cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

САЙЁРА САМАНДАР

Мен Сўзнинг сеҳридан, оҳ, ҳуш-беҳушман, Оловларда ёнмас Самандарқушман! Ўзбекистон ёзувчилар уюшмаси аъзоси Филология фанлари номзоди, доцент "Шуҳрат" медали соҳибаси

Show more
Advertising posts
460Subscribers
-124 hours
+157 days
+3730 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

🏛2024-yil 26-aprel kuni Urganch Ranch texnologiya universitetida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoira, filologiya fanlari nomzodi, dotsent, "Shuhrat" medali sohibasi Sayyora Samandarova bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.   Adabiy-ijodiy uchrashuv davomida shoira o‘zining eng sara she’rlaridan namunalarni o‘qib eshittirdi. Shuningdek, talabalar tomonidan Sayyora Samandar ijodidan “Oqqushlarim”, “Kabutarlar”, “Jadidlar kelyapti” kabi she’rlari o‘qib eshittirildi. Tadbir so‘ngida Sayyora Samandar universitet talabalariga o‘zining yangi nashr etilgan “Faqat ishq...” deb nomlangan she’riy to‘plamini sovg‘a qildi. ✅ Ranch - bu katta imkoniyatlar universiteti! Instagram | Telegram | Facebook | You Tube | Veb Sayt
Show all...
🥰 8👏 6 2
"Маърифат улашиб" лойиҳаси доирасида Урганч "Ranch" технология университети ўқитувчиси Лайло Ҳайитова тайёрлаган видеоролик. Раҳмат, Лайло! ✍🏼Сайёра Самандар @Samandarqush
Show all...
👍 10 5👏 3❤‍🔥 1
Очиқкўнгил дегани кўнгилнинг дарвозаси йўқ дегани эмас. ✍🏼Сайёра Самандар @Samandarqush
Show all...
🔥 9👍 8 3🥰 3❤‍🔥 2
#Marifat_ulashib NE’MATOV ZIKRILLO XAYRIYEVICH 1961-yil 13-dekabrda Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida ishchi-xizmatchilar oilasida tug‘ilgan. 2006-yildan buyon O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi. 2017-yildan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi. Zikrilla Ne’mat ayni paytda nafaqat kattalar balki bolalar uchun ham ijod qiladi. Uning “Besh baho olgan kunim” (2013), “Jirafa nechun xafa?!” (2018), “Mardu-maydonlar yurti” (2019), “Ayiqning nabirasi” (2020), “A’lochilar alifbosi” (2021) “Olamni angla, bolam” (2022) kabi bolalarga bag‘ishlangan to‘plamlari chop etilgan. Shoirning 200 ga yaqin she’rlari taniqli san’at namoyandalari tomonidan qo‘shiq qilib ijro etib kelinmoqda. “Abdurauf Fitrat” pesasi asosida 2023-yil-noyabr oiydan buyon Buxoro musiqali drama teatrida “FITRAT” spektakli namoyish etilmoqda. Adib tarjimon sifatida ham samarali faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. TATU Urganch filiali matbuot xizmati Instagram | Youtube | Facebook | Website
Show all...
❤‍🔥 1
#adiblar_hayoti Amirqul Karim 1960-yil 2-sentabr kuni Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani Yangi qishlog‘ida tavallud topgan. U 1975-yildan matbuotda sherlari, tarjima va publitsistik maqolalari bilan ishtirok etib keladi. „Kuzda gullagan daraxt“, „Oq tunlar“, „Shabnam terayotgan quyosh“, „Ilinj“, „Sening gullaring“ nomli sheʼriy to‘plamlari bor. „Shabnam terayotgan quyosh“ („Yangi asr avlodi“, 2011) sheʼriy kitobida barcha to‘plamlari jamlangan. 2015-yilda uning „Buyuklik yoʻli“, „Ko‘k qushlari“, „Tarixning uzilgan parchasi“ nomli sheʼriy va publitsistik asarlari nashr etildi. Ikki marotaba “Yilning eng yaxshi jurnalisti”, 5 marotaba “Mustaqillik” ko‘krak nishoni, pedagogik faoliyati uchun “Oliy talim alochisi” nishoni bilan taqdirlangan. Amirqul Karim tarjima yoʻnalishida ham faoliyat olib borib V. Cherevanskiy, J. Steynbek, V. Visotskiy, Basyo sheʼrlarini ona tilimizga o‘girgan. TATU Urganch filiali matbuot xizmati Instagram | Youtube | Facebook | Website
Show all...
❤‍🔥 1
