cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

MATBUOT XIZMATI

Advertising posts
2 441
Subscribers
-224 hours
-227 days
-11230 days
Posts Archive
#айни дамда                                               Шаҳримиздаги Драма театрда шаҳар ҳокими Гавҳар Алимованинг битирувчи қизлар билан учрашуви бўлиб ўтмоқда. Жорий йилда шаҳримизнинг умумтаълим мактабларини 450 га яқин битирувчи қизлар ўқишни тамомлайди. Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги ахборот хизмати.
Show all...
👍 3
✍️9-10 sinf o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi ⚡️Bugun shahrimizdagi barcha umumta’lim maktablarida 9-10 sinf o‘quvchi-qizlari hamda yigitlar bilan yig‘ilishlar o‘tkazildi. Unda shahar hokimi o‘rinbosarlari, sektor vakillari, imom xatiblar, xotin-qizlar faollari, “Oqila ayollar” harakati a’zolari, ijodkorlar, harbiylar, mahalla yettiligi, nuroniylar ishtirok etdilar. ⚡️Uchrashuvlar davomida o‘quvchilarni yozgi ta’tilda kitob o‘qishlari, turli mashg‘ulot va to‘garaklarga qatnashishlari, sport bilan shug‘ullanishlari, til va hunar o‘rganishlari, yigitlarning mard va jasur, vatanpavar bo‘lishlari, zamonaviy kasblarni egallashlari haqida so‘z yuritildi. ⚡️So‘zga chiqqanlar bugun yurtimizda yoshlarni ilm va kasb-hunar egallashlari uchun barcha imkoniyatlar mavjud ekanligini, faqat aniq maqsad sari intilishlari lozimligini ta’kidladilar. Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.
Show all...
👍 3
Yuqori ko‘rsatkichni qayd etgan xodim rag‘batlantirildi Prezidentimiz tomonidan mavjud muammolarni aniqlash va hal qilish, aholining turmush sharoitini yaxshilash borasida “mahallabay” ishlash tizimi yo‘lga qo‘yildi. Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida ham soliq xizmati inspektorlari “mahallabay” ishlash tizimida samarali faoliyat yuritib kelmoqdalar. Kattaqo‘rg‘on shahar soliq inspeksiyasi xodimi Xusnitdin Jo‘raevga “Mahallabay” ishlash tizimi bo‘yicha yuqori natijalarga erishib kelayotgan xodimlardan hisoblanadi.
– Menga 2 ta mahalla biriktirilgan, – deydi X. Jo‘rayev. – Hududimda 76 ta yuridik shaxs, 64 ta yakka tartibdagi tadbirkor, 391 nafar o‘zini o‘zi band qilgan shaxs faoliyat yuritadi. 895 nafar mol-mulk solig‘i, 884 nafar yer solig‘i to‘lovchilar ro‘yxatdan o‘tgan. 83 nafar deklaratsiya to‘lovchilar mavjud. Joriy yil давомида Zarafshon va Kunjupay mahallalarida 12 ta yakka tartibdagi tadbirkor, 9 ta yuridik korxona, faoliyat boshladi. Shuningdek 2 ta YaTT va 3 yuridik korxona faoliyati tiklandi.
Xusnitdin Jo‘raev tizimda halol mehnati tufayli budjetga qo‘shimcha mablag‘larni jalb etib, belgilangan ko‘rsatkichlarni bajarilishida doimiy ravishda namuna bo‘lib kelayotganligi uchun Soliq qo‘mitasi raisining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi. Ta’kidlash lozimki, soliq inspektorlari samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) “Mahallalarda soliq organlari faoliyati” axborot tizimi orqali baholanadi.
Show all...
👍 8🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
#tayinlov Usmonov Alisher Irkin o‘g‘li 2024 yil 17 maydan shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari bosh mutaxassisi lavozimiga tayinlandi. A.Usmonov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Kattaqo‘rg‘on shahar “Qo‘shhovuz” mahallasi yoshlar yetakchisi vazifasida faoliyat yuritgan. Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.
Show all...
👍 21
✍️ТАЪЛИМ ВАКИЛЛАРИ ИШТИРОКИДА ЙИҒИЛИШ ЎТКАЗИЛДИ ⚡️Шаҳримиздаги мактаб ва мактабгача таълим бўлимида йиғилиш ўтказилди. Унда шаҳар ҳокими ўринбосари Жамшид Носиров иштирок этди. Йиғилишда умумий ўрта таълим муассасаларида 2023-2024 ўқув йилини якунлаш ва “Сўнгги қўнғироқ” тадбирларини ўтказиш, 1-июнь Халқаро болаларни ҳимоя қилиш кунини мазмунли ташкил этиш ва бошқа масалалар муҳокама қилинди. ⚡️Билдирилган фикр-мулоҳазалардан келиб чиқиб, тегишли вазифалар белгилаб олинди. Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги ахборот хизмати.
Show all...
👍 7
00:15
Video unavailableShow in Telegram
✍️КАТТАҚЎРҒОН ШАҲАР ИСТИРОҲАТ БОҒИ ЯНГИЛАНМОҚДА Азалдан шаҳримиздаги Истироҳат боғи каттақўрғонликларнинг маданий дам олишлари учун севимли гўшаси ҳисобланган. Турли маънавий-маърифий тадбирларда боғ айниқса ёшлар билан гавжум бўлган. ⚡️Ҳозирги кунда шаҳар ҳокимлигининг саъй-ҳаракати билан Истироҳат боғини янгича қиёфада акс эттириш, аҳолининг маданий ҳордиқ олиши учун сўлим ва замонавий кўринишдаги масканга айлантиришга алоҳида эътибор қаратилган. Шу мақсадда айни кунларда давлат-хусусий шерикчилик асосида боғда қурилиш-таъмирлаш, янги аттракционларни ўрнатиш ишлари жадаллик билан кетмоқда. ⚡️Бугун ушбу манзилда бўлган шаҳар ҳокими Гавҳар Алимова иш жараёнлари билан танишди. Боғнинг бир қисми 1 июнда фойдаланишга топширилиши режалаштирилмоқда. Ўйлаймизки, янги аттракционлар ва замонавий кўринишдаги Истироҳат боғи ёшларга манзур бўлади. Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги ахборот хизмати. ✅https://t.me/kattaqurgon_shahar_hokimligi
Show all...
👍 11🎉 1
⚡️UCH AVLOD VAKILLARI 2-IDUMDA UCHRASHDILAR 👉🏼BATAFSIL Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati. ✅Rasmiy sahifalarimizga qo'shiling:👇🏼 |Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|🌐Web-sayt
Show all...
👍 2 1