en
Feedback
O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg'ona viloyat Kengashi | Rasmiy kanal

O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg'ona viloyat Kengashi | Rasmiy kanal

Open in Telegram

📈 Analytical overview of Telegram channel O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg'ona viloyat Kengashi | Rasmiy kanal

Channel O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg'ona viloyat Kengashi | Rasmiy kanal (@kasabafar) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 22 909 subscribers, ranking 2 775 in the Business category and 3 507 in the Uzbekistan region.

📊 Audience metrics and dynamics

Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 22 909 subscribers.

According to the latest data from 06 September, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by -792 over the last 30 days and by -17 over the last 24 hours, overall reach remains high.

  • Verification status: Not verified
  • Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 2.84%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 1.88% reactions from the total number of subscribers.
  • Post reach: On average, each post receives 650 views. Within the first day, a publication typically gains 431 views.
  • Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 2.

📝 Description and content policy

The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: www.fb.com/kasabafar www.youtube.com/kasabafar Rasmiy sayt: https://fargona.kasaba.uz/ Боғланиш учун: @masofauz_bot

Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 07 September, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Business category.

22 909
Subscribers
-1724 hours
-1457 days
-79230 days
Posts Archive
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanasini quyidagi havolalar orqali tomo
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanasini quyidagi havolalar orqali tomosha qiling: — Смотрите празднование 35-й годовщины государственной независимости Республики Узбекистан по следующим ссылкам: Telegram Youtube Facebook Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

“Kasaba bilimdoni” — zukkolik maydoni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Farg‘ona viloyati kengashi tomonidan boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotlari raislarining bilim va salohiyatini oshirish, ular o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish hamda intellektual salohiyatni yuksaltirish maqsadida “Kasaba bilimdoni” intellektual o‘yini o‘tkazilib  kelinmoqda. Navbatdagi bellashuv Madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Farg‘ona viloyati birlashgan qo‘mitasi tizimida boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotlari raislari ishtirokida o‘tkazildi. Intellektual o‘yinda o‘nta jamoa ishtirok etib, g‘oliblik uchun o‘z bilim va tafakkurlarini namoyish etdilar. Qizg‘in va murosasiz kechgan bellashuv bir necha shartlar asosida tashkil etildi. Jamoalar test savollariga javob berish, rasmli mantiqiy savollarni topish, kino parchalari orqali filmlarni aniqlash kabi shartlarda o‘z bilimlarini sinab ko‘rdilar. Shuningdek, mehnat qonunchiligiga oid mantiqiy savollar ishtirokchilar uchun alohida sinov vazifasini o‘tadi. Ayniqsa, mehnat qonunchiligiga oid savollar kasaba uyushmasi faollari uchun muhim ahamiyat kasb etdi. Bellashuv davomida har bir jamoa g‘oliblik uchun bor bilim va imkoniyatlarini ishga soldi. — Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarining keng dunyoqarashi, zukkoligi va bilimga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etdilar. Eng muhimi, bunday intellektual bellashuvlar kasaba uyushmasi faollarining kasbiy bilimlarini mustahkamlash bilan bir qatorda, ularni yangi bilimlarni egallashga, izlanishga va o‘z ustida muntazam ishlashga undaydi, — deydi Madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Farg‘ona viloyati birlashgan qo‘mitasi raisi Manzuraxon Akramova. “Kasaba bilimdoni” intellektual o‘yini yakunida faol ishtirok etgan jamoalar munosib baholanib, g‘oliblarga esdalik sovg‘alari topshirildi. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi Facebook | Telegram | Sayt

Байрам қувончи болаларга улашилди Республика шошилинч тиббий ёрдам илмий маркази Фарғона филиалида Ўзбекистон Республикаси му
+4
Байрам қувончи болаларга улашилди Республика шошилинч тиббий ёрдам илмий маркази Фарғона филиалида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллиги муносабати билан «Мустақил Ўзбекистон — ғурурим, ифтихорим» шиори остида байрам тадбири ўтказилди. Тадбирда филиал директори, PhD Шерали Йўлдошев ва касаба уюшмаси қўмитаси раиси Баҳромжон Ибайдуллаев иштирок этиб, ходимларнинг фарзандларини байрам билан қутлади. Байрам муносабати билан шифохона ходимларининг 100 нафар фарзандига ўқув жамланмалари тарқатилди. @SoglomFargona