Бутун юртимиз бўйлаб бўлиб ўтаётган "Маърифат улашиб" лойиҳаси доирасида севимли шоирлар Амирқул Карим ҳамда Зикрилло Неъматов 1 май куни Урганч инновацион университети меҳмони бўлиши кутилмоқда.
Show all...
❤‍🔥 2
#Maʼrifat_ulashib ✍️ O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, "Shuhrat" medali sohibasi, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Sayyora Samandarovaning hayoti va ijodiy faoliyati Sayyora Samandarova 1968-yil 6-yanvarda Toshkent shahrida tugʻilgan. Oilali, 3 nafar farzandning onasi. 1984-1988-yillarda Urganch davlat pedagogika institutida tahsil olgan. Mehnat faoliyati davomida Xorazm viloyati Al-Xorazmiy nomli pedagogika bilim yurtining oʻzbek tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi, Urganch davlat pedagogika instituti “Umumiy tilshunoslik” kafedrasi assistent-oʻqituvchisi, Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filialida “Tillar” kafedrasi mudiri, filial direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, Urganch "Turizm va kasb-hunar kolleji" direktori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi Xorazm viloyat boshqarmasining maxsus oʻquv kursi rahbari, Urganch shahar hokimining davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchisi vazifalarida ishlagan. Ayni paytda Urganch Innovatsion universiteti “Ijtimoiy -gumanitar fanlar va tillar” kafedrasi dotsenti lavozimida faoliyat yuritmoqda.
“Sizga aytolmagan so'zlarim”, “Ko'nglim”, “Va yana bahor”, “Ozodlikdek baxt yo'qdir”, “Faqat ishq...” nomli sheʼriy to'plamlari nashr etilgan. Shoiraning “Elim”, “Senday aziz tuproq qayda bor, Vatan” , “Ey jon”, “O'zbekiston”, “Yurtning otasini qo'llab yashasak”, “Yangi zamon ko'prigi bu” kabi 20 dan ortiq sheʼrlari o'zbeksiton xalq artistlari Og'abek Sobirov, aka-uka G'afur, G'ulom Eshjonovlar hamda boshqa ko'plab iste'dodli xonandalar tomonidan qo'shiq qilib kuylangan.
🌐 @UrDPI_UZ
Show all...
9👏 6👍 5🥰 3❤‍🔥 1
#Maʼrifat_ulashib Sevimli shoira Sayyora Samandar va yoshlar uchrashuvi Urganch davlat pedagogika instituti professor-o'qituvchilari hamda Yozuvchilar uyushmasi a’zolari tomonidan Ma'rifat ulashib loyihasi doirasida uchrashuvlar boshlandi. Xususan, Urganch tumanidagi  4-son maktabda o’quvchilar orasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va ularning kitobga bo’lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida shoira Sayyora Samandar va yoshlar uchrashuvi o'tkazildi.
Ma'lumot uchun, shoira O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, "Shuhrat" medali sohibasi, filologiya fanlari nomzodi, dotsent, "Sizga aytolmagan so'zlarim", "Ko'nglim", "Va yana bahor", "Ozodlikdek baxt yo'qdir", "Faqat ishq" kabi she'riy to'plamlar muallifidir.
*Uchrashuvdan so'ng institutdagi "Jadidlar bog'i"da rektor Feruza Madraximova boshchiligida institut jamoasi va ijodkor yoshlar bilan samimiy suhbat barshada yorqin taassurotlar qoldirdi. 🌐 @UrDPI_UZ
Show all...
👍 1
Ҳар янги ниҳолдан умид бор! ✍🏼Сайёра Самандар @Samandarqush
Show all...
Таниқли ёзувчи, қатор роман ва ҳикоялари билан ўзбек адабиётида ўзига хос ўрин эгаллаган адиба Шаҳодат Исахонова таъзия билдириш учун бугун хонадонимизда бўлдилар. Отамнинг ҳақларига Қуръон тиловат қилиб, отам билан боғлиқ хотиралари билан ўртоқлашдилар. Шаҳодат опа отам билан бирга Ўзбекистон телевидениесида бирга ишлаганлар. Отамнинг шахсияти, раҳбарлик маҳорати, ҳамкасбларига нисбатан бўлган меҳрли муносабатлари ҳақида жуда тўлқинланиб гапирдилар... Отамнинг дўсту ёрлари, биродарлари мен учун ҳам жуда қадрлидир. Яхши амаллар инсоннинг икки дунёсини ҳам безар экан... Отажоним, Сиз минглаган қалбларда, ширин хотираларда яшашда давом этяпсиз! Изларингиз обод бўлсин, илоҳим! @Samandarqush
Show all...
16👍 5🙏 4🔥 3🕊 1