271-maktab matbuot xizmati
Open in Telegram
414
Subscribers
-124 hours
+57 days
-430 days
Posts Archive
2024-yilning 3-iyun sanasida Yunusobod tumani 271- maktabda òquvchilarning yozgi ta'tillarini maroqli òtkazish maqasadida tashkil etilgan "Gulzor" soĝlomlashtirish maydonchasining ochilishi hamda bir qancha tògaraklar, jumladan "Quvnoq ingliz tili", " Yosh dasturchi" va maktab psixologi Zamonova Kamola tomonida psixologik trening tashkil etildi.
+1
#IELTS
Yunusobod tumanidagi 271-sonli maktabning 11-B sinf òquvchisi
Abdullayev Abduģofur
IELTS imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirib 6 ballni qòlga kiritdi.
Yana bir quvonarli tomoni Abduģofur IMC Kremcy universitetining,British Management Universitetining,International Digital Universityning talabalari safiga qabul qilingan.
Abduģofurga parvozi baland bòlishini,omad zinapoyalaridan faqat ildamlashini tilab qolamiz.
Repost from Xushnudbek.uz
+1
❗️Maktablarda 1-sinfga qabul 20-iyundan boshlanadi
Bu yil 1-sinfga 2017-yilning 1-yanvaridan 31-dekabrigacha tug‘ilgan bolalar qabul qilinadi.
2️⃣ 1-sinfga qabul jarayonlari quyidagi 2 bosqichda amalga oshiriladi:
1-bosqich: mikro-hudud doirasida (20-iyundan 31-iyulgacha);
2-bosqich: mikro-hududdan tashqarida (1-15-avgust).
📲 Yuqoridagi ro’yxatda nomi keltirilgan 43 ta tuman (shahar)da 1-sinfga qabul jarayonlari elektron shaklda davlat xizmatlari orqali amalga oshiriladi.
Ota-onalar 20-iyundan boshlab my.maktab.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, ariza topshirishlari mumkin.
📝 Qolgan tumanlarda an’anaviy shaklda, ya’ni bevosita maktab tomonidan qabul qilinib, 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilar vazirlik elektron tizimi (adm.maktab.uz)ga kiritiladi va nazorat qilib boriladi.
👉 @xushnudbek 👈
+9
Joriy yilning 31-may sanasida Toshkent shahar Yunusobod tuman 271-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida "Erta xomiladorlikni oldini olish", "Farzand tarbiyasida onalarning o'rni muhim" mavzularida "Onalar yig'ilishi" o'tkazildi. Suhbatda "Yo'layriq" MFY raisi Abduvahob Karimov, "Yo'layriq" MFY xotin-qizlar faollari,maktab direktori L.T.Kadirova , ma'naviyi-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari M.N.Sa'dullayeva, maktab shifokori B.Matchonova, sinf rahbarlari, o'quvchi qizlar onalari qatnashdilar.Tashkil etilgan "Onalar yig'ilishi"da yuqoridagi masalalar ko'rib chiqildi.Mas'ullar tomonidan fikr-mulohazalar bildirildi.
+9
#soʻngi_qoʻngʻiroq
Joriy yilning 25-may sanasida Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 271-sonli umumtaʼlim maktabida "Soʻngʻi qoʻngʻiroq" tadbiri boʻlib oʻtdi.Tadbir koʻtarinki ruhda va yuqori saviyada oʻtkazildi.Tadbirga bir qator mehmonlar tashrif buyurishdi jumladan,O’zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiya Qo'riqlash boshqarmasi tibbiyot xizmati xodimi Sayfullayev SaidA'lo Alisher o‘g‘li, Yunusobod tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi xodimi Z.Muhiddinova, maktabning ota-onalar kuzatuv kengashi raisi R.Zufarov, “Yo’layriq” mahalla raisi A. Karimov, “Yo’layriq” MFY xotin-qizlar faoli N.Muslimova,Yoshlar yetakchisi J. Xolqo’ziyev. Maktab ma’muriyati tomonidan pedagog xodimlar va bitiruvchi oʻquvchilar hamda ota-onalar "Tashakkurnoma" bilan taqdirlandilar.
