashkil etish, jabrlanganlarni xavfsiz hududga evakuatsiya qilish, ularga voqea joyining o‘zida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, zarur hollarda tez tibbiy yordam brigadalari tomonidan shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish va davolash muassasalariga yetkazish bo‘yicha amaliy harakatlar bajarildi. Tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan jabrlanganlarning holatini tezkor baholash, birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish, saralash (triaj) ishlarini olib borish hamda ularni maxsus transport vositalarida xavfsiz tarzda shifoxonalarga olib borish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar namoyish etildi. Mashg‘ulotlar yakunida mas'ullar tomonidan barcha xizmatlarning tayyorgarlik darajasi, o‘zaro hamkorligi va amaliy harakatlari tahlil qilinib, ularga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. #tez_tibbiy_yordam #FVV #Qamchiq #Davon #mashgʻulot ✅ TELEGRAMFACEBOOK 🌐 INSTAGRAM 📹 YOUTUBE

🟦🟦 ⚡️ "Shifokor va hayot" gazetasining yangi soni nashirdan chiqdi. #OAV #ShifokorvaHayot ✅TELEGRAM ✅FACEBOOK 🌐 INSTAGRAM
+1
🟦🟦 ⚡️ "Shifokor va hayot" gazetasining yangi soni nashirdan chiqdi. #OAV #ShifokorvaHayot ✅TELEGRAMFACEBOOK 🌐 INSTAGRAM 📹 YOUTUBE

🔴 🟦🟦🟦 ❗️SSV: Dam olish kunlari va kelgusi haftada kutilayotgan jaziramadan qanday saqlanish kerak? ☀️ “O‘zgidromet” ma’lu
🔴 🟦🟦🟦 ❗️SSV: Dam olish kunlari va kelgusi haftada kutilayotgan jaziramadan qanday saqlanish kerak?
☀️ “O‘zgidromet” ma’lumotiga ko‘ra, dam olish kunlari hamda 13-17-iyulda havo issiq bo‘ladi. Harorat 41-43 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda esa 44-46 darajagacha ko‘tariladi.
📎 Bunday ob-havo sharoitida inson organizmi qizishi, suvsizlanishi, qon bosimi o‘zgarishi, yurak-qon tomir tizimiga ortiqcha yuklama tushishi, issiq urishi holatlari yuzaga kelishi mumkin. 📝 Sog‘liqni saqlash vazirligi aholiga, ayniqsa xavf guruhiga kiruvchi fuqarolarga ehtiyotkorlik choralariga qat’iy amal qilishni tavsiya qiladi. ❓Kimlar issiq havoda salomatligiga yanada e'tiborli bo‘lishlari kerak? Jaziramadan organizmni qanday asrash lozim? 🗣 Bu savollarga SSV bo‘lim boshlig‘i Abduqayum To‘xtaqulov batafsil javob beradi.
— 65 yoshdan oshgan keksalar, chaqaloqlar va yosh bolalar, homilador ayollar, yurak-qon tomir, qandli diabet, buyrak, nafas yo‘llari va boshqa surunkali kasalliklari bo‘lgan bemorlar, yuqori qon bosimi yoki yurak dorilarini, “suv haydovchi”, allergiyaga qarshi yoki psixotrop preparatlarini qabul qiluvchilar issiqlik ta’siriga nisbatan, ayniqsa, zaif hisoblanadi, — deydi A. To‘xtaqulov.
😥 Bu insonlarda chanqoqlik hissi kech paydo bo‘lishi, tana haroratini nazorat qilish qobiliyati pasayishi yoki surunkali kasalliklar zo‘rayishi mumkin. Shuning uchun ularning holatidan muntazam xabar olib turish lozim. 💧 Issiqda organizm terlash orqali ko‘p miqdorda suyuqlik va mineral moddalarni yo‘qotadi. Chanqoqni kutmasdan, kun davomida oz-ozdan va tez-tez suv ichish zarur. Katta yoshli sog‘lom insonlar uchun odatda kuniga 2–3 litr atrofida suyuqlik ichish tavsiya etiladi. Yurak, buyrak kasalliklari yoki shishga moyilligi bor bemorlar esa suyuqlik miqdorini shifokor tavsiyasiga ko‘ra belgilashi kerak. ☀️ Yengil, keng, havo o‘tkazuvchan va och rangli kiyimlar kiyish tavsiya etiladi. Paxta va zig‘ir kabi tabiiy matolar tananing nafas olishiga yordam beradi va terning bug‘lanishini yengillashtiradi. Ko‘chaga chiqqanda keng qirrali bosh kiyim, quyoshdan himoyalovchi ko‘zoynak va zarur hollarda oftobdan himoyalovchi kremdan foydalanish maqsadga muvofiq. 🥗 Og‘ir, yog‘li, qovurilgan, achchiq va hazm bo‘lishi qiyin ovqatlar organizmga ortiqcha yuklama beradi. Shuning uchun sabzavotli salatlar, yengil sho‘rvalar, qatiq, ayron, tvorog, tuxum, tovuq yoki baliq go‘shti, mevalar iste’mol qilish tavsiya etiladi. Kun davomida 5-6 marta oz-ozdan ovqatlanish maqsadga muvofiq. 🔎 Taxminan soat 11:00 dan 17:00 gacha ochiq quyosh ostida yurishni cheklash kerak. Zarur ishlarni ertalab yoki kechki salqin vaqtlarga qoldirish maqsadga muvofiq. Agar ko‘chaga chiqish zarur bo‘lsa, soya yo‘laklardan yurish, bosh kiyim kiyish, yoningizda suv olib yurish va har 15–20 daqiqada oz-ozdan suv ichish tavsiya etiladi. 🚙 Hech qachon bolalarni, keksalarni yoki hayvonlarni avtomobil ichida yolg‘iz qoldirmang. Quyosh ostida turgan avtomobil ichida harorat bir necha daqiqada hayot uchun xavfli darajagacha ko‘tarilishi mumkin. 📌 Esda tuting: issiq havoda eng muhim qoidalar — salqin joyda bo‘lish, yetarli suv ichish, yengil kiyinish, og‘ir ovqat va og‘ir jismoniy mehnatni cheklash, xavf guruhidagi yaqinlar holidan xabar olish va xavfli belgilarda tez tibbiy yordamga murojaat qilishdir. 🚑 SSV Matbuot xizmati.

