Республика тез тиббий ёрдам маркази Тошкент вилояти филиали
Open in Telegram
Республика тез тиббий ёрдам маркази Тошкент вилояти филиалининг расмий телеграм канали t.me/rttyomtvf
Show more5 242
Subscribers
-924 hours
-897 days
+69930 days
Data loading in progress...
Similar Channels
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
September '26
September '26
+1
in 1 channels
August '26
+3 024
in 6 channels
Get PRO
July '26
+42
in 1 channels
Get PRO
June '26
+378
in 0 channels
Get PRO
May '26
+41
in 2 channels
Get PRO
April '26
+11
in 0 channels
Get PRO
March '26
+2 011
in 0 channels
Get PRO
February '260
in 0 channels
Get PRO
January '260
in 0 channels
Get PRO
December '250
in 0 channels
Get PRO
November '250
in 0 channels
Get PRO
October '250
in 0 channels
Get PRO
September '250
in 0 channels
Get PRO
August '250
in 2 channels
Get PRO
July '250
in 0 channels
Get PRO
June '250
in 1 channels
Get PRO
May '250
in 0 channels
Get PRO
April '250
in 0 channels
Get PRO
March '25
+28
in 0 channels
Get PRO
February '25
+16
in 0 channels
Get PRO
January '25
+14
in 0 channels
Get PRO
December '24
+45
in 0 channels
Get PRO
November '24
+19
in 0 channels
Get PRO
October '24
+7
in 0 channels
Get PRO
September '24
+16
in 0 channels
Get PRO
August '24
+12
in 0 channels
Get PRO
July '24
+38
in 0 channels
Get PRO
June '24
+55
in 0 channels
Get PRO
May '24
+31
in 0 channels
Get PRO
April '24
+46
in 0 channels
Get PRO
March '24
+21
in 0 channels
Get PRO
February '24
+43
in 0 channels
Get PRO
January '24
+265
in 0 channels
Get PRO
December '23
+49
in 0 channels
Get PRO
November '23
+44
in 2 channels
Get PRO
October '23
+36
in 0 channels
Get PRO
September '23
+48
in 0 channels
Get PRO
August '23
+63
in 0 channels
Get PRO
July '23
+29
in 0 channels
Get PRO
June '23
+390
in 0 channels
Get PRO
May '23
+324
in 0 channels
Get PRO
April '23
+26
in 0 channels
Get PRO
March '23
+1 020
in 0 channels
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 07 September | 0 | |||
| 06 September | 0 | |||
| 05 September | 0 | |||
| 04 September | 0 | |||
| 03 September | 0 | |||
| 02 September | 0 | |||
| 01 September | +1 |
Channel Posts
Repost from Sog‘liqni saqlash vazirligi
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
🔴 1️⃣2️⃣4️⃣4️⃣5️⃣6️⃣
❓Tibbiyot xodimlari farzandlarining to‘lov-kontrakti uchun subsidiya qanday ajratiladi?
Davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ish stajiga ega tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlariga respublika oliy ta’lim tashkilotlarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha yillik to‘lov-kontrakt summasining bir qismi qoplab beriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-iyundagi tegishli qarori bilan bunga doir nizom tasdiqlangan.
❓ Xo‘sh, bu imtiyoz kimlarga tatbiq etiladi?💬 Ushbu subsidiya davlat tibbiyot muassasasida amalda ishlayotgan va kamida 15 yillik mehnat stajiga ega tibbiyot hamda farmatsevtika xodimlariga beriladi.
❓ Subsidiya miqdori qancha?💬 Хodimning ta’lim olayotgan yoki talabalikka tavsiya etilgan farzandlariga O‘zbekiston hududidagi davlat va xususiy oliy ta’lim tashkilotlarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha yillik to‘lov-kontrakt summasining 30 foizi miqdoridagi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravaridan oshmaydigan qismi qoplab beriladi. Mazkur mablag‘ xodim yoki talabaning bank kartasiga o‘tkazilmaydi. Subsidiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri farzand tahsil olayotgan oliy ta’lim tashkilotining tegishli hisobvarag‘iga yo‘naltiriladi.