25.05.2024-yil
Toshkent shahar Yunusobod tumani 271- maktabning 4-A,B,V sinf o'quvchilari 2023-2024- o'quv yilida boshlang'ich sinfni yakunlab, bir pog'ona yuqoriga ko'tarilishdi.Shu munosabat bilan maktab faollar zalida "Barkamol avlod" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.Tadbirda o'quvchilar chiroyli raqslar namoyish etishdi.Ustozlarga atab she'rlar yod oldilar.Dastur so'ngida "Barkamol avlod" qo'shig'i ijro etildi.
Sinf rahbarlari:Xusanova Sh.F
Xoliqova M.M
Egamberdiyeva G.A
24.05.2024 yil
+7
Yunusobod tumani 271- maktabning 1- "V" sinfida "Husnixat " to'garagi bo'lib o'tdi. Unda o'quvchilarga Shaxs va narsaning tartibini va sanog'ini bildirgan so'zlar haqida tushuncha berildi, gaplar tuzdirildi, tarqatmalardan foydalanildi.
Sinf rahbari:F.X.Suvanova
16 .05 .2024-yil.
16.05.2024
Yunusobod tumani 271- maktabning 1-,,B " sinfida ,,Husnixt" to'garak mashg'uloti bo'lib o'tdi .Mashg'ulotda sanoq va tartib sonlarni yozilish qoidasi haqidagi bilimlar mustahkamlandi .O'quvchilar kichik diktant va rasm asosida gaplar tuzib yozdilar .
Sinf rahbari : Saidaliyeva DN
+4
11-may kuni Yunusobod tumani 271-maktabning navbatdagi ota- onalar majlisi va 6 -A sinfning ota-onalar majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda o‘quvchilarning odob -ahloqi va yozgi ta‘tilni qanday o‘tkazish kerakligi muhokama qilindi.
Sinf raxbari: Yusupova.D.X
+7
Joriy yilning 11-may sanasida Yunusobod tumani 271- maktab faollar zalida ota-onalarning umumiy yig‘ilishi o‘tkazildi.Yig‘ilishda "Yo‘layriq" MFY raisi A.T.Karimov, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlari, maktab ota-onalar kuzatuv kengashi raisi,maktab ma'muriyati hamda 120 nafar ota-onalar ishtirok etishdi. O‘z o‘rnida ular kun tartibidagi:
1.O‘quvchilar davomati.
2.Farzand tarbiyasida ota-onalar o'rni.
3.Ijtimoiy tarmoqdagi xavf - farzand tarbiyasidagi xavf.
4.Turli masalalar
mavzusida ota-onalarga ma'lumot berib, ogohlikka chaqirishdi. Maktab direktori L.T.Kadirova tomonidan Maktabgacha va maktab ta‘limi vazirining 31.08. 2023 - yildagi 282-sonli buyrug‘i ijrosi haqida ma'lumot berildi.
11.05.2024-yil
+5
Joriy yilning 11 may kunida 235-umumiy o‘rta taьlim maktabida Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 288- maktabda Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi tomonidan tashkil etilgan" Umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish tizimli muammolar va ularni bartaraf etish istiqboldagi rejalar" mavzusida seminar tashkil etildi.Bu seminarda ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari uchun, umumta’lim maktablari sinf rahbarlari uchun va amaliyotchi psixologlar uchun uslubiy qo‘llanma taqdimotini taqdim etildi. Uslubiy qo‘llanmada tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish aniq, tizimli ,zamonaviy yondashuvlar asosida olib borish ko‘rsatilgan.Bugun ma’naviyat boshqa sohalardan o‘n qadam oldinda yurishi, ma’naviyat yangi kuchga, yangi harakatga aylanishi kerakligini aniq dalillar bilan ko‘rsatib berildi.