⚡️Sayyor qabul va yoshlar bilan uchrashuv. RTTYOIM Namangan viloyati filialining direktori Adhamjon Irisboyevning sayyor qabu
+4
⚡️Sayyor qabul va yoshlar bilan uchrashuv. RTTYOIM Namangan viloyati filialining direktori Adhamjon Irisboyevning sayyor qabulining bugungi manzili To‘raqo‘rg‘on tumani bo‘ldi. Qabul mobaynida To‘raqo‘rg‘on tuman TTYO bo‘limi yoshlari bilan ham uchrashildi. Uchrashuvda tez yordam xizmati bo‘yichi savol-javoblar bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda ishtirok etgan o‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir va publitsist Sodiq Sayxun tez yordam xizmatida olib borilayotgan isloxatlardan, To‘raqo‘rg‘on TTYO xodimlarining xizmatidan axolining mamnunligini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, u mamlakatimizda kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilayotganligini,  Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Besh tashabbus”ning to‘rtinchi yo‘nalishi sifatida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish mavzusiga batafsil to‘xtalib o‘tdi. O‘zbekiston davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan Vatanni madh etuvchi yangi she’rlaridan o‘qib berdi. Sayyor qabulda 50 nafar xodimlarning oylik xisoblash, ish stavkalari bilan bog‘liq masalalardagi murojaatlari ko‘rib chiqildi. Xodimlarga kerakli tushuntirishlar berildi. Ayni vaqtda axborot xavfsizligi, kiberxavsizlik, bo‘yicha ma’lumotlar berilib, xar-bir xodimning axborot xavfsizligi sohasidagi majburiyatlari eslatib o‘tildi. Tadbirda To‘raqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Shokirjon Yusupov ham qatnashib, muammoli masalalarga ijobiy yechimlar topish haqida batafsil ma’lumot berdi. Sayyor qabul reja asosida xar bir tumanda tashkil etiladi. #tez_tibbiy_yordam #Sayyor_Qabul #Toʻraqoʻrgʻon_Tumani ✅ TELEGRAMFACEBOOK 🌐 INSTAGRAM 📹 YOUTUBE

#25_son Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz. Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan. #tez_tibbiy_yordam #Manaviyatsoati TELEGRAMFACEBOOK 🌐 INSTAGRAM 📹 YOUTUBE