❓ Ariza qanday shakllantiriladi?💬 Kontrakt subsidiyasi uchun ariza topshirish maqsadida brauzer orqali subsidiya.imv.uz rasmiy manziliga kiring. Tizimdagi amaldagi identifikatsiya usuli orqali avtorizatsiyadan o‘ting. Yo‘nalish menyusini bosing va “Ta’lim sohasini rivojlantirish” bo‘limidan “Davlat tibbiyot muassasalarida kamida o‘n besh yil ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlariga respublika oliy ta’lim tashkilotlarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha yillik to‘lov-kontrakt summasining bir qismini qoplab berish” xizmatini tanlang. Arizada o‘zingizning JShShIR va aloqa ma’lumotlaringizni tekshiring. Keyin farzandingizning JShShIRi va tug‘ilgan sanasini kiriting. Farzand bilan qarindoshlik, O‘zbekiston hududidagi davlat va xususiy oliy ta’lim tashkiloti, bakalavriat bosqichi, talaba maqomi va kontrakt summasiga oid ma’lumotlar tegishli axborot tizimlari orqali avtomatik tekshiriladi. Barcha ma’lumotlarni qayta tekshirgandan so‘ng elektron rozilik va arizani tasdiqlang.
❓ Natija qanday tekshiriladi?💬 Arizaga ID raqami beriladi. Uning qabul qilingani, ko‘rib chiqilayotgani, rad etilgani yoki subsidiya ajratilgani haqidagi ma’lumotni shaxsiy kabinet orqali kuzatish mumkin.
❓ Bir ariza bilan bir necha farzandga subsidiya beriladimi?💬 Bir nechta farzand bakalavriat bosqichida tahsil olayotgan (yoki talabalikka tavsiya etilgan) bo‘lsa, har bir farzand uchun alohida ariza yuboriladi va subsidiya alohida hisoblanadi. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
| 2 | #БИЛДИРИШ
Ҳурматли каналимиз кузатувчилари!
Вилоят тиббиёт тизимидаги янгиликлар, аҳоли саломатлиги йўлидаги ишлар, шифокорлар фаолияти ва муҳим воқеаларни замонавий, креатив медиа лойиҳалар орқали сизга етказиб борамиз.
📌 Бизни қуйидаги расмий саҳифаларда кузатиб боринг:
🌐 Website
📱 Telegram
📘 Facebook
▶️ YouTube
📸 Instagram
Биз сизларни мазкур соҳадаги янгиликлардан биринчилардан бўлиб хабардор қиламиз!
Website|Telegram | Facebook |YouTube | Instagram | 1 508 |
| 3 | Respublika tez tibbiy yordam markazi Toshkent viloyati filiali jamoasi mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yurtdoshlarimizni o‘ziga xos tarzda tabrikladi.
🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram | 1 411 |
| 4 | 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
YANGI O‘ZBEKISTON — YANGI YUTUQLAR, YANGI MARRALAR!
🇺🇿 Davlat mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!
🏥 Respublika tez tibbiy yordam markazi Toshkent viloyati filiali jamoasi tomonidan tayyorlangan ushbu videolavha — Vatanga sadoqat, xalqimizga xizmat qilish va Mustaqillik qadriyatlariga bo‘lgan yuksak ehtiromning yorqin ifodasidir.
🚑 Har bir chaqiruv ortida inson taqdiri, har bir daqiqada esa hayot uchun kurash bor. Bizning sharafli vazifamiz — inson hayotini asrash, xalqimiz salomatligi yo‘lida fidokorona xizmat qilish!
🇺🇿 Mustaqillik — bu tinch va farovon hayot, yorqin kelajak va buyuk maqsadlar sari dadil qadamdir!
35 yillik qutlug‘ sana barchamizga muborak bo‘lsin!
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz omon bo‘lsin!
Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
😎 Instagram
#Uzb35 | 16 843 |
| 5 | Tarix sahifalaridan o’chmas iz qoldirgan, ozodlik uchun kurashgan, matonatli 35 ta qahramonlarimiz…
🤩 Ularning har biri - o’z sohasining yetakchisi, yengilmas iroda egasi va bugungi baxtli kunimizning haqiqiy bunyodkoridir!