#online Hurmatli kanalimiz kuzatuvchilari! Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Fargʻona viloyati Kengashi tomoni
#online Hurmatli kanalimiz kuzatuvchilari! Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Fargʻona viloyati Kengashi tomonidan boshlang'ich kasaba uyushmasi tashkilotlari raislari o'rtasida tashkil etilgan "Kasaba bilimdoni" intellektual o'yini davom etadi. Bugun o'yinning 9-turini soat 10:00 dan boshlab Youtube platformasi orqasi toʻgʻrisidan toʻgʻri tomosha qilishingiz mumkin. Tomosha qilish uchun:👉https://www.youtube.com/live/4ffP5yrcUUA?si=ANsJtjy0sJQwNl0M O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi Facebook | Telegram | Sayt

“Ватаннинг обрўси — бизнинг обрўйимиз”: 500 нафар ватандош Президентга мурожаат йўллади АҚШ ва Канадада истиқомат қилаётган 5
“Ватаннинг обрўси — бизнинг обрўйимиз”: 500 нафар ватандош Президентга мурожаат йўллади АҚШ ва Канадада истиқомат қилаётган 500 нафар ўзбекистонлик Президент Шавкат Мирзиёевга мурожаат йўллаб, мамлакатда амалга оширилаётган ислоҳотлар, Янги Ўзбекистондаги ўзгаришлар ва унинг халқаро майдондаги нуфузи ортиб бораётганини таъкидлади. Батафсил: http://ishonch.uz/news/5596 Расмий саҳифаларимиз 👇 Telegram / Facebook  / Twitter / instagram  / You tube

BUGUN TUG‘ILGAN KUN 🗓2026-yil 28-avgust... Bugun O‘zbekiston kasaba uyushmalari tizimida mehnat qilayotgan jamoadoshimiz: Ta
BUGUN TUG‘ILGAN KUN 🗓2026-yil 28-avgust... Bugun O‘zbekiston kasaba uyushmalari tizimida mehnat qilayotgan jamoadoshimiz: Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Uchko‘prik tuman boʻlinmasi Kengashi hisobchisi Bahodirjon Rahmonovning tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etamiz! Sizning amalga oshirayotgan ishlaringizga omad tilab, bugungi shukrona kuningiz bilan tabriklaymiz! Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik tilaymiz. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyat Kengashi.

Bayramga ajoyib tuhfa O‘zbekiston madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Farg‘ona viloyati birlashgan qo‘mitasi tomonidan mehnatkashlar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, inson qadrini ulug‘lash borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. 2026-yilgi “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” davlat dasturi ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” g‘oyasi asosida xayrli tadbir tashkil etilmoqda. O‘zbekiston madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Farg‘ona viloyati birlashgan qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Farg‘ona viloyati kengashi binosida tarmoqda mehnat qilayotgan ishchi-xodimlarning farzandlariga yangi o‘quv yilida maktabda ta’lim olishlari uchun zarur bo‘lgan o‘quv qurollari jamlanmalari tantanali ravishda topshirildi. Mazkur xayrli tashabbusdan ota-onalar ham, ularning farzandlari ham mamnun bo‘lib, ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlikdan xursand bo‘ldilar. Ayniqsa, yangi o‘quv yili arafasida farzandlar uchun zarur o‘quv qurollarining sovg‘a qilingani ularga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlab, ta’lim olishga bo‘lgan ishtiyoqini yanada oshirdi. Shuningdek mehnat jamoalarida ham bu an’ana davom etmoqda. Jumladan, Farg‘ona viloyati musiqali drama teatrida mehnat qilayotgan kam ta’minlangan 3 nafar xodim oilasining farzandlariga yangi o‘quv yili munosabati bilan zarur maktab o‘quv qurollari jamlanmasi topshirildi. Mazkur ezgu tashabbus oilalarga amaliy ko‘mak berish bilan birga, farzandlarning ta’lim olishga bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantirishga xizmat qiladi. Bu kabi xayrli ishlar kasaba uyushmasining o‘z a’zolari va ularning oila a’zolariga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi amaliy faoliyatining yana bir yorqin namunasidir. Sirasini aytganda, kasaba uyushmalari har doim xodimlarning yonida bo‘lib, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash borasida amaliy ko‘mak ko‘rsatib kelmoqda. Shu tariqa, o‘quv qurollari jamlanmalarining topshirilishi barchada katta quvonch va ko‘tarinki kayfiyat uyg‘otib, bayramona xursandchilikka ulanib ketdi. Mazkur ezgu tashabbus mehr-e’tibor va g‘amxo‘rlikning yorqin ifodasi sifatida barcha ishtirokchilarga unutilmas taassurot bag‘ishladi. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi Facebook | Telegram | Sayt

