Ayni damda
Open in Telegram
Bismillah! • Psixoterapiya @psixika_kundaligi • Psixologiya • Bola https://t.me/+bj0nBCHpt0g4OGMy • Tafakkur haqida yozaman Montessori va Olimlarni yaxshi koʻraman Kayfiyat va mavzuga qarab inglizcha-oʻzbekcha fikrlayman 📍 yevropa
Show more1 328
Subscribers
+824 hours
+37 days
-3130 days
Posts Archive
1 328
+1
Some people are just brilliant but don’t know about it and that makes me the first person to notice their brilliance and make it loud to them and I love love to capture their already pleasurable face flash a bit and turn into another level of cuteness.
@globalstudentt
1 328
#psixo_mem
“Nimagadir “psixoterapevt” so’zi odamlarni qo’rqitadi. Keling, buni “reallik bilan yuzlashtiruv menejeri” deb ataymiz.”Reallik bilan yuzlashish uchun @globalstudentt
1 328
Bunaqa turdagi ilmiyroq, ekspert matnlar qanday sizga?
O’qiysizmi?
Tushunishchi?
Izohlarda bildiring
@globalstudentt
1 328
Dunyodagi eng yaxshi hislardan biri — guruh terapiyasida ishtirokchilarga deyarli keragim boʻlmasligi va guruh a’zolari bir-biriga munosabatini real vaqtda ifodalab ketishini kuzatish 💃. Birinchi 6 oyda bunday vaziyatlar kam boʻladi. Kutilmaganda bir necha daqiqagagina koʻrinish berishi mumkin, odamni xursand qilib. Sababi, birinchi 6 oy guruh a’zolari munosabat haqida endi tasavvur hosil qilishadi.
Keyingi 6 oy+ da sekin-sekin yuqoridagidek mani xursand qiladigan vaziyatlar koʻpayib borishi kutiladi.
Hash-pash deguncha yaqinda boshlagan guruhimiz bilan 3-oyning yarmiga ham kelib qoldik.
@globalstudentt
1 328
Terapiyada ba’zi terapevtlarni ham kuchli hislar tuyib yuborishiga sabab boʻladigan holatlardan biri bu — mijoz terapiyani xuddi terapevtga kerakdek oʻzini tutishi.
Terapiya har doim va har vaqt — sizga - mijozga kerak, terapevtga emas. Agar psixolog terapiyani oʻziga ham kerakdek oʻzini tutsa, bu haqida uning oʻzi bilan ochiq gaplashvolish kerak boʻladi.
Yetarlicha yaxshi psixologni mijoz ketishi, kelishi bezovta qilmaydi, chunki u aniq biladi — terapiya soati mijozga kerak va u mijozsiz qolishdan qoʻrqmaydi, oʻz professionalligiga ishonadi.
Koʻpincha terapiya boshida ba’zi mijozlar terapiyaga kelib psixologimga yordam beryapman degan illyuziyada boʻlishadi. Xuddi aynan ular bilan psixolog kun koʻryapti va ular kelib “psixologga rahm qilyapti”. Aslida esa psixologning ular haqida qaygʻurganidan va yordam berishni istaganidan ma’lum soatni faqat ular uchun belgilashi mumkinligini tasavvurlariga ham sigʻdira olishmaydi, afsuski. Psixolog bir mijozga vaqt belgiladimi, boshqa potensial mijozga oʻsha soatni rad qilgan boʻladi. Va bunda iqtisodiy realliklar — birinchi kelgan, birinchi oladi qabilida ishlash boʻlsada, uzoq muddatli terapiyadagi mijozlar asosan va koʻpincha prioritetda boʻlishadi. Bu esa psixologdan qaygʻurish, mijoz kelgan masalasi boʻyicha mas’uliyatini bajarish xohishini talab qiladi. Bu kabi faktorlar uje iqtisodiy emas, balki insoniydir. Buni mablagʻ bilan oʻlchab boʻlmaydi. Yuqoridagi kabi mijozlar esa hali buni tushunishgada borishmaydi.