🇺🇿 Vatanimizning har bir yutug’i - bizning ham g’alabamizdir. | 2 658 |
| 6 | #касаба_уюшмаси_кубоги
Тиббиёт ходимлари ўртасида гимнастика бўйича вилоят кубоги соҳиблари аниқланди
Website |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram | 1 486 |
| 7 | 🅰️🔣🅰️🅰️🅰️🅰️🅰️
🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Respublika tez tibbiy yordam markazi Toshkent viloyati filialining 22 ta tuman va shahar stansiyasida faoliyat yuritayotgan katta feldsherlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
▶ Katta feldsher — bu nafaqat tajribali tibbiyot xodimi. U stansiyadagi tartib-intizom, jamoaviy hamjihatlik, tezkorlik va kasbiy mas’uliyatni ta’minlashda muhim o‘rin tutadigan, feldsherlar jamoasini birlashtirib, ularga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib boradigan fidoyi mutaxassisdir.
Har bir chaqiriq ortida inson taqdiri, har bir navbatchilik ortida esa katta mas’uliyat turadi. Ana shu mas’uliyatni yillar davomida sharaf bilan ado etib kelayotgan katta feldsherlarning mehnati e’tirofga munosib.
⭐️ “Eng yaxshi stansiya katta feldsheri” nominatsiyasi avvaliga 22 ta stansiya o‘rtasida o‘tkazilgan bo‘lsa-da, rahbariyat tomonidan barcha ishtirokchi katta feldsherlarning fidokorona mehnatini munosib baholash maqsadida barchasini birdek taqdirlashga qaror qilindi. Chunki inson salomatligi yo‘lida xizmat qilayotgan fidoyi xodimlarning har biri — e’tirof va hurmatga loyiq.
🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!
Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Sizning mehnatingiz — inson hayoti uchun xizmat.
Sizning mas’uliyatingiz — jamoa kuchi.
Sizning fidoyiligingiz — e’tirofga munosib!
➕ Barcha katta feldsherlarimizni samimiy muborakbod etamiz!
#tez_tibbiy_yordam #tadbir #mukofot #Uzb35 | 2 991 |
| 8 | O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanasini quyidagi havolalar orqali tomosha qiling:
👍 Youtube
👍 Facebook
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 1 629 |
| 9 | Бухоро тез тиббий ёрдам тизимида янги вазифалар белгилаб берилди
Бугун Бухоро вилояти кўп тармоқли тиббиёт маркази мажлислар залида Республика тез тиббий ёрдам маркази раҳбари уринбосари Нозимжон Далибаев ҳамда Бухоро вилояти соғлиқни сақлаш бошқармаси бошлиғи Мухсин Ражабов иштирокида йиғилиш бўлиб ўтди.
Йиғилиш аввалида иштирокчиларни Ўзбекистон Республикаси Давлат мустақиллигининг 35 йиллиги билан табриклаб, вилоятда тез тиббий ёрдам хизмати фаолияти, тизимдаги мавжуд масалалар ва келгусидаги вазифалар муҳокама қилинди.
Йиғилишда Республика тез тиббий ёрдам маркази Бухоро вилояти филиалига янги директор этиб тайинланган Бобожонов Азизбек Абдуаҳат ўғлига тизим фаолиятини янада такомиллаштириш, аҳолига тез ва сифатли тиббий ёрдам кўрсатиш самарадорлигини ошириш бўйича бир қатор вазифалар белгилаб берилди.
Шунингдек, филиалнинг собиқ раҳбари Турсунпўлат Ахтамовнинг Тошкент вилояти тез тиббий ёрдам маркази раҳбари этиб тайинлангани муносабати билан унинг Бухоро вилоятидаги кўп йиллик меҳнати ва тизим ривожига қўшган ҳиссаси эътироф этилди. Унга самимий тилаклар билдирилиб, кўрсатган меҳнати учун бошқарма ва Республика тез тиббий ёрдам маркази томонидан ҳурмат-эҳтиром кўрсатилди.
Йиғилиш давомида мустақиллигимизнинг 35 йиллиги муносабати билан тез тиббий ёрдам тизимида самарали фаолият кўрсатиб келаётган, ижтимоий кўмакка эҳтиёжи бор ходимларга ҳам эътибор қаратилди. Уларга қимматбаҳо уй-рўзғор жиҳозлари ҳамда озиқ-овқат маҳсулотлари совға қилинди.
Тадбир самимий мулоқот ва эзгу тилаклар билан якунланди.
😎Бухоро тиббиёти | 2 135 |
| 10 | ❤️❤️🩷🩵❤️❤️❤️💜
Kuzibayev Kidirnazar Sarsen o'g'li Respublika tez tibbiy yordam markazi Toshkent viloyati filialining Matbuot va PR xizmatiga mutaxassis lavozimiga qabul qilindi.