INSON HUQUQLARI SUD HIMOYASIDA Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudida da’vogar O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Farg‘ona viloyati Kengashi fuqaro Sahiba Djaxanovaning manfaatini ko‘zlab, javobgar Farg‘ona viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga nisbatan buyruqni g‘ayriqonuniy deb topish va bekor qilish, ishga tiklash, majburiy progul davri uchun ish haqi hamda ma’naviy zararni undirish haqidagi da’vo talablari qanoatlantirildi. Da’vogar S. Djaxanova sud qaroriga o‘z munosabatini bildirib, sud tomonidan uning buzilgan huquqlari tiklanganidan minnatdor ekanligini ta’kidladi. Telegram

Xayrullo Bozorov, Farg‘ona viloyati hokimi, “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni sohibi: "Hurmatli Prezident, eng avvalo, bizga Vatanni qanday sevishni, xalqni qanday yaxshi ko‘rishni o‘rgatdingiz". O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi Facebook | Telegram | Sayt

Prezident Shavkat Mirziyoyev:
“Qaysi soha yoki vazifada ishlamasin, o‘z mehnatining munosib e’tirofini ko‘rish – har bir inson uchun katta baxt”.
— Президент Шавкат Мирзиёев:
«В какой бы сфере и на какой бы должности ни трудился человек, заслуженное признание его труда — большое счастье».
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X

Kasaba uyushmasidan bayram tuhfasi   O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Qo‘qon shahar kengashi tomonidan tarmoq a’zolarining 115 nafar farzandiga maktab o‘quv qurollari to‘plami tarqatildi.   Aytish mumkinki, ushbu xayrli tashabbus bolajonlarga yangi o‘quv yilini ko‘tarinki kayfiyat va katta ishtiyoq bilan boshlashlari uchun munosib rag‘bat bo‘ldi.   Kasaba uyushmalarining bunday ko‘magi ota-onalar tomonidan ham samimiy minnatdorlik bilan qabul qilindi. Ular farzandlarining ta’limi va kelajagiga ko‘rsatilayotgan e’tibordan mamnun ekanliklarini bildirdilar.   — Farzandimga maktab o‘quv qurollari berilganidan juda xursandman. Bu biz uchun yangi o‘quv yili arafasida kutilmagan tuhfa bo‘ldi, — deydi Mahliyoxon Mahmudova. — Ayniqsa, kasaba uyushma tomonidan xodimlarning farzandlariga shunday ko‘mak ko‘rsatilayotgani biz ota-onalar uchun ham katta quvonch bo‘ldi.   — Kasaba uyushmalari nafaqat xodimlarning mehnat huquqlari va ijtimoiy manfaatlarini himoya qiladi, balki ularning oila a’zolari, xususan, farzandlarini ham har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratadi. Bugungi tadbir doirasida tarmoq a’zolarimizning 115 nafar farzandlariga maktab o‘quv qurollari topshirildi, — deydi Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Qo‘qon shahar kengashi raisi Orifxon Ziyoviddinov. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi Facebook | Telegram | Sayt

Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorovga «Fidokorona xizmatlari uchun» ordenini tantanali rav
Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorovga «Fidokorona xizmatlari uchun» ordenini tantanali ravishda topshirdi. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi Facebook | Telegram | Sayt

Mehnatni muhofaza qilish xizmati xodimlari uchun maroqli va mazmunli sayohat! O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasinin
+6
Mehnatni muhofaza qilish xizmati xodimlari uchun maroqli va mazmunli sayohat! O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi tomonidan Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Farg‘ona viloyatidagi korxona va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan 50 nafar mehnatni muhofaza qilish xizmati xodimlari va mutaxassislari uchun poytaxtimiz Toshkent shahriga 3 kunlik unutilmas sayohat tashkil etildi. Sayohat davomida jamoa quyidagi maskanlarni ziyorat qildi: 🇺🇿 “Gʻalaba bog‘i” majmuasi — ajdodlar xotirasiga hurmat bajo keltirilib, muqaddas qadriyatlarimiz e’zozlandi. 🕌 Islom Sivilizatsiyasi markazi — zamonaviy ko‘rgazma formatlari orqali tarix, ilm-fan va madaniyatning noyob muhitiga sho‘ng‘ib, boy ma’naviy-tarixiy merosimizdan bahramand bo‘lindi. ❄️ “Ice CITY” majmuasi — yoz chillasida ham haqiqiy qishki ertak muhitini taqdim etuvchi maskanda maroqli hordiq chiqarildi. 🎡 Ashxobod sayilgohi — zamonaviy ko‘ngilochar maskanlar jamoaga o‘zgacha kayfiyat ulashdi.