Repost from 103_Press_Official
📰📰📰📰📰📰📰 🇺🇿🇷🇺Oʻzbekiston delegatsiyasi Moskvada tez va shoshilinch tibbiy yordamni tashkil etishning ilgʻor tajriba
+7
📰📰📰📰📰📰📰 🇺🇿🇷🇺Oʻzbekiston delegatsiyasi Moskvada tez va shoshilinch tibbiy yordamni tashkil etishning ilgʻor tajribasi bilan tanishdi Rossiya Federatsiyasiga rasmiy tashrif doirasida Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi Moskva shahridagi A.S.Puchkov nomidagi tez va shoshilinch tibbiy yordam stansiyasi hamda N.V.Sklifosovskiy nomidagi tez tibbiy yordam ilmiy-tadqiqot institutiga tashrif buyurib, tez va shoshilinch tibbiy yordamni tashkil etishning zamonaviy yondashuvlari, chaqiruvlarni boshqarish tizimi, raqamli yechimlar va tibbiyot xodimlari ishini tashkil etish bilan yaqindan tanishdi. A.S.Puchkov nomidagi tez va shoshilinch tibbiy yordam stansiyasiga tashrif chogʻida Oʻzbekiston delegatsiyasiga dunyodagi eng yirik tez tibbiy yordam xizmatlaridan birining faoliyati tashkil etildi. Yagona dispetcherlik markazi faoliyati, chaqiruvlarni qabul qilish va qayta ishlashning zamonaviy texnologiyalari, chaqiruv brigadalarni boshqarishning raqamli vositalari, tez tibbiy yordam mashinalari ishini monitoring qilish tizimi, shuningdek, shifoxonagacha boʻlgan bosqichda tibbiy yordam koʻrsatish sifatini nazorat qilish mexanizmlariga alohida eʼtibor qaratildi. Oʻzbekiston tomoni vakillari axborot texnologiyalarini joriy etish, zamonaviy dasturiy yechimlardan foydalanish, tibbiyot xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish tizimi, shuningdek, tez tibbiy yordam xizmatining boshqa favquloddagi xizmatlar bilan oʻzaro hamkorligini tashkil etish amaliyoti bilan ham tanishdi. Tashrif dasturining salmoqli qismi shoshilinch ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatishga ixtisoslashgan Rossiya Federatsiyasining yetakchi tibbiyot muassasalaridan biri boʻlgan N.V.Sklifosovskiy nomidagi tez tibbiy yordam ilmiy-tadqiqot institutiga tashrif buyurishga bagʻishlandi. Institutda delegatsiya aʼzolariga ogʻir jarohatlar, oʻtkir yurak-qon tomir kasalliklari, insult va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan holatlar bilan ogʻrigan bemorlarga yordam koʻrsatishni tashkil etish boʻyicha zamonaviy yondashuvlar taqdim etildi. Tashrif ishtirokchilari qabul boʻlimi, diagnostika boʻlinmalari, jarrohlik bloklari va reanimatsiya boʻlimlari faoliyati, shuningdek, tibbiy yordam koʻrsatishning shifoxonagacha va shifoxona bosqichlari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik tizimi bilan tanishdi. Institut negizida faoliyat yuritayotgan Sanitariya aviatsiyasi va halokatlar tibbiyoti markazi faoliyati bilan tanishish alohida qiziqish uygʻotdi. Oʻzbekiston delegatsiyasi vakillariga bemorlarni sanitariya-aviatsiya evakuatsiyasini tashkil etish tizimi, favqulodda vaziyatlar va jabrlanganlarning ommaviy kelishi paytida harakatlarni muvofiqlashtirish tartibi, hududlararo hamkorlik mexanizmlari, shuningdek, halokatlar tibbiyoti xizmati kuch va vositalarini boshqarishning zamonaviy texnologiyalari taqdim etildi. Uchrashuvlar davomida tomonlar tez va shoshilinch tibbiy yordam xizmatini takomillashtirish, raqamli texnologiyalarni joriy etish, dispetcherlik samaradorligini oshirish, sanitariya aviatsiyasini rivojlantirish, tibbiy yordam sifatini boshqarish tizimini takomillashtirish va tibbiyot kadrlarini tayyorlash masalalari boʻyicha tajriba almashdilar. Tashrif yakunlari boʻyicha professional hamkorlikni davom ettirish, tez va shoshilinch tibbiy yordamni tashkil etish sohasida tajriba almashish va ilgʻor tajribalarni oʻrganish boʻyicha kelishuvga erishildi, bu esa Oʻzbekiston Respublikasi tez va shoshilinch tibbiy yordam xizmatini yanada rivojlantirish, zamonaviy tashkiliy va texnologik yechimlarni joriy etish, shuningdek, aholiga tibbiy yordam koʻrsatish sifati va ommabopligini oshirishga xizmat qiladi. #tez_tibbiy_yordam #hamkorlik #tashrif #Moskva Telegram | Facebook | Instagram | Web-site | YouTube