▶ Kuzibayev Kidirnazar Sarsen o'g'li Filial faoliyatini ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish, jamoatchilik bilan samarali aloqalarni yo‘lga qo‘yish, tizimda amalga oshirilayotgan ishlar, yangiliklar va muhim loyihalar haqida aholiga tezkor hamda xolis axborot yetkazish yo‘nalishida faoliyat olib boradi.
🤩 Yangi mas’uliyatli vazifada muvaffaqiyat, ijodiy g‘oyalar va samarali faoliyat tilaymiz!
Yangi lavozim muborak bo‘lsin! 🤝 | 2 429 |
| 11 | 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Respublika tez tibbiy yordam markazida Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tadbir boʻlib oʻtdi
Respublika tez tibbiy yordam markazida Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi.
Unda Markaz xodimlari, hududiy tizim vakillari, shuningdek, tez tibbiy yordam tizimini rivojlantirishga oʻz hissasini qoʻshib kelayotgan hamkorlar ishtirok etdi.
Tantanali tadbirda Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori Abduvoitjon Gafurov ishtirokchilarni yurtimizning eng ulugʻ bayramlaridan biri — davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etdi.
Oʻz tabrik nutqida Markaz direktori tez tibbiy yordam tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, sohaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, raqamli texnologiyalarni joriy etish hamda aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oshirish borasidagi ishlarga toʻxtalib oʻtdi.
Tadbirning muhim qismi xodimlar va hamkorlarni taqdirlash marosimiga bagʻishlandi.
Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan bir qator munosib xodimlarga “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni tantanali ravishda topshirildi.
Shuningdek, oʻz mehnati, kasbiy mahorati va tez tibbiy yordam tizimi rivojiga qoʻshgan munosib hissasi bilan ajralib turgan xodimlar “Tez tibbiy yordam aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
Eʼtiborli jihati, taqdirlanganlar orasida Markaz va uning hududiy tizimi xodimlari bilan bir qatorda, tizim bilan uzoq yillardan buyon hamkorlik qilib kelayotgan hamkorlar ham bor.
Ularning amaliy koʻmagi va hamkorligi tez tibbiy yordam tizimini yanada rivojlantirish, xizmat sifatini oshirish va yangi loyihalarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Taqdirlash marosimida eʼtirof etilgan har bir xodim va hamkorning mehnatiga munosib baho berildi. Ushbu mukofotlar nafaqat mehnatga berilgan yuksak baho, balki kelgusida ham kasbiy mahoratni oshirish, masʼuliyat bilan mehnat qilish va tez tibbiy yordam tizimi rivojiga munosib hissa qoʻshish uchun muhim ragʻbat sifatida qayd etildi.
Tadbir soʻngida barcha taqdirlanganlar yana bir bor samimiy muborakbod etildi. Ishtirokchilarga mustahkam sogʻlik, oilaviy xotirjamlik va kasbiy faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilab, tez tibbiy yordam tizimini yanada takomillashtirish va xalq ishonchini oqlash yoʻlidagi ishlar izchil davom ettirilishi taʼkidlandi.
#tez_tibbiy_yordam #tadbir #mukofot #Uzb35
Telegram | Facebook | Instagram | Web-site| YouTube | 1 403 |
| 12 | 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Respublika tez tibbiy yordam markazida Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tadbir boʻlib oʻtdi
Respublika tez tibbiy yordam markazida Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi.
Unda Markaz xodimlari, hududiy tizim vakillari, shuningdek, tez tibbiy yordam tizimini rivojlantirishga oʻz hissasini qoʻshib kelayotgan hamkorlar ishtirok etdi.
Tantanali tadbirda Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori Abduvoitjon Gafurov ishtirokchilarni yurtimizning eng ulugʻ bayramlaridan biri — davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etdi.
Oʻz tabrik nutqida Markaz direktori tez tibbiy yordam tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, sohaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, raqamli texnologiyalarni joriy etish hamda aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oshirish borasidagi ishlarga toʻxtalib oʻtdi.
Tadbirning muhim qismi xodimlar va hamkorlarni taqdirlash marosimiga bagʻishlandi.
Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan bir qator munosib xodimlarga “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni tantanali ravishda topshirildi.