Terapiya vazifasi ham — ishni shundan boshlashdir. Mijozga mijoz kutgandek emas, uning hayotidagi doimiy vaziyatga u kutmagan yangicha reallikka mos javob bilan chiqish va bu orqali mijoz tasavvuridagi reallikni sozlashdir. Yashirin sababni yuzaga chiqarish va mijozga eski vaziyatga yangi hissiy tajriba berishdir.
Manam odamman va yuqoridagi “ba’zi” psixolog oʻzimman 😈
@globalstudentt
1 328
Cute — yoqimtoy desa boʻlsa kerak
Bu kelishgan ekan, kuchli ekan degan ta’riflardan boshqacharoq. Nazarda tutganim aynan mavhum tasavvuriy shaxs sifati haqida oʻylaganda beixtiyor tilga chiqadi: yoqimtoy yigit yoki qiz ekan, masalan. Tashqi koʻrishinidagi chiroy yoki simmetriya emas. Aynan shaxsiyatidagi sifat.
Koʻz ham koʻpincha aldamaydi, kulgu ham.
Qayerdadir qandaydir bolalarcha begʻuborlik yashab turgani bilinadi.
@globalstudentt
1 328
Oh, how I love cute in character, cute in eyes and cute in smile men
Mature or unaffected innocence is so attractive to be honest
@globalstudentt
1 328
This is exactly how I talk to AI 😂
Rostanamde, har narsaga “fikrini” tiqishtirurmasdan bilib-bilib etilgan ishni qisade
@globalstudentt
1 328
Repost from 365 дней ясно и (не)смешно
#психотерапия
жду, пока мой терапевт присоединится к сессии
1 328
Oldin xabarlarni kimga yozishga qarab inson hayajoni va xavotiri yuqori boʻlsa kerak deb oʻylardim.
Aslida esa xabarda odam oʻzidan qancha qoʻshgani ya’ni qancha xolis va oʻz ichki hislariga rostgoʻy boʻlganiga qarab hayajon yoki xavotir his qilishi mumkin ekan narigi odam qanday javob bilan chiqishini kutib.
@globalstudentt
1 328
Aytgancha, bu galgi savol-javoblardan qanday taassurotlar olyapsiz?
Qanday hislar va fikrlar oʻtyapti oʻqib?
Manga bu nafaqat qiziq balki muhim. Qolgan savollarga ham qarashimga ilhom beradi
Yozinglar 🔥
@globalstudentt
1 328
Keyingi 5 yillikda qabulimga ayollardan koʻra koʻproq erkaklar kelishi ehtimoli katta
@globalstudentt
1 328
Uyingizdagi odamlar siz yoʻqligingizda qanday yashashgan ekan-a? Ozib, tirishib, ochdan oʻlay deb?
Siz kelin boʻlib kelib, ularni qutqarib qoldingizmi?
Siz boʻlmaganingizda oʻz qorniga qanday mas’uliyat olgan boʻlsa, shunday davom etaveradi.
Juda bir nimalar qilib berishni istasangiz, buyurtma qilib bering. Lekin bu ham ular uchun boʻlmaydi, oʻzingizning xavotiringizni kamaytirish uchungina boʻladi.
Boshqalar hislari va ayniqsa och qolish yoʻqligiga nega oʻzingizni bunchalik mas’ul his qilyapsiz, agar ular kap katta odam boʻlsa? Oʻylab koʻring
@globalstudentt
1 328
Endi psixologga borishdek eng muhim ish qolibdi qilishingiz kerak boʻlgan
Chunki faqat u bilan hislaringizni ekologik yashab, sababini aniqlab, xavfsiz ishlay olasiz. Yuqoridagi qiyinchiliklar esa busiz tuzalib qolmaydi.
@globalstudentt