🇺🇿 35 YILLIK KO‘RSATKICHLAR 📊 Mustaqillik yillarida erishilgan natijalar raqamlarda 📌Doimiy aholi soni (1 yanvar holatiga) 🔷1991-yil — 20,6 mln kishi 🔷2026 -yil — 38,2 mln kishi 📌Yalpi ichki mahsulot hajmi 🔷1994 -yil — 6,4 mlrd AQSH dollari 🔷2025 -yil — 147,1 mlrd AQSH dollari 📌Tashqi savdo aylanmasi 🔷1991-yil — 3,3 mlrd AQSH dollari 🔷2025- yil — 82,8 mlrd AQSH dollari 📌Eksport hajmi 🔷1991-yil — 1,8 mlrd AQSH dollari 🔷2025-yil — 34,2 mlrd AQSH dollari 📌Investisiyalar hajmi 🔷1991-yil — 1,1 mlrd AQSH dollari 🔷2025-yil — 48,5 mlrd AQSH dollari 📌Qurilish ishlari hajmi 🔷1995-yil — 611 mln AQSH dollari 🔷2025-yil — 25 mlrd AQSH dollari 📌Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 🔷1991-yil — 3 mlrd AQSH dollari 🔷2025-yil — 87,5 mlrd AQSH dollari 📌Oliy ta’lim tashkilotlari soni 🔷1991/1992-o‘quv yili — 52 ta 🔷2025/2026-o‘quv yili — 215 ta 📌Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni 🔷1991/1992- o‘quv yili — 8 557 ta 🔷2025/2026-o‘quv yili — 11 118 ta 📌Shifoxonalar soni 🔷1991-yil — 1 388 ta 🔷2024-yil — 1 972 ta 📌Aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 🔷1991-yil — 66,4 yosh 🔷2025-yil — 75,4 yosh 📌100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan avtomobillar soni 🔷2010-yil — 21 ta 🔷2025-yil — 61 ta 📌100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan mobil telefonlar soni 🔷2010-yil — 145 dona 🔷2025-yil — 359 dona 📌Turistlar tashrifi 🔷2012-yil — 1,9 mln nafar 🔷2025-yil — 11,7 mln nafar 📌Faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni (1 yanvar) 🔷2010-yil — 201 mingta 🔷2025-yil — 474,9 mingta 🏢 Milliy statistika qo‘mitasi Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X

Hamkasblar maydonda bellashdi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Respublika tez tib
+6
Hamkasblar maydonda bellashdi   O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Respublika tez tibbiy yordam markazi Farg‘ona filiali ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi birgalikda “Samo” sport majmuasida tez tibbiy yordam xodimlari o‘rtasida sport musobaqasini tashkil etdi.   Unda xodimlar sportning “Mini futbol”, “Voleybol”, “Shaxmat”, “Stol tennisi” turlari bo‘yicha bellashdilar.   Musobaqalar ko‘tarinki ruhda, hayajonlarga boy o‘tdi. Yakunda esa eng kuchli sportsevarlar g‘olibga aylandi. Ularga kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi Facebook | Telegram | Sayt

2026-2027-o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan Yozyovon tuman tibbiyot birlashmasi kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan tibb
+6
2026-2027-o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan Yozyovon tuman tibbiyot birlashmasi kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan tibbiyot sohasida mehnat qilib kelayotgan xodimlar vakillarining oilalariga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish maqsadida, ularning 40 nafardan ortiq farzandlariga maktab o‘quv qurollari jamlanmalari taqdim etildi. Ushbu xayrli tashabbusdan ko‘zlangan asosiy maqsad – farzandlarni yangi o‘quv yiliga munosib tayyorlash, ularning ta’lim olishi uchun zarur sharoitlarni yaratish hamda kasaba uyushmasi a’zolari va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashdan iborat. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi Facebook | Telegram | Sayt