Shuningdek, oʻz mehnati, kasbiy mahorati va tez tibbiy yordam tizimi rivojiga qoʻshgan munosib hissasi bilan ajralib turgan xodimlar “Tez tibbiy yordam aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
Eʼtiborli jihati, taqdirlanganlar orasida Markaz va uning hududiy tizimi xodimlari bilan bir qatorda, tizim bilan uzoq yillardan buyon hamkorlik qilib kelayotgan hamkorlar ham bor.
Ularning amaliy koʻmagi va hamkorligi tez tibbiy yordam tizimini yanada rivojlantirish, xizmat sifatini oshirish va yangi loyihalarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Taqdirlash marosimida eʼtirof etilgan har bir xodim va hamkorning mehnatiga munosib baho berildi. Ushbu mukofotlar nafaqat mehnatga berilgan yuksak baho, balki kelgusida ham kasbiy mahoratni oshirish, masʼuliyat bilan mehnat qilish va tez tibbiy yordam tizimi rivojiga munosib hissa qoʻshish uchun muhim ragʻbat sifatida qayd etildi.
Tadbir soʻngida barcha taqdirlanganlar yana bir bor samimiy muborakbod etildi. Ishtirokchilarga mustahkam sogʻlik, oilaviy xotirjamlik va kasbiy faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilab, tez tibbiy yordam tizimini yanada takomillashtirish va xalq ishonchini oqlash yoʻlidagi ishlar izchil davom ettirilishi taʼkidlandi.
#tez_tibbiy_yordam #tadbir #mukofot #Uzb35
Telegram | Facebook | Instagram | Web-site| YouTube | 1 |
| 13 | YUKSAK E’TIROF — FIDOYI MEHNATGA MUNOSIB MUKOFOT!
🏥 Respublika tez tibbiy yordam markazi Toshkent viloyati filiali Davolash ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Qurbanov Azizbek Odilbekovichning ko‘p yillik samarali mehnati, tizim rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasi, tibbiyot sohasidagi fidoyiligi hamda tez tibbiy yordam xizmatini takomillashtirish yo‘lidagi xizmatlari yuksak e’tirof etildi.
Azizbek Odilbekovich Respublika tex tibbiy yordam markazi direktorining tegishli buyrug’i bilan “O‘zbekiston Respublikasi Tez tibbiy yordam a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. 🏅
Ushbu mukofot — o‘z kasbiga sadoqat, mas’uliyat va fidoyilik bilan yondashib, inson salomatligi va hayoti yo‘lida sidqidildan xizmat qilayotgan mutaxassisga berilgan munosib bahodir.
✨ Azizbek Odilbekovichni ushbu yuksak mukofot bilan samimiy muborakbod etamiz!
▶ Sizga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik, mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, yangi marralar va yanada yuksak e’tiroflar tilaymiz!
💎 Mehnat qadrlansa — sharaf, fidoyilik e’tirof etilsa — katta baxt.
🏅Mukofotingiz muborak bo‘lsin, Azizbek Odilbekovich!
👍 RTTYOM Toshkent viloyati filiali jamoasi nomidan! | 1 229 |
| 14 | https://t.me/Press_Official_103_uz | 1 914 |
| 15 | 💖💖💖 💙💙💙
24 ta jamoa orasida — BIRINCHI O‘RIN! 🥇
Respublika tez tibbiy yordam markazi Toshkent viloyati filiali gimnastrada musobaqasida g‘olib bo‘ldi!
🏥 Respublika tez tibbiy yordam markazi Toshkent viloyati filiali jamoasi Kasaba uyushmasi qo’mitasi bilan hamkorlikda o’tkazilgan O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona xalq, yagona Vatan, yagona maqsad” shiori ostida o’tkazilgan sport musobaqasida munosib natija qayd etib, gimnastrada bo‘yicha 24 ta ishtirokchi jamoa orasida faxrli 1-o‘rinni egalladi!
▶ Musobaqada ishtirok etgan jamoalar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, harakatlar uyg‘unligi, sahna madaniyati, jamoaviy hamjihatligi va gimnastik elementlarni aniq bajarish mahoratini namoyish etdilar.
🎉 Ushbu bellashuvda RTTYOM Toshkent viloyati filiali vakillari ham yuqori tayyorgarlik bilan ishtirok etib, har bir harakatda birdamlik, intizom va jamoaviy ruhni namoyon qildi. Mukammal tayyorlangan chiqish va ishtirokchilarning bir-birini qo‘llab-quvvatlashi yakunda yuksak natija bilan baholandi.
🤩 24 ta ishtirokchi jamoa orasida birinchi o‘rin! Bu shunchaki sportdagi g‘alaba emas. Bu — filial jamoasining bir maqsad sari birlashib, har qanday vazifani hamjihatlik va fidoyilik bilan bajara olishining yana bir amaliy ifodasidir.
▶ Tez tibbiy yordam tizimi xodimlari har kuni inson hayoti va salomatligi uchun mas’uliyat bilan xizmat qiladi. Bunday sport tadbirlarida faol ishtirok etish esa xodimlarning jismoniy tayyorgarligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoada sog‘lom muhit va o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
👍 RTTYOM Toshkent viloyati filiali jamoasini ushbu munosib g‘alaba bilan samimiy muborakbod etamiz!
✨Yangi marralar, yangi g‘alabalar va yanada yuksak natijalar tilaymiz!
💎 Bir jamoa — bir maqsad — bir g‘alaba! | 6 765 |
| 16 | RASMIY MUNOSABAT
📱 Ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda “Eng yaxshi hududiy stansiya feldsheri” nominatsiyasida g‘olib bo‘lgan feldsher faoliyat yuritadigan tumanga yangi tez tibbiy yordam avtomashinasi ajratilishi haqida turli mazmundagi videolavha va xabarlar tarqalmoqda.
⛔️ Ushbu ma’lumotlar asossiz va haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qilamiz.
▶ “Eng yaxshi hududiy stansiya feldsheri” nominatsiyasi bo‘yicha o‘tkazilayotgan ovoz berish jarayonining maqsadi — tizimda samarali mehnat qilayotgan, kasbiy mahorati va fidoyiligi bilan jamoa orasida hurmat qozongan feldsherlarni munosib rag‘batlantirish va ularning mehnatini e’tirof etishdan iborat.
📈 Ovoz berish natijasiga ko‘ra g‘olib aniqlanishi ushbu feldsher faoliyat yuritadigan tumanga yangi tez tibbiy yordam avtomashinasi berilishi uchun asos bo‘lmaydi. Bunday mazmundagi qaror qabul qilinmagan.
⚠️ Shu munosabat bilan fuqarolar va tizim xodimlaridan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan har qanday ma’lumotga ishonishdan yoki uni qayta tarqatishdan oldin uning rasmiy manbaga tegishliligini tekshirishlarini so‘raymiz.
📌 Rasmiy axborot va tanlov natijalari faqat Respublika tez tibbiy yordam markazi Toshkent viloyati filialining ushbu kanali orqali e’lon qilinadi.
Hurmat bilan,
👍 Respublika tez tibbiy yordam markazi Toshkent viloyati filiali | 3 078 |
| 17 | #Navbatchi
🔴 🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠
🏥 Tibbiyot xodimlarining odatiy ish kuni qanday o‘tishi ko‘pchilikka ma’lum. Biroq ularning tungi navbatchiligi, shifoxonada oqshomdan tongga qadar kechadigan jarayonlar, shoshilinch holatlarda ko‘rsatiladigan tibbiy yordam haqida hamma ham yetarli tasavvurga ega emas.
🏥 SSV Matbuot xizmati ana shunday vaziyatlarni “Navbatchi” medialoyihasi orqali yoritib bormoqda. Bu galgi lokatsiya — Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi.
🎥 Yangicha formatda tayyorlangan videolavha bilan yaqin vaqtlarda tanishasiz.
🚑 SSV Matbuot xizmati.
🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram | 2 751 |
| 18 | No text... | 5 257 |
| 19 | 🔴🟦🟦🟦🟦❗️2026/2027-o‘quv yili uchun klinik ordinatura (rezidentura)ga qabul boshlandi
✅Sog‘liqni saqlash vazirining 2026-yil 20-iyuldagi 232-sonli buyrug‘iga muvofiq, 2026/2027-o‘quv yili uchun klinik ordinatura (rezidentura)ga qabul boshlanganligini ma’lum qilamiz.
➡️ Hujjatlarni qabul qilish
🗓 Muddat: 2026-yil 20-avgust, soat 23:59 gacha.
🖥 Hujjatlarni topshirish: faqat elektron shaklda medtoifa.ssv.uz axborot tizimi orqali.
‼️ Talabgor bir qabul mavsumida 1 ta ta’lim tashkiloti va 1 ta mutaxassislikni tanlashi mumkin.
📝 Kirish test sinovlari
▪️ Sana: 2026-yil 25–30-avgust.
🏢 Test sinovlari Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi tomonidan tasdiqlangan jadval asosida o‘tkaziladi.
📌 Qabul natijalari e’lon qilinib, qabul buyruqlari 2026-yil 10-sentyabrga qadar rasmiylashtiriladi.
Elektron tarzda yuklanadigan hujjatlar:</u>
🆔 shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
👎 oliy tibbiy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom va uning ilovasi;
📑 amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan boshqa hujjatlar.
Rasmiy sahifada bizni kuzatib boring: tdtuchf.uz | 4 810 |
| 20 | ❗️Tez yordamga yo‘l bersa, jarima belgilanmaydi!
Qoidani bilmaydigan ayrim haydovchilar, maxsus xizmat mashinalariga yo‘l bersam, jarima keladi, deb o‘ylaydi. Bu mutlaqo xato fikr!
Yo‘l harakati qoidalarining 26-bandiga binoan, haydovchilar sirenasi yoqilgan tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalariga yo‘l berishlari shart.
MJtKning 17-1-moddasida esa mayoqchani hamda sirenani yoqqan holda kelayotgan tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalariga yo‘l bergan haydovchilarning ma’muriy huquqbuzarligi oxirgi zarurat holatlarda sodir etilgan deb topilishi va ma’muriy ish tugatilishi belgilangan.
Demak, tez yordamga yo‘l berganlik uchun hech qanaqa jarima yo’q. Masalan, bemalol qizilda o‘tib, yo‘l bersa ham bo‘ladi. Faqat asosiy sharti, siz qizilda o‘ng yoki chap tomonga olib, yo‘l berib, to‘xtashingiz kerak.
❓Aytaylik, inson omili bilan, adashib jarima kelsa-chi? Unaqada sudma-sud yurib, sarson bo‘lamizmi?
Yo‘q, hech qanaqa sudma sud yurish shart emas. Shunchaki, my.gov.uz orqali YHXga onlayn ravishda jarima ustidan shikoyat yo‘llasangiz ham bo‘ladi:
https://my.gov.uz/uz/service/1054
❗️Yo‘l berish mumkin, ammo harakatlanish taqiqlanadi
Lekin o‘zidan “uddaburon” yasab olgan ayrim haydovchilar yo‘l berishni bahona qilib qizilda o‘tib, harakatni davom ettirib ketadi. Mana bunaqalarga jarima keladi. Yo‘l berish degani, tez yordamning orqasiga tushvolib, qizilda harakatlanib ketish degani emas. Keyin esa shunaqalar ijtimoiy tarmoqlarda yig‘lab yuradi, “voy, men tez yordamga yo‘l bergandim, menga jarima keldi” deb.
Yaqinda Instagramda bittasi “men hech qachon tez yordamga yo‘l bermayman, sizlarni ham shunga chaqiraman. Hech qachon yo‘l bermang, chunki men yo‘l berganimda jarima keldi, 3 oy sarson bo‘lib, bekor qila olmadim” deb izoh yozibdi.
Bu izoh ham jahlimni chiqardi, ham vaziyatni tekshirib ko‘rib, haydovchiga yordam berish xohishi paydo bo‘ldi. O‘sha izoh yozgan bilan bog‘landim.
Ma’lum bo‘ldiki, u ham yo‘l berish bahonasida qizil chiroqda harakatni davom ettirib ketgan. Aslida esa, yo‘l berib, to‘xtashi kerak edi. O‘zining aybini tan olmay, yana barchani ommaviy ravishda tez yordamga yo‘l bermaslikka chaqiribdi. Vaziyatni tushuntirganimdan so‘ng, xatosini angladi va izohini ham o‘chirib tashladi.
ℹ️ Xullas, qissadan hissa, yana bir bor hammadan iltimos qilaman: MAXSUS XIZMAT MASHINALARIGA DOIM YO‘L BERING. Avvalo, buning uchun sizga hech qanaqa jarima solinmaydi. Mabodo adashib solishsa ham, osongina bekor qila olasiz.
Yo‘q, o‘zi qanaqadir jarima xavfi inson hayotidan ustun bo‘lmasligi kerak-ku! Bu aqlga sig‘maydi, ochig‘i🤯
👉 @xushnudbek 👈 | 3 129 